Меню
Разработки
Разработки  /  Дошкольное образование  /  Разное  /  Дошкольникам  /  “rahbarning shaxsiy axborot maydonini loyihalash”

“rahbarning shaxsiy axborot maydonini loyihalash”

16.06.2023

Содержимое разработки



O ʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MAKTABGACHA VA MAKTAB TAʼLIM VAZIRLIGI

MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTLARI DIREKTOR VA MUTAXASSISLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI

"TASDIQLAYMAN"

Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, oʻquv va metodik ishlar boʻyicha prorektori

____________ N.Sh.Abdullayeva

"_____" _____________ 2023y.


MAKTABGACHA TAʼLIM MENEJMENTI” KAFEDRASI


RAHBARNING SHAXSIY AXBOROT MAYDONINI LOYIHALASH

oʻquv modulidan

OʻQUV-USLUBIY MAJMUASI

Taʼlim turi:


Malaka oshirish




Malaka oshirish muddati:


1 oy (144 soat)






Toshkent-2023

Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti Ilmiy kengashining 2022-yil 30 dekabrdagi 10-sonli qarori bilan maʼqullangan.








Tuzuvchi:

MTTDMQTMOI “Maktabgacha taʼlim menejmenti” kafedrasi katta oʻqituvchisi N.Sh.Mavlonov, Y.R.Jumayev






Taqrizchilar:




Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari kafedrasi, oʻqituvchisi i.f.n, dotsent I.M.Abdullayeva

MTTDMQTMOI “Maktabgacha taʼlim menejmenti” kafedrasi oʻqituvchisi
p.f.f.d.,(PhD) G.Sharipova







Malaka oshirish toifasi:


Maktabgacha taʼlim tashkiloti direktori





MUNDARIJA



I.

KIRISH


4

II.

TEXNOLOGIK XARITASI


5-6

III.

MAʼRUZA MATN VA OʻQUV MATERIALLAR


7-63

IV.

OʻZ-OʻZINI TEKSHIRISH UCHUN TEST SAVOLLARI


64-67

V.

ADABIYOTLAR VA MANBALAR ROʻYXATI


68

VI.

TARQATMA MATERIALLAR


69-71

VII.

ATAMALAR IZOHLI LUGʻATI


72




























  1. KIRISH

Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy oʻzgarishlar taʼlim tizimida xususan maktabgacha taʼlim boʻgʻinida jiddiy oʻzgarishlarga olib keldi. Raqamli transformatsiya sharoitida ushbu oʻzgarishlar maktabgacha taʼlimning tashkiliy va mazmunli jihatlariga taʼsir koʻrsatdi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev 2018-yil 9-yanvar kuni Axborot kommunikatsiya texnologiyalari rivojiga bagʻishlangan yigʻilishdagi maʼruzasida “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari rivoji barcha sohalarning jadal taraqqiyotiga xizmat qiladi, odamlarga qulaylik yaratadi” deb taʼkidlab oʻtdi. Yana shuni taʼkidlash joizki “Raqamli Oʻzbekiston-2030” dasturini ishlab chiqishda taʼlimning barcha bosqichlarida xalqaro andozalarga toʻliq javob beradigan axborot texnologiyalarini joriy etish shartligiga alohida eʼtibor qaratildi.

Oʻzbekiston Respublikasining ―Taʼlim toʻgʻrisidagi Qonuni. 2020-yil 23-sentyabr. OʻRQ-637 sonli, Oʻzbekiston Respublikasining Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisidagi Qonuni. 2019-yil 16-dekabr OʻRQ-595 sonli, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026-yillarga moʻljallangan yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-60-sonli Farmoni, 2019-yil 8-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PQ-4312-sonli qarori hamda boshqa qator normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga xizmat qiladi.

Maqsadi: Maktabgacha taʼlim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagog-xodimlarda axborot kompetentligini rivojlantirishdan iborat.

Vazifalari: Pedagog-xodimlarda raqamli texnologiyalar toʻgʻrisidagi bilimlarini rivojlantirish, Internet resurslari bilan ishlash koʻnikmalarini oshirish hamda bugungi kunda maktabgacha taʼlim tizimida foydalanilayotgan platformalar bilan tanishtirish va ishlash algoritmini koʻrsatib berishdan iborat.














  1. TEXNOLOGIK XARITASI

    Vaqt

    Mavzu

    Jarayon, metod

    Resurs, tarqatma materiallar

    Tinglovchining faoliyati

    160 daqiqa

    1.Mavzu: Raqamli texnologiyalardan foydalanish usullari. (nazariy 4 soat)

    80

    Raqamli texnologiyalar hamda maktabgacha taʼlim tizimidagi raqamli platformalar bilan ishlash

    Taqdimot orqali nazariy maʼlumotlar berish

    Kompyuter,

    Interaktiv topshiriqlar va testlar

    Tinglaydi va kerakli maʼlumotlarni yozib boradi

    80

    Bulutli texnologiyalar va internet resurslari bilan ishlash

    Taqdimot orqali nazariy maʼlumotlar berish

    Kompyuter,

    Interaktiv topshiriqlar va testlar

    Tinglaydi va kerakli maʼlumotlarni yozib boradi

    80 daqiqa

    2-Mavzu: Internet resurslari bilan ishlash (amaliy 2 soat)

    40

    Kasbiy faoliyatda zarur maʼlumotlarni izlash, olish va ishlov berish.

    Saytlarda ishlashni tushuntirib berish, tarqatma materiallarni tarqatish va topshiriqlar berish.

    Kompyuter, Tarqatma materiallar


    Tarqatmada berilgan topshiriqlarni ketma-ket bajaradi

    40

    PDF formatdagi fayllarni tools.pdf24 va smallpdf.com saytlari orqali Wordga oʻtkazish hamda PDF ga qoʻshimcha varaq qoʻshish va olib tashlash

    Saytlarda ishlashni tushuntirib berish, tarqatma materiallarni tarqatish va topshiriqlar berish.

    Kompyuter, Tarqatma materiallar


    Tarqatmada berilgan topshiriqlarni ketma-ket bajaradi

    80 daqiqa

    3-Mavzu: Bulutli texnologiyalar va ulardan foydalanish (amaliy 2 soat)

    40

    Google drive dasturi yordamida online jadvallar yaratish.

    Google drive dasturiga kirish algoritmi bilan va dastur imkoniyatlari tanishtirish.

    Kompyuter, Tarqatma materiallar


    Tarqatmada berilgan topshiriqlarni ketma-ket bajaradi

    40

    Google drive dastur yordamida test va soʻrovnomalarni yaratish

    Google drive dastur orqali online jadvallar, testlar va soʻrovnomalar yaratishni koʻrsatib berish

    Kompyuter, Tarqatma materiallar


    Tarqatmada berilgan topshiriqlarni ketma-ket bajaradi

    80 daqiqa

    4-Mavzu: Elektron-porfoliosini yaratish (amaliy 2 soat)

    40

    My.mdomoi.uz platformasidan foydalanish

    “My.mdomoi.uz” platformasi bilan tanishtirish tarqatma materiallarni tarqatish va topshiriqlar berish.

    Kompyuter, Tarqatma materiallar


    Tarqatmada berilgan topshiriqlarni ketma-ket bajaradi

    40

    Portfoliodan foydalanish algoritmi

    Portfolio interfeysi bilan tanishtirish tarqatma materiallarni tarqatish va topshiriqlar berish.

    Kompyuter, Tarqatma materiallar


    Tarqatmada berilgan topshiriqlarni ketma-ket bajaradi

    80 daqiqa

    5-Mavzu: bbit. uz axborot tizimidan foydalanish (nazariy 2 soat)

    40

    “Bolalar bogʻchasi” axborot tizimi imkoniyatlari bilan tanishish.

    www.bbit.uz tizimiga kirish “Bolalar bogʻchasi” axborot tizimida ilovalar roʻyxati bilan ishlashni oʻrganish. Oʻsish va rivojlanish boʻlimiga maʼlumotlarni kiritish bilan tanishish.

    Kompyuter,

    Interaktiv topshiriqlar va testlar

    Tinglaydi va kerakli maʼlumotlarni yozib boradi

    40

    “Bolalar bogʻchasi” axborot tizimi elektron dasturi boʻlimlari bilan tanishish.

    www.bbit.uz tizimiga kirish hamda elektron dasturning har bir boʻlimi bilan tanishish.

    Kompyuter,

    Interaktiv topshiriqlar va testlar

    Tinglaydi va kerakli maʼlumotlarni yozib boradi


    5-bbit. uz axborot tizimidan foydalanish (amaliy 2 soat)

    40

    “Bolalar bogʻchasi” axborot tizimini tahlil etish.

    www.bbit.uz tizimiga kirish “Bolalar bogʻchasi” axborot tizimida ilovalar roʻyxati bilan ishlash. Oʻsish va rivojlanish boʻlimiga maʼlumotlarni kiritish.

    Kompyuter, Tarqatma materiallar


    Tarqatmada berilgan topshiriqlarni ketma-ket bajaradi

    40

    “Bolalar bogʻchasi” axborot tizimi elektron dasturi boʻlimlari bilan ishlash.

    “Bolalar bogʻchasi” axborot tizimi elektron dasturi lavozim yaratish hamda xodimlar boʻlimida ishlash, tarbiyalanuvchilarni qabul qilish va safdan chiqarish.

    Kompyuter, Tarqatma materiallar


    Tarqatmada berilgan topshiriqlarni ketma-ket bajaradi









  2. MAʼRUZA MATN VA OʻQUV MATERIALLAR


1-Mavzu. Raqamli texnologiyalardan foydalanish usullari.(160 daqiqa)

  1. Raqamli texnologiyalar hamda maktabgacha taʼlim tizimidagi raqamli platformalar bilan ishlash.

  2. Bulutli texnologiyalar va internet resurslari bilan ishlash.


  1. Raqamli texnologiyalar hamda maktabgacha taʼlim tizimidagi raqamli platformalar bilan ishlash.

Bugun dunyoda yoshlarga zamonaviy taʼlim berish va bu orqali mamlakat barqaror rivojini taʼminlash asosiy muammolardan biriga aylandi. Shiddat bilan rivojlanish kechayotgan hozirgi davrda axborot olish va undan toʻgʻri foydalanishni oʻrganish yoshlar oldidagi asosiy maqsadga aylangani ayni haqiqat.

Keyingi 50 yil mobaynida axborot texnologiyalari rivojlanishi tufayli insoniyat hayotida katta oʻzgarishlar yuz berdi. Endilikda taʼlimni samarali tashkil etish uchun turli usul va vositalardan foydalanish boshlandi. Bu borada koʻplab ishlar amalga oshirilgan bolada sohada hali koʻplab ishlarni amalga oshirish zarurligini hayotning oʻzi kun tartibiga qoʻymoqda. Endilikda zamonaviy taʼlimni tashkil etishga toʻsqinlik qiluvchi holatlar bartaraf etilayotgan bol sada quyidagilar hamon sohadagi ishlarni amalga oshirish jarayoniga salbiy taʼsir etib kelmoqda:

- pedagoglarning zamonaviy axborot kommunikatsion vositalar haqida kam maʼlumotga ega ekanligi;

- taʼlim tashkilotlarining zamonaviy taʼlim berishga moʻljallangan vositalar bilan taʼminlanish holatining talab darajasida emasligi;

- zamonaviy taʼlimni tashkil etishga yordam beradigan internet tarmogʻining yetib bormaganligi yoki tezlikning pastligi;

-raqamli va tizimli boshqaruvni tashkil etish uchun tashkilot zamonaviy vositalariga ega emasligi va xakazo.

Taʼkidlash joiz bugungi kunda taʼlimni axborot kommunikatsion vositalarsiz tasavvur etib boʻlmaydi. Hozirgi vaqtda pedagoglarning katta qismi axborot kommunikatsiya vositalaridan proyektordan unumli foydalanishni bilsa-da qolgan zamonaviy texnologiyalar haqida kamroq bilimga egalar. Bu esa taʼlimni tashkil etishda turli muammolarga olib kelishi mumkin.

Raqamli texnologiyalar joriy etilgan taʼlim tizimi vositlari rolini multimedialar, godoskop, kompyuter, noutbuk, internetga ulangan televizorlar, telefon liniyalar, smart doska, proyektorlar bajarib beradi. Bugun ular bilan taʼlim tizimining qurollantirilishi tarbiyalanuvchilarga dars mashgʻulotlarini sifatli oʻtilishini taʼminlaydi. Pandemiya sharoiti taʼlim tizimida raqamli texnologiyalar qoʻllanilishi yaxshi samara berishini isbotladi. Televideniye orqali berib borilgan online darslar raqamli taʼlimga oʻtishning bir debochasi sifatida qabul qilsak boʻladi.

Bugun mamlakatimizning barcha hududlarida ham internet tezligi yetarli emas. Bu esa oʻz navbatida raqamli taʼlim tizimiga oʻtishga toʻsqinlik qiladi. Buni bartaraf etish uchun esa hukumat darajasidagi katta ishlar amalga oshirish talab etiladi. Prezidentimizning Oliy Majlisga murojaatnomalarida ayni shu sohada koʻrsatmalar berilgani biz fikr yuritayotgan sohada sezilarli yuksalish yuz berishiga ishontiradi. Wi-Fi zonalar IT parklar ochilishi raqamli taʼlim tizimini yuksalishiga xizmat qiladi.

Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy oʻzgarishlar taʼlim tizimida xususan maktabgacha taʼlim boʻgʻinida jiddiy oʻzgarishlarga olib keldi. Raqamli transformatsiya sharoitida ushbu oʻzgarishlar maktabgacha taʼlimning tashkiliy va mazmunli jihatlariga taʼsir koʻrsatdi. “Raqamli Oʻzbekiston-2030” dasturini ishlab chiqishda taʼlimning barcha bosqichlarida xalqaro andozalarga toʻliq javob beradigan axborot texnologiyalarini joriy etish shartligiga alohida eʼtibor qaratildi.

Maktabgacha taʼlim tizimini rivojlantirishning hozirgi bosqichida ilgʻor tajribalardan samarali foydalanish hamda oʻquv jarayoniga yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish muhim hisoblanadi. Bunday sharoitlarda maktabgacha taʼlim sifatini taʼminlashda pedagog kadrlarning roli birinchi oʻringa chiqadi, shu bilan birga pedagog kadrlar tayyorlash sifati va oliy maʼlumotli pedagoglar ulushining ortishiga qoʻyiladigan talablar ortib boradi.

Mazkur uslubiy qoʻllanma yuqoridagi muammolarni hal etishga qaratilgan boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasining ―Taʼlim toʻgʻrisidagi qonuni. 2020-yil 23-sentyabr. OʻRQ-637 sonli, Oʻzbekiston Respublikasining Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisidagi qonuni. 2019-yil 16-dekabr OʻRQ-595 sonli, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026-yillarga moʻljallangan yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-60-sonli Farmoni, 2016-yil 29-dekabrdagi “2017– 2021-yillarda maktabgacha taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2707-sonli qarori, 2019-yil 8-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PQ-4312-sonli qarori hamda boshqa qator normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga xizmat qiladi.

Talimni platforma shaklida tashkil etishning oʻziga xos xususiyatlari.












Bilim insonning ijodiy maqsadlariga xizmat etmogʻi lozim. Bilim orttirishning oʻzi kifoya emas, uni iloji boricha keng yoymoq va hayotga tatbiq etmoq zarur.

Konfutsiy

Platforma - oʻquvchilarning fanga moyilliklarini aniqlash, qiziqish va qobiliyatlarini rivojlantirish uchun maqbul shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan dasturiy taʼminot.

H ozirgi kunda yangi taʼlim paradigmasi (konsepsiyasi) bilan bogʻliq holda ustuvor maqsad taʼlim jarayonida shaxsning faolligi va mustaqilligini rivojlantirishga qaratilgan. Faol taʼlim usullari deganda nima tushuniladi? Ushbu konsepsiyaning aniq taʼrifi yoʻq, chunki har qanday taʼlim oʻquvchi tomonidan muayyan darajada faoliyatni oʻz ichiga oladi, chunki u holda oʻrgana olmaydi. Lekin bu faoliyat darajasi boshqacha boʻlishi mumkin. Umuman olganda, faol oʻqitish usullari oʻquvchining koʻproq passiv boʻlgan anʼanaviy usullar deb ataladigan taʼlim jarayonida oʻquvchining koʻproq faolligini anglashni amalga oshiradigan usullar sifatida tushuniladi.

Ushbu konsepsiyaning oʻziga xos taʼrifi quyidagicha. Faol oʻqitish metodlari oʻquvchilarda zarur faoliyatni ongli ravishda shakllantirish tufayli bilim va koʻnikmalarni qisqaroq vaqt ichida va kam kuch sarflagan holda oʻzlashtirishga imkon beradi. Bu oʻquvchining oʻzi mustaqil maqsadga yoʻnaltirilgan faoliyati boʻlib, shaxsning faoliyati sifatida qaralishi lozim.

Taʼlim jarayoniga faol metodlarning kiritilishi oʻquvchilarning bilish faoliyatini ragʻbatlantiradi, ularning qiziqish va motivatsiyasini oshiradi, mustaqil oʻrganish qobiliyatini oʻstiradi. Masalan, materialni maʼruza taqdim etish vaqtida axborotning koʻpi bilan 20% oʻzlashtirilganligi, platformada esa — 80% gacha ekanligi qayd etildi.

Hozirgi kunda pedagogik amaliyotda eng koʻp tarqalgan quyidagi faol oʻqitish usullari mavjud:


















Oʻqitish metodini tanlash turli omillar bilan belgilanadi (masalan, oʻquvchilar soni, chunki koʻpchilik metodlar kichik guruhlarga mos keladi), lekin, birinchi navbatda, didaktik vazifa. Jadvalda muayyan didaktik maqsadni amalga oshirish uchun eng maʼqul boʻlgan faol taʼlim usullari koʻrsatilgan.

Didaktik maqsadlar

Faol taʼlim usullari

1

Ilgari oʻrganilgan materialni umumlashtirish

Guruh muhokamalari, aqliy hujum

2

Oʻz-oʻzini oʻrganish qobiliyatini rivojlantirish

Biznes, rol oʻynash, vaziyatni tahlil

3

Oʻrganilgan materialni ishlab chiqish

Trening

4

Taʼlim yoki kasbiy faoliyatni modellashtirish

Biznes, rol oʻynash, vaziyatni tahlil

5

Haqiqiy obyektni, ijodiy mahsulotni samarali yaratish

Loyiha usuli

6

Guruhda ishlash koʻnikmalarini rivojlantirish

Loyiha usuli

7

Stressli vaziyatda harakat qilish koʻnikmalarini rivojlantirish

Vaziyatni simulyatsiya qilish

8

Qaror qabul qilish koʻnikmalarini rivojlantirish

Loyiha usuli

Taʼlim jarayonida platformalardan foydalanish orqali yangi rivojlanish yoʻllarini topadi. Ushbu taʼlim formatini loyihalash ssenariylari oʻqituvchining bevosita oʻyin jarayoniga qoʻshilishi bilan tavsiflanadi. Platforma yordamida oʻrganish oʻyin shaklini kiritish yuqori taʼlim natijalariga erishishga yordam beradi

Tarbiyachilarning bilim olish ehtiyojlari va imkoniyatlarini oʻrganish shuni koʻrsatdiki, Mustaqil taʼlim olishning samarali platformalardan foydalanish eng mashhur loyihalardan biri hisoblanadi .

Tarbiyachilar ushbu turdagi oʻyin faoliyatining jozibali tomoni sifatida mantiq, eʼtibor, aqlning rivojlanishiga hissa qoʻshadi.

Tarbiyachilarning taʼlim motivatsiyasini oshirish va guruh tadqiqot faoliyatini tashkil etish hamda ularni aniqlash:

Tarbiyachilarning oʻzaro aloqasi boʻlgan qismi yoki barcha maʼlumotlar loyiha janridan kelib chiqqan holda, ehtiyojga yoʻnaltirilgan faoliyatli turlarini oʻz ichiga oladi.

Online platformalar ulardan foydalanish, darsingiz sifatini oshirishga juda katta taʼsir oʼtkazadi. Bugungi kunda maktabgacha taʼlim tizimida yoʻnalishlar boʻyicha bir muncha platformalar ishlamoqda, ushbu platformalar maktabgacha taʼlim sifatini oshirishga xizmat qilmoqda. Dar haqiqat darslari davomida online platformalardan foydalanadigan darslarda axborot kompetentligini samarali rivojlantirishga erishiladi.

Maktabgacha taʼlim tizimida ishlab turgan platformalar toʻgʻrisida qisqacha maʼlumot.

Biz allaqachon raqamli dunyoda turibmiz va raqamlashtirish inson hayotining barcha jabhalariga katta taʼsir koʼrsatdi va taʼlim ham chetda qolmadi. Oʼqishga koʻmaklashish uchun raqamli, elektron texnologiyalardan foydalanishni oʻz ichiga olgan elektron taʼlim oʼquv jarayoniga ijobiy taʼsir koʼrsatdi, chunki hozirgi kunlarda masofa sifatli va jahon darajasida taʼlim olish uchun toʼsiq emas. Shuningdek, Platformalar malaka oshirish tizimida tinglovchilarga oʼz templarida oʼqish hashamatini taqdim etdi.

Ushbu yuqori mobil davrda, platformaning doimiy ravishda juda strategik taʼlim yechimi ekanligini isbotladi. Hozirgi vaqtda COVID-19 pandemiyasi baʼzi mamlakatlarda taʼlimga taʼsir qilmaydi. Bunday hukumatlar tomonidan platformalar yordamida masofaviy taʼlimni joriy etish tufayli. Biroq, soʼnggi paytlarda ajoyib xususiyatlarga ega boʼlgan koʼplab platformalari bozorni toʼldirdi, bu maʼlum darajada onlayn kurslarni oʼtash niyatida boʼlgan juda koʼp pedagoglarni E-learning platformasi haqida bosh qotirdi.

Biz loyiha ishimiz davomida platformaga taʼrif bergan holda, bugungi kunda maktabgacha taʼlim tizimida ishlab turgan eng katta ikki platformaga toʼxtalib oʼtmoqchimiz.

Platforma (frans. plate-forme, plat — yassi va forme — shakl) ijtimoiy tashkilotlar tomonidan olgʻa suriladigan siyosiy dastur.

Learning Passport “Bolalik akademiyasi” platformasi

Ushbu platformani UNICEF, Maktabgacha taʼlim vazirligi va “Bilim Makon” axborot va pedagogika texnologiyalari innovatsion markazi bilan birga Learning Passport “Bolalik Akademiyasi” raqamli platformasini ishga tushirdi.

Platformaning maqsadi Oʻzbekistonda maktabgacha taʼlimni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan.

Learning Passport UNICEF va Microsoft hamkorligida yaratilgan boʻlib, moslashuvchan raqamli oʻquv platformasidir. Hozir platforma butun dunyo boʻylab millionlab bolalarning oʻqishini qoʻllab-quvvatlash uchun ishlatilmoqda.

Mazkur platforma maktabgacha taʼlim pedagoglari uchun malaka oshirish kurslari; mashgʻulotlar rejalari; qoʻshimcha oʻqish uchun materiallar, raqamli taʼlim va tarbiya resurslari bilan taʼminlaydi. Bularning bari “Ilk qadam” maktabgacha taʼlim davlat oʻquv dasturi va Oʻzbekiston Respublikasining erta va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishi boʻyicha davlat talablari asosida ishlab chiqilgan.

Maʼlumotlarga koʻra, bola miyasining 90 foizi 5 yoshga qadar rivojlanadi. Bu davrda ota-onalar va pedagoglar bolaga butun umri davomida taʼlim olishi uchun mustahkam poydevor qoʻyishda yordam berishlari mumkin. Buning uchun tarbiyalovchi va ragʻbatlantiruvchi muhit yaratishlari, bola bu orqali oʻrganishi, rivojlanishi va yutuqlarga erishisha olishi zarur.

Mazkur texnologik innovatsion gʻoya butun mamlakat boʻylab maktabgacha yoshdagi bolalarga maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qatnashi yoki qatnamasligidan qatʼi nazar, yuqori sifatli oʻquv resurslaridan foydalanish imkonini beradi.

Pedagoglar – bola hayotiga eng koʻp taʼsir koʻrsatadigan shaxslardan biri. Ular malaka oshirish kurslarida oʻqib, yangi bilim va koʻnikmalarni egallashlari va uni oʻz ish faoliyatlarida qoʻllashlari mumkin boʻladi. Direktorlar zamonaviy va ilgʻor taʼlim amaliyotlaridan foydalanganda bolalar jismoniy, hissiy va taʼlimiy jihatdan oʻsishga erishadi. “Bolalik akademiyasi” pedagoglarimizning shaxsiy va kasbiy rivojlanishi uchun katta qulayliklar taqdim etadi”.

Ota-onalar va vasiylar bolalar sogʻlom rivojlanishi uchun zarur boʻlgan poydevorni yaratadilar. “Bolalik akademiyasi” uyda taʼlim berish borasida beqiyos koʻmakchidir. U oddiy mashgʻulotlar kutubxonasi va ota-onalar uchun maslahatlar, birgalikda oʻynaladigan oʻyinlar boʻyicha koʻrsatmalarni oʻz ichiga oladi. Birgalikdagi oʻyinlar ota-onalar va bolalarning oʻzaro munosabatlarini rivojlantiradi.

“Bolalik Akademiyasi” bolalar foydalanishi uchun ham qulay. Ular savodxonlik, hisoblash va ijtimoiy-hissiy koʻnikmalarni rivojlantiruvchi oʻyinlarni oʻynashlari, oʻz ona tillaridagi elektron kitoblarni oʻqishlari mumkin. Bundan tashqari, oʻquv-koʻngilochar videolarni tomosha qilish va yoshga mos kutubxonadan foydalanish imkoniyatlari ham mavjud.

