PEDAGOGIK-DASTURIY VOSITALARDAN FOYDALANISH METODIKASI
- REJA
- 16.1.O‘qitish uchun axborot resurslarining integrasiyasi
- 16.2.Didaktik vositalarni uyg‘unligi, an’anaviy va pedagogik dasturiy vositalardan kompleks foydalanish.
- 16.3. HotPotatoes dasturi.
- HotPotatoes dasturni ishga tushirish va undan informatika fanini о‘qitishni tashkil etishda foydalanish. HotPotatoes dasturini ishga tushurish quyidagicha amalga oshiriladi:
- PUSK → Vse programmi → HotPotatoes
- Hot Potatoyes dasturi ishga tushgandan sо‘ng ekranda uning ishchi oynasi hosil bо‘ladi.
Dasturning ishchi oynasida uning imkoniyatlari aks etgan. Bunda foydalanuvchi о‘zining imkoniyatidan kelib chiqqan holda biror bо‘limni tanlaydi.
- Bu dastur orqali yuqorida keltirib о‘tilgan imkoniyatlardan foydalanib darslarni qiziqarli tashkil etishda hamda elektron nazoratlarni о‘tkazishda foydalanishimiz mumkin .
- Hot Potatoes dasturini nafaqat informatikada balki barcha sohalarda ham qо‘llanilishi maqsadga muvofiq bо‘ladi.
Hot Potatoes dasturida “Kompyuter qurilmalari” mavzusida bilimlarni mustahkamlashga doir elektron krossvordlar yaratish. Avval Hot Potatoes dasturini ishga tushirib olamiz va JCROSS bandini tanlaymiz. Bizga quyidagi ishchi oyna hosil bо‘ladi:
- Bu oynaning yuqori qismidagi buyruqlar qatorida "Magane Gird" buyrug’i joylashgan. Uning konteks menyusidan "Automatic Gird Marker" bandini tanlaymiz
- Shundan sо‘ng yangi oyna hosil bо‘ladi. Bu oynaning о‘rta qismiga krossvordga kiritilishi lozim bо‘lgan sо‘zlarni ketma-ket, alohida-alohida qatordan yoziladi.
- Masalan, Printer, Monitor, Klaviatura, Flesh xotira, Protsessor. Barcha sо‘zlar kiritib bо‘lingandan sо‘ng "Make the gird" tugmasi bosiladi.
- Hot Potatoes dasturining afzalligi shundaki, bu dastur krossvordga kiritilishi kerak bо‘lgan sо‘zlarni avtomatik ravishda о‘zi joylashtiradi. Lekin uni qо‘lda о‘zgartirish ham mumkin .
- Endi kiritilgan sо‘zlar haqida tushunchalar kiritamiz. Buning uchun asosiy oynadagi "Add Clues" tugmasi bosiladi.
- Masalan, Flesh xotira –axborot tashuvchi qurilma, Protsessor - kompyuterning asosiy qurilmasi, Klaviatura –ma’lumot kirituvchi qurilma, Monitor –foydalanuvchi va kompyuter о‘rtasidagi muloqotni ta’minlovchi qurilma va Printer – chop qiluvchi qurilma
- .
- Sо‘zlarga tushunchalar kiritilib chiqilgandan sо‘ng “OK” tugmasi bosiladi. Endi tayyor bо‘lgan krossvordni HTMLformatida saqlab olamiz. Buning uchun quyidagi amallar bajariladi: Fil → Create web page →Standart format yoki klaviaturadan F6 klavishi bosiladi. Yaratilgan krossvordni shu tarzda saqlaymiz hamda krossvordni brauzerda kо‘rishimiz mumkin.