Меню
Разработки
Разработки  /  Литература  /  Уроки  /  6 класс  /  Муҳаммад Юсуф ҳаёти ва ижоди

Муҳаммад Юсуф ҳаёти ва ижоди

Муҳаммад Юсуфнинг ижоди билан танишасиз. Асарлари ҳақида маълумот олишингиз мумкин
07.04.2020

Содержимое разработки

G’ijduvon tumanidagi 50-son umumiy o’rta

ta’lim maktabining ona tili va adabiyoti fani

o’qituvchisi Karimova Dilnozaning Muhammad

Yusuf tavalludining 63 yilligiga bag’ishlab

,,Qalamidan oltin dur to’kilgan shoir”

mavzuyida o’tkazgan tadbir ssenariysi





G’ijduvon - 2017

Qalamidan oltin dur to’kilgan shoir …

( M.Yusuf tavalludining 61 yilligiga bag’ishlab o’tkazilgan badiiy –adabiy kecha)

Sahna bayramona bezatilgan. Sahna to’rida shoirning portreti. Turfa xil bukletlar va shoir qalamiga mansub kitoblar stol ustida . O’quvchilar maktab formasida.

1 – boshlovchi : - Umr nima. Umr aslida bir yumaloq tugmacha yo’l,

Tugmadan sal kattaroq yo yana bir nimacha yo’l.

Beshigimning oldidan qabrim oldigacha yo’l,

Men ketarman bir kuni, navolarim zorim qolur…

2- boshlovchi: - Men ketarman qolmagay tilla taxt-u ko’shklarim,

Menga bu dunyoda chin keltirdi baxt qo’shiqlarim.

O’zbegim uyida yangrar hamma vaqt qo’shiqlarim,

Yod bo’lib aytganlarim, elimda alyorim qolur.

1-boshlovchi: - Assalomu alaykum aziz mehmonlar va muhtarama ustozlar!

2-boshlovchi: - Assalomu alaykum qalbi she’riyatga oshno tengdoshlar!

1-boshlovchi: - Biz sizlarni ,, Qalamidan oltin dur to’kilgan shoir “ nomli tadbirimizga xush ko’rdik!

2-boshlovchi: - Biz so’zimiz boshida ,, Men ketarman bir kuni navolarim qolur” deya bejizga ta’kidlamadik. Darhaqiqat, hayotligidayoq o’ziga haykal o’rnata olgan olovqalb shoir M.Yusuf o’zidan dilga xush yoquvchi navolar qoldirdi.

1-boshlovchi : - Bugungi badiiy kechamiz ham O’zbekiston xalq shoiri M.Yusuf tavalludining 61 yilligiga bag’ishlanadi. She’riyat kechamizga xush kelibsizlar!

2- boshlovchi: - O’zbek adabiyoti shunday chamanzorki, uning bo’stonida gul ko’p, chechak ko’p. Bu bo’stonda bir-biriga o’xshamaydigan, bir-birini takrorlamaydigan dilbar shoirlar avlodi qayta-qayta bo’y cho’zaveradi.

1-boshlovchi: - M.Yusuf ham ana shunday betakror, otshzabon shoirlardan biri edi.

2-boshlovchi: - Samimiy she’rlari ohangrabo qo’shiqlariga aylanib har bir o’zbek xonadoniga kirib borgan lirik shoir M.Yusuf XX asr o’zbek adabiyotida so’nmas yulduz bo’lib har bir dillarga porladi.

1-boshlovchi: - Bildim, ilhom izlab shomu sahardan,

She’r azobi yomon ekan zahardan.

Yuragingda bo’lmasa gar shoirlik,

Naf yo’q ekan, har qanaqa shahardan.

2-boshlovchi: - Ana ular qilar bulbullarga do’q,

,, Ey qush, bu bog’larning men bulbuliman!”

Shoirlar bilan hech oshnoligim yo’q,

Men yorug’dunyoda ko’nglim quliman.

1-boshlovchi: - ,, Muhabbat” , ,, Ona” , ,, Vatan” mavzulari M.Yusuf she’riyatining asosiy uchta o’q ildizidir.

