BOTANIKA fanidan kichik qo’llanma 5-SINF UCHUN
Andijon viloyati Asaka tumani
12-umumta’lim maktabi
Biologiya fani o’qituvchisi
URINBOYEVA ADOLATning
Tayyorlagan o’quv qo’llanmasi.
Botanika- yunoncha so’zdan olingan bo’lib
‘’ko’kat, o’t ,o’simlik degan ma’noni anglatadi.
Yuksak o’simlik- tanasi ildiz, poya ,barg gul(gulli o’simliklarda) kabi organlarga ajralgan o’simliklardir
Tuban o’simliklar – tanasi alohida to’qima va organlarga ajralmagan o’siliklar hisoblanadi
Gulli o’simlik- hayoti davomida gul hosil qiluvchi o’simliklar
Xazonrezgilik - o’simliklarning kuz faslida barglarinng to’kish jarayoni
Iliq kelgan kuz oylarida ham gulaydigan o’simliklar-(madaniy) atirgul, xrizantema, kartoshkagul (yovvoyi) zubturum,qoqio’t, sachratqi
Bargi uzoq vaqtgacha yashil rangini saqlovchi o’simlklar- ligustrum, shamshod, atirgul
Bargini ancha barvaqt (birinchi sovuqdan keyin)to’kib yuboruvchi o’simlilar:terak, gledichiya, aylant, tikan daraxt
Doimy yashil o’simliklar- archa, qarag’ay
Bir vaqtning o’zida tanasida ham mevasi yetilib turgan, ham gullari ochilib turuvchi o’simlik- g’o’za, ituzum
Barglari qipiqqa aylangan arang ko’ruvchi o’simlikr- saksovul, qandim
Tabobatimiz gavhari bo’lgan o’simliklar- isiriq, chakanda, zubturum, suvqalampir
Noyob mevali o’simliklar- pista,bodom, safsan ,yong’oq
Gulli o’simiklarning hilma hilligi –ekologik sharoitga bog’liq
Gulli o’simliklar – 533 oila 13000 turkum 250 000 dan ortiq turni o’z ichiga oladi
O’simliklarning hayotiy shakli- o’simliklarning biror sharoitga moslanib yashashiga aytiladi
O’simliklarning hayotiy shakllari- daraxt, buta, chala (yarim) buta , ko’p yillik o’t ,ikki yillik o’t, bir yillik o’t
Daraxt- baqquvvat ildizli keng shoh shabbali tanasi yog’ochlashgan ko’p yillik o’simliklardir
Terak, qayrag’och(t anasi tik ,g’uj) yong’oq,shaftoli, olma(yoyiq)
Sadaqayrag’och, majnuntol( tanasi sharsimon shohlangan)
Tez o’suvchi daraxtlar-terak, tol
Sekin o’suvchi daraxtlar –nok ,pista, archa
Buta- tanasi yog’ochlashgan bir yoki bir nechta tana hosil qiladdigan ,bo’yi 2-3 m dan oshmaydigan ko’p yillik o’simliklar
Madaniy butalar: anor, ligustrum , nastarin ,limon
Yovvoyi butalar: irg’ay, singirtak, uchqat, na’matak
Yarim butalar – tanasining ustki qimi qishda sovuqdan qurib qoluvchi o’sish kurtaklari tanasining pastki qismida saqlanuvchi o’simliklar
Izen, keyreuk, teresken, sarsazan , shuvoq
Ko’p yillik o’simliklar – yer ustki qismi qishda sovuqdan qurib qoluvchi, o’sish kurtarlari yer ostki qismida saqlanuvchi o’simliklardir
Anjir, pskom piyozi, yalpiz, shashir, kuchala, gulsafsaar
Ikki yillik o’simliklar- birinchi yili to’pbarg hosil qiluvchi, ildzida ko’plab oziq moddalar to’plovchi ,ikkinchi yili poya hosil qilib , gullab meva hosil qiluvchi o’simliklardir
Sholg’om, turp, rediska, sigirquyruq, lavlagi, o’sma kabilar kiradi
Bir yillik o’simliklar- bir yil ichida o’sib, gullab, meva va urug’ hosil qiluvchi bir yil davomida yashab hayotini tugatuvchi o’simliklar
Qishloq xo’jaligida aksariyat o’simliklar bir yillik : pomidor ,bodring ,qovun, tarvuz, qalampir, rayhon, jambil, machine oq sho’ra, qizil sho’ra, lolaqizg’aldoq
O’zbekiston o’simliklarining yarmidan ko’prog’ini bir yillik o’simliklar tashkil etadi
O’simlk to’qimalari- N. GRYU tomonidan fanga birinchi bo’lib to’qima tushunchasi olib kirilgan
Hosil qiluvchi to’qima 2 xil uchki hosil qiluvchi to’qima (ildiz ,poya, novdalarning uchki qismida) yon hosil qiluvchi to’qima (poyaning lub va ksilema orasida- kambiy) boshqa to’qimalar hosil bo’lishida ishtirok etadi
Asosiy to’qima – assimilatsion, parrenxima to’qimasi deb ham nomlanadi o’simliklarda fotosintez jarayonini amalga oshishida muhim ahamiyatga ega. Tirik, xlorofillga boy hujayralardan iborat
Jamg’aruvchi to’qima- o’simliklardagi ortiqcha oziq moddalarni to’plovchi to’qima bo’lib, ayrim o’imliklarda krahmal(kartoshka tugunagi,guruch donida), oqsil (no’xat, loviya donlarida), uglevod(uzum ,tarvvuz mevalarida ) yog’ (yong’oq, pista,bodom mag’zida) kabi moddalar jamg’ariladi
Qoplovchi to’qima – 3 hil epidermis(yosh novdalar va burglar ustini qoplab turadi) po’stloq va po’kak( ancha vaqt yashagan daraxtlar tanasida hosil bo’ladi ,suberin moddasi shimilganligi uchun issiq va sovuqni turli mikroorganizmlarni o’tkazmaydi)
Mehanik to’qima – o’simliklarga tayanch vazifasini bajaruvchi mddalarni o’tkazishda ishtirok etuvchi to’qima ,yog’ochlik, nay tolali boylamlar ,ba’zi o’simliklarmevasida ham uchraydi(danakli mevalar danagi po’sti, yong’oq mevalar danagi po’sti, behi va nok mevasidagi tosh hujayralar)
O’tkazuvchi to’qima – osimliklarda moddalarni o’tkazish vazifasini bajaruvchi to’qimalar o’zakdagi naylar va lub tolasidagi naylar
ILDIZ- o’simlikning yerustki qismini tuproq bilan birlashtiruvchi tuproqdagi minerallarni va suvni shimib oluvchi organi
ILDIZ-asosiy, yon, qo’shimcha ildizlarga bo’linadi
Bir tup o’simlikdagi ildizlar yig’indisi ildiz sistemasi deyiladi
Ildiz sistemasi -2 hil o’q (ikki urug’ pallalilarda) popuk (bir urug’ pallalilarda) ildiz sistemalariga bo’linadi
Ildizning ichki zonalari- ildiz qinchasi (bo’linuvchi zona ) o’suvchi zona ,so’ruvchi zona , o’tkazuvchi zona
Ildiz tukchalari – 1 ta hujayradan iborat bo’lib ,so’ruvchi zonada joylashadi, ildiz bosimi hisobiga tuproqdan suv va minerallarni shimib oladi . 10-20 kun (10-12) yashaydi
Ildiz uchida joylashgan hujayralar hisobiga o’sadi yong’oqning ildizi yon tomonga 20 m gacha cho’ziladi
Yantoqning ildizlari tuproq ostiga 30 m chuqurlikka kirib boradi
O’simlik ildizlarida oziq moddaning to’planishi natijasida ildizmeva hosil bo’ladi ildizmevalarga: sholg’om, turp, rediska, sabzi , lavlagi
Ildizsiz o’simliklar- suv qaroqchisi bo’lib, O’zbekistonda 2 turi o’sadi butun tanasi bilan suvga botib turadi
Hasharotlar bilan oziqlanadi
Shoxbarg(seratofialum)-ham ildizsiz o’simlik hisoblanadi
Chet ellarda ildizsiz o’simliklardan –volfiyama’lum
Ildizi poyasidan og’ir o’simliklar –lavlagi, boshqa ildizmevalar , yong’oq zarang, qatrong’I olcha (tog’olcha) kabi o’simliklar ildiz tizimi poyasidan ancha o’g’ir Fikus- o’simligining ildizi shox –shabbasidan ancha o’g’ir
O’gir ildizlar – qatron ildizi 8-10 kg ,Farg’ona sutlamasi -10-16(20) kg, toron- 18-22 kg.
Uzun ildizlar-yon tomonga suv qidirib 20 m gacha o’suvchi o’simlik –Qandim, ildizlari nisbatan uzunroq o’simliklarga yovvoyi olma -25-30 m, yong’oq 20-30 m, zarang 10-12m
Qisqa ildizli o’simliklarga- jiyda, shaftoli, nok, sariq do’lana
Havo ldizlarga- fillodendrol sello, oq sonneratiya daraxtlarining ildizlari bo’lib, ularning ildizlari havoda, tuproqdan tashqariga chiqib turadi
Poya-o’simliklarning barcha a’zolarini birlashtirib turuvchi markaziy organi poyalar bir necha hil bo’lib turli o’simliklarda turlicha masalan bug’doyda yumaloq, rayhon va yalpizda 4 qirrali, salomalaykum(hilol) o’simligida 3 qirrali ,burchoqda qanotchali bo’ladi. Poyalar o’sish shakliga qarab ham turlicha shaklda bo’ladi
Tik poya- daraxtlarda, bug’doy, arpa, pomidor rayhon kabi o’simliklarda
O’raluvchi poya- qo’ypechak, zarpechak, karnaygullarda
Ilashivchi poya- tok, qozonsochiq,qovun, tarvuz, bodring kabilarda
O’rmalovchi poya- qulupnay, ajriq, g’ozpanja kabilarda
Yostiq hosil qiluvchi – sebarga , temirtikan
Poyaning ichki tuzilishi- epidermis, po’stloq hujayralari, lub tolalari(floyema), kambiy, ksilema(yog’ochlik),o’zak, o’zak nayi hujayralari
BARG- o’simlikning fotosintez jarayonini amalga oshiruvchi vegetativ organidir
Oddiy barg- bitta barg bandida bitta barg plastinkasi joylashsa oddiy barg deyiladi, olma o’rik, shaftoli, jiyda, nok kabi
Murrakab barg – bitta umumiy barg bandida bir nechta barg yaproqchalari joylashsa bunday burglar murrakkab barg bo’lib ularga yong’oq, atirgul, qulupnay, mosh, loviya, soxta kashtan kabilar
Bargning ichki tuzilishi- epidermis hujayralari , barg og’izcha hujayralari, ustunsimon hujayralar, bulutsimon hujayralar, barg tomiri hijayralari, bulutsimon ,ustunsimon hujayralar barg po’sti, pidermis hujayralar kiradi
Barg tomirlanishga ko’ra to’rsimon va parallel tomirlangan bo’ladi
Bir urug’ pallalilar bargi parallel tomirlangan bo’lib ularga arpa, bug’doy, sholi, lola, piyoz, shirach, chuchmoma
Ikki urug’ pallalilar bargi to’rsimon tomirlangan bo’lib ularga olma, o’rik, nok, yong’oq ,tut,tol
Barglar poyada navbat bilan, qarama qarshi, halqa hosil qilib joylashadi
Gul- o’simlikning generative ko’payish organi bo’lib u quyidagi qismlaedan tashkil topgan
Gul bandi, gul o’rni, gul kosachabarg ,gultojbarg, changchi va urug’chidan iborat.
Agar gulni 2 tadan ortiq bir hildagi qismlarga bo’lish imkoni bo’lsa bunday gul to’g’ri (aktinomorf) gul deyiladi
Olma o’rik, na’matak kabi gullar
Agar gulni 2tadan ortiq teng qismga bo’lish imkoni bo’lmasa bunday gul qiyshiq gul deyiladi bunday gullarga
Qo’ng’iroqgul, angishvonagul, binafsha kabilar misol bo’la oladi.
Agar gulqo’rg’on gulkosa va gultojbarg lardan tashkil topgan bo’lsa murakkab gulqo’rg’on deyiladi
Agar gulqo’rg’on faqatgina gulkosa yoki gultojdan iborat bo’lsa bunday oddiy gulqo’rg’on deyiladi
Urug’lanish- jarayoni bu gullarda jinsiy ko’payishidir changlanish – chang hujayralarini yetilib urug’chi tumshuqchasiga tushish jarayoniga aytiladi . changlanish jarayoni 3 hil bo’ladi o’z-o’zidan changlanish, chetdan changlanish , sun’iy changlanishga bo’linadi.
O’Z-O’ZIDAN changlanish sodir bo’lishi uchun gulda bir vaqtni o’zida ham changchi ham urug’chi yetiladi va chang hujayrasi urug’chi tumshuqchasiga tushadi
Chetdan changlanish ajrayonida boshqa gulning chang hujayralari boshqa gul urug’chi tumshuqchasiga tushadi (shamol yordamda va hasharotlar yordamida chanlanish ham)
Sun’iy changlanish –bu insonlar tomonidan yuqori hosil olish maqsadida changlantirish jarayoniiiiiiiiii amalga oshiriladi .
Urug’lanish jarayonida urugchi tugunchasida markaziy hujayra va tuhum hujayra yetiladi , urug’chi tumshuqchasiga tushgan chang hujayrsi 2 qismda yirikroq – vegetative va maydaroq – generative hujayradan iborat bo’lib tushgan zahoti vegetative hujayra o’sishni boshlaydi. O’sib uzun nay hosil qilib urug’chi tugunchasiga kirib boradi, huddi shu paytda generative hujayra ham ikkiga bo’linib 2 ta spermiyni hoil qiladi
Spermiylar naycha orqali tushib tugunchadagi hujayralar bilan qo’shiladi ,shunng uchun o’simliklarda qo’sh urug’lanish deb ataladi. Spermiy va tuhum hujayra qo’shilishidan murtak, spermiy va markaziy hujayralar qo’shilishidan endosperm hosil bo’ladi
S+T=MURTAK, S+M= ENDOSPERM
Gul formulalari
Ranodoshlar oilasi
Karamdoshlar oilasi
Sho’radoshlar oilasi
Gulhayridoshlar oilasi
Ituzumdoshlar oilasi
Burchoqdoshlar oilasi
Loladoshlar oilasi
Piyozdoshlar oilasi
Bug’doydoshlar oilasi