Меню
Разработки
Разработки  /  Информатика  /  Уроки  /  9 класс  /  MS Exsel да математик амаллар ва функцияларнр куллаш

MS Exsel да математик амаллар ва функцияларнр куллаш

9-СИНФЛАР УЧУН БИР СОАТЛИК ДАРС ИШЛАНМА
10.04.2020

Содержимое разработки


O’zbekiston Respublikasi

Xalq ta’limi vazirligi







Namangan shahar xalq ta’limi bo’limiga qarashli 49- umumiy o’rta ta’lim maktabining matematika-informatika fani o’qituvchisi Hasanboyeva Hilolaning informatika fanidan o’tkazgan

1 soatlik ochiq




2020 yil



  1. Mavzu: MS Excelda matematik amallar va funksiyalarni qo‘llash mavzusini takrorlash.


II. Darsni maqsadi:

a) ta’limiy: o’quvchilarga o’tilgan mavzuni yana bir bor eslatib , mavzuga doir mashqlar bajarishga undash.

b) tarbiyaviy: o’quvchilarda diqqatini maqsadli yo’naltirish xususiyatlarini shakllantirish, o’quvchilarda izlanuvchanlik qobiliyatlarini shakllantirish, ona vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash

c)rivojlantiruvchi: o’quvchilarda kompyuterdan samarali foydalanish tuyg’ularini shakllantirish, Dasturni yaxshi o`rganib undan hayotda qo`llay bilishni o’rgatish, oquvchilarni ongini o`stirishdan iborat.


O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari:

Kommunikativ kompetensiyasi

axborot kommunikatsion texnologiyasidan foydalanishda biror xorijiy tildagi atamalarning mazmunini tushungan holda uni jarayonga qo‘llash;

muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish, hamkorlikda, jamoada ishlay olish.

Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:

mediamanbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olish, saralash, saqlash, ulardan foydalana olish.

O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

doimiy ravishda o‘zini o‘zi rivojlantirish, o‘z hatti-harakatini baholay olish.

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

jamiyatda bo‘layotgan voqea-hodisani tushunish, o‘zining burch va huquqlarini bilish.

Milliy va umummadaniy kompetensiya:

Vatanini sevish, insonlarni hurmat qilish, odob-axloq qoidalariga rioya qilish.

Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:

hisob-kitoblarga asoslangan holda kundalik shahsiy, oilaviy rejalarni tuza olish.

FK-fanga oid kompetensiyalar

FK1-Axborotlarni izlash va elektron vositalarda yig‘ish kompetensiyasi

FK2-Axborotlarni elektron vositalarda qayta ishlash va saqlash kompetensiyasi

FK3-Axborotlarni elektron vositalar orqali uzatish kompetensiyasi

Darsning bosqichlari

Vaqt

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O’quvchilarning bilimlarini takrorlash

5 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni

10 daqiqa

4

Mustahkamlash

20 daqiqa

5

Dars yakuni va o’quvchilarni baholash

5 daqiqa

6

Uyga topshiriq berish

 2 daqiqa


III. Tashkiliy qism: 1) salomlashish; 2) davomatni aniqlash;

3) darsga tayyorgarlikni tekshirish;

4) uy vazifasini tekshirish; (Salomlashaman, O’quvchilarga hozir informatika darsi ekanligini eslataman, navbatchi orqali davomatni aniqlayman.)


Darsimiz informatika: Zamonaviy darsni o`rganmoqqa,

Biz tayyormiz saboqqa.


IV. Darsni uslubi: maruza va amaliyotning uyg’unligi.

V. Darsni shakli: savol-javob, jamoa va kichik guruhlarda ishlash.

VI. Darsni jihozi: Elektron resurslar, darslik, plakatlar, tarqatma materiallar.

VII. O’tilgan mavzuni takrorlash uchun savollar:


1. Elektron jadvallar keng qo’llaniladigan sohalarga misollar keltiring?

2. Elekron jadvalning asosiy vazifasi nimadan iborat?

3. Birinchi elekron jadvalning nomi qanday va qachon ishlab chiqarilgan?

4. Excel elektron jadvali qachon va kim tomonidan ishlab chiqarilgan?

5. Excel elektron jadvali interfeysi haqida gapirib bering?

6. Excel elekron jadvalidagi kitob va varaq nimani bildiradi?


Javoblar:

1. Elektron jadvallar qo’llaniladigan sohalar juda ko’p Masalan, moliya, buxgalteriyaga oid ish xaqini hisoblash, har xil iqtisodiy texnik hisoblar, kundalik xo’jalik mollari va mahsulotlarni sotib olish hisoblash va hokazolar.