2-boshlovchi: - Shoir ona haqida Vatanni yozgandek, Vatan haqida onani yozadi.

1-boshlovchi: - Qadim yurtga qaytsin qadim navolarim,

Qumlar bosib qurimasin daryolarim.

Alpomishga alla aytgan momolarim,

Ruhini shod etay desang – Xalq bo’l elim.

2-boshlovchi: - M.Yusuf ijodida Vatan madhi alohida o’rin tutadi. M.Yusuf nazdidagi Vatan butunlay bo’lakcha. U kuylagan Vatan hamisha katta harflar bilan yoziladigan, yaxlit tushunchaga aylanadi.

1-boshlovchi: - M.Yusufning bu mavzudagi she’rlarini ta’riflash uchun quyidagi ikki misrani keltirish kifoya:

Vatan desa, o’pkang to’lib ketmasa,

She’r yozishga balo bormi birodar.

2-boshlovchi: - Uning ana shu sodda, lo’nda misralarida uning ona Vatanga bo’lgan benihoy muhabbati samimiy ifodalangan. Kelinglar, ilk navbatni 6-sinf o’quvchilari tonidan tayyorlab kelingan ijodkorning Vatan haqidagi she’rlariga bersak, marhamat!

Vatan haqida she’rlar : Shaxina, Anvar, Madina, Feruz, Gulhayo, Gulsanam

1-boshlovchi: - M.Yusuf ona zaminini suygan o’tli shoirlardan biri edi. U shu tuproqda tug’ildi, shu tuproqni sevdi, shu tuproqqa jonini fido qildi.

2-boshlovchi: - M.Yusuf she’rlarining mavzuyi hayotdagi muammolardan , odamlarning iztiroblari, dard-u g’ami, orzu xayollaridan olinadi.

1-boshlovchi: -She’rning badiiy ifodasi esa bag’oyat xalqona, sodda. U dehqonning jaydari tilida yozadi. Shuning uchun uni xalq sevadi. She’rlarini ardoqlaydi.

2-boshlovchi: ,, - Muhammadning she’rlari bir qarashda juda sodda, jo’n yoziladiganga o’xshab tuyiladi. Ammo unga o’xshatib yozib ko’ring-chi? Qo’lingizdan kelmaydi. Uning arzon yoziladiganga o’xshab ko’ringan misralari muxlislarni yig’latdi, kuldirdi, o’z og’ushiga tortib oldi. “ – deya ta’kidlagan edi O’zbekiston Qahramoni Ozod Sharafiddinov.

1-boshlovchi: -Tug’ilgandan men sho’rlikning bag’rim qon

Bir jismimda talashadi ikki jon.

Jon talashsam tepamda charx urgan ul,

Kapalaklar odamlardan mehribon.

2-boshlovchi: - Tildan qolsam ko’zda qotib yoshlarim,

Ko’nglimda boshqa bor axir ne zarim.

Yerlarga egilgan kuni boshlarim

Yig’lashni ham bilmas mening qizlarim.

Kelinlarg, azizlar, shoirning she’riyat bo’stoniga yana bir bor sayr aylaylik.

She’rlari: ,, Xavotir” , ,, Kapalaklar odamlardan mehribon” , ,, Munojot”

1-boshlovchi: - Qo’shiqlari bo’lib ovoza

Yurtda mashhur edida toza.

Barcha yozgan she’rin bir kosa,

Sumalakka almashgan shoir,

Muhammadni sog’indi xalqi.

2-boshlovch: - Uning ijodi haqida gap ketganda ko’pincha, qo’shiqlarni tilga oladilar. Ammo M.Yusuf qo’shiq yozgan ham, o’zini qo’shiqchi shoir ham hisoblagan ham emas.

1-boshlovchi: - M.Yusuf ijodiga mansub she’rlar qo’shiqchilikni ham baland pog’onaga olib chiqdi. Uning birgina G’. Boytoyev tomonidan kuylangan ,, Ko’klamoyim” qo’shig’i bunga yaqqol misoldir.

