Boshlang`ich sinf o`quvchilari uchun bayram ertaligi
Mavzu: “Odob – oltindan qimmat”
(Bezatilgan sahna to`riga Alisher Navoiyning hikmatli so'zlari, hadislardan namunalar va turli odob – axloqqa doir maqollar osilgan. Magnit tasmasidan mayin kuy taraladi.
Alisher Navoiy siymosida bir O'quvchi chiqib, sahna bo'ylab ohista qadam tashlaydi va quyidagi baytni o'qiydi:
— Vo ajab, bu ne hoi, tag'in bazmmu,
Hamma shodon — o'ngu tushummu?
Ushbu lobar qizlar malikalarmu,
Yigitchalar kimlar — shahzodalarmu?
Atrofga nazar tashlaydi va deydi:
— Men qayerdaman o'zi.
Boshlovchilardan biri qo'li ko'ksida shoirga yaqin kelib deydi:
- Assalomu alaykum, aziz bobojon, xush kelibsiz. Siz bizning maktabimizda o'tkazilayotgan bayram kechasiga kelib qoldingiz. Bundan biz juda shodmiz. Bayramimizning aziz mehmoni bo'ling, bobojon.
Navoiy: - Barakalla, boshlang bayramingizni, men ham tomosha qilurmen.
1 – boshlovchi: — Assalomu alaykum, mehribon ustozlar, biz uchun azizu mo'tabar bo'lgan ota-onalaru opa-singillar!
2 – boshlovchi: Bugungi kechamizga xush kelibsiz!
(Sahnada O'qituvchi. U bolalarga odob – axloqqa doir savollar bilan murojaat qiladi):
O'qituvchi: — Madina bilan Jasurjon!
Bolalar: — Labbay ustoz, qulog'imiz sizda.
O'qituvchi: — Sizlarga savolim bor.
Bolalar: — Javob uchun biz tayyor.
O'qituvchi: — Maktab degan qutlug' makonda odob yuzasidan nimalarni o'rgandingiz?
Bolalarning biri:
— Bor edi to'rt og'ayni, Yetilgan payti ayni, Bular to'rt so'z, ibora. O'qituvchi:
Ayting nedan iborat?
Bolalarning biri:
Yaxshilarning dilidan, Chiqar shirin tilidan.
Ikkinchisi:
Birin nomi — «Ko'p rahmat», Ikkinchisi — «Marhamat». Uchinchisi – «Assalom», Sizga hurmat – ehtirom.
Bolalar (jo'rlkda):
— Ochilganday dil qulfing, To'rtinchisi: — «Sog' bo'ling!» O'qituvchi:
— Abbos qizi Aziza,
O'quvchi:
— Labbay ustoz, qulog'im sizda.
O'qituvchi:
Sizga bir savolim bor.
O'quvchi:
Ayting ustoz, men tayyor.
O'qituvchi:
— Oftob yaxshimi, odob yaxshimi?
O'quvchi qiz:
Oftob yaxshimi, odob yaxshimi?
Oftob berar nur, odob – chi huzur.
Dalalar uchun oftob yaxshidur,
Bolalar uchun odob yaxshidur.
Oftob bo'lmasa qorong'i tushar,
Odob bo'lmasa g'am – qayg'u tushar.
Oftob ko'rinar tog' – tepalikda,
Odob ko`rinar salom – alikda.
Olamning doim oftobi bo'lsin,
Odamning doim odobi bo'lsin.
O'qituvchi: — Barakalla, qizim.
(O'quvchilarga qarata) Endi bolajonlar, odob haqida maqollar ham aytaylikchi?
1 – o'quvchi: — Osmon — oftobi bilan,
Odam — odobi bilan go'zal.
2 – o'quvchi:
— Aql — yoshdan, odob — boshdan.
3 – o'quvchi:
— Odobli bola — elda aziz.
4 – o'quvchi:
— O'zing osmonda bo'lsang ham,
Oyog'ing yerda bo'lsin.
O'qituvchi: — Ota – bobolarimiz azaldan yoshlar tarbiyasiga alohida e'tibor berib kelganlar. Chunk! ilmu hikmat kishida go'zal xulqni, insoniy fazilatlarni tarkib toptiradi.
Bolalarim! Ota – onangizni hurmat qiling, ularning nasihatlarini tinglang, so'zlaridan chiqmang, ularga itoat qiling, buyurgan ishlarini bajaring. Ota – onani hurmat qilmaganlar, nasihatlarini quloqqa ilmaganlar xor bo'ladi. Ota – onalar o'z bolalarining foydasi, nurli kelajagi uchun so'zlaydilar. Shuning uchun ota – onangizni hech qachon ranjitmang, ularning izmidan chiqmang.
O'quvchi qiz she'r o'qiydi:
Onajonim so'zi yaxshi,
Onajonim o'zi yaxshi.
O'rgilamiz so'zlaridan,
O'rgilamiz o'zlaridan.
Beqiyos mehr tutgan,
Vaqtimiz xushlab turgan.
Onalarning so'zidir,
Onalarning o'zidir.
Kichik sahna ko'rinishi namoyish etiladi.
Og'ir to'rxalta ko'tarib kelayotgan ayol. Orqada ikki bola va bir chol kelmoqda. Shu choq to'rxaltadan bir kartoshka dumalab yerga tushadi.
— Xola, kartoshkangiz tushdi, — deya birinchi bola to'xtamay o'tib ketaverdi. Ikkinchi bola esa hech narsa demasdan yerdagi kartoshkani olib toVxaltaga soldi va ayolning qoMidan yukini oldi. Orqadan yetib kelgan chol ikkinchi bolaga deydi:
— Baraka top, bolam.
Shunda birinchi bola to'xtab cholga so'z qotadi:
— Bobo, nega menga hech narsa demadingiz? Axir men birinchi bo`lib xolamga xaltadagi kartoshkangiz tushdi, deb aytdim.
Chol bolaning yelkasiga qoqib debdi: — Bilasanmi, o'zidan kattalarga yordam ko`rsatish eng yaxshi fazilat hisoblanadi. Sen ham bu o`yinda o'rtog'ing kabi andak e'tiborliroq bo'lganingda bag'oyat yaxshi bo'lardi.
O`qituvchi: — Mana, bolajonlar, endi ushbu holdan xulosa chiqaraylik.
Bobo nima uchun ikkinchi bolaga tahsin aytdi? Umuman olganda, qaysi bola odob doirasida ish tutdi?
(Bolalar o'z fikrlarini bildirishadi. Ular odobli bolaga ta'rif beradilar).
— Odobli bola shirinso'z va xushfe'l bo'ladi. O'zidan kattalarni izzat qilib, kichiklarga shafqat qilishi kerak.
— Ular ota – onalariga qarshi so'zlamaslik, chaqirsalar «labbay» deb javob berishlari darkor. Buyurgan ishlarini «xo'p bo'ladi» deb, darhol bajarishlari lozim.
— Hech qachon ota – onasini ranjitmasligi kerak.
Mumtoz navolardan biri ohista yangraydi. Sahnaga bir o'quvchi chiqib, rivoyat aytadi:
Bir kishi Luqmoni Hakimdan: «0dobni kimdan o'rgandingiz?» – deb so'rabdi. «0dobni odobsizdan o'rgandim», deb javob bergan ekanlar Luqmoni Hakim.
— Odobni odobsizdan qanday qilib o'rgandingiz? – deb so'rabdi yana o'sha kishi.
Luqmoni Hakim javob beribdilar: – Doim odamlarning qilgan ishlariga, so'zlagan so'zlariga diqqat qildim. Kimdan bir yomon so'z esnitsam, shu so'zni hech qachon so'zlamadim, kimda – kim bir yomon ish qilsa, shu ishni hech qachon qilmadim.
O'quvchilar hikmatli so'zlardan namunalar aytadilar.
1 – o'quvchi:
— Ota rozi – Vatan rozi.
2 – o'quvchi:
— Onangga boshingni xam qil, otangga gapingni kam qil.
3 – o'quvchi:
Saxiy kishilarning taomi shifodir, baxil kishilarning taomi xastalikdir.
4 – o'quvchi:
— Ustoz — otangdek ulug`
5 – o'quvchi:
— Bilmaslik ayb emas, bilishni istamaslik ayb.
6 – o'quvchi:
— Yaxshini yomon kunda sina.
7 – o'quvchi:
— Sodiq va vafodor do'st o'z do'stini ranjitmaydi.
8 – o'quvchi:
— Dushmandan qo'rqma, munofiqdan qo'rq.
9 – o'quvchi:
Odobli o'g'il — ko'kdagi yulduz,
Odobli qiz — yoqadagi qunduz.
O'qituvchi: — Aziz o'quvchilar, mana bugun biz siz bilan odob haqida hikmatli so'zlaru rivoyatlar, hadislardan namunalar tingladik. Sahna ko`rinishi orqali odobli, ko`rkam xulq egasi bo'lishning nechog'li afzalliklarini bilib oldik. Odobli bo'lish insoniy ziynat ekanligiga yana bir bor amin bo'ldik. Keling, aziz bolajonlar, oilada, maktabu jamoat joylarida o'z xulqu odobimiz bilan barchaga namuna bo'laylik. Ana shu ko'rkam jihatlarimiz tufayli bizga barchaning havasi kelsin. Bizni ko'rganlar: «Tarbiya bergan ota – onangga rahmat, kam bo'lmagin», deyishsin. Ota – onamiz orzu qilgan farzandlar bo'lib kamol topish barchamizga nasib etsin.
O'quvchilar qo'shiq kuylab, raqsga tushadilar. So'ngra mayin musiqa sadolari ostida kechaga yakun yasaladi.
4


“Odob – oltindan qimmat” (50 KB)

