Меню
Разработки

Barhayot Navoiy

В данной разработке отражается повторение пройдённого материала за 1-четверть по узбекскому языку
25.02.2020

Содержимое разработки

Barhayot Navoiy.

Adabiyotimizning porloq yulduzi, o`zbek adabiy tilining asoschisi, buyuk shoir va jamoat arbobi Alisher Navoiyning 579 yillik tavallud ayyomi keng nishonlanmoqda. Hazrati Navoiyning muborak ruhi butun yurtimiz bo`ylab kezib yuribdi.

Ushbu shukuhli kunlarda Namangan shahar xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo`limiga qarashli 34-sonli umumiy o`rta ta’lim maktabida ham, 9-fevral-shoirning tavallud ayyomi ko`tarinki ruhda nishonlanmoqda.

Maktabda “Navoiyxonlik” o`n kunligi e’lon qilingan. Maktabga kirib kelar ekansiz, sizni bayram kayfiyati chulg`ab oladi, beixtiyor o`zingizni Navoiy olamiga kirib kelgandek his qilasiz.

Shoirlarning shoiri, g`azal mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy haqidagi yig`ma jildlar, devoriy gazetalar va asarlari to`g`risida ma’lumotlar beruvchi bukletlar ko`zni quvontiradi.

Kuni kecha maktabning boshlang`ich sinf o`qituvchisi Rahmanova Dilora Valiyevna boshchiligida 2-“A”sinf o`quvchilari tomonidan o`tkazilgan “Barhayot Navoiy” nomli adabiy-badiiy kecha maktab o`qituvchilar va o`quvchilar jamoasining qalb to`ridan o`rin oldi.

Kechada Alisherning bolaligi, uning mavlono Lutfiy bilan uchrashuvi o`quvchilar tomonidan mohirona ijro etildi. Navoiyning shoh asari bo`lmish “Xamsa” haqida ma’lumotlar berilib, “Xazoyin ul maoniy” devonidan parchalar o`qildi.

Tadbir qatnashchilari yig`ilganlarni “Vatan mehr qo`rg`oni”, “Tinchlik kerak bizlarga” kabi qo`shiq va kuylar bilan xushnud etdilar.

Adabiy –badiiy kecha yakunida 34-sonli umumiy o`rta ta’lim maktabi direktori Urmanova R.A. so`zga chiqib tadbirni tashkil etgan 2- “A” sinf rahbari Rahmanova Dilora Valiyevnaga jamoa nomidan o`z minnatdorchilgini bildirdi va tadbir qatnashchilariga Navoiy asarlaridan esdaliklar tarqatdi.

Namangan shahar XTMFMT vaTE bo`limiga qarashli

34 -sonli umumiy o`rta ta’lim maktabining

o`zbek tili fani o`qituvchisi G`oyibova D.N.

-75%
Курсы повышения квалификации

Занимательное искусствознание: как научить школьников понимать искусство

Продолжительность 72 часа
Документ: Удостоверение о повышении квалификации
4000 руб.
1000 руб.
Подробнее
Скачать разработку
Сохранить у себя:
Barhayot Navoiy (27.5 KB)

Комментарии 0

Чтобы добавить комментарий зарегистрируйтесь или на сайт

Вы смотрели