2. Elektron jadvalning asosiy vazifasi ma’lumotlarni jadval ko’rinishida tasvirlash va qayta ishlash bo’lib, birlamchi vazifasi hisob-kitoblarni avtomatlashtirishdir.

3. Birinchi elektron jadval dastur visi Calc nomi bilan 1980 yillari boshida ishlab chiqilgan.

4. Excel dasturining dastlabki versiyasi 1994 yilda Microsoft kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan.

5. Excel dasturini ishga tushirish xuddi Word dasturini ishga tushirish kabi uch xil usul bilan amalga oshiriladi. Buning uchun quyidagi usullardan birini amalga oshirish mumkin

1 -usul:














2-usul: Ekrandagi Excel dasturi tugmachasini ustiga strelkani qo’yib chap tugmani ikki marta bosib, dasturni faollashtiramiz

3-usul: Kompyuterda avval yaratilgan biror elektron jadvalni ustiga ko’rsatgichni qo’yib “Enter” tugmachasini bossak yoki sichqon chap tugmasini ikki bor bossak Excel dasturi faollashib, ushbu jadvalni ochib beradi


6. Excel dasturi ishga tushirilganda u shartli «Книга1» nomi bilan yangi hujjat hosil qilishni taklif etadi, tafsiya etilgan kitobda 3ta varaq (Лист1, Лист2, Лист3) bo’lib, zaruratga qarab yana varaqlar qo’shish mumkin bo’ladi.

(O`tilgan mavzu bo`yicha oquvchilarni baholash uchun savollar: Ya’ni kim chaqqon musobaqasini o’tkazamiz qaysi guruh savollarning ko’piga javob bersa o’sha guruh yutgan hisoblanadi. Bu musobaqa orqali barcha o’tilgan mavzular qaytarilgan ya’ni takrorlangan bo’ladi. Bunda Kompyuterning asosiy qurilmalari, qo’shimch qurilmalari, MS Offise paketlari, Web Brauzerlarni ajratib ko’rsatish uchun doskada klaster usulida ko’rgazmani taklif etaman. )


Dars davomida qisqacha ma’naviyat soati ham o’tkaziladi, bunda bu yil nomi qanday?, bu oy qaysi fan oyligi?, bu oyda kimlarni tavalludini nishonlaymiz? Kabi savollarni o’rtaga tashlanadi, o’quvchilar javob berishadi.








































VIII . Yangi mavzu bayon:


Avvalgi darsda matematik amallar bajarish, matematik formulalar yozish va funksiyalar to’plamiga murojaat qilish bo’yicha qisman ma’lumot oldingiz. Endi Excel elektron jadvalida ishlashni misollar yordamida ко'rib chiqamiz.

1-misol. Karra jadvalini hosil qiling (E6- rasm).

Quyidagi ketma-ketlikdagi ishlami bajaramiz:

B2:H2 blokidagi katakchalarni piktogrammasi yordamida birlashtiramiz va “Nechalik jadval kerak?” matnini kiritamiz;

D3 katakchaga “=”, E3 katakchaga biror sonni (masalan, 6 ni) kiritamiz;

C4 katakchadan E3 katakchaga absolyut murojaatni kiritamiz, ya’ni C4 katakchaga “=E3”ni yozib, F4 klavishni bosamiz;

D4 katakchaga belgi- sini, E4 katakchaga 1 sonini, F6 katakchaga “=” belgisini kiritamiz;

G4 katakchaga “=C4*E4” formulani kiritamiz;

C4:G4 blokini belgilab, blokning o’ng quyi burchagidagi % belgisidan sichqoncha yordamida G ustun bo’yicha pastga tortib nusxalaymiz;

Katakchalarga katakcha formati yordamida rang beramiz.

Tekshirib ko’rish mumkinki, E3 katakchadagi qiymatni o’zgartirsak, G ustundagi qiymatlar karra jadvaliga mos ravishda o’zgaradi.