 “Bolalik akademiyasi”ni ishga tushirish orqali Oʻzbekiston boʻylab 20 mingga yaqin pedagogni qamrab olish, 1,5 millionga yaqin bolalarning oʻqish va rivojlanish natijalarini yaxshilash koʻzda tutilgan.


My.mdomoi.uz maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va

mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish

institutining platformasi

Ushbu platforma malaka oshirish institutida 2019-yildan boshlab joriy qilingan boʼlib, bunda masofaviy taʼlim, qayta tayyorlov va qisqa muddatli kurslarni koʼrishimiz mumkin. Yana shuni taʼkidlash joizki ushbu platformada portfolio tizimi ham mavjud boʼlib, bunda pedagoglar quyidagi 3 ta baholash mezoni boʼyicha baholanadi: metodik kompetensiya, kasbiy kompetensiya va innovatsion kompetensiyalar boʼyicha faoliyat turlariga, va miqyosiga qarab baholanib borishadi.

Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini boshqarish axborot

tizimi toʻgʻrisida.

Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimida quyidagi maqsadlar koʻzda tutilgan boʻlib bular:

Nodavlat-bogʻcha.uz tizimida maʼlumotlarni kiritish (tadbirkor maʼlumotlari, mtt joyashgan joyi va BBI.UZ maʼlumotlari).

Nodavlat-bogʻcha.uz platfoasida xodimlarni kiritish.

Nodavlat-bogʻcha.uz platformasida tarbiyalanuvchilarni Emis app (bbit.uz) bilan bogʻliqligi.

Nodavlat-bogʻcha.uz platformasida Nodavlat-bogʻcha ilovasidan oʻtkazilgan tarbiyalanuvchi va xodimlarni davomatni kuzatib borish.

Nodavlat-bogʻcha.uz platformasida avtomatik tarzda subsidiyalarni hisoblab borish .

Bu Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimida boʻgʻcha hududini aniq joyda joylashganligi va bu hududda ishlashligi taʼminlangan. Tarbiyalanuvchilar tashkilotda haqqoniy borligi ularni nodavlat-bogʻcha.uz ilovasida biometrik boʻyicha davomat qilish rasmlarni bazaga joylash , xodimlarni yaʼni tarbiyachi va tarbiyachi yordamchisini ishga kelib ketish davomati xam shu tizimda ishlab chiqilgan . Bu davomat natijasida subsidiyalar hisob kitobi amalga oshirish xam koʻzda tutilgan.

Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimida davlat byudjetini talon taroj qilishni oldini olish uchun ishlab chiqilgan boʻlib va bu tizim maktabgacha taʼlim tizimi rahbarlari xodimlari bilishi oʻrganish uchun tavsifnoma malaka oshirish loyihamizning birinchi maqsadi.


Bolalar bogʻchasi” axborot tizimi elektron dasturi imkoniyatlari

Maktabgacha taʼlim vazirligining 2022 yil 18-yanvardagi “Maktabgacha taʼlimni boshqarish axborot tizimini takomillashtirilgan yangi talqinini ishga tushirish hamda uzluksiz faoliyatini taʼminlash toʻgʻrisida”gi 7- sonli buyrugʻi asosida 2022-yil yanvar oyidan elektron dasturda oʻzgarish kiritilib, yangi Bolalar bogʻchasi axborot tizimi ishga tushirildi.

Bolalar bogʻchasi tizimiga kirish uchun brauzer orqali www.bbit.uz manzili orqali kiriladi.

“Bolalar bogʻchasi” axborot tizimi API (Dasturlash interfeysi) orqali Maktabgacha taʼlim vazirligi sayti http://mdo.uz/directory va Yagona davlat xizmatlari portali https://my.gov.uz ga bogʻlangan.

Tuman maktabgacha taʼlim boʻlimlari yoki maktabgacha taʼlim tashkilotlari “Bolalar bogʻchasi” tizimiga kiritgan maʼlumotlar bir zumda tizim bilan bogʻliq saytlarda paydo boʻladi



  1. Bulutli texnologiyalar va internet resurslari bilan ishlash.

Bulutli texnologiyalar toʻgʻrisida qisqacha maʼlumotlar

Bulutli dasturlar — bu turli xil Internet xizmatlarini bajarish. Bunday vazifalarga misol qilib, maʼlumotlarni saqlash, serverlar, maʼlumotlar bazalari, dasturlar va ijtimoiy tarmoqlar kiradi. Bulutli dasturlar maʼlumotlarni saqlashni kompyuter fayllariga yoki qattiq diskka emas, balki markaziy tarmoqqa saqlashga imkon beradi. Koʻp sabablarga koʻra, Cloud Computing — bu jismoniy shaxslar va kompaniyalar uchun mashhur variant, jumladan vaqtni tejash, samaradorlikni oshirish, tezlik va himoya.

Bulut texnologiyasi nima?

Bulut texnologiyasi bu ommabop texnologiya boʻlib, unda foydalanuvchilar Internet-platformada IT-resurslarda maʼlumot kiritish yoki olish uchun ishlatadilar. Bu texnologiya maʼlumotlar va resurslarni onlayn-serverda saqlaydigan va foydalanuvchi toʻgʻridan-toʻgʻri kompyuterning qattiq diskida saqlash oʻrniga xavfsiz foydalanish uchun ishlatiladi. Bulutli texnologiyalarining yana bir yaxshi tarafi bu online serverlardan dunyosining xohlagan nuqtasida turib maʼlumotlarni kiritish yoki qabul qilish mumkin. Bulutli texnologiyalarning turli xil xizmatlari mavjud boʻlib, ular juda mashhur va bugungi kunda dunyoda keng qoʻllanilayotgan katta hajmdagi saqlash va uni zaxiralash, dasturlarni sinash va texnik xizmat koʻrsatish, maʼlumotlarni tahlil qilish va kerakli dasturlarni yetkazib berish mumkin.

Agar biz kontseptsiyaning oʻzi haqida sodda qilib aytadigan boʻlsak, aytishimiz mumkinki, ushbu turdagi texnologik yechimlar asosan kompyuterlarda ishlatilmasdan maʼlumot, dasturiy taʼminot yoki maxsus xizmatlarni saqlash va ulardan foydalanishni oʻz ichiga oladi. Qattiq disklar  (ular faqat bulut xizmatlariga kirish uchun mijoz dasturlarini dastlabki oʻrnatish uchun ishlatiladi).

Boshqacha qilib aytganda, bulutli texnologiyalardan foydalanish faqat kompyuter terminali yoki mobil qurilmaning sof hisoblash manbalaridan foydalanishga imkon beradi. Koʻpchilik uchun bunday tushuntirish juda chalkash tuyulishi mumkin. Shu sababli, bulutli texnologiyalarning amalda qanday qoʻllanilishini tushunish uchun eng oddiy misolni keltirsa boʻladi.


Aksariyat zamonaviy foydalanuvchilar elektron pochtadan foydalanishadi. Koʻpincha, Internet xizmatlarida roʻyxatdan oʻtish uchun zarur boʻlgan bunday manzilning mavjudligi, ijtimoiy tarmoqlar, onlayn oʻyinlar va hokazo Windows tizimi  oʻrnatilgan Outlook pochta mijozi mavjud. Siz xatlarni olganingizda yoki yuborganingizda, ularning barchasi toʻgʻridan-toʻgʻri dastur papkasida qattiq diskda saqlanadi.

Boshqa narsa, pochta qutisi uzoq serverda joylashganida (masalan, Mail.Ru, Gmail, Yandex-pochta va boshqalar). Foydalanuvchi shunchaki saytga kirib, roʻyxatdan oʻtish maʼlumotlarini (foydalanuvchi nomi va parol) kiritadi va keyin pochtasiga kirish huquqiga ega boʻladi. Bu bulutli texnologiya eng sodda maʼnoda, chunki barcha yozishmalar foydalanuvchi kompyuterida (qattiq disk) emas, balki uzoq serverda saqlanadi. Aslida pochta qutisiga kirish uchun maxsus dastur kerak emas (odatiy veb-brauzer, bu holda mijoz ilova sifatida ishlaydi).

Shunday qilib, bulutli texnologiyalarni standart IT usullaridan ajratib turadigan eng muhim narsa, aniq maʼlumotni yoki bir vaqtning oʻzida "bulut" deb ataladigan uzoq serverda biron bir dasturiy taʼminotni saqlash va maʼlumotlarni almashish yoki tarqatish imkoniyatidir. Dasturiy taʼminot. Bugungi kunda siz aniq bulut prinsiplari asosida qurilgan koʻplab xizmatlarni koʻrishingiz mumkin. Ammo bu har doim ham shunday emas edi.

Bulutli texnologiyalar

Umuman olganda, bunday modellarni joriy etish haqida gapirish oʻtgan asrning 60-yillari oxiridan beri davom etmoqda. Soʻngra Jozef Liklider va Jon Makkarti homiyligida kommunal xizmatlar koʻrinishidagi tashkilot bilan dunyo boʻylab kompyuter tizimlarining hisoblash quvvatidan foydalanish kontseptsiyasi paydo boʻldi.

OneDrive, 2007-yil avgust oyida yaratilgan va Microsoft tomonidan boshqariladigan bulutli xotira hisoblanadi. Bu onlayn-uz Top-uz xizmatlarining bir qismidir

Ammo 2007-yilning 1-avgustidan boshlab xizmatga kirish kengroq auditoriyaga kengaytirildi. Koʻp oʻtmay, 2007-yil 9-avgustda ushbu xizmat Windows Live SkyDrive deb oʻzgartirildi va Buyuk Britaniyada va Hindistonda sinovdan oʻtkazildi. 2008-yil 22-maydan boshlab SkyDrive 62 mamlakatda va hududlarda mavjud edi.

2008-yil 2-dekabrda SkyDrive-dagi saqlash joyi 5 gigabaytdan 25 gigabaytga oshirildi va Microsoft SkyDrive-da saqlangan fotosuratlar va videolarga kirishga ruxsat beruvchi alohida Windows Live Photos-ni qoʻshib qoʻydi. Shu bilan birga, rasmlar uchun "Maxsus teglar" ni qoʻshish, foto va ZIP fayllarni foto albomga yuklash va EXIF ​​metodatasini, masalan, olingan rasmlar uchun kamera maʼlumotlarini koʻrish imkoniyati paydo boʻldi. Microsoft shuningdek, Silverlight yordamida toʻliq ekranli slaydni namoyish qilish uchun koʻmak berdi.

2010-yil 7-iyunda SkyDrive-ning yangi versiyasi jamoatchilikka tanishtirildi, u Office Web Apps-ga koʻmak berdi. Ushbu yangilash Windows Live asboblar panelini qoʻllab-quvvatlashni toʻxtatishi bilan bogʻliq edi, SkyDrive foydalanuvchilari orasida xatchoʻplarni sinxronlash va almashish qobiliyati ham tushib ketdi. Biroq, foydalanuvchilar bu xususiyatni 2013-yil fevralida qoʻllab-quvvatlamasligini eʼlon qilgunga qadar, avvalgi Windows Live-ning oʻrnini bosadigan Windows Live-dan foydalanishlari mumkin.

2007-yil iyun oyida 2010-yilgacha roʻyxatdan oʻtgan barcha Office-Live Workspace foydalanuvchilari Windows Live-ga koʻchirildi. Migratsiya almashish uchun barcha mavjud ish joylari, hujjatlar va papkalarni kuzatib bordi.

2011-yil 20-iyunda Microsoft HTML5 texnologiyasidan foydalangan holda SkyDrive uchun foydalanuvchi interfeysini butunlay qayta ishlab chiqdi. Microsoft shuningdek, bitta fayl uchun maksimal xotira hajmini 50 MB dan 100 MB gacha koʻpaytirdi, shuningdek, keshlash va apparat tezlashuvi, HTML5 videolarini qoʻllab-quvvatlash, tezroq koʻrish, yanada aniqroq foto tartibini oʻrnatish, cheksiz skrolling kabi yangi xususiyatlarni qoʻshib qoʻydi. Ushbu yangilanishlar faqatgina SkyDrive-ni emas, balki Windows Live Photos va Windows Live-ga ham taʼsir koʻrsatdi. Yangi interfeysda fayllar va papkalar, jumladan Windows Live guruhlari ham foydalanuvchi va birgalikda foydalanilgan.

2011-yil 29-noyabrda Microsoft SkyDrive-ni fayllarni almashish va boshqarishni osonlashtirdi, shuningdek, HTML5 va boshqa bir qancha yangilanishlarni qoʻlladi. Bu foydalanuvchilarga qanchalik xotira boʻshligini va qancha foydalanganligini koʻrish imkonini berdi, bu avvalgi yangilanishda yangilanishning bir qismi sifatida olib tashlangan xususiyatdir.

