Fan: odobnoma Mavzu: HUNARNING YOMONI BO‘LMAYDI. HUNARLI – UNAR
O`tilgan mavzuni takrorlash
- ● Sog‘lom avlod deganda nimani tushunasiz?
- ● Yurtimizda onalik va bolalikni muhofaza qilish borasida qanday ishlar amalga oshirilmoqda?
● Siz qaysi sport to‘garagiga qatnashasiz? Bu sport turlari insonda qanday fazilatlarni shakllantiradi?
GASHT QILAMIZ – MASHQ QILAMIZ
Yangi mavzu bayoni
- Dunyoda kasb-hunarlar ko‘p. Hayotda har bir kasbning o‘ziga yarasha o‘rni, ahamiyati bor. Novvoy xalq dasturxonini to‘yimli va shifobaxsh nonlar bilan ta’minlasa, shifokor bemorlarni davolaydi. Haydovchi odamlarning uzog‘ini yaqin qilsa, dehqon el dasturxoniga shirin-shakar qovun-tarvuzlar, don mahsulotlari va sabzavotlar yetkazib beradi. Chevar xushbichim kiyim-kechaklar tikadi, me’mor yurt ko‘rkiga ko‘rk qo‘shuvchi mahobatli binolar quradi...
- Ota-bobolarimiz «Hunarli – unar», «Hunarli kishi xor bo‘lmas», «Husniga emas, hunariga boq», «Bir yigitga qirq hunar oz» degan maqollarni bot-bot takrorlashgan.Boylikni bir soniyada yo‘qotish mumkin. Lekin bilimva hunarni hech kim tortib ololmaydi. Inson eng qiyin vaziyatlarda ham o‘z hunarini ishga solib, qiyinchiliklarni yengishi mumkin.
«Temur tuzuklari»dan
Ishbilarmon, mardlik va shijoat sohibi, azmi
qat’iy, tadbirkor va hushyor bir kishi ming-minglab tadbirsiz, loqayd kishilardan yaxshidir .
«Hadis»dan
Qaysi bir odam halol kasb bilan mol-u dunyo topib, undan o‘zining va Tangrining boshqa bandalarining
oziq-ovqati, kiyim-kechaklari uchun sarf qilsa, shularning hammasi unga sadaqa hukmida yoziladi.
Sen buni bilishing kerak
- Odamlarning yaxshisi – odamlarga foydalirog‘idir.
- * * *
- Ilm o‘rganish har bir mo‘min uchun farzdir .
- * * *
Sen buni bilishing kerak
- Kasbning eng yaxshisi kishining o‘z qo‘li bilan bajaradigan ishi va halol savdodir.
- * * *
Sen buni bilishing kerak
- Sadaqaning afzali ilm o‘rganib, so‘ng uni boshqalarga ham o‘rgatishdir .
Bilimingni sina
● Mehnat qilib – ______,
Qand u asal - ______.
● ______ - baxt keltirar.
● Hunar bo`lsa qo`llingda,
Non topilar ________.
Vazifa: maqollar yodlash.