Меню
Разработки
Разработки  /  История  /  Разное  /  Прочее  /  Tarix darslarida “Xorazmshohlar davrida o`zbek davlatchiligi” mavzusini o`rganish va o`qitish yo`llari.

Tarix darslarida “Xorazmshohlar davrida o`zbek davlatchiligi” mavzusini o`rganish va o`qitish yo`llari.

Реферат для учителей о Государстве Хорезмшахов

10.04.2018

Содержимое разработки









Mavzu: Tarix darslarida “Xorazmshohlar davrida

o`zbek davlatchiligi”

mavzusini o`rganish

va o`qitish yo`llari.



















































Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” I.A.Karimov



Reja:

  1. Xorazmshoh davlati haqida.

  2. Xorazmshohlar davrida ijtimoiy va iqtisodiy ahvoli.

  3. Mavzuni o`rganishda foydalaniladigan zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar

va tarixiy tasavvur va tushunchalarni shakllantirish.

  1. Zamonaviy tarix darsiga bo’lgan talab nima bilan belgilanadi?

  2. Tarix o’qitish jarayonida o’quvchilarning rivojlanishi va kamol topishi.

  3. Darsda Prezident I.A. Karimov asarlaridan foydalanish metodlari.

  4. Darsda tarixiy manbalardan, badiiy va boshqa adabiyotlardan foydalanish.

  5. Tarix darslarida axborot texnologiyalaridan foydalanish.

  6. Tarix darslarida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish.

  7. Tarix o’qitishda o’lkashunoslik materiallaridan foydalanish.

  8. Tarix o’qitishning innovatsion texnologiyalarini turkumlashtirish

Xorazmshoh davlati haqida

11-asr va 12-asrning birinchi yarmida Xorazm saljuqlar davlati (gʻaznaviylar davlati xarobalarida 11-asrda tashkil topgan) tarkibiga kirgan. Xorazmning 11-asrdagi yuksalishi turkiylar sulolasiga mansub xorazmshohlar siyosati bilan uzviy bogʻliq. Mazkur sulolaga saljuq amirining tashtdori Anushtegin asos solgan. Sulton hammomchilari mahkamasining sardori boʻlgan Anushtegin Garchoi Malikshoh (1072-1092 yy.) saroyida yuksak martabaga erishgan. U rahbarlik qilgan mahkama zimmasiga Xorazmni boshqarish ham yuklangan. 1077-yilda Malikshoh Anushtegin Garchoini Xorazmga noib etib tayinlaydi va Xorazmda Anushteginlar sulolasi hukmronligi boshlanadi. Anushteginlar turkiylar sulolasidan boʻlib, oʻsha paytda, Osiyoda hukmronlik qilgan uch buyuk sulola: Anushteginlar, Saljuqiylar va Gʻaznaviylar bir negizdan kelib chiqqan. 1097-yilda Anushtegin vafot etgach, Xorazm noibi etib Ekinji ibn Qorachar tayinlanadi. Biroq u oʻsha yili noiblikdan chetlatilib, uning oʻrniga Anushteginning oʻgʻli Qutbiddin Muhammad (1097-1127 yy.) qoʻyiladi. Garchi, u "Xorazmshoh" unvonini tiklab, shu nom bilan ulugʻlansa ham Saljuqiylarning sadoqatli noibi boʻlib qoldi.

Qayta tiklangan xoramshoh mansabiga sazovor boʻlgan Anushtegin nabirasi Otsiz Xorazm mustaqilligi yoʻlida astoydil harakat qilgan. Xorazmshoh Otsiz (1127-1156 yy.) saljuq sultoni Sanjarga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib borgan. U mugʻombir diplomat va qatʼiy sarkarda boʻlib, mustaqil tashqi siyosat yuritadi. Chunonchi, u oʻz hukmdori Sanjarning ruxsatisiz qipchoqlar va turkmanlarga qarshi urush boshlaydi. 12-asrning boshida Oʻrta Osiyoni sharq tomondan yangi istilochilar - qoraxitoylar bosib oladilar. Sulton Sanjar oʻzining yaqin qarindoshi boʻlgan samarqandlik qoraxoniylar xoni Mahmudga yordamga keladi. Qoraxitoylarga qarshi Samarqand yaqinida boʻlib oʻtgan jang Sanjarning toʻla magʻlubiyati bilan yakunlanadi. Xorazmshoh Otsiz Sanjarning magʻlubiyatidan ustalik bilan foydalanib 1141 yili Marvni ishgʻol etadi, 1142 yili esa Nishopurga yaqinlashadi. 1156 yili Otsiz vafot etadi va uning oʻgʻli Elarslon (1156-1172 yy.) xorazmiylar davlatini mustahkamlashni davom ettirib, Dixistonni tevarak-atrofdagi yerlarga qoʻshib oladi. Elarslon oʻziga voris etib oʻgʻli Sultonshoh Mahmudni (1172-1193) tayinlaydi, biroq toʻngʻich oʻgʻli Takash ukasi hokimyatini tan olmay, unga qarshi kurash boshlaydi. Natijada toju-taxt uchun kurash boshlanadi, bu kurash 21 yil davom etib, unda Takash gʻolib keladi. Uning oʻgʻli Tekesh (1172-1200 yy.) 1187 yili Nishopurni, 1192 yili esa Marvni bosib oladi. 1194 yili gʻarbiy saljuqlar sultonini qaqshatqich magʻlubiyatga uchratib, Eronning butun sharqiy qismini egallab oladi. 1195 yili Tekesh abbosiy xalifa qoʻshinini tor-mor qilib, Iroqga bostirib kiradi. Oʻz mamlakati hududlarini ikki karra kengaytirgan va qudratli davlat barpo etgan xorazmshoh Tekeshni Xorazmning eng isteʼdodli hukmdori deb eʼtirof etish mumkin. Uning siyosati kamchiliklaridan biri qipchoq harbiy aristokratiyasiga koʻrsatilgan homiylik boʻlgan. Qipchoqlar Tekesh rafiqasi xayriohligidan foydalanib davlat ishlariga koʻproq taʼsir koʻrsatishga intilgan. Turkiy "qoʻmondonlar"ning davlat ishlariga oʻzboshimcha aralashuvi keyinchalik Tekesh oʻgʻli Muhammad zamonida Xorazm davlatining parchalanishiga sabab boʻlgan. Alovuddin Muhammad (1200-1220) davrida mamlakat hududi yanada kengadi. 1210-yilda Movarounnahrni Qoraxitoylardan toritib oladi. Uning davrida mamlakat qanchalik gullab-yashnamasin, mamlakat ich-ichidan yemirilib borgan. Xatto, sulton saroyida ham ichki nizolar avj olib, ularning boshida Turkonu Xotun va qipchoqlar turgan. Sulton saroyidagi bunday nizolardan foydalangan moʻgʻullar 1219-1221-yillarda mamlakatning asosiy qismini bosib oladilar. Xorazmshoh Jaloliddin Manguberdi (1220-1231 yy.) 11 yil davomida Hindiston, Eron va Ozarbayjon hududlarida moʻgʻullarga qarshi mardonavor kurash olib boradi. 1231-yil avgustda Jaloliddin Manguberdi Ozarbayjonda halok boʻlgach, 154-yil hukmronlik qilgan Anushteginlar sulolasining hukmronlik davri tugaydi. Anushteginlar sulolasidan boʻlgan Xorazmshohlar (1077-1231-yillar):

1. Anushtegin Garchoi 1077-1097 yy.

2. Ekinji ibn Qorachar 1097-y.

3. Qutbiddin Muhammad 1097-1127 yy.

4. Otsiz 1127-1156 yy.

5. Elarslon 1156-1172 yy.

6. Sultonshoh Mahmud 1172-y.

7. Takash 1172-1200 yy.

8. Alovuddin Muhammad 1200-1220 yy.

9. Jaloliddin Manguberdi 1220-1231 yy.

Xorazmshohlar davrida ijtimoiy va iqtisodiy ahvoli.

Xorazmshoxlar davlati markazi -Gurganj yirik savdo va madaniy markazga aylangan. Shuningdek, Xazarasp, Kat, Xushmusan, Darg‘on, Savag‘on, Mang‘ishloq, Nuzkat kabi shaxarlari obod shaharlar qatoriga kirgan.

Xorazm davlati qadimdan sun‘iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilik, chorvachilik, xunarmandchilik rivojlangan xududlardan biri bo‘lgan. Qadimgi davrlarda bu xududning rivojlanishining aosisy omillardan biri buyuk ipak yo‘lining bu xududdan o‘tganligi edi. Xorazmshohlar davlati davrida -yirik siyosiy birlashmaning vujudga kelishi bilan davlatning siyosiy mavqei oshdi. Bu esa o‘z navbatida hunarmandchilikning, savdoning rivojlanishiga, shaharlarning yuksalishiga zamin yaratdi. Ulkan mintaqada siyosiy yaxlitlik va barqarorlikka erishilishi natijasid ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishida ham ijobiy o‘zgarishlar yuz berdi. Arxeologik izlanishlar, yozma manbalar guvohligiga ko‘ra sun‘iy sug‘orishga katta e‘tibor berilib, vohalar imkonidan iloji boricha keng foydalanishga harakat qilingan. Natijada dehqonchilikniig rivojlanishida uzilish bo‘lmagan. Turli hil qishloq ho‘jalik mahsulotlari yetishtirilgan. Ulardan yuqori hosil olingan. Shaharlarda hayot qaynab, savdo-sotiq, hunarmandchilik rivojlangan. Mamlakatda ishlab chiqarilgan turli xildagi gazlamalar, zargarlik buyumlari, kiyim- kechaklar, gilam, poyondoz, teri, jun, yog‘-moy, sovun, qurol-aslaha, egar-jabdug‘lar, ho‘l meva, quruq meva, ipakliklar, javohirlar va boshqa ko‘plab mahsulotlar ham ichki bozorda, ham tashqi bozorda xaridorgir edi. Albatta, bunda tegishli davlat idoralarining hissasi ham katta bo‘lgan. Chunonchi, doim bo‘lganidek muxtasiblar bozorlardagi narx-navo, mahsulotlarning sifati, toshu tarozuning ahvolidan xabardor bo‘lishni to‘xtatmaganlar. Karvon yo‘llarida to‘xtash joylari, suv omborlari, havzalari qurilgan yo borlari ta‘mirlangan, katta karvonlarni qo‘riqlab borishga hatto sultonning shaxsiy pahlavonlari ham jalb etilgan.

Xorazmshohlar davlatida raiyat, ya‘ni oddiy aholining ijtimoiy turmush tarzi yashi bo‘lishi uchun hukmdorlar alohida ahamiyat berganlar. Jumladan, Xorazmshoh Takash o‘z farmonlaridan birida raiyatga nisbatan adolatli bo‘lshga, dehqonlarning manfaatini himoyaga qilishga, soliqlarni olish jarayonida qonunlarga to‘liq rioya etishga amr qilgan. Jaloliddin Xorazmshoh ham urush natijasida qiyin ahvolga tushib qolgan aholini soliqlardan ozod etgan.

Xorazmshohlar davrida dehqonlarning turmush tarzi ancha yuqori bo‘lgan. Xukmdorlar va iqto egalari ham dehqonchilikdan yuqori hosil olish uchun dehqonchilikka ko‘p mablag‘ sarflab, qishloqning iqtisodiyotiin qo‘tarishga harakat qilganlar. Takashning munshiysi -shaxsiy kotibi Muxammad Bag‘dodiy At-tasviri ila-t-tarassul (Muxim nomalar bitish yo‘l-yo‘riqlari) asarida o‘sha davrdagi axvolni yozib qoldirgan.

