KOMPYUTERLAR
Rеjа:
1.Kompyuter tushunchasi va uning vazifasi. 2.Kompyuterlarning turlari. 3.Kompyuterlarning avlodlari va rivoj- lanish bosqichlari.
Kompyuter tushunchasi va uning vazifasi
Kompyuter - hisoblashlarni bajarish, shu jumladan elektron shakldagi axborotni oldindan belgilangan algoritm bo‘yicha qabul qilish, qayta ishlash, saqlash va ishlov berish uchun mo‘ljallangan elektron mashina.
Kompyuter so‘zi ingliz tilidan olingan bo‘lib, “hisoblash”, “hisoblagich” degan ma’nolarni bildiradi.
Kompyuter va ularning turlari
- Kompyuterlarning turlari:
- Mini kompyuterlar (MiniComputer) Portativ kompyuterlar (Notebook) Shaxsiy kompyuterlar (Personal Computer) Server kompyuterlar (Servers) Super kompyuterlar (Super Computer)
- Mini kompyuterlar (MiniComputer)
- Portativ kompyuterlar (Notebook)
- Shaxsiy kompyuterlar (Personal Computer)
- Server kompyuterlar (Servers)
- Super kompyuterlar (Super Computer)
Mini kompyuterlar va Noutbuk
- Mini kompyuterlar – o‘lchami va bajaradigan amallar hajmi jihatidan juda kichik hisoblanadi. Bunday kompyuterlar cho‘ntak kompyuterlari deb ataladi.
- Portativ kompyuterlar (noutbuklar) – bunday turdagi kompyuterlaning ekrani va asosiy bloki bilashgan bo‘lib mobil foydalanishga juda qulay
Shaxsiy kompyuterlar va serverlar
- Shaxsiy kompyuterlar - uyda va ish joyida turli masalalarni yechishda foydalaniladigan kompyuterlar. Axborotlarga ishlov berish tezligi va xotira tizimi ish faoliyatimizdagi oddiy masalalarni yechishga yetarli hisoblanadi.
- Server kompyuterlar – fan va texnikaning turli sohalariga oid masalalarni yechishga hamda tarmoqdagi kompyuterlarga o‘z resurslarini taqdim etishga mo‘ljallangan kompyuterlar. Ularning amal bajarish tezligi va xotira hajmi shaxsiy kompyuterlarnikiga qaraganda ancha yuqori hisoblanadi.
Superkompyuterlar
- Superkompyuterlar – juda katta tezlikni talab qiladigan va katta hajmdagi masalalarni yechish uchun mo‘ljallangan tizimdir. Bu kompyuter tizimlari 1 sekundda o‘n trillion amal bajaradi.
Kompyuterlarning avlodlari va rivojlanish bosqichlari
- 1-avlod. Lampali hisoblash mashinalari
- 2-avlod. Tranzistorli hisoblash mashinalari
- 3-avlod. Integral sxemali hisoblash mashinalari
- 4-5-avlod. Katta integral sxemali hisoblash mashinalari
Birinchi EHM
Shaxsiy kompyuterlarning asosiy qurilmalari
Kompyuterning asosiy qurilmalari:
- tizim bloki
- monitor
- klaviatura
- sichqoncha
Ma’lumotlarni kiritish va chiqarish qurilmalari
Monitorlar – kompyuter xotirasidagi axborotlarni insonga tushunarli ko‘rinishda tasvirlaydi.
Klaviatura – kompyuter va kompyuter xotirasiga ma’lumotlarni kiritish.
Sichqoncha
- Sichqoncha va trekbol kompyuterga axborotlarni kiritishning koordinatali qurilmalari hisoblanadi. Ular klaviaturaning o‘rnini to‘laligicha almashtira olmaydi. Bu qurilmalar asosan ikki yoki uchta boshqaruv tugmachasiga egadir.
Sichqoncha
Trekbol
Etiboringiz uchun raxmat!