2-boshlovchi: - Ushbu qo’shiqning yaratilishi haqida O.Sharafiddinov shunday xotirlaydi: ,, M.Yusuf xudo bergan qobiliyat egasi ekanligiga o’zim guvoh bo’lganman. Bir davrada Cho’lponning ,, Ko’klam” she’ri to’g’risida gap bordi. U mening ta’rifimdan ta’sirlanib ketdi-mi, ichkari xonaga kirib ketdida, 10-15 daqiqa o’tgach, chiqib qo’limga ,, Ko’klamoyim” she’rini tutqazdi. Uni menga bag’ishlaganini aytdi. She’rni o’qib ko’rsam, ko’zimdan yosh chiqib ketgandi o’shanda”

1-boshlovchi: - Endigi navbatni shu she’r asosida kuylangan qo’shiq ijrosidagi dilbar raqsga bersak, marhamat!

Raqs: ,, Ko’klamoyim” qo’shig’i

1-boshlovchi: - M.Yusuf she’riyatining eng oliy fazilati bu uning sof va pok samimiyatida mujassamdir.

2-boshlovchi: - Samimiyat, xalqona rux uning she’rlarini jilolantirib, bezab ularga betakror ko’rku tarovat bag’ishlaydi.

1-boshlovchi: - Azizlar, endigi navbatni Nodira-yu Uvaysiylar, Zulfiyaxonim izdoshlari bo’lgan lobar va dilbar qizlarni madh aylab yozilgan she’rlarga bersak.

She’rlar: ,, Bor bo’lsin” , ,, Qizlar qo’shig’i”

Qo’shiq: Marjona T. ,, O’zbek ayollari”

1-boshlovchi: - Ona. M.Yusuf ijodida ham bu so’z alohida o’ringa ega.

2-boshlovchi: - Darhaqiqat, ona haqidagi she’rlar shoir ijodining asosiy qismida o’rin egallaydi.

1-boshlovchi: - 29-iyul o’tib, 30-iyul kuni tunda M.Yusuf vafot etadi. O’zbek she’riyati otashzabon bulbulidan ayriladi. 31-iyulda Marhamatga olib ketib, dafn etishdi.

2-boshlovchi: - Onasi A.Oripovni quchoqlab shunday yig’ladi, buni ko’rib yig’lamagan odam qolmabdi.

1-boshlovchi: - Azizlar! Endigi navbatni o’g’li qabriga lolaqizg’aldoqlar ko’tarib borgan ona sahna ko’rinishiga beramiz.

Sahna ko’rinishi:

1-boshlovchi: -M.Yusuf barchaning qalbida o’chmas xotira bo’lib o’zidan ulkan va buyuk nom qoldirib ketdi. Uning she’rlari soddaligi va xalqchilligi bilan kitobxonlar qalbidan chuqur o’rin egalladi.

2-boshlovchi: - Shoir haqida so’z borganda ,, U rostgo’y, halol va pokiza qalb egasi. Shuning uchun ham uning she’riyati butun ma’naviyatga to’la “ deya xotirlashadi.

1-boshlovchi: - Xotira-aziz, qadr-muqaddas. Keling, birgalikda shoir haqida ijod gulshanining bog’bonlari tomonidan xotirlangan xotiralarga bersak. Marhamat!

M.Yusuf zamondoshlari xotirasida

1-boshlovchi: - M.Yusufga berilgan ta’riflar orasida ,, Oltin qalamidan durlar to’kilgan shoir” degan ta’rifni uchratishimiz mumkin.

2-boshlovchi:- Qalbdan qalamga to’kilgan bu durlarni shoir ona tabiatdan terib olgan bo’lsa ne ajab.

1-boshlovchi: - Shoir Marhamatga, ota uyiga borar ekan, maysalar, loloqizg’aldoqlar, teraklar bilan pichirlashib so’zlashib, cho’ntaklarini she’rga to’ldirib kelarkan.

2-boshlovchi: - Balki, navbati yetgan qo’shiq so’zlari ham Marhamatda, lolaqizg’aldoqlar bilan suhbat chog’ida yozilgan.