Bu davrdagi voqea-hodisalarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan va to‘g‘ri xolis xulosalar chiqarishi mumkin bo‘lgan inson Shahobiddin An-Nasaviy Sulton Muhammadning hukmronligini yuksak baholab shunday deydi: «Uning amalga oshirgan ishlari nihoyatda ulug‘ edi, otasi unga Xuroson va Xorazm hukmdorligini meros qoldirdi, u bunga Iroq va Mozandaronni ham birlashtirdi. Shu bilan birga, qo‘l ostiga Kirmon, Kesh, Seyiston, G‘ur, O‘azni, Bomiyon mamlakatlarini, Hindistonning vodiylariga qadar maskanlarni qo‘shib oldi. Bu ishlarning hammasini qilichlar qindan chiqarilmasdan, hatto qinlar yelkalarga osilmasdan amalga oshirildi, bu mamlakatlarni ortiqcha kuchsiz, kurashsiz, zo‘ravonlik va vayronagarchiliksiz, faqat tahdid va qo‘rqitish bilan bosib oldi. U o‘z qo‘l ostiga to‘rt yuzga yaqin shaharlarni birlashtirdi. Boshqa birov bo‘lganda bu darajada muvaffaqiyatga erishishi qiyin kechardi, u esa bir og‘iz so‘z bilan qo‘l ostiga shuncha miqdordagi mulkni to‘pladi». Anushteginlar davrida madrasalar barpo etish, kutubxonalar ochish, ularni kitoblar bilan to‘ldirish, iste‘dod egalarining boshini silash, asrab-avaylash odati saqlanibgina qolmay, yanada rivoj topdi. Ziyo maskani bo‘lmish kutubxonalar faoliyatiga katta e‘tibor berilgan. Masalan, Buxoro viloyatidagi shaharlardan birida fuqarolar, ya‘ni umumiy kutubxona mavjud bo‘lib, unda saqlanadigan qo‘lyozma asarlar g‘oyatda noyob hisoblangan. Xuddi shunday kutubxonalar o‘lkaning boshqa yerlarida ham, masalan, Xorazmda bo‘lgani ma‘lum. Madrasalarga kelsak, manbalarda yozilishicha, bunday bilim maskanlari saltanat markazi Xorazmdan tashqari Nishopur, Isfahon va boshqa shaharlarda ham qad ko‘targan. Ularda o‘qish jarayoniga juda katta mas‘uliyat bilan qaralganini shundan ham bilib olsa bo‘ladiki, Madrasa rahbari va mudarrislar oliy hukmdor yo uning joylardagi noibining maxsus buyrug‘i bilan tayinlanganlar. Chunki har qanday jamiyat, u qanchalik turli imkoniyatlarga ega bo‘lmasin, agar shu imkoniyatlarni yuzaga chiqarishga qodir mutaxassislar bo‘lmas ekan, ular og‘izda qolaveradi. Mutaxassislar esa tarbiyalanadi, parvarish etiladi. Xorazmshohlardan Otsiz, Takashlarning shu ma‘nodagi buyruqlarini tahlil qilarkanmiz, ular mazkur haqiqatni juda to‘g‘ri anglaganliklari namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham ular ta‘lim va tarbiya, fan sohalariga mutasaddilarning ilmli, iymonli, hurmatli, halol bo‘lishlariga katta e‘tibor bilan qaraganlar. Mazkur siyosat o‘z mevasini ham bergan. Bahoviddin Marvaziy, Abu Ali Hasan Buxoriy, Zahiriddin G‘aznaviy, Ismoil Jurjoniy, Faxriddin Roziy, Maxmud Zamahshariy, Abulfath Xorazmiy, Abulqodir Jurjoniy, Sirojiddin Xorazmiy, Rashididdin Votvot, Sayfi Isfarangiy, Ziyo Xo‘jandiy, Najmiddin Kubro, Majididdin Xorazmiy kabi o‘nlab matematiklar, yulduzshunoslar, tabiblar, tarixchilar, shoirlar, faylasuflar, adiblar, tilshunoslar, mutassavvuf olimlar shular jumlasidandir. Albatga, biz va hamkasblarimiz mazkur ro‘yxatni yanada davom ettirib, ularning har biri haqida ko‘plab qog‘oz qoralashimiz mumkin. Ammo bu alohida tadqiqot uchun mavzu bo‘lgani sababli quyida ularning ba‘zi birlarining e‘tiborga molik jihatlariga diqqatni jalb etmoqchimiz. Qutbiddin Muhammad va Otsiz zamonlarida mashhur tibbiyot olimi Sayyid Ismoil Jurjoniy faoliyat ko‘rsatib, bir qator qimmatli asarlar yaratgan. Ular orasida Qutbiddin Muhammadga bag‘ishlangan «Zahirayi Xorazmshohiy» asari alohida o‘rin egallaydi. Bu asarning qimmati shu qadar bo‘lganki, Jolinus (Galen), Muhammad Zakariyo, Ibn Sino, Abu Sahl Masihiy asarlari bilan bir qatorda tibbiyot sohasidagi eng muhim asar va manbalardan biri sifatida qabul qilingan. O‘n ikki jilddan iborat bu asar tibbiyotning barcha yo‘na- lishlari, tashrih, oddiy va murakkab dorilar haqidagi tadqiqotlarni o‘z ichiga olgan. U arab va turk tillariga tarjima qilingan. Ismoil Jurjoniyning eng katta xizmatlaridan biri shundaki, u Ibn Sinodan keyin tibbiyot sohasidagi barcha yo‘nalishlarni yangi tadqiqotlar asosida qaytadan bayon qilib chiqqan. Olim faoliyatining biz uchun qadrli tomonlaridan yana biri shundaki, Ibn Sino yurtimizdan «bir chiqib» qolgan yagona buyuk tibbiyot olimi emas, balki bu soha undan keyin ham bizda yuksak darajada taraqqiy qilib kelganligi ma‘lum bo‘ladi. Zero, o‘tmishdagi olimu fozillarimiz ilmu tafakkurga doimo sodiqpik bilan xizmat qilib kelganlar. Ularning sodiqlik to‘g‘risidagi tushunchalari vatanga nisbatan ham yuksak darajada edi. Buni biz mashhur mutasavvuf olim va shoir Najmiddin Kubro misolida ham yaqqol ko‘rishimiz mumkin.

Ulkan hududda markazlashgan davlatning tashkil topganligi turli xalqlar o‘rtasidagi savdo-sotiq va madaniy aloqalarni nihoyatda rivojlanishiga olib keldi, o‘zaro urushlarga chek qo‘yilib, xalqning tinchligi ta‘minlandi. Mirzo Ulug‘bek bu holatni shunday ifodalaydi: «Mo‘tabar tarixlarda bitilmish va zikr etilmishkim, Sulton Muhammad Xorazmshoh zamonida Eron va Turon davlati bag‘oyat osoyishtalikda va solim edi. Chunonchi, agar ko‘zi ojiz kampir qizil oltin to‘la tashtni boshiga qo‘yib Mashriqdan Mag‘ribga jo‘naydigan bo‘lsa, biror jonzot unga daxl qilmagan. Shoh shu darajada kuchaydiki, mamlakatda birorta ham o‘g‘ri qolmadi».

Mo‘g‘ullar bosqini arafasida Xorazmda bo‘lgan arab sayyohi va geografi Ibn Yoqut ham Xorazmning yuksak darajada taraqqiy etgan o‘lka ekanligini qayd qilib o‘tgan edi. G‘arb, xususan, rus tarixchilari Sulton Alouddin Muhammad hukmronligi davrini o‘ziga xos «Renessans» davri, ya‘ni «Xorazm Uyg‘onish» davri deb ataganliklarini hisobga olsak, uning naqadar buyuk hukmdor bo‘lganligini ko‘ramiz.

Sulton Alouddin Muhammadning yuksak madaniyatli va ma‘rifatli shaxs bo‘lganligi shubhasizdir. U yoshligidanoq saljuqiylar davlati poytaxti Marvda, shuningdek, o‘sha davrda SHarqning eng go‘zal va katta shahari hisoblangan xorazmshohlar poytaxti Gurganjda zamonasining buyuk allomalaridan yetarli bilim olgan.

Xorazmshohlar davri fan va madaniyat yuksalgan, chunki Xorazm an‘anaviy ravishda fan va madaniyat beshigi bo‘lib kelgan. Shuningdek, Xorazmshohlar davrida iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiy etgan va davlat arboblari ham ilm-ma‘rifatli bo‘lgan. Xorazmshohlar zamonida ayni shu ikki omil o‘zaro uyg‘unlashgan edi. Xorazmshohlarning barchasi chuqur bilim egasi edilar. Ular ham dunyoviy, ham diniy bilimlarni egallaganlar. Masalan, Otsiz qasidalar, ruboiylar yozgan, ko‘plab nazm namunalarini yoddan aytib bera olgan, san‘at va ilmga katta ixlos bilan qaragan. Ruboiylaridan birida u shunday deydi: «Dunyo beliga urilgan tamg‘a mening farmonimdir, falak qulog‘idagi halqa mening paymonimdir. Bugun shunday saltanatni qo‘lda tutsamda, do‘st rizoligiga erishish mening iymonimdir». Takash, El- Arslon, Sulton Muhammad va xorazmshohlarning boshqa namoyandalari ham keng bilimli, she‘r va san‘atni qadrlovchi bo‘lganlar, nazmda ijod qilganlar. Takash esa ayniqsa ud chalishni o‘rniga qo‘ygan.

Ulug‘ qobiliyatli sarkarda, mohir diplomat va ma‘rifatparvar hukmdor bo‘lmaganida, Sulton Alouddin Muhammad bu qadar yuksaklikka ko‘tarilmagan, o‘zi esa, buyuk hukmdorga, Markaziy Osiyo, jumladan Xorazm va Movarounnahr yuksak fan va madaniyat markaziga aylanmagan bo‘lardi. Bularning barchasi Sulton Alouddin Muhammadning adolatli hukmdor hamda fan va madaniyat homiysi bo‘lganligidan dalolat beradi. Uning vaziri Shahobiddin Xivaqiy o‘z davrining eng bilimli, ma‘rifatli davlat arboblaridan bo‘lgan. Islom dini qonunlarini mukammal bilgan. Davlat boshqaruvining barcha masalalarida o‘ziga xos mustaqil fikrga ega bo‘lib, doim adolat yuzasidan ish ko‘rgan. An-Nasaviyning yozishicha, Xorazmshoh Sulton Muhammad barcha ishlarda dono vaziri Shaxobiddin Xivaqiy bilan maslahatlashgan va uning fikrlariga quloq solgan.

Mo‘g‘ullar hujumi jarayonidagi voqealar bu ulkan saltanatning siyosiy asoslari ancha bo‘sh ekanligini ko‘rsatdi. Mamlakatdagi turli siyosiy kuchlar o‘rtasidagi hokimiyat uchun kurash, xalq millat uchun og‘ir kunlarda dushmanga qarshi yakdil bo‘lib birlasha olmaslik, aksincha, o‘zaro nizo, fisqu-fasodlarning yanada kuchayishi, oxir-oqibat saltanatni halokatga olib keldi. Zamondoshlarini va keyingi avlod vakillarini hayron qoldirib, juda qisqa muddatda (uch yil davomida) mag‘lub bo‘lgan bu ulkan saltanatning va uning hukmdori Xorazmshoh Sulton Muhammadning achchiq taqdiri hozirgi avlod uchun achchiq saboq bo‘lmog‘i lozim. Zero, tarix saboq olish uchun manbadir.


Mavzuni o`rganishda foydalaniladigan zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar va tarixiy tasavvur va tushunchalarni shakllantirish.

Mavzuni o‘rganish davomida axborot (taqdimot, multimedia texnologiyalari) va ta’limning zamonaviy texnologiyalari hamda interfaol metodlar (“Aqliy hujum”, “Venn diagrammasi”, “Erkin yozish”, “Bir-biridan so‘rash”, “Klaster”, “Tushunchalar tahlili”) qo‘llaniladi. Bundan tashqari metodik qo`llanmalar, darslik, o‘quv qo‘llanmalari, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallaridan foydalaniladi.

Mazkur mavzuni o‘rganish jarayonida ta'limning zamonaviy metodlari, pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘lanilishi mumkin.

Voqea – hodisa, tasavvur, tushunchalar, qonuniyatlar, ijtimoiy xayot, bahs, munozara, tarixiy taraqqiyot, ijtimoiy rivojlanish tushunchalarini hosil qilish

Mavzuni o`rganishda tarixiy dalillar haqida aniq obrazlarni va tasavvurlarni yaratishdan boshlanadi. Tarixiy tasavvur bilan tushunchalar bir-biri bilan uzviy bog’langan, o’quvchilarda hodisalar, tarixiy jarayonlar haqida yetarli darajada to’liq va aniq tasavvurlar mavjud bo’lgandagina tushunchalar hosil bo’ladi. Tarix o’qitish jarayonida o’quvchilarning tasavvurlari chuqurlashib borishi natijasida, tushunchalarni shakllantirish uchun zamin yaratiladi. Tushunchalar o’z navbatida tasavvurlarni mazmunan boyitishga yordam beradi. Tasavvur va tushunchalarni hosil qilish metodik usullari ham ko’pchilik hollarda bir – biriga o’xshab ketadi.

Mavzuni o’qitishda o’quvchilarning ko’z o’ngida o’tmishdagi ijtimoiy hayotning yaxshi manzaralarini shakllantirishda jonli va yorqin obrazlardan foydalanishning ahamiyati kattadir. Shunga erishish kerakki, bayon qilingan har bir tarixiy dalil, geografik nom va shaxs faoliyati obrazli bo’lishi lozim. Obrazlilik o’quvchilarni tarixdan oladigan bilimlarini ilmiy puxta bo’lishini zarur sharoitlaridan biri tarixiy voqealarni modernizatsiya qilishning oldini olish tarixga qiziqish uygotish hamda tarixiy dalillarni tahlil qilish va umumlashtirish uchun zarur bo’lgan shart – sharoitlarni yaratishning muhim vositasidir. Tarixiy dalillarni tahlil qilishga bir namuna keltiramiz:

Taraqqiyotning tarixiy jarayoni tushuntirilar ekan, ular tasavvurida ibtidoiy odamlar hayoti to’g’risida ko’rsatmali qurolsiz tushuncha hosil bo’lmaydi. Insoniyat taraqqiyotining ibtidoiy davrini faqat ushbu davr yodgorliklarini ko’rsatish yoki rangli rasmlardan foydalanish orqali tushuntirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Bu borada O’zbekiston tarixi muzeyi yoki boshqa shahar va tuman o’lkashunoslik muzeylariga ekskursiya uyushtirish, o’quvchilarning haqiqatni aniq va to’liq to’g’ri fikrlashlarini ta'minlaydi.

O’quvchilar tarix muzeyida o’z ko’zlari bilan ko’rgan qadimgi odamlar hayoti va ularning ish qurollarini bir umrga eslarida saqlab qoladilar. Muzeydan qaytgach o’qituvchi, o’quvchilarga referat yozib kelishlarini topshiradi.

Tarixiy tasavvurlarni shakllantirishda tarixiy hodisalar obrazlarini o’quvchilar faol suratda idrok etishga qaratilgan usullardan foydalaniladi. O’qituvchi hikoyasining mazmunan ko’rgazmali va obrazli bo’lishi darslik matnidagi tarixiy hujjatlardagi voqea va tasviriy rasmlar, badiiy adabiyot asarlari o’quvchilarda tarixiy tasavvurlarni shakllantirishning asosiy manbai bo’lib xizmat qiladi. O’qituvchi materialni bayon qilayotganda tarixiy hujjatlardan, ilmiy – ommabop va badiiy adabiyotlardan olingan yorqin tafsilotlarga hamda o’quvchilardagi mavjud tasavvurlarga suyangan holda ish tutadi. O’quvchilarning tarixga qiziqishining ortishi o’quvchilarda aniq va puxta tasavvur hosil qilish uchun o’qituvchi bayonining jonli va emosonal bo’lishining o’zi kifoya qilmaydi, O’qituvchi o’quvchilarning faol fikrlashini tashkil qilishi va unga rahbarlik qilishi lozim.

