Меню
Разработки
Разработки  /  Дошкольное образование  /  Разное  /  Прочее  /  Boshqarishda axborot tizimi (EMIS) bilan ishlash

Boshqarishda axborot tizimi (EMIS) bilan ishlash

Boshqarishda axborot tizimi (EMIS) elektron dasturining imkoniyatlari, ishlash tartibi, ro‘yxatdan o‘tish, tizimga kirish hamda tizimga maʼlumotlarni kiritish haqidagi maʼlumotlar beriladi.
12.06.2022

Содержимое разработки

MTTlarda taʼlim boshqaruvida axborot tizimida qoʼllaniladigan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining mazmuni hamda maktabgacha taʼlim tizimida "EMIS" elektron dasturi bilan ishlash va ularning imkoniyatlari toʼgʼrisidagi maʼlumotlar yoritib berilgan.





Tuzuvchi:

MTTDMQTMOI “Maktabgacha ta’lim menejmenti” kafedra katta o‘qituvchisi Sh.V.Beknayeva




Taqrizchilar:

MTTDMQTMOI “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi mudiri t.f.n., dotsent A.Parmanov


Malaka oshirish toifasi:

Boshqarma boshliq oʻrinbosari Tuman (shahar) Maktabgacha taʼlim boʻlimi mudiri

MTTlari faoliyatini muvofiqlashtirish va tahlil boʻlimi boshligʻi

Pedagog kadrlar malakasini oshirish va pedagogika kollejlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimi rahbari

Maktabgacha taʼlim tashkiloti direktori





















MUNDARIJA

  1. KIRISH 4

  2. TEXNOLOGIK XARITASI 5

  3. MAʼRUZA MATN VA OʻQUV MATERIALLAR 6

  4. OʻZ-OʻZINI TEKSHIRISH UCHUN TEST SAVOLLAR 32

  5. TARQATMA MATERIALLAR 34

VI. ADABIYOT VA MANBALAR ROʻYXATI 35



































I.KIRISH


Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 16-dekabrda qabul qilingan “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi OʻRQ-595 sonli Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-dekabrdagi “Aholiga davlat xizmatlari koʻrsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PF-5278 sonli farmoni, “Maktabgacha taʼlim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 30-sentyabrda PQ-3955-sonli qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2021-yil 20-maydagi “Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2018 244-son qaroriga o’zgartirishlar kiritish haqidagi 319-son qarorlariga muvofiq hamda ishchi o‘quv dasturiga muvofiq ushbu o‘quv-uslubiy majmua ishlab chiqilgan.

Boshqarishda axborot tizimi (EMIS) ning joriy etishdan asosiy maqsad – qogʻozbozlikni oldini olish, markazlashgan avtomatlashtirilgan tizimni yoʻlga qoʻyish, statistik maʼlumotlarning toʻgʻriligini taʼminlash, tizimda qonun buzilishlar va korrupsiyani oldini olish, maʼlumotlarni raqamlashtirish, shafoflikni taʼminlashdan iborat.

Boshqarishda axborot tizimi (EMIS) yordamida Maktabgacha taʼlim vazirligi tizimdagi kamchiliklarni va mummolarni aniqlaydi va oldini oladi hamda nazorat va boshqarishga erishadi.

Davalat, nodavlat, davlat-xususuiy sherikchilik asosidagi nodavlat, oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbarlari, xodimlari, mavjud bolalar soni, mutaxassislikka doir maʼlumotlarni kiritiladi.

Ota-ona barcha turdagi maktabgacha taʼlim muassasalarining manzili, undagi boʻsh joy, faoliyat olib borayotgan mutaxassislari haqida toʻliq maʼlumotga ega boʻladilar.

Modulning maqsadi Boshqarishda axborot tizimi (EMIS) elektron dasturining imkoniyatlari, ishlash tartibi, ro‘yxatdan o‘tish, tizimga kirish hamda tizimga maʼlumotlarni kiritish haqidagi maʼlumotlar beriladi.

Kutilayotgan natijalar:

Tinglovchilar ushbu mavzu yakunida quyidagi bilim va koʻnikmalarga ega boʻladilar:

Boshqarishda axborot tizimi (EMIS) elektron dasturining imkoniyatlari, ishlash tartibi, ro‘yxatdan o‘tish haqida bilimga ega bo‘ladilar;

Boshqarishda axborot tizimi (EMIS)ga kirish, unda individual ishlash va maʼlumotlarni kiritish haqida bilim va koʻnikmalarga ega boʻladilar.

II. Boshqarishda axborot tizimi (EMIS) bilan ishlash

TEXNOLOGIK XARITA

Vaqt

Mavzu

Jarayon, metod

Resurs, tarqatma

materiallar

Tinglovchining faoliyati

80

daqiqa

1-Mavzu: Boshqarishning axborot tizimi (EMIS) elektron dasturi imkoniyatlari (nazariy 2 soat)

10 daqiqa

Tashkiliy qism

30 daqiqa

"EMIS" elektron

dasturi

imkoniyatlarini o‘rganish

Tinglovchilarning mashg‘ulotga

tayyorgarligi va davomati

tekshiriladi.

Mashg‘ulot mavzusi bayon etiladi. Aqliy hujum metodi

Kompyuter, proektor, taqdimot

O‘z fikrlarini bildiradilar

35 daqiqa

Maktabgacha ta’limni

boshqarish axborot

tizimini joriy

etilishini

ta’minlanishi tahlil etish. “EMIS” dasturi oynalari bilan tanishish.

Yagona interaktiv davlat xizmatlari

portali, Maktabgacha ta’lim

tashkilotlarida

interaktiv davlat

xizmatlaridan foydalanish

Tarqatma material

Topshiriqlarni bajaradilar

5

daqiqa

Yakuniy qism

80 daqiqa

2-Mavzu: “EMIStarbiyalanuvchilarni qabul qilish hamda safdan chiqarish.(amaliy 2 soat)

45 daqiqa

“EMIS” elektron dasturida tarbiyalanuvchilarni qabul qilish. Guruhdagi tarbiyalanuvchini ilgari surish

“EMIS” dasturining qabul oynasidan foydalanish.

Kompyuter, tarqatma material

Topshiriqlarni ketma-ket bajaradilar

35 daqiqa

“EMIS” elektron dasturida tarbiyalanuvchilarni safdan chiqarish

Tinglovchilarni mustaqil ishlatish va

nazorat qilish. “BBB” metodi

Kompyuter, tarqatma material

Topshiriqlarni bajaradilar

80 daqiqa

3-Mavzu: “EMIS”dasturida hodimlar ma’lumotini kiritish hamda tahrirlash. (amaliy 2 soat)

40 daqiqa

Boshqarishning axborot tizimi (EMIS) elektron dasturi lavozim yaratish hamda xodimlar ma’lumotlarini kiritish.


“EMIS” tizimining

umumiy, kadrlar, ta’lim-tarbiya

ma’lumotlari bilan ishlash

Kompyuter, tarqatma material

Topshiriqlarni ketma-ket bajaradilar

30 daqiqa

  1. "EMIS" elektron dasturida hodimlar ma’lumotlarini tahrirlash.


“EMIS” tizimining

hisobotlar

bo‘limlari bilan ishlash. “BBXB” jadvali

Kompyuter, tarqatma material

Topshiriqlarni bajarish

10 daqiqa

Yakuniy qism


III. MAʼRUZA MATN VA OʻQUV MATERIALLAR


  1. Mavzu: Boshqarishning axborot tizimi (EMIS) elektron dasturi imkoniyatlari

(nazariy 2 soat)

Reja:

1. "EMIS" elektron dasturi imkoniyatlarini oʼrganish.

2.Maktabgacha ta’limni boshqarish axborot tizimini joriy etilishini

ta’minlanishi tahlil etish. “EMIS” dasturi oynalari bilan tanishish.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-dekabrdagi “Aholiga davlat xizmatlari koʻrsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PF-5278 sonli farmoni, “Maktabgacha taʼlim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 30-sentyabrda PQ-3955-sonli qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2021-yil 20-mayda “Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2018 yil 244-son qaroriga o’zgartirishlar kiritish haqidagi qarori asosida “Boshqarishda axborot tizimi (EMIS)” bilan ishlash tartibga solinadi. Boshqarishda axborot tizimi (EMIS)ning vazifalari, Boshqarishda axborot tizimi (EMIS)da ishlash tartibi, EMISga maʼlumotlarni kiritish boʻyicha kompetensiyalari rivojlantiriladi.

Shuningdek, maktabgacha taʼlimni boshqarishning Boshqarishda axborot tizimi (EMIS) yordamida barcha turdagi maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbarlari, xodimlari, mavjud bolalar soni, faoliyat olib borayotgan mutaxassislar haqida maʼlumotlarni kiritadi. Shu orqali maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarning ota-onalari taʼlim tashkilotlarni manzili, undagi boʻsh joy, muxtaxassislari haqidagi maʼlumotga ega boʻladilar.

Ota-onalar farzandlarini onlayn navbatga qoʻyish jarayonida Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDYO) organlari bilan onlayn ulangan bazadan farzandining tugʻulganlik guvohnomasi seriya va raqamini kiritib farzandi haqidagi maʼlumotlar olish imkoniyati yaratilgan. Kelgusida xodim va tarbiyalanuvchilarning sogʻligʻi haqida onlayn Sogʻliqni saqlash vazirligining bazasidan olish va bashqa idoralarning axborot tizimlaridan maʼlumotlarni shakillantirish ishlari olib borilayotganini qayd etish lozim.


  1. OPENEMIS dasturining amaliyotga tadbiq etilishdan maqsadi:

1. Korrupsiyani yoʻq qilish.

2. Qogʻozbozlikning oldini olish.

3. Markazlashgan avtomatlashtirilgan tizimga oʻtish.

4. Statistik maʼlumotlarning toʻgʻriligini taʼminlash.


II. OPENEMIS dasturining vazifalari:

  • Ota-onalar farzandlarini onlayn navbatga qoʻyish va joylashtirish.

  • MTTlarga tabiyalanuvchilarni onlayn qabul qilish.

  • MTTlar faoliyatini nazorat qilish.

  • Tizimga xodimlar va bolalarning maʼlumotlarini qamrab olish.

OPENEMIS tizimi maktabgacha taʼlim vazirligining rasmiy internet sayti va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portallari bilan API(Application Programming Interface) bogʻlangan tizim.

OPENEMIS tizimi barcha tashlikotlarni toʻgʻridan-toʻgʻridan taʼlim tashlikotlari yoki maktabgacha taʼlimi boʻlimlari tomonidan tez fursatda qabul qiladi va darhol tizimga bogʻlangan saytlarda namoyish qiladi.


1– Topshiriq. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP) da ishlash

Yagona portal orqali interaktiv davlat xizmatlarini koʻrsatish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentyabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasi yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi 728-sonli qarorida keltirilgan “Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali toʻgʻrisida”gi nizomga muvofiq roʻyxatdan oʻtish va avtorizatsiya qilish jarayonlaridan oʻtgan foydalanuvchilar uchun amalga oshiriladi.

Yagona portal maqsad va vazifalari:

Yagona portal davlat organlari tomonidan koʻrsatiladigan, shu jumladan pulli asosda koʻrsatiladigan interaktiv davlat xizmatlaridan erkin foydalanishning yagona nuqtasi hisoblanadi.

Yagona portalning asosiy vazifalari;

  • foydalanuvchilarga davlat organlariga toʻgʻridan-toʻgʻri murojaat qilish uchun imkoniyat berish;

  • foydalanuvchilarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi boshqa loyihalar bilan integratsiyalash;

  • foydalanuvchilarning davlat organlari bilan oʻzaro hamkorligi samaradorligini oshirish;

  • davlat organlariga murojaat qilinganda foydalanuvchilar uchun byurokratik toʻsiqlarni qisqartirish va ularni bartaraf etish;

  • “Elektron hukumat” tizimini yanada rivojlantirish va davlat boshqaruviga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishda koʻmaklashish.

Yagona portal orqali interaktiv davlat xizmatlaridan foydalanish

Yagona portal, foydalanuvchilarga davlat organlari tomonidan koʻrsatiladigan bir tomonlama, ikki tomonlama va tranzaksion shakldagi interaktiv davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini beradi.

Interaktiv davlat xizmatlari Yigʻma reestri (keyingi oʻrinlarda Yigʻma reestr deb ataladi) 2013-2020-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish kompleks dasturini amalga oshirishni muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.

Yigʻma reestrga kiritilgan interaktiv davlat xizmatlari majburiy tartibda Yagona portal orqali berilishi kerak.

MY.GOV.UZ ga kirish uchun OneID (yagona identifikatsiya tizimi)da tasdiqlangan akkauntga ega boʻlsangiz ID.EGOV.UZ orqali kirish tugmasini bosib kirishingiz mumkin. Agar akkauntga ega boʻlmasangiz roʻyxatdan oʻtish tugmasini bosib ID.EGOV.UZ dan roʻyxatdan oʻting.

ID.EGOV.UZ bu Identifikatsiyalashning Yagona Tizimi boʻlib barcha jismoniy va yuridik shaxslar hamda davlat ishchilariga elektron xukumatining barcha axborot tizimlariga erkin foydalanish qoidalariga rioya qilgan xolda ishlatish uchun yaratilgan. OPENEMIS tizimi kirish uchun ham mana shu ID.EGOV.UZdan roʻyxatdan oʻtishigiz kerak. Bundan tashqari shu tizimning login paroli bilan poyezdga chipta sotib olishingiz va boshqa siyosiy saytlarga kirish huquqiga ega boʻlasiz.

Xosil boʻlgan oynadan tanishib chiqdim degan joyiga sichqoncha bilan bir marta bosing.

id.egov.uz tizimida jismoniy shaxsni ro‘yxatdan o‘tkazish

“Yagona portal”da shaxsiy kabinetga kirish uchun quyidagilarni amalga oshirishingiz kerak:

my.gov.uz saytiga kirib “Kirish” tugmasini bosing.

Siz avvaldan “Elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalashning yagona axborot tizimida (id.egov.uz) tizimida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsangiz shaxsiy login va parolingizni kiritib Yagona portalda avtorizatsiyadan o‘tishingiz mumkun.

Agarda Siz id.egov.uz tizimida avval ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsangiz:

Foydalanuvchilar kelishuvi bilan tanishib chiqing va “Ro‘yxatdan o‘tish” tugmasini bosib quyidagilarni amalga oshirishingiz kerak:

Ro‘yxatdan o‘tish oynasida tegishli maydonchalarga:

  • Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsion raqamingizni kiriting (JShShIR). (JShShIR - bu fuqarolik pasportingizni quyi qismidagi 14 raqam);

  • pasportingizning seriyasi va raqamini;

  • elektron pochta manzilingizni;

  • telefon raqamingizni kiriting va kodli SMS olish tugmasini bosing.

Telefon raqamingizga SMS orqali kelgan kodni SMS orqali kelgan kod maydoniga kiriting, so‘ngra “Keyingi” tugmasini bosing.

Ushbu oynada id.egov.uz tizimi uchun login va parol kiriting, so‘ngra “Ro‘yxatdan o‘tish” tugmasini bosing.

id.egov.uz tizimida ro‘yxatdan o‘tganligingiz to‘g‘risida xabarnoma oynasi chiqadi va siz tizimda ro‘yxatdan o‘tganingiz tasdiqlanadi.

ID.EGOV.UZ TIZIMIDA AKKAUNTNI ERI BILAN TASDIQLASh BO‘YIChA
YO‘RIQNOMA

id.egov.uz tizimida akkauntingizni tasdiqlash uchun login va parolingiz bilan tizimga kiring.

id.egov.uz  tizimida akkauntingizni tasdiqlash uchun  Tasdiqlash  bo‘linmasiga o‘ting, ERI kalitingizni tanlang va  Tasdiqlash  tugmasini bosing.

ERI kalitingizning parolini kiriting.

Tizimda akkauntingiz tasdiqlangani to‘g‘risida xabarnoma oynasi chiqadi va  sizning profilingiz tasdiqlanadi.



MY.GOV.UZ ga kirish uchun OneID(yagona identifikatsiya tizimi)da tasdiqlangan akkauntga ega boʻlsangiz ID.GOV.UZ orqali kirish tugmasini bosib kirishingiz mumkin.

Sizda elektron raqamli imzo boʻlsa avvaliga, kompyuteringizga maxsus E-IMZO dasturini oʻrnatishingiz kerak buning uchun– E-IMZO.UZ veb saytidan E-IMZOni yuklab olishingiz mumkin. Dastur muvaffaqiyatli oʻrnatilganidan soʻng, ish stolining pastki panelida E-IMZO ning belgisi koʻrinadi. ERI orqali kirish tugmasi bosib, paydo bulgan oynadan ERIni tanlab imzo chekish tugmasini bosib parolini yozib OK tugmasini bosganingizdan keyin parolingiz toʻgʻri boʻlsa yozuvi paydo boʻladi keyin kirish tugmasini bosamiz.



MY.GOV.UZ ning shaxsiy kabinetingizga kirganingizdan keyin siz bu saytdan “Bolani bogʻchaga joylashtirish” xizmatidan foydalanib uydan oʻtirgan joyda onlayn ariza berishlari mumkin. Undan tashqari siz “Davlat xizmatlari markazida” koʻrsatiladigan 190 dan ortiq xizmatlarni ortiqcha vaqtingizni va pulingizni sarf qilmasdan interaktiv davlat xizmatlaridan foydalanib amalga oshirishingiz mumkin.

Dasturga kirish


Open EMIS dasturiga quyidagi manzil orqali kiriladi.

http://emis.mdo.uz/core/ manzilini yozganimizdan so‘ng quyidagi kirish oynasi hosil bo‘ladi.

Ushbu oynaning MTTning logini, “Maxfiy so’z” maydoniga MTTning paroli kiritiladi va “Kirish” tugmasi bosiladi.

Yuqoridagi amallar bajarilgandan so‘ng esa, qo‘yidagi oyna hosil bo‘ladi.

Ma’lumotlarni kiritish uchun ushbu oynaning “Tashkilotlar” bo‘limini tanlaymiz.

Tashkilotlar” bo‘limi tanlangach quyidagi interfeys oynasi ochiladi.

Dastur 2018-yil 1-apreldan boshlab Respublika xududida bosqichma-bosqich joriy etib kelinmoqda. Loyiha Maktabgacha taʼlim Vazirligi mutaxassislari tomonidan, Uniseffning moliyaviy-texnik hamda maslaxatlari asosida joriy etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi rasmiy vebsaytiga esa MDO.UZ manzili orqali kiriladi. Bu saytdan ota-onalar va ixtiyoriy fuqarolar o‘zlariga tegishli axborotlarni va me’yoriy hujjatlar va boshqa materiallarini olishlari hamda taqdim etilayotgan interaktiv xizmatlardan foydalanishlari mumkin.

Tashkilot haqidagi ma’lumot umumiy ma’lumotlar sahifasi orqali kiriladi. Umumiy ma’lumotlar orqali MTT ning turi, inn nomeri, yuridik manzili guruhlarning to‘ri shakllanganliga,xatoliklarning bor yoki yoqligi,MTTning ish soati,kuzatuv kengashi a’zolari ro’yxatini ko‘rish mumkin.




Nazorat savollari

1.Yagona Identifikatsiya Tizimining sayti qaysi birida toʻgʻri koʻrsatilgan?

2.Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalini koʻrsating?

3.ID.UZ orqali qaysi portalga kirish imkoniyatini yaratadi?

4.Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga kirish uchun qaysi saytdan roʻyxatdan oʻtiladi?

5. Davlat xizmatlari markazi tomonidan berilayotgan yoʻllanmalar Open EMIS dasturining “Qabul” boʻlimiga qachondan boshlab joylashtirilmoqda?

  1. EMIS tizimiga kirish uchun qaysi saytdan ro‘yxatdan o‘tiladi.

  2. MTTga qabul qilish yo‘llanmasini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan arizachi tomonidan olinganda haqiqiy hisoblanadimi.

  3. Open EMIS dasturiga kirish uchun qanday ma’lumotlar kerak bo‘ladi.

  4. Open EMIS dasturiga qanday manzil orqali kiriladi.

  5. EMIS dasturiga MTT ma’lumotlarni kiritish uchun oynaning qaysi bo‘limini tanlaymiz.


2-Mavzu: “EMIStarbiyalanuvchilarni qabul qilish hamda safdan chiqarish.

(amaliy mashg‘ulot 2 soat) Reja:

1.“EMIS” elektron dasturida tarbiyalanuvchilarni qabul qilish. Guruhdagi tarbiyalanuvchini ilgari surish.

2.“EMIS” elektron dasturida tarbiyalanuvchilarni safdan chiqarish.


Tarbiyalanuvchilarni qabul qilish

2018 yil 1-apreldan tarbiyalanuvchilarga DXM (Davlat xizmatlari markazi) tomonidan berilayotgan yo‘llanmalar Open EMIS dasturining “Qabul” bo‘limida joylashtiriladi.

Qabul” bo‘limiga o‘tilganda yuqoridagi oyna paydo bo‘ladi. U erdan “Ochiq” holatga turgan bolani guruhga qabul qilish uchun bolaning ismi, otasining ismi va familiyasi ko‘rsatilgan qator ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasi bosiladi va natijada bolani qaysi guruhga qabul qilinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotni kiritish uchun “Tahrirlash” tugmasini bosamiz, natijada quyidagi oyna hosil bo‘ladi. U erdagi maydonchalar ustiga sichqoncha yordamida tanlash yo‘li bilan to‘ldirilgach, bolani guruhga joylashtiramiz hamda “Saqlash” tugmasini bosib hamda tugmasi orqali bolani tasdiqlashga yuboramiz

Natijada ushbu oyna paydo bo‘ladi. Bu oynadan biz “Saqlash” tugmasini bosamiz

S hundan so‘ng, biz bolani tasdiqlashimiz kerak bo‘ladi. “Tasdiqlash kutilmoqda” tugmasi paydo bo‘ladi. Tasdiqlash uchun hosil bo‘lgan oynada yana tugmasini bosamiz.

Natijada huddi yuqoridagidek oyna hosil bo‘ladi. Endi bu erda “Izoh” maydonchasiga bolani MTTga qabul qilinganligi to‘g‘risidagi buyruq raqamini va sanasini kiritib, “Saqlash” tugmasini bosamiz va bola MTTga qabul qilinganligi tasdiqlanadi.

Tarbiyalanuvchilar safidan chiqarish


Ta’lim tashkilotida tarbiyalanayotgan bola maktabga, oilaviy sharoitga ko‘ra, boshqa joyga ko‘chib ketganligi va boshqa sabablar tufayli tashkilotdan chiqib ketgan xolda quyidagilar amalga oshiriladi.

  1. Chiqib ketgan bolani izlab topamiz.

  1. Chiqib ketgan tarbiyalanuvchini tanlaymiz. Xosil bo‘lgan oynadan chiqarish tugmasini bosamiz.

  1. Navbatdagi oynadan chiqib ketish sababini tanlash yo‘li bilan ko‘rsatamiz va pastki qismiga izoh keltiramiz. So‘ngra saqlash tugmasi bosiladi.

Barcha amallar to‘liq bajarilgach tarbiyalanuvchi “Tarbiyalanuvchilar safidan chiqarish” bo‘limiga qo‘shiladi.

MMTTga bolani qabul qilish quyidagi tartibda amalga oshiriladi.MTTda bo‘sh joy hosil bo‘lganda DHA dan navvatda turgan bo‘sh joyga yoshi va navbati kelganga yo‘llanma shakllanadi.Yo’llanma shakllangan bolaning ota onasiga sms jo‘natiladi.Yo‘llanma 15ish kunigacha saqlanadi va tasdiqlanadi.Yo‘lanma kelgandan so‘ng qabulga kirib ariza raqami kiritiladi. Kirilganda ariza va TASDIQLASH KUTILMOQDA hosil bo‘ladi tasdiqlanadi.

Tarbiyalanuvchi qabul qilingandan so‘ng guruhga kiritiladi. Ta’limga kiriladi. Ta‘lim yo‘nalishini belgilanadi va guruhlar hosil boladi.Tarbiyalanuvchini qaysi guruhga tasdiqlagan bo‘lsa guruh karidoriga tushadi.Guruh kirib koridordan bolani guruhga tortib qo‘yiladi.

MTTdan tarbiyalanuvchini chiqarish uchun guruhdan karidorga.chiqariladi. Tarbiyalanuvchilarga kirib ustiga bosiladi.Tarbiyalanuvchilarni chiqarish 3 bosqichda amalga oshiriladi.

Ota-ona tomonidan navbatga qo‘yish amalga oshirigandan so‘ng ota-ona imtiyozga qo‘yish imkonyati paydo bo’lsa ota-ona DHA ga murojat qilib bolani qayta navbatga qo‘yishi mumkin.Bunday holatda bolaning avvalgi yo‘llanmasi rad etiladi va qayta navbatga quyish imkonyati pavdo bo‘ladi

MTTdan tarbiyalanuvchini chiqarish



Tarbiyalanuvchilarni guruhdan guruhga ilgari surish

Tarbiyalanuvchilar yoshiga qarab guruhlarga ajratiladi. Tarbiyalanuvchini guruhdan guruhga o‘tkazish uchun keyingi bosqichga o‘tqazish amalga oshiriladi. Tarbiyalanuvchini keying bosqichga o‘tqazish uchun ilk qadam yoshi o‘zgartiriladi va saqlanadi

Nazorat savollari.

DMTTga bolani qabul qilish electron dasturning qaysi oynasida amalga oshiriladi?

  1. (EMIS) elektron dasturida tarbiyalanivchini qabul qilish tartibini ko‘rsatib bering?

  2. (EMIS) elektron dasturida “karidor” qanday vazifalarni bajaradi?

  3. (EMIS) elektron dasturida qanday hollarda bolalarning yo‘llanmasi rad etiladi?

  4. DXM dan chiqqan yo‘llanma necha kun muddatda rasmiylashtirilishi kerak?

3-MAVZU: “EMIS”dasturida hodimlar ma’lumotini kiritish hamda tahrirlash. (amaliy mashg‘ulot 2 soat)


Reja:

  1. Boshqarishning axborot tizimi (EMIS) elektron dasturi lavozim yaratish hamda xodimlar ma’lumotlarini kiritish.

2. "EMIS" elektron dasturida hodimlar ma’lumotlarini tahrirlash.



  1. EMIS” dasturiga xodimlarni kiritish

LAVOZIM yaratish



Maktabgacha ta‘lim tashkilotida ishlovchi xodimlar EMIS eliktron tizimiga kiritish uchun avval LAVOZIM yaratiladi.


LAVOZIM qo‘shish


Open EMIS elektron dasturida lavozim yaratilgandan so‘ng + belgisi bosiladi va navbatdagi lavozim qo‘shiladi.


LAVOZIM tanlash





Open EMIS elektron dasturida qo‘shimcha lavozim yaratgandan so‘ng qanday lavozim kerak ekanligi tanlanadi


Xodimlarni EMIS tizimiga kiritish


Maktabgacha ta’lim tashkilotida ishlovchi xodimlar EMIS elektron tizimiga joylashtiriladi. Yaratilgan lavozimlariga biriktiriladi. Asosiy yoki o‘rindoshlik asosida ishlash turi belgilanadi. Shtat birligi ham belgilanadi. Xodim ishdan ketganda EMISdan chiqariladi.



KADRning ma’lumotlarini kiritish




Open EMIS elektron dasturiga yangi xodimning ma’lumotlarini kiritamiz


3.“EMIS” dasturida xodimlarni tahrirlash

Xodimlarni kiritish

Xodimlarni qo‘shish quyidagicha amalga oshiriladi. Xodimlar bo‘limiga o‘tib qo‘shish tugmasi bosiladi.

Natijada xodim qo‘shish oynasi ochiladi. Agar xodim bazaga oldindan kiritilgan bo‘lsa, u xolda identifikator raqami orqali filtrlab bazadan qidirib topiladi.

Bazadan topilgan xodimni belgilab, “Xodimni qo‘shish” tugmasi bosiladi.

Navbatdagi oynadan xodimga tegishli (asosiy/o‘rindosh, ish stavkasi, lavozimi) ma’lumotlar kiritiladi.

Tugmasi bosiladi va xodim kiritiladi.

Agar xodim bazada mavjud bo‘lmasa tugmasi orqali

xodimga tegishli barcha ma’lumotlar kiritiladi tugmasi bosiladi va xodim kiritiladi.

Guruh yaratilgan guruhga tarbiyachisi va yordamchi tarbiyachisi biriktiriladi.

KADRning lavozimini o‘zgartirish



Open EMIS dasturi orqali xodimning lavozimini o‘zgartirish, ishdan ketgan xodimlarni lavozimini tark etish kabi amallarni bajaramiz.

LAVOZIMni tark etish





Maktabgacha ta‘lim tashkilotida ishlovchi xodimlar EMIS eliktron tizimiga joylashtiriladi.Yaratilgan lavozimlariga biriktiriladi. Asosiy yoki o‘rindoshlik asosida ishlash turi belgilanadi. Shtat birligi ham belgilanadi.Xodim ishdan ketganda EMIS chiqariladi.


Nazorat savollari
  1. OpenEMIS dasturida lavozim yaratish bosqichini ko‘rsatib bering.

  2. OpenEMIS dasturida hodim ma’lumotlarini kiritishni aytib bering.

  3. OpenEMIS dasturida hodim ma’lumotlari qaysi holatda tahrirlanadi.

  4. OpenEMIS dasturida lavozim yaratilgandan so‘ng qanday bosqich amalga oshiriladi?

  5. OpenEMIS dasturida hodimni ishdan bo‘shatish bosqichini ko‘rsatib bering.










IV. OʻZ-OʻZINI TEKSHIRISH UCHUN TEST SAVOLLAR

SAVOLLAR

JAVOB-1

JAVOB-2

JAVOB-3

JAVOB-4

T/J

1.

EMIS dasturiga MTT maʼlumotlarni kiritish uchun oynaning qaysi boʻlimini tanlaymiz?

Tashkilotlar

Barchasi

Qoʻshish

profil

1

2.

Yagona Identifikatsiya Tizimining sayti qaysi birida toʻgʻri koʻrsatilgan?

my.gov.uz

gov.uz

id.gov.uz

my.soliq.uz

3

3.

Elektron hujjatning nusxasida koʻrsatilgan maʼlumotlar toʻgʻriligini tekshirish uchun qaysi veb-saytdan foydalaniladi?

repo.gov.uz

id.gov.uz

data.gov.uz

regulation.gov.uz

1

4.

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalini koʻrsating?

gov.uz

my.gov.uz

ish.mehnat.uz

my.soliq.uz

2

6.

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga kirish uchun qaysi saytdan roʻyxatdan oʻtiladi?

oneid.gov.uz

www.id.uz

id.gov.uz

gov.uz

3

7.

Davlat xizmatlari markazi tomonidan berilayotgan yoʻllanmalar Open EMIS dasturining “Qabul” boʻlimiga qachondan boshlab joylashtirilmoqda?

2018-yil 1-apreldan

2018-yil 2-apreldan

2018-yil 3-apreldan

2018-yil 4-apreldan

1

8.

Elektron raqamli imzoni yaratish uchun moʻljallangan kalit qanday nomlanadi?

elektron raqamli imzoning yopiq kaliti

elektron raqamli kalit

elektron raqamli imzoning ochiq kaliti

yopiq va ochiq kalit

1

10.

Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portali aniqlang?

www.gov.uz

www.uza.uz

www.press-service.uz

www.cbu.uz

1

11.

EMIS tizimiga kirish uchun qaysi saytdan roʻyxatdan oʻtiladi?

emis.mdo.uz

id.gov.uz

id.uz

mdo.uz

2

12.

Open EMIS dasturiga kirish uchun qanday maʼlumotlar kerak boʻladi?

login va parol

pasport raqami

elektron raqamli imzo

telefon rakami

1

13.

Open EMIS dasturiga qanday manzil orqali kiriladi?

http://emis.mpe.uz

http://mis.mdo.uz

http:// mpe.mdo.uz

http://emis.mdo.uz

1

14.

Bolalarning nechta turdagi anketalari imtiyozli roʻyxatga kiritiladi?

oltita

yettita

sakkizta

beshta

3

15.

Arizachi bolalarni tashkilotga qabul qilish yoʻllanmasini olgandan keyin necha kun mobaynida rasmiylashtirmagan taqdirda yoʻllanma haqiqiy emas deb hisoblanadi?

oʻn besh kun

oʻn besh ish kuni

ikki xafta

oʻn olti kun

2

16.

MTTga qabul qilish yoʻllanmasini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan arizachi tomonidan olinganda haqiqiy hisoblanadimi?

Yoʻq

Ha

Pechat bilan imzo qoʻyilganda

Davlat xizmatlari markazi tasdiqlaganda

2




V. ADABIYOT VA MANBALAR ROʻYXATI


1.Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 16-dekabrdagi “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi OʻRQ- 595 son Qonuni.

2.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-sentyabrdagi “Maktabgacha taʼlim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3261-son qarori.

3. Sh.M.Mirziyoyev. Tanqidiy tahlil, qatʼiy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi boʻlishi kerak. T.: “Oʻzbekiston”-2017-yil 14-yanvar. 104 bet.

4.Sh.M.Mirziyoyev. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. T.: Oʻzbekiston, 2017, 486 bet.

5.I.A.Karimov. Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yoʻlidan. 6-B

6.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13 maydagi “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” 391- sonli qarori.

7.Ishmuxamedov R., Abduqodirov A., Pardaev A. Ta’limda innovatsion texnologiyalar. -T, Iste’dod, 2008, 180 bet.

8.Aripov M. va boshqlar. Axborot texnologiyalari.-Toshkent, 2009.

9.G’ulomov S., Alimov R. va boshqalar. Axborot tizimlari va texnologiyalari. -T.: Sharq nashriyoti, 2000.

10. Begimkulov U.Sh. Pedagogik ta’limda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishning ilmiy-nazariy asoslari. Monografiya. T.: Fan, 2007.

11.Qodirov B.G‘., Begimqulov U.Sh., Abduqodirov A.A. Axborot texnologiyalari. Elektron darslik. 2002.

12.Ishmuxammedov R.J. Innovatsion texnologiyalar yordamida o‘qitish samaradorligini oshirish yo‘llari. Toshkent: 2000.

13.Maktabgacha ta’limi vazirligi rasmiy veb-sayti - www.mdo.uz.

14.MTMRMQTMOI veb sayti - www.mdomoi.uz.

15.OpenEMIS tizimi manzili - http://emis.mpe.uz/core/




VI.TARQATMA MATERIALLAR

T-sxema topshirigʻi

Fikr mulohazalar toʻgʻri boʻlsa “Ha” notogʻri boʻlsa “yoʻq” ustunlarga “+” ishorasini qoʻying

Ha

Fikr-mulohazalar

yoʼq

EMIS dasturi taʼlimni boshqarishning axborot tizimi boʼlib, koʼplab yetakchi mamlakatlarda ushbu dasturdan foydalanilib kelinadi.

2018 yil 1-apreldan tarbiyalanuvchilarga DXM (Davlat xizmatlari markazi) tomonidan berilayotgan yoʼllanmalar

EMIS dasturining “Qabul” boʼlimida joylashtiriladi

Maʼlumotlarni kiritish uchun ushbu oynaning

“Muassasalar” boʼlimini tanlaymiz.

“Foydalanuvchi nomi” maydoniga MTMning logini, “Maxfiy soz” maydoniga MTMning paroli kiritiladi va “Kirish” tugmasi bosiladi.

EMIS dasturiga quyidagi manzil orqali kiriladi http://emis.mdo.uz

EMIS dasturi Maktabgacha taʼlim tizimini boshqarishni elektron tizimga oʼtkazish himda qogʼozbozlikni kamaytirish, statistik maʼlumotlarni haqqoniyligini taʼminlash maqsadida joriy etilgan.

Dastur 2018 yil 1 apreldan boshlab Respublika xududida bosqichma-bosqich joriy etib kelinboqda. Loyiha Maktabgacha taʼlim Vazirligi mutaxassislari tomonidan, Yunisefning moliyaviy-texnik hamda maslaxatlari asosida joriy etilmoqda.














-75%
Курсы повышения квалификации

Развитие речи детей дошкольного возраста в соответствии с ФГОС ДО

Продолжительность 72 часа
Документ: Удостоверение о повышении квалификации
4000 руб.
1000 руб.
Подробнее
Скачать разработку
Сохранить у себя:
Boshqarishda axborot tizimi (EMIS) bilan ishlash (4.67 MB)

Комментарии 0

Чтобы добавить комментарий зарегистрируйтесь или на сайт