
- Mavzu: Yirtqich qushlar
Mavzusini noan’anaviy usullarda darsni yoritish

- Mavzu: Yirtqich qushlar
- Reja:
- 1. Qushlar haqida o’quvchilarga ma’lumotlar berish
- 2. Zanjir usulida o’quvchilarning olgan bilimlarini tekshirish
- “ kunduzgi va tungi ovchilar” o’yini orqali olingan bilimlarni mustahkamlash

- Darsning ta’limiy maqsadi: O`quvchilarga yirtqich qushlar, parrandachilik haqida tushunchalar berish
- Darsning tarbiyaviy maqsadi: O`quvchilarni tabiatni muxofaza qilish, undan oqilona foydalanish, tabiatga nisbatan mehr -muhabbat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash;
- Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O`quvchilarda mustaqil ishlash, ko`nikma va malakalarini rivojlantirish, olgan bilim va ko`nikmalarini amalda qo`llash;

- Darsning borishi :
- I.Tashkiliy qism: o’quvchilar bilan salomlashish, yo’qlama qilish, uy vazifasini so’rash va darsni tashkillash
- II. O’tgan mavzuni so’rash: tezkor savol javob o’tkazish orqali o’tilgan mavzuni takrorlash.
- III. Asosiy qism: Yangi mavzuni tushuntirish

- Qushlar tanasi pat va parlar bilan qoplangan hamda oldingi oyoqlari qanotga aylangan, issiqonli, umurtqali hayvonlardir. Qushlar Arktikadan Antartida qirg’oqlarigacha bo’lgan hamma joyda tarqalgan. Ba’zi qushlar o’troq, ko’pchiligi yashash muhitining o’zgarishi(qish boshlanishi, qurg’oqchilik, oziq-ovqat kamayishi) va boshqa omillar ta’sirida yashash joyini o’zgartirib turadi. Qushlarning jag’ suyaklari tishsiz bo’lib, tumshuqni hosil qiluvchi shox g’ilofga o’ralgan bo’ladi. Tumshuqning shakli va katta-kichikligi ovqatlanishga va uni topish usuliga bog’liq ravishda bo’ladi. Qushlar hayotida ovozning ahamiyati juda katta, ular mayl bildirib qichqiradi, tahdid yoki tashvish bildirib, boshqa qushlarni ogohlantiruvchi tovushlar chiqaradi. Juftlanish davrida esa boshqa jinsdagilarini qo’shilishga chaqiradi. Qushlarning ko’zlari birmuncha katta bo’lib, uzoq va yaqinni ko’ra oladi.

Yirtqich qushlar

- Boyo’g’lilar-yapolloqqushlar oilasiga mansub yirtqich qush. Yevropa, Osiyo, Amerika va Afrikada tarqalgan. O’zbekistonda uy boyo’g’lisi uchraydi. Oyoqlari kuchli va paxmoq, tumshug’I qayrilgan, pati mayin, o’ljasini tovushsiz uchib kelib tutib oladi, ko’zlari o’tkir. Bahorda kechalari, ba’zan kunduzi ham sayraydi. Ovozi yig’lagan bolaning tovushiga o’xshaydi. Boyo’g’li mayda kemiruvchilar, kaltakesaklar, hashorotlar va mayda qushlar bilan ovqatlanadi, zararkunanda kemiruvchilarni qirib, xo’jalikka foyda keltiradi.




- Yirtqich qushlar turkumiga kiradi. Ularning tirnoqlari uzun, o’tkir va qayrilgan bo’lib, o’ljasini tirnoqlari bilan ushlaydi va jonsizlantiradi. Tumshug’i bilan cho’qib, qanotlari yozilganda 2.5 metrga yetadi. U maydaroq umurtqali hayvonlarni ovlaydi. Tog’lardagi baland qoyalarga, cho’llardagi tepaliklar va saksovulga uya quradi.


Kalxat

- Tuyaqushlar uchmaydigan qushlar bo’lib, oddiy tuyaqush, kulrang reya va emu deyiladigan turlari bor. Ular Afrika va Janubiy mayda umurtqali hayvonlar bilan oziqlanadi. Oyoqlari baquvvat bo’lib, dushmanlaridan qochib qutuladi. Oddiy tuyaqush yerdagi eng yirik qush bo’lib, bo’yi 2.4 m gacha, og’irligi 130 kg gacha keladi, soatiga 70 km gacha tezlik bilan yuguradi. Tuyaqushlar 6-8 ta tuxum qo’yadi. Tuxumining kattaligi 12-15 sm bo’ladi. Tuyaqushlar 90 yilgacha yashashi mumkin.