O’qituvchi ko’rgazmali qurolni shunday ko’rsatib, uning mazmunini tushuntirib, hujjatlarni o’qib qo’ya qolmay, balki hikoyadagi eng muhim joylarini alohida ohang bilan ta'kidlashi, ko’rgazmali qurollarni, matnlarni o’quvchilarning faol ishtirokida tahlil qilib, undagi eng muhim elementlarni ajratib chiqishi, o’rganilgan hujjatlardagi, u yoki bu hujjatlarga ular diqqatini jalb qilishi lozim.

O’quvchilarning tarixiy tushunchalarini shakllanib borishi ustidan rahbarligini samarali bo’lishi uchun tushunchalarni tasniflashni yaxshi bilish kerak. Darsda o’rgatiladigan materialning mazmuniga qarab tushunchalar bir-biridan farq qiladi va ular quyidagi turlarga bo’linadi:

Tarix bu nafaqat o’tmish, balki bugungi kun hamdir. O’tmishni yaxshi bilganimizdagina, biz hozirni yaxshi tushunamiz, anglaymiz, kelajakni yaxshi tasavvur etamiz.

Savollar haqiqatdan ham murakkab bo’lishi mumkin, lekin ularning zamirida haqiqatni bilish yotadi. Bunga esa bahssiz, munozarasiz erishib bo’lmaydi. Munozarasiz hayot harakatsiz jismdir, haqiqiy bahs – pedagogik jarayonning oliy ko’rsatgichi, ammo bahslashishni bilish lozim. Bahs madaniyatini egallash lozim, buni davr taqozo etmoqda.

Albatta buni tushuntirish uchun o’quvchilarga nasihat qilib turishga to’g’ri keladi. Mana ulardan ayrimlari: Bahsda sizning fikringiz olqishlar bilan emas, balki qarama-qarshi fikrlar bilan kutib olinishiga tayyor bo’ling. Bunday munosabatni axmoqlik, sizga bo’lgan dushmanlik – kayfiyati deb tushunmang. Fikringizni isbotlash uchun dalillar tayyorlang. Bahslashishdan huzurlanish uchun bahslashmang.

Agar sizni bahsda yengishgan bo’lsa, ammo siz uning fikri haqida o’ylashni davom ettiraversangiz bu mag’lubiyatdan so’ng tantana qilishingizdan dalolatdir.

O’zingizda nutq so’zlash madaniyatini tarkib toptiring. Yumshoq uslubda gapirgan, tutganini kesmaydigan, tajovuzkorlikdan uzoqda yuruvchi kishi g’alaba qozonadi. Yuzaki qaraganda o’qituvchi hamma narsaga chidashi kerakka o’xshaydi. Lekin bu chidam befarqlikdan uzoq bo’lishi lozim. O’qituvchi bahsni yuritar ekan, o’quvchidan to’g’ri javob olishga ko’maklashadi. Uning vazifasi o’quvchilar bahsiga mo’ta’dillik baxsh etish, turli fikrdagi o’quvchilarni birlashtirishdan iborat.

O’qituvchi rahbarligida o’quvchilar hodisani fikran bir necha qismga bo’lib, uning muhim belgilarini ajratib olib, muhim bo’lgan belgilardan ayiradilar hamda bir turdagi hodisalarning eng muhim belgilarini umumlashtiradilar. O’quvchilarda tarixiy tushunchalar hosil bo’lishiga olib keladigan bu mantiqiy faoliyat, ko’pincha tarixni o’qitish davomida tarixiy tasavvurlar hosil qilish uchun xizmat qiladigan yangi materialni idrok etish bilan qo’shilib ketadi. O’qituvchi rasmni yoki darslikdagi suratlarni tahlil etib, ularning mazmunini tahlil qilganda o’quvchilarda o’rganiladigan hodisalarning muhim belgilarini aks ettiruvchi yorqinlik, tasavvurlar hosil qilishga qaratilgan ish olib borish bilan birga, hodisalarning o’sha belgilarini umumlashtiruvchi tushunchalar hosil qilishga qaratilgan ishlarni ham olib boradi. Lekin tushunchalar hosil qilishga qaratilgan ish o’quvchilar tomonidan hatto ilgariroq o’zlashtirilib olingan material asosida olib borilayotgan taqdirda ham bu ish o’quvchilardagi mavjud tasavvurlarni oydinlashtirish va boyitishga imkon beradi, o’sha tasavvurlarni dolzarblashtirib, hodisalar bilan birinchi bor tanishgan paytda ularning payqalmay qolgan yoki ajratib olinmagan belgilarini ko’ra bilishga va ajratib olishga yordam beradi.

Hodisalar o’rtasidagi bog’lanish va munosabatlar qanchalik ko’proq har tomonlama ochib berilib, ularning ma'nosi qanchalik chuqurroq tushunib yetilgan sari, umuman tarix bilimlari shunchalik yuqoriroq darajada tizimlashib har bir hodisanmng tarixiy jarayondagi o’rni va roli shunchalik aniqroq anglab olina boradi.

Tarix o’qitishda tushunchalarning usul va vositalari xilma-xil bo’lib, avvalo u tushunchalarning mazmuni murakkabligiga bog’liq, masalan: moddiy buyumlar (omoch, kema) to’g’risidagi tushunchalar hosil qilish uchun bir yoki bir necha soat dars kifoya qilsa, ijtimoiy tushunchalar (ishlab chiqarish kuchlari, ishlab chiqarish munosabatlari, sinfiy kurash g’oyalar va boshqalar) o’quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda barcha tarix kurslarini o’rganish davomida o’zlashtirilgan. O’quvchilardagi u tushnchalarning chuqur va mustahkam bo’lishi, asosan o’qituvchining o’quvchilar fikrlash qobiliyatini, qanchalik uyg’ota olishi va unga qay darajada rahbarlik qila olishiga bog’liq.

Tarixiy tushunchalar hosil qilishda o’quvchilarning voqea va hodisalarni, analiz, sintez qila olish qobiliyatini o’z ichiga olgan fikrlash faoliyatida ta'limning faol metodlari, muammoli ta'lim metodlaridan foydalanish, o’quvchilarning ko’rsatmali qurollari, ta'limning texnika vositalari, tarixiy hujjatlar bilan ishlashlarini uyushtirish, ularga tarixni chukur o’rganish bilan bog’liq bo’lgan turli amaliy xarakterdagi ishlarni tanishtirish alohida ahamiyatga ega. Bir turdagi voqea va hodisalar, tarixiy jarayonlar hamda sabab, oqibat bog’lanishlar mazmunini taqqoslab o’rganish, jamiyat taraqqiyotining ayrim ba'zi bir umumiy qonuniyatlarini tushunib olish imkonini beradi.

O’qituvchi voqea va hodisalarning sabab va oqibatlari o’rtasidagi aloqa hamda bog’lanishlarni, ko’pincha dastlab bir mamlakat tarixini o’rganish vaqtida ochib beradi. Boshqa mamlakat tarixini o’rganish paytida ilgari o’rganilgan hodisalarga duch kelgan paytda o’qituvchi o’quvchilarga bir – biri bilan o’xshash sabab natijali bog’lanishlar to’g’risidagi bilim va malakalarni o’rganilayotgan hodisalarni izohlab berishga, deduktiv suratda, tadbiq etishlarga, umumiyliklarni anglab olishlariga yordam beradi. Turli mamlakatlar tarixiy taraqqiyotidagi bir xil sabab va natijalarni muntazam suratda taqqoslab berish o’quvchilarni hodisalar o’rtasidagi ushbu bog’lanishlar tasodifiy bo’lmay barqaror va zaruriy qonuniyat ekanligi to’g’risida xulosa chiqarishga olib keladi.

Zamonaviy tarix darsiga bo’lgan talab nima bilan belgilanadi?

Birinchidan: fikrimizcha, Prezident I.A.Karimovning «Bizning asosiy boyligimiz, rivojlangan davlat tuzishga olib boradigan yo`ldagi asosiy tayanchimiz - insondir. Yuksak malakali va yuksak ma'naviyatli insondir. Bu narsa, ayniqsa yosh avlodga tegishli. Kelajagi buyuk davlat, eng birninchi navbatda, bo`lajak fuqarolarining madaniyati, ma'lumoti va ma'naviyati haqida g`amxo`rlik qilmog`i zarur.

Men barcha vatandoshlarimizga murojaat qilib aytaman: Bugun hayot qanchalik og`ir bo`lmasin, ma’naviyatimiz va madaniyatimizni unutmaylik!» degan ko`rsatmalari, shuningdek «yangi demokratik ta'lim konsepsiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish lozim bo’ladi. Bunda o’zbek xalqining va respublika hududida yashovchi boshqa xalqlarning milliy, tarixiy va madaniy an'analari, ma'naviy tajribasi ta'lim va tarbiya tizimimizga uzviy ravishda kiritilishi lozim»" degan konsepsiyasi pedagoglarimizni tarix ta'limini davr talabi darajasiga ko`tarish yo`lidagi muhim vazifalarialari bo’lmog’i kerak.

Ikkinchidan: tarix ta'limi davomida o’quvchi yoshlarni tarixiy bilim va ko’nikmalar bilan qurollantirib, ularni o’tmishda va bugungi kunimizda sodir bo`layotgan ijtimoiy hodisalarini to’g’ri baholash va xulosalar ilmy – uslubiy va didaktik jihatdan to’g’ri tashkil etilgan tarix ta'limi dars jarayonida samara beradigan turli – tuman shakl va usullardan foydalanishni taqozo etadi.

Tarix o’qitish deganda faqatgina o’qituvchini voqealar to’g’risidagi hikoyasini tinglash – u, kelgusi darsda uni o’quvchilardan so`rashgina emas, balki, tarix o’qitish jarayonida biz o’quvchilarimizni fikrlash va tarixiy voqealarini tahlil etish, o’rganilayotgan tarixiy material asosida xulosalar chiqarish va ularni umumlashtirish, tafakkur etish, o’rganilayotgan hamma mavzular va kursning yetakchi g`oyalarini ongli ravishda mustahkam o`zlashtirib olish, ularni tarixiy hujjatlar va ayniqsa O`zbskiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov asarlari, nutqlari matni ustida mustahkam ishlab, rejalar va konspekt, xronologik va sinxronologik jadvallar tuzishga, ularni tahlil etishga, qisqacha ma'ruzalar tayyorlashga, tarixiy xaritalar bilan ishlash va to`g`ri tarixiy mo`ljal olishga qunt bilan o`rgatish jarayoniga aytiladi.

Uchinchidan: Balandparvoz iboralar yig’indisidan tashkil topgan «vataniarvarlik» partiya hujjatlarida nazariy jihatdan asoslanib, «sovet jamiyatining o’tgan davr ichida qo’lga kiritilgan asosiy yutug’i bu yagona sovet xalqlarining shakllantirishdir!» deb, xalq maorifi xodimlari oldiga, jumladin tarix o’qituvchilariga yosh avlodni alohida olingan ma'lum bir xalq, millatning milliy va ma'naviy an'analari ruhida emas, xayolan «shakllaigan» sovet xalqi vatanpavarligi ruhida tarbiyalashni singdnrishga undar edi. Shunday ekan, bugungi kun tarix fani o’qituvchisi tarix ta'lnmini targ’ib etishda ayrim tarixiy shior va chaqiriqlarning ma'lum tarixiy davr, tarixiy sharoit va uning manfaatidan kelib chiqqan bo’lishi sabab va mohiyatlarini ham tarix o’qitish metodikasidagi eng asosiy talab va tushuncha yo’nalishidan kelib chiqib unga mutlaq rioya etish lozim.

Tarix o’qitish jarayonida o’quvchilarning rivojlanishi va kamol topishi.

Tarix darslarini o’qitishda o’quvchilarning fikrlashga asoslangan malaka va ko’nikmalarini hosil qila borish vaziflari – bu tarixiy bilimlarni mustaqil sur'atda topib, bir tizimga solib, ularni amalda tadbiq eta bilishga o’rgatish, pirovardida esa o’quvchilarni o’tmishdagi hamda hozirgi zamondagi ijtimoiy hodisalarga nisbatan ilmiy materialistik nuqtai nazardan yondashishga o’rganish demakdir. Nutqni o’stira borish ham o’quvchilarning va ularda aqliy mehnat malakalari hamda ko’nikmalarini hosil qila borish bilan bog’langandir. Biz maktabda o’qitiladigan tarixning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, tarix kursini o’qitish davomida hosil qilina boradigan malakalar guruhlarni shartli ravishda ajratib ko’satamiz.

1. Tarixiy bilim beruvchi manbalarni tahlil qilish hamda tarixiy voqealar va hodisalardagi eng asosiy va muhim narsani, ularning muhim belgilari va bog’lanishlarini ajratib chiqish, tarixiy tushunchalarga ta'riflar berih malakalari.

2.Tarixiy bilim beruvchi manba mazmunini mantiqiy jihatdan bir necha qismga ajratish, umumiy mantiqiy sxemasni bir turdagi tarixiy hodisalar hamda voqealarni tahlil qilishda deduktiv suratda tadbiq etish malakalari.

3. Tarixiy dalillar va jarayonlarni o’z doirasida qarab chiqish hamda vaqt jihatdan ular o’rtasidagi nisbatni aniqlash xronologik va sinxronistik jadvallar tuzish malakalari.

4. Tarixiy hodisalarning joyini aniqlash, tarixiy xaritani "tilga kirgizish", undagi izohlar va shartli belgilardan xatosiz foydalanish, yozuvsiz xaritani tarixiy mazmunda to’ldirish malakalari.

