Mazkur modulda Qayd etilgan qaror va buyruqlar ijrosi yuzasidan maktabgacha taʼlim tashkilotlari harajatlar smetasini moliyalashtirish manbalarini kengaytirgan holda shakllantirish, ulardan maqsadli tejamkorlik va samarali foydalanish, byudjetdan tashqari mablagʻlar ishlab topish, tadbirkorlik muhitini rivojlantirish, mustaqil ravishda xoʻjalik yuritish hamda murabbiy va tarbiyachi va xodimlarni ijtimoiy himoya qilishni yoʻlga quyish muhim ahamiyashti yoritilgan .
| Tuzuvchi: | MTMRMQTMOI “Maktabgacha taʻlim menejmenti” kafedrasi katta oʻqituvchisi G.N.Nigmatova |
| Taqrizchilar: | MTMRMQTMOI “Maktabgacha taʻlim menejmenti” kafedrasi mudiri F.R.Valieva
|
| Malaka oshirish toifasi: | Pedagog kadrlar malakasini oshirish va pedagogika kollejlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimi rahbari |
| | Boshqarma boshliq oʻrinbosari, MTTlari faoliyatini muvofiqlashtirish va tahlil boʻlimi boshligʻi |
| | Tuman (shahar) Davlat-nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini hamda oʻqishning muqobil shakllarini tashkil etish shuʼbasi mudiri |
| | Maktabgacha taʼlim tashkiloti direktori |
MUNDARIJA
| I | KIRISH | 4 |
| II | TEXNOLOGIK XARITA | 6 |
| III | MAʻRUZA MATN VA OʻQUV MASHGʻULOTLARI | 7 |
| IV | OʻZ-OʻZINI TEKSHIRISH UCHUN TEST SAVOLLARI | 27 |
| V | V. ADABIYOT VA MANBALAR ROʻYHATI | 31 |
| VI | TARQATMA MATERIALLAR | 32 |
I. KIRISH
Mazkur dastur: Oʻzbekiston Respublikasining qonuni “Davlat byudjetining gʻazna ijrosi toʻgʻrisida “26-avgust 2004-yil. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 18 oktabrdagi “Oʻrindoshlik asosida xamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi toʻgʻrisida”gi 297-son qarori. Oʻzbekiston Respublikasining qonuni “ Byudjet kodeksi toʻgʻrisida “2013-yil 26-dekabr OʻRQ 360-son Qonuni...Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʻlim Vazirligi Faoliyatini tashkil etish toʻgrisida 2017-yil 30 sentabrdagi PQ-3305 son qarori “Maktabgacha taʻlim tizimi xodimlari mehnatiga xaq toʻlash tartibini takomilashtirish” Oʻzbekiston Respublikasining qonuni Moliya Vazirligining 2014-yil 14-noyabrdagi 74-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Byudjet tashkilotlari va byudjet mablagʻlari oluvchilarining xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom”Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-3454 sonli qarori. Oʻzbekiston Respublikasining 09.04.2018-yil “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi 472- sonli qonuni. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30 sentabrdagi PQ-3955-sonli “Maktabgacha taʻlim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʻlim vazirligining20 19 yil 28-yanvardagi 14-sonli buyrugʻi “Davlat maktabgacha taʻlim tashkilotlarida taʻlim-tarbiya xizmatlari koʻrsatish faoliyatini tashkil etish” Vazirlar Maxkamasining 2020-yil 28-fevraldagi “114-sonli qarori “2020-yil uchun maktabgacha taʻlim tashkilotlarida bolalar taʻminoti uchun ota-onalar toʻlovi miqdorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”Vazirlar Maxkamasining 2021-yil 29-apreldagi “256-sonli qarori “2021-yil uchun maktabgacha taʻlim tashkilotlarida bolalar taʻminoti uchun ota-onalar toʻlovi miqdorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida.Qayd etilgan qaror va buyruqlar ijrosi yuzasidan maktabgacha taʻlim tashkilotlari harajatlar smetasini moliyalashtirish manbalarini kengaytirgan holda shakllantirish, ulardan maqsadli tejamkorlik va samarali foydalanish, byudjetdan tashqari mablagʻlar ishlab topish, tadbirkorlik muhitini rivojlantirish, mustaqil ravishda xoʻjalik yuritish hamda murabbiy va tarbiyachi va xodimlarni ijtimoiy himoya qilishni yoʻlga quyish muhim ahamiyat kasb etadi. “Moliyaviy munosabatlar” modulining mazkur namunaviy oʻquv dasturi maktabgacha taʻlim tizimi tashkilotlari rahbar va mutaxassislarini malakasini oshirish kursi ishchi oʻquv rejasiga muvofiq ishlab chiqilgan boʻlib, tashkilotlarda moliyaviy munosabatlarni toʻgʻri yoʻlga qoʻyish mazmun va mohiyatini ochib beradi.
Modulning maqsadi: Tinglovchilarda Maktabgacha taʼlim tashkilotlarini moliyaviy mustaqillikka erishishga yunaltirilgan moliyalashtirish manbalarini shaklantirishda soliq gʻaznachilik bilan munosabatlar, Davlat xaridlarini tashkil etish, mehnatga xaq toʻlash tizimi toʻgʻrisidagi bilimlarini, tejamkorlik, iqtisodiy samaradorlikka erishishda moliyaviy resurslarni tahlil qila olish koʻnikmalarni va ularni amaliyotda qoʻllash malakalarini shakllantirish.
Kutilayotgan natijalar: Tinglovchilar ushbu modul yakunida quyidagi bilim, koʻnikma va malakalarga ega boʻlishlari kerak: Maktabgacha taʼlimda bir tarbiyalanuvchi uchun xarajatlarni hisobga olish mezonlari ehtiyojlarini kalkulyatsiyalash.
