Меню
Разработки
Разработки  /  Начальные классы  /  Презентации  /  2 класс  /  "Bo'rining tabib bo'lgani haqida ertak"

"Bo'rining tabib bo'lgani haqida ertak"

обобщенный урок для учителей
22.06.2020

Содержимое разработки

Toshkent shahar Mirzo Ulug’bek tumani  121-maktab 2 “A” sinf o’qituvchisi  Shamshimetova Dilafruz Mirzaxmatovnaning  O’qish fanidan  1 soatlik dars ishlanmasi

Toshkent shahar Mirzo Ulug’bek tumani 121-maktab 2 “A” sinf o’qituvchisi Shamshimetova Dilafruz Mirzaxmatovnaning O’qish fanidan 1 soatlik dars ishlanmasi

Fan: O’qish Darsning mavzu: “Bo’rining tabib bo’lgani haqida ertak”  Darsning maqsadi:  a) ta’limiy:O’quvchilarning ongli va ifodali o’qish malakalarini oshirish  b) tarbiyaviy: hayvonlarga mehribonchilik qilish, rahmdil bo’lishni o’rgatish  c) rivojlantiruvchi: o’quvchilarning tez va ifodali ongli o’qishni rivojlantirish

Fan: O’qish

Darsning mavzu: “Bo’rining tabib bo’lgani haqida ertak” Darsning maqsadi: a) ta’limiy:O’quvchilarning ongli va ifodali o’qish malakalarini oshirish b) tarbiyaviy: hayvonlarga mehribonchilik qilish, rahmdil bo’lishni o’rgatish c) rivojlantiruvchi: o’quvchilarning tez va ifodali ongli o’qishni rivojlantirish

Dars turi : Yang bilim beruvchi. Darsning metodi : ,, Aqliy hujum” ,, Savol va Javob “, ,, Qayta hikoya qildirish “ ,,Ro`llarga bo`lib o`qitish” Dars jihozi: 2 - sinf o`qish kitobi , slayd. Ko`rgazmali qurollar
  • Dars turi : Yang bilim beruvchi.
  • Darsning metodi : ,, Aqliy hujum” ,, Savol va Javob “, ,, Qayta hikoya qildirish “ ,,Ro`llarga bo`lib o`qitish”
  • Dars jihozi: 2 - sinf o`qish kitobi , slayd. Ko`rgazmali qurollar
1.Tashkily qism :3 minut 2. O`tilgan mavzuni mustahkamlash:8 minut 3.Yangi mavzu bayoni: 25 minut 4. Yangi mavzuni mustahkamlash:5 minut 5. Uyga vazifa va baholash:4 minut
  • 1.Tashkily qism :3 minut
  • 2. O`tilgan mavzuni mustahkamlash:8 minut
  • 3.Yangi mavzu bayoni: 25 minut
  • 4. Yangi mavzuni mustahkamlash:5 minut
  • 5. Uyga vazifa va baholash:4 minut
I. Tashkiliy qism: 1. Salomlashish.  2.Navbatchi axboroti.  3. Davomatni aniqlash.  4. O`quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish.  5. Ma`naviy daqiqa.
  • I. Tashkiliy qism:
  • 1. Salomlashish.

2.Navbatchi axboroti.

3. Davomatni aniqlash.

4. O`quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish.

5. Ma`naviy daqiqa.

O`tilgan mavzuni mustahkamlash

O`tilgan mavzuni mustahkamlash

Yangi mavzu bayoni Nelar bo‘lmas jahonda!.. Yer go‘yo ters aylandi – Tabiblikka o‘rmonda Yirtqich Bo‘ri saylandi. Ana qarang, Tish qayrab O‘tirar shum shifokor. Yo‘lga boqar jovdirab, Tezroq kelsa deb bemor.

Yangi mavzu bayoni

Nelar bo‘lmas jahonda!..

Yer go‘yo ters aylandi –

Tabiblikka o‘rmonda

Yirtqich Bo‘ri saylandi.

Ana qarang, Tish qayrab

O‘tirar shum shifokor.

Yo‘lga boqar jovdirab,

Tezroq kelsa deb bemor.

Keldi ingrab Quyonvoy, Shalvirab ding qulog‘i. Qadamlari poyma-poy, (Balki, tortmas oyog‘i.) – Qani, o‘tir. Xix-xix-xi... Darding nima? Ayt, inim.

Keldi ingrab Quyonvoy,

Shalvirab ding qulog‘i.

Qadamlari poyma-poy,

(Balki, tortmas oyog‘i.)

Qani, o‘tir.

Xix-xix-xi...

Darding nima?

Ayt, inim.

– Bo‘ri og‘a, Uch kunki – Tinmay og‘rir biqinim. Bo‘ri yaqin o‘tirdi, Dono bilib o‘zini. Biqin qolib, Tekshirdi – Quyonning chap ko‘zini. – Kechikamiz dingquloq, Ko‘rmasak tez chora gar. Oshqozoning sal chatoq, Buni... «tumov» deydilar. Biz tabiblar bu dardni Juda yaxshi bilamiz. Qorning yorib,   Sen mardni – Muolaja qilamiz. Dikkaytirib dumini, Qochib qoldi tez Quyon. Bechoraning biqini Og‘rimas shundan buyon. Keyin og‘rib tomog‘i, Keldi yig‘lab yosh To‘ng‘iz. Ushlab ko‘rib oyog‘in, Bo‘ri dedi: – Voh, essiz!.. Tomoq og‘riq boshlanar O‘ng oyoqning payidan.

Bo‘ri og‘a,

Uch kunki –

Tinmay og‘rir biqinim.

Bo‘ri yaqin o‘tirdi,

Dono bilib o‘zini.

Biqin qolib,

Tekshirdi –

Quyonning chap ko‘zini.

Kechikamiz dingquloq,

Ko‘rmasak tez chora gar.

Oshqozoning sal chatoq,

Buni... «tumov» deydilar.

Biz tabiblar bu dardni

Juda yaxshi bilamiz.

Qorning yorib,

Sen mardni –

Muolaja qilamiz.

Dikkaytirib dumini,

Qochib qoldi tez Quyon.

Bechoraning biqini

Og‘rimas shundan buyon.

Keyin og‘rib tomog‘i,

Keldi yig‘lab yosh To‘ng‘iz.

Ushlab ko‘rib oyog‘in,

Bo‘ri dedi:

Voh, essiz!..

Tomoq og‘riq boshlanar

O‘ng oyoqning payidan.

Kesib olsak soz bo‘lar, Go‘shtlikkina joyidan. Bo‘ri tayyor deb o‘lja, Yutar ekan so‘lagin. Fursat poylab To‘ng‘izcha Rostlab qoldi juftagin.

Kesib olsak soz bo‘lar,

Go‘shtlikkina joyidan.

Bo‘ri tayyor deb o‘lja,

Yutar ekan so‘lagin.

Fursat poylab To‘ng‘izcha

Rostlab qoldi juftagin.

Keldi Tulki ming‘irlab, Tikan kirib qo‘liga. (Bo‘ri der: «Bu boshqa gap!» Uchrab go‘shtning mo‘liga.) – Tabib, uzr, Keldim kech... Juda chatoq ishlarim... – Dard ko‘rmaysan endi hech, Omon bo‘lsa tishlarim!

Keldi Tulki ming‘irlab,

Tikan kirib qo‘liga.

(Bo‘ri der: «Bu boshqa gap!»

Uchrab go‘shtning mo‘liga.)

Tabib, uzr,

Keldim kech...

Juda chatoq ishlarim...

Dard ko‘rmaysan endi hech,

Omon bo‘lsa tishlarim!

Kecha tunda uzoqdan Tinglab shirin ovozin, Tutib keldim uzoqdan Tul kampirning xo‘rozin. Yo‘lda ablah bo‘ztikan Yaraladi qo‘limni. Azobi ja zo‘r ekan, Bukchaytirdi belimni.

Kecha tunda uzoqdan

Tinglab shirin ovozin,

Tutib keldim uzoqdan

Tul kampirning xo‘rozin.

Yo‘lda ablah bo‘ztikan

Yaraladi qo‘limni.

Azobi ja zo‘r ekan,

Bukchaytirdi belimni.

«Shoshmay turgin, muttaham!» Der Bo‘rivoy ichida. – Ko‘z tegmasin, O‘zing ham – Yetilibsan-da juda... Dardingni bilay tishlab, Beri kel-chi, jon inim. ...Shunday qilib, Dil xushlab, Bo‘ri yedi Tulkin i.

«Shoshmay turgin, muttaham!»

Der Bo‘rivoy ichida.

Ko‘z tegmasin,

O‘zing ham –

Yetilibsan-da juda...

Dardingni bilay tishlab,

Beri kel-chi, jon inim.

...Shunday qilib,

Dil xushlab,

Bo‘ri yedi Tulkin i.

So‘ngra ochib bemorning – Qabul qilish daftarin, Silab-siypab qornini Yozdi ushbu gaplarni: «Qo‘lin tirnab bo‘ztikan, Tulki keldi notetik. Ahvoli og‘ir ekan, Chora topmadik... Yedik!» Kechga yaqin kekkayib, Kirib keldi qari Sher. Bo‘ri yetti bukchayib, «Xush kelibsiz, shohim!» der.

So‘ngra ochib bemorning –

Qabul qilish daftarin,

Silab-siypab qornini

Yozdi ushbu gaplarni:

«Qo‘lin tirnab bo‘ztikan,

Tulki keldi notetik.

Ahvoli og‘ir ekan,

Chora topmadik...

Yedik!»

Kechga yaqin kekkayib,

Kirib keldi qari Sher.

Bo‘ri yetti bukchayib,

«Xush kelibsiz, shohim!» der.

Sher harsillab, O‘zini O‘rindiqqa tashladi. Chaqchaytirib ko‘zini, Darg‘azab so‘z boshladi: – Yuray desang sog‘, quvnoq, Yaxshilab ko‘r, akasi. Bir haftaki, Sal yo‘qroq Ishtahamning mazasi. Bo‘ri aytar: – O, shohim, Chekmang tashvish ozorin. Buning chorasi oson, Zarurdir quvvatdori.

Sher harsillab, O‘zini

O‘rindiqqa tashladi.

Chaqchaytirib ko‘zini,

Darg‘azab so‘z boshladi:

Yuray desang sog‘, quvnoq,

Yaxshilab ko‘r, akasi.

Bir haftaki, Sal yo‘qroq

Ishtahamning mazasi.

Bo‘ri aytar: – O, shohim,

Chekmang tashvish ozorin.

Buning chorasi oson,

Zarurdir quvvatdori.

Yangi mavzuni mustahkamlash :   O`quvchilar ertakni ro`llarga bo`lib o`qiydilar.

Yangi mavzuni mustahkamlash :

O`quvchilar ertakni ro`llarga bo`lib o`qiydilar.

Uyga vazifa :ertakni ifodali o`qishga tayyorlanib kelish. Baholash : darsda faol qatnashgan o`quvchilar a`lo baholar bilan rag`batlantiriladi.

Uyga vazifa :ertakni ifodali o`qishga tayyorlanib kelish.

Baholash : darsda faol qatnashgan o`quvchilar a`lo baholar bilan rag`batlantiriladi.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT

-75%
Курсы повышения квалификации

Одарённые дети. Особенности развития и система сопровождения в системе школьного образования в условиях реализации ФГОС НОО

Продолжительность 72 часа
Документ: Удостоверение о повышении квалификации
4000 руб.
1000 руб.
Подробнее
Скачать разработку
Сохранить у себя:
"Bo'rining tabib bo'lgani haqida ertak" (1.41 MB)

Комментарии 0

Чтобы добавить комментарий зарегистрируйтесь или на сайт