5. Tarixiy voqealar, hodisalarni taqqoslash, ularning umumiy xususiyatlarini topish malakalari ;

6. Tarixiy dalillarni tahlil qilish va taqqoslash asosida indektuv va deduktiv xulosalar chiqarish usulidan foydalangan holda yakunlar yasash, yakunlarni berilgan baholarini asoslab berish, taxiriy dalillar umumiy xulosalarga tayangan holda to’g’ri isbotlay olish malakalari;

7. Tarixiy materiallarni og’zaki yoki yozma tarzda bayon eta bilish, izchil tarzda obrazli qilib bayon etishning turlaridan hikoya qilish, tasvirlash, usullaridan foydalana bilish, savollarga qisqa atroflicha javob berish, hamda o’z o’rtoqlariga savollar berish, ularning javoblarni tanqidiy nuqtai nazardan baho berish malakalari;

8. Axborotlar, dokladlar, referatlar, siyosiy axborotlar tayyorlash, hamda ularni o’tkazish, kichikroq hajmdagi ilmiy – ommabop materiallari tayyorlash malakalari;

9. Tarixiy matn mazmunini yoki o’qituvchi hikoyasini rejalarini, tarixiy voqea yoki hodisani tahlil qilish rejasini, taqqoslash rejasini tuzish, reja, ishlanma, tezislar tuzish, o’qituvchi tushuntirib bergan asosiy qoidalarni qisqacha yozib borish, kitoblardan ayrim joylarini yozib olish, ma'lumotlar beruvchi tarixiy adabiyotlardan foydalana bilish malakalari.

O’quvchilar tafakkuri va nutqining o’sa borishi, malaka va ko’nikmalarning hosil bo’la borishi, bilimlarni egallash va ularni tadbiq etish, ular bilan ish olib borish jarayonida yuz beradi. Bilimlar bilan malakalar o’rtasida o’zaro bog’lanish va bir – biriga bog’liqlik bor. Kishi aqliy faoliyatning onglilik xarakteri unda hosil bo’lgan bilimlar tizimi bilan belgilanadi. Bilim hamma vaqt tegishli malaka va ko’nikmalar tizimiga tayanadi. O’z navbatida yangi malaka va ko’nikmalar vujudga kelishi uchun zamin hisoblanadi. O’qitish jarayonining har qaysi bosqichida bilimlar, malaka va ko’nikmalar o’rtasidagi o’zaro nisbat o’quvchining aqliy jihatdan yetuklik darajasini ham belgilaydi. O’quvchilarning malaka va ko’nikmalarini hosil qila borishga qaratilgan ishning muvaffaqiyatli chiqishi ko’pgina shart – sharoitlarga bog’liq. Tarix o’qituvchisi birinchi navbatda u yoki bu sinfda bundan ilgari hosil qilingan bilim va malakalarning qanday doiraga tayana olish mumkinligini, ayrim o’quvchilarda qanday malaka yaxshi hosil bo’lmaganligi yoki yo’qligini aniqlab olishi zarur. Ana shu asosda o’quvchilarni turli guruhlarga hamda ayrim o’quvchilarga nisbatan bundan keyin differensial yo’sinda yondashishga o’tiladi. O’qituvchi ish jarayonida o’quvchilarning bilim va malakalar hosil qilishda qanday darajada ekanliklarini doim tekshirib va hisobga olib boradi. Hosil qilingan malaka o’qituvchilarning o’zlariga tanish turdagi yangi sharoitlar, yangi o’quv materiali asosida mustaqil suratda bajara olish, ya'ni o’quv vazifasini bajarishda tashabbus ko’rsatib yangi sharoitlarda tadbiq eta olish vazifalarini hal etishning yangi usullarini topa bilish qobiliyati demakdir. Aqliy faoliyatning muayyan usullarini egallab olish malakalar hosil qilishning asosini tashkil etadi. Malaka egallab tadbiq etishda qanchalik mustaqil ish tutishi hamda usulda tadbiq etiladigan hodisalar doirasining qanchalik kengligi bilan belgilanadi.

Aqliy faoliyatning muayyan usullarini egallab olish malakalar hosil qilishning asosini tashkil etadi. O’quvchilar bironta malakani, masalan, tarixiy hodisalarni taqqoslash, isbotlash berish malakasini hosil qilmoq uchun o’qituvchiga o’sha mantiqiy vazifaning maqsad va mohiyatini, hamda uni bajarish usullarini tushuntirib, ularni aniq tarixiy materialga tadbiq etgan holda ko’rsatib beradi. Ko’rsatib berish paytida mazmuni uncha murakkab bo’lmagan material: taqqoslash uchun – moddiy madaniyatga doir ikki narsa, xulosa chiqarish uchun – darslikning bir necha rejasidan iborat matni va shu singari tanlangani ma'qul.

Shundan keyin o’qituvchilar qanday ishlash usullarini ko’rsatib berilgan materialga o’xshash tarixiy materiallar va mantiqiy materiallar bilan ish olib borishni o’qituvchi rahbarligida endi o’zlari bajaradilar. O’qituvchilar bu usullarni qadam – ba qadam o’zlari bajaradigan bo’ladilar. Dastlab bu ishni yaxshi o’quvchiga topshirish yoki shu ishni izchil suratda pog’onama – pog’ona bajarishga butun sinfni jalb etib, uni evristik usulda o’tkazish mumkin.

Keyinchalik o’qituvchi o’quvchilarni bunday usullarni shunga o’xshash materilga tadbiq etgan holda, ularni yagona sharoitlarda qo’llay olishga ham o’rgatadi.

Usullarni yangi sharoitlarda qo’llash o’qituvchilar tomonidan avvalgi o’qituvchi rahbarligida jamoa bo’lib ishlash jarayonida, masalan evristik usuldagi suhbat davomida amalga oshiriladi. O’quvchilar usulni egallay borgan sari, ular mantiaiy vazifani tobora mustaqil va aniq bajara oladilar. Ular o’qituvchining harakatini endi shunchaki takrorlamaydilar, balki mantiqiy vazifaniig maqsadi va ularning oldiga o’quv vazifasinimg shartlariga qarab, o’zlashtirilgan usullarga tayanganholda ish olib boradilar. Foydalanadigan usullar soni asta – sekin ko’paya boradi, shu bilan birga tobora ko’proq to’planib borgan bilimlardan foydalaniladi.

Malakani egallab olish darajasi aqliy faoliyat usullarini boshqa sharoitlarga tadbiq etishda qanchalik mustaqil ish tutilishi hamda shu usullarni tadbiq etiladigan hodisalar doirasining qanchalik kengligi bilan belgilamadi.

Tarixni o’qitish davomida o’quvchilar tafakkurini o’stira borish yuzasidan olib boriladigan ish har bir pedagogning umumiy vazifalaridan biridir, hamda fan va o’quv predmeti bo’lgan tarixning o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadigan o’zining spetsifik maqsadlari hamda xususiyatlariga egadir. Tarix o’qituvchisi o’quvchilarni ijtimoiy – materialistik nuqtai – nazardan har bir ijtimoiy hodisani uning vujudga kelishi va rivojalanishida boshqa hodisalar bilan bog’lanishi hamda munosabatlaridan olib qarashda, hodisalarning sinfiy mohiyatiga ko’ra bo’lishga, tarixiy jarayonning umumiy ob'yektiv qonunlarini tushunishga o’rgatadi. Bu vazifalar V – VI sinflarda tarix kursini o’qitishda ham o’quvchilar uchun og’irlik qilmaydigan darajada qo’yiladi. O’quvchilarning bilimlari tobora chuqurlasha borishi va ko’paya borishi bilan ularning tafakkurini o’stira borishga qaratilgan vazifalar ham murakkablasha boradi. Tarix kursini o’qitishda o’quvchilarning fikrlashga asoslangan malaka va ko’nikmalarni hosil qila borish vazifalari bu tarixiy bilimlarni mustaqil sur'atda topib bir tizimga solib ularni amalda tadbiq eta bilishga o’rgatish, pirovardida esa o’quvchilarni o’tmishdagi hamda hozirgi zamondagi ijtimoiy hodisalarga nisbatan ilmiy – materialistik nuqtai nazardan qarash demakdir.

Nutqni o’rganish, o’stira borish hamda o’quvchilarning tafakkurini o’stira borish va ularda aqliy mehnat malakalari, hamda ko’nikmalarini hosil qila borish bilan bog’langandir. Nutq – odamlarning bir – birlarini tushunish vositasigina bo’lib qolmay balki, fikrni yuzaga chiqarish hamda o’stirishdir. Tarix kursini o’qitishda nutq bilimlar orttirishning eng asosiy vositalaridan bir sifatida maydonga chiqadi. O’quvchilar tarixiy dalillarni, ular o’rtasidagi bog’lanish va munosabatlarni, ularning umumiy va bir – biridan farq qiluvchi xususiyatlarini, tarixiy hodisalarni, tarixiy hodisalar va tarixiy shaxslarning xususiyatlarini ko’rsatmali o’quv qurollari bilan birgalikda so’z orqali bilib oladilar. O’quvchining nutqi, darslik matni, tarixiy hujjatlar, ilmiy ommabop va badiy adabiyot asarlari o’quvchilarga bilim beradigan, so’z bilan ifodalangan eng muhim manbaalar bo’lish bilan birga ularning nutqini o’stirish vositalari ham hisoblanadi.

Hosil bo’lgan malaka o’quvchilarning o’zlariga tanish turdagi vazifani yangi sharoitlarida, yangi o’quv materiali asosida mustaqil sur'atda bajara olish, ya'ni o’quv vazifasini bajarishda tashabbus ko’rsatib, yangi sharoitlarda malakani tadbiq eta olish vazifalarini hal etishning yangi usullarini topa bilish qobiliyati demakdir.

Tarix o’qitish metodikasi tarix fani bilan qisman bog’langandir. Tarixiy materiallar tarix fani va o’quv predmeti bo’lgan tarix kursining metodologik asosini tashkil etadi.

Tarix o’qish o’quvchilarga tarixiy voqelikni bilish yo’llari, tarixiy tadqiqotga o’xshab ketadi. O’quvchilar tarixni o’rganishda olimlar tomonidan ilmiy jihatdan tekshirib ko’rilgan va tahlil qilingan dalillar hamda ilmiy xulosalardan yangi dalillarni o’rganish uchun foydalanishlari mumkin. Biroq, o’quvchilarning tarixni o’rganishi ilmiy tekshirishdan farq qiladi. O’qitish jarayonida o’quvchilar tarix fanini va uni ba'zi tadqiqot metodlarini bilib oladilar. Shunday qilib, tarix fani va tarix o’qitish metodikasi o’zining alohida o’rganish ob'yekti, vazifasi hamda tadqiqot metodiga ega, tarix fani kishilik jamiyatining taraqqiyoti jarayonini o’rganadi, kishilik jamiyatining taraqqiyot qonunlarini bilish, o’tmish va hozirgi zamonni yaxshi tushunib olishga, kelajakni oldindan ko’rishga imkon beradi. Shu tariqa o’z predmeti, vazifalari va tadqiqot etish metodlariga ega bo’lgan tarix o’qitish metodikasini tarix fanlari qatoriga qo’shib bulmaydi. Tarix o’qitishda o’quvchilarning ishi, bilimi, fikrlash qobiliyati va umuman ruhiy faoliyatini e'tiborga olmasdan turib ularning o’z faoliyatiga samarali ta'sir etib bo’lmaydi.

Bugungi kunda tarix o’qitishiing ayniqsa "O’zbekiston tarixi" ning o’qitilishi muhim ahamiyat kasb etadi, chunki O’rta Osiyo eng qadimgi madaniyat markazlaridan deb hisoblaiadi. O’zbeklar va shu o’lkaning qadimgi xalqlaridan biri bo’lib, ko’hna va boy tarixga egadir. Ularning O’rta Osiyodagina emas, balki jahondagi davlatlar ijtimoiy, iqtisodiy – siyosiy va madaniy hayotida tutgan o’rni salmoqlidir. O’zbekiston hududi qadimdan umuminsoniy maqsadlarga xizmat qilib kelgan. Movarounnahr Osiyo bilan Yevropani birlashtirib turgan ko’prik vazifasini o’tagan. Ikki daryo oralig’i orqali olib borilgan Osiyo, Yevropa iqtisodiy va madaniy aloqalari O’rta Osiyo, umuman jahon xalqlari taraqqiyotida katta o’rin egallagan. Bugungi kunda umuminsoniy maqsadlarga xizmat qilgan Buyuk Ipak yo’li aloqalar tarixini o’rganishga qiziqish ortib borayotganligining boisi ham shundadir.

O’zbekistonning mustaqil davlat deb e'lon qilinishi jumhuriyatimizni bugungi kunigina emas, balki istiqbolini ham belgilab beruvchi asosiy omildir. O’zbekiston Respublikasining istiqlol yo’li avlod – ajdodlarimizning tarixiy an'analari va ma'naviy boyliklarini qayta to’plovchi, yangi mazmun bilan boyituvchi yo’lidir. Bu esa tarix o’qitishni milliy asosga qurishni, xalqimizning mehnatsevarlik, hamkorlik, insonparvarlik, ozodlik va mustaqillik, ma'rifatparvarlik kabi an'analari, iymon, insof, kichikka muruvvat, mehmondo’stlik, vatanga hamda xalqqa sadoqat kabi oliyjanob fazilatlarini chuqur o’rganishni, ularni asrab – avaylab yoshlar qalbiga, qon – qoniga singdirishni shu asosda ularning siyosiy ongini o’stirishni, o’zini anglashga ko’maklashishni, respublikamiz iktiqboli uchun astoydil xizmat qiladigan faollarni yetishtirishni asosiy vazifa qilib qo’yadi. O’zbekiston xaqllari tarixini o’rganish o’quvchilarning bu tarixiy an'analar va oliyjanob fazilatlar manbalarini, ular mustahkam zaminga egaligini, tarixan tarkib topganligini, avloddan avlodga o’tib mazmunan boyib borganligini, jamiyatning ravnaqi va faravonligi, insonlarning ma'naviy kamoloti uchun xizmat qilib kelganligini, ularni bundan keyin ham asrab – avaylab davom ettirish, avlodlarimizniig insoniy fazilatlariga sodiq bo’lish o’zlarining muqaddas burchlari ekanligini anglab olishlariga yordam beradi.