Excel elektron jadvali matematik formulalar bilan ishlash uchun keng imkoniyat ochib beradi. Shulardan biri funksiyalar to’plamining mavjudligidir. Excel funksiyalar to’plamida 400 dan ortiq funksiya bo’lib, ular matematik, mantiqiy, statistik, matn, moliya va boshqa turlarga bolinadi.

Funksiyalarni formulalarda ishlatishning umumiy qoidasi quyidagilardan iborat:

  • har bir funksiya boshqa takrorlanmaydigan o’z nomiga ega;

  • funksiyalarga murojaatda ularning nomidan keyin qavs ichida nuqtali vergul bilan ajralib turuvchi argumentlar ro’yxati yoziladi.

Excel elektron jadvalidagi funksiyalarning ba’zilari bilan tanishtiramiz:



Matematik funksiyalar


Exceldagi nomi

Bajaradigan vazifasi

Misollar


ABS (son)

Sonning absolyut qiymatini hisoblaydi

ABS( — 274) = 274; ABS(48)=48; ABS(- 1,23)= 1,23; ABS(0)=0


ЗНАК (son)

Son manfiy bo Isa —1,0 bo'lsa 0, musbat bolsa 1 qiymatga teng

3HAK(—7,5)= -1; ЗНАК (0)= 0; 3HAK(2011)= 1


КОРЕНЬ (son)

Sonning kvadrat ildizini hisoblaydi

KOPEHb(4) = 2; КОРЕНЬ(81) = 9 ; KOPEHb(0,04)=0,2

OCTAT (son; bo‘luvchi)

Sonni bo‘luvchiga bo‘lgandagi qoldiqni hisoblaydi

OCTAT(4 5 ; 7 ) = 3 ;

О С T A T ( 1 5 ; 3 )= 0 ;

OCTAT(-191;10)=9

СТЕПЕНЬ (son; daraja ko‘rsatkichi)

Sonni darajaga ko‘taradi

СТЕПЕНЬ(3;4)=81; СТЕПЕНЬ(2;10)=1024;

СТЕПЕНЬ( 1,7; 5)= 14,1986

СУММ (son 1; son 2; ...)

Katakchalar blokidagi qiy- matlarning yig‘indisini hisoblaydi

CУMM(G4:G13)=330; СУММ(С4:С13; E4:E13) = 115

(E6- rasm)

ЦЕЛОЕ (son)

Kichik butun songacha yaxlitlaydi

ЦЕЛОЕ(5,5) = 5; ЦЕЛОЕ(-5,5)=-6

Mantiqiy funksiyalar

И (mantiqiy ifodal; mantiqiy ifoda2; ...)

Agar mantiqiy ifodalarning barchasining qiymati ROST bo‘Isa, (VA ning) funksiyaning qiymati ROST, aks holda funk­siyaning qiymati YOLG‘ON

H(5005*100)-YOLG‘ON; И(51;99/3-131) = ROST; E6- rasmdan: И(С7+С8 G6)-YOL- G‘ON; И(С4- E3; C4- C7)= ROST

ИЛИ (mantiqiy ifodal; mantiqiy ifoda2; ...)

Agar mantiqiy ifodalardan birortasining qiymati ROST bo‘lsa, (YOKI ning) funk­siyaning qiymati ROST, aks holda funksiyaning qiymati YOLG‘ON

ИЛИ(SIN(500)5) = YOLG‘ON; ИЛИ(0,5 =1/2; -131)=ROST; E6- rasmdan: ИЛИ(С5=5; E13=11)= YOLG‘ON; ИЛИ(С5=5; E12

ЕСЛИ (mantiqiy ifoda; ifodal; ifoda2)

(AGAR) funksiyasi qiymati- ning mantiqiy ifoda qiymati ROST bo‘lsa, ifoda 1 ga, yolg‘on bo‘lsa ifoda 2 ga teng bo‘ladi

ЕСЛИ(700/7 -1 50; 1963; 1)—1963; ЕСЛИ(5*5=24; 0; 9+12)=21; E6- rasm­dan: ЕСЛИ(Е12D10; G10-E12; “BOBUR”)= BOBUR


Statistik funksiyalar

MAKC( soni; son2;...)

soni, son2,... larning eng katta qiymatini aniqlaydi

MAKC(1; 2; —7)=2; E6- rasmdan: MAKC(E4:E12; G13)=60

МИН( soni; son2;...)