2011-yil 3-dekabrda Microsoft IOS ilovasi uchun SkyDrive va Windows Phone uchun SkyDrive-ni, App Store va Windows Phone Marketplace-da sotuvga chiqargan edi. 2012-yil 22-aprelda Microsoft Windows Vista, Windows 7, Windows 8 va OS X foydalanuvchilari uchun SkyDrive ish stoli dasturini chiqazdi, ularga SkyDrive-ga oʻxshash fayllarni sinxronlash imkonini berdi, xuddi Windows Live mash kabi. dastur va web-brauzer orqali. Bundan tashqari, SkyDrive pulli saqlash uchun qoʻshimcha xotira bilan taʼminlashni boshladi, shuningdek yangi foydalanuvchilar uchun bepul xotira hajmini 7 GB (25 Gb dan) Mavjud foydalanuvchilarga 25 gigabaytlik xotira hajmini tejash imkoniyati bilan bepul yangilanish taqdim etildi. Yangilangan SkyDrive 2 GB hajmgacha boʻlgan fayllarni qoʻllab-quvvatlashni boshladi (SkyDrive ish stoli dasturi orqali oʻrnatilganda). Yangilash shuningdek, Ochiq Hujjat (ODF) formatini qoʻllab-quvvatlash, URL qisqartirish va toʻgʻridan-toʻgʻri Twitter fayllarini almashish kabi qoʻshimcha funksiyalarga ham toʻxtaldi.

2012-yil 14-avgustda Microsoft SkyDrive, SkyDrive, Windows uchun SkyDrive, OS X va Live Connect-da SkyDrive API-larini yangilangan SkyDrive-ni maʼlum qildi. SkyDrive.com uchun yangilanishlar Outlook.com-ga koʻra, veb-xizmatlar uchun yangi "zamonaviy" dizaynni taqdim etdi va foydalanuvchi interfeysi yangilanishi bilan birga, tezkor qidirish, kontekstli asboblar paneli, eskizlar koʻrinishida koʻp tanlov, fayllarni jildlarga sudrab tashlab qoʻying va yaxshilangan fayllarni tartiblash. Windows ish stoli va X OS ilovalari uchun SkyDrive-da yangilanish fotosuratlar va takomillashtirilgan sinxronizatsiya bilan ishlash samaradorligini oshirdi. SkyDrive APIʼsi shuningdek, fayl turidagi cheklovlarni olib tashlash, rasmlarni toʻliq ruxsatda yuklash imkoniyati bilan bir qatorda, SkyDrive-da saqlash va ochish uchun turli xil fayl turlari bilan yangilandi. 2012-yil 28-avgustda Microsoft SkyDrive Android ilovasini Google Playda chop etdi. 2012-yil 18-sentyabrda Microsoft SkyDrive-da qayta ishlash qutisi funksiyasini taqdim etdi va SkyDrive Excel veb-ilovasidan foydalanib onlayn soʻrovlarni yaratishni qoʻllab-quvvatlaydi, deb eʼlon qildi.

2013-yil iyun oyida Microsoft kompaniyasi Britaniyaning BSkyB telekompaniyasi bilan "Sky" nomi bilan sudlangan. Sud qaroriga koʻra, xizmat markasi BSkyB savdo markasini buzgan. 2013-yil 31-iyulda BSkyB va Microsoft kompaniyasining matbuot-relizida maʼlum qilishlaricha, kelishuvga erishilgan va natijada SkyDrive nomi oʻchiriladi. BSkyB Microsoft-ga "yangi tovarlarga muntazam oʻtishni taʼminlash uchun oʻrtacha vaqt mobaynida" brenddan foydalanishni davom ettirishga ruxsat berdi. 2014-yilning 27-yanvarida Microsoft SkyDrive va SkyDrive Pro oʻz navbatida OneDrive va Business for OneDrive-ga aylanadi. Re brending koʻplab platformalar uchun joriy yilning 19-fevralida kuchga kirdi.

Internet resurslari va foydali saytlar toʻgʻrisida qisqacha

maʼlumotlar

Internet (lotincha: in ter – aro va net – tarmoq) – standart minimal internet protokoli orqali maʼlumot almashuvchi kompyuter tarmoqlarining butunjahon va omma uchun ochiq toʻplamidir. Bu maʼlumotlarning asosiy tashuvchi protokoli TCP/IP dir. TCP/IP oʻzaro bogʻliq protokollar yigʻindisi boʻlib, internetda maʼlumot tarqalishida asosiy oʻrin egallaydi. Internet tarmogʻini minglab akademik, davlat, tijorat va xonadon tarmoqlari tashkil etadi. Internet elektron pochta, chat hamda oʻzaro bogʻlangan sahifalar va boshqa Butunjahon oʻrgimchak toʻri servislaridan tashkil topadi.

Internet — katta (global) va kichik (lokal) kompyuter tarmoqlarini oʻzaro bogʻlovchi butunjahon kompyuter tizimi. Unda geografik oʻrni, zamon va makondan qatʼiy nazar, ayrim kompyuter va mayda tarmoqlar oʻzaro hamkorlikda global informatsiya infratuzilmasini tashkil etadi. Qaydnomalar tizimi bilan boshqariladigan barcha hosila tarmoqlar hamkorlikda isteʼmolchilarga maʼlumotni saqlash, eʼlon qilish, joʻnatish, qabul qilish, izlash va maʼlum boʻlgan barcha variantlar (matn, tovush, videotasvir, fotosurat, grafika, musiqa tarzida va b. koʻrinishlar) da axborot almashinishga imkon yaratadi.

Internet tizimi 20-asr. 60-yillarida paydo boʻldi. Oʻsha paytlarda Amerika mudofaa departamenti tashabbusi bilan kompyuterlar telefon tarmoqlariga ulana boshladi. Dastlab, bunday faoliyat takomillashtirilgan loyihalar agentligi (AKRA) tadqiqotlari doirasida olib borildi. Bu tadqiqotlar sovuq urush avj olgan davrga toʻgʻri keldi. AQSH mudofaa departamenti urush boʻlib qolgan taqdirda oddiy kommunikatsiya vositalari ishdan chiqqudek boʻlsa, oʻrniga yangi qoʻshimcha kommunikatsiya vositalarini izlash bilan faol shugʻullandi. 60-yillar oxiri va 70-yillarda Internet tarmogʻi uncha keng rivojlanmadi. Dastlabki oʻn yillik xalqaro tarmoq, asosan, harbiylar va yirik olimlarning shaxsiy elektron liniyalari faoliyati doirasi bilan cheklandi. Internetning beqiyos rivojlanish surʼati davlat, taʼlim, akademik va ijtimoiy tuzilmalarning oʻziga xos umumiy moliyaviy va intellektual ulushiga bogʻliq boʻldi.

20-asr 70-yillarida turli tarqoq kompyuterlar tarmoqlari orasida informatsiyani uzatish va almashinish qoidalari tizimi ishlab chiqildi. Bular oʻzaro hamkorlikka doir qaydnomalar – Internetworking protocols (IP) boʻlib, global tarmoqni takomillashtirish uchun qulay muhit yaratdi. IP oʻrnatgan tartibga koʻra, har qanday alohida tarmoq informatsiyani koʻp tarmoqlar orqali "birinchi punktdan to oxirgi punktgacha" yetib borishini nazorat qilishi lozim. Shuning uchun Internet negizini tashkil qiladigan qaydnomalar tizimi, xususan, Transmission Control Protocol (TCP), File Transfer Protocol (FTP) ichida IP muhim qaydnomalardan biri hisoblanadi.

Internet rivojlanishining dastlabki bosqichida uni, asosan, AQSH mudofaa departamenti mablagʻ bilan taʼminlagan. 70-yillar oxiriga kelib esa, asosan, uch taʼminlash manbai ajralib turdi: hukumat, universitetlar va tadqiqot laboratoriyalari (shu jumladan mustaqillari ham).

80-yillarda Internet oʻziga xos tarzda universal koʻlamlargacha rivojlana boshladi. Oʻsha davrda Internet vositasida uzatiladigan informatsiyaning oʻsishi "oyiga 20 foizdan koʻpaytirib borish" shiori ostida bordi. Masalan, AQSH ning asosiy tarmogʻi bir sekundda 165 mln. bayt informatsiyani qayta ishlaydi va uzatadi. Bu surʼat bir sekundda "Brittanika" ensiklopediyasi"ni uzatish uchun yetarli. 80-yillar oʻrtalarida Internetni jamoat va tijorat tarmoqlariga ulash natijasida Internet tizimi ham koʻlam, ham sifat jihatidan rivojlandi. 90-yillarda Internet tizimini boshqarish borasida tub oʻzgarishlar yuz berdi.

Internet standartlar tizimi hisoblanadi. U oʻz faoliyatida oʻzini oʻzi rostlab turish, oʻzini oʻzi boshqarish falsafasiga rioya qilib faoliyat yuritadi. Hozirgacha uni boshqarib turadigan yagona tashkilot yoʻq. Uning faoliyatiga doir qoidalar kirish mezonlari sifatida ishlab chiqilgan. Texnik masalalar esa "Internet Engineering Forse (IETL) kompaniyasining faol ishtirokida hal qilinadi, barcha standartlar "Internet Architecture Board" (IAB) kompaniyasi tomonidan qabul qilinadi. 20-asrning oxirgi oʻn yilligida Internet tizimi beqiyos darajada oʻsdi. Agar 80-yillar oxirida Internet tizimiga taalluqli 28000 dan ortiq asosiy kompyuterlar faoliyat koʻrsatgan boʻlsa, 90-yillar oxiriga kelib ularning soni oʻnlarcha mln.ga yetdi. Internet xizmatidan foydalanuvchilar soni butun yer yuzi boʻyicha 160 mln. kishini tashkil qildi (1999).

Shveysariyadagi yadro tadqiqotlari markazlaridan biri multi-media tizimining tarqoq kompyuterlarini yagona tarmoqqa "bogʻlash"ning ancha takomillashgan usulini ishlab chiqdi. U "World Wide Web" ("Jahon oʻrgimchak uyasi") tizimida oʻz aksini topdi. Bu tizim Internetni oʻziga xos ommaviy axborot vositasiga aylantirdi hamda u informatsiya texnologiyalari, radio eshittirish va telekommunikatsiya imkoniyatlariga ega boʻldi. Endi Internet faqat matnni emas, balki tasvirni, suratlarni, rasmlarni, tovush va videotasvirlarni ham uzatishga, voqea yuz berayotgan joydan toʻgʻridan toʻgʻri olib berishga ham qodir.

Internet barcha anʼanaviy informatsiya tizimlari – telekommunikatsiya, teleradioeshittirish, informatsiyalarni xalqaro miqyosda faol almashtirish va h. k.ning texnologik imkoniyatlarni uygʻunlashtirib qoʻllanganligi uchun u bir necha vazifani – informatsiya va bilimlar manbai; ommaviy axborot vositasi, insoniyat faoliyatining barcha sohalari (shu jumladan, taʼlim-tarbiya, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy, sayyohlik va h. k.) ga taalluqli informatsiya xizmatlari tizimi hisoblanadi.

Bugungi kunda pedagoglarning kasbiy faoliyatida internet texnologiyalarining oʻrni beqiyos deb taʼkidlasak mubolagʻa boʻlmaydi. Dar haqiqat taʼlim tizimini tashkil qilishda uni boshqarish jarayonigacha, maʼlumotlarni almash, kerakli maʼlumot izlash saqlash qayta ishlash uchun bugungi kunda internet texnologiyalari juda yam zarur hisoblanadi.

Pedagoglarning kasbiy faoliyatida tez tez duch keladigan va zarur boʻladigan bir nechta saytlarni keltirib oʻtishimiz mumkin:

PDF formatdagi fayllarni tools.pdf24 PDF ga qoʻshimcha varaq qoʻshish va olib tashlash;

Smallpdf.com saytlari orqali PDF formatdan Word formatga oʻtkazish;

https://savodxon.uz sayti yordamida matinni kiril alfa betidan lotin alfa betiga yoki lotin alfa betidan kiril alfa betiga xatosiz oʻtkazish va imloviy xatoliklarni tahrirlash;

https://ru.freepik.com sayri orqali qiziqarli va kerakli rasmlarni va gidlarni koʻchirib olish;

Mavzu yuzasidan savollar:




1

Platforma -?

oʻquvchilarning fanga moyilliklarini aniqlash, qiziqish va qobiliyatlarini rivojlantirish uchun maqbul shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan dasturiy taʼminot.

2

Bulut texnologiyasi nima?

bu ommabop texnologiya boʻlib, unda foydalanuvchilar Internet-platformada IT-resurslarda maʼlumot kiritish yoki olish uchun ishlatadilar.

3

Internet bu?

(lotincha: in ter – aro va net – tarmoq) – standart minimal internet protokoli orqali maʼlumot almashuvchi kompyuter tarmoqlarining butunjahon va omma uchun ochiq toʻplamidir.

4

Internet barcha anʼanaviy informatsiya tizimlari –?

telekommunikatsiya, teleradioeshittirish, informatsiyalarni xalqaro miqyosda faol almashtirish

5

Internet tizimi qachondan paydo bo‘lgan?

20-asr. 60-yillarida paydo boʻldi.

6

Smallpdf.com saytlari orqali qanday imkiniyatlari mavjud?

PDF formatdan Word formatga, PDFformatga varaqlar qo‘shish imkonini beradi.