O’zbekiston xalqlari tarixini o’rganish asosida o’quvchilar bu o’lka hududida qadimda bir necha o’nlab millat va elatlar yonma – yon yashab kelganligini, ular mahalliy va ajnabiy bosqinchilar zulimiga qarshi birgalikda kurash olib borganligini, o’zbeklar hamisha boshqa millat va xalqlarga alohida hurmat bildirganligi, xalqlar qardoshligi va do’stligini muqaddas deb ardoqlashganligini, o’zbek xalqining bu tabarruk an'anasi umuminsoniy qadriyatlariga bebaho hissa bo’lib qo’shilganligi, millatlararo munosabatlar keskinlashib turgan hozirgi paytda bu an'ananing hayotiyligi va yana bir bor sinovdan o’tayotganligini anglab oladilar. Shuningdek, mustabid hukmdorlar va bosqinchilar hokimiyati yillarida xalqimizning moddiy – ma'naviy boyliklari va go’zal an'analari oyoq osti bo’lib toptalgani, shaxsga sig’inish va turg’unlik yillaridagi tanglik, paxta yakkaxokimligi, kimyoviy moddalarning haddan ko’p qo’llanilishi O’zbekistonning ijtimoiy – iqtisodiy, ma'naviy, siyosiy rivojlanishiga to’sqinlik qilganini, ekologik muhitdagi nomutanosibliklarga, Orol bo’yi fojeasiga, atrof – muhit, yer – suv va havoni ifloslanishiga olib kelganligini odamlarning sog’ligini emas, balki irsiyatiga ham ta'sir ko’rsatganligini o’quvchilar tushunib olishi, ularning hozirgi ekologik muammolarni hal qilishda respublikamizning ijtimoiy – iqtisodiy va siyosiy mustaqilligini mustahkamlaydi hamda faol ishtirok etishini ta'minlashda muhim ahamiyatga egadir.

O’zbekiston xalqlari tarixini o’rganish, o’quvchilarni ajdodlarimizning ko’p ming yillik moddiy va ma'naviy – madaniy meros, ularning jahon ilmiy tafakkuri va madainyaiti taraqqiyotiga qo’shgan ulkan hissasi bilan tilga olish, ular bilan faxrlanishga, milliy iftixor tarbiyasini amalga oshirishga yordam beradi.

Darsda Prezident I.A. Karimov asarlaridan foydalanish metodlari.


Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq siyosiy, ijtimoiy, huquqiy, madaniy, ma’naviy va ilmiy hayotimizda ko’plab yangiliklar, umumbashariy jarayonlar bilan bogliq ijobiy o’zgarishlar sodir bo’ldi.

Fan va texnika olamida turli – tuman ajoyib kashfiyotlar yuz bermoqda. Ijtimoiy hayot sohalarida sodir bo’layotgan voqea – hodisalarni to’g’ri talqin qilishda, murakkab pedagogik jarayonlarning yechimini topishda ko’pincha ilmiy atamalarni to’gri anglab yetish muhim ahamiyat kasb etadi. “Eng muhimi inson va fuqaroning fikrlash va dunyoqarashi o’zgarmoqda, siyosiy va ijtimoiy ongi, uning umumiy saviyasi to’xtovsiz o’sib bormoqda”, - deb ta’kidlaydi Prezidentimiz I.A.Karimov.

Mana shunday jarayonlarni, yangiliklarni tahlil qilishda, ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan ma’naviy, madaniy, diniy merosimizni, tarixiy merosimizni avaylab, bilim va ko’nikmalarni yosh avlodga taqdim etishda , yangicha mantiqiy fikrlash malakasini shakllantirishda “O’zbekiston tarixi” va “Jahon tarixi” fanlarining ahamiyati va o’rni salmoqlidir. Insoniyat tarixida ro’y bergan ijtimoiy voqea – hodisalarni, hayotda sodir bo’layotgan yangiliklarni tushunib olish va uni himoya qilish uchun zamonaviy fan bilan bog’lanish zarur hisoblanadi. Bugungi kunda zamonaviy tarix fani esa o’quvchilarni avvalo jamiyatdagi yangiliklar, bo’lib o’tayotgan voqea – hodisalarning sabab va oqibatlarini, o’tmishda ro’y bergan tarixiy jarayonlarning asoslarini o’rganish va o’rgatishdan hamda yoshlarni vatanparvarlik, milliy qadriyatlarga, insoniy fazilatlarga, mehnatsevarlikka, xalq merosiga nisbatan muhabbat ruhida tarbiyalashda asosiy o’rin tutadi. Bunday masalalarni tarix darslari jarayonida o’quvchilar ongiga singdirishda esa O’zbekiston Respulikasi Prezidenti I.A.Karimovning bir qancha asarlari, nutqlari, yo’riqnomalaridan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Prezidentimiz I.A.Karimov o’z asarlari va nutqlarida yoshlarga katta ishonch bildirib, O’zbekiston kelajagi yoshlar qo’lida ekanligini ta’kidlar ekan, avvalo yoshlarni shunday ishonchga javob bera oladigan insonlar qilib yetishtirish o’qituvchi va tarbiyachilarning fidokorona mehnati bilan bog’liqligini nazarda tutadi. Jamiyatimiz talab etayotgandek har tomonlama yetuk, komil insonni tarbiyalab yetishtirishda o’qituvchilarning o’rni beqiyosdir.

Prezidentimiz ta’lim sohasiga, xususan tarix darslarini o’qitishga katta e’tibor berib, o’zining qator asarlarida shu masalaga alohida to’xtalib o’tadi. Yurtboshimizning “O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li” (1992), “O’zbekiston buyuk kelajak sari” (1998), “O’zbekiston kelajagi buyuk davlat” (1992), “Ma’naviy yuksalish yo’lida” (1998), “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” (1998) va boshqa ko’plab asarlarida o’rta umumta’lim maktablarida, akademik litsey va kasb – hunar kollejlarida o’qitiladigan tarix fanlarining ta’lim – tarbiyaviy ahamiyati va o’quvchilarni vatanparvarlik, milliy qadriyatlar hamda milliy istiqlol g’oyasi ruhida tarbiyalashdagi ahamiyati keng yoritilgan.

Malakatimiz rahbari o’zining “O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqiyot yo’li”, (1992), “O’zbekistob XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari vataraqqiyot kafolatlari” (1997), “Millatimiz mafkurasi xalqni – xalq, millatni – millat qilishga xizmat qilsin” (1998), “tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” (1998), “Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori” (1998), “ma’naviy yuksalish yo’lida” (1998), “O’zbekiston XXI asrga intilmoqda”(1999) kabi nutq va asarlarida ta’lim – tarbiya sohasidagi islohotlarimizning erkin, mustaqil fikrlaydigan yoshlarni tarbiyalashga qaratilishi lozimligini ta’kidlab o’tadi. I. Karimov: “bizga bitiruvchilar emas, maktab ta’limi va tarbiyasini ko’rgan shaxslar kerak”, - deb takidlaydi.

Ta’lim tarbiya masalasi jamiyat taraqqiyoti bilan bevosita bog’liqligiga yurtboshimiz alohida e’tibor berib, ta’lim – tarbiya islohoti zarurligini asoslab beradi va: “Ma’naviy va axloqiy poklanish, imon, insof, diyonat, or – nomus, mehr – oqibat va shu kabi chinakam insoniy fazilatlar o’z - o’zidan kelmaydi, hammasining zaminida tarbiya yotadi”, deydi.

Mamlakatimiz rahbari “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” asarida tarix fanining imkoniyatlaridan foydalanib, “Aql – zakovatli, yuksak ma’naviyatli kishilarni tarbiyalay olsakkina, oldimizga qo’ygan maqsadlarga erisha olamiz, yurtimizda farovonlik va taraqqiyot qaror topadi”, - deb ta’kidlaydi.

Tabiiyki, vatanparvarlik va milliy qadriyat tushunchasi fuqarolarimiz ongida, ayniqsa, o’quvchi yoshlar tushunchalarida yo’l – yo’lakay, o’zicha shakllanib, kamol topib insonni bu sohada harakatga keltiruvchi kuch darajasiga ko’tarmaydi.

Bu borada har bir insonni tug’ilib o’sgan maskani – Vatani , uning tabiati va tarixiga qiziqishlarini uyg’ota bilish, kamol toptirish asosiy omil hisoblanadi. Ana shunday omil o’z navbatida maktabda o’rganiladigan fan asoslarining maqsadi, mazmuni va vazifalari majmuidan kelib chiqmog’i lozim.

Maktabda o’rganiladigan barcha fanlarda, ularning dasturlari va dars rejalarini tuzish, ta’lim – tarbiyaviy va ayniqsa rivojlantirib boruvchi ta’lim maqsadlarini ilmiy – uslibiy va didaktik jihatdan aniqlab olishda o’quvchi yoshlarning o’z xalqi milliy qadriyatlari va vatanparvarlik his – tuyg’ularini shakllantirishga katta e’tibor beriladi. Lekin shunga qaramasdan akademik litsey, kasb – hunar kollejlari va o’rta umumta’lim maktablarida o’rganiladigan “O’zbekiston tarixi” va “Jahon tarixi”ning o’rni, ilmiy – uslibiy imkoniyatlari ko’lami bir muncha katta. Demak, unga e’tibor ham shunga yarasha bo’lmoqda.

Prezident I.A.Karimovning tashabbusi bilan 1996 yilda O’zbekiston xalqlari yangi tarixini tarixiy va ilmiy haqiqat ostida yaratish to’g’risida maxsus qaror qabul qilindi, maxsus ilmiy – tadqiqot instituti ta’sis etildi. Vatanimiz tarixi, uni o’qib o’rganish hukumatimiz diqqat markazida ekan, bu fanni yoshlarimizni milliy qadriyatlarimiz ruhida va ona – vatanimizning fidoiy vatanparvarlari etib tarbiyalashdagi vazifalar qanday amalgam oshirilmoqda?

Shuni alohida qayd etib o’tish lozimki, Prezident I.A.Karimov asarlarida davlatimizning kelajak istiqboli ko’rsatib berilishi bilan chegaralanmasdan, balki unga erishish yo’llari ham asosli qilib ko’rsatib berilgan. Masalan, Prezidentimiz o’zining “O’zbekiston o’z istiqlol va taraqqqiyot yo’li” asarida mustaqil O’zbekistonni rivojlantirishning ma’naviy – axloqiy negizlari xususida fikr yuritar ekan, bu negizlar:

O’quvchilarni Vatanimiz qadriyatlari, boy madaniyati va ma’naviyati bilan tanishtirish juda muhimdir. “Ta’lim to’g’risida”gi qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ham ta’lim – tarbiya jarayonida milliy va umuminsoniy qadriyatlardan foydalanishga oid ko’rsatmalar beriladi. Shuning uchun tarix darslari jarayonida xalqimizning madaniy merosini o’rganish, milliy o’ziga xosligi, ma’naviy xususiyatlarini hisobga olib, milliy ta’lim – tarbiyamiz an’analariga suyanib ish ko’rish maqsadga muvofiqdir. Shu o’rinda QADRIYAT tushunchasiga kengroq ta’rif beradigan bo’lsak, “Qadriyatlar deyilganda faqat o’tmish davrlar uchun muhim ahamiyat kasb etib qolmasdan, hozirgi kun va kelajakdagi taraqqiyotga ham ijobiy ta’sir ko’rsatadigan, kishilar ongiga singib ijtimoiy ahamiyat kasb etadigan moddiy, ma’naviy, tabiiy, diniy, axloqiy, falsafiy va boshqa boyliklar majmui tushuniladi”. Qadriyat degan tushuncha qadr – qimmat, degan ma’noni ham bildiradi.

Bundan tashqari o’quvchi yoshlarni har tomonlama yetuk insonlar qilib tarbiyalashda tarix darslari jarayonida ularni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash ham muhim ahamiyat kasb etadi. Inson axloqida Vatanni sevish alohida o’rin tutadi. Hadisi shariflarda ham “Vatanni sevmoq iymondandir”, “Vatan ostonadan boshlanadi” deb bejiz aytilmagan.

Vatan o’zi nima? Vatan (arabchada “vatan” – ona yurt) deganda – kishilarning yashab turgan, ularning avlod va ajdodlari tug’ilib o’sgan joyi, hududi, ijtimoiy muhiti, mamlakati tushuniladi.

Vatanparvarlik – kishining o’zi tug’ilib o’sgan, kamol topgan joy, zamin, o’lkaga bo’lgan mehr – muhabbatini, munosabatlarini ifoda etadigan ijtimoiy va ma’naviy, axloqiy xislatlari, fazilatlaridir. Vatanparvarlik aniq muhitda, zaminda va mavjud ma’naviy – axloqiy qadriyatlar asosida shakllanadi. Vatanga muhabbat tuyg’usi bolaga ona suti bilan, allasi bilan kiradi. Bu aziz tuyg’u bir umr unitilmaydi. Shuning uchun ham vatanparvarlik tarbiyasi hamma zamonlarda ulug’langan.

O’zbekiston xalqlari tarixi insoniyatning orzu – umidlari, ezgu niyatlarini o’zida mujassamlashtirgan ana shunday vatanparvarlik his – tuyg’ulari bilan to’lib – toshgan desak mubolag’a bo’lmas. To’maris, Spitamen, Muqanna, Temur Malik, Jaloliddin Manguberdi, Amir temur, Z.M.Bobur, Dukchi Eshon, Sobir Rahimov… yana qancha – qancha dovyurak qalblar.

