
Ona tili 2-sinf

Ona tilim Sen millatning mulkisan, Chiroylisan,ko‘rkamsan, Fe’l-atvori,ruhini Aks ettirgan ko‘zgusan. Donishmand ,dono tilim, Asl durdona tilim .

KO‘P O‘QISH,BILIM OLISH, BARKAMOL AVLOD BO‘LIB KELAJAKKA INTILISH
Bizning shior

Ortiqchasini toping .

Uyga vazifa 294-mashq Gaplarni o‘qing
Zira- foydali o‘simlik.U tog‘larda o‘sadi.Zira iyunda gullaydi. Mevasi iyulda yetiladi.Ziraning mevasi juda xushbo‘y bo‘ladi .
.

Zira — ziradoshlar oilasiga mansub koʻp yillik xushboʻy ziravor oʻsimlik.. Poyasining yarmidan yuqorisi shoxlangan .
.
Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo adirlarida, togʻ yon bagʻirlarida koʻp oʻsadi. Oʻrta Osiyo xalqlari goʻsht tuzlashda va ovqatlar tayyorlashda qadimdan ziradan keng foydalanib keladi. Xalq tabobatida meʼda kasalliklarini davolashda dori sifatida ishlatiladi.
.

Savollarga javob bering !
- Nechta gap yozdingiz ?
- Gapning boshlanishi va oxiri qanday belgilangan?

OG‘ZAKI VA YOZMA NUTQ

Tabiat qo‘yniga sayohat
- Bolalar tabiat qo‘yniga sayohatga chiqishdi.
- Sarvar xaritaga qarab yo‘lni davom ettiryapti.
- Vali tabiatni kuzatyapti.
- Shahnoza qizil,sariq,oq kapalaklarni quvlayapti

Nutq -gaplar orqali bildirgan fikrdir.Nutq gaplardan, gap esa so‘zlardan tuziladi .

295-mashq . O‘qing
Mushtariy barvaqt turadi.Yuz-qo‘lini yuvadi va kattalarga salom beradi.Mushtariy ertalabki nonushtani tayyorlashda onasiga yordamlashadi .

296-mashq ”Mening bir kunim” mavzusida 3-4ta gap yozing .

.
Ertalab uyg‘onaman. O‘rnimni yig‘aman.
Yuz-qo‘limni yuvaman.Badantarbiya qilaman.
Nonushtaga o‘tiraman. Ertalabgi ovqatni yeyib bo‘lgach
ekran qarshisiga o‘tirib dars tayyorlashni boshlayman .

Tez aytish
Gunafshaning gullari gurillabdi,
gullabdi.

Uyga vazifa 297-mashq
Gaplarni yozing.
Alisher Navoiyning hikmatli gaplarini o‘qing.Mazmunini anglab olishga harakat qiling .

Yolg‘onchi-kishi emas,yolg‘on aytmoq mardlarning ishi emas. Kimki ulug‘roq anga xizmat kerak, Ulki kichikroq,anga shafqat kerak.