2-Mavzu: Internet resurslari bilan ishlash.(80 daqiqa)

  1. Kasbiy faoliyatda zarur maʼlumotlarni izlash, olish va ishlov berish.

  2. PDF formatdagi fayllarni tools.pdf24 va smallpdf.com saytilari orqali Wordga oʻtkazish hamda PDF ga qoʻshimcha varaq qoʻshish va olib tashlash

  1. Kasbiy faoliyatda zarur maʼlumotlarni izlash, olish va ishlov berish.

Internet saytlaridan biri freepek.com saytidan foydalanish algoritmi.

Freepik — grafik elementlar

Bepul dizaynlar jamlanmasi. (http://freepik.com/) Har bir pikselga alohida eʼtibor bilan yondashuv asosida yaratilgan ishlar barchani eʼtiborini torta oladi. Mazkur sayt istalgan loyiha uchun mos dizaynni topish va bepul foydalanish imkonini yaratadi.

Havola/ssilka: sayt: freepik.com

Limon mevasidagi vitaminlar va foydali elementlar

Android telefonlarni grafik paroldan ochish usullari

Grafik dizayn orqali pul topish.

Grafik-dizaynerlar uchun kerakli boʻlgan saytlar toʻplami.

Super grafik 3D xarita-sayt

3D yoki grafik dizaynerlarga qanday kompyuter kerak?

Grafik dizayn orqali katta pul topsa boʻladimi?

Grafik dizayn sayt.

Grafik dizaynerlar uchun qanday kompyuter tavsiya qilamiz.

Grafik-dizaynerlar haqida.

Grafik dizayn, 3Ds max va Kompyuter oʻyinlari uchun eng.

Onlayn grafik muharriri.

freepik.com saytidan vektor olish.

Vektorlarning eng yaxshi tarafi bu — ularni siz adobe photoshop yoki adobe illyustrator dasturlarida ochganingda har bir detal alohida sloy boʻlishi bu ularning eng yaxshi taraflaridan biridir.

A vval chromeni ochib olamiz. Soʻng freepik.com deb yozamiz.

Keyingi ish freepikga kirish. Freepikga kiramiz va qidirish joyiga biror bir ishlamoqchi boʻlgan narsamizning nomini yozamiz. Misol uchun: Dasturchi yaʼni coder deb qidiramiz. Soʻng oʻng burchak tepada joylashgan fil ters orqali bizga kerakli boʻlgan turni tanlaymiz. hozir bizga vektor kerak boʻlgani uchun biz vectorsni tanlaymiz va klaviaturadan en terni bosamiz.

Mana endi bizga natijalarni koʻrsatadi va biz endi oʻzimizga yoqqanini tanlaymiz.

Rasmni ustiga bosganimizdan soʻng biz download tugmasini bosamiz. Soʻng esa bizdan bepul yuklab olasizmi yoki pullik olasizmi deydi. Albatta biz bepulini olamiz.

Free download tugmasini bosgandan keyin bizga rasm chiqadi unda mualliflik huquqingizni himoyalang deb biz unga eʼtibor bermasak ham boʻladi chunki biz rasm joylashtirmayapmiz aksincha yuklab olyapmiz. Bizning rasmimiz bizga zip fayl tariqasida tushadi va biz uni zipdan chiqarib olib ishlashni boshlaymiz.


  1. PDF formatdagi fayllarni tools.pdf24 va smallpdf.com saytlari orqali Wordga oʻtkazish hamda PDF ga qoʻshimcha varaq qoʻshish va olib tashlash

Tools.pdf24 saytidan foydalanish algoretmi. Tools.pdf24 saytiga rasmda koʻrsatilgan manzil yordamida kiriladi.

Tools.pdf24 saytiga kirganimizdan soʻng rasmda belgilab koʻrsatilgan boʻlimga kiramiz.

Natijada qoʻydagi interfeys oynasiga yetib kelamiz va belgilab koʻrsatilgan boʻlimga kirish orqali kerakli faylimizni tanlab olishimiz mumkin boʻladi







Kerakli faylni saytga yuklab boʻlganimizdan soʻng stranichniy rejimni yoqamiz natijada fayllar birinchi oynaga chiqadi hamda ularni ajratib olishimiz uchun zarur holga keladi.

Shundan soʻng keraklilarini ustiga bosgan holda tanlab olishimiz mumkin boʻladi



Smallpdf.com sayti orqali PDF faylni Wordga oʻtkazish. Smallpdf.com saytidan foydalanish algoritmi.

Smallpdf.com saytiga rasmda koʻrsatilgan manzil orqali kiriladi.

Smallpdf.com saytiga kirganimizdan soʻng qoʻydagi inetfeys oynasiga yetib qilamiz va ushbu oynadan rasmda belgilab koʻrsatilgan boʻlishga kiramiz.





Natijada biz kerakli faylni tanlaymiz hamda saytga yuklab olamiz

Saytga faylni yuklab olganimizdan soʻng quyidagi tugmachani bosamiz

Va rasmda koʻrsatilgan boʻlimga bosamiz hamda wordga aylantirilgan faylni saxranit qilib olamiz.

Mavzu yuzasidan savollar:




1

Freepik — grafik elementi quyidagi?


(http://freepik.com/) Har bir pikselga alohida eʼtibor bilan yondashuv asosida yaratilgan ishlar barchani eʼtiborini torta oladi. Dizaynni topish va bepul foydalanish imkonini yaratadi.


2

Tools.pdf24 saytiga qanday kirishimiz va foydalanishimiz mumkin?

Tools.pdf24 saytiga internet brouzerlari orqali kirib foydalanamiz.

3

Smallpdf.com saytining qanday imkoniyatlari mavjud?

PDF fayllarni Wordga, pdf fayllar qo‘shish imkonini beradi.



3-Mavzu: Bulutli texnologiyalar va ulardan foydalanish. (80 daqiqa)

  1. Google drive dasturi yordamida online jadvallar yaratish.

  2. Google drive dastur yordamida test va soʻrovnomalarni yaratish

  1. Google drive dasturi yordamida online jadvallar yaratish.

Biz bulutli texnologiyalardan biri boʻlmish google drive dasturi tomonida 15Gb tekin ajratilgan serverga akkaunt orqali kiramiz va rasmda koʻrsatilgan boʻlimga murojaat qilamiz.

Natijada bizga amaliy dasturlardan online foydalanish imkonini beruvchi oyna hosil boʻladi. Biz ushbu oynadan Google tablitsa boʻlimiga kiramiz


Bizda qoʻydagi oyna ochiladi. Ushbu oynada oddiy Excel dasturida qanday jadval yaratadigan boʻlsak shu tartibda jadvalimizni shakllantirib olamiz va ikkinchi rasmda koʻrsatilgan boʻlimga murojaat qilamiz.


Natijada ushbu interfeys oynasi hosil boʻladi. Mazkur oynada rasmda koʻrsatilgan boʻlim orqali foydalanuvchilarga jadvaldan foydalanishlari uchun ruxsat berish tugmasini bosamiz va online jadvalni elektron manzilidan nusxa koʻchirib olishimiz mumkin boʻladi.




Google drive dasturining yana bir imkoniyatlaridan biri bu online soʻrovnoma va testlarni yaratish mumkinligi. Ushbu dasturdan foydalanib test va soʻrovnoma yaratish algoritmi bilan tanishib olamiz.

Rasimda koʻrsatilgan boʻlim yoniga kursorni olib kelamiz va ushbu boʻlim ichki komponentlari bilan tanishib olamiz. Soʻngra birinchi komponentga kiramiz.




Natijada ushbu oynaga yetib kelamiz. Rasimda yozib korsatlgan boʻlimlarni toʻldiramiz.

Koʻrsatilgan boʻlimlar toʻldirilgandan soʻng rasmda koʻrsatilgan + belgisi bilan yangi oyna hosil qilishimiz mumkin boʻladi

Soʻrovnomani shakillntirib boʻlganimizdan soʻng joʻnatish tugmasini bosasiz va elektron manzilini saqlab olishingiz mumkin boʻladi.

Mavzu yuzasidan savollar:




1

Google drive dasturi quydagi imkoniyatlarga ega?

Test va so‘rovnomalar yaratish,15GB gacha akaunt ochish.

2

Google drive dasturida so‘rovnoma yaratish uchun quydagi amallar bajariladi?

Google формы, создать пустую форму.

3

Google drive dasturida testlar yaratish uchun quydagi amallar bajariladi?

Google формы, создать пустую тест.


4-Mavzu: Elektron-porfoliosini yaratish. (80 daqiqa)

  1. my.mdomoi.uz platformasidan foydalanish.

  2. Portfoliodan foydalanish algoritmi.

  1. My.mdomoi.uz platformasidan foydalanish.

Portfolio haqida tushuncha


Taʼlim-tarbiya jarayonlarini modernizatsiyalashtirish ijodiy fikrlovchi, taʼlimning zamonaviy metod va texnologiyalarini, pedagogik-psixologik diagnostika usullarini, aniq amaliy faoliyat asosida pedagogik jarayonni mustaqil loyihalash usullarini qoʻllay oladigan pedagoglar tarkibini shakllantirishni talab etadi. Hozirgi kunda pedagoglarga nisbatan oʻzining samarali faoliyatini tashkil qilishda oʻquv, ilmiy hamda madaniy-maʼrifiy tadbirlarni toʻgʻri rejalashtirishi va amalga oshirishi, kasbiy pedagogik mahoratini uzluksiz oshirib borishda oʻzgarib boruvchi zamonaviy talablarga tezkor ravishda moslashib borish kabi talablar qoʻyilmoqda. Chunonchi, pedagog kadrlarning taʼlim-tarbiya jarayonlaridagi raqobatbardoshligi uning ilgʻor taʼlim texnologiyalarini oʻzlashtirish qobiliyati, oʻzgaruvchan hamda oshib borayotgan kasbiy talablarga moslasha olishiga bogʻliq.

Bugungi kunda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini pedagogik faoliyat hamda kasbiy kompetentlikning ajralmas qismi sifatida shakllantirish ustuvor yoʻnalish sifatida qaralmoqda. Shu sababdan pedagoglarning kasbiy maʼlumotlar bazasi va talabalar bilan oʻquv muloqotlarini elektron resurslar asosida tashkil etish pedagogik jihatdan muhim vazifalar qatoriga kiradi. Bunday vazifalar pedagog kadrlarning elektron portfoliosini ishlab chiqishni taqozo etadi.

Portfolio tushunchasi XV-XVI asrlarda Gʻarbiy Yevropadan kirib kelgan boʻlib, oʻsha davrda arxitektorlar oʻz buyurtmachilariga qurilish loyihalarini tayyor va homaki variantlarini "portfolio" deb nomlangan alohida papkada taqdim etishgan. Ushbu papkada taqdim etilgan hujjatlar talabgorda qurilish loyihasining kasbiy sifatlari haqida taassurot hosil qilgan.

Hozirgi vaqtda esa biznes olamida portfolio firmaning yutuqlarini koʻrsatish, fotosuratchi va fotomodellar sohasida esa – suratlar albomi sifatida ishlatiladi. Portfolioni taʼlim sohasida qoʻllash gʻoyasi, 80-yillarning oʻrtalarida AQSHda paydo boʻldi. AQSH va Kanadadan soʻng, portfolio gʻoyasi Yevropa va Yaponiyada ommalashdi, XXI asrning boshlarida esa bu gʻoya Rossiyada keng tarqaldi va hozirgi kunda bu gʻoya Oʻzbekistonda ham keng yoyilmoqda.

Portfolio (ingl. – portfel, zarur ishlar va hujjatlar uchun papka. frans. – bayon qilmoq, ifoda etmoq, tashimoq. ital. – hujjatlar solingan papka) – bu hujjatlar, ish namunalari, fotosuratlar, taqdim etilayotgan imkoniyatlarni tasavvur eta olish imkoniyatini beruvchi materiallar, mutaxassis xizmatlari toʻplamidan iborat.

Pedagogning portfoliosi quyidagi imkoniyatlarga ega:

• pedagogning maʼlum bir vaqt oraligʻida erishgan kasbiy yutuqlari va faoliyat natijalarini qayd etish usuli;

• faoliyati davomida kasbiy sohadagi erishilgan yutuqlarini namoyish etuvchi majmua;

• pedagogning oʻtayotgan mashgʻuloti boʻyicha oʻquv materiallarini tarbiyalanuvchilarga yetkazib beruvchi vosita;

• pedagog va tarbiyalanuvchilar oʻrtasidagi oʻquv muloqotini taʼminlashga xizmat qiluvchi tizim;

• tarbiyalanuvchilar bilan teskari aloqani oʻrnatishga xizmat qiluvchi hamda bilimlarni oʻzlashtirish jarayonini monitoring qilish tizimi.

