AMALIY MASHG’ULOT № 1
Zamonaviy o‘quv texnik vositalari tasnifi va ulardan samarali foydalanish. Multiproektorni ulash va ekranni sozlash.
Interaktiv elektron doska bilan amaliy ishlash.
Ishdan maqsad: Talabalarga zamonaviy axborot texnologiyalari tasnifi, ulardan samarali foydalanish va ularning imkoniyatlari haqida ma'lumotlar berish, hamda talabalar olgan nazariy bilimlarini amaliyotda qo’llashi uchun bilim, ko’nikma va malaka hosil qilishdan iborat.
USLUBIY KO’RSATMALAR
Hozirgi zamon mutaxassislari faoliyat doiralari qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, informatika bo‘yicha keng ko`lamdagi bilimlarga, zamonaviy hisoblash texnikasi, informatika aloqa va kommunikatsiya tizimlari, orgtexnika vositalari va ulardan foydalanish borasida yetarli malakalarga ega bo‘lishi hamda yangi informatsion texnika va texnologiya asoslarini, uning ertangi kuni, rivoji to‘g‘risidagi bilimlarni o‘zida mujassamlashtirgan bo‘lishi kerak. Zamonaviy hisoblash texnikalari va informatsion texnologiyaning kun sayin rivojlanib, jamiyatning esa tobora informatizatsiyalashib borishi sababli uzluksiz ta’lim tizimining o‘rta va yuqori bosqichlariga informatika, ishlab chiqarish va boshqarish jarayonlarini kompyuterlashtirish bo‘yicha bir qator o‘quv fanlari kiritilgan.[2,3]
XX asr o`1rtalariga kelib tezkor mashina mexanizmlaridan foydalana boshlandi, murakkab texnika va texnologiyalar o‘ylab topildi. Ko`pgina masalalarni xal qilish jarayonida axborot hajmi behisob bir majmuaga aylanadi hamda bu axborotlarni yig‘ish va uzatish vositalarini yaratish, ularni vaqtida qayta ishlab, boshqarish uchun zarur bo`lgan choralarni belgilab chiqish kerak bo‘lib qoldi. Ko‘pchilik vazifalarni bajarishda boshqarish jarayonlarini takomillashtirish, axborot tizimini joriy etish, mutaxassislarni kompyutyerda ishlashga o‘rgatish muhim ahamiyatga ega.
AKT o‘quvchilarni rag‘batlantiradi va ularning qiziqishini oshiradi.
AKT o‘quvchilarni kelajakdagi faoliyatiga tayyorlashga ko‘mak beradi. Hozirgi zamonda mehnat faoliyati o‘quvchilar qoniqish bilan ishlatayotgan kompyuterlar, texnologiyalar, dasturlar va qurilmalar yordamida boshqariladi. AKT XXI asrning yangi ta’lim berish vositasidir.
AKT o‘rganish va o‘qitishning yangi imkoniyatlarini ochib beradi.
AKT o‘qituvchilarning kasbiy o‘sishi uchun ularga o‘z fanlari bo‘yicha o‘qitishning yangi usullarini kiritishga, yangi yondashuvlarni qo‘llashga, g‘oyalarni ro‘yobga chiqarish va yangi ko‘nikmalarni rivojlantirishga imkoniyat yaratadi.
AKT o‘z resurslaridan oqilona foydalanishga imkoniyat yaratadi.
AKT o`quv jarayonini oqilona boshqarish va nazorat qilish orqali vaqtni hamda mablag‘ni tejaydi. AKT darslarga tayyorgarlik jarayonini qisqartiradi va o‘qish jarayonini o‘quvchilar uchun qiziqarli hamda ko‘ngilochar qiladi.
AKT moslanuvchandir.
AKT turli yoshdagi o‘quvchilar, turli darajadagi o‘qituvchilar uchun moslashtirilishi mumkin hamda ta’lim jarayonida o‘qituvchilar va o‘quvchilar uchun ko‘makdir.
Axborot texnologiyalari faqat fan va texnika hodisasi bo‘lmasdan, iqtisodiy rivojlanishning muhim omiliga aylanmoqda. Axborot bilan kamrab olinmagan biror muhim xo‘jalik sektorini (ishlab chiqarish, transport, kredit-moliya sohasi, savdo) tasavvur qilish qiyin. Ayni payda hisoblash texnikasi va aloqa vositalari asosida axborotni to‘plash, saqlash va taqdim etishning zamonaviy usullari yangi axborot texnologiyalari va xizmatlarni sotish (tarqatish) maqsadlarida ishlab chiqarish mustaqil tarmoq sifatida shakllandi va ajralib chiqdi. Shunday qilib xalq xo‘jaligini axborotlashtirish kelajakka qadam qo‘yish demakdir.[4.5]
Kompyuterlarda keng qo‘llanilib kelayotgan ayrim sohalarni ko‘rib chiqamiz.
Robotexnika
Ma’lumki “robot” so‘zi bizning so‘z boyligimizga ilmiy fantastikadan kirib kelgan. Birinchi bor bu so‘zni oltmish yil oldin taniqli chex fantast yozuvchisi Karel Chepek ishlatgan. Ammo “mexanik odamlar” undan oldinroq ham ma’lum edi. O‘rta asrlarda inson talantlariga ega bo‘lgan musiqachi-qo`g`irchoq yoki rassom-qo‘g‘irchoqlar paydo bo‘lganligi ma’lum.
Kompyuter asri boshlanishi bilan insonni og‘ir va zarrarli mehnatdan ozod etadigan robotlar paydo bo‘ldi.
Ular garchi odam qiyofasida bo‘lmasa-da, ko‘plab funksiyalarni (ishlarni) bajara oladilar. Masalan, “O‘z DAEWOO avto” O‘zbekiston-Koreya qo‘shma avtomobil korxonasida turli ishlarni bajaradigan robotlar keng qo‘llanilmoqda.
Bugungi kunda robotlar mashinasozlik zavodlarida, po‘lat quyish sexlarida, kimyoviy laboratoriyalarda, qurilishda keng qo‘llanilmoqda. Robotlarni yaratish bilan shug‘ullanuvchi texnikaning maxsus shoxobchasi – robototexnika paydo bo‘ldi.[6.7]
Robotlar orasida keng tarqalgani bu robot manipulyatorlardir. Manipulyatorlar o‘ta sezgir va kuchli mexanik qo‘ldir.
Robotlarni kompyuter boshqarib turadi, ya’ni kompyuter robotning “miyasi”dir, ular telekameralar orqali “ko‘rib”, mikrofonlar yordamida “eshitadilar”, ya’ni axborot qabul qiladilar. Maxsus datchiklar “sezgi” organi vazifasini o‘taydi.
Ishlab chiqarish sohasi.
Ishlab chiqarishning deyarli barcha sohalarida kompyuterlar qo‘llanilib kelmoqda. Kompyuterlar ko‘pgina texnologik jarayonlarni boshqarmoqda. Ular yordamida yangi maxsulot chizmasini yaratishdan toki tayyor mahsulot bo‘lib chiqqunga qadar bo‘lgan barcha jarayonlarni avtomatlashtirish mumkin. Mahsulot shaklini konstruktor kompyuter ekranida chizib, tegishli o‘zgartirishlar yasab, qog‘ozga chop etishi mumkin. Mahsulot ishlab chiqarish uchun kerakli barcha qurilma imkoniyatlari, unga ketadigan sarf-harajatlarni hisob-kitob qilish va boshqa ishlar bajarishda kompyuter beg‘araz yordamchidir.
Mahsulot ishlab chiqarishda axborot asosiy kompyuterlardan ishlab chiqarish liniyalariga yetkaziladi. U yyerda axborotni qabul qilishga tayyor turgan robotlar kompyuter uzatgan dastur asosida mahsulotni yig‘a boshlaydilar. Tayyor mahsulotlar esa robotlar yordamida tekshirilib, omborlarga jo‘natiladi.
Meditsina
Ma’lumki, shifokorga borishni ko‘pchiligingiz xush ko‘rmaysiz. Demak, birinchidan, siz bemorsiz. Chunki, sog‘lom odam u yerga bormaydi. Ikkinchidan, u yerda navbatda turishga to‘g‘ri keladi. Masalan, ro‘yxatxonada kasallik varaqasi uchun, shifokorlar qabuliga kirish uchun va hokazo. Uchinchidan, shifokor yozib byergan dorilarni dorixonalardan izlash kerak bo‘ladi.
Kompyuterlarning shifoxonalarda va poliklinikalarda paydo bo‘lishi ko‘p narsalarni, jumladan, yuqoridagi muammolarni ham tubdan o‘zgartirib yuboradi. Endi siz to‘g‘ridan to‘g‘ri shifokor xuzuriga yo‘l olasiz. Uning ish stolidadan odatdagi meditsina ish qurollaridan tashqari kompyuter ham joy olgan: uning xotirasida barcha bemorlarning kasallik tarixi xattoki, siz oldin murojaat etgan bo‘lsangiz, sizning ham tarixingiz yozib qo‘yilgan. Birinchi bor murojaat etayotgan bo‘lsangiz siz haqingizdagi barcha axborotni shu erning o‘zida shifokor kompyutyerga kiritib qo‘yadi. Kasalligingiz haqidagi barcha ma’lumotlar kompyutyerga kiritilgach, sizning kasalligingiz haqida tashxis qo‘yilib chop etish qurilmasi yordamida dorilar uchun retsept chop etib beriladi. Retseptni olib, boshqa kompyutyerdan ushbu dorilarni eng yaqin bo‘lgan qaysi aptekalardan topish mumkinligi haqida axborot olishingiz mumkin.
Kompyuter meditsinada boshqa ishlarga ham qodir. Masalan tomograf, ya’ni siljib harakatlanadigan rentgen apparati, insonning ixtiyoriy organi haqida to‘liq ma’lumot olish, ulardagi mikroskopik defektlar, chet jinslar (masalan buyrakdagi tosh kabi) haqida ma’lumot berishi mumkin. Tomograf uzatgan axborotni tezda qayta ishlash va ekranda ko‘rsatish uchun albatta u kompyuter bilan bog‘langan bo‘lishi shart.
Kompyuter va san’at
Kompyuterning san’atiga qanday aloqasi bor? Kompyuterlar aniq programma asosida ishlaydi. San’at esa bu ijod, fantaziyadir. Lekin bu sohada ham kompyuter ijod ahliga yordam berishi mumkin. Kompozitor musiqa yaratishda kompyutyerdan unumli foydalanishi mumkin. Buning uchun kichik royal yoki elektroorgan yordamida kompyutyerga ulanib yozayotgan musiqa notalarini ekranda ko‘rib turgan holda yangi asar yaratishi va shu yerning o‘zida, shu onda eshitib ko‘rishi ham mumkin.
AMALIYOT ISHINING TOPSHIRIG’I:
Quyidagi topshiriqlarni bajaring va hisobot yozing.Axborot texnologiyalari haqida rebus yoki boshqotirma tayyorlash.
Zamonaviy axborot texnologiyalari tasnifi va ulardan samarali foydalanish haqida rebus yoki boshqotirma tayyorlash.
Zamonaviy axborot texnologiyalari tasnifi va ulardan samarali foydalanish haqida qisqacha ma’lumot bering.
NАZОRАT SАVОLLАRI:
Axborot va texnologiya tushunchalarini izohlang.
Axborot texnologiyasiga ta’rif berimg.
Zamonaviy axborot texnologiyalarini tasniflang.
Zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish yo’llarini ayting.
Zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanishga misollar keltiring.