Maktabgacha taʼlimda ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, xizmat safari xarajatlari, oʻrindoshlik hamda kasblarni qoʻshib olib borilishida mehnatga haq toʻlash va boshqa toʻlovlar yuzasidan amaldagi meʼyoriy hujjatlar mazmuni
II. MOLIYAVIY MUNOSABATLARNI TASHKIL ETISH MODULINING TEXNOLOGIK XARITASI
| Vaqt | Mavzu | Jarayon, metod | Resurs, tarqatma materiallar | Tinglovchining faoliyati |
| 80 daqida | Mavzu “Maktabgacha taʼlim tashkilotlari moliyaviy munosabatlari munosabatlarining huquqiy asoslari”(nazariy 2 soat) | |||
| 35 daqiqa | Markazlashtirilgan buxgalteriya hisobini tashkil etish va uni muvofiqlashtirish tartibi | Bahs munozara | Mavzu yuzasidan savollar, tarqatma materiallar | Tinglaydi, bahs-munozarada ishtirok etadi, fikrlar bildiradilar |
| 45 daqiqa | Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida moliyaviy resurslarni shakllantirish va ishlatish tartibi. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalar taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovi miqdorining taʼminlanishi | Maʼruza | Mavzu yuzasidag savollar, tarqatma materiallar | Tinglaydi, bahs-munozarada ishtirok etadi, fikrlar bildiradilar |
| 80 daqiqa | 2-Mavzu: Maktabgacha taʼlim tashkiloti xarajatlar smetasi hamda shtatlar jadvalini tuzish va uni ijrosi hisobi. (amaliy 2 soat) | |||
| 40 daqiqa | Byudjet tashkilotlarida xarajatlar smetasini xamda shtatlar jadvalini tuzish va tasdiqlash, xarajatlar smetasi va shtatlar jadvali tuzilish hisobining amaliy jihatlari | Baxs munozara | Amaliy topshiriqlar, materiallar | Amaliy topshiriqlar bilan tanishadilar |
| 40 daqiqa | Byudjet intizomiga rioya etilishi uchun javobgarlik | Baxs munozara | Amaliy topshiriqlar, materiallar | Topshiriq yuzasidan Baxs munozara |
| 80 daqiqa | 3-Mavzu: Maktabgacha taʼlim tashkiloti daromad va xarajatlar tarkibi hamda ularni hisobga olish tartibi. (amaliy 2 soat) | |||
| 40 daqiqa | Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida qoʻshimcha taʼlim-tarbiya xizmatlar koʻrsatish faoliyatini tashkil etish tarkibi | Suhbat, tushuntirish | Ish hujjatlari | Ish hujjatlari bilan tanishadilar |
| 40 daqiqa | Olingan daromadlar va qilingan xarajatlar hisobini yuritish. | Oʻzaro tahlil | Ish hujjatlari | Ish hujjat-larining ras-miylashtirilish tartibini tahlil etadilar |
| 4-Mavzu Mablagʻlar va moddiy boyliklar inventarizatsiya jarayonlari, shartnomaviy munosabatlarni tashkil etish tartibi. (amaliy 2 soat) | ||||
| 40 daqiqa | Pul mablagʻlarining kirim-chiqim xarajatlari inventarizatsiyasi. | Suxbat tushintirish | Amaliy topshiriqlar, materiallar | Amaliy topshiriqlar bilan ishlaydilar |
| 40 daqiqa | Asosiy vositalar kirim-chiqim va ularni sanoqdan oʻtkazish tartibi | Oʻzoro taxlil | Amaliy topshiriqlar, materiallar | Amaliy topshiriqlar bilan tanishadilar |
| 5-Mavzu: Maktabgacha taʼlim tizimida moliyaviy hisobotlarini tuzish va taqdim qilish tartibi (amaliy 2 soat) | ||||
| 40 daqiqa | Markazlashtirilgan tartibda ish haqining hisoblanishi va toʻlanishini, tovar, ish va xizmatlarning xarid qilinishini, byudjet va byudjetdan tashqari mablagʻlar hisobining yuritilishini taʼminlash. | Suxbat tushintirish | Amaliy topshiriqlar, materiallar | Amaliy topshiriqlar bilan ishlaydilar |
| 40 daqiqa | Markazlashtirilgan moliyaviy hisobotlarni tuzish tartibi va ularni taqdim etish muddatlari. | Oʻzoro taxlil | Amaliy topshiriqlar, materiallar | Amaliy topshiriqlar bilan tanishadilar |
III. MAʻRUZA MATN VA OʻQUV MASHGʻULOTLARI
|
| 1-mavzu: MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTLARI MOLIYAVIY MUNOSABATLARI MUNOSABATLARINING HUQUQIY ASOSLARI” |
Reja:
1.1. Markazlashtirilgan buxgalteriya hisobini tashkil etish va uni muvofiqlashtirish tartibi.
1.2. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida moliyaviy resurslarni shakllantirish va ishlatish tartibi. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalar taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovi miqdorining taʼminlanishi.
|
| 1.1. Markazlashtirilgan buxgalteriya hisobini tashkil etish va uni muvofiqlashtirish tartibi |
Davlat byudjetidan ajratiladigan mablagʻlar sarfi asosan byudjet tashkilotlariga mablagʻlarni yoʻnaltirilishi hisobiga amalga oshiriladi. Bu mablagʻlarni maqsadli va oqilona sarflanishini taʼminlash va ular boʻyicha tegishli axborotlarni shakllantirilishi ularda buxgalteriya hisobini tashkil etish asosida amalga oshiriladi. Har bir byudjet tashkilotiga mablagʻlar ajratish davlat byudjetidan tasdiqlangan xarajatlar smetalari asosida amalga oshiriladi. Bulardan tashqari qonunchilikda byudjet tashkilotlariga byudjetdan tashqari mablagʻlarni manbaalarini shakllantirishga ruxsat etilgan. Yaʼni faoliyat turiga mos maxsulot (ish va xizmatlar) ishlab chiqarishdan tushadigan, vaqtichalik boʻsh bino va mulklarni ijaraga berishdan tushgan, xomiylik, shuningdek moliya yili yakunida byudjet mablagʻlari boʻyicha iqtisod qilib qolingan va boshqa mablagʻlar hisobiga byudjetdan tashqari mablagʻlar shakllantiriladi hamda qonunchilikda belgilangan tartibda sarflanadi.