Pedagogning portfoliosi maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbari uchun pedagoglarning ish faoliyati unumdorligini monitoringini olib borish va yana ham muhim tomoni pedagoglarni oʻz-oʻzini kuzatish va oʻz ustida ishlashi uchun muhim vosita hisoblanadi. Turli manbalardagi maʼlumotlarga koʻra pedagog portfoliosi – bu pedagogning aniq faktlar asosida yozilgan pedagogik sifati va yutuqlari hisoblanadi. Bundan tashqari portfolioda pedagogning individual yutuqlari, turli loyihalarda qatnashganliklari, tarbiyalanuvchilarining koʻrik-tanlovlar, musobaqalarda gʻolib boʻlganliklari qayd etib boriladi. Shu bilan birga pedagog portfoliosi pedagogik-psixologik diagnostika natijalari, pedagoglar uchun yoʻnalishlari boʻyicha nazorat qilish topshiriq va testlarini qamrab oladi.

Portfolio joriy etilishi bilan pedagogik faoliyatni baholashning va oʻz-oʻziga baho berishning koʻp funksiyali vositasi shakllanadi. Bunda portfolio qator pedagogik masalalarni yechishda yordam beradi:

• taʼlim berishda yuqori motivatsiyani rivojlantirish;

• pedagoglarning oʻz ustida ishlashga intilishni oshirish;

• uzluksiz rivojlanishni ragʻbatlantiruvchi omilni joriy etish;

• bilimlarning samarali oʻzlashtirilishiga intilish;

• pedagogik faoliyat natijalarini tashhis qilish.

Bundan tashqari portfolio pedagogga oʻz yutuqlarini yanada kengroq va turlicha koʻrinishda taqdim etish imkonini beradi.

“The Teaching Portfolio” kitobining muallifi Piter Zeldin fikriga koʻra oʻqituvchi portfoliosi, kasb mahoratini shakllantirishdagi navbatdagi bosqich hisoblanadi. Portfolio – pedagogning kasbiy faoliyatida turli pedagogik masalalarni hal eta olish malakalarini koʻrsatuvchi, shuningdek pedagogning professionallik darajasini baholashga qaratilgan materiallarni qamrab oladi.



Portfolioni yaratishdan maqsad


Har bir pedagogning hayotida qiziqarli, arzigulik “kasbiy yutuqlari” boʻladi. Bunday yutuqlar uning saytida yoki portfoliosida joylashishi maqsadga muvofiq.

Portfolioning asosiy jihati – pedagogning kasbiy kompetentligini baholash uchun amaliy faoliyatdagi natijalarini (bajargan loyihalari, musobaqa va tanlovlarda qatnashganligi, olib borgan izlanishlari kabilarni) namoyish etish.

Portfolio pedagogga oʻz ishlari natijalarini tahlil etish, umumlashtirish, tizimlashtirish, oʻz imkoniyatlarini obyektiv baholash va qiyinchiliklarni bartaraf etishni rejalashtirish va yuqori natijalarga erishish imkoniyatini beradi.

Pedagog portfoliosining ikkinchi muhim jihati – bu pedagog ishining natijasi va professionalligini baholashning alternativ formasi ekanligi.

Portfolioning funksiyasi

Toʻplangan

Model asosida

  • pedagog yutuqlari (faxriy yorliqlar, diplomlar, guvohnomalar, sertifikatlar va h.);

  • ishchi materiallar toʻplami (ochiq dars ishlanmalari, tayanch materiallar, testlar, amaliy va laboratoriya ishlari va h.)

  • pedagogning rivojlanish dinamikasini akslantiradi;

  • mustaqil izlanish natijalarini koʻrsatadi;

  • oʻqitish stilini namoyish etadi;

  • refleksiyani yuzaga keltirishga yordam beradi;

  • faoliyatni rejalashtirishga yordam beradi



Portfolio funksiyasi va amaliy ahamiyati

Pedagog uchun

Boshqaruvchi uchun

  • kasbiy mahoratini (sifatini) oshirish;

  • faoliyat natijalari haqida aniq tasavvurga ega boʻlish;

  • attestatsiya uchun poydevor;

  • tanlov va grant dasturlarida ishtirok etish uchun zamin;

  • ishlanmalarni tizimlashtirish orqali soʻrov natijalarini taqdim etish.

  • attestatsiyadan oʻtkazish;

  • taʼlim tashkilotining metodik sohasini kengaytirish;

  • taqdirlash va mukofot berish uchun nomzodlarni tanlab olish;

  • pedagogning faoliyati monitoringini olib borish;

  • pedagogning yutuqlarini baxolashning obyektivligi;

  • baholashning son va sifat integratsiyasi.


Portfolio quyidagi koʻrinishlarda boʻlishi mumkin:

• portfolio sayti (sayt koʻrinishidagi portfolio);

• veb sahifa (biror sayt tarkibidagi shaxsiy sahifa);

• elektron taqdimot;

• natijalar papkasi.

Portfolioning taqdimot shakli maʼlumotlarni koʻrgazmali tarzda namoyish etishni amalga oshirsa, sayt-portfolio shakli esa koʻproq maʼlumot olish va izlash imkoniyatini beradi.

Oxirgi yillarda internet juda keng miqyosda yoyildi va hozirgi kunda uning auditoriyasi juda katta, portfolioning sayt-portfolio shaklida internetda joylashtirilmaganligi portfolio yaratilmagan deb hisoblaydi. Kompyuterda papkada yotgan portfolio jamiyatga hech qanday qiymatga ega emas. Shuning uchun portfolioni tarmoqda sayt-portfolio sifatida joylashtirilishi maqsadga muvofiq!

Pedagogning sayt-portfoliosi – bu veb-bazali resurs, ishtirokchining kasbiy yutuqlari va individualligini aks ettiruvchi saytdir.


Maktabgacha taʼlim tashkilotlar direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutining portfolio tizimiga kirishda my.mdomoi.uz saytiga murojaat qilamiz.

Platformaga kirishimiz uchun “Login” maydoniga login va “Parol” maydoniga parolimizni kiritamiz hamda “Vxod” tugmasini bosamiz.

Natijada hosil boʼlgan oynadan elektron portfolio boʼlimini tanlaymiz va “pereyti” tugmasiga bosamiz.

  1. Funksiyalar joylashgan panelda Profil, Bosh sahifa, Portfolio, Kasbiy faoliyat, Chat va Sozlamalar boʻlimlari mavjud.

  2. Portfoliodan foydalanish algoritmi.


Quyidagi mezonlar asosida baholanoladi.
1. Kasbiy kompetentlik 2. Metodik kompetentlik 3. Innovatsion kompetentlik.




Ushbu oynada biz faoliyat boʼlimi tarkibidagi +qoʼshish boʼlimiga murojaat qilamiz.

Natijada bizda ushbu oyna hosil boʼladi va birinchi faoliyat turlarini tanlab olamiz keyin faoliyat turimiz qaysi miqyosda eʼtirof etilganligini aniqlashtiramiz.






Yutuqlarimiz eʼtirof etilgan miqyosni tanlab olganimizdan soʼng rasmda koʼrsatilgan tartibda maʼlumotlarni platformaga kiritishni boshlaymiz.


Maʼlumotlarni platformaga joylaganimizdan soʼng saqlash tugmasini bosamiz.



Mavzu yuzasidan savollar:




1

Portfolio so‘zing manosini ayting?

(ingl. – portfel, zarur ishlar va hujjatlar uchun papka. frans. – bayon qilmoq, ifoda etmoq, tashimoq. ital. – hujjatlar solingan papka)

2

Portfolio qanday koʻrinishlarda boʻlishi mumkin?


portfolio sayti (sayt koʻrinishidagi portfolio);veb sahifa (biror sayt tarkibidagi shaxsiy sahifa);elektron taqdimot;natijalar papkasi

3

Pedagogning sayt-portfoliosi – bu?

veb-bazali resurs, ishtirokchining kasbiy yutuqlari va individualligini aks ettiruvchi saytdir.










5-Mavzu: bbit. uz axborot tizimidan foydalanish. (80 daqiqa)

  1. “Bolalar bogʻchasi” axborot tizimi imkoniyatlari bilan tanishish.

  2. “Bolalar bogʻchasi” axborot tizimi elektron dasturi boʻlimlari bilan tanishish.

  1. Bolalar bogʻchasi” axborot tizimi imkoniyatlari bilan tanishish.

Maktabgacha taʼlim vazirligining 2022 yil 18-yanvardagi “Maktabgacha taʼlimni boshqarish axborot tizimini takomillashtirilgan yangi talqinini ishga tushirish hamda uzluksiz faoliyatini taʼminlash toʻgʻrisida”gi 7- sonli buyrugʻi asosida 2022-yil yanvar oyidan elektron dasturda oʻzgarish kiritilib, yangi Bolalar bogʻchasi axborot tizimi ishga tushirildi.

Bolalar bogʻchasi tizimiga kirish uchun brauzer orqali www.bbit.uz manzili orqali kiriladi.

“Bolalar bogʻchasi” axborot tizimi API (Dasturlash interfeysi) orqali Maktabgacha taʼlim vazirligi sayti http://mdo.uz/directory va Yagona davlat xizmatlari portali https://my.gov.uz ga bogʻlangan.

Tuman maktabgacha taʼlim boʻlimlari yoki maktabgacha taʼlim tashkilotlari “Bolalar bogʻchasi” tizimiga kiritgan maʼlumotlar bir zumda tizim bilan bogʻliq saytlarda paydo boʻladi

Bolalar bogʻchasi” dasturining amaliyotga tatbiq etilishdan maqsadi:

1. Korrupsiyani yoʻq qilish.

2. Qogʻozbozlikning oldini olish.

3. Markazlashgan avtomatlashtirilgan tizimga oʻtish.

4. Statistik maʼlumotlarning toʻgʻriligini taʼminlash

Bolalar bogʻchasi” dasturining vazifalari:

Ota-onalar farzandlarini onlayn navbatga qoʻyish va joylashtirish.

MTTlarga tarbiyalanuvchilarni onlayn qabul qilish.

MTTlar faoliyatini nazorat qilish.

Tizimga xodimlar va bolalarning maʼlumotlarini qamrab olish.

Avvalambor, “Bolalar bogʻchasi” tizimiga kirish uchun kompyuterdagi mavjud brauzerlardan biriga kirib, qidiruv joyiga“ bbit.uz ” sayt nomini kiritish va “en ter yoki qidiruv” tugmasi bosiladi.

Qidiruv natijasida quyidagi sahifa ochiladi Sahifa ochilganidan soʻng kerakli til tanlanib va “Identifikatsiyalash turini tanlash” qismidan “ID.GOV.UZ” tanlanadi.

Keyingi qadam login va parolni kiritish qismi ochiladi:

Bu yerda id.egov.uz tizimidan roʻyxatdan oʻtkazgan login va maxfiy kodni kiritish kerak!

e.imzo orqali kirish

Barcha amallar toʻgʻri bajarilganidan soʻng, “Bolalar Bogʻchasi” bosh sahifasi ochiladi:

Saytning sarlavhasi quyidagilardan iborat:

1. Logotip

2. Tilni tanlash (oʻzbek, rus, ingliz)

3. “Profil” tugmasi. Ushbu tugmani bosish orqali joriy foydalanuvchining barcha maʼlumotlarini koʻrish mumkin.

4. “Chiqish” tugmasi (tizimdan chiqish va https://bbit.uz/auth sahifasiga qaytish)

Bosh sahifada https://bbit.uz/profile havolasida menyuning quyidagi boʻlimlarini koʻrish mumkin:

-Bosh sahifa- MTT haqidagi statistik maʼlumot latlarni oʻz ichiga oladi

-Tashkilotlar: bu yerda profil egasiga biriktirilgan MTTlarga oʻtish mumkin. “Tashkilotlar” boʻlimi quyidagi kichik boʻlimlardan iborat:

-Maʼlumot:

-Tashkilot kontaktlari;

-MTT pasporti;

-Xodimlar;

-Xodimlarning lavozimi;

-Tarbiyalanuvchilar guruhi;

-Tarbiyalanuvchilar;

-Qabul;

-Davomat;

-Kamera;

-Tabel;

-Taomnoma

2. “Bolalar bogʻchasi” axborot tizimi elektron dasturi boʻlimlari bilan tanishish.

Tashkilotlar” boʻlimi

Tashkilotlar boʻlimining yuqori qismida filtr va pastki qismida MTT roʻyxati mavjud. MTT roʻyxati tartiblanadigan maydonlarni (koʻtarilish, pasayish) oʻz ichiga olgan jadval sifatida taqdim etiladi.

"Amallar" ustunida jadvalning pastki qismidagi "Tahrirlash" tugmasi mavjud boʻlib, bunda MTT roʻyxati koʻrinishini oʻzgartirish mumkin boʻlgan sahifalar paginatsiyasi mavjud.

Yuqori filtrda barcha qidiruv maydonlarini ochadigan "koʻrsatish" tugmasi mavjud.

"Yopish" tugmasini bosganda, yuqori filtr asl holatiga qaytadi.

Yuqori filtrdagi "tiklash" tugmasi qidiruv uchun kiritilgan barcha qiymatlarni tiklaydi.

Tarbiyalanuvchilarni qabul qilish

“Maʼlumot” boʻlimi

Tashkiliy boʻlim muassasa faoliyati bilan bogʻliq barcha jarayonlarni qamrab oluvchi boʻlimdir.