1). I.A.Karimovning “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” asarida o’zbek xalqining etnik tarixi, uning xalq sifatida shakllanishi masalalari.

2). O’lkamiz hududlaridagi qadimgi mahalliy aholi va o’zbek xalqining shakllanish bosqichlari.

3). O’rta asrlardagi etnik – madaniy jarayonlar, “O’zbek” atamasi.

Bu jarayon, ya’ni darsda birinchi navbatda o’quvchi ko’z oldida xarita yordamida o’lkamizning eng qadimgi davri gavdalantiriladi. Shundan so’ng sinf o’quvchilari guruhlarga bo’linadi. Har bir kichik gurug mavzudagi rejalarga tayyorlanadi. Bu vaqt davomida o’qituvchi mavzuni boshlab qichqacha ayrim epizodlarga to’xtaladi.

Birinchi kichik guruhdan bir vakil chiqib I.A.Karimovning “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q ” asarining mazmuni, unda ko’rsatilayotgan tarixni o’rganish bo’yicha muammolar, o’zbek xalqining etnik tarixi, uning xalq sifatida shakllanishi, etnoslarning bir – biridan farqlanishi va hokazolarni gapirib tayanch iboralarni izohlab beradi.

Ikkinchi “kichik guruh”dan bir o’quvchi chiqib, O’rta Osiyo ijtimoiy – siyosiy hayotida turkey etnik guruhlar juda katta ahamiyatga ega bo’lganligi va etnik ildizlari juda qadimiy ekanligi, mil. av. II ming yillikning o’rtalaridan boshlab Markaziy osiyo hududlarida shimoliy – sharqiy tomondan yangi etnik guruhlar kirib kela boshlashi, O’rta Osiyo hududida juda boy arxeologik qazishmalar olib borilayotganligi, o’zbek xalqining shakllanishidagi davrlar va boshqalar to’g’risida gapirib beradi.

Uchinchi “kichik guruh”dan o’quvchi chiqib o’rta asrlarda xalqlarda etnik shakllanishning davom etishi, “o’zbek etnonimi”ning kelib chiqishi, o’zbek xalqining etnik qatlamlari to’g’risida fikr yuritadi.

Har uchala o’qituvchi mavzu yuzasidan gapirganda o’zi tayyorlagan ko’rgazmali qurol, xarita va qo’shimcha adabiyotlardan foydalanishi mumkin. O’qituvchi kichik guruhlardan ekspertlarni ajratib oladi va o’zi tayyorlagan convert – paketlarni ularga beradi. Bu paketlarda o’zbek xalqining shakllanishi haqidagi ma’lumotlar mavjud. “Ekspertlar” guruhi hujjatlar bilan tanishgunga qadar, o’qituvchi “kichik guruh”larda qolgan boshqa o’quvchilar bilan “tanqidiy fikrlash usuli” ni o’tkazadi, ya’ni o’quvchilarda o’z oldilarida turgan muammoli vazoyatni yechish, boshqalarni tinglay olish, muloqot olib boorish, turlicha fikrlarni taqqoslash, boshqa kishi taqdiriga befarq qaramaslik kabi xislatlar shakllana boradi. O’qituvchi muammoli vaziyatni o’rtaga tashlab o’quvchi o’z fikrini erkin ifodalashi uchun imkon beradi, shundan so’ng o’quvchi fikri oydinlashtiriladi, ularning fikri asoslanganligi tekshiriladi, o’z fikrini tahlil eta olish imkoni beriladi.

Tanlangan “ekspert” guruhi hujjatlar bilan tanishgach, o’z “kichik guruh”lariga qaytib, hozirgina berilgan muammoli savollarning asosli ekanligini va hujjatlarda ham o’sha savollarga to’g’ri javob borligini izohlashadi, o’rganilgan hujjatlar bilan o’rtoqlashadilar.Shundan so’ng “aqliy hujum” metodi boshlanib, o’qituvchi o’quvchilarga mavzuga oid savollar beradi va o’quvchilar bilan birga bu savollarga javob topishga harakat qiladi. O’rganilayotgan har bir muammo o’z yechimini topishi uchun o’qituvchi fikrlarini Prezident asarlaridan olingan iboralar bilan to’ldirib izohlab borsa, uning har bir aytgan fikri asosli chiqishiga erishadi.

Bundan tashqari tarix darslarida Prezident asarlaridan foydalanib, o’quvchilarni xalqaro terrorizm g’oyalariga nisbatan nafrat ruhida tarbiyalash bugungi kunning ta’lim sohasi oldiga qo’ygan asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Yurtboshimiz o’zining “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari”, “Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo’lida” asarlarida va ko’pgina nutqlarida terrorizmga qarshi kurash borasidagi o’z fikrlarini birma – bir izohlab bergan. “…Inson va kam sonli millatlar huquqlari, ularning xavfsizligi kafolatini, ijtimoiy qadriyatlardan teng bahramand bo’lishi kafolatlarini ta’minlash, terrorizm va narkobiznesga qarshi kurash sohalarida hamkorlikka doir ma’lumotlarni markazlashtiruvchi yagona axborot tizimini yaratish zarurati ham yetildi”. (Terrorizmga oid slaydlar ko’rsatiladi va talabalar bilan birga izoh beriladi).

Prezident asarlari orqali o’quvchi yoshlarni milliy qadriyatlar va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda ekologik muammolarning ham o’z o’rni borligini alohida ta’kidlab o’tish joiz. Chunki bugungi kunda biz yashab turgan tabiatni, uning zahiralarini asrab – avaylash ham milliy qadriyatlarimizdan hisoblanadi. (Ekologiyaga oid slaydlar ko’rsatiladi va talabalar bilan birga Prezident asarlari orqali izohlanadi .)

Shuni alohida qayd etib o’tish lozimki, Prezident I.A.Karimov asarlarida davlatimizning kelajak istiqboli ko’rsatib berilishi bilan chegaralanmasdan, balki unga erishish yo’llari ham asosli qilib ko’rsatib berilgan.

Prezident I.A.Karimov O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XV sessiyasida so’zlagan nutqida yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga alohida to’xtalib, “Bizning asosiy boyligimiz, rivojlangan davlat tuzishga olib boradigan yo’ldagi asosiy tayanchimiz – insondir. Yuksak malakaliva yuksak ma’naviyatli insondir. Kelajagi buyuk eng birinchi bo’lajak fuqarolarning madaniyati va ma’naviyati haqida g’amxo’rlik qilmog’i zarur. Bugun hayot qanchalik og’ir bo’lmasin ma’naviyatimiz va madaniyatimizni unutmaylik” – deb ta’kidladi.

Milliy qadriyat, ma’naviyat, madaniyat umumbashariy qadriyat, ma’naviyat va madaniyatning sarchashmasidir. Ana shu sarchashma ma’lum makonda, ya’ni Vatanda vujudga keladi. Shunday ekan, milliy qadriyat va madaniyat bevosita vatanparvarlik bilan uzviy aloqadorlikdadir.

Demak, tarix darslari jarayonida bu ikki tushunchani o’quvchilar ongiga birga singdirish maqsadga muvofiqdir.

O’zbekiston Respublikasi maktablarida, akademik litsey va kasb – hunar kollejlarida o’qitilayotgan “O’zbekiston tarixi”, “Jahon tarixi”, shu bilan birga davlat va huquq asoslari, inson va jamiyat, o’zbek adabiyoti va chet mamlakatlar adabiyotini o’rganish jarayonida ayniqsa, Prezidentimiz I. Karimov asarlaridan foydalanish yoshlarimizda milliy qadriyatlarimizni chuqur ehtiros bilan o’rganish va kelajagi buyuk bo’lgan davlatimizning bunyodkorligi yo’lida jangovar vatanparvarlarni tarbiyalab voyaga yetkazishda muhim o’rin egallaydi. Buning uchun yurtboshimizning quyidagi so’zlari diqqatga sazovordir. “O’zbekiston fuqarosining vatanparvarligi – bu qayta o’zgarishlar yo’lini ko’rsatuvchi, ko’zlagan maqsaddan chetga chiqmaydigan yo’lchi yulduz, ishonchli kompasdir”. Holbuki, O’zbekistonga, uning yeri, tabiatiga, bu yerda yashayotgan xalqlarga muhabbat, o’lkaning tarixi, madaniyati, an’analarini teran bilib olishga intilish, respublikaning qudrati va yutuqlaridan faxrlanish, xalqimiz qismatiga tushgan qiyinchiliklar uchun qayg’urish ko’p millatli o’zbek jamiyatining muhim jipslashtiruvchi asosi hisoblanadi.

Tarixga nazar tashlasak, buyuk bobomiz Sohibqiron Amir Temur Movarounnahrda markazlashgan davlat qurish uchun juda ko’p qurbonlar berib, jangu – jadallar olib borgan edi. U markazlashgan qudratli davlat qurish xususida fikr yuritib, “davlat – lashkarlari – yu fuqarolarining sadoqati va fidoyiligi – la qudratlidir” – deb alohida qayd etgani bejiz emas.

Prezidentimiz I.Karimovning O’zbekiston Republikasi Oliy Kengashining XV sessiyasida so’zlagan nutqidagi quyidagi ko’rsatmalari biz pedagoglarga o’quvchi yoshlarni xalqimizning milliy, ma’naviy, madaniy qadriyatlari va vatanga nisbatan muhabbat ruhida tarbiyalashimizdagi faoliyatimizning dasturi bo’lmog’i kerak. “O’zbekistonimizni, yigit – qizlarimizni shu g’oyaga qattiq ishonadigan buyuk davlat fuqarolari, buyuk davlatga munosib farzandlar etib tarbiyalamog’imiz lozim”.

Prezidentimiz milliy qadriyatlarimizga alohida to’xtalib, “Bizda azaldan ota – onaga hurmat, ehtirom ko’rsatish qaror topgan. Har bir farzand o’z ota – oansi bilan faxrlanishi lozim. Ota – ona ham farzandlar iftixor qilishga loyiq kishilar bo’lishi taqozo etiladi… Biz qadriyatlarimizga rioya qilishga katta e’tibor bermoqdamiz. Biz musulmon xalqmix, sharm – hayo, or – nomus ha rbirimizda mustahkam”, - deb aytganida har tomonlama va har bir kishi uchun haq fikrni aytdi.

Yurtboshimizning, mutafakkirlarimizning ta’lim – tarbiya, milliy va ma’naviy qadriyatlarimiz, vatanni sevish xususida aytgan har bir fikr – mulohazalari yoshlarimizni vatanparvar, o’z millatiga va o’zga millatlarga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalashda bugungi kun uchun asosiy manbalardan hisoblanadi.

I.A.Karimov asarlarida o’zbek xalqining yuksak milliy qadr – qimmati, or – nomusi va shon – sharafi uning o’ta mehribonligi va sof vijdonligiga asoslanganligi, o’zbeklarning milliy g’ururini ma’naviy yuksaltirish xususidagi vazifalar haqida batafsil fikrlar yuritilgan.

Tarix darslari jarayonida o’quvchilarga o’zbek xalqining kelajakka ishonch bilan qarayotganligini, u eng avvalo o’z kuchlariga ishonishini yurtboshimiz asarlaridan foydalanib, asoslab berilsa, o’quvchi yoshlarimizda milliy qadriyatlarga muhabbat va vatanparvarlik hissi yanada oshadi.

Darsda tarixiy manbalardan, badiiy va boshqa adabiyotlardan foydalanish.

Tarixiy-badiiy adabiyotlar tarixiy jarayonlarni o’zlashtirishda muhim omil. Tarixiy–badiiy adabiyotlardan tarix darslarida foydalanishda o’quvchilarning psixologik yosh xususiyatlarini hisobga olish. Badiiy adabiyotlar va ularning turlari. Adabiy manbalar ulardan tarix darslarida foydalanish metodlari: Mavzuga oid adabiy manbalarni tavsiya etish, manbalardagi mavzuga oid shaxs va tarixiy voqealar xususida suxbatlashish, manbalardan foydalanish metodlari.Badiiy adabiyotning yoshlarni komil inson qilib tarbiyalashdagi ahamiyati.

Badiiy adabiyotning qimmati o’quvchi voqelikni adibning iste'dodi darajasida idrok etishga, uni ko’zi bilan ko’rishga, uning shaxsi orqali, ma'naviy dunyosi orqali tasavvur etishga, u olg’a surgan o’z amaliy faoliyatida ongli ravishda amal qilishga erishishi bilan belgilanadi.

O’quvchi asarda tasvirlangan timsollar galereyasi va badiiy vositalarni faqat ko’zatuvchisiga aylanmasligi, balki adib olg’a surgan ta'lim-tarbiyaviy g’oyani qanday natijaga erishganligi nuqtai nazaridan baholashga o’rgangan taqdirdagina uning mohiyatini to’liq, chuqur anglab yetishi muqarrar.

Badiiy asarni to’g’ri tanlay bilish ham asar g’oyasini ta'lim-tarbiyaviy tomondan chuqur o’zlashtirishning muhim omillaridan biri bo’lib, uni tanlashda ma'lum mezonlarga asoslaniladi, ya'ni badiiy asarning yuksak g’oyaviy-badiiy qimmati, adib ijodida asarning xarakterli o’rni (asosan yuqori sinflarda): asarning yaratilgan va o’rganilayotgan davr uchun ahamiyati ( bu ham asosan yuqori sinflarda hisobga olinadi); badiiy asarning ta'limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi xususiyati; badiiy asarning o’quvchi yoshiga mosligi, munosibligi; badiiy asarning o’quvchi yoshiga mosligi, munosibligi; o’quvchida qiziqish uyg’otishi; o’quvchining ma'naviy qiziqishi; talabi, ehtiyojlariga javob bera olish darajasidan iboratdir.