Maktabgacha taʼlim vazirining 2017-yil13-dekabrdagi “Tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimlarining markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 37-sonli buyrugʻi va Nizomi ishlab chiqildi. Ushbu Nizom talablari asosan tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimlarining markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari faoliyatini tartibga solish, taʼlim tashkilotlarining keyingi yil uchun jamlanma byudjet soʻrovini shakllantirish, shtat jadvali, xarajatlar smetasini tuzish va ijrosi boʻyicha buxgalteriya hisobi va hisobotini markazlashtirilgan holda tashkil etish, hisob-kitob ishlariga zamonaviy hisoblashning avtomatlashtirilgan “UzASBO” dasturiy majmuasini keng tadbiq etish, hisoblashning ilgʻor shakl va usullarini joriy etish, byudjet mablagʻlaridan samarali va maqsadli foydalanish, taʼlim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, buxgalteriya hisobini tashkil etish va moliyaviy hisobotlar tizimini takomillashtirish boʻyicha keng miqyosda ilmiy izlanishlar olib borishni talab qilmoqda.
|
| NAZORAT SAVOLLARI |
Markazlashtirilgan buxgalteriya tushunchasi ?
Byudjet tashkiloti maʼnosi nimani anglatadi.?
Byudjet mablagʻlari qanday moliyalashiriladi.?
|
| 2-Mavzu: MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTI XARAJATLAR SMETASI HAMDA SHTATLAR JADVALINI TUZISH VA UNI IJROSI HISOBI |
|
| 1.2 Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida moliyaviy resurslarni shakllantirish va ishlatish tartibi. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalar taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovi miqdorining taʼminlanishi. |
Respublikamizda buxgalteriya hisobi tizimi boʻyicha olib borilgan va olib borilayotgan islohatlardan maqsad, birinchidan buxgalteriya hisobini xalqaro standartlarga moslashtirish boʻlsa, ikkinchidan xoʻjalik yurituvchi subyektlarda buxgalteriya hisobini tashkil qilish uchun huquqiy asosni beradigan meʼyoriy hujjatlarni ishlab chiqish, uchinchidan esa zamonaviy buxgalteriya hisobini yuritish uchun buxgalterlar tayyorlash, qayta tayyorlash hamda malakasini oshirishdan iborat. Oʻzbekistonda kadrlar tayyorlash dasturi asosida buxgalterlar va auditorlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi buxgalterlar va auditorlar assosatsiyasi, Auditorlar palatasi buxgalterlarni tayyorlash, qayta tayrlash va malakasini oshirishda faol qatnashmoqdalar. Olib borilayotgan islohatlar natijasida bugungi kunga kelib, Oʻzbekistonda faoliyat koʻrsatayotgan xoʻjalik subyektlarining moliyaviy hisobotlaridan horijlik iqtisodchilar va chet el kompaniyalarining hisobotlaridan esa Oʻzbekistonlik iqtisodchilar tilmochsiz foydalana oladigan darajaga erishildi.
Oʻzbekistonda mulkchilikning turli shakllarini yuzaga kelishi va xoʻjalik yurituvchi subyektlarning erkin faoliyat yuritishi uchun yaratilgan, sharoit maktabgacha taʼlim boʻlim va tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilishda buxgalteriya hisobining maqsadi va vazifalaridan kelib chiqib, qator muammolar mavjudligini koʻrsatib qoʻydi.
Byudjet mablagʻlaridan oqilona foydalanish ikki tomonlama, yaʼni ikki tamoyilga rioya qilinuvchi jarayondir. Birinchisi natijadorlik boʻlsa, ikkinchisi samaradorlik hisoblanadi. Bunda natijadorlik koʻrsatkichi, avvalambor sifat koʻrsatkichlar borasida byudjetlashtirish maqsadlariga erishishni nazarda tutadi. Samaradorlik koʻrsatkichi byudjet mablagʻlaridan kamroq xarajat talab qilib, kattaroq miqdordagi natijalar koʻrsatishi bilan oʻlchanishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet tashkiloti va byudjet mablagʻlari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini, daromadlar va xarajatlar smetalarini, vaqtinchalik xarajatlar smetalarini, shuningdek byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning va markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlarining jamlanma xarajatlar smetasi hamda shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va roʻyxatdan oʻtkazish tashkilot rahbari va uning bosh hisobchisi zimmasiga yuklatilgan.
Byudjet moliyaviy jarayoni ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, byudjetdan moliyalashtirish, hisob va hisobot mexanizmini takomillashtirish, vazirlik va idoralarning boʻysunuvidagi tashkilotlarida byudjet intizomini mustahkamlash borasidagi masʼuliyatini oshirish, shuningdek, zamonaviy axborot texnologiyalari va xalqaro eʼtirof etilgan moliyaviy nazorat standartlarini joriy qilish yoʻli bilan byudjet qonunchiligini buzish holatlarining oldini olish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-avgustdagi “Taʼlim va tibbiyot tashkilotlarini moliyalashtirish mexanizmini hamda davlat moliyaviy nazorat tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-3231-sonli qarori qabul qilindi.Vazirlar Maxkamasining 2020-yil 28-fevraldagi “2020-yil uchun maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalar taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovi miqdorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 114-sonli qarorini amalga oshirish.
Bolalarni maktabgacha taʼlim tashkilotlarida (bolalar bogʻchalarida) saqlanganligini olib boriladigan hisob-kitoblar va boshqa shu kabilar boʻyicha toʻlovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar amalga oshiriladi.