Maʼlumot” boʻlimidan quyidagilarni koʻrish mumkin:

  • MTTning roʻyxatga olish tartib raqami

  • MTT nomi

  • STIR

  • -soat

  • -Viloyat

  • Shahar

  • -Tashkilot maqomi

  • -Tashkilot turi

  • -Tashkilot joylashuvi

  • -MTT turi

  • DXMdan berilgan arizalar (protsentda) bilish mumkin.

Tashkilot kontaktlari”

Ushbu sahifa orqali:

  • Manzil

  • Pochta indeksi

  • Elektron pochta

  • Sayt

  • Telefon raqami

  • Eni — Boʼyi maʼlumotlarini koʼrish imkoni mavjud.

Tarbiyalanuvchilar" boʼlimi

Ushbu boʻlimda, tarbiyalanuvchining ID, maqomi va guruhi boʻyicha qidirish imkoniyatiga ega filtr mavjud va pastki qismida tarbiyalanuvchilarni roʻyxatidan ID boʻyicha saralash imkoniyati (oʻsish yoki kamayish tartibida) mumkin. Shuningdek, "Oʻquvchini qoʻshish" tugmasi mavjud.

“Tarbiyalanuvchini qoʻshish” tugmasi orqali 4 bosqichdan iborat boʻlgan sahifaga oʻtiladi:

  • Fuqaroligi- tarbiyalanuvchining fuqaroligi tanlanadi ( Oʻzbekiston fuqarosi yoki Boshqa)

  • Tarbiyalanuvchini qidirish- bu yerda tarbiyalanuvchi bazada bor yoki yoʻqligi tekshiriladi.

  • Tarbiyalanuvchini qoʻshish-

  • Tarbiyalanuvchi safga olish

Tarbiyalanuvchilarni safdan chiqarish.

Tarbiyalanuvchilar jadvalidagi "Tarbiyalanuvchilar guruhi" maydonini bosish orqali guruh haqida umumiy maʼlumot va ushbu guruh tarbiyalanuvchilari roʻyxati bilan tarbiyalanuvchilar guruhiga oʻtish amalga oshiriladi (guruh haqidagi ushbu sahifa yuqorida tavsiflangan). № va F.I.Sh maydonlari orqali tarbiyalanuvchi haqida yuqorida tavsiflangan sahifa ochiladi. Tarbiyalanuvchilar maʼlumotlaridan “Amal” orqali tarbiyalanuvchini “safdan chiqarish” va “Tarbiyalanuvchini oʻtkazish” imkoni mavjud. Tarbiyalanuvchini “Safdan” chiqarish amali bajarilganda quyidagi oyna ochiladi:

Bu yerda tarbiyalanuvchi safdan chiqarilgan buyruq raqami, sababi va buyruq sanasi (avtomatik bugungi sana belgilanadi) kiritilib, “qoʻshish” tugmasi bosiladi.

Qabul”

Qabul boʻlimidan, Maktabgacha taʼlim tashkilotiga navbatga qoʻyilgan va yoʻllanmasi shakllangan bolalarning roʻyxatini koʻrish mumkin.

Qabul boʻlimiga kirib yoʻllanmasini olib kelgan tarbiyalanuvchini yon tarafida “Amal”dan “Tasdiqlash” yoki “Rad etish” tugmasi mavjud. Tarbiyalanuvchini Maktabgacha taʼlim tashkilotiga qabul qilish uchun “Tasdiqlash tugmasi bosilib, buyruq raqami va buyruq sanasini kiritish oynasi ochiladi. Ochilgan oynaga buyruq raqami kiritiladi va tizimda avtomatik ravishda bugungi sana belgilanadi. Tasdiqlash uchun “Qoʻshish” tugmasi bosiladi.

“Eslatma” oynasiga nima sababdan rad etilayotganligi sababi yoziladi hamda buyruq sanasi tizimda avtomatik ravishda sana belgilanadi va “Qoʻshish” tugmasi bosiladi. Qarorni bekor qilish uchun “Bekor qilish” tugmasi bosiladi.

Maktabgacha taʼlim tashkilotiga faqat 15 ish kuni muddati oʻtmagan hamda yoʻllanmasini olib kelgan bolalar qabul qilinadi!

Amallar toʻgʻri va toʻliq bajarilganidan soʻng, “Tarbiyalanuvchilar” boʻlimidan qabul qilingan tarbiyalanuvchini haqida maʼlumotni koʻrish mumkin. “Safga kirgan” tarbiyalanuvchi yoʻllanmada koʻrsatilgan guruhga avtomatik ravishda qoʻshiladi.

“Rad etish” tugmasi bosilganda keyin oyna ochiladi:


Elektron dasturi lavozim yaratish va xodimlar maʼlumotlarini kiritish.

Xodimlar boʻlimida, xodim maqomlari oynasida kerakli maqomni tanlang:

  • Ishlaydi

  • Boʻshatilgan

  • Dekret

  • Taʼtil

  • Kasallik taʼtili


Agar “ishlaydi” maqomini tanlash, ushbu tashkilotda ishlaydigan xodimlarni va shunga mos ravishda identifikatsiya raqamini, lavozimini, F.I.Sh, JSHSHIR, stavkasi, maqomi va amallarni koʻrish mumkin. Bunday holda, bir vaqtning oʻzida xodimning "maqomi" uchun bir nechta variantni tanlash mumkin boʻladi.

Agar kerakli xodimning F.I.Sh bosilsa, xodim haqidagi maʼlumotni va ushbu xodimning fotosuratini koʻrish mumkin. "Tahrirlash" tugmasidan foydalanib, xodim haqidagi maʼlumotlarni oʻzgartira olasiz hamda "saqlash" tugmasini bosing.

«Xodimning fotosuratini bosish orqali kattalashtirish, oʻchirish yoki oʻzgartirish mumkin. “Amal” orqali kerakli xodimning maqomini belgilasa boʻladi.

"Amal" tugmasi xodimni ishdan boʻshatish, uni dekretga qoʻyish, maqomni oʻzgartirish, taʼtil yoki kasallik taʼtilini olish imkoniyatini oʻz ichiga oladi.

Ushbu amallarning har birini tanlash tegishli modal oynani ochadi.. "Ishdan boʻshatish" yoki "dekret" harakatini tanlaganda, quyidagi modal oyna ochiladi, unda buyruq raqamini va ishdan boʻshatish (dekretga chiqarilgan) sanasini koʻrsatish kerak:

"Maqomni oʻzgartirish" amalini tanlaganda, quyidagi modal oyna ochiladi, unda buyuq raqamini va xodimning stavkasini (toʻliq yoki qisman) koʻrsatish kerak:

"Taʼtil" yoki "kasallik taʼtillari" harakatini tanlaganda, quyidagi modal oyna ochiladi, bu erda buyruq raqamini, taʼtilning boshlanish va tugash sanasini (kasallik taʼtilini) koʻrsatish kerak.

Tahrirlash tugmasi bosilganda kiyengi oyna ochadi

Ochilgan oynada xodimning barcha maʼlumotlardan keraklisini oʻzgartirib, “saqlash” tugmasi bosiladi.


Xodimlar lavozimlari bilan ishlash

“Harakatlar” orqali xodimni lavozimga tayinlash yoki lavozimni yopishni
quyidagi jadvalda amalga oshirish mumkin.

"Xodimni tayinlash" harakatini tanlaganda, xodimning JSHSHIR (14 xonali raqam) ni koʻrsatish kerak boʻlgan sahifaga yoʻnaltiriladi. JSHSHIR va raqamini kiritgandan soʻng, maydonning oʻng tomonidagi qidirish tugmasini bosish kerak.

"Qidiruv" tugmachasini bosgandan soʻng, chap tomonda xodimni tayinlash uchun toʻldirish shakli ochiladi va oʻng tomonda JSHSHIR kiritilgan xodimning umumiy maʼlumotlari. Xodimni tayinlash varaqasida ishga kelgan buyruq raqami va sanasini kiritish kerak.

Sahifaning yuqori oʻng burchagida "lavozim yaratish" tugmasi mavjud. Ushbu tugmani bosganda, lavozimni va xodimning stavkasini (toʻliq yoki qisman) tanlash kerak boʻlgan modul oyna ochiladi.

“lavozimni yopish” amalini tanlaganda qarorni “tasdiqlash” yoki “bekor qilish” uchun modal oyna ochiladi.

Mavzu yuzasidan savollar:




1

Bolalar bogʻchasi tizimiga kirish uchun ?


(brauzer orqali www.bbit.uz manzili orqali kiriladi.

2

“Bolalar bogʻchasi” dasturining amaliyotga tatbiq etilishdan maqsadi-bu?


Korrupsiyani yoʻq qilish. Qogʻozbozlikning oldini olish. Markazlashgan avtomatlashtirilgan tizimga oʻtish.Statistik maʼlumotlarning toʻgʻriligini taʼminlash

3

“Bolalar bogʻchasi” dasturining vazifalari?


Ota-onalar farzandlarini onlayn navbatga qoʻyish va joylashtirish.MTTlarga tarbiyalanuvchilarni onlayn qabul qilish. MTTlar faoliyatini nazorat qilish.

4

e.imzo orqali kirishda qanday amal bajariladi?

Login va Parol teriladi.

5

bbit.uz sayti qanday ximoyalangan?

Login va Parol oqali?









OʻZ-OʻZINI TEKSHIRISH UCHUN TEST SAVOLLARI

1

Platforma (frans. plate-forme, plat — yassi va forme — ?

ijtimoiy tashkilotlar tomonidan olgʻa suriladigan siyosiy dastur

Klaviatura va tizimli blok

Monitor va qattiq disk

Klaviatura va printer

1

2

Taʼlim jarayonida platformalardan foydalanishda..?

yangi rivojlanish yoʻllarini topadi va yuqori natijalarga erishishga yordam beradi

Tizimli blok

Protsessor

Tezkor xotira

1

3

Kompyuterda maʼlumotlarni saqlovchi va toʻplovchi asosiy qurilma qanday nomlanadi?

Qattiq disk yoki vinchester

Tizimli blok

Protsessor

Tezkor xotira

1

4

Foydalanuvchi tomonidan axborotlarni kompyuterga kirituvchi asosiy qurilmalar hisoblanadi?

Klaviatura va sichqon

Klaviatura va tizimli blok

Monitor va qattiq disk

Klaviatura va printer

1

4

Quyidagi texnologiyalarning qaysi birlari orqali Internet tarmogʻiga simsiz ulanish mumkin?

*WiFi, WiMax

Dial-UP

ADSL

Sputnik

1

5

Bolalik akademiyasiga qanday kiriladi?

mdomoi.uz login va parol

Login va parol

Mygov.uz

Id.uz

1

6

“Bolalik Akademiyasi” platformasining maqsadi nima edi?

Bolalar savodxonligi, koʻngilochar videolar yosh avlodni shakllantirishdan iborat

Mashqlar olib borish

Raqamli tugmalarni ishga tushiradi

Axborot joʻnatish roʻyxatini boshqaruvchi dastur

1

7

“Bolalar bogʻchasi” axborot tizimi elektron dasturi imkoniyatlari?

Bolalarni roʻyxatga olish va roʻyxatdan chiqarish

Faqat roʻyxatga olish

Faqat roʻyxatdan chiqarish

Imkoniyatlar mavjud emas

1

8

“Bolalar bogʻchasi” axborot tizimi elektron xavfsizligi qanday taʼminlangan?

Login va parol

login

parol

Himoya mavjud emas

1

9

Axborotlarning eng kichik oʻlchov birligi

Bit

Kbayt

Bayt

GBayt

1

10

“Bolalar bogʻchasi” axborot tizimi elektron tizimiga kim javobgar?

MTT rahbari

Barcha xodimlar

AKT mutaxassisi

Metodist

1

11

“Bolalar bogʻchasi” axborot tizimi Tahrirlash"boʻlimi qanday imkoniyatlarni beradi?

Barcha xodimlar toʻgʻrisidagi malimotni oʻzgartirib “saqlash” tugmasini bosasiz

Imkoniyat mavjud emas

Hujjatlar majmui

platforma

1

12

“Bolalar bogʻchasi” dasturining vazifalariga quyidagilar kiradi?


Ota-onalar farzandlarini onlayn navbatga qoʻyish va joylashtirish,MTTlarga tarbiyalanuvchilarni onlayn qabul qilish.

MTTlar faoliyatini nazorat qilish.

Ota-onalar farzandlarini onlayn navbatga qoʻyish va joylashtirish,

MTTlarga tarbiyalanuvchilarni onlayn qabul qilish.

MTTlar faoliyatini nazorat qilish.

1

13

Bulutli dasturlar texnologiyasi — ?

bu Internetga asoslangan platforma

Tezkor xotira

Tizimli blok

Raqamli tugmalarni ishga tushiradi

1

14

Internet soʻzining maʼnosi bu-?

(lotincha: inter – aro va net – tarmoq)

Barcha dasturlar majmui

Hujjatlar majmui

platforma


15

Internet tizimi qachon paydo boʻldi?

20-asr. 60-yillarida paydo boʻldi.

19 asr 80 yillar

17-asr

15-asr

1

16

Kasbiy faoliyatda zarur maʼlumotlarni izlash uchun nimalardan foydalaniladi?

Internet brauzerlar

Raqamli tugmalardan

Apple

Axborot joʻnatish roʻyxatini boshqaruvchi dastur

1

17

Quyidagi texnologiyalarning qaysi birlari orqali Internet tarmogʻiga simsiz ulanish mumkin?

WiFi, WiMax

Dial-UP

ADSL

Sputnik

1

18

Internetning asosiy, ishonchli bayonnomasi?

TCP/IP

SMTP

HTTP

FTP

1

19

Tarmoqda fayllarni uzatish bayyonnomsi?

FTP

TCP/IP

SMTP

HTTP

1

20

WWW- nima?

Internet tarmogʻidagi axborot tizimi

Internet tarmogʻi protokoli

Web sayt manzili

Axborot joʻnatish roʻyxatini boshqaruvchi dastur

1

21

Bulutli texnologiyaning kamchiligi bu?

doimiy internet tarmogʻi bilan aloqada boʻlishi lozim

Kamchiligi yoʻq

Axborotlarni olishda

Axborotni joylashtirishda

1

22

tools.pdf24 foydalanish usullari?

Avvalo internet brouazeri orqali kirish kerak

Maʼlumotlarni oʻchiradi

Maʼlumotlarni qayta tikladi

Video maʼlumotlar olish

1

23

tools.pdf24 объединить PDF orqali qanday ammalar bajariladi?

PDF fayllarni qoʻshish

Bunday ilova yoʻq

Xech qanday ammalar bajarib boʻlmaydi

Word dasturiga oʻtkazadi


24

tools.pdf24 sayti orqali PDF fayllarni Word fayllarga oʻtkazish mumkinmi?

Mumkin

Mumkin emas

Bunday ilova mavjud emas

Imkoni yoʻq


25

Smallpdf.com sayti orqali PDF fayllarni Word faylga oʻtkazish mumkinmi?

Mumkin

Mumkin emas

Bunday ilova mavjud emas

Imkoni yoʻq

1

26

Smallpdf.com saytiga qanday kirish mumkin?

Internet brauzerlari orqali

Portfolio orqali

Mail.ru

Mdomoi.uz


27

Google drive dasturida soʻrovnoma yaratish uchun birinchi qaysi boʻlimdan foydalanamiz?

Google form

Google disk

Axborotlarni olishda

Axborotni joylashtirishda

1

28

Inretnet brauzerlarini koʻrsating?

Google chrome,Yandex,Opera

My.mdomoi.uz

Id.uz

Pf.mdomoi.uz

1

29

mdomoi.uz platformasi qachon tashkil qilingan?

2019-yil

2018-yil

2020-yil

2021-yil

1

30

Portfolio-(ingl?

portfel, zarur ishlar va hujjatlar uchun papka

Tizim

Maʼlumotlar bazasi

Maʼlumotlar ombori

1

31

“Portfolio” tushunchasi..... asrlarda Gʻarbiy Yevropadan kirib kelgan

XV-XVI

V-VII

X-XX

IX-X”

1

32

Elektron portfolio………afzalligi?

zamonaviyligi,tezkorligi ,effektivligi”

tezkorligi

Ahamiyatsiz

Tizimlar aro

1

33

Portfolio tizmiga qanday kirish mumkin

Login,parol orqali

Parol orqali,

Login parolsiz

Login parolsiz

1

34

Portfolio tizmi qanday himoyalanadi?

Login,parol orqali

Tarmoqlar asosida

Maʼlumotlar bazasi orqali

Tizmlar aro

1

35

Port foli tizimiga maʼlumot joylashda hajmi … dan oshmasligi kerak?

1Mb

2Mb

3Mb

4Mb

1

36

“Portfolio” tushunchasi..... asrlarda Gʻarbiy Yevropadan kirib kelgan

XV-XVI

V-VII

X-XX

IX-X”

1

37

Hujjatlar, ish namunalari, fotosuratlar, taqdim etilayotgan materiallar, mutaxassis xizmatlari toʻplamidan iborat tushunchani toping.

Portfolio

Taqdimot

Hisobot

Amaliyot


38

Portfolioni birinchi boʻlib qaysi kasb egalari ishlatgan?

Arxitektorlar

Biznesmenlar

Fotograflar

Oʻqituvchilar


39

Qaysi portfolio ahamiyat faoliyatdagi yutuqlarni tasdiqlovchi hujjatlarga qaratiladi?

yutuqlar portfoliosi

taqdimot portfoliosi

hisobot koʻrinishidagi portfolio

majmuaviy portfolio


40

Qaysi portfolio pedagogning eng yaxshi ishlari toʻplami, yangi ishga kirayotganda, suhbatdan oʻtish uchun yoki turli tanlovlarda qatnashish uchun kerak boʻladi?

taqdimot portfoliosi

yutuqlar portfoliosi

hisobot koʻrinishidagi portfolio

majmuaviy portfolio


41

Qaysi portfolio biror-bir loyiha ishini tugatayotgan vaqtda bajarilgan ishlar va erishilgan yutuqlar haqida maʼlumot beradi?

hisobot koʻrinishidagi portfolio

yutuqlar portfoliosi

taqdimot portfoliosi

majmuaviy portfolio


42

Qaysi portfolio boshqa portfolio koʻrinishlarini qamrab oladi va oʻqituvchi portfoliosini namoyish etishga xizmat qiladi?

majmuaviy portfolio

hisobot koʻrinishidagi portfolio

yutuqlar portfoliosi

taqdimot portfoliosi


43

Elektron portfolio tizimida shaxsiy kabinetga kirish uchun…. zarur boʻladi

Login va parol

Elektron kalit

Elektron imzo

Faqat login





























ADABIYOTLAR VA MANBALAR ROʻYXATI

  1. Oʻzbekiston Respublikasining ―Taʼlim toʻgʻrisidagi Qonuni. 2020-yil 23-sentyabr. OʻRQ-637 sonli

  2. Oʻzbekiston Respublikasining ― Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisidagi Qonuni. 2019-yil 16-dekabr OʻRQ-595 sonli

  3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026-yillarga moʻljallangan yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-60-sonli farmoni

  4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PQ-4312-sonli qarori

  5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-oktyabrdagi “Internet jahon axborot tarmogʻida milliy kontentni rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 888-son Qarori.

  6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi “Maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 391-son Qarori.

  7. A.V.Shin. Oʻzbekiston Respublikasida maktabgacha taʼlim tizimini rivojlantirish va samaradorligini oshirishning tashkiliy-pedagogik asoslari. Ped.fan. doktori dis.avtoreferat – T.: 2022. -10 b.

  8. Aripov M. va boshqlar.Axborot texnologiyalari.-Toshkent, 2009.

  9. Gʻulomov S., Alimov R. va boshqalar. Axbotor tizimlari va texnologiyalari. -T.: Sharq nashriyoti, 2000.

  10. ZiyoNet axborot taʼlim portali -www.ziyonet.uz.

  11. Infocom.uz elektron jurnali sayti — www.infocom.uz.

  12. Bolalik akadimyasi platformasi — Bolakadim.uz

  13. Elektron portfolio- my.mdomoi.uz


TARQATMA MATERIALLAR

T-sxema topshirigʻi

Fikr mulohazalar toʻgʻri boʻlsa “Ha” notogʻri boʻlsa “yoʻq”

ustunlarga “+” ishorasini qoʻying

Ha

Fikr –mulohaza

yoʻq


Autentifikatsiya – MOODLE tizimiga kirishda foydalanuvchini identifikatsiya qilishning turli uslublari.



Login yoki parolni tiklash uchun foydalanuvchidan roʻyxatga olish jarayonida kiritgan e-mail manzilini kiritish talab etilmaydi.



Seminar– oʻquv elementi talabalar ishini oʻzaro baholash, jamgʻarish, koʻrib chiqish hamda taqriz berish imkonini yaratadi.



Parolmaydoni – tizimga kirish uchun ishlatiladeyiladigan login hisoblanib, faqatgina lotin harflaridan foydalaniladi.



Chat (Chat) – elementi kurs ishtirokchilari oʻrtasida oʻzaro yozma muloqot qilish imkonini yaratadi.



Login – tizimga kirish uchun ishlatiladeyiladigan maxfiy kalit boʻlib, unga kamida bitta katta va kichik lotin harflari, bitta raqam va bitta tinish belglaridan foydalanish zarur. Maxfiy kalit uzunligi 8 ta belgidan kam boʻlmasligi talab etiladi.



SCORM – elementi oʻquv obyektlari uchun muvofiqlikda kelishilgan standart fayllar toʻplamini oʻzida mujassam etgan boʻlib, ular arxiv fayl koʻrinishida boʻladi.



O polzovatele bandi orqali foydalanuvchi tizim foydalanuvchilari bilan xabar almashishlari mumkin.



Soobщeniya bandi orqali esa foydalanuvchiga tegishli boʻlgan barcha shaxsiy maʼlumotlarni koʻrish mumkin.



Agar siz avtorizatsiyadan oʻtgan boʻlsahgiz registratsiya qilingan foydalanuvchi sifatida tizimga kirasiz, aks holda mehmon sifatida tizimga kirasiz.






T-sxema topshirigʻi

Fikr mulohazalar toʻgʻri boʻlsa “Ha” notogʻri boʻlsa “yoʻq”

ustunlarga “+” ishorasini qoʻying

Ha

Fikr –mulohaza

yoʻq


“E-kommunal.uz” portali – kommunal xoʻjalik sohasidagi umumiy axborot infratuzilmasi



25 mingdan ziyod meʼyoriy hujjatlarni erkin foydalanish uchun yigʻgan Oʻzbekiston Milliy qonunchilik bazasi lex.uz.



Chet el fuqarolarining Oʻzbekistonga viza rasmiylashtirishlari uchun onlayn-soʻrovnoma mfa.uz da joylashgan



Portfolio (ingl. portfolio – portfel, zarur ishlar va xujjatlar uchun papka) – bu xujjatlar, ish namunalari, fotosuratlar, taqdim etilayotgan imkoniyatlarni tasavvur eta olish imkoniyatini beruvchi materiallar, mutaxassis xizmatlari toʻplami.



Portfolio – rahbar va pedagogning professional faoliyatida egallagan turli masalalarni hal eta olish malakalarini koʻrsatuvchi shuningdek pedagogning profesionallik darajasini baholashga qaratilgan materiallar toʻplamidir



Portfolio — shu portfolio egasining oʻquv, ijodiy, ijtimoiy, muloqot kabi turli faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha erishgan yutuqlari bilan tanishish imkoniyatini beradi.



Portfolio – turli faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha biror vaqt oraligʻida erishilgan kasbiy yutuqlar aks ettirilgan va baho beriladigan individual papkadir.



Yutuqlar portfoliosi – ushbu portfolioda ahamiyat faoliyatdagi yutuqlarni tasdiqlovchi xujjatlarga qaratiladi.



Taqdimot portfoliosi – rahbarning eng yaxshi ishlari toʻplami. Ushbu portfolio yangi ishga kirayotganda, suhbatdan oʻtish uchun yoki turli tanlovlarda qatnashish uchun kerak boʻladi.



Hisobot koʻrinishidagi portfolio – biror-bir loyiha ishini tugatayotgan vaqtda bajarilgan ishlar va erishilgan yutuqlar haqida maʼlumot beruvchi portfolio.



Majmuaviy portfolio – yuqorida koʻrsatilgan portfolio koʻrinishlarini qamrab oladi va rahbar va pedagog portfoliosini namoyish etishda kerak boʻladi.








ATAMALAR IZOHLI LUGʻATI

Термин

Ўзбек тилидаги шарҳи

Xodimni qoʻshish

Янги ходимни базага қўшиш.

Qabul”

Qabul” бўлимига ўтилганда юқоридаги ойна пайдо бўлади. У ердан “Ochiq” ҳолатга турган болани гуруҳга қабул қилиш учун боланинг исми, отасининг исми ва фамилияси кўрсатилган қатор устига сичқончанинг ўнг тугмаси босилади ва натижада болани қайси гуруҳга қабул қилинганлиги тўғрисидаги маълумотни киритиш учун “Tahrirlash” тугмасини босамиз, натижада қуйидаги ойна ҳосил бўлади.

Saqlash”

Натижани сақлаш учун босиладиган тугмача

Izoh

Болани МТTга қабул қилинганлиги тўғрисидаги буйруқ рақамини ва санасини киритиб, “Saqlash” тугмасини босамиз ва бола МТМга қабул қилинганлиги тасдиқланади.




46


-80%
Курсы дополнительного образования

Ландшафтный дизайн

Продолжительность 72 часа
Документ: Cвидетельство о прохождении курса
4000 руб.
800 руб.
Подробнее
Скачать разработку
Сохранить у себя:
“rahbarning shaxsiy axborot maydonini loyihalash” (12.4 MB)

Комментарии 0

Чтобы добавить комментарий зарегистрируйтесь или на сайт