Proza yo’lida yozilgan asarlar hayotning keng va ob'ektiv manzarasini tasvirlashi, ma'naviy qadriyatlar mohiyatini atroflicha ochib berishi, poeziyada bunday tasvirga keng imkoniyat yo’qligi, dramatik asarlarda esa voqelik yozuvchi nutqi orqali emas, balki obrazlarning hatti-harakati, so’zlari orqali ifodalanishi bilan farq qiladi. Adabiy turlar o’rtasidagi bunday farqlanish ularning tarbiyaviy imkoniyatlari jihatidan ham farqlanishiga olib keladi. Mazkur janrlardagi asarlar o’quvchiga birinchidan, o’tmishning madaniy merosi. Bu merosning rang-barangligi, o’zbek xalqining takrorlanmas iste'dod egalari bo’lgan ajdodlari haqida aniq va qiziqarli ma'lumot beradi. Ikkinchidan o’quvchining o’zligini anglashi uchun boy ma'naviy oziq beradi. Uchinchidan, o’zbek millati, sharq xalqlari tarixi, dini madaniyati, urf-odatlari, an'analari; udumlari haqida badiiy ifoda vositalari asosida ilmiy, haqqoniy, tarixiy ma'lumotlarni egallashga muvaffaq bo’ladi. To’rtinchidan, sharq xalqlari, o’zbek xalqi ruhiy holati, axloq-odob mezonlaridan qahramonlik, jasurlik, mehnatsevarliq insonparvarlik, mehmonavozlik, imon-e'tiqod, sevgida sadoqat kabi qadriyatlar haqida atroflicha ma'lumot olishga muyassar bo’ladi. Masalan,qahramonlik eposlarida turkiy xalqlarga xos qahramonlik, vatanparvarlik, jasurlik(“Shiroq” , “To’maris”), xalqparvarlik, sevgida sadoqat (“Alpomish”, “Tohir va Zuhra”, “Yusuf va Zulayho”, “Farxod va Shirin”), jangnoma xarakteridagi dostonlarda o’tmish qahramonlar, tarixiy va hayotiy haqiqatning kuylanishi (“Shohnoma”, “Jangnomai Jamshid”...), pandnoma harakteridagi dostonlarda kishining kundalik hayotida amal qilishi lozim bo’lgan xulq-avor mezonlari diniy va dunyoviy ahloq qonun-qoidalari (“Qutadg’u bilig”,“Saddi Iskandariy”...), qissalarda (“Badoe'-ul vaqoe'”, “Qissai Yusuf va Zulayho”, “Qissasul anbiyo”, “Qissai Rabg’o’ziy” va h.k.) sharq xalqlarining turmush tarzi, tarixiga xos voqealar tasviri ko’proq o’z ifodasini topadi. Shuning uchun ham bu janrlarda yaratilgan adabiyot namunalari o’quvchiga ma'naviy madaniyatimizning tarixiy boy qirrallari haqida sharq xalqlari, shu jumladan o’zbek xalqining o’tmishi, qadriyatlari, axloq-odob mezonlari haqida atroflicha ma'lumot berish imkoniyatiga ega.

Tarix darslarida axborot texnologiyalaridan foydalanish.

T a'limiing vositalari o’qitish va o’rganish sifatini ko’tarishga xizmat qiladi. Tarix darslarida ta'limning texnika vositalaridan foydalanish darsning samaradorligini oshiradi. Ta'limning texnika vositalari o’qitish va o’rganish sifatini ko’tarishga, o’quvchilarning o’quv materialini qiziqib o’rganishiga va puxta o’zlashtirishiga xizmat qiladi.

Tarix o’qitish tajribasiga ko’ra maktabda ta'limning quyidagi texnika vositalaridan foydalanilmoqda :

1.Oddiy texnika qurilmalari: Karta va o’quv kartinalari ilinadigan, yog’ochdan yoki boshqa materialdan yasalgan siljiydigan oddiy qurilmalar: ko’chma sinf yozuv taxtasi, sinf devoriga ilinadigan ikki yoqlama ochiladigan yozuv taxta.

2. Ovozli apparatlar: plastinkalar qo’yib ovoz chiqaradigan asbob, magnitofon, radiopriyomniklar, bundan tashqari hozirgi paytda kompyuter texnoligiyalardan, disklarga tushirilgan tasvirlardan foydalanish dars samaradorligini oshirishda katta ahamiyatga ega bo’lib bormoqda. Maktab tajribasida plastinkalar va magnit lentalar, zamonaviy disklar yordamida, shuningdek, radiopryomniklar vositasida o’quvchilarni mumtoz va o’zbek, chet el bastakorlarining asarlari bilan tanishtirishb, tarix fanlarini orgatish keng quloch yoymoqda. Chunki musiqiy ijodiy asarlarga doir maktab kursining madaniy – tarixiy materialini plastinka va tasma yozuvlarisiz ko’rsatib bo’lmaydi. Masalan, madaniyatga doir mavzularni o’tgan paytda musiqa asarlarini eshittirish darsni maroqli bo’lishiga yordam beradi. Badiiy asarlar yozilgan plastinka va mangit tasmalari ham bor. Darsda G’.G’ulomning "Sen yetim emassan" she'ri yozilgan plastinkadan foydalanish mumkin.

Jamoat arboblarining, masalan Prezidentimiz I.A.Karimovning nutqlarini mangit tasmalariga yozib olib eshittirish mumkin yoki televizorlar yordamida dars jarayonida o’quvchilarga qo’yib eshittirish ham mumkin.

Bu manbalardan foydalanishda quyidagi usullar qo’llaniladi :

1.Yozuv materiallari yuzasidan o’quvchilarga savollar berish bilan bu yozuvlar dars materiali tarkibiga kiritiladi.

2.Avvalo gramplastinka yoki tasma, disk yozuvi eshitiladi va ko’rsatiladi. So’ngra bu yozuv suhbat yordamida tahlil qilinadi.

3.Yozuvlar asosida o’quvchilarning mustaqil ishlari tashkil qilinadi.

Ovozli texnika vositalariga radio eshittirishlari ham kiradi. O’qituvchi o’quvchilar uchun radio orqali maxsus dastur yoki umumiy dastur bo’yicha tarixdan beriladigan eshittirishlarni eshittirishni tashkil etadi. Hozirgi vaqtda bunday eshittirishlar ko’pincha magnit tasmasiga yozib olingan bo’ladi.

Tarix darslarida magnitofon yozuvlaridan keng foydalaniladi. Radio va televideniye orqali beriladigan o’quv va sinfdan tashqari ishlarga bag’ishlangan eshittirishlar tarixiy voqealarning ishtirokchilari, mehnat qahramonlari, yozuvchilar va ijtimoiy arboblar bilan o’tkazilgan uchrashuv materiallari ana shu magnitofon yozuvlarining asosini tashkil etadi. Bu uchrashuv va suhbatlar aynan takrorlanmaydi, yozib olingan magnitofon tasmasidan uzoq yillar davomida va istagan vaqtda darsda va darsdan tashqari mashg’ulotlarda foydalanish mumkin. Bu o’rinda ham texnika vositasi o’quvchiga qo’l keladi.

Har xil ko’rsatuv asboblari va qo’llanmalari ta'lim texnika vositalarining uchinchi guruhini tashkil etadi. Ular epidiaskop, diapozitiv, diafilmlar va o’quv kinofilmlaridan iborat.

Tarix darslarida bunday texnik sharoiti mavjud bo’lgan kino xonasi yoki texnika vositalaridan foydalanishga moslangan maxsus tarix xonasi bo’lishi kerak. Texnika vositalari bilan ta'minlangan xona asosan quyidagi talablarga javob berishi loz im :

  1. xonani tezda qorong’ulatish va tezda yorug’latish mumkin bo’lsin.

b) qorong’u paytda o’quvchilarning yozuv – chizuv ishlarini olib borshi, tasvirlarni daftarga tushirishi, darslik matni bilan ishlashi uchun o’tirgan o’rinlari maxsus lampochkalar bilan yoritiladigan bo’lsin.

c) xonada juda katta yozuv taxtasi bo’lishi kerakki, uning bir qismi tasvir bilan band bo’lsa, bir qismi tasvirlarni ko’rsatish yoki boshqa maqsadlar uchun bo’shu bo’lsin.

d) xarita va rasmlar ilinadigan maxsus moslama bo’lsin.

e) zarur texnika vositalari va ularni ko’rsatadigan apparatlar xonada mavjud bo’lishi bilan birga ular tuzuk, ishga yaroqli holda saqlansin.

Bunday maxsus tarix xonasi bo’lmagan taqdirda sinfni uni texnika vositalaridan foydalanadigan qilib jihozlasa bo’ladi. Bu holda tegishli vosita va jihozlar maxsus javonda saqlanadi.

Shisha yoki plyonkadan ishlangan rangli diapozitlar epidiaskop yordamida ko’rsatiladi. Keyingi yillarda, shishaga tushirilgan diapozitlar o’rniga diafilmlar yordamida namoyish qilinadi. Diafilmlardan har bir o’qituvchi hattoki, o’quvchilar ham foydalana oladilar.

O’qituvchi darsda diapozitif yoki diafilmdan to’liq yoki qisman foydalanishi, ba'zan butun darsni o’sha materillar asosida o’tkazishi mumkin.

Diapozitiflardan yangi mavzuni bayon qilishda ham takrorlash darslarda ham foydalaniladi. Har qanday holatda ham diapozitif va diafilmlar o’qituvchi bayonining aniq va jonli bo’lishiga yordam beradi.

O’quv kinofilmlari ham ta'limning ko’rsatmali vositalari jumlasidandir, tarix o’qitishda o’quv kinofmlmli vositadir. Kinofilm o’quvchilar ko’z o’ngida tarixiy voqeaning jonli obrazini ko’rsatmali qilib to’liq harakatda gavdalantiradi.

O’quvchilar boshqa ko’rgazmali qurollardan ko’ra kinofilmlar vositasida tarixiy o’tmishni jonliroq idrok etadi. Tarixiy mavzularga bag’ishlangan badiiy filmlar (masalan "Muz jangi") "Jahon tarixi" fanini o’qitishda o’zining mazmuni va tarixiy voqealarni jonli qilib ko’rsatish jihatidan tarixiy badiiy asarlarga o’xshab ketadi.

Kionfilmlar, ayniqsa badiiy filmlar o’quvchilarga ijobiy ta'sir ko’rsatish, estetik va axloqiy tarbiya berish vositasi hamdir. Kinofilmlar bilim olish vaqtini iqtisod qilishga yordam beradi. O’quvchilar oddiy sharoitda o’quvchining bayonidan muzey va har xil tarixiy joylarga ekskursiyalarda bo’lib soatlar sarf qilib oladigan bilimlarni 10 – 15 daqiqali filmni ko’rib ham olishlari mumkin. O’quv filmilarining emotsional, estetik ta'siri ham boshqa ko’rsatmali qurollarga nisbatan shubhasiz kuchlidir.

Hozirgi davrda barcha jabxeni uz ichiga oli borayotgan kompyuter t iz imi dan ham tarix darslarida foydalanish ijobiy natijalarga olib keladi. Masalan, o’quvchilarning olgan bilimlarini aniq baxolashda kompyuterdan foydalanish mumkin. Bunda utilgan bob buyicha test savolllari to’zib javoblarini kompyuterdan olish mumkin.

Kinofilmni o’quvchilarga ko’rsatishdan oldin, o’qituvchining o’zi uni sinchiklab ko’rib chiqishi va o’rganishi lozim. Bu bilan o’qituvchi filmning umumiy mazmuni bilan, asosiy diqatni jalb qiladigan eng muhim kadrlar va suxandon matni bilan tanishtiradi. Shundan keyingi film o’quvchilarga ko’rsatiladi, so’ngra film yuzasidan suhbat o’tkaziladi, eng muhim kadrlar yuzasidan savollar beriladi, film mazmuniga bog’lab uyg a vazifa topshiriladi.

Tarix o’qitish tajribasida o’quv filmlaridan foydalanishning quyidagi asosiy usullari mavjud:

a) o’qituvchi o’z bayonini o’quv filmining eng muhim va yorqin kadrlarni ko’rsatish bilan bog’lab olib boradi. Tanlab olingan o’sha kadrlarni izohlaydi va tegishli xulo a chiqaradi.

b) 10-15 daqiqali qisqa o’quv filmlariga bag’ishlab dars o’tkaziladi.

c) maxsus kino darsi tashkil etiladi.

d) darsdan tashqari vaqtda film tomosha qilinadi.

Ta'lim tizimida ijobiy o’zgarishlar davom etayotgan bir paytda tarix o’qitishda teleeshittirishdan ikki xilida foydalanilmoqda.

1) sinfda qabul qilish uchun beriladigan o’quv ko’rsatuvlarini komyuterlar orqali o’quvchilarga yetkazish.

2) o’qishdan tashqari vaqtlardagi teleko’rsatuvlar. O’quvchilar bu eshittirishlarni uyda tomosha qiladilar. O’quv teleko’rsatuvlarini qabul qilish uchun maktabda oynalari parda bilan berkitilgan, ikki televizorli maxsus yoritish apparatlari muhayyo bo’lgan sinf xonasi bo’lishi zarur.

Darsda o’quv teleko’rsatuvlarining ikki xil turi qabul qilinadi .

  1. 15 daqiqali teleko’rsatuv.

  2. 30 – 40 daqiqa davom etadigan yangi mavzuni bayon qilishga bag’ishlangan mavzuga mos teledars yoki takrorlash darsi.

Teleko’rsatuvga yirik olimlarni, yozuvchilar, tajribali o’qituvchilar, yuristlarni hamda tarixiy voqealarning ishtirokchilarini jalb etish o’quv materialini o’rganishning dolzarbligi va mazmundorligini oshiradi.

