Меню
Разработки
Разработки  /  Математика  /  Уроки  /  2 класс  /  5 ни кўпайтириш ва 5га бўлиш

5 ни кўпайтириш ва 5га бўлиш

5ни кўпайтириш
08.04.2020

Содержимое разработки

Sinf: 2

Fan: Matematika

Darsning mavzusi: 5ni ko`paytirish va 5 ga bo`lish

Darsning maqsadlari:

ta’limiy: 5ni ko`paytirish va 5 ga bo`lish haqida ma’lumot berish, fikrlash qobiliyati, qiziqishi va mantiqiy tafakkurini o`stirish, aqlini charxlash

tarbiyaviy: har bir matematik muammoni ahillik, birodarlik, hamjihatlik, hozirjavoblik bilan bajarish fazilatlarini tarbiyalash

rivojlantiruvchi: matematik topshiriqlarni bajarish orqali o`quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish

Darsning turi: Yangi bilim beruvchi

Dars usuli: Aralash

Dars metodi:Sayohat, kichik guruhlarda ishlash

Dars jihozi: Darslik, elektron vositalar, rangli rasmlar

Kutilayotgan natija: O`quvchilar dars yakunida 5ni ko`paytirish va 5 ga bo`lish

haqida bilim, ko`nikma va malakalarga ega bo`ladilar.

Darsning borishi:

I. Tashkiliy qism:

O`quvchilarning darsga hozirligi aniqlanadi.

O`qituvchi:-Aziz o`quvchilar darsimiz matematika. Darsga tayyormisiz? (monitorda matem.darsligi ko`rsatiladi)

O`quvchilar:-Ha, tayyormiz.

(Navbatchi o`quvchi orqali sana, davomat aniqlanadi)

O`qituvchi:-“Dars – muqaddas” aziz o`quvchilar. Darsga shunchaki kelib ketmasdan, bilib ketishimiz kerak. O`rgatganlarimni o`rganib olishingiz kerak.

Biz buyuklar avlodimiz. Ularga munosib farzand bo`lishimiz lozim. Aprel oyida buyuk ajdodlarimizdan kimning tavallud ayyomini nishonladik?

O`quvchi: - Bobomiz Amir Temurning

O`qituvchi: - A. Temurning necha yilligini nishonladik?

O`quvchi: - 684 yilligini

O`qituvchi: - A.Temur bobomiz qanday ishlarni amalga oshirganlar?

O`quvchi: - Yurt obodligiga katta hissa qo`shganlar, bog`lar barpo ettirganlar,tuzuklar yozib qoldirganlar.

O`qituvchi: - Qarang, aziz o`quvchilar Vatanimiz obod, yurtimiz tinch, mana shunday buyuk ajdodlarimiz o`tgan buyuk yurtning farzandlarimiz. Shunday yurtda tug`ilganimizdan faxrlanishimiz, Vatan ravnaqiga hissa qo`shishimiz lozim. Buning uchun albatta hozirdan puxta bilim egallashimiz kerak.

Shunday ekan keling, bugungi darsimizda mana bunday “Sirli kema”da “Bilimlar saltanati”ga sayohatga chiqamiz.(Oldindan tayyorlab qo`yilgan “Sirli kema” hamda “Bilimlar saltanati” maketiga e`tibor qaratiladi) Sayohat davomida zerikmaslik uchun “Kichik guruhlarda ishlash” uslubidan foydalanamiz.Oldindan besh guruhga bo`linib olganmiz. Har bir topshiriqdan so`ng o`quvchilar rag`batlantirib boriladi(rag`bat kartochkalari bilan tanishtiriladi)

“Sirli kema”miz esa bugungi darsimizda berilgan darslikdagi topshiriqlar bo`yicha kelajak sari harakatlanadi. “Bilimlar saltanati”ga yetib olishni istaysizmi? Unda topshiriqlarni to`g`ri va aniq bajarishga kirishing.

II.O`tilgan mavzuni mustahkamlash.

O`qituvchi: -O`tilgan darsda uyga qanday topshiriq berilgan edi?

O`quvchi: - Darsligimizning 178-betidagi 6-7 misol, masalalar

O`quvchilar monitor orqali ko`rsatilgan misol va masalalarning yechimlarini og`zaki aytadilar. Amallar tartibi yuzasidan o`quvchilar bilan savol-javoblar o`tkaziladi.

O`qituvchi: - Biz siz bilan hozirgi kunda jadval ichida ko`paytirish va bo`lishni o`rganyapmiz to`g`rimi? Diqqat qiling aziz o`quvchilar, har bir guruhga alohida kompyuterlar qo`yilgan. Hozir birinchi topshiriqni kompyuterda bajaramiz. Bajarib bo`lgan guruh kompyuterlar yoniga qo`yilgan qushlarni chiroyli sayragan tovushlari yozilgan moslamani bosishlari mumkin.Ekranga diqqat qiling va 4 ni ko`paytirishga doir topshiriqni bajaring.

1-guruh 2-guruh

4*2= 4*6=

4*8= 4*3=

4*7= 4*9=

4*5= 4*4=

III.Yangi mavzuning bayoni.

O`qituvchi: - mana bolajonlar qo`shiluvchilarni o`rinlari almashsada yig`indi o`zgarmaydi. Murakkab fanni o`rganishda davom etamiz. Yangi mavzumiz “Qo`shiluvchilarning o`rinlarini almashtirish”. O`quvchilarga 2+1=3, 1+2=3 ko`rinishdagi ifoda asosida yangi mavzu haqida ma’lumot beriladi. Rasmlarga qarab og`zaki masala tuzdiriladi.

(O`quvchilar diqqati ekranga qaratiladi) –“Bo`g`irsoq” yangi mavzuni tushunib olib yo`lida davom etibdi. U yo`lda Quyonga duch kelibdi.

Quyonvoy: ” Bo`g`irsoq, menga matematika darsidagi ikkita masalani yechishda yordam ber” , - debdi. (Masalalar ekran orqali ko`rsatiladi. Har bir guruhga alohida topshiriq beriladi.)

1-guruh. “Urto`qmoq masalasi”

Urto`qmoq xasis boyning boshiga 9 ta, yolg`onchi boyning boshiga 3 ta kam uribdi. Xasis va yolg`onchi boylar hammasi bo`lib urto`qmoqdan nechta tayoq yebdilar?

2-guruh. “Uchburchakning xatosi”

To`rtburchak va uchburchak bo`lgan ekan. Uchburchak doim to`rtburchakning to`rtta uchi borligiga hasad qilib yurar ekan. Bir kuni uchburchak to`rtburchak uxlab yotganida uning bir uchini kesib tashlabdi.Qani bolalar, aytingchi ular ertalab uyg`onishsa qanday voqea yuz beribdi?

(O`quvchilar diqqati ekranga qaratiladi). “Bo`g`irsoq Quyonga yordam berib yo`lida davom etibdi. U yo`lda Bo`riga duch kelibdi. Bo`ri og`ir kasallikka uchragan ekan. Undan qutulish uchun darslikdagi 1-2- misollarni yechish kerakligini aytibdi.

Bo`ri: “Bo`g`irsoq, menga darslikdagi 1-2-misollarni yechishda yordam ber”, - debdi.

O`qituvchi: - Keling, bolajonlar ikki guruhga bo`linib, 1-2-misollarni yechishda yordam beramiz. (O`quvchilar diqqati monitorga qaratiladi. Misollar og`zaki bajariladi, agar topshiriq to`g`ri bajarilsa qarsak chalinadi).

1-guruh: 5+4, 4+5, 5+2, 2+5, 6+3, 3+6

2-guruh: 8+2, 2+8, 8+1, 1+8, 7+2, 2+7

Matematika daftari bilan ishlash. Daftarda berilgan topshiriq ham ikki guruh o`rtasida musobaqa tarzida doskada bajariladi. Qo`shiluvchilarni o`rin almashishi haqidagi tushunchalari mustahkamlanadi.

Dam olish daqiqasi. O`quvchilar o`rnilaridan turib, ingliz tilida 1dan 10gacha qo`l harakatlari yordamida qo`shiq bilan birgalikda kuylab, sanaydilar.

IV.Yangi mavzuni mustahkamlash. (O`quvchilar diqqati ekranga qaratiladi.) Bo`g`irsoq Bo`riga yordam berganimizdan xursand bo`lib yo`lda davom etibdi va Ayiqpolvonga duch kelibdi. U juda ham xafa bo`lib o`tirgan ekan. Bo`g`irsoq undan nima uchun xafa ekanligini so`rabdi.

Ayiqpolvon: “Men bugungi darsimizdagi 3-masalani yecha olmasam asal do`konidan menga asal berishmas ekan” ,- debdi.

O`qituvchi: - Ayiqpolvonga biz ham yordam beramizmi? Unda 3-topshiriqda berilgan rasm asosida masala tuzamiz va yechimini aniqlaymiz. (Ekranda 3- masala sharti ko`rsatiladi).

O`qituvchi: - Bolajonlar Bo`g`irsoq ertak so`nggida qaysi hayvonga duch kelibdi?

O`quvchilar: - Tulkiga duch kelibdi.

O`qituvchi: - To`g`ri, bolajonlar. Tulki esa Bo`g`irsoqqa og`ir bir shart qo`yibdi. Agar shartini bajarmasa uni yeb qo`yishini aytibdi. Keling birgalashib Bo`g`irsoqqa yordam beramiz va uni qutqarib qolamiz. (O`quvchilar diqqati ekranga qaratiladi.)

Tulki: “Menga bugungi darsimizdagi 4-topshiriqni bajarib, geometrik shakllar yordamida ekranda ko`rsatilgan ushbu jo`ja, archa va uycha tasvirini yasab berasan” , - debdi.

Ushbu topshiriqda har bir guruhga berilgan tasvirni yasash uchun tayyorlangan geometrik shakllar, hamda ushbu tasvirlar tushirilgan rasm beriladi. O`quvchilar “Kollaj” usulidan foydalanib, 1-guruh “Jo`ja” tasvirini, 2-guruh “Archa va uycha” tasvirini yasaydilar. Har bir guruhdagi geometrik shakllar soni teng bo`ladi.









Guruhlarni bajargan ishlari izohli baholanadi.

Darsni yakunlash: Har bir guruhni to`plagan ballari aniqlanadi. Guruhlar hamda har bir guruhdagi faol ishtirok etgan o`quvchilar rag`batlantiriladi.











-80%
Курсы повышения квалификации

Арт-математика - эффективный инструмент эстетического воспитания обучающихся

Продолжительность 16 часов
Документ: Удостоверение о повышении квалификации
2500 руб.
500 руб.
Подробнее
Скачать разработку
Сохранить у себя:
5 ни кўпайтириш ва 5га бўлиш (243.02 KB)

Комментарии 0

Чтобы добавить комментарий зарегистрируйтесь или на сайт