soni, son2, ... larning eng kichik qiymatini aniqlaydi

МИН(1; 2; -7)= -7; E6- rasmdan: МИН(ЕЗ: E13)=1

СРЗНАЧ (soni; son2;...)

soni, son2, ... larning o‘rta arifmetik qiymatini aniqlaydi

CP3HAЧ(1; 2; 6)= 3;

CP3HAЧ(-1;-2; 6; 7; 0)= 5




Statistik funksiyalar

MAKC( soni; son2;...)

soni, son2,... larning eng katta qiymatini aniqlaydi

MAKC(4; 2; -7)=2; E6- rasmdan: MAKC (E4:E12; G13)=60

МИН( soni; son2;...)

soni, son2, ... larning eng kichik qiymatini aniqlaydi

МИН(1; 2; -7)= -7;

СРЗНАЧ (soni; son2;...)

soni, son2, ... larning o‘rta arifmetik qiymatini aniqlaydi

CP3HAЧ(1; 2; 6)= 3;

СРЗНАЧ(-1;-2; 6; 7; 0)= 5

СЧЁТЕСЛИ (blok; shart)

Shartni qanoatlantiruvchi blokning bo‘sh bo‘lmagan katakchalari sonini sanaydi

E6- rasmdan: СЧЁТЕСЛИ(С1:С13; “=6”)=10; СЧЁТЕСЛИ(Е1:Е13;“= 6”)=2

Matnli funksiyalar

ДЛСТР(matn)

Matndagi belgilar sonini aniqlaydi

ДЛСТР(“men”)-3,

ДЛСТР(3,1415)=6

ЗАМЕНИТЬ (eski matn; qaysi o‘rindan; nechtasi o‘rniga; yangi matn)

Eski matnning belgilarini ko‘rsatilgan joydan boshlab berilgan sondagi belgilarni yangisiga almashtiradi

ЗАМЕНИТЬ(“ Men”; 3; 1; “hr”)=“Mehr”; ЗАМЕHИTЬ(“Men,,;2;2;“uz,,)= “Muz”; E5- rasmdan:

3A- МЕНИТЬ(В4; 3; 2; “tin”)= “Oltin”

ЗНАЧЕН (matn)

Matn ko’rinishidagi sonni songa o’tkazadi

3HAЧEH(“ 1024,25”)= 1024,25; 3HAЧEH(“- 5,04”)

ЛЕВСИМВ (matn; belgi soni)

Matnning chap tomonidagi berilgan sondagi belgilarni ajratib oladi

ЛЕВСИМВ(— 45765; 1)= ЛЕВСИМВ(“Gulnoza”; 3)= “Gul”; E5- rasmdan:

ЛЕВСИМВ (B8; 3)=”Bod”

СЦЕПИТЬ (matn1 matn2; ...)

Bir nechta matnni bitta matnga o‘tkazadi

СЦЕПИТЬ(14; “ fevral”) = “ 14-fevral”;

СЦЕПИТЬ(“Воb”;“ur”)=“Bobur”

ПCTP(matn; boshlang‘ich o‘rin; belgilar soni)

Matndan boshlang‘ich o‘rindan boshlab berilgan sondagi belgilarni ajratib oladi

ПCTP(“Matonat”; 4; 3)=”ona”; ПCTP (“Zahiriddin”; 2; 4)=”ahir”; ПCTP (“She’riyat”; 3; 2)= ”er”

Hurmatli o’quvchilar

Mavzuni tushungan bo’lsak endi Excel dasturiga kirib, quyidagi misollarni ishlab ko’ramiz:


АВS(-232)= ____

АВS(555)= ____

АВS(-721)= ____

ЗНАК( -456)= ____

ЗНАК( 0)= ____

ЗНАК(123)= ____

КОРЕНЬ(49)= ____

КОРЕНЬ(6,25)= ____

КОРЕНЬ(100)= ____

ОСТАТ(75,6)= ____

ОСТАТ(54,9)= ____

ОСТАТ(-14,10)= ____

СТЕПЕНЬ(2,3)= ____

СТЕПЕНЬ(4,2)= ____

СТЕПЕНЬ(3,3)= ____

СУММ(4,5,6,7,8)= ____

CУММ(10,22,33)= ____

ЦЕЛОЕ(-6,6)= ____

ЦЕЛОЕ(8,7)= ____

ЦЕЛОЕ(2,1)= ____


И(459; 910)= ____

И(55:11=5; 4*7=28)= ____

ИЛИ(4*2=8; 5+55

ИЛИ(5*5=30; 6*6=30)= __

ЕСЛИ(4/2=2; 10;20)= ____

ЕСЛИ(25*5=75;ha;yo’q)= ___

МАКС(70,7,77)= ____

МИН(12,23,11,10)= ____

СРЗНАЧ(1,5,8,46)= ____

ДЛСТР(‘HILOLA’)= ____

ДЛСТР(‘7845’)= ____

ЗАМЕНИТЬ(“Zamon”;3;3; “min”)= ________

ЗАМЕНИТЬ(“HILOLA”;1;2;”ZI”)= _______

ЛЕВСИМВ(“Kitob”;3)= ___

ЛЕВСИМВ(“-3,14”;2)= ___

ПРАВСИМВ(“Farg’ona”;3)= ____

ПСТР(“qishloq”;2;3)= ____

ПСТР(“kislotalar”;5;3)=___

СЦЕПИТЬ(“Bayram”;”muborak”)=



  1. y=4x+20 funksiyaning qiymatlarini x ning -20; 0; 4; 8; 9 qiymatlarida hisoblang.

  2. ЗАМЕНИТЬ(“Yasha”;5;1;”na”) va ЛЕВСИМВ(“Vatanparvar”;5) funksiyalari natijasini bitta matnga birlashtirib ,uzunligini aniqlang.

  3. ЗАМЕНИТЬ(“Maqsud”;5;1;”a”), ПРАВСИМВ(“Barkamol”;5) va ЛЕВСИМВ(“topishmoq”;6) funksiyalari natijasini bitta matnga joylashtiring.

  4. A1=7, B3=9, “=КОРЕНЬ(B3+A1)/(B3-A1)”.

O’quvchilar bu misollarni kompyuterda ishlab tekshirib ko’rishadi, funksiyani qiymatlarini hisoblashda bitta o’quvchini chiqarib , proyektor yordamida hammaga ko’rinarli qilib ishlatiladi.

IX. Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar

  1. Excel elektron jadvalida nusxalash imkoniyatlarini amalda ko’rsatib bering.

  2. Excel elektron jadvalida qanday turdagi funksiyalarni bilasiz?

  3. Funksiyalar argumentlari qanday qiymatlarni qabul qilishi mumkin?

  4. Excel elektron jadvalida matematik funksiyalaming ishlashiga misol keltiring.

  5. Excel elektron jadvalidagi mantiqiy funksiyalaming ishlashiga misol keltiring.

  6. Excel elektron jadvalidagi statistik funksiyalaming ishlashiga misol keltiring.

  7. Excel elektron jadvalidagi matn funksiyalarining ishlashiga misol keltiring.


Qani o’quvchilar, endi xayrlashamiz.

Darsimiz tugadi yechildi jumboq

Fikrlar jam bo’ldi, olindi saboq

Ustozim biz sizga ta’zim etamiz

Ertangi kungacha hayrlashamiz

Xaq yo’lda kim senga bir harf o’qitmish ranj ila

Aylamak bo’lmas ado oning haqin yuz ganj ila Alisher Navoiy

Darsni so’ngida O’zbekistonning birinchi prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimovning yoshlarga qarata “Butun O’zbekiston bolalari - mening farzandlarim degan nutqlari va go’zal Namanganimizning manzaralari aks etgan videorolik, Ozodbek Nazarbekov o’gli bilan birgalikda ijro etgan “Bolam dema Vatanim meni “ qo’shig’i yangraydi.


X. Uyga vazifa:o’qib kelish,2-3-mashq.

-75%
Курсы профессиональной переподготовке

Учитель, преподаватель информатики в начальной школе

Продолжительность 300 или 600 часов
Документ: Диплом о профессиональной переподготовке
13800 руб.
от 3450 руб.
Подробнее
Скачать разработку
Сохранить у себя:
MS Exsel да математик амаллар ва функцияларнр куллаш (1.05 MB)

Комментарии 0

Чтобы добавить комментарий зарегистрируйтесь или на сайт