- Tovuslar-tovuqsimonlar turkumiga kiradigan qush. Ularning 2 xil turi bor.Oddiy tovus tanasining uzunligi 100-125 sm,dumi 40-45 sm,og’irligi 4 kg atrodida bo’ladi. Boshi, bo’yni va ko’kragining bir qismi yashil, orqasi ko’k, tanasining osti qora.Hindiston,Shri-Lanka orolida keng tarqalgan. Yashil qanotli tovus Hindixitoy, Malakka va Sumatrada tarqalgan.Tovuslar butazorlar, daryo qirg’oqlarida yashaydi. O’simlik hashorot va mayda umurtqalilar bilan ovqatlanadi.Erkagining dumi uzun va nihoyatda chiroyli bo’ladi. Urg’ochisini jalb qilish uchun dumini yarim doira shaklida yoyib ko’targanida go’zal manzara hosil bo’ladi.Tovuslar uyasini yerga quradi,5-6 ta tuxum qo’yadi,tuxumlarini bir oyda ochib chiqadi.


- To’tilarning 300 dan ortiq turi ma’lum. Tanasi 10 sm dan 14 sm gacha. Patlari yorqin tusda, tumshug’I yog’on qaytarilgan. Tumshug’ining ustki qismi haraqkatchan bo’lib, uning yordamida daraxtlardagi qattiq mevalarni chaqadi, tirnoqlari mustahkam. Gala bo’lib yashaydi. Ko’pchiligi yaxshi uchadi. Uyasini kovaklarga, toshlar yorig’iga quradi, o’simlik mahsulotlari, hashoprotlar bilan oziqlanadi. Ular 50 yilgacha va undan ham uzoq yashaydi.


- Laylaklar uzun oyoqli qushlar turkumidan bo’lib, tropik,subtropik va mo’tadil mintaqalarda tarqalgan. O’zbekistonning deyarli vohalarida oq laylak uchraydi. Uning tumshug’I, oyoqlari qizil, ustki pati oq, qanot patlari qora, vazni 4 kg gacha bo’ladi. Uyasini daraxtlarga, qoyalarga va minora tomlariga quradi.3-5 ta tuxum qo’yib, 30 kunda ochib chiqadi. Baqa, kaltakesak, sichqon, hashorotlar bilan ovqatlanadi. Markaziy va Janubiy Afrikada, Hindiston va Janubiy Osiyoda qishlaydi. O’zbekistonga mart boshlarida uchib kelib, oktabr o’rtalarida uchib ketadi.



- Flamingo-tanasiniong uzunligi 90-120 sm keladigan g’ozsimon qush bo’lib, tumshug’I katta va qayrilgan, oyoqlari va bo’yni uzun, yaxshi suzadi. Patlari oq bo’lib, pushti rangda tovlanadi, qanot;arining uchi qora. Suvda yurib, o’simliklarning urug’lari, suvo’tlar, mollyuskalar va suv hashorotlarini terib yeydi. Janubiy Yevropa, Afrika, Janubiy Osiyo, Amerikada tarqalgan. Dengiz qirg’oqlarida va sho’r ko’llarda to’da bo’lib yashaydi. Balchiqdan yoki qumdan konussimon uy quradi, ba’zan to’g’ridan to’g’ri qumga tuxum qo’yadi. Tuxumini 1oy davomida modasi va nari navbatma-navbat bosib yotadi. Kaspiy dengizning janubida qishlaydi.


- Oq qushlar- o’rdaklar oilasiga kiruvchi eng yirik qushlardir. Gavdasining uzunligi 150-180 sm, vazni 10-13 kg bo’ladi. Bo’yni tana uzunligiga teng.




- Sinf o’quvchilari jamoalarga ajratiladi
Har bir jamoalar tegishli topshiriq bo’yicha ma’lumotlar to’ldiradilar, ko’proq to’g’ri javob
Bergan jamoa g’olib bo’ladi
1- oqqushlar kunduzgi ov qiluvchi qushlar haqida yozing
2- tovuslar jamoasi tunda ov qiladigan qushlar haqida yozing
3- burgutlar jamoasi parrandalar haqida malumot yozing

- V. Dars yakunlash va baholash.
- O’quvchilar tomonidan bajarilgan topshiriqlarni o’qituvchi baholash uchun o’quvchilarning uyga berilgan vazifalarni to’g’ri bajarganligi, darsdagi faol ishtiroki va dars jarayonida jadvalning to’g’ri to’ldirilganligi va kartochkalar bilan to’g’ri ishlaganligi e’tiborga olinib baholanadi.
- VI. Uyga vazifa
- Yangi mavzuni o’qib, mavzu oxiridagi atamalani izohi bilan daftarga ko’chirib yozish, mavzu asosida 5 tadan test savollari tuzish va savollarga og’zaki javob berishga tayyorlanish