O’qituvchi teleeshittirshni qabul qilishga puxta tayyorgarlik ko’radi. O’quvchilarning teleko’rsatuvlar mazmunini puxta o’zlashtirib olishlari uchun o’qituvchi ularga eshittirsh mazmuni yuzasidan savollar beradi yoki boshqa vazifalar topshiradi. Natijada o’quvchilar ko’rsatuvni faol fikrlab o’zlashtiradilar. O’qituvchi teledarsni suhbat bilan yakunlaydi. Shunday qilib, teleekran tarix o’qitishda ko’rsatmalilikning samaradorligini yanada oshirib yuboradi. Tarix o’qitish tajribasi teledars g’oyaviy – tarbiyaviy va didaktik jihatdan ko’rsatmali vositalarga ko’ra hiyla afzal ekanligini isbotlaydi.



Tarix darslarida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish.

Dars texnologiyasi, yangi bilimlarni egallash, mustaqil ishlash texnologiyasi va boshqa). O’zbekistonda ta'lim-tarbiya sohasini isloh qilishning asosiy omillaridan biri “shaxs manfaati va ta'lim ustuvorligi“dir. Bu omil davlatimizning ijtimoiy siyosatini belgilab berganligi tufayli ta'limning yangi modeli yaratildi.

Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan bu modelni amalga oshirish bilan hayotimiz jabhalarida ro’y beradigan “portlash effekti“ natijalari ro’y-rost ko’rsatib berildi, ya'ni:

- ijtimoiy-siyosiy iqlimga ijobiy ta'sir qiladi va natijada mamlakatimizdagi mavjud muhit butunlay o’zgaradi.;

- insonning hayotidan o’z o’rnini topish jarayoni tezlashadi;

- jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin Shaxsning shakllanishiga olib keladi;

- jamiyatimizning potentsial kuchlarini ro’yobga chiqarishda juda katta ahamiyat kasb etadi;

- fuqarolik jamiyati qurishni ta'minlaydi, model vositasida dunyodan munosib o’rin olishga, o’zbek nomini yanada keng yoyib tarannum etishga erishiladi.

“Portlash effekti“ sari shijoat bilan qadam tashlash, yo’llarida uchraydigan qiyinchiliklarni bosqichma-bosqich va izchil hal etish masalalari nafaqat pedagog nazariyachi va amaliyotchilarni junbushga keltiradi, balki jamiyatimizni to’liq pedagoglashtirish muammosini ijtimoiy buyurtma sifatida keltirib chiqaradi. Demak, jamiyatimizning har bir fuqarosini tarbiyashunoslik asoslari bilan tanishtirish, yosh avlodni barkamol inson qilib voyaga yetkazish jarayonini yangi pedagogik “qurol“ va vositalar bilan ta'minlash davr taqozosidir.

Pedagogik texnologiya (PT) - shunday bilimlar sohasiki, ular yordamida 3-ming yillikda davlatimiz ta'lim sohasida tub burilishlar yuz beradi, o’qituvchi faoliyati yangilanadi, talaba yoshlarda hurfikrlilik, bilimga chanqoqlik, Vatanga mehr-muhabbat, insonparvarlik tuyg’ulari tizimli ravishda shakllantiriladi.

Tarix o’qitishda o’lkashunoslik materiallaridan foydalanish.

O’rta Osiyo eng qadimgi madaniyat markazlaridan hisoblanadi. O’zbeklar shu o’lkaning qadimgi xalqlaridan biri bo’li, ko’hna va boy tarixga egadir. Ularning O’rta Osiyodagina emas, balki jahondagi davlatlar ijtimoiy – iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotida tutgan o’rni ham salmoqlidir. O’zbekistonning mustaqil davlat deb e'lon qilinishi respublikamizning bugungi kunigina emas, balki istiqbolini ham belgilab beruvchi asosiy omildir. O’zbekiston Respublikasining istiqlol yo’li avlod – ajdodlarimizning tarixiy an'analari va ma'naviy boyliklariga suyangan holda tanlab olindi. Zotan, mustaqillik yo’li O’zbekiston xalqlarining tarixiy an'analari va ma'naviy boyliklarini qayta tiklovchi, Yangi mazmun bilan boyituvchi yo’ldir. Bu esa tarix o’qitishni milliy asosga qurishni, xalqimizning mehnatsevarlik, hamkorlik, do’stlik, insonparvarlik, ozodlik va mustaqillik, ma'rifatparvarlik kabi an'analari, imon, insof, mehr – oqibat, or-nomus, kattaga hurmat, kichikka izzat, Vatanga hamda xalqqa sadoqat kabi olijanob fazilatlarini chuqur o’rganishni asosiy vazifa qilib qo’yadi. Respublikamiz mustaqillikka erishgach, respublikamiz maktablarida O’zbekiston tarixining mukammal o’rganilishi va o’qitilishi o’quvchilarning mamlakatimiz xalqi tarixi rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini bilib olishlari uchun ham qulay sharoit yaratadi, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga yordam beradi.

Tarix fani dasturida o’lkani o’rganish, tarixiy o’lkashunoslik ishlari natijasida to’plangan materiallardan dars va darsdan tashqari mashg’ulotlarda foydalanishga ham o’rin berilgan. Ilg’or o’qituvchilar tajribasi va bu tajribalardan kelib chiqadigan xulosalar O’zbekiston tarixini o’rganishda o’lka tarixi va mahalliy materiallaridan foydalanish o’quvchilar bilimini kengaytirishi va chuqurlashtirishni tasdiqlaydi.

Tarix o’qitishda tarixiy o’lkashunoslik materiallaridan foydalanish muhim talablardan birini, ya'ni o’qitishni xayot bilan, mustaqillikning rivojlanishi bilan bog’lab olib borish haqidagi tamoyilni anglab oshirishga yordam beradi.

Tarix o’qitishning innovatsion texnologiyalarini turkumlashtirish

Maktab ishlari nazariyasi va amaliyotida bugungi kunda o`quv-tarbiyaviy jarayonning ko`plab turlari mavjud. Har bir muallif va ijrochi pedagogik jarayonga biror-bir o`zining, individual yangiligini olib kiradi, shu sababli har bir aniq texnologiya mualliflik hisoblanadi deb gapiradilar. Ana shu fikr bilan rozi bo`lish mumkin. Ammo ko`plab texnologiyalar o`zining maqsadi, mazmuni, qo`llaniladigan metodi va vositalari bilan ancha o`xashashlikka ega va ana shu umumiy belgilar bilan guruxlar turlariga ajratish mumkin.

Mohiyati va instrumental ahamiyatli sifatlari bo`yicha (misol uchun maqsadli mo`ljallanishi, o`qituvchi va o`quvchining o`zaro munosabatlari xususiyati bo`yicha, o`qitishni tashkil etilishi bo`yicha) quyidagi o’qitishning innovatsion texnologiyalari sinflari ajratiladi:

Qo`llanish darajasi bo`yicha: umumpedagogik, xususiy metodik (fanlar) va lokal (modulli) texnologiyalar ajratiladi.

Falsafiy asosi bo`yicha: materialistik va idealistik, dialektik va meta­fizik, ilmiy (stsientik) va diniy, insonparvarlik va noinson­par­var­lik, antroposofiya va teosofik, pragmatik va ekzistentsialistik, erkin tarbiyalash va majburlash va boshqa turlari.

Psixik rivojlanishi yetakchi omili bo`yicha: biogen, sotsiogenli, psixo­genli va idealistik texnologiyalar. Bugungi kunda shaxs biogen sotsio­gen­li va psixogen omillar ta'siri to`plami natijasi deb umumiy qabul qilingan, lekin aniq bir texnologiya ulardan birortasini hisobga olishi, amal qilishi, uni asosiy hisoblashi mumkin.

Umuman olganda faqatgina biror-bir yagona omil, metod, prinsipdan foydalanadigan monotexnologiyalar mavjud emas - pedagogik texnologiya har doim kompleks bo`ladi. Ammo o`qitish jarayonining u yoki bu tomoniga e'tiborni kuchaytirish bilan texnologiya o`ziga xos bo`lib qoladi va shunga munosib o`z nomiga ega bo`ladi.

Tajribani o`zlashtirish ilmiy konsepsiyasi bo`yicha quyidagilar ajratiladi: assotsiativ-reflektorli, rivojlantiruvchi, tashkilotchi bixevioristik, geshtalttexnologiya, suggestiv, neyrolingvistik.

Tarix fanida o’quvchiga yondoshish bo`yicha bir necha texnologiyalar ko`rsatiladi:

Avtoritar texnologiyalar-bunda pedagog o`quv-tarbiyaviy jarayonning yakka sub'ekti hisoblanadi, o`quvchi esa faqatgina “ob'ekt”, biror-bir qism­dek bo`ladi. Ular maktab hayotini qat'iy tashkil etilishi, o`quv­chi­lar­ning tashabbusi va mustaqilligiga yo`l qo`ymaslik, talab va majburlash qo`llanilishi bilan ajralib turadi.

Didaktotsentrik texnologiyalar- ham o’quvchi shaxsiga e'tiborsizlik yuqori darajasi bilan ajralib turadi, ularda ham o`qituvchi va o`quvchi o`rtasida sub'ekt-ob'ektli munosabatlarlar hukm suradi, o`qitish ta'limdan ustun qo`yiladi va shaxsni shakllantirish eng asosiy omillari didaktik vositalar hisoblanadi.

Shaxsga yo`naltirilgan texnologiyalar- butun maktab ta'lim tizimi marka­ziga o’quvchi shaxsini, uning rivojlanishi uchun qulay, kelish­mov­chi­lik­larsiz va xavfssiz sharoitlarni ta'minlash, uning tabiiy imko­niyat­la­rini amalga oshirishni qo`yadi. Bu texnologiyada bola shaxsi faqat­­gina ob'ekt emas, balki muhim sub'ekt hamdir: u biror-bir noaniq maqsadga erishish vositasi emas, balki ta'lim tizimi maqsadi hisoblanadi (avtoritar va didaktotsentrik texnologiyalarida bo`lganidek). Bunday texnologiyalarni yana antrotsentrik deb ham ataydilar.

Shunday qilib, shaxsga-yo`naltirilgan texnologiyalar antrotsentrikligi, insonparvarligi va psixoterapevtik yo`nalganligi bilan ifodalanadi va bolaning har tomonlama, erkin va ijodiy rivojllanishi maqsad qilib oladi.

Shaxsga-yo`naltirilgan texnologiyalar doirasida insonparvarlik shaxsiy texnologiyalar, hamkorlik texnologiyalari va erkin tarbiyalash texnologiyalari mustaqil yo`nalganligi bilan ajralib turadi. Insonparvarlik-shaxsiy texnologiyalar birinchi navbatda o`zining insonparvarlik mohiyati, shaxsni qo`llashga psixoterapevtik yo`nalganligi, unga yordam ko`rsatishi bilan ajralib turadi. Ular bolaga har tomonlama hurmat va muhabbatni, majburlashni rad etib uning ijodiy qudratiga ishonchni targ`ib qiladi.





























Foydalanilgan adabiyotlar:



1. I.A. Karimov. O`zbekistonning o`z istiqlol va taraqqiyot yo`li. T. O`zbekiston,-1992.

2. I.A. Karimov. O`zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. T. O`zbekiston, 1993.

3. I.A. Karimov. Bizdan ozod va obod Vatan, qolsin T. O`zbekiston, 1994.

4. I.A. Karimov Istiqlol va ma’naviyat. T. O`zbekiston, 1995

5. I.A. Karimov. Vatan sajdagox kabi muqaddasdir. T. O`zbekiston, 1995.

6. I.A. Karimov. O`zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo`lida. T. O`zbekiston, 1995.

7. Xodiev B.Yu., Golish L.V., Rixsimboev O.K. Keys-stadi - iqtisodiy oliy o‘quv yurtidagi zamonaviy ta'lim texnologiyasi: Ilmiy-uslubiy qo‘llanma /“Zamonaviy ta'lim texnologiyalari” turkumi. - T.: TDIU, 2009

8. N.N.Azizxo’jayeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik maxorat.-T.: TDPU. 2003.

9. Gaffarov YA, Gafforova M. O’zbekiston xalqlari tarixini o’qitish usullari.T., 1996.

  1. 7-sinf O`zbekiston tarixi. A.Muhammadjonov. Toshkent. O`qituvchi 2000

  2. O`zbekiston tarixini o`qitish va o`rganishning yagona konsepsiyasi.-T.: 1996.

  3. O`zbekiston tarixi fanidan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun o`quv dasturi.-T.:2004.

  4. O`zbekiston tarixi umumta’lim va yangi turdagi maktablarning V-XI sinflari uchun dastur T. 1997.

  5. O`zbekiston tarixi fani dasturi. Universitetlar va pedagogika oliy o`quv yurtlarining tarix fakultetlari uchun. T. 1996

  6. Q.Usmonov. O`zbekiston tarixi. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun darslik.-T.: “O`qituvchi”. 2005.

  7. J.Rahimov O`zbekiston tarixini o`rganishda arxiv manbalaridan foydalanish. T. O`qituvchi. 1995

  8. T.Rahmatullayev. O`zbekiston xalqlari tarixini o`rganishda arxeologiya materiallaridan foydalanish T.O`qituvchi. 1994.

  9. Saule Ziyamuxamedova, Buri Ziyamuxemedov. Novaya pedagogicheskaya texnologiya.-T.: Abu Ali Ibn Sino. 2002.



Elektron ta’lim resurslari:

1. www.tdpu.uz

2.www.pedagog.uz

3. www.Ziyonet.uz


-80%
Курсы повышения квалификации

Использование технологии развития критического мышления на уроках истории и обществознания

Продолжительность 72 часа
Документ: Удостоверение о повышении квалификации
4000 руб.
800 руб.
Подробнее
Скачать разработку
Сохранить у себя:
Tarix darslarida “Xorazmshohlar davrida o`zbek davlatchiligi” mavzusini o`rganish va o`qitish yo`llari. (77.42 KB)

Комментарии 0

Чтобы добавить комментарий зарегистрируйтесь или на сайт