Меню
Разработки
Разработки  /  Психологу  /  Презентации  /  Прочее  /  Psixologiyada shaxs tushunchasi va jamiyat muammosi

Psixologiyada shaxs tushunchasi va jamiyat muammosi

Odam dunyoga odam bo`lib keladi. Sub’ektning odam zotiga mansubligi individ tushunchasida ifoda qilinadi. Hayvon bolasi esa dunyoga kelgan kunidanoq hayotining oxirigacha jonzot deb yuritiladi. «Individ» tushunchasida kishining nasl-nasabi ham mujassamlashgan. Yangi tug`ilgan chaqaloqni ham, katta Yoshdagi odamni ham, mutaffakkirni ham, aqli zaif ovsarni ham, yovvoyi odamni ham, madaniyatli mamlakat kishisini ham individ deb hisoblash mumkin. Individ sifatida dunyoga kelgan kishi alohida ijtimoiy fazilat kashf etadi, Shaxs bo`lib yetishadi. Psixologiyada individ tomonidan amaliy faoliyat va munosabatlar jarayonida hosil qilinadigan hamda ijtimoiy munosabatlarning individga ta’sir o`tkazish darajasi va sifatini belgilaydigan tarzdagi ijtimoiy fazilatlar majmuasi Shaxs tushunchasida ifodalanadi. Ijtimoiy munosabatlar tizimini o`zida mujassamlashtirgan sub’ekt bo`lish degan ma’noni anglatadi. Akademik I.P. Pavlov iborasi bilan aytganda, odam hayotining ilk davri tirik mavjudodlikdir. Bu tirik mavjudod dunyoga kelgandan keyin ijtimoiy taraqqiyot jarayonida Shaxs sifatida shakllanadi. Agar tirik mavjudod sifatida odam dunyoga kelgach ijtimoiy muhit va ijtimoiy taraqiyotdan chetda qolsa, unda Shaxslik (odamlik) sifatlari na paydo bo`ladi, na taraqqiy etadi. Kishilik jamiyatidan tashqarida voyaga yetgan odam birinchi bor odamlarga duch kelib, biologik xos individual xususiyatlardan bo`lak hech qanday, kelib chiqishi jihatidan hamisha ijtimoiy - tarixiy xarakter kasb etadigan Shaxsiy fazilatlarga ega ekanligini namoyon qila olmaydi, balki tevarak atrofdagi odamlar mabodo uni birgalikdagi faoliyat va munosabat jarayoniga «torta olishgan» taqdirda ularni paydo bo`lishi uchun zarur tabiiy shart-sharoitlargagina ega bo`ladi. Hayvonlar orasida tarbiyalangan bolalar tajribasini o`rganish bu vazifani amalga oshirishning g`oyat darajada murakkabligidan dalolat beradi.
21.02.2020

Содержимое разработки

Chirchiq davlat pedagogika instituti talabasi Eshbayeva Zeboxon  “Umumiy psixologiya” fanidan  Psixologiyada shaxs tushunchasi va jamiyat muammosi mavzusida   MUSTAQIL ISHI       Navoiy - 2020

Chirchiq davlat pedagogika instituti talabasi Eshbayeva Zeboxon “Umumiy psixologiya” fanidan Psixologiyada shaxs tushunchasi va jamiyat muammosi mavzusida MUSTAQIL ISHI

Navoiy - 2020

Psixologiyada shaxs tushunchasi va jamiyat muammosi Reja: Individ va shaxs tushunchalari. Odamda biologik va ijtimoiy muammo. Shaxsning tuzilishi. Shaxsning yo’nalishi. Faoliyatning tuzilishi va turlari. Ko’nikma va malakalarning shakllanishi.

Psixologiyada shaxs tushunchasi va jamiyat muammosi

Reja:

  • Individ va shaxs tushunchalari.
  • Odamda biologik va ijtimoiy muammo.
  • Shaxsning tuzilishi.
  • Shaxsning yo’nalishi.
  • Faoliyatning tuzilishi va turlari.
  • Ko’nikma va malakalarning shakllanishi.
Individ va Shaxs tushunchalari. Odam dunyoga odam bo`lib keladi. Sub’ektning odam zotiga mansubligi individ tushunchasida ifoda qilinadi. Hayvon bolasi esa dunyoga kelgan kunidanoq hayotining oxirigacha jonzot deb yuritiladi. «Individ» tushunchasida kishining nasl-nasabi ham mujassamlashgan. Yangi tug`ilgan chaqaloqni ham, katta Yoshdagi odamni ham, mutaffakkirni ham, aqli zaif ovsarni ham, yovvoyi odamni ham, madaniyatli mamlakat kishisini ham individ deb hisoblash mumkin. Individ sifatida dunyoga kelgan kishi alohida ijtimoiy fazilat kashf etadi, Shaxs bo`lib yetishadi. Psixologiyada individ tomonidan amaliy faoliyat va munosabatlar jarayonida hosil qilinadigan hamda ijtimoiy munosabatlarning individga ta’sir o`tkazish darajasi va sifatini belgilaydigan tarzdagi ijtimoiy fazilatlar majmuasi Shaxs tushunchasida ifodalanadi. Ijtimoiy munosabatlar tizimini o`zida mujassamlashtirgan sub’ekt bo`lish degan ma’noni anglatadi. Akademik I.P. Pavlov iborasi bilan aytganda, odam hayotining ilk davri tirik mavjudodlikdir. Bu tirik mavjudod dunyoga kelgandan keyin ijtimoiy taraqqiyot jarayonida Shaxs sifatida shakllanadi. Agar tirik mavjudod sifatida odam dunyoga kelgach ijtimoiy muhit va ijtimoiy taraqiy o tdan chetda qolsa, unda Shaxslik (odamlik) sifatlari na paydo bo`ladi, na taraqqiy etadi. Kishilik jamiyatidan tashqarida voyaga yetgan odam birinchi bor odamlarga duch kelib, biologik xos individual xususiyatlardan bo`lak hech qanday, kelib chiqishi jihatidan hamisha ijtimoiy - tarixiy xarakter kasb etadigan Shaxsiy fazilatlarga ega ekanligini namoyon qila olmaydi, balki tevarak atrofdagi odamlar mabodo uni birgalikdagi faoliyat va munosabat jarayoniga «torta olishgan» taqdirda ularni paydo bo`lishi uchun zarur tabiiy shart-sharoitlargagina ega bo`ladi. Hayvonlar orasida tarbiyalangan bolalar tajribasini o`rganish bu vazifani amalga oshirishning g`oyat darajada murakkabligidan dalolat beradi.

Individ va Shaxs tushunchalari.

  • Odam dunyoga odam bo`lib keladi. Sub’ektning odam zotiga mansubligi individ tushunchasida ifoda qilinadi. Hayvon bolasi esa dunyoga kelgan kunidanoq hayotining oxirigacha jonzot deb yuritiladi. «Individ» tushunchasida kishining nasl-nasabi ham mujassamlashgan. Yangi tug`ilgan chaqaloqni ham, katta Yoshdagi odamni ham, mutaffakkirni ham, aqli zaif ovsarni ham, yovvoyi odamni ham, madaniyatli mamlakat kishisini ham individ deb hisoblash mumkin.
  • Individ sifatida dunyoga kelgan kishi alohida ijtimoiy fazilat kashf etadi, Shaxs bo`lib yetishadi. Psixologiyada individ tomonidan amaliy faoliyat va munosabatlar jarayonida hosil qilinadigan hamda ijtimoiy munosabatlarning individga ta’sir o`tkazish darajasi va sifatini belgilaydigan tarzdagi ijtimoiy fazilatlar majmuasi Shaxs tushunchasida ifodalanadi.
  • Ijtimoiy munosabatlar tizimini o`zida mujassamlashtirgan sub’ekt bo`lish degan ma’noni anglatadi.
  • Akademik I.P. Pavlov iborasi bilan aytganda, odam hayotining ilk davri tirik mavjudodlikdir. Bu tirik mavjudod dunyoga kelgandan keyin ijtimoiy taraqqiyot jarayonida Shaxs sifatida shakllanadi.
  • Agar tirik mavjudod sifatida odam dunyoga kelgach ijtimoiy muhit va ijtimoiy taraqiy o tdan chetda qolsa, unda Shaxslik (odamlik) sifatlari na paydo bo`ladi, na taraqqiy etadi.
  • Kishilik jamiyatidan tashqarida voyaga yetgan odam birinchi bor odamlarga duch kelib, biologik xos individual xususiyatlardan bo`lak hech qanday, kelib chiqishi jihatidan hamisha ijtimoiy - tarixiy xarakter kasb etadigan Shaxsiy fazilatlarga ega ekanligini namoyon qila olmaydi, balki tevarak atrofdagi odamlar mabodo uni birgalikdagi faoliyat va munosabat jarayoniga «torta olishgan» taqdirda ularni paydo bo`lishi uchun zarur tabiiy shart-sharoitlargagina ega bo`ladi. Hayvonlar orasida tarbiyalangan bolalar tajribasini o`rganish bu vazifani amalga oshirishning g`oyat darajada murakkabligidan dalolat beradi.
Odam boshqalar bilan munosabatda bo`lgandagina unda ong paydo bo`ladi va psixik hayot muayyan mazmun kasb etadi. O`z – o`zini anglash odam ongining yuksak belgisidir. Bu belgi odamning sub’ektiv ravishda o`zini «men» deb his qilishida namoyon bo`ladi. Odam o`z tevarak-atrofidagi olamdan ajralgan holda o`z «men»ini anglay olmaydi, chunki odam ongining real voqelik in’ikosidir. Shaxs hamma vaqt muayyan maqsadni ko`zlaydi va unga intiladi. Bunda Shaxsning o`zini anglashini mazmuni ifodalanadi. Odam hayotini busiz tasavvur qilish mumkin emas. «Individ» va «Shaxs» tushunchalarining bir biriga mos kelmasligi va aynan o`xshash emasligi faktidan shu narsa ayonki, Shaxs tushunchasi birgalikdagi faoliyatning har bir ishtirokchisi uchun ushbu faoliyatning mazmuni, qadriyatlari va mohiyati orqali namoyon bo`ladigan Shaxslararo barqaror bog`lanishlar tizimidagina anglanilishi mumkin. Tashqaridan shunchaki qaraganda bu sub’ek-sub’ekt munosabatidek ko`rinadi, chuqurroq yondoshadigan bo`lsak bevosita sub’ekt-sub’ek aloqasi shunchaki o`zicha mavjud bo`lishidan ko`ra ko`proq allaqanday ob’ektlar (moddiy yoki xayoliy) vositasida namoyon bo`lishi aniqlanadi. Bu individning boshqa individga munosabati faoliyat ob’ekti (sub’ekt-ob’ekt-sub’ekt) orqali namoyon bo`ladi, demakdir. Aytganlarning hammasi Shaxsni faoliyatda va munosabatda tarkib topadigan individlararo (sub’ekt-ob’ekt-sub’ektlararo va sub’ekt-sub’ekt-ob’ektlararo) munosabatlarning nisbatan barqaror tizimi sub’ekti sifatida anglab yetish imkonini beradi.
  • Odam boshqalar bilan munosabatda bo`lgandagina unda ong paydo bo`ladi va psixik hayot muayyan mazmun kasb etadi. O`z – o`zini anglash odam ongining yuksak belgisidir. Bu belgi odamning sub’ektiv ravishda o`zini «men» deb his qilishida namoyon bo`ladi. Odam o`z tevarak-atrofidagi olamdan ajralgan holda o`z «men»ini anglay olmaydi, chunki odam ongining real voqelik in’ikosidir.
  • Shaxs hamma vaqt muayyan maqsadni ko`zlaydi va unga intiladi. Bunda Shaxsning o`zini anglashini mazmuni ifodalanadi. Odam hayotini busiz tasavvur qilish mumkin emas.
  • «Individ» va «Shaxs» tushunchalarining bir biriga mos kelmasligi va aynan o`xshash emasligi faktidan shu narsa ayonki, Shaxs tushunchasi birgalikdagi faoliyatning har bir ishtirokchisi uchun ushbu faoliyatning mazmuni, qadriyatlari va mohiyati orqali namoyon bo`ladigan Shaxslararo barqaror bog`lanishlar tizimidagina anglanilishi mumkin. Tashqaridan shunchaki qaraganda bu sub’ek-sub’ekt munosabatidek ko`rinadi, chuqurroq yondoshadigan bo`lsak bevosita sub’ekt-sub’ek aloqasi shunchaki o`zicha mavjud bo`lishidan ko`ra ko`proq allaqanday ob’ektlar (moddiy yoki xayoliy) vositasida namoyon bo`lishi aniqlanadi. Bu individning boshqa individga munosabati faoliyat ob’ekti (sub’ekt-ob’ekt-sub’ekt) orqali namoyon bo`ladi, demakdir.
  • Aytganlarning hammasi Shaxsni faoliyatda va munosabatda tarkib topadigan individlararo (sub’ekt-ob’ekt-sub’ektlararo va sub’ekt-sub’ekt-ob’ektlararo) munosabatlarning nisbatan barqaror tizimi sub’ekti sifatida anglab yetish imkonini beradi.
Har bir kishining Shaxsi uning individualligini vujudga keltiradigan xislatlar va fazilatlarning faqat unga xos birikuvidan tarkib topgandir. Individuallik o`ziga xosligini, uning boshqa odamlardan farqini aks ettiruvchi psixologik fazilatlar birikmasidir. «Individ» va «Shaxs» tushunchalari bir biriga o`xshash bo`lmagani singari, o`z navbatida Shaxs va individuallik ham birlikni tashkil qiladi, lekin ular bir-biriga o`xshash emasdir. Muayyan sotsial birlik uchun yetakchi faoliyatga ko`proq darajada «jalb qilingan» individual fazilatlargina Shaxsning xususan o`ziga xos fazilatlari sifatida yuzaga chiqadi. Misol uchun epchillik va qat’iylik o`spirinning individualligi belgilari bo`lgani holda, jumladan u sportda tuman birinchiligiga da’vogar komandaga qo`shilmaguncha yoki uzoq joylarga turistik sayohat paytida u tezoqar va muzdek daryodan kechib o`tilishini ta’minlash vazifasini o`z zimmasiga olmagunga qadar uning Shaxsini ta’riflaydigan belgi sifatida yuzaga chiqmay keldi. Aynan shu sababli ham pedagog uchun ahamiyatli bo`lgan o`quvchiga individual yondoshishni amalga oshirish vazifasini ajratib ko`rsatish kerak. Bu esa o`quvchining differensial - psixologik xususiyatlari (xotirasi, diqqati, temperamenti, u yoki bu qobiliyatlarining rivojlanganligi va hokazo) ni hisobga olishni, ya’ni o`quvchining o`z tengdoshlaridan nimasi bilan farq qilishi va shu munosabat bilan tarbiyaviy ishni qanday tashkil etish kerakligini aniqlashni taqozo qiladi.
  • Har bir kishining Shaxsi uning individualligini vujudga keltiradigan xislatlar va fazilatlarning faqat unga xos birikuvidan tarkib topgandir. Individuallik o`ziga xosligini, uning boshqa odamlardan farqini aks ettiruvchi psixologik fazilatlar birikmasidir. «Individ» va «Shaxs» tushunchalari bir biriga o`xshash bo`lmagani singari, o`z navbatida Shaxs va individuallik ham birlikni tashkil qiladi, lekin ular bir-biriga o`xshash emasdir. Muayyan sotsial birlik uchun yetakchi faoliyatga ko`proq darajada «jalb qilingan» individual fazilatlargina Shaxsning xususan o`ziga xos fazilatlari sifatida yuzaga chiqadi. Misol uchun epchillik va qat’iylik o`spirinning individualligi belgilari bo`lgani holda, jumladan u sportda tuman birinchiligiga da’vogar komandaga qo`shilmaguncha yoki uzoq joylarga turistik sayohat paytida u tezoqar va muzdek daryodan kechib o`tilishini ta’minlash vazifasini o`z zimmasiga olmagunga qadar uning Shaxsini ta’riflaydigan belgi sifatida yuzaga chiqmay keldi. Aynan shu sababli ham pedagog uchun ahamiyatli bo`lgan o`quvchiga individual yondoshishni amalga oshirish vazifasini ajratib ko`rsatish kerak. Bu esa o`quvchining differensial - psixologik xususiyatlari (xotirasi, diqqati, temperamenti, u yoki bu qobiliyatlarining rivojlanganligi va hokazo) ni hisobga olishni, ya’ni o`quvchining o`z tengdoshlaridan nimasi bilan farq qilishi va shu munosabat bilan tarbiyaviy ishni qanday tashkil etish kerakligini aniqlashni taqozo qiladi.
O`quvchining tafakkuri, irodasi, xotirasi, his-tuyg`ularining individual xislatlarini hisobga olish bilangina cheklanmasdan, balki individning jamoadagi va jamoaning esa uning Shaxsidagi mavqeini aniqlashga yo`naltirilgan yondoshuvgina insonning sotsial bog`lanishlar tizimining Shaxsda namoyon bo`lishi sifatidagi mohiyatini ilmiy anglab olishga mos keladigan Shaxsiy yondoshuv tarzida talqin qilinishi mumkin. Shunday qilib, inson Shaxsining tuzilishi individuallikning tuzilishiga qaraganda keng ekanligi shubhasizdir. Shu boisdan bunga birinchi navbatda, uning individualligini ko`rsatadigan va faqat ehtirosda, ichki qiyofada, qobiliyatlarda va hokazolarda ancha keng ifodalanadigan fazilatlari va umumiy tuzilishigina emas, balki Shaxsning rivojlanish darajasi har xil bo`lgan guruhlarda, ana shu guruh uchun yetakchi hisoblangan faoliyat orqali ifodalanadigan individlararo munosabatlarda o`zini namoyon etishini ham qo`shish shart. Individual- tipik xususiyat Shaxs yashayotgan va shaqllanayotgan birlikning rivojlanishiga va individlararo munosabatlarning bilvosita ifodasi hisoblangan faoliyatning xarakteri, qadriyatlari va maqsadlariga bog`liq tarzda jiddiy ravishda turli xil ko`rinishda namoyon bo`ladi.
  • O`quvchining tafakkuri, irodasi, xotirasi, his-tuyg`ularining individual xislatlarini hisobga olish bilangina cheklanmasdan, balki individning jamoadagi va jamoaning esa uning Shaxsidagi mavqeini aniqlashga yo`naltirilgan yondoshuvgina insonning sotsial bog`lanishlar tizimining Shaxsda namoyon bo`lishi sifatidagi mohiyatini ilmiy anglab olishga mos keladigan Shaxsiy yondoshuv tarzida talqin qilinishi mumkin.
  • Shunday qilib, inson Shaxsining tuzilishi individuallikning tuzilishiga qaraganda keng ekanligi shubhasizdir. Shu boisdan bunga birinchi navbatda, uning individualligini ko`rsatadigan va faqat ehtirosda, ichki qiyofada, qobiliyatlarda va hokazolarda ancha keng ifodalanadigan fazilatlari va umumiy tuzilishigina emas, balki Shaxsning rivojlanish darajasi har xil bo`lgan guruhlarda, ana shu guruh uchun yetakchi hisoblangan faoliyat orqali ifodalanadigan individlararo munosabatlarda o`zini namoyon etishini ham qo`shish shart. Individual- tipik xususiyat Shaxs yashayotgan va shaqllanayotgan birlikning rivojlanishiga va individlararo munosabatlarning bilvosita ifodasi hisoblangan faoliyatning xarakteri, qadriyatlari va maqsadlariga bog`liq tarzda jiddiy ravishda turli xil ko`rinishda namoyon bo`ladi.
Individ rivojlanishining tabiiy shart - sharoitlari, uning jismoniy tuzilishi, nerv va ichki sekretsiya bezlari tizimi, jismoniy tuzilishdagi afzalliklari va nuqsonlari uning individual psixologik fazilatlari shakllanishiga jiddiy ta’sir ko`rsatadi. Lekin biologik xususiyat kishi Shaxsini tarkibiga singib, ijtimoiy omilga aylanib qoladi va keyinchalik ijtimoiy shaqlda (psixologik jihatdan) mavjud bo`ladi. Jumladan, miya patologiyasi individda, uning tuzilishida, uning biologik jihatlari bilan bog`liq, lekin Shaxsiy belgilari hisoblanmish individual psixologik xislatlarni keltirib chiqaradi. Ular ijtimoiy sababiyatlarga (determinatsiyaga) ko`ra Shaxsning konkret fazilatlariga aylanib qolishi ham, aylanmasligi ham mumkin. Tabiiy, tarkibiy jihatlar va belgilar kishi Shaxsining individualligi tuzilishida uning ijtimoiy jihatdan taqozo etilgan qismlari sifatida mavjud bo`ladi. Tabiiy (anatomik, fiziologik va boshqalar) fazilatlar va ijtimoiy xislatlar birlikni tashkil toptiradi va Shaxsning mustaqil kichik tuzilishi sifatida bir-biriga o`zidan - o`zi qarama - qarshi qo`yilishi mumkin emas.
  • Individ rivojlanishining tabiiy shart - sharoitlari, uning jismoniy tuzilishi, nerv va ichki sekretsiya bezlari tizimi, jismoniy tuzilishdagi afzalliklari va nuqsonlari uning individual psixologik fazilatlari shakllanishiga jiddiy ta’sir ko`rsatadi. Lekin biologik xususiyat kishi Shaxsini tarkibiga singib, ijtimoiy omilga aylanib qoladi va keyinchalik ijtimoiy shaqlda (psixologik jihatdan) mavjud bo`ladi. Jumladan, miya patologiyasi individda, uning tuzilishida, uning biologik jihatlari bilan bog`liq, lekin Shaxsiy belgilari hisoblanmish individual psixologik xislatlarni keltirib chiqaradi. Ular ijtimoiy sababiyatlarga (determinatsiyaga) ko`ra Shaxsning konkret fazilatlariga aylanib qolishi ham, aylanmasligi ham mumkin.
  • Tabiiy, tarkibiy jihatlar va belgilar kishi Shaxsining individualligi tuzilishida uning ijtimoiy jihatdan taqozo etilgan qismlari sifatida mavjud bo`ladi. Tabiiy (anatomik, fiziologik va boshqalar) fazilatlar va ijtimoiy xislatlar birlikni tashkil toptiradi va Shaxsning mustaqil kichik tuzilishi sifatida bir-biriga o`zidan - o`zi qarama - qarshi qo`yilishi mumkin emas.
Shaxs tuzilishining uch tarkibiy qismi mavjud:

Shaxs tuzilishining uch tarkibiy qismi mavjud:

Shunday qilib, inson Shaxsining tuzilishi uchta tarkibiy qismdan, uchta kichik tizimdan iboratdir: Shaxsning individualligi, uning Shaxslararo munosabatlar tizimida gavdalanishi hamda Shaxsning o`zi kelib chiqishiga ko`ra individlararo, ijtimoiy aloqalar va munosabatlar sube’kti sifatida mavjud bo`lishidir. Har uchala kichik tuzilish birligi Shaxs obro` - e’tiborida namoyon bo`ladi. Individning Shaxs darajasiga ko`tarilishi ehtiyoji konkret tarixiy shaklda mavjud bo`lib, sinfiy mazmunga egadir. Jamiyatda yashayotgan kishida ta’lim-tarbiya berish ishlari to`g`ri yo`lga qo`yilgan taqdirda ijtimoiy foydali faoliyatda Shaxs darajasiga ko`tarilish ehtiyojining shakllanishi va qondirilishi uchun zarur barcha shart-sharoitlar tarkib topadi.
  • Shunday qilib, inson Shaxsining tuzilishi uchta tarkibiy qismdan, uchta kichik tizimdan iboratdir: Shaxsning individualligi, uning Shaxslararo munosabatlar tizimida gavdalanishi hamda Shaxsning o`zi kelib chiqishiga ko`ra individlararo, ijtimoiy aloqalar va munosabatlar sube’kti sifatida mavjud bo`lishidir.
  • Har uchala kichik tuzilish birligi Shaxs obro` - e’tiborida namoyon bo`ladi.
  • Individning Shaxs darajasiga ko`tarilishi ehtiyoji konkret tarixiy shaklda mavjud bo`lib, sinfiy mazmunga egadir. Jamiyatda yashayotgan kishida ta’lim-tarbiya berish ishlari to`g`ri yo`lga qo`yilgan taqdirda ijtimoiy foydali faoliyatda Shaxs darajasiga ko`tarilish ehtiyojining shakllanishi va qondirilishi uchun zarur barcha shart-sharoitlar tarkib topadi.
Shaxs faolligi va yo`naltirilganligi Kishining tevarak atrofga munosabatda, birgalikdagi va ijodiy faoliyatda namoyon bo`ladigan ijtimoiy ahamiyatga molik o`zgarishlar qilish layoqati Shaxsning faolligi deb tushuniladi.  Bu uning g`oyaviy prinsipialligida, o`z nuqtai nazarini himoya qila olishida, so`zi bilan ishi birligida ifodalanadigan hayotiy pozitsiyasida ko`rinadi. Asrimiz boshlaridayoq venalik psixatr va psixolog Zigmund Freyd (1856-1939) Shaxs faolligi manbai va xarakterining o`zicha talqinini tavsiya qilgan edi. Z.Freyd fikricha kishining faolligi xuddi hayvonlardagi kabi instinktlarga, birinchi navbatda jinsiy, shahvoniy instinktlarga bog`liq emish.

Shaxs faolligi va yo`naltirilganligi

  • Kishining tevarak atrofga munosabatda, birgalikdagi va ijodiy faoliyatda namoyon bo`ladigan ijtimoiy ahamiyatga molik o`zgarishlar qilish layoqati Shaxsning faolligi deb tushuniladi. Bu uning g`oyaviy prinsipialligida, o`z nuqtai nazarini himoya qila olishida, so`zi bilan ishi birligida ifodalanadigan hayotiy pozitsiyasida ko`rinadi.
  • Asrimiz boshlaridayoq venalik psixatr va psixolog Zigmund Freyd (1856-1939) Shaxs faolligi manbai va xarakterining o`zicha talqinini tavsiya qilgan edi. Z.Freyd fikricha kishining faolligi xuddi hayvonlardagi kabi instinktlarga, birinchi navbatda jinsiy, shahvoniy instinktlarga bog`liq emish.
G`arb psixologiyasining, asosan amerikaparast psixologiyaning yana bir nazariy yo`nalishi «Insonparvarlik psixologiyasi» bir qarashda psixoanaliz nazariyasiga zid bo`lib ko`rinsa-da aslida bir biriga yaqin. Karl Rodjers (1902-1987), A. Maslou, Abraham Xarold (1908-1970), Olport Gordon (1897-1967) va boshqalar Shaxs faolligining asosiy sababi kelajakka, o`zligini namoyon qilishga intilishdir deb hisoblaydilar. Dunyoni odamlarning o`zlari o`zgartiradilar, lekin buni ongli ravishda amalga oshirish uchun dastavval uni o`zgartirishda, uni qurishda ishtirok etishga yo`naltirilgan bo`lishi kerakki, bu ish jarayonida Shaxsning o`zi ham o`zgaradi. Hozirgi zamon ilmiy psixologiyasi kishi o`z faolligini faoliyat jarayonida va eng avvalo, birgalikdagi faoliyat jarayonida namoyon qilishi to`g`risidagi qoidani qabul qiladi. Shaxs faolligini va faoliyatini yunaltirib turadigan va mavjud vaziyatlarga nisbatan bog`liq bo`lmagan barqaror motivlar majmui kishi  Shaxsining  yo`naltirilganligi deb ataladi.
  • G`arb psixologiyasining, asosan amerikaparast psixologiyaning yana bir nazariy yo`nalishi «Insonparvarlik psixologiyasi» bir qarashda psixoanaliz nazariyasiga zid bo`lib ko`rinsa-da aslida bir biriga yaqin. Karl Rodjers (1902-1987), A. Maslou, Abraham Xarold (1908-1970), Olport Gordon (1897-1967) va boshqalar Shaxs faolligining asosiy sababi kelajakka, o`zligini namoyon qilishga intilishdir deb hisoblaydilar. Dunyoni odamlarning o`zlari o`zgartiradilar, lekin buni ongli ravishda amalga oshirish uchun dastavval uni o`zgartirishda, uni qurishda ishtirok etishga yo`naltirilgan bo`lishi kerakki, bu ish jarayonida Shaxsning o`zi ham o`zgaradi. Hozirgi zamon ilmiy psixologiyasi kishi o`z faolligini faoliyat jarayonida va eng avvalo, birgalikdagi faoliyat jarayonida namoyon qilishi to`g`risidagi qoidani qabul qiladi. Shaxs faolligini va faoliyatini yunaltirib turadigan va mavjud vaziyatlarga nisbatan bog`liq bo`lmagan barqaror motivlar majmui kishi Shaxsining yo`naltirilganligi deb ataladi.
Motivlar oz yoki ko`p darajada anglangan bo`lishi yoki umuman anglanilmagan bo`lishi ham mumkin. Shaxsning yo`naltirilganligida anglangan motivlar asosiy rol o`ynaydi. Shaxs yo`nalganligining umumiy sifatlariga e’tiborni qaratish lozim. Daraja - bu inson yo`nalishining ijtimoiy mohiyati. Uni faoliyatga undovchi faqat ijtimoiy muhim maqsadlargina Shaxs yo`nalishining yuksak darajasini ta’minlashi va shu tariqa uning barcha sifatlariga ham ijobiy ta’sir ko`rsatishi mumkin. Yo`nalishning kengligi inson o`zini asossiz tarzda hamma narsalarni bilaman, degan o`yga borganida paydo bo`luvchi diletantlik va tarqoqlikka aylanib qolmasligi kerak. Keng yo`nalish qiziqishlarning katta doirasi ichida markaziy, asosiy qiziqish, ya’ni Shaxs kasbiy faoliyatga qarata bajaray o tgan qiziqish bo`lishi kerak. O`quvchilar uchun esa bu ishlab chiqarish mahoratini takomillashtirishdan iborat.
  • Motivlar oz yoki ko`p darajada anglangan bo`lishi yoki umuman anglanilmagan bo`lishi ham mumkin. Shaxsning yo`naltirilganligida anglangan motivlar asosiy rol o`ynaydi. Shaxs yo`nalganligining umumiy sifatlariga e’tiborni qaratish lozim.
  • Daraja - bu inson yo`nalishining ijtimoiy mohiyati. Uni faoliyatga undovchi faqat ijtimoiy muhim maqsadlargina Shaxs yo`nalishining yuksak darajasini ta’minlashi va shu tariqa uning barcha sifatlariga ham ijobiy ta’sir ko`rsatishi mumkin.
  • Yo`nalishning kengligi inson o`zini asossiz tarzda hamma narsalarni bilaman, degan o`yga borganida paydo bo`luvchi diletantlik va tarqoqlikka aylanib qolmasligi kerak. Keng yo`nalish qiziqishlarning katta doirasi ichida markaziy, asosiy qiziqish, ya’ni Shaxs kasbiy faoliyatga qarata bajaray o tgan qiziqish bo`lishi kerak. O`quvchilar uchun esa bu ishlab chiqarish mahoratini takomillashtirishdan iborat.
Yo`nalishning intensivligi uning emotsional jihatdan yorqinligi bilan bog`liqdir. U noaniq, mayldan anglangan istak va faol intilish orqali e’tiqodgacha tebrangan holda ifodalanganlik nihoyatda katta diapozoniga ega bo`lishi mumkin. Shaxs yo`nalishining barqarorligi uning vaqt jihatdan davomiyligi bilan xarakterlanadi. Shaxs yo`nalishining bu sifati birinchi galda iroda ko`rinishi sifatida tirishqoqlik bilan bog`liqdir. Shaxs yo`nalishining ta’sirchanligini faoliyatda yo`nalish maqsadlarini amalga oshirish faolligi belgilaydi.  Insonning yo`nalishi asosida uning ehtiyojlari yotadi. Biologik ehtiyojlar uning organizmidagi ovqatga, havoga, suvga va haroratga bo`lgan zaruratini aks ettiradi. Oziq - ovqat, kiyim turar joy kishilik jamiyatida tarixiy tarkib topgan moddiy ehtiyojlardir. Va, nihoyat, ruhiy, ya’ni bilish, ahloqiy va estetik, ijodiy ehtiyojlardir. Ehtiyojlar emotsiyalar bilan chambarchas bog`liq, chunonchi, zaif ifodalangan ehtiyojlar mayl bilan bog`langan. Shaxs yo`nalishi formalarining iyerarxiyasi ulardan boshlanadi.
  • Yo`nalishning intensivligi uning emotsional jihatdan yorqinligi bilan bog`liqdir. U noaniq, mayldan anglangan istak va faol intilish orqali e’tiqodgacha tebrangan holda ifodalanganlik nihoyatda katta diapozoniga ega bo`lishi mumkin.
  • Shaxs yo`nalishining barqarorligi uning vaqt jihatdan davomiyligi bilan xarakterlanadi. Shaxs yo`nalishining bu sifati birinchi galda iroda ko`rinishi sifatida tirishqoqlik bilan bog`liqdir.
  • Shaxs yo`nalishining ta’sirchanligini faoliyatda yo`nalish maqsadlarini amalga oshirish faolligi belgilaydi.
  • Insonning yo`nalishi asosida uning ehtiyojlari yotadi. Biologik ehtiyojlar uning organizmidagi ovqatga, havoga, suvga va haroratga bo`lgan zaruratini aks ettiradi. Oziq - ovqat, kiyim turar joy kishilik jamiyatida tarixiy tarkib topgan moddiy ehtiyojlardir. Va, nihoyat, ruhiy, ya’ni bilish, ahloqiy va estetik, ijodiy ehtiyojlardir.
  • Ehtiyojlar emotsiyalar bilan chambarchas bog`liq, chunonchi, zaif ifodalangan ehtiyojlar mayl bilan bog`langan. Shaxs yo`nalishi formalarining iyerarxiyasi ulardan boshlanadi.
Mayl u yoki bu darajada oz ifodalangan ehtiyoj oqibatidagi harakat yoki narsaga yo`nalgan, kam differensiyalashgan, aniq bo`lmagan intilishdir. Mayl uchun aniq tushunilgan anglangan maqsadning bo`lmasligi xarakterlidir.  Xohish - yo`nalishning yuksak formasidir. Bunda inson o`zining nimaga intilayotganini, ya’ni o`zining intilishi, maqsadini anglagan bo`ladi. Qiziqish  - predmetga intilishning yanada yuksakroq va anglangan formasi. Biroq bu fakat uni bilishga bo`lgan intilishdan iboratdir. Moyillik - muayyan faoliyatga intilish. Qiziqish va moyillik asosida ideal shakllanadi. Ideal - muayyan, konkret obrazda ifodalangan yo`nalish formasi bo`lib, bu ideal egasi bo`lgan kishi unga o`xshashni istaydi. Dunyoqarash - bu Dunyo, uning qonuniyatlari, insonni o`rab turgan xodisalar, tabiat va jamiyat haqidagi qarashlar, tasavvurlar va tushunchalar sistemasi. Har bir konkret kishining dunyoqarashi oqibat – natijada uning ijtimoiy sharoiti bilan belgilanadi. Inson x atti - h a rakatlarida tafakkur va irodani birga qo`shish dunyoqarashni Shaxs yo`nalishining yuqori shakli - e’tiqodga o`tishiga olib keladi.
  • Mayl u yoki bu darajada oz ifodalangan ehtiyoj oqibatidagi harakat yoki narsaga yo`nalgan, kam differensiyalashgan, aniq bo`lmagan intilishdir. Mayl uchun aniq tushunilgan anglangan maqsadning bo`lmasligi xarakterlidir.
  • Xohish - yo`nalishning yuksak formasidir. Bunda inson o`zining nimaga intilayotganini, ya’ni o`zining intilishi, maqsadini anglagan bo`ladi.
  • Qiziqish - predmetga intilishning yanada yuksakroq va anglangan formasi. Biroq bu fakat uni bilishga bo`lgan intilishdan iboratdir.
  • Moyillik - muayyan faoliyatga intilish. Qiziqish va moyillik asosida ideal shakllanadi.
  • Ideal - muayyan, konkret obrazda ifodalangan yo`nalish formasi bo`lib, bu ideal egasi bo`lgan kishi unga o`xshashni istaydi.
  • Dunyoqarash - bu Dunyo, uning qonuniyatlari, insonni o`rab turgan xodisalar, tabiat va jamiyat haqidagi qarashlar, tasavvurlar va tushunchalar sistemasi. Har bir konkret kishining dunyoqarashi oqibat – natijada uning ijtimoiy sharoiti bilan belgilanadi.
  • Inson x atti - h a rakatlarida tafakkur va irodani birga qo`shish dunyoqarashni Shaxs yo`nalishining yuqori shakli - e’tiqodga o`tishiga olib keladi.
Kishi faoliyat natijasini xayolan oldindan belgilab beradigan maqsadning o`zigina emas, balki ushbu maqsad ahamiyatiga molik ob’ektda ro`yobga chiqishining realligi ham anglanilgan bo`lsa, bu hol Shaxsning istiqboli deb qaraladi. (Perspektiva). Istiqbolni anglash kishiga tabi xiralik, o`z kechinmalariga qarama-qarshi ruhsizlik, tushkunlik holatini keltirib chiqarishi frustratsiya deb ataladi. Bu kishining maqsadiga erishishi yo`lida real tarzda bartaraf etib bo`lmaydigan deb hisoblangan yoki shunday deb idrok etiladigan to`sqinlikka, g`ovlarga duch kelgan hollarda yuz beradi. Frustratsiya Shaxsning xulq atvorida va uning o`zini anglashida turli xil o`zgarishlarga olib keladi. Shaxs yo`naltirilganligi uning qiziqishlarida, e’tiqodi va dunyoqarashida namoyon bo`ladi. Qiziqish - biron sohada to`g`ri mo`ljal olishga, yangi faktlar bilan tanishishga, voqelikni ancha to`la va chuqur aks ettirishga yordam beradigan motivdir. Q izi q ishning faoliyat jarayonlaridagi roli ni h oyatta kattadir. Musta h kam mazmunli ob’ektga nisbatan q izi q ishni q ondirish, q oidaga k o` ra, q izi q ishning tugallanishiga olib kelmaydi, balki ichdan q ayta o`z garib boyigan, chu q urlashgan, h amda bilish faoliyatining yanada yuksak darajasiga javob beruvchi yangi q izi q ishlarni yuzaga keltiradi. Q izi q ishlar mazmuniga, ma q sadiga, kengligiga va bar q arorligiga q arab  tasnif q ilinishi mumkin.
  • Kishi faoliyat natijasini xayolan oldindan belgilab beradigan maqsadning o`zigina emas, balki ushbu maqsad ahamiyatiga molik ob’ektda ro`yobga chiqishining realligi ham anglanilgan bo`lsa, bu hol Shaxsning istiqboli deb qaraladi. (Perspektiva).
  • Istiqbolni anglash kishiga tabi xiralik, o`z kechinmalariga qarama-qarshi ruhsizlik, tushkunlik holatini keltirib chiqarishi frustratsiya deb ataladi. Bu kishining maqsadiga erishishi yo`lida real tarzda bartaraf etib bo`lmaydigan deb hisoblangan yoki shunday deb idrok etiladigan to`sqinlikka, g`ovlarga duch kelgan hollarda yuz beradi. Frustratsiya Shaxsning xulq atvorida va uning o`zini anglashida turli xil o`zgarishlarga olib keladi.
  • Shaxs yo`naltirilganligi uning qiziqishlarida, e’tiqodi va dunyoqarashida namoyon bo`ladi. Qiziqish - biron sohada to`g`ri mo`ljal olishga, yangi faktlar bilan tanishishga, voqelikni ancha to`la va chuqur aks ettirishga yordam beradigan motivdir. Q izi q ishning faoliyat jarayonlaridagi roli ni h oyatta kattadir. Musta h kam mazmunli ob’ektga nisbatan q izi q ishni q ondirish, q oidaga k o` ra, q izi q ishning tugallanishiga olib kelmaydi, balki ichdan q ayta o`z garib boyigan, chu q urlashgan, h amda bilish faoliyatining yanada yuksak darajasiga javob beruvchi yangi q izi q ishlarni yuzaga keltiradi. Q izi q ishlar mazmuniga, ma q sadiga, kengligiga va bar q arorligiga q arab  tasnif q ilinishi mumkin.
Qiziqish - Shaxsning biror sohaga taalluqli bo`lgan muayyan predmetga, yangi faktlar bilan tanishishga , moddiylikning nisbatan to`liq va chuqur in’ikosiga qaratilagan fikrlari jamlanmasining yo`nalganligi va tendensiyalari. Qiziqishlarning harakat jarayonidagi ahamiyati katta. Qiziqishlar Shaxsni bilish va tushinishga bo`lgan tashnasini qondirish uchun faol ravishda yo`l va usul izlashga majbur qiladi. Qiziqishlar kengligiga ko`ra farqlanadi. Turli odamlarda ular bir sohada jamlangan bo`lishi, boshqalarda esa, barqaror ahamiyatga ega bo`lib, turli ob’ektlar bo`yicha tarqalgan bo`ladi. Qiziqishlar tarqoqligi Shaxsning salbiy xususiyati bo`lib hisoblanishi odat bo`lsada, qiziqish doirasi kengligini yetishmovchilik deb aytish qiyin. Shaxsning maqsadga muvofiq rivoj topishi, tor emas, balki keng qiziqish doirasini ko`zda tutadi. Qiziqishlar barqarorligiga ko`ra farqlanadi. Qiziqishning barqarorligi uning intensiv qiziqish sifatida qancha vaqt uzoq davom etishi bilan izohlanadi. Shaxsning asosiy ehtiyojlarini to`laroq qondiruvchi qiziqishlar nisbatan barqaror bo`ladi va ular Shaxs psixologik omborining moddiy xususiyati sifatida namoyon bo`ladi. Barqaror qiziqishlar- insonni qo`zg`atuvchi xususiyatlardan dalolatdir va shu munosabatda muayyan diagnostik qimmatga ega.
  • Qiziqish - Shaxsning biror sohaga taalluqli bo`lgan muayyan predmetga, yangi faktlar bilan tanishishga , moddiylikning nisbatan to`liq va chuqur in’ikosiga qaratilagan fikrlari jamlanmasining yo`nalganligi va tendensiyalari. Qiziqishlarning harakat jarayonidagi ahamiyati katta. Qiziqishlar Shaxsni bilish va tushinishga bo`lgan tashnasini qondirish uchun faol ravishda yo`l va usul izlashga majbur qiladi. Qiziqishlar kengligiga ko`ra farqlanadi. Turli odamlarda ular bir sohada jamlangan bo`lishi, boshqalarda esa, barqaror ahamiyatga ega bo`lib, turli ob’ektlar bo`yicha tarqalgan bo`ladi. Qiziqishlar tarqoqligi Shaxsning salbiy xususiyati bo`lib hisoblanishi odat bo`lsada, qiziqish doirasi kengligini yetishmovchilik deb aytish qiyin. Shaxsning maqsadga muvofiq rivoj topishi, tor emas, balki keng qiziqish doirasini ko`zda tutadi. Qiziqishlar barqarorligiga ko`ra farqlanadi. Qiziqishning barqarorligi uning intensiv qiziqish sifatida qancha vaqt uzoq davom etishi bilan izohlanadi. Shaxsning asosiy ehtiyojlarini to`laroq qondiruvchi qiziqishlar nisbatan barqaror bo`ladi va ular Shaxs psixologik omborining moddiy xususiyati sifatida namoyon bo`ladi. Barqaror qiziqishlar- insonni qo`zg`atuvchi xususiyatlardan dalolatdir va shu munosabatda muayyan diagnostik qimmatga ega.
Xulq atvorning muhim motivlaridan biri e’tiqoddir. E’tiqod - Shaxsni o`z qarashlariga, prinsiplariga, dunyoqarashiga muvofiq tarzda ish ko`rishga da’vat etadigan motivlar tizimidir. E’ti q od shaklida namoyon b o` ladigan e h tiyojlarning mazmunini odamni o` rab olgan tabiat, tevarak atrofdagi olam t o`g` risidagi bilimlari va ularni ma’lum tarzda tushinishlari tashkil q iladi. Bu bilimlar yaxshilab y o` lga qo` yilgan va ichdan tartibga solingan (falsafiy, estetik, a h loqiy) fikrlar tizimiga aylangandan s o` ng, ularga odamning dunyo q arashi sifatida tal q in q ilinishi mumkin. E’tiqod Shaxsning shunday ongli yo`nalishiki, unga o`z qarashlari, prinsiplari va dunyokarashiga mos tarzda yashashga imkon beradi. Xalq doimo e’tikodli insonlarni hurmat qiladi. E’tiqodning predmeti turlicha bo`lishi mumkin - Vatanga e’tiqod, dinga, fanga, kasbga, axloqiy normalarga, oilaga, go`zallikka va shunga o`xshash. Dunyoqarash — tartibga solingan, yaxlit ongli tizimga aylantirilgan bilim, tasavvurlar va g`oyalar majmui bo`lib, u Shaxsni ma’lum bir qolipda, o`z Shaxsiy qiyofasiga ega tarzda jamiyatda munosib o`rin egallashga chorlaydi. Mustaqillik davrida shakllanayotgan yangicha dunyoqarash Yoshlarda Vatanga sadoqatni, milliy qadriyatlar, an’analarni e’zozlashni, o`z yaqinlariga mehribon va tanlagan yo`liga — kasbi, maslagi va e’tiqodiga sodiqlikni nazarda tutadi. Yangicha fikrlash va yangicha tafakkur aynan mustaqillik mafkurasi ruhida tarbiya topib, sayqal topgan milliy ong, dunyoqarash va e’tiqoddir.
  • Xulq atvorning muhim motivlaridan biri e’tiqoddir.
  • E’tiqod - Shaxsni o`z qarashlariga, prinsiplariga, dunyoqarashiga muvofiq tarzda ish ko`rishga da’vat etadigan motivlar tizimidir. E’ti q od shaklida namoyon b o` ladigan e h tiyojlarning mazmunini odamni o` rab olgan tabiat, tevarak atrofdagi olam t o`g` risidagi bilimlari va ularni ma’lum tarzda tushinishlari tashkil q iladi. Bu bilimlar yaxshilab y o` lga qo` yilgan va ichdan tartibga solingan (falsafiy, estetik, a h loqiy) fikrlar tizimiga aylangandan s o` ng, ularga odamning dunyo q arashi sifatida tal q in q ilinishi mumkin. E’tiqod Shaxsning shunday ongli yo`nalishiki, unga o`z qarashlari, prinsiplari va dunyokarashiga mos tarzda yashashga imkon beradi. Xalq doimo e’tikodli insonlarni hurmat qiladi. E’tiqodning predmeti turlicha bo`lishi mumkin - Vatanga e’tiqod, dinga, fanga, kasbga, axloqiy normalarga, oilaga, go`zallikka va shunga o`xshash.
  • Dunyoqarash — tartibga solingan, yaxlit ongli tizimga aylantirilgan bilim, tasavvurlar va g`oyalar majmui bo`lib, u Shaxsni ma’lum bir qolipda, o`z Shaxsiy qiyofasiga ega tarzda jamiyatda munosib o`rin egallashga chorlaydi. Mustaqillik davrida shakllanayotgan yangicha dunyoqarash Yoshlarda Vatanga sadoqatni, milliy qadriyatlar, an’analarni e’zozlashni, o`z yaqinlariga mehribon va tanlagan yo`liga — kasbi, maslagi va e’tiqodiga sodiqlikni nazarda tutadi. Yangicha fikrlash va yangicha tafakkur aynan mustaqillik mafkurasi ruhida tarbiya topib, sayqal topgan milliy ong, dunyoqarash va e’tiqoddir.
Dunyoqarash - Shaxsning Shaxsligini (individ emas), uning ma’naviyatini, ijtimoiylashuvi darajasini ko`rsatuvchi kuchli motivlardandir. Shuning uchun ham uning shakllanishi va o`zgarishi masalasi muhim masalalardan bo`lib, hamma vaqt va davrlarda ham o`ta dolzarb bo`lib kelgan. Psixologiyada Shaxsning yo`l - yo`riqlari uning u yoki bu ehtiyoji qondirilishiga yordam berishi mumkin bo`lgan faoliyatga tayyorligining, moyilligining o`zi tomonidan anglanilmaydigan holatini belgilaydi. Buni N. D. Uznadze ustanovka  deb atagan. Sof psixologik ma’noda yangicha tafakkur va dunyoqarashni shakllantiruvchi va o`zgartiruvchi ijtimoiy psixologik mexanizm — bu ijtimoiy ustanovkalardir. Bu — Shaxsning atrof muhitida sodir bo`layotgan ijtimoiy xodisalarni, ob’ektlarni, ijtimoiy guruhlarni ma’lum tarzda idrok etish, qabul qilish va ular bilan munosabatlar o`rnatishga ruhiy ichki hozirlik sifatida odamdagi dunyoqarashni ham o`zgartirishga aloqador kategoriyadir.
  • Dunyoqarash - Shaxsning Shaxsligini (individ emas), uning ma’naviyatini, ijtimoiylashuvi darajasini ko`rsatuvchi kuchli motivlardandir. Shuning uchun ham uning shakllanishi va o`zgarishi masalasi muhim masalalardan bo`lib, hamma vaqt va davrlarda ham o`ta dolzarb bo`lib kelgan.
  • Psixologiyada Shaxsning yo`l - yo`riqlari uning u yoki bu ehtiyoji qondirilishiga yordam berishi mumkin bo`lgan faoliyatga tayyorligining, moyilligining o`zi tomonidan anglanilmaydigan holatini belgilaydi. Buni N. D. Uznadze ustanovka deb atagan. Sof psixologik ma’noda yangicha tafakkur va dunyoqarashni shakllantiruvchi va o`zgartiruvchi ijtimoiy psixologik mexanizm — bu ijtimoiy ustanovkalardir. Bu — Shaxsning atrof muhitida sodir bo`layotgan ijtimoiy xodisalarni, ob’ektlarni, ijtimoiy guruhlarni ma’lum tarzda idrok etish, qabul qilish va ular bilan munosabatlar o`rnatishga ruhiy ichki hozirlik sifatida odamdagi dunyoqarashni ham o`zgartirishga aloqador kategoriyadir.
Rus olimi V. A. Yadov o`zining dispozitsion konsepsiyasini yaratib, unda ustanovkalarni to`rt bosqich va to`rt tizimli sifatida tasavvur qilgan. A) elementar ustanovkalar (set) — oddiy, elementar ehtiyojlar asosida ko`pincha ongsiz tarzda hosil bo`ladigan ustanovkalar. Ularni o`zgartirish uchun moddiy shart-sharoitlarni va odamdagi ehtiyojlar tizimini o`zgartirish kifoya. B) ijtimoiy ustanovkalar (attitud) — ijtimoiy vaziyatlar ta’sirida ijtimoiy ob’ektlarga nisbatan shakllanadigan ustanovkalar. Ularni o`zgartirish uchun ijtimoiy shart-sharoitlar va Shaxsning ularga nisbatan baho va munosabatlari tizimini o`zgartirish kerak. V) bazaviy ijtimoiy ustanovkalar — ular Shaxsning umumiy yo`nalishini belgilaydi va ularni o`zgartirish e’tiqodlar va dunyoqarashlarni o`zgartirish demakdir. G) qadriyatlar tizimi — ular avlodlararo muloqot jarayonining mahsuli sifatida jamiyatda qadr-qimmat topgan narsalarga nisbatan ustanovka. Masalan, sahih hadislar shunday qadriyatlardir, biz ularni tanqidsiz, muhokamalarsiz qabul qilamiz, chunki ular ham ilohiy, ham eng buyuk insonlar tomondan yaratilgan va avloddan avlodga o`z qadrini yo`qotmay kelayotgan qadriyatlardir.

Rus olimi V. A. Yadov o`zining dispozitsion konsepsiyasini yaratib, unda ustanovkalarni to`rt bosqich va to`rt tizimli sifatida tasavvur qilgan.

  • A) elementar ustanovkalar (set) — oddiy, elementar ehtiyojlar asosida ko`pincha ongsiz tarzda hosil bo`ladigan ustanovkalar. Ularni o`zgartirish uchun moddiy shart-sharoitlarni va odamdagi ehtiyojlar tizimini o`zgartirish kifoya.
  • B) ijtimoiy ustanovkalar (attitud) — ijtimoiy vaziyatlar ta’sirida ijtimoiy ob’ektlarga nisbatan shakllanadigan ustanovkalar. Ularni o`zgartirish uchun ijtimoiy shart-sharoitlar va Shaxsning ularga nisbatan baho va munosabatlari tizimini o`zgartirish kerak.
  • V) bazaviy ijtimoiy ustanovkalar — ular Shaxsning umumiy yo`nalishini belgilaydi va ularni o`zgartirish e’tiqodlar va dunyoqarashlarni o`zgartirish demakdir.
  • G) qadriyatlar tizimi — ular avlodlararo muloqot jarayonining mahsuli sifatida jamiyatda qadr-qimmat topgan narsalarga nisbatan ustanovka. Masalan, sahih hadislar shunday qadriyatlardir, biz ularni tanqidsiz, muhokamalarsiz qabul qilamiz, chunki ular ham ilohiy, ham eng buyuk insonlar tomondan yaratilgan va avloddan avlodga o`z qadrini yo`qotmay kelayotgan qadriyatlardir.
Ijtimoiy ustnovkalarni o`zgartirishning eng sodda va qulay yo`li — bu ayni vaziyatlar va ulardagi ta’sirlarni qaytarishdir . Bu qaytarish qayd qilingan obraz sifatida inson ongida uzoq muddatli xotirada saqlanadi va vaziyat paydo bo`lganda, ob’ektivlashadi , ya’ni o`z kuchini va mavjudligini ko`rsatadi. Shuning uchun ham agar chet el tajribasiga murojaat qiladigan bo`lsak, u yerda biror g`oyani ongga singdirish uchun bir odam yoki biror guruh o`z siyosiy, mafkuraviy yoki boshqa qarashlarini bir xil so`zlar va iboralar, xarakatlar bilan qaytaraveradi va shu yo`l bilan ko`pchilikning ma’qullashiga erishadi. Ayniqsa, saylov oldi tadbirlarida ana shu usul keng qo`llaniladi. Shulardan kelib chiqib, ijtimoiy ustanovkalarni o`zgartirishning usullari va psixologik vositalari orqali ham dunyoqarashni o`zgartirishga erishish mumkin. Psixologik tadqiqotlar yo`l - yo`riqning tuzilishi uchta tarkibiy qismdan iboratligini ko`rsatdi. Bular kishining bilib olishga va idrok etishga tayyorligidan iborat bo`lgan kognitiv (lotincha bilish) kichik tuzilish, yo`l-yo`riq ob’ektiga nisbatan xayrixohlik va xush ko`rmaslik xislatlari kompleksidan iborat bo`lgan - hissiy baholash kichik tuzilishi, yo`l-yo`riq ob’ektiga nisbatan irodaviy kuch - g`ayratni safarbar etishga shaylikdan iborat bo`lgan xulq atvor kichik tuzilishdir.
  • Ijtimoiy ustnovkalarni o`zgartirishning eng sodda va qulay yo`li — bu ayni vaziyatlar va ulardagi ta’sirlarni qaytarishdir . Bu qaytarish qayd qilingan obraz sifatida inson ongida uzoq muddatli xotirada saqlanadi va vaziyat paydo bo`lganda, ob’ektivlashadi , ya’ni o`z kuchini va mavjudligini ko`rsatadi. Shuning uchun ham agar chet el tajribasiga murojaat qiladigan bo`lsak, u yerda biror g`oyani ongga singdirish uchun bir odam yoki biror guruh o`z siyosiy, mafkuraviy yoki boshqa qarashlarini bir xil so`zlar va iboralar, xarakatlar bilan qaytaraveradi va shu yo`l bilan ko`pchilikning ma’qullashiga erishadi. Ayniqsa, saylov oldi tadbirlarida ana shu usul keng qo`llaniladi. Shulardan kelib chiqib, ijtimoiy ustanovkalarni o`zgartirishning usullari va psixologik vositalari orqali ham dunyoqarashni o`zgartirishga erishish mumkin.
  • Psixologik tadqiqotlar yo`l - yo`riqning tuzilishi uchta tarkibiy qismdan iboratligini ko`rsatdi. Bular kishining bilib olishga va idrok etishga tayyorligidan iborat bo`lgan kognitiv (lotincha bilish) kichik tuzilish, yo`l-yo`riq ob’ektiga nisbatan xayrixohlik va xush ko`rmaslik xislatlari kompleksidan iborat bo`lgan - hissiy baholash kichik tuzilishi, yo`l-yo`riq ob’ektiga nisbatan irodaviy kuch - g`ayratni safarbar etishga shaylikdan iborat bo`lgan xulq atvor kichik tuzilishdir.
Shaxsning o`zini anglashi, «MEN» siymosi Kishi o`z mohiyatiga ko`ra ijtimoiy hisoblangan munosabatlar tizimiga kirgan, odamlar bilan o`zaro birgalikda harakat qilgan va munosabatda bo`lgan holda o`zini atrof muhitdan alohida ajratib ko`rsatadi, o`zining jismoniy va psixologik holati, harakatlari va jarayonlarining sub’ekti sifatida aks etadi. O`zi uchun «boshqalarga» qarshi turgan va ayni chog`da ular bilan bog`liq bo`lgan «MEN» sifatida namoyon bo`ladi. 2-3 Yoshli bolalardayoq «MEN» siymosi shaqllana boshlaydi.( «Seniki emas - meniki», «menga besh» va hokazo (I. S.Kon). Katta Yoshdagilarda o`z xususiy «MEN»siymosi qat’iy shaqllanadi. («MEN-siymo», «MEN-konsepsiya»). «MEN» siymosi - individning o`zi xaqidagi nisbatan barqaror, ko`proq yoki ozroq darajada anglanilmagan, betakror deb his qilinadigan tasavvurlar tizimidirki, individ boshqalar bilan o`zaro birgalikda harakat qilishda ana shunga asoslanadi.

Shaxsning o`zini anglashi, «MEN» siymosi

  • Kishi o`z mohiyatiga ko`ra ijtimoiy hisoblangan munosabatlar tizimiga kirgan, odamlar bilan o`zaro birgalikda harakat qilgan va munosabatda bo`lgan holda o`zini atrof muhitdan alohida ajratib ko`rsatadi, o`zining jismoniy va psixologik holati, harakatlari va jarayonlarining sub’ekti sifatida aks etadi. O`zi uchun «boshqalarga» qarshi turgan va ayni chog`da ular bilan bog`liq bo`lgan «MEN» sifatida namoyon bo`ladi. 2-3 Yoshli bolalardayoq «MEN» siymosi shaqllana boshlaydi.( «Seniki emas - meniki», «menga besh» va hokazo (I. S.Kon).
  • Katta Yoshdagilarda o`z xususiy «MEN»siymosi qat’iy shaqllanadi. («MEN-siymo», «MEN-konsepsiya»). «MEN» siymosi - individning o`zi xaqidagi nisbatan barqaror, ko`proq yoki ozroq darajada anglanilmagan, betakror deb his qilinadigan tasavvurlar tizimidirki, individ boshqalar bilan o`zaro birgalikda harakat qilishda ana shunga asoslanadi.
«MEN» siymosi - ijtimoiy munosabatlarning ham shart - sharoiti va ham oqibatidir. «MEN» siymosi hosil bo`lishining yana bir ko`rinishi «xayoliy MEN »  dan iboratdir. Agar iloji bo`lsa, orzu qilingan darajaga yetish, umuman o`zining tasavvur qilganidek bo`lib qolish istagida ekanligini aytib qo`yish kerak. «MEN»ning bu xildagi siymosi ayniqsa o`spirinlik davrida juda katta ahamiyatga ega. O`ziga o`zi baho berish  - Shaxsning o`zi tomonidan o`ziga, o`z imkoniyatlariga, boshqalar orasidagi fazilatlariga va o`z o`rniga baho berilishidir. Bu Shaxsning o`zini anglab yetishini psixologiyada ancha muhim va eng ko`p o`rganilgan jihati hisoblanadi. O`ziga o`zi baho berish orqali Shaxsning xulq - atvori to`g`rilanib, tartibga solib turiladi.
  • «MEN» siymosi - ijtimoiy munosabatlarning ham shart - sharoiti va ham oqibatidir. «MEN» siymosi hosil bo`lishining yana bir ko`rinishi «xayoliy MEN » dan iboratdir. Agar iloji bo`lsa, orzu qilingan darajaga yetish, umuman o`zining tasavvur qilganidek bo`lib qolish istagida ekanligini aytib qo`yish kerak. «MEN»ning bu xildagi siymosi ayniqsa o`spirinlik davrida juda katta ahamiyatga ega.
  • O`ziga o`zi baho berish - Shaxsning o`zi tomonidan o`ziga, o`z imkoniyatlariga, boshqalar orasidagi fazilatlariga va o`z o`rniga baho berilishidir. Bu Shaxsning o`zini anglab yetishini psixologiyada ancha muhim va eng ko`p o`rganilgan jihati hisoblanadi. O`ziga o`zi baho berish orqali Shaxsning xulq - atvori to`g`rilanib, tartibga solib turiladi.
O`z-o`ziga nisbatan baho  turli sifatlar va Shaxsning orttirilgan tajribasi, shu tajriba asosida yotgan yutuqlariga bog`liq holda turlicha bo`lishi mumkin. Ya’ni, ayni biror ish, yutuq yuzasidan ortib ketsa, boshqasi ta’sirida — aksincha, pastlab ketishi mumkin. Bu baho aslida Shaxsga boshqalarning real munosabatlariga bog`liq bo`lsa-da, aslida u Shaxs ongi tizimidagi mezonlarga, ya’ni, uning o`zi sub’ektiv tarzda shu munosabatlarni qanchalik qadrlashiga bog`liq tarzda shakllanadi. O`z-o`ziga bahoning past bo`lishi  ko`pincha atrofdagilarning Shaxsga nisbatan qo`yayotgan talablarining o`ta ortiqligi, ularni uddalay olmaslik, turli xil e’tirozlarning doimiy tarzda bildirilishi, ishda, o`qishda va muomala jarayonidagi muvaffaqiyatsizliklar oqibatida hosil bo`lishi mumkin. Bunday o`smir yoki katta odam ham, doimo tushkunlik holatiga tushib qolishi, atrofdagilardan chetroqda yurishga harakat qilishi, o`zining kuchi va qobiliyatlariga ishonchsizlik kayfiyatida bo`lishi bilan ajralib turadi va bora-bora Shaxsda qator salbiy sifatlar va xatti-harakatlarning paydo bo`lishiga olib keladi. Hattoki, bunday holat suitsidal harakatlar, ya’ni o`z joniga qasd qilish, real borligidan «qochishga» intilish psixologiyasini ham keltirib chiqarishi mumkin.
  • O`z-o`ziga nisbatan baho turli sifatlar va Shaxsning orttirilgan tajribasi, shu tajriba asosida yotgan yutuqlariga bog`liq holda turlicha bo`lishi mumkin. Ya’ni, ayni biror ish, yutuq yuzasidan ortib ketsa, boshqasi ta’sirida — aksincha, pastlab ketishi mumkin. Bu baho aslida Shaxsga boshqalarning real munosabatlariga bog`liq bo`lsa-da, aslida u Shaxs ongi tizimidagi mezonlarga, ya’ni, uning o`zi sub’ektiv tarzda shu munosabatlarni qanchalik qadrlashiga bog`liq tarzda shakllanadi.
  • O`z-o`ziga bahoning past bo`lishi ko`pincha atrofdagilarning Shaxsga nisbatan qo`yayotgan talablarining o`ta ortiqligi, ularni uddalay olmaslik, turli xil e’tirozlarning doimiy tarzda bildirilishi, ishda, o`qishda va muomala jarayonidagi muvaffaqiyatsizliklar oqibatida hosil bo`lishi mumkin. Bunday o`smir yoki katta odam ham, doimo tushkunlik holatiga tushib qolishi, atrofdagilardan chetroqda yurishga harakat qilishi, o`zining kuchi va qobiliyatlariga ishonchsizlik kayfiyatida bo`lishi bilan ajralib turadi va bora-bora Shaxsda qator salbiy sifatlar va xatti-harakatlarning paydo bo`lishiga olib keladi. Hattoki, bunday holat suitsidal harakatlar, ya’ni o`z joniga qasd qilish, real borligidan «qochishga» intilish psixologiyasini ham keltirib chiqarishi mumkin.
O`zi-o`ziga baho  o`ta yuqori ham Shaxs xulq-atvoriga yaxshi ta’sir ko`rsatmaydi. Chunki, u ham Shaxs yutuqlari yoki undagi sifatlarning boshqalar tomonidan sun’iy tarzda bo`rttirilishi, noo`rin maqtovlar, turli qiyinchiliklarni chetlab o`tishga intilish tufayli shakllanadi. Ana shunday sharoitda paydo bo`ladigan psixologik holat «noadekvatlilik effekti» deb ataladi. O`z-o`ziga baho realistik, adekvat, to`g`ri bo`lishi kerak. Realistik baho  Shaxsni o`rab turganlar — ota-ona, yaqin qarindoshlar, pedagog va murabbiylar, qo`ni-qo`shni va yaqinlarning o`rinli va asosli baholari, real samimiy munosabatlari mahsuli bo`lib, Shaxs ushbu munosabatlarni ilk Yoshligidanoq holis qabul qilishga, o`z vaqtida kerak bo`lsa to`g`rilashga o`rgatilgan bo`ladi.
  • O`zi-o`ziga baho o`ta yuqori ham Shaxs xulq-atvoriga yaxshi ta’sir ko`rsatmaydi. Chunki, u ham Shaxs yutuqlari yoki undagi sifatlarning boshqalar tomonidan sun’iy tarzda bo`rttirilishi, noo`rin maqtovlar, turli qiyinchiliklarni chetlab o`tishga intilish tufayli shakllanadi. Ana shunday sharoitda paydo bo`ladigan psixologik holat «noadekvatlilik effekti» deb ataladi. O`z-o`ziga baho realistik, adekvat, to`g`ri bo`lishi kerak.
  • Realistik baho Shaxsni o`rab turganlar — ota-ona, yaqin qarindoshlar, pedagog va murabbiylar, qo`ni-qo`shni va yaqinlarning o`rinli va asosli baholari, real samimiy munosabatlari mahsuli bo`lib, Shaxs ushbu munosabatlarni ilk Yoshligidanoq holis qabul qilishga, o`z vaqtida kerak bo`lsa to`g`rilashga o`rgatilgan bo`ladi.
Psixologiyada kishining o`ziga o`zi beradigan bahoni, uning miqdoriy va sifat tarifini aniqlashning bir qator eksperimental metodlari mavjud. (O`z - o`zini tekshirish testlari, o`z - o`zini kuzatish, kundalik yuritish). Uchta ko`rsatgich - o`ziga o`zi baho berish, kutilgan baho, guruhning Shaxsga bergan bahosi - Shaxsning tuzilishiga kiradi va kishi buni xohlaydimi - yo`qmi, u o`zining guruhdagi kayfiyatini, o`zi erishgan natijalarini muvaffaqiyatli yoki muvaffaqiyatsiz ekanligini o`ziga va tevarak atrofdagilarning unga nisbatan nuqtai nazarlarini belgilaydigan subektiv vositalarni hisobga olishga majburdir. Shaxs kishining konkret - tarixiy hayot kechirishi sharoitlarida, faoliyat jarayonida shaqllanadi. Shaxs shaqllanishi jarayoni guruhlarda va jamoada amalga oshiriladigan ta’lim va tarbiyaga ham bog`liqdir. Shaxs shakllanishi ikki ma’noda qo`llaniladi - rivojlanishi va rivojlanish natijasi sifatida. Lekin, buning har ikkovi (biogenetik va sotsiogenetik) ma’lum ta’sir ko`rsatsa ham, o`z - o`zini anglash va o`z - o`zini tarbiyalash hal qiluvchi bo`lib qoladi. (O`z - o`zini tarbiyalash haqida L. I. Ruvinskiy nazariyasi) . Shaxs shakllanishi o`zi yashaydigan odamlar guruhida va jamoasida, turli odamlar bilan bo`ladigan muloqotda, fikr almashuvda, birgalikdagi faoliyatda yo tezlashadi yoki susayadi.  K onformizm . O`zgalarning borligi va ularning ta’sirini yana bir xodisa or q ali tushuntirish mumkin. Bu konformizm hodisasidir. Konformizm - Shaxsning guruh yoki ko`pchilikning ta’siriga berilishini tushuntiruvchi hodisadir. Konformizm bo`yicha sof eksperement Solomon Ash tomonidan 1956 yilda qo`yilgan edi. U yettita talabani tanlab olib, ularning ro`parasidagi taxtaga ikkita qog`ozni yopishtirgan. Ularning birida etalon sifatida olingan bitta vertikal to`g`ri chiziq, ikkinchisida esa, 3ta turli uzunlikdagi vertikal chiziqlar chizilgan.
  • Psixologiyada kishining o`ziga o`zi beradigan bahoni, uning miqdoriy va sifat tarifini aniqlashning bir qator eksperimental metodlari mavjud. (O`z - o`zini tekshirish testlari, o`z - o`zini kuzatish, kundalik yuritish).
  • Uchta ko`rsatgich - o`ziga o`zi baho berish, kutilgan baho, guruhning Shaxsga bergan bahosi - Shaxsning tuzilishiga kiradi va kishi buni xohlaydimi - yo`qmi, u o`zining guruhdagi kayfiyatini, o`zi erishgan natijalarini muvaffaqiyatli yoki muvaffaqiyatsiz ekanligini o`ziga va tevarak atrofdagilarning unga nisbatan nuqtai nazarlarini belgilaydigan subektiv vositalarni hisobga olishga majburdir.
  • Shaxs kishining konkret - tarixiy hayot kechirishi sharoitlarida, faoliyat jarayonida shaqllanadi. Shaxs shaqllanishi jarayoni guruhlarda va jamoada amalga oshiriladigan ta’lim va tarbiyaga ham bog`liqdir.
  • Shaxs shakllanishi ikki ma’noda qo`llaniladi - rivojlanishi va rivojlanish natijasi sifatida. Lekin, buning har ikkovi (biogenetik va sotsiogenetik) ma’lum ta’sir ko`rsatsa ham, o`z - o`zini anglash va o`z - o`zini tarbiyalash hal qiluvchi bo`lib qoladi. (O`z - o`zini tarbiyalash haqida L. I. Ruvinskiy nazariyasi) .
  • Shaxs shakllanishi o`zi yashaydigan odamlar guruhida va jamoasida, turli odamlar bilan bo`ladigan muloqotda, fikr almashuvda, birgalikdagi faoliyatda yo tezlashadi yoki susayadi.
  • K onformizm . O`zgalarning borligi va ularning ta’sirini yana bir xodisa or q ali tushuntirish mumkin. Bu konformizm hodisasidir. Konformizm - Shaxsning guruh yoki ko`pchilikning ta’siriga berilishini tushuntiruvchi hodisadir. Konformizm bo`yicha sof eksperement Solomon Ash tomonidan 1956 yilda qo`yilgan edi. U yettita talabani tanlab olib, ularning ro`parasidagi taxtaga ikkita qog`ozni yopishtirgan. Ularning birida etalon sifatida olingan bitta vertikal to`g`ri chiziq, ikkinchisida esa, 3ta turli uzunlikdagi vertikal chiziqlar chizilgan.
O`sha uchtadan qaysi biri etalonga tegishliligini aytish lozim edi. Gap shundaki, haligi yettita talabadan faqat bittasi haqiqiy tekshiriluvchi bo`lib, qolganlari ataylab taklif etilganlari bo`lgan. Shunday guruhlardan oltita bo`lgan. Birinchi uchta guruhdagi ataylab kirgizilgan Shaxslar to`g`ri javob berishgan, shuning uchun ham haligi “ sodda” talaba ularning fikriga qo`shilavergan. Qolgan yana uchta guruhda esa, ataylab kiritilgan talabalar, ataylab noto`g`ri javobni bir ovozdan ma’qullayverganlar. Ko`rib turgan narsasi haqida noto`g`ri javob berishayotganliligiga qaramay, haligidan “ sodda” talabalarning 37 %ni noto`g`ri javob bilan qo`shilaverishgan. Eksperement so`nggida “ soddalardan” “ Nega shunday javob berdingiz?” deb so`ralganda, ular aslida to`g`ri javobni bilganliklarini, lekin guruhdan ajralib qolmaslik uchun noto`g`ri javobga qo`shilaverganliklarini aytishgan.  Shunday qilib, oddiy hayotda uchrab turadigan bunday hodisa aslida Shaxsning o`z nuqtai nazari yo`qligidan emas, balki, inson ruhiyatida ko`pchilik qabul qilgan xulq me’yorlariga ergashish, o`z Shaxsining ajralib qolishidan cho`chish hissi borligini isbotlaydi. Konformizm hodisasiga teskari bo`lgan nonkonformizm hodisasini o`rgangan rus olimlari G. Andreeva, V. Petrovskiy va boshqalar jamiyatda ko`pchilik fikriga, ta’siriga befarq odamlar ham qo`shilmasligi bilan ma’lum ma’noda o`zlarida konformizmni namoyon qilishlarini isbot qilganlar.  Vaziyatga qarab, konformizmlikning ham ijobiy, ham salbiy jihatlarini tahlil qilish mumkin. Lekin har doim ham uning yon bosishlilik sifatidan farqi borligini anglashimiz lozim. Yon bosishlilik Shaxsdagi o`z-o`ziga baho bilan bog`liq hodisa.
  • O`sha uchtadan qaysi biri etalonga tegishliligini aytish lozim edi. Gap shundaki, haligi yettita talabadan faqat bittasi haqiqiy tekshiriluvchi bo`lib, qolganlari ataylab taklif etilganlari bo`lgan. Shunday guruhlardan oltita bo`lgan. Birinchi uchta guruhdagi ataylab kirgizilgan Shaxslar to`g`ri javob berishgan, shuning uchun ham haligi “ sodda” talaba ularning fikriga qo`shilavergan. Qolgan yana uchta guruhda esa, ataylab kiritilgan talabalar, ataylab noto`g`ri javobni bir ovozdan ma’qullayverganlar. Ko`rib turgan narsasi haqida noto`g`ri javob berishayotganliligiga qaramay, haligidan “ sodda” talabalarning 37 %ni noto`g`ri javob bilan qo`shilaverishgan. Eksperement so`nggida “ soddalardan” “ Nega shunday javob berdingiz?” deb so`ralganda, ular aslida to`g`ri javobni bilganliklarini, lekin guruhdan ajralib qolmaslik uchun noto`g`ri javobga qo`shilaverganliklarini aytishgan.
  • Shunday qilib, oddiy hayotda uchrab turadigan bunday hodisa aslida Shaxsning o`z nuqtai nazari yo`qligidan emas, balki, inson ruhiyatida ko`pchilik qabul qilgan xulq me’yorlariga ergashish, o`z Shaxsining ajralib qolishidan cho`chish hissi borligini isbotlaydi. Konformizm hodisasiga teskari bo`lgan nonkonformizm hodisasini o`rgangan rus olimlari G. Andreeva, V. Petrovskiy va boshqalar jamiyatda ko`pchilik fikriga, ta’siriga befarq odamlar ham qo`shilmasligi bilan ma’lum ma’noda o`zlarida konformizmni namoyon qilishlarini isbot qilganlar.
  • Vaziyatga qarab, konformizmlikning ham ijobiy, ham salbiy jihatlarini tahlil qilish mumkin. Lekin har doim ham uning yon bosishlilik sifatidan farqi borligini anglashimiz lozim. Yon bosishlilik Shaxsdagi o`z-o`ziga baho bilan bog`liq hodisa.
Konformizm va Shaxsning o`zgalarga yon beruvchanlik sifatlariga asosan nimalar sabab bo`ladi? Avvalo, yuqorida ta’kidlanganidek, Shaxsning o`ziga beradigan bahosi, uning qanchalik obektiv mos kelishiga bog`liq. Ta’sir ko`rsatuvchi guruhning hajmi. Guruhda odamlar soni qanchalik katta bo`lsa, ayrim Shaxslarga kuzatiladigan konformistik kayfiyat ham ortib boradi. Bu ko`rsatkich, agar a’zolar soni 5 taga yetganda keskin ortsa, 8 taga yetgandan so`ng, sekin –asta ortib boradi. Bu narsalar Amerikalik olim Jerar kuzatishlarida qayd etilgan. Milgram ham bu borada juda qiziqarli eksperementni odamlar ko`z oldida namoyish qilgan.  Birorta e’tiroz bildiruvchining borligi.Yuqorida eslab o`tilgan Ash eksperementlariga o`xshash holatlarda ataylab o`tqazib qo`yilgan odamlardan hech bo`lmaganda, bittasining sodda tekshiriluvchi tarafini olishi, uning o`ziga ishonchini orttiradi. Ya’ni ko`pchilik orasida o`ziga ishongan bitta e’tirozchining bo`lishi nonkonformizmni kuchaytiruvchi omildir.  Omma oldida ochiq gapirish yoki fikrning yashirinligi. Agar yuqoridagi holatlarda odamga o`z nuqtai nazarini yashirish, yozma ravishda berish imkoniyati berilganda edi, u unchalik ko`pchilik fikriga va tazyiqiga berilmagan bo`lardi.  Demak, ko`pchilikni ichida dadil bir fikrni ayta olish san’ati tinglovchilarni o`z tomoniga og`dirishning yo`llaridan biridir. Shuning uchun ham omma o`rtasiga chiqib, va’zxonlik qiladiganlar ko`pincha o`zgalar fikriga ta’sir ko`rsata oladilar.
  • Konformizm va Shaxsning o`zgalarga yon beruvchanlik sifatlariga asosan nimalar sabab bo`ladi?
  • Avvalo, yuqorida ta’kidlanganidek, Shaxsning o`ziga beradigan bahosi, uning qanchalik obektiv mos kelishiga bog`liq.
  • Ta’sir ko`rsatuvchi guruhning hajmi. Guruhda odamlar soni qanchalik katta bo`lsa, ayrim Shaxslarga kuzatiladigan konformistik kayfiyat ham ortib boradi. Bu ko`rsatkich, agar a’zolar soni 5 taga yetganda keskin ortsa, 8 taga yetgandan so`ng, sekin –asta ortib boradi. Bu narsalar Amerikalik olim Jerar kuzatishlarida qayd etilgan. Milgram ham bu borada juda qiziqarli eksperementni odamlar ko`z oldida namoyish qilgan.
  • Birorta e’tiroz bildiruvchining borligi.Yuqorida eslab o`tilgan Ash eksperementlariga o`xshash holatlarda ataylab o`tqazib qo`yilgan odamlardan hech bo`lmaganda, bittasining sodda tekshiriluvchi tarafini olishi, uning o`ziga ishonchini orttiradi. Ya’ni ko`pchilik orasida o`ziga ishongan bitta e’tirozchining bo`lishi nonkonformizmni kuchaytiruvchi omildir.
  • Omma oldida ochiq gapirish yoki fikrning yashirinligi. Agar yuqoridagi holatlarda odamga o`z nuqtai nazarini yashirish, yozma ravishda berish imkoniyati berilganda edi, u unchalik ko`pchilik fikriga va tazyiqiga berilmagan bo`lardi.
  • Demak, ko`pchilikni ichida dadil bir fikrni ayta olish san’ati tinglovchilarni o`z tomoniga og`dirishning yo`llaridan biridir. Shuning uchun ham omma o`rtasiga chiqib, va’zxonlik qiladiganlar ko`pincha o`zgalar fikriga ta’sir ko`rsata oladilar.
Umuman o`tkazilgan eksperementlar va hayotiy kuzatishlar bir Shaxsning boshqa Shaxslar ta’siriga berilishini ko`rsatadi. Lekin aslida biz o`zining mustaqil fikriga ega bo`lgan, o`z nuqtai nazarini doimo himoya qila oladigan insonlarni hurmat qilamiz. Ana shunday Shaxslar odamlar orasidan ajralib chiqadilar va fanda bu hodisani tushuntirish uchun liderlik fenomeni mavjud. Shaxs va uning faolligi. Jamiyat bilan doimiy munosabatni ushlab turuvchi, o`z-o`zini anglab, har bir harakatini muvofiqlashtiruvchi Shaxsga xos bo`lgan eng muhim va umumiy xususiyat — bu uning faolligidir. Faollik (lotincha «actus» — harakat, «activus» — faol so`zlaridan kelib chiqqan tushuncha) Shaxsning hayotdagi barcha xatti-harakatlarini namoyon etishini tushuntiruvchi kategoriyadir. Bu — o`sha oddiy qo`limizga qalam olib, biror chiziqcha tortish bilan bog`liq elementar harakatimizdan tortib, toki ijodiy uyg`onish paytlarimizda amalga oshiradigan mavhum fikrlashimizgacha bo`lgan murakkab harakatlarga aloqador ishlarimizni tushuntirib beradi. Shuning uchun ham psixologiyada Shaxs, uning ongi va o`z - o`zini anglashi muammolari uning faolligi, u yoki bu faoliyat turlarida ishtiroki va uni uddalashi aloqador sifatlari orqali bayon etiladi. Fanda inson faolligining asosan ikki turi farqlanadi: A. Tashqi faollik — bu tashqaridan va o`z ichki istak-xohishlarimiz ta’sirida bevosita ko`rish, qayd qilish mumkin bo`lgan harakatlarimiz, mushaklarimizning harakatlari orqali namoyon bo`ladigan faollik. B. Ichki faollik — bu bir tomondan u yoki bu faoliyatni bajarish mobaynidagi fiziologik jarayonlar (moddalar almashinuvi, qon aylanish, nafas olish, bosim o`zgarishlari) hamda, ikkinchi tomondan, bevosita psixik jarayonlar, ya’ni aslida ko`rinmaydigan, lekin faoliyat kechishiga ta’sir ko`rsatuvchi omillarni o`z ichiga oladi.
  • Umuman o`tkazilgan eksperementlar va hayotiy kuzatishlar bir Shaxsning boshqa Shaxslar ta’siriga berilishini ko`rsatadi. Lekin aslida biz o`zining mustaqil fikriga ega bo`lgan, o`z nuqtai nazarini doimo himoya qila oladigan insonlarni hurmat qilamiz. Ana shunday Shaxslar odamlar orasidan ajralib chiqadilar va fanda bu hodisani tushuntirish uchun liderlik fenomeni mavjud.
  • Shaxs va uning faolligi.
  • Jamiyat bilan doimiy munosabatni ushlab turuvchi, o`z-o`zini anglab, har bir harakatini muvofiqlashtiruvchi Shaxsga xos bo`lgan eng muhim va umumiy xususiyat — bu uning faolligidir. Faollik (lotincha «actus» — harakat, «activus» — faol so`zlaridan kelib chiqqan tushuncha) Shaxsning hayotdagi barcha xatti-harakatlarini namoyon etishini tushuntiruvchi kategoriyadir. Bu — o`sha oddiy qo`limizga qalam olib, biror chiziqcha tortish bilan bog`liq elementar harakatimizdan tortib, toki ijodiy uyg`onish paytlarimizda amalga oshiradigan mavhum fikrlashimizgacha bo`lgan murakkab harakatlarga aloqador ishlarimizni tushuntirib beradi. Shuning uchun ham psixologiyada Shaxs, uning ongi va o`z - o`zini anglashi muammolari uning faolligi, u yoki bu faoliyat turlarida ishtiroki va uni uddalashi aloqador sifatlari orqali bayon etiladi.
  • Fanda inson faolligining asosan ikki turi farqlanadi:
  • A. Tashqi faollik — bu tashqaridan va o`z ichki istak-xohishlarimiz ta’sirida bevosita ko`rish, qayd qilish mumkin bo`lgan harakatlarimiz, mushaklarimizning harakatlari orqali namoyon bo`ladigan faollik.
  • B. Ichki faollik — bu bir tomondan u yoki bu faoliyatni bajarish mobaynidagi fiziologik jarayonlar (moddalar almashinuvi, qon aylanish, nafas olish, bosim o`zgarishlari) hamda, ikkinchi tomondan, bevosita psixik jarayonlar, ya’ni aslida ko`rinmaydigan, lekin faoliyat kechishiga ta’sir ko`rsatuvchi omillarni o`z ichiga oladi.
Inson faolligi «harakat», «faoliyat», «xulq» tushunchalari bilan chambarchas bog`liq bo`lib, Shaxs va uning ongi masalasiga borib taqaladi. Shaxs aynan turli faolliklar jarayonida shakllanadi, o`zligini namoyon qiladi ham. Demak, faollik yoki inson faoliyati passiv jarayon bo`lmay, u ongli ravishda boshqariladigan faol jarayondir. Inson faolligini mujassamlashtiruvchi harakatlar jarayoni faoliyat deb yuritiladi. Ya’ni, faoliyat — inson ongi va tafakkuri bilan boshqariladigan, undagi turli-tuman ehtiyojlardan kelib chiqadigan, hamda tashqi olamni va o`z-o`zini o`zgartirish va takomillashtirishga qaratilgan o`ziga xos faollik shaklidir. Demak, faoliyat – bu insonning muhit bilan o`zaro faol munosabatidir. Bu munosabatda inson o`zida muayyan ehtiyojning paydo bo`lishi natijasida tug`ilgan va ongli suratda qo`yilgan maqsadiga erishadi. Maqsad deganda, predmetga yo`naltirilgan harakatning taxmin tutilgan natijasi anglaniladi. Bu predmet yordamida esa inson u yoki bu ehtiyojni qondirishni ko`zda tutadi. Shuning uchun maqsadni ob’ektiv (ob’ektiv natija) va sub’ektiv psixik (taxmin tutilgan) qodisa tarzida farqlash kerak.
  • Inson faolligi «harakat», «faoliyat», «xulq» tushunchalari bilan chambarchas bog`liq bo`lib, Shaxs va uning ongi masalasiga borib taqaladi. Shaxs aynan turli faolliklar jarayonida shakllanadi, o`zligini namoyon qiladi ham. Demak, faollik yoki inson faoliyati passiv jarayon bo`lmay, u ongli ravishda boshqariladigan faol jarayondir. Inson faolligini mujassamlashtiruvchi harakatlar jarayoni faoliyat deb yuritiladi. Ya’ni, faoliyat — inson ongi va tafakkuri bilan boshqariladigan, undagi turli-tuman ehtiyojlardan kelib chiqadigan, hamda tashqi olamni va o`z-o`zini o`zgartirish va takomillashtirishga qaratilgan o`ziga xos faollik shaklidir. Demak, faoliyat – bu insonning muhit bilan o`zaro faol munosabatidir. Bu munosabatda inson o`zida muayyan ehtiyojning paydo bo`lishi natijasida tug`ilgan va ongli suratda qo`yilgan maqsadiga erishadi.
  • Maqsad deganda, predmetga yo`naltirilgan harakatning taxmin tutilgan natijasi anglaniladi. Bu predmet yordamida esa inson u yoki bu ehtiyojni qondirishni ko`zda tutadi. Shuning uchun maqsadni ob’ektiv (ob’ektiv natija) va sub’ektiv psixik (taxmin tutilgan) qodisa tarzida farqlash kerak.
Dastlab ehtiyoj paydo bo`ladi. Bu noaniqlikning shunday darajasiki, bunda inson nimanidir qilishini aniq tushunadi, ammo aynan nimaligini yetarlicha anglab yetmaydi. Bunday noaniqlikda ehtiyojni qondirish imkoniyatining turli variantlari paydo bo`ladi. Noaniqlikning bunday darajasida hali maqsadga erishishning vosita va yo`llari aniq – ravshan anglanmaydi. Anglangan imkoniyatning har biri turli motivlar bilan mustahkamlanadi yoki rad etiladi. Motivlar - u yoki bu harakat, qiliqni bajarishga turtki bo`lgan psixik xodisalar. Ehtiyojlar- faollik manbai, ehtiyoj turlari Jonli mavjudotni muayyan tarzda va muayyan yo`nalishda harakat qilishga undaydigan ehtiyojlar uning faolligi manbai hisoblanadi. Ehtiyoj - jonli mavjudotning hayot kechirishining konkret shart-sharoitlarga nisbatan uning faolligini vujudga keltiruvchi holatidir. Organizm bilan muhit orasidagi (biologik ehtiyoj) yoki Shaxs bilan jamiyat orasidagi (ijtimoiy ehtiyoj) mutanosiblikning buzilishi u yoki bu ehtiyojning tug`ilishiga olib keladi. Odam va hayvon ehtiyojlari turlicha bo`lgani ham u tufayli yuzaga keladigan hatti - harakatlar ham bir-biridan farq qiladi. Kishining faolligi ehtiyojlarning qondirilishi jarayonida namoyon bo`ladi. Hayvon tabiat ne’matlaridan tayyor holidagina f o ydalanadi, odam esa shu ne’matlarni o`zi tayyorlaydi. Shuning uchun ham kishining o`z ehtiyojlarini qondirish jarayoni ijtimoiy taraqqiyot bilan belgilanadigan faoliyat shaqlini egallash, faol, muayyan maqsadga yo`naltirilgan jarayon sifatida ajralib turadi. Ehtiyojlar qondirilishi jarayonida rivojlanib va o`zgarib boradi. Kishining ehtiyoji uni tarbiyalash jarayonida, ya’ni kishilik madaniyati olami bilan yaqinlashtirish jarayonida shaqllanadi.
  • Dastlab ehtiyoj paydo bo`ladi. Bu noaniqlikning shunday darajasiki, bunda inson nimanidir qilishini aniq tushunadi, ammo aynan nimaligini yetarlicha anglab yetmaydi. Bunday noaniqlikda ehtiyojni qondirish imkoniyatining turli variantlari paydo bo`ladi. Noaniqlikning bunday darajasida hali maqsadga erishishning vosita va yo`llari aniq – ravshan anglanmaydi. Anglangan imkoniyatning har biri turli motivlar bilan mustahkamlanadi yoki rad etiladi. Motivlar - u yoki bu harakat, qiliqni bajarishga turtki bo`lgan psixik xodisalar.
  • Ehtiyojlar- faollik manbai, ehtiyoj turlari
  • Jonli mavjudotni muayyan tarzda va muayyan yo`nalishda harakat qilishga undaydigan ehtiyojlar uning faolligi manbai hisoblanadi. Ehtiyoj - jonli mavjudotning hayot kechirishining konkret shart-sharoitlarga nisbatan uning faolligini vujudga keltiruvchi holatidir. Organizm bilan muhit orasidagi (biologik ehtiyoj) yoki Shaxs bilan jamiyat orasidagi (ijtimoiy ehtiyoj) mutanosiblikning buzilishi u yoki bu ehtiyojning tug`ilishiga olib keladi.
  • Odam va hayvon ehtiyojlari turlicha bo`lgani ham u tufayli yuzaga keladigan hatti - harakatlar ham bir-biridan farq qiladi. Kishining faolligi ehtiyojlarning qondirilishi jarayonida namoyon bo`ladi. Hayvon tabiat ne’matlaridan tayyor holidagina f o ydalanadi, odam esa shu ne’matlarni o`zi tayyorlaydi. Shuning uchun ham kishining o`z ehtiyojlarini qondirish jarayoni ijtimoiy taraqqiyot bilan belgilanadigan faoliyat shaqlini egallash, faol, muayyan maqsadga yo`naltirilgan jarayon sifatida ajralib turadi. Ehtiyojlar qondirilishi jarayonida rivojlanib va o`zgarib boradi. Kishining ehtiyoji uni tarbiyalash jarayonida, ya’ni kishilik madaniyati olami bilan yaqinlashtirish jarayonida shaqllanadi.
Aqliy harakatlar — Shaxsning ongli tarzda, ichki psixologik mexanizmlar vositasida amalga oshiradigan turli-tuman harakatlaridir. Eksperimental tarzda shu narsa isbot qilinganki, bunday harakatlar doimo motor harakatlarni ham o`z ichiga oladi. Bunday harakatlar quyidagi ko`rinishlarda bo`lishi mumkin: perseptiv — ya’ni bular shunday harakatlarki, ularning oqibatida atrofdagi predmetlar va xodisalar to`g`risida yaxlit obraz shakllanadi; mnemik faoliyat , narsa va xodisalarning mohiyati va mazmuniga aloqador materialning eslab qolinishi, esga tushirilishi hamda esda saqlab turilishi bilan bog`liq murakkab faoliyat turi; fikrlash faoliyati — aql, fahm-farosat vositasida turli xil muammolar, masalalar va jumboqlarni yechishga qaratilgan faoliyat; imajitiv — («image» — obraz so`zidan olingan) faoliyati shundayki, u ijodiy jarayonlarda hayol va fantaziya vositasida hozir bevosita ongda berilmagan narsalarning xususiyatlarini anglash va hayolda tiklashni taqozo etadi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, har qanday faoliyat ham tashqi harakatlar asosida shakllanadi va motor komponentlardan iborat bo`lishi mumkin. Agar tashqi faoliyat asosida psixik jarayonlarga o`tish ro`y bergan bo`lsa, bunday jarayonni psixologiyada interiorizatsiya deb ataladi, aksincha, aqlda shakllangan g`oyalarni bevosita tashqi harakatlarda yoki tashqi faoliyatga ko`chirilishi eksteriorizatsiya deb yuritiladi.
  • Aqliy harakatlar — Shaxsning ongli tarzda, ichki psixologik mexanizmlar vositasida amalga oshiradigan turli-tuman harakatlaridir. Eksperimental tarzda shu narsa isbot qilinganki, bunday harakatlar doimo motor harakatlarni ham o`z ichiga oladi. Bunday harakatlar quyidagi ko`rinishlarda bo`lishi mumkin:
  • perseptiv ya’ni bular shunday harakatlarki, ularning oqibatida atrofdagi predmetlar va xodisalar to`g`risida yaxlit obraz shakllanadi;
  • mnemik faoliyat , narsa va xodisalarning mohiyati va mazmuniga aloqador materialning eslab qolinishi, esga tushirilishi hamda esda saqlab turilishi bilan bog`liq murakkab faoliyat turi;
  • fikrlash faoliyati aql, fahm-farosat vositasida turli xil muammolar, masalalar va jumboqlarni yechishga qaratilgan faoliyat;
  • imajitiv — («image» — obraz so`zidan olingan) faoliyati shundayki, u ijodiy jarayonlarda hayol va fantaziya vositasida hozir bevosita ongda berilmagan narsalarning xususiyatlarini anglash va hayolda tiklashni taqozo etadi.
  • Yuqorida ta’kidlaganimizdek, har qanday faoliyat ham tashqi harakatlar asosida shakllanadi va motor komponentlardan iborat bo`lishi mumkin. Agar tashqi faoliyat asosida psixik jarayonlarga o`tish ro`y bergan bo`lsa, bunday jarayonni psixologiyada interiorizatsiya deb ataladi, aksincha, aqlda shakllangan g`oyalarni bevosita tashqi harakatlarda yoki tashqi faoliyatga ko`chirilishi eksteriorizatsiya deb yuritiladi.
Faoliyat turlari yana ongning bevosita ishtiroki darajasiga ko`ra ham farqlanadi. Masalan, shunday bo`lishi mumkinki, ayrim harakatlar boshida har bir elementni jiddiy ravishda, alohida-alohida bajarishni va bunga butun diqqat va ongning yo`nalishini talab qiladi. Lekin vaqt o`tgach, bora-bora unda ongning ishtiroki kamayib, ko`pgina qismlar avtomatlashib boradi. Bu oddiy tilga o`girilganda, malaka hosil bo`ldi deyiladi. Masalan, har birimiz shu tarzda xat yozishga o`rganganmiz. Agar malakalarimiz qat’iy tarzda bizdagi bilimlarga tayansa, faoliyatning maqsadi va talablariga ko`ra harakatlarni muvaffaqiyatli bajarishni ta’minlasa, biz buni ko`nikmalar deb ataymiz. Ko`nikmalar  — doimo bizdagi aniq bilimlarga tayanadi. Masalan, ko`nikma va malakalar o`zaro bog`liq bo`ladi, shuning uchun ham o`quv faoliyati jarayonida shakllanadigan barcha ko`nikmalar va malakalar Shaxsning muvaffaqiyatli o`qishini ta’minlaydi. Ikkalasi ham mashqlar va qaytarishlar vositasida mustahkamlanadi. Agar, faqat malakani oladigan bo`lsak, uning shakllanish yo`llari quyidagicha bo`lishi mumkin: oddiy namoyish etish yo`li bilan; tushuntirish yo`li bilan; ko`rsatish bilan tushuntirishni uyg`unlashtirish yo`li bilan. Hayotda ko`nikma va malakalarning ahamiyati katta. Ular bizning jismoniy va aqliy urinishlarimizni yengillashtiradi va o`qishda, mehnatda, sport sohasida va ijodiyotda muvaffaqiyatlarga erishishimizni ta’minlaydi.
  • Faoliyat turlari yana ongning bevosita ishtiroki darajasiga ko`ra ham farqlanadi. Masalan, shunday bo`lishi mumkinki, ayrim harakatlar boshida har bir elementni jiddiy ravishda, alohida-alohida bajarishni va bunga butun diqqat va ongning yo`nalishini talab qiladi. Lekin vaqt o`tgach, bora-bora unda ongning ishtiroki kamayib, ko`pgina qismlar avtomatlashib boradi. Bu oddiy tilga o`girilganda, malaka hosil bo`ldi deyiladi. Masalan, har birimiz shu tarzda xat yozishga o`rganganmiz. Agar malakalarimiz qat’iy tarzda bizdagi bilimlarga tayansa, faoliyatning maqsadi va talablariga ko`ra harakatlarni muvaffaqiyatli bajarishni ta’minlasa, biz buni ko`nikmalar deb ataymiz. Ko`nikmalar doimo bizdagi aniq bilimlarga tayanadi. Masalan, ko`nikma va malakalar o`zaro bog`liq bo`ladi, shuning uchun ham o`quv faoliyati jarayonida shakllanadigan barcha ko`nikmalar va malakalar Shaxsning muvaffaqiyatli o`qishini ta’minlaydi. Ikkalasi ham mashqlar va qaytarishlar vositasida mustahkamlanadi. Agar, faqat malakani oladigan bo`lsak, uning shakllanish yo`llari quyidagicha bo`lishi mumkin:
  • oddiy namoyish etish yo`li bilan;
  • tushuntirish yo`li bilan;
  • ko`rsatish bilan tushuntirishni uyg`unlashtirish yo`li bilan.
  • Hayotda ko`nikma va malakalarning ahamiyati katta. Ular bizning jismoniy va aqliy urinishlarimizni yengillashtiradi va o`qishda, mehnatda, sport sohasida va ijodiyotda muvaffaqiyatlarga erishishimizni ta’minlaydi.
Faoliyatni klassifikatsiya qilish va turlarga bo`lishning yana bir keng tarqalgan usuli — bu barcha insonlarga xos bo`lgan asosiy faollik turlari bo`yicha tabaqalashdir. Bu — muloqot, o`yin, o`qish va mehnat faoliyatlaridir. Muloqot - Shaxs individual rivojlanishi jarayonida namoyon bo`ladigan birlamchi faoliyat turlaridan biri. Bu faoliyat insondagi kuchli ehtiyojlardan biri - inson bo`lish, odamlarga o`xshab gapirish, ularni tushunish, sevish, o`zaro munosabatlarni muvofiqlashtirishga qaratilgan ehtiyojlaridan kelib chiqadi. Shaxs o`z taraqqiyotini aynan shu faoliyat turini egallashdan boshlaydi va nutqi orqali (verbal) va nutqsiz vositalar (noverbal) yordamida boshqa faoliyat turlarini mukammal egallashga zamin yaratadi. Demak, o`zaro munosabat kishilar o`rtasidagi informatsiya almashishdan iborat. Inson hayoti boshqa odamlar bilan bo`lgan o`zaro munosabatdan tashkil topgan. Shuning uchun o`zaro munosabat muammosi ommaviy kommunikatsiya vositalari - matbuot, radio, TV ning ahamiyati tobora oshib borishi natijasida alohida ko`chayotgan ijtimoiy psixologiyaning diqqat markazida turadi. To`g`ri, bamisoli qoyaga o`yilgan suratlardan tortib, to Jokondaning tabassumigacha san’at asari sanalganidek, afrikaliklar barabanining bir qabiladan ikkinchi qabilaga xabar yetkazuvchi tamtami ham, diqqatsiz o`quvchining «qulog`i tagini qizitish»gacha - hammasi o`zaro munosabat vositasi hisoblanadi. Lekin, o`zaro munosabatning eng yuqori, insonga xos formasi - bu tushunchalarni ifodalovchi so`zlar yordamidagi nutqdir.
  • Faoliyatni klassifikatsiya qilish va turlarga bo`lishning yana bir keng tarqalgan usuli — bu barcha insonlarga xos bo`lgan asosiy faollik turlari bo`yicha tabaqalashdir. Bu — muloqot, o`yin, o`qish va mehnat faoliyatlaridir.
  • Muloqot - Shaxs individual rivojlanishi jarayonida namoyon bo`ladigan birlamchi faoliyat turlaridan biri. Bu faoliyat insondagi kuchli ehtiyojlardan biri - inson bo`lish, odamlarga o`xshab gapirish, ularni tushunish, sevish, o`zaro munosabatlarni muvofiqlashtirishga qaratilgan ehtiyojlaridan kelib chiqadi. Shaxs o`z taraqqiyotini aynan shu faoliyat turini egallashdan boshlaydi va nutqi orqali (verbal) va nutqsiz vositalar (noverbal) yordamida boshqa faoliyat turlarini mukammal egallashga zamin yaratadi. Demak, o`zaro munosabat kishilar o`rtasidagi informatsiya almashishdan iborat. Inson hayoti boshqa odamlar bilan bo`lgan o`zaro munosabatdan tashkil topgan. Shuning uchun o`zaro munosabat muammosi ommaviy kommunikatsiya vositalari - matbuot, radio, TV ning ahamiyati tobora oshib borishi natijasida alohida ko`chayotgan ijtimoiy psixologiyaning diqqat markazida turadi.
  • To`g`ri, bamisoli qoyaga o`yilgan suratlardan tortib, to Jokondaning tabassumigacha san’at asari sanalganidek, afrikaliklar barabanining bir qabiladan ikkinchi qabilaga xabar yetkazuvchi tamtami ham, diqqatsiz o`quvchining «qulog`i tagini qizitish»gacha - hammasi o`zaro munosabat vositasi hisoblanadi. Lekin, o`zaro munosabatning eng yuqori, insonga xos formasi - bu tushunchalarni ifodalovchi so`zlar yordamidagi nutqdir.
Nutqiy o`zaro munosabatning mohiyati eshitiluvchi, ko`riluvchi va tuyiluvchi so`zlar vositasida uni uzatuvchi agent bilan qabul qiluvchi persipiyent orasida uzatiluvchi informatsiya almashinishidan iborat. Agent va persipiyentlar, 1 - sxemada ko`rsatilganidek, izchil suratda joylarini almashtirib turishishlari mumkin. Nutqiy o`zaro munosabat amalda deyarli hamisha uning besh turini o`z ichiga oladi: intellektual, emotsional, obrazli, assotsiativ va valyuntaristik. Intellektual nutqiy o`zaro munosabat tushunchalarni almashinish maqsadida amalga oshiriladi. Emotsional nutqiy o`zaro munosabat faqat lirik poeziyagagina emas, balki publitsistikaga ham, notiqlik san’atiga ham xosdir.  Obrazli nutqiy o`zaro munosabat badiiy adabiyotga xos. Odatdagi so`zlashuvda, ma’ruzada hamda fikrni tushuntirishda obrazlarga tez - tez murojat qilinadi.  Assotsiativ nutqiy o`zaro munosabat odat odatda nutqdan tashqari aloqalarda qo`llaniladi. U sovg`a shakliga ega. M: «Yoki senga dahshatli hadya jo`natay - o`zimning iforli aziz ro`molim» (Anna Axmatova). Ilmiy adabiyot uchun o`zaro munosabatning bu turi umuman maqbul emas, biroq uchala aloqa formasiga qo`shilib juda kata rol o`ynaydi. Valyuntaristik nutqiy o`zaro munosabat odat- faqat informatsiya beribgina qolmay, balki uni qabul qiluvchiga «zo`rlab yopishtiradi», uning uchun majburiy qilib qo`yadi. Bunga faqat so`z, ya’ni komandalar, ustav va instruksiyalar emas, balki har qanday targ`ibot ham taalluqlidir.
  • Nutqiy o`zaro munosabatning mohiyati eshitiluvchi, ko`riluvchi va tuyiluvchi so`zlar vositasida uni uzatuvchi agent bilan qabul qiluvchi persipiyent orasida uzatiluvchi informatsiya almashinishidan iborat. Agent va persipiyentlar, 1 - sxemada ko`rsatilganidek, izchil suratda joylarini almashtirib turishishlari mumkin.
  • Nutqiy o`zaro munosabat amalda deyarli hamisha uning besh turini o`z ichiga oladi: intellektual, emotsional, obrazli, assotsiativ va valyuntaristik.
  • Intellektual nutqiy o`zaro munosabat tushunchalarni almashinish maqsadida amalga oshiriladi.
  • Emotsional nutqiy o`zaro munosabat faqat lirik poeziyagagina emas, balki publitsistikaga ham, notiqlik san’atiga ham xosdir.
  • Obrazli nutqiy o`zaro munosabat badiiy adabiyotga xos. Odatdagi so`zlashuvda, ma’ruzada hamda fikrni tushuntirishda obrazlarga tez - tez murojat qilinadi.
  • Assotsiativ nutqiy o`zaro munosabat odat odatda nutqdan tashqari aloqalarda qo`llaniladi. U sovg`a shakliga ega. M: «Yoki senga dahshatli hadya jo`natay - o`zimning iforli aziz ro`molim» (Anna Axmatova). Ilmiy adabiyot uchun o`zaro munosabatning bu turi umuman maqbul emas, biroq uchala aloqa formasiga qo`shilib juda kata rol o`ynaydi.
  • Valyuntaristik nutqiy o`zaro munosabat odat- faqat informatsiya beribgina qolmay, balki uni qabul qiluvchiga «zo`rlab yopishtiradi», uning uchun majburiy qilib qo`yadi. Bunga faqat so`z, ya’ni komandalar, ustav va instruksiyalar emas, balki har qanday targ`ibot ham taalluqlidir.
O`yin - shunday faoliyat turiki, u bevosita biror moddiy yoki ma’naviy ne’matlar yaratishni nazarda tutmaydi, lekin uning jarayonida jamiyatdagi murakkab va xilma-xil faoliyat normalari, harakatlarning simvolik andozalari bola tomonidan o`zlashtiriladi. Bola toki o`ynamaguncha, kattalar xatti - harakatlarining ma’no va mohiyatini anglab yetolmaydi. O`yinda muayyan tasavvurlar, turli his - tuyg`ular, iroda sifatlari va predmetlarning xossalari va ularning qo`llanilishi, kattalar haqida va ularning o`zaro munosabatlarini aks ettiradi. Shu bois ham o`yinning har bir ishtirokchisi Shaxs sifatida shakllanadi. O`qish (ta’lim) faoliyati ham Shaxs kamolotida katta rol o`ynaydi va ma’no kasb etadi. Bu shunday faollikki, uning jarayonida bilimlar, malaka va turli ko`nikmalar o`zlashtiriladi. Mehnat qilish ham eng tabiiy ehtiyojlarga asoslangan faoliyat bo`lib, uning maqsadi albatta biror moddiy yoki ma’naviy ne’matlarni yaratish, jamiyat taraqqiyotiga hissa qo`shishdir. Shu bilan birga mehnat Shaxs tarkib topishining, uning qobiliyatlari, aqliy, ma’naviy xususiyatlari, ongi shakllanishining hal qiluvchi shartidir. Mehnatda, insonning shunday Shaxsiy sifatlari tarkib topadiki, ular mehnat jarayonida muqarrar suratda va doimo namoyon bo`ladi. Faoliyat strukturasi. Faoliyatning o`zlashtirilishi Faoliyat strukturasi. Faoliyat - voqelikka nisbatan faol munosabat bildirishning shunday bir shaklidirki, u orqali kishi bilan uni qurshab turgan olam o`rtasida real bog`lanish hosil qilinadi. Odam faoliyat orqali tabiatga, narsalarga, boshqa odamlarga ta’sir ko`rsatadi. Faoliyatda u o`z ichki imkoniyatlarini ishga solib va namoyon qilib, narsalarga nisbatan sub’ekt sifatida, odamlarga nisbatan esa Shaxs sifatida gavdalanadi.
  • O`yin - shunday faoliyat turiki, u bevosita biror moddiy yoki ma’naviy ne’matlar yaratishni nazarda tutmaydi, lekin uning jarayonida jamiyatdagi murakkab va xilma-xil faoliyat normalari, harakatlarning simvolik andozalari bola tomonidan o`zlashtiriladi. Bola toki o`ynamaguncha, kattalar xatti - harakatlarining ma’no va mohiyatini anglab yetolmaydi. O`yinda muayyan tasavvurlar, turli his - tuyg`ular, iroda sifatlari va predmetlarning xossalari va ularning qo`llanilishi, kattalar haqida va ularning o`zaro munosabatlarini aks ettiradi. Shu bois ham o`yinning har bir ishtirokchisi Shaxs sifatida shakllanadi.
  • O`qish (ta’lim) faoliyati ham Shaxs kamolotida katta rol o`ynaydi va ma’no kasb etadi. Bu shunday faollikki, uning jarayonida bilimlar, malaka va turli ko`nikmalar o`zlashtiriladi.
  • Mehnat qilish ham eng tabiiy ehtiyojlarga asoslangan faoliyat bo`lib, uning maqsadi albatta biror moddiy yoki ma’naviy ne’matlarni yaratish, jamiyat taraqqiyotiga hissa qo`shishdir. Shu bilan birga mehnat Shaxs tarkib topishining, uning qobiliyatlari, aqliy, ma’naviy xususiyatlari, ongi shakllanishining hal qiluvchi shartidir. Mehnatda, insonning shunday Shaxsiy sifatlari tarkib topadiki, ular mehnat jarayonida muqarrar suratda va doimo namoyon bo`ladi.
  • Faoliyat strukturasi. Faoliyatning o`zlashtirilishi
  • Faoliyat strukturasi. Faoliyat - voqelikka nisbatan faol munosabat bildirishning shunday bir shaklidirki, u orqali kishi bilan uni qurshab turgan olam o`rtasida real bog`lanish hosil qilinadi. Odam faoliyat orqali tabiatga, narsalarga, boshqa odamlarga ta’sir ko`rsatadi. Faoliyatda u o`z ichki imkoniyatlarini ishga solib va namoyon qilib, narsalarga nisbatan sub’ekt sifatida, odamlarga nisbatan esa Shaxs sifatida gavdalanadi.
Ijtimoiy hulq motivlari va Shaxs motivatsiyasi. «Motivatsiya» tushunchasi «motiv» tushunchasidan kengroq ma’no va mazmunga ega. Motivatsiya — inson xulq-atvori, uning bog`lanishi, yo`nalishi va faolligini tushuntirib beruvchi psixologik sabablar majmuini bildiradi. Bu tushuncha u yoki bu Shaxs xulqini tushuntirib berish kerak bo`lganda ishlatiladi, ya’ni: «nega?», «nima uchun?», «nima maqsadda?», «qanday manfaat yo`lida?» degan savollarga javob qidirish — motivatsiyani qidirish demakdir. Demak, u xulqning motivatsion tasnifini yoritishga olib keladi. Shaxsning jamiyatda odamlar orasidagi xulqi va o`zini tutishi sabablarini o`rganish tarbiyaviy ahamiyatga ega bo`lgan narsa bo`lib, masalani yoritishning ikki jihati farqlanadi: a) ichki sabablar, ya’ni xatti-harakat egasining sub’ektiv psixologik xususiyatlari nazarda tutiladi (motivlar, ehtiyojlar, maqsadlar, mo`ljallar, istaklar, qiziqishlar va hokazolar); b) tashqi sabablar — faoliyatning tashqi shart-sharoitlari va holatlari. Ya’ni, bular ayni konkret holatlarni kelib chiqishiga sabab bo`ladigan tashqi stimullardir.

Ijtimoiy hulq motivlari va Shaxs motivatsiyasi.

  • «Motivatsiya» tushunchasi «motiv» tushunchasidan kengroq ma’no va mazmunga ega. Motivatsiya — inson xulq-atvori, uning bog`lanishi, yo`nalishi va faolligini tushuntirib beruvchi psixologik sabablar majmuini bildiradi. Bu tushuncha u yoki bu Shaxs xulqini tushuntirib berish kerak bo`lganda ishlatiladi, ya’ni: «nega?», «nima uchun?», «nima maqsadda?», «qanday manfaat yo`lida?» degan savollarga javob qidirish — motivatsiyani qidirish demakdir. Demak, u xulqning motivatsion tasnifini yoritishga olib keladi.
  • Shaxsning jamiyatda odamlar orasidagi xulqi va o`zini tutishi sabablarini o`rganish tarbiyaviy ahamiyatga ega bo`lgan narsa bo`lib, masalani yoritishning ikki jihati farqlanadi: a) ichki sabablar, ya’ni xatti-harakat egasining sub’ektiv psixologik xususiyatlari nazarda tutiladi (motivlar, ehtiyojlar, maqsadlar, mo`ljallar, istaklar, qiziqishlar va hokazolar); b) tashqi sabablar — faoliyatning tashqi shart-sharoitlari va holatlari. Ya’ni, bular ayni konkret holatlarni kelib chiqishiga sabab bo`ladigan tashqi stimullardir.
Motivlarning turlari.  Turli  kasb  egalari faoliyati motivlarini o`rganishda motivlar xarakterini bilish va ularni o`zgartirish muammosi ahamiyatga ega. Shunday motivlardan biri turli xil faoliyat sohalarida muvaffaqiyatga erishish motivi bo`lib, bunday nazariyaning asoschilari amerikalik olimlar D. Maklelland, D. Atkinson va nemis olimi X. Xekxauzenlar hisoblanadi. Ularning fikricha, odamda turli ishlarni bajarishini ta’minlovchi asosan ikki turdagi motiv bor: muvaffaqiyatga erishish motivi hamda muvaffaqiyatsizliklardan qochish motivi. Odamlar ham u yoki bu turli faoliyatlarni kirishishda qaysi motivga mo`ljal qilishlariga qarab farq qiladilar. Masalan, faqat muvaffaqiyat motivi bilan ishlaydiganlar oldindan ishonch bilan shunday ish boshlaydilarki, nima qilib bo`lsa ham yutuqqa erishish ular uchun oliy maqsad bo`ladi. Ular hali ishni boshlamay turib, yutuqni kutadilar va shunday ishni amalga oshirishsa, odamlar ularning barcha harakatlarini ma’qullashlarini biladilar. Bu yo`lda ular nafaqat o`z kuch va imkoniyatlarini, balki barcha tashqi imkoniyatlar — tanish-bilishlar, mablag` kabi omillardan ham foydalanadilar.
  • Motivlarning turlari. Turli kasb egalari faoliyati motivlarini o`rganishda motivlar xarakterini bilish va ularni o`zgartirish muammosi ahamiyatga ega. Shunday motivlardan biri turli xil faoliyat sohalarida muvaffaqiyatga erishish motivi bo`lib, bunday nazariyaning asoschilari amerikalik olimlar D. Maklelland, D. Atkinson va nemis olimi X. Xekxauzenlar hisoblanadi. Ularning fikricha, odamda turli ishlarni bajarishini ta’minlovchi asosan ikki turdagi motiv bor: muvaffaqiyatga erishish motivi hamda muvaffaqiyatsizliklardan qochish motivi. Odamlar ham u yoki bu turli faoliyatlarni kirishishda qaysi motivga mo`ljal qilishlariga qarab farq qiladilar. Masalan, faqat muvaffaqiyat motivi bilan ishlaydiganlar oldindan ishonch bilan shunday ish boshlaydilarki, nima qilib bo`lsa ham yutuqqa erishish ular uchun oliy maqsad bo`ladi. Ular hali ishni boshlamay turib, yutuqni kutadilar va shunday ishni amalga oshirishsa, odamlar ularning barcha harakatlarini ma’qullashlarini biladilar. Bu yo`lda ular nafaqat o`z kuch va imkoniyatlarini, balki barcha tashqi imkoniyatlar — tanish-bilishlar, mablag` kabi omillardan ham foydalanadilar.
Mavzuga oid testlar: 1. Shaxs bilan jamiyat munosabatlarini ifodalovchi yo’nalishlar: A) nativizm, empirizm; B) negativizm, empirizm; V) empirizm, konformizm; G) negativizm, konformizm. 2. Shaxs bilan jamiyat munosabatlarining ifodalanmasligi: A) nativizm, empirizm; B) negativizm, empirizm; V) empirizm, konformizm; G) negativizm, konformizm. 3. Jamiyat o’z a`zolari xulq-atvoriga nisbatan ishlab chiqqan va ko’pchilik tomonidan e`tirof etilgan harakatlar talablari nimadir? A) ijtimoiy sanksiya; B) ijtimoiy rol; V) ijtimoiy norma; G) ijtimoiy ustanovka. 4. Jamiyat o'z a`zolari xulq-atvoriga nisbatan ishlab chiqqan va ko'pchilik tomonidan e`tirof etilgan harakatlarini nazorat qiluvchi jazo va rag’batlantirish tizimi nimadir? A) ijtimoiy sanksiya; B) ijtimoiy rol; V) ijtimoiy norma; G) ijtimoiy ustanovka. 5. Shaxsning konkret qat’iy vaziyatlardagi huquq va burchlaridan iborat harakatlar majmui: A) ijtimoiy sanksiya; B) ijtimoiy rol; V) ijtimoiy norma; G) Ijtimoiy ustanovka
  • Mavzuga oid testlar:
  • 1. Shaxs bilan jamiyat munosabatlarini ifodalovchi yo’nalishlar:
  • A) nativizm, empirizm; B) negativizm, empirizm;
  • V) empirizm, konformizm; G) negativizm, konformizm.
  • 2. Shaxs bilan jamiyat munosabatlarining ifodalanmasligi:
  • A) nativizm, empirizm; B) negativizm, empirizm;
  • V) empirizm, konformizm; G) negativizm, konformizm.
  • 3. Jamiyat o’z a`zolari xulq-atvoriga nisbatan ishlab chiqqan va ko’pchilik tomonidan e`tirof etilgan harakatlar talablari nimadir?
  • A) ijtimoiy sanksiya; B) ijtimoiy rol;
  • V) ijtimoiy norma; G) ijtimoiy ustanovka.
  • 4. Jamiyat o'z a`zolari xulq-atvoriga nisbatan ishlab chiqqan va ko'pchilik tomonidan e`tirof etilgan harakatlarini nazorat qiluvchi jazo va rag’batlantirish tizimi nimadir?
  • A) ijtimoiy sanksiya; B) ijtimoiy rol;
  • V) ijtimoiy norma; G) ijtimoiy ustanovka.
  • 5. Shaxsning konkret qat’iy vaziyatlardagi huquq va burchlaridan iborat harakatlar majmui:
  • A) ijtimoiy sanksiya; B) ijtimoiy rol;
  • V) ijtimoiy norma; G) Ijtimoiy ustanovka
6. Shaxsning aynan o'ziga o’xshash odamlar obrazi orqali o’zi to’g’risidagi obrazni shakllantirish, jonlantirish nimadir: A) refleksiya; B) persepsiya; V) apatiya; G) emotsiya. 7. Shaxs tomonidan ijtimoiy tajribani egallash va hayot-faoliyat jarayonida uni o'zlashtirish jarayoni: A) refleksiya; B) sotsializatsiya; V) apatiya; G) emotsiya. 8. Shaxs ijtimoiylashuvi institutlari: A) oila, bog’cha, maktab, tashkilotlar, mahalla; B) oila, bog’cha, maktab, mehnat jamoalari, mahalla; V) oila, bog’cha, maktab, nodavlat tashkilotlar, mahalla; G) oliygoh, bog’cha, maktab, mahalla. 9. Shaxsning ijtimoiy hodisalarni idrok etish, qabul qilish va boshqalar bilan munasabatlar o'rnatishga qaratilgan ruhiy ichki hozirligi: A) ma`naviyat, ma`rifat; B) mafkura; V) dunyoqarash; G) ijtimoiy ustanovka. 10. Oddiy ehtiyojlar asosida ongsiz tarzda hosil bo'ladigan ustanovkalar: A) ijtimoiy ustanovkalar; B) bazaviy ijtimoiy ustanovkalar; V) elementar ustanovkalar; G) qadriyatlar tizimi.
  • 6. Shaxsning aynan o'ziga o’xshash odamlar obrazi orqali o’zi to’g’risidagi obrazni shakllantirish, jonlantirish nimadir:
  • A) refleksiya; B) persepsiya; V) apatiya; G) emotsiya.
  • 7. Shaxs tomonidan ijtimoiy tajribani egallash va hayot-faoliyat jarayonida uni o'zlashtirish jarayoni:
  • A) refleksiya; B) sotsializatsiya; V) apatiya; G) emotsiya.
  • 8. Shaxs ijtimoiylashuvi institutlari:
  • A) oila, bog’cha, maktab, tashkilotlar, mahalla;
  • B) oila, bog’cha, maktab, mehnat jamoalari, mahalla;
  • V) oila, bog’cha, maktab, nodavlat tashkilotlar, mahalla;
  • G) oliygoh, bog’cha, maktab, mahalla.
  • 9. Shaxsning ijtimoiy hodisalarni idrok etish, qabul qilish va boshqalar bilan munasabatlar o'rnatishga qaratilgan ruhiy ichki hozirligi:
  • A) ma`naviyat, ma`rifat; B) mafkura;
  • V) dunyoqarash; G) ijtimoiy ustanovka.
  • 10. Oddiy ehtiyojlar asosida ongsiz tarzda hosil bo'ladigan ustanovkalar:
  • A) ijtimoiy ustanovkalar; B) bazaviy ijtimoiy ustanovkalar;
  • V) elementar ustanovkalar; G) qadriyatlar tizimi.
Foydalanilgan adabiyotlar: Karimov I.A. “Barkamol avlod – O’zbekiston tarqqiyotining poydevori”. – T.,1997 Karimov I.A. “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va tarqqiyot kafolatlari”. – T., 1998 Karimov I.A. “O’zbekiston XXI asrga intilmoqda”. – T.,1999Ibrohimov A va boshq. Vatan tuyg’usi. – T., 1996 Karimova V.M. Ijtimoiy psixologiya asoslari. – T.,1994 Karimova V va boshq. Mustaqil fikrlash. – T.: Sharq,2000 Kon I.S. “Psixologiya ranney yunosti”. М.,1989 Morgunov E.B. “Lichnost i organizatsiya”. – М .,1996 Ollport Gordon V. Psixologiyada shaxs. – М ., 1998 www.psycho.all.ru www.tomalogy.org www.psycho.ru

Foydalanilgan adabiyotlar:

Karimov I.A. “Barkamol avlod – O’zbekiston tarqqiyotining poydevori”. – T.,1997

Karimov I.A. “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va tarqqiyot kafolatlari”. – T., 1998

Karimov I.A. “O’zbekiston XXI asrga intilmoqda”. – T.,1999Ibrohimov A va boshq. Vatan tuyg’usi. – T., 1996

Karimova V.M. Ijtimoiy psixologiya asoslari. – T.,1994

Karimova V va boshq. Mustaqil fikrlash. – T.: Sharq,2000

Kon I.S. “Psixologiya ranney yunosti”. М.,1989

Morgunov E.B. “Lichnost i organizatsiya”. – М .,1996

Ollport Gordon V. Psixologiyada shaxs. – М ., 1998

www.psycho.all.ru

www.tomalogy.org

www.psycho.ru

-80%
Курсы повышения квалификации

Организация и сопровождение олимпиадной деятельности учащихся

Продолжительность 72 часа
Документ: Удостоверение о повышении квалификации
4000 руб.
800 руб.
Подробнее
Скачать разработку
Сохранить у себя:
Psixologiyada shaxs tushunchasi va jamiyat muammosi (1.17 MB)

Комментарии 0

Чтобы добавить комментарий зарегистрируйтесь или на сайт