1-boshlovchi: - Qizg’aldog’im qirdan bo’lak koshonang yo’q,

Kokil yoygan yerdan bo’lak toshoynang yo’q.

O’ksib-o’ksib turganingda o’zim borib,

Peshonangdan o’pay desam, peshonang yo’q.

Marhamat, ,,Qizg’aldog’im “ qo’shig’ini tinglang, marhamat.

Raqs: ,, Qizg’aldog’im” qo’shig’I

1-boshlovchi: - M.Yusuf ijodi haqiqatan ham takrorlanmas she’riyat bo’stonini yarata olgan.

2-boshlovchi: - M.Yusuf xalqimiz qalbining tub-tubidagi dardini topib yoza bilardi. Zero, u o’zbek milliy ruhiyatining chuqur bilimdoni edi.

1-boshlovchi: - U ko’rgan, zavqlangan yoki nafratlangan narsasini darhol ifodalashga intiladi. Qo’liga qalam oladi. Shu sababli shoir ijodining mavzu ko’lami juda ham keng.

2-boshlovchi: - Alp o’glonlar o’lkasi bu ko’hna Turon,

Erkli elning qanotlari ilm istang.

1-boshlovchi: -Yarim jahon bunyod etgan Sohibqiron,

Alisherning avlodlari ilm istang.

2-boshlovchi: - M.Yusuf she’riyatining rango-rang va betakror namunalaridan tinglasak, marhamat!

,, M U H A M M A D Y U S U F “

1-boshlovchi: - M.Yusuf ijodi ulkan bir ummon.

2-boshlovchi: - M.Yusuf – she’riyat bo’stonining chevari.

1-boshlovchi: - M.yusuf – olovqalb, serqirra ijodkor.

2-boshlovchi: - M.Yusuf – adabiyotimizning samimiy parchasi.

1-boshlovchi: - She’rlar bitib, dardi dilin dengiz etdi u,

Necha-necha hofizlarni yulduz etdi u.

Kuylay-kuylay ishqni oxir kuyib ketdi u,

Shuncha sodda buyuk ekan , M.Yusuf.

2-boshlovchi: - Uni o’lgan deyishdan dil bezib turibdi,

Qo’shiqlari yuraklarni ezib turibdi.

Alyor bo’lib Vatan ichra kezib yuribdi,

Demak, mangu tirik ekan , M.Yusuf.

1-boshlovchi: - Aziz ustozlar va davramiz mehmonlari! M.Yusuf ijodi ta’kidlaganimizdek ulkan bir tuganmas ummon.

2-boshlovchi: - Ushbu ummonga har gal sho’ng’iganimizda undan o’zimiz uchun albatta yangi nimadir topamiz.

1-boshlovchi: - Bugun biz e’tiboringizga havola etgan ushbu tadbir esa shu ummonda bir tomchi xolos.

2-boshlovchi: - Badiiy kechamiz orqali qalbingizga shoir ijodiga bo’lgan iliqlik ozgina oshgan bo’lsa demak, biz maqsadimizga erisha olganmiz va bundan benihoya xursandmiz.

1-boshlovchi: - Adabiyot ixlosmandlari! Shuning bilan kechamiz o’z nihoyasiga yetdi. Qimmatli vaqtingizni ayamay tashrif buyurganingiz uchun tashakkur.

2-boshlovchi:- Osmonimiz musaffo, tinchligimiz bardavom bo’lishini tilagan holda tadbirimizni M.Yusuf qalamiga mansub, yoshlarning madhiyasiga aylangan ,, Vatanim “ qo’shig’i bilan yakunlaymiz. E’tiboringiz uchun tashakkur!

Yakunlovchi qism: ,, Vatanim “ qo’shig’i



-75%
Курсы повышения квалификации

Повышение мотивации учеников к чтению (на материале программы по литературе для 5 класса)

Продолжительность 72 часа
Документ: Удостоверение о повышении квалификации
4000 руб.
1000 руб.
Подробнее
Скачать разработку
Сохранить у себя:
Муҳаммад Юсуф ҳаёти ва ижоди (1.8 MB)

Комментарии 0

Чтобы добавить комментарий зарегистрируйтесь или на сайт