Bolalarni maktabgacha taʼlim tashkilotlarida saqlanganligi uchun ota-onalar bilan olib boriladigan hisob-kitoblar boʻyicha pul hisoblab yozish bolalarning bogʻchaga kelishi hisobi olib boriladigan 305-son shakldagi bolalarning davomat hisobi boʻyicha tabel asosida haqiqiy qatnagan kunlariga muvofiq amalga oshiriladi. Toʻlovlar bevosita maktabgacha taʼlim tashkilotlariga toʻlanganda ota-onalarga toʻlanganlik haqidagi kvitansiyalar beriladi. Vakil qilingan kishilardan qabul qilingan summalar uch kunlik muddat ichida tashkilotning hisobvaragʻiga kirim qilinishi kerak. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari, maktab-internatlari va boshqa taʼlim tashkilotlarida bolalar taʼminotiga xaq toʻlash tartibi va toʻlov miqdorlari qonunchilikka muvofiq tartibga solinadi.Buxgalteriya hisobida toʻlovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar 156 “Toʻlovlarning maxsus turlariga doir hisob- kitoblar” subschyotida yuritiladi. Bu subschyotning debet tomonida toʻlovlarning maxsus turlari boʻyicha hisoblangan summa, kredit tomonida ushbu mablagʻlarni kelib tushishi aks ettiriladi.
Bolalar maktabgacha taʼlim tashkilotida chiqarib olingan taqdirda oldindan toʻlangan summa ota-onalarga ularning arizasiga muvofiq maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbarining koʻrsatmasiga binoan qaytariladi. Ariza maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbarning koʻrsatmasi bilan markazlashtirilgan buxgalteriyaga,bolalarning bogʻchaga qatnashini hisobi olib boriladigan navbatdagi tabel bilan birgalikda topshiriladi.Qaytariladigan summa kassa orqali beriladi yoki pochta orqali joʻnatiladi, shuningdek naqd pulsiz hisob-kitoblar yoʻli bilan ham qaytarilishi mumkin. Bolalarni saqlash yuzasidan olib boriladigan hisob-kitoblarning analitik hisobi 327-son shakldagi taʼlim tashkiotlarida bolalarni saqlanganligi uchun ularning ota-onalari bilan olib boriladigan hisob-kitoblar qaydnomasida yuritiladi. 327-son shakldagi qaydnoma asosida 406-son shakldagi (15-memorial order) bolalarni saqlaganlik uchun ota-onalar bilan olib boriladigan hisob-kitoblar boʻyicha jamlanma qaydnoma tuziladi.
|
| NAZORAT SAVOLLARI |
1.Byudjet asosida faliyat yuritadigan maktabgacham taʼlim tashkilotlarini moliyalashtirish manbalari xaqida nima deya olasiz?
2.Byudjet moliyaviy jarayoni ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish kerak deb hisoblaysizmi ?
3.Byudjet asosida faliyat yuritadigan maktabgacham taʼlim tashkilotlarini moliyalashtirish manbalari xaqida nima deya olasiz ?
|
| 2-Mavzu: MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTI XARAJATLAR SMETASI HAMDA SHTATLAR JADVALINI TUZISH VA UNI IJROSI HISOBI |
Reja:
2.1. Byudjet tashkilotlarida xarajatlar smetasini xamda shtatlar jadvalini tuzish va tasdiqlash, xarajatlar smetasi va shtatlar jadvali tuzilish hisobining amaliy jihatlarini oʻrganish.
2.2. Byudjet intizomiga rioya etilishi uchun javobgarlik, tahlil qilish
|
| 2.1. Byudjet tashkilotlarida xarajatlar smetasini xamda shtatlar jadvalini tuzish va tasdiqlash, xarajatlar smetasi va shtatlar jadvali tuzilish hisobining amaliy jihatlarini oʻrganish |
Oʻzbekiston Respublikasi Oʻzbekiston Respublikasining Byudjet kodeksiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2014-yil 14-noyabrdagi “Byudjet tashkilotlari va byudjet mablagʻlari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi” nizomni tasdiqlash haqidagi 74-son buyrugʻi bilan belgilangan.
Mavzudan kelib chiqib biz qoʻyidagi tushuncha va taʼriflarni keltirishimiz maqsadga muvofiqdir:
xarajatlar smetasi — tashkilotlar tomonidan joriy moliya yili uchun tuziladigan va tasdiqlanadigan hujjat boʻlib, unda tashkilotlar uchun xarajatlar moddalari boʻyicha koʻzda tutilgan byudjetdan ajratilgan mablagʻlar (xarajatlar rejasi) aks ettiriladi;
byudjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha smeta — tashkilotlar tomonidan joriy moliya yili uchun tuziladigan va tasdiqlanadigan hujjat boʻlib, unda tashkil boʻlish manbalari va ushbu mablagʻlarning qonunchilikka muvofiq foydalanish yoʻnalishlari koʻrsatilgan holda byudjetdan tashqari daromadlar tushumlarining prognoz hajmlari aks ettiriladi;
xarajatlar moddasi — byudjet tasnifining qismi boʻlib, Davlat byudjeti xarajatlarining iqtisodiy tayinlanishi va toʻlovlarni aniq turlarini ifodalaydi; vaqtinchalik xarajatlar smetasi — tashkilotlarning xarajatlar smetasi tasdiqlangunga va roʻyxatdan oʻtkazilgunga qadar amal qiluvchi hujjat boʻlib, unda byudjet tashkilotlari uchun koʻzda tutilgan, qonunchilikka oʻzgartirishlarni hisobga olgan holda, har oyda avvalgi moliya yilining oxirgi choragidagi byudjetdan ajratiladigan mablagʻlarning uchdan bir qismidan ortiq boʻlmagan miqdorlardagi byudjetdan ajratilgan mablagʻlar (xarajatlar rejasi) aks ettiriladi;
byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablagʻlari — qonunchilikda nazarda tutilgan byudjetdan tashqari manbalar hisobidan tashkilotlar ixtiyoriga kelib tushadigan mablagʻlar. Shtatlar jadvalini tasdiqlangan tashkiliy tuzilma, shtat birliklari, namunaviy shtatlar va byudjetdan moliyalashtirish meʼyorlariga muvofiq ishlab chiqadilar va tasdiqlaydilar.
Umumiy smetalar tuzish uchun buyurtmalar hokimiyatlarning tegishli boshqarma va boʻlimlari tomonidan belgilangan shakllar yoki koʻrsatkichlar roʻyxati boʻyicha xarajatlarning guruxlari boʻyicha va xarajat smetalariga qilingan xisoblarni ilova qilgan xolda tashkilotlar tomonidan taqdim kilinadi.
Tashkilotlar tomonidan berilgan buyurtmalar markazlashgan buxgalteriyalar tomonidan tegishli tashkilotlarning vakillari ishtirokida oldindan koʻrib chikiladi va umumiy smetalarni tuzishda hisobga oladi.
Ish xaqi boʻyicha umumiy smetaga belgilangan tartibda tasdiqlangan shtatlar jadvali ilova kilinadi.
Markazlashgan buxgalteriya tomonidan tuzilgan umumiy smetalarning loyihalari tuman, shahar xokimiyatlarining tegishli boʻlimlari rahbarlari tomonidan tegishli tashkilotlarning rahbarlari ishtirokida koʻrib chiqiladi va tasdiqlanadi.
Tashkilotlarning xarajatlari smetalari uch nusxada tuziladi va tashkilotlarning rahbarlari, xamda hisob xodimlari tomonidan imzolanadi, smetaning birinchi nusxasi tashkilotda, ikkinchi nusxasi tegishli maxalliy moliya organida qoladi va uchinchi nusxasi yukori tashkilotga takdim etiladi.
Markazlashgan buxgalteriya tomonidan xizmat koʻrsatiladigan tashkilotlarining xarajatlar smetasi markazlashgan buxgalteriyalar bosh buxgalteri yoki iqtisodchisi ishtirokida tuziladi.
Inventarlar, asbob-uskuna va tashkilotlarning oʻquv koʻllanmalarini sotib olish uchun mablagʻlar tegishli tashkilotlarning smetalarida koʻzda tutilishi lozim.
Byudjet tashkilotlarida ularni markazlashgan holda inventarlar, asbobuskunalar va oʻkuv koʻllanmalari bilan taʼminlash zarurati yuzaga kelganda, bu maqsadlar uchun mablagʻlar markazlashgan tartibda sotib olishni amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan tashkilotlarning xarajatlar smetalarida belgilangan mablagʻlar doirasida moliya organlari bilan kelishib, belgilagan miqdorlarda va muddatlarda oʻtkaziladi.
Kelgusi yilga ochilishi kerak boʻlgan tashkilotlarni tashkil etish, saqlash boʻyicha xarajatlar smetasi tegishli xokimiyatlarning boshqarma, boʻlimlari tomonidan xar bir tashkilotga aloxida xolda, ish xaqining oʻrtacha stavkasi va faoliyat koʻrsatayotgan tegishli tashkilotlarda mavjud boʻlgan xarajatlarining oʻrtacha meʼyorlaridan kelib chiqqan xolda tuziladi.
|
| NAZORAT SAVOLLARI |
Maktabgacha taʼlim tashkilotlar smetasi nima asosda tuziladi ?
Byudjet va byudjetdan tashqari manbalar hisobidan shtat-smeta xarajatlarini shaklantirishning qanday meʼyoriy xujjatlarini bilasiz?
Gʻaznachillikning afzalliklari toʻgrisida nimalarni bilasiz?.
|
| 2.2. Byudjet intizomiga rioya etilishi uchun javobgarlik, tahlil qilish |
Byudjet va rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi, uning hududiy organlari va joylardagi moliya organlari tomonidan qonun hujjatlari bilan berilgan vakolatlarga muvofiq amalga oshiriladi.Moliya vazirligi Gʻaznachiligi va uning hududiy boʻlinmalari byudjet tashkilotlarining xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanish ustidan dastlabki va joriy nazoratni amalga oshiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va tegishli hududiy moliya organlari quyidagi huquqlarga ega:
-byudjetdan mablagʻ bilan taʼminlanadigan tashkilotlardan byudjetni rejalashtirish, mablagʻ bilan taʼminlash, tegishli tashkilot tomonidan byudjet intizomiga rioya etilishini nazorat qilish uchun zarur boʻlgan hisobot maʼlumotlarini soʻrash
-tashkilotlar tomonidan mablagʻlar gʻayriqonuniy sarflanganda, byudjet intizomi buzilishi hollari aniqlangan taqdirda, shuningdek ilgari ajratilgan mablagʻlardan foydalanish toʻgʻrisidagi hisobotlar va boshqa belgilangan hisobot taqdim etilmaganda, bu haqda tegishli vazirliklar (idoralar), hokimliklar rahbarlarini xabardor qilgan holda tashkilotlarni byudjetdan xarajatlarini moliyalashtirishni (toʻlashni) cheklash va zarur hollarda toʻxtatib qoʻyish;
-byudjet tashkilotlarining moliyaviy faoliyatini taftish qilish va tekshirish; aniqlangan qonunbuzishlarni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlar bajarilishini tekshirish; amaldagi qonun hujjatlari buzilgan taqdirda tekshirish materiallarini huquqni muhofaza qilish organlariga berish.
|
| NAZORAT SAVOLLARI |
1.Maktabgacha taʼlim tashkilotining byudjet va byudjetdan tashqari jamgʻarmalari buyicha daromadlari va xarajatlari smetalariga mablagʻ nima asosida shakllanadi ?
2.Maktabgacha taʼlim tashkilotining byudjet va byudjetdan tashqari jamgʻarmalari buyicha daromadlari va xarajatlari smetalari va shtat jadvallarini tasdiqlash va ruyxatdan oʻtkazish bosqichlarini aytib bering.
3.Maktabgacha taʼlim tashkilotining smetasini kim tomonidan tasdiqlanadi.?
|
| 3-Mavzu: Maktabgacha taʼlim tashkiloti daromad va xarajatlar tarkibi hamda ularni hisobga olish tartibi. |
REJA
3.1Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida qoʻshimcha taʼlim-tarbiya xizmatlar koʻrsatish faoliyatini tashkil etish tartibi.
3.2.Olingan daromadlar va qilingan xarajatlar hisobini yuritish.
|
| 3.1Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida qoʻshimcha taʼlim-tarbiya xizmatlar koʻrsatish faoliyatini tashkil etish tartibi. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentyabrdagi PQ-3955-sonli “Maktabgacha taʼlim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining 2018-yil 13-dekabrdagi 3-mh-sonli “Davlat maktabgacha taʼlim ashkilotlarida qoʻshimcha qoʻshimcha taʼlim-tarbiya xizmatlari koʻrsatish faoliyatini tashkil etish” boʻyicha buyrugʻi qabul qilingan hamda 2019-yil 18-yanvarda 3123-son bilan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan.
Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan Respublikadagi barcha
3-7 yoshli bolalarni maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qamrab olish, mavjud tashkilotlarni zamon talablariga mos holda qayta taʼmirlash, jihozlash hamda ehtiyoji yuqori boʻlgan xududlarga yangi maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish, taʼlim sifatini tubdan takomillashtirish qolaversa nodavlat va oilaviy maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish hamda maktabgacha taʼlim tashkilotlarida qoʻshimcha xizmat koʻrsatish turlari va moliyalashtirish tartibini ishlab chiqishni asosiy maqsad qilib belgilab olindi.
Yuqorida keltirilgan vazifalarni amalga oshirish, tizimga oid ishlab chiqilgan qaror, farmon va farmoyishlar, meʼyoriy-huquqiy xujjatlarni ijrosini sifatli taʼminlash, maktabgacha taʼlim tashkilot rahbarlari tomonidan boshqaruvda tizimli ish tashkil etishni taqazo qiladi.
Hozirgi kunda maktabgacha taʼlim tashkiloti mudirlari tomonidan taʼlim xizmatlarini qoʻrsatishni toʻgri yoʻlga qoʻyish ishlab chiqilgan istiqbolli reja yoki dasturlarni tayyorlashda, rahbar va hodimlar hamda hamkor tashkilotlar oʻrtasida, maktabgacha taʼlim tashkilotlarida qoʻshimcha xizmat koʻrsatish turlari va moliyalashtirish tartibini ishlab chiqish dolzarb masala hisoblanadi. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida qoʻshimcha taʼlim xizmatlarida xizmatlar uchun ishchi xodimlar mehnatiga haq toʻlash tartibi ish oʻrinlarini yaratishni va moddiy texnika bazasini mustahkamlashni yana rivojlantirishni maqsad qilib qoʻyishmoqda.
|
| NAZORAT SAVOLLARI |
MTTlarda qoʻshimcha mablagʻ topish, tadbirkorlik bilan shugʻillanish uchun xuqukiy xujjat mavjudmi?
Taʼlim xizmatlarini tashkil etish qaysi muddatdan kuchga kirgan?
Taʼlim xizmati mablagʻlaridan qanday foydalanish imkoniyatlarini sanab bering?
|
| 3.2.Olingan daromadlar va qilingan xarajatlar hisobini yuritish. |
Qoʻshimcha pullik taʼlim-tarbiya xizmatlarini tannarx kalkulyatsiyasi xar bir pullik qoʻshimcha talim-tarbiya xizmat turi buyicha maktabgacha taʼlim boʻlimi markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati mutaxassislari tomonidan ishlab chiqiladi,belgilangan toʻlovlar miqdori taʼlim tashkilotning kuzatuv kengashi yigʻilishida muxokama qilinadi va qaror asosida rasmiylashtiriladi.Qoʻshimcha pulik taʼlim-tarbiya xizmatlarining tasdiqlangan preykurant narxlari barcha shaxslar koʻrishi va koʻrishi mumkin boʻlgan joyga osib quyiladi.Rivojlantirish jamgʻarmasi shaxsiy gʻazna hisob varagʻida jamlanadi va xarajatlar amalga oshiriladi.Pullik xizmatlar mablagʻlari xizmatlar koʻrsatish buyicha umumiy xarajatlar qoplangandan keyin
80 foizi- maktabgacha taʼlim muassasasi xodimlarining moddiy ragʻbatlantirish xamda maktabgacha taʼlim muassasasi moddiy –texnika bazasini yaxshilashga ajratiladi.
10 foizi-Maktabgacha taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasiga;
5 foizi – tegishli tuman maktabgacha taʼlim Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmasiga.
5 foizi-Qaraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi,viloyatlar maktabgacha taʼlim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha taʼlim bosh boshqarmasining Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi. Xafzsizlik, ekologiya, sanitariya, gigiyena va mehnatni muhofoza qilish talablariga rioya qilish,amaldagi qonun xujjatlariga muvofiq buxgalteriya hisobini yuritish,tegishli maktabgacha taʼlim tuman (shaxar)boʻlimiga oʻz faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotni,belgilangan tartib va muddatlarda taqdim etiladi.Qoʻshimcha pullik taʼlim-tarbiya xizmatlari narxlarining toʻgʻri shaklantirilishi va qoʻllanishi ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining Ichki audit,moliyaviy va huquqiy nazorat xizmati hamda amaldagi qonun xujjatlari talablari asosida oʻrnatilgan tartibda tegishli Davlat nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
|
| NAZORAT SAVOLLARI |
Taʼlim xizmatlarini qanday sharoitda tashkil etish mumkin?
MTT da pullik xizmatlarni tashkil etishda nimalarga eʼtibor berish lozim?
MTT da pullik xizmatlarni tashkil etishga taʼsir koʻrsatuvchi omillar?
|
| 4-Mavzu MABLAGʻLAR VA MODDIY BOYLIKLAR INVENTARIZATSIYA JARAYONLARI, SHARTNOMAVIY MUNOSABATLARNI TASHKIL ETISH TARTIBI. |
REJA
4.1. Pul mablagʻlarining kirim-chiqim xarajatlari inventarizatsiyasi.
4.2. Asosiy vositalar kirim-chiqim va ularni sanoqdan oʻtkazish tartibi
|
| 4.1. Pul mablagʻlarining kirim-chiqim xarajatlari inventarizatsiyasi. |
Kassa inventarizatsiya qilinganda pul mablagʻlari va kassada boʻlgan boshqa qiymatliklarning haqiqatda mavjudligi tekshiriladi. Qatʼiy hisobot blanklari ham tekshiruvdan oʻtkaziladi.
Kassada pul mablagʻlarining haqiqatda mavjudligi hisob-kitob qilinganda pul belgilari, pochta markalari va davlat boji markalari hisobga olinadi.
Hech qanday hujjat yoki tilxatlar kassadagi naqd pul qoldigʻiga kiritilmaydi. Kassirning kassada mazkur xoʻjalik yurituvchi subyektga tegishli boʻlmagan pul mablagʻlari va boshqa qiymatliklar borligi toʻgʻrisidagi bayonotlari eʼtiborga olinmaydi.
Naqd pul mablagʻlarini inventarizatsiya dalolatnomasida qiymatliklar qoldigʻi inventarizatsiya kunida naturada va hisob maʼlumotlari boʻyicha koʻrsatiladi va inventarizatsiya natijasi aniqlanadi.
Qatʼiy hisobdagi blanklarning haqiqatda mavjudligini tekshirish blank turlari boʻyicha u yoki bu blanklarning boshlangʻich va oxirgi raqamlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Mazkur tekshirish natijalari maxsus roʻyxat bilan rasmiylashtiriladi.
Yoʻldagi pul mablagʻlarini inventarizatsiyasi buxgalteriya hisobi schyotlarida qayd etilgan summalarni bank muassasalari, pochta boʻlimi va hokazolarning kvitansiyalari maʼlumotlari bilan solishtirish vositasida amalga oshiriladi.
Bankda hisob-kitob va joriy schyotlar, akkreditivlar, maxsus, alohida va boshqa schyotlarda boʻlgan pul mablagʻlarini inventarizatsiyasi xoʻjalik yurituvchi subyekt buxgalteriyasining maʼlumotlari boʻyicha tegishli schyotlarda qayd etilgan summalar qoldigʻini bank koʻchirmasidagi maʼlumotlar bilan solishtirish orqali amalga oshiriladi.
Hisob-kitoblarni inventarizatsiyasi
Byudjet, xaridorlar, mol yetkazib beruvchilar, hisobdor shaxslar, ishchi va xizmatchilar, deponentlar hamda boshqa debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblarni inventarizatsiyasi tegishli hujjatlar boʻyicha qoldiqlarni aniqlash va buxgalteriya hisobi schyotlarida qayd etilgan summalarning asosliligini sinchiklab tekshirishga asoslanadi. Komissiya debitor va kreditorlar schyotlari boʻyicha qarzlarning paydo boʻlishi, ularning realligi va shunday boʻlgan taqdirda, daʼvo etish muddatlarini oʻtkazib yuborishda aybdor shaxslarni aniqlaydi.
“Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar” schyotining yoʻldagi tovarlar va faktura qilinmagan mollar boʻyicha mol yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblar summalariga doir qismi alohida sinchiklab tekshirilishi kerak. U hujjatlar va korrespondensiyalanuvchi schyotlari bilan muvofiqlashuvi boʻyicha tekshiriladi. Bunda faktura qilinmagan yetkazib berishlar tarkibida majburiyatlarni hisobga oluvchi schyotlar yoki olinadigan schyotlar aks ettirilgan summalar yoki haqiqatda toʻlangan va olingan, lekin yoʻlda deb hisoblanuvchi materiallar va tovarlar summalari aks ettirilmaganligi aniqlashtiriladi.
Mol yetkazib beruvchilarning schyotlarida faktura qilinmagan mollar boʻyicha qolgan summalarga, ushbu schyot buxgalteriya tomonidan tekshirilgach, mol yetkazib beruvchilardan schyot-fakturalar talab qilinishi kerak. Mol yetkazib beruvchilar xaridorlarga schyot-fakturalar taqdim etishlari yoki ularni taqdim etmaslik sabablarini maʼlum qilishlari kerak. Agar mol yetkazib beruvchida qarz boʻlmasa, u buni xaridorga maʼlum qilishi kerak. Ishchi va xizmatchilarga qarzlar boʻyicha oʻz vaqtida talab qilib olinmagan, deponentlar schyotiga oʻtkazilishi kerak boʻlgan ish haqi summalari, shuningdek, ishchi va xizmatchilarga ortiqcha toʻlovlar summalarini va yuzaga kelish sabablari aniqlanishi kerak.
Hisobdor shaxslarga berilgan summalar inventarizatsiya qilinganda maqsadli foydalanilishini hisobga olgan holda hisobdor shaxslarga berilgan boʻnaklar boʻyicha hisobotlari, shuningdek har bir hisobdor shaxs boʻyicha berilgan boʻnaklar summalari, ularni berish sanalari va maqsadli foydalanilishi tekshiriladi. Ishchi inventarizatsiya komissiyasi hujjatli tekshirish yoʻli bilan quyidagilarni ham aniqlashi kerak:blanklar, xoʻjalik yurituvchi subyekt boʻlimlari bilan hisob-kitoblarning aynanligi;
balans boʻyicha qayd etilgan kamomad va oʻgʻirliklarga doir qarz summalari toʻgʻriligi va asosliligi hamda ana shu qarzni undirish uchun qabul qilingan choralar;balans boʻyicha qayd etilgan debitorlik, kreditorlik va deponentlik qarzlari summalarining toʻgʻriligi va asoslangani, shuningdek, debitorlik qarzini majburiy tartibda undirishga daʼvolar taqdim etilganligi;
muddati oʻtgan debitorlik qarzi mavjudligi sabablari.
|
| NAZORAT SAVOLLARI |
“MTTlarda xar oyda topshiriladigan oylik vznoslarning oʻz vaqtida taʼminlanganligi debitor va kreditorlik qarzdorlik mavjud boʻlish sabablari”
MTTlarga kelgan mol mulkni qanday taqsimlanadi,va ularni saqlanishi va hisobdan chiqarilishi?
Inventarizatsiya jarayonlari qanday tashkillashtiriladi?
|
| 4.2Asosiy vositalar kirim-chiqim va ularni sanoqdan oʻtkazish tartibi |
Moliya vazirligi tomonidan Vazir oʻrinbosari E. Gadoyev 1999-yil 19-oktyabr eg/17-19-2075-son “tasdiqlangan” inventarizatsiyani tashkil etish va oʻtkazish oʻzbekiston respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti 19-sonli bhms [Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1999-yil 2-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 833] 1. Umumiy qoidalar 1.1. Mazkur buxgalteriya hisobi milliy standarti (keyingi oʻrinlarda — standart) “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan. Mazkur standart asosiy faoliyati byudjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan tashkilotlarni qoʻshgan holda xoʻjalik yurituvchi subyektlarda aktivlar va majburiyatlar inventarizatsiyasi hamda uning natijalarini rasmiylashtirish tartibini belgilaydi. Inventarizatsiyaning asosiy maqsadlari boʻlib quyidagilar hisoblanadi: mol-mulkning haqiqatda mavjudligini aniqlash; haqiqatda mavjud mol-mulkni buxgalteriya hisobi maʼlumotlari bilan solishtirish; majburiyatlar hisobda toʻgʻri aks ettirilganligini tekshirish. Xoʻjalik yurituvchi subyektning joylashgan joyidan qatʼi nazar, barcha aktivlari va majburiyatlari inventarizatsiya qilinadi. Bundan tashqari, ishlab chiqarish zaxiralari va xoʻjalik yurituvchi subyektga qarashli boʻlmagan, lekin buxgalteriya hisobida qayd etilgan (masʼul saqlashda boʻlgan, ijaraga olingan, qayta ishlash uchun olingan) boshqa turdagi mol-mulklar, shuningdek, biror-bir sababga koʻra hisobga olinmagan mol-mulk inventarizatsiya qilinishi kerak. Mol-mulkni inventarizatsiyasi uning joylashgan joyi va moddiy javobgar shaxs boʻyicha oʻtkaziladi. Quyidagi hollarda inventarizatsiya oʻtkazilishi majburiy: mol-mulk ijaraga berilganda, sotib olinganda, sotilganda, shuningdek, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda davlat korxonasini oʻzgartirish (davlat tasarrufidan chiqarilgan) da; yillik moliyaviy hisobotni tuzish oldidan, bundan inventarizatsiyasi hisobot yilining 1-oktyabridan keyin oʻtkazilgan mol-mulk mustasno. Oʻzbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (4-sonli BHMS) “Tovar-moddiy zaxiralar” (roʻyxat raqami 1595, 2006-yil 17-iyul)ga muvofiq tovar-moddiy zaxiralar inventarizatsiyasi bir yilda kamida bir marta amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (5-sonli BHMS) “Asosiy vositalar” (roʻyxat raqami 1299, 2004-yil 20-yanvar)ga muvofiq asosiy vositalar inventarizatsiyasi ikki yilda kamida bir marta, kutubxona fondlari esa besh yilda bir marta amalga oshiriladi. Pul mablagʻlari, pul hujjatlari, qiymatliklari va qatʼiy hisobdagi blanklar inventarizatsiyasi oyda bir marta, yonilgʻi-moylash materiallar, oziq-ovqat mahsulotlar — har chorakda, qimmatbaho metallar — tarmoq yoʻriqnomalariga muvofiq oʻtkaziladi. Ayrim joylar va mavsumiy tusda ishlaydigan korxonalarda ishlab chiqarish zaxiralar inventarizatsiyasi ular eng kam miqdorda qolgan davrda oʻtkaziladi: asosiy vositalar va tovar-moddiy qiymatliklar qayta baholanganda; moddiy javobgar shaxslar almashganda (ishlarni qabul qilish — topshirish kunida); oʻgʻirlik yoki suiisteʼmol, shuningdek, qiymatliklarni buzilishi faktlari aniqlanganda; tabiiy ofatlar, yongʻinlar, falokatlar yoki gʻayritabiiy sharoitlar yuzaga keltirgan boshqa favqulodda vaziyatlar yuz berganda; xoʻjalik yurituvchi subyekt tugatilganda (qayta tashkil etilganda) tugatish (ajratish) balansini tuzish oldidan va qonun hujjatlarda nazarda tutilgan boshqa hollarda. Umumiy (jamoaviy) moddiy javobgarlik sharoitida inventarizatsiya jamoa rahbari oʻzgarganda, jamoadan uning ellik foizdan ortiq aʼzolari chiqib ketganda, shuningdek jamoaning bitta yoki bir nechta aʼzolari talabi bilan oʻtkaziladi. 2. Inventarizatsiyani oʻtkazishning asosiy qoidalari Hisobot yilidagi inventarizatsiyalar soni, ularni oʻtkazish sanasi, aktivlar va majburiyatlar roʻyxati xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbari tomonidan belgilanadi, bundan mazkur. Inventarizatsiyani oʻtkazish uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlar quyidagi tarkibida doimiy ishlaydigan inventarizatsiya komissiyalari tuziladi: xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbari yoki uning oʻrinbosari (komissiya raisi); bosh buxgalter; buxgalteriya hisobi xizmati rahbarlari (keyingi oʻrinlarda — bosh buxgalter). Inventarizatsiya komissiyasi tarkibiga xoʻjalik yurituvchi subyektning ichki audit xizmati vakillari kiritilishi mumkin. Ishlar hajmi katta boʻlganda aktivlar va majburiyatlarni inventarizatsiyasini bir vaqtda oʻtkazish uchun quyidagi tarkibida ishchi inventarizatsiya komissiyalari tuziladi: inventarizatsiyani tayinlagan xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbarining vakili (komissiya raisi); mutaxassislar: tovarshunos, muhandis, texnolog, mexanik, ishni yurituvchi, iqtisodchi, buxgalteriya hisobi xizmati xodimi (keyingi oʻrinlarda — buxgalteriya) va boshqalar. Komissiya tarkibiga inