Mashrapova Sayyora Anvarjanovna
1985 yil 10 iyunda Namangan viloyati Norin tumani Xaqqulobod shahrida tug’ilgan.
Mashrapova Sayyora Anvarjanovna 2006 yilda Namangan Davlat Universitetini “Biologiya” yo’nalishini tamomlab, 2015 yil NVQTVMOIni “Boshlang’ich ta’lim” yo’nalishini tamomladi. 2014 yildan Norin tumanidagi 1-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabining boshlang’ich sinf o’qituvchisi vazifasida ishlab kelmoqda.
Fan. Matematika Sinf. 4 Mavzu. Kasrlar haqida tushuncha. Darsning maqsadi: a) ta`limiy: o`quvchilarga kasr haqida tushuncha berish, bilimlarini kengaytirish. FK: kasr haqida tasavvurlarini boyitish.
b) tarbiyaviy: do`stona munosabatda bo`lishga o`rgatish, hamkorlikda ishlash. TK 4: tabiatga muhabbat ruhida tarbiyalash. d) rivojlantiruvchi: o`quvchilarning mustaqil va erkin fikrlashini rivojlantirish. FK2: yangi bilmlar hosil qilish.
Dars turi: Yangi bilim beruvchi. Dars metodi: Tushuntirish, “Xotira” mashqi, “Moslashuv” mashqi. “Tez top” o`yini
Darsning jihozi: Dasrlik, mavzuga oid ko`rgazmalar, A4 qog`oz, marker, skotch, olma, multimediya ilovalari . Darsning borishi: I. Tashkiliy qism. Salomlashish. Navbatchi orqali davomadni aniqlash, o`quvchilar darsga tayyorgarligini ko`rib chiqish. “Ma`naviyat daqiqasi” o`tkaziladi. Ekranda Muso al-Xorazmiy haqida 2 daqiqalik film namoyish etiladi. O`quvchilar tomonidan kun yangiliklari e`lon qilinadi.
9-fevral bobomiz Alisher Navoiyning 577 yilik tavalludi nishonlandi. 14-fevral- shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun. O`quvchilar guruhlarga bo`linib, guruh sardorlari aniqlanadi.
1.”Muso al-Xorazmiy” 2.”Ahmad al-Farg`oniy” 3.”Mirzo Ulug`bek” II. O`tgan mavzuni mustahkamlash. Darslikning 139-betidagi 623-misol tekshirilib baholanadi. “Xotira” mashqi o`tkaziladi. O`quvchilarga ko`p xonali sonlar ko`rsatilib, eslab qolingan sonlarni daftarga yozish buyuriladi.
Masalan, 312, 95, 6491, 5505. III. Yangi mavzu.
O`quvchilarga olma ko`rsatiladi. Uning rangi, shakli, ta`mi, foydasi (vitaminga boy), tabiat in`omi ekanligi tushuntiriladi. Olma teng ikkiga bo`linadi. So`ng teng to`rtga bo`lib ko`rsatiladi. Bir bo`lagi bir o`quvchiga beriladi. Demak, 4 qismga bo`lingan olmaning bir bo`lagi olindi, ya`ni to`rtdan bir qismi. Kasr haqida o`quvchilarga tushuncha beriladi. Mavzu ekranda ko`rsatilib, tushuntiriladi. Darslik bilan ishlash. Darslikdagi 625-misolda rasm nimasi bilan bir-biriga o`xshashligi tushuntiriladi. 626-misolda berilgan AB kesmani o`lchab, daftarga chizadilar. O`quvchilardan kesma, to`g`ri chiziq, nur haqidagi bilimlar aniqlanadi. Faol guruh a`zolari rag`batlantirilib boriladi. Demak, 1sm=1/10 dm 627-misolni bajarishda guruh sardorlari o`rtasida “Moslashuv” mashqi o`tkaziladi.
1
/10sm 1dm 1/10m 1/1000 km 1m 1mm
G`oliblar rag`batlantiriladi. “Tez top” o`yini guruhlararo o`tlaziladi. Guruhlarga kvadrat, uchburchak, to`rtburchak shakllari beriladi. Teng qismga bo`lingan bu shakllardan bir bo`lagini kesib oladilar. Guruh sardorlari natijani qog`ozga yozib doskaga iladi. Masalan, 1/4, 1/3 kabi.
IV. O`tgan mavzuni mustahkamlash.
6
28-misol doskada amallar turiga ko`ra bajariladi. 8491x73=619843 94720:80x96+89994=1184x96+89994=113664+89994=203658 Matematik diktant o`tkaziladi.
-Olmaning to`rtdan bir bo`lagi – 1/4
-Qovunnig to`rtdan uch bo`lagi – 3/4 -Tortning beshdan bir bo`lagi – 1/5 Guruhlar bo`yicha to`g`ri javoblar aniqlanadi. V. O`quvchilarni baholash va darsni yakunlash. Guruhlarda eng faol qatnashgan o`quvchilar va g`olib guruh aniqlanadi. “Eng faol o`quvchi”, “Eng topqir o`quvchi”, “Eng aqlli o`quvchi” nominatsiyalari beriladi.
VI. Uyga vazifa
629-630-misol- masala
630-masala sharti o`qilib, bajarish tartibi tushuntiriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.4-sinf matematika fani darsligi
2.O’qituvchilar uchun matematika fanidan metodik qo’llanma
3.Internet ma’lumotlari
12

Kasrlar haqida tushuncha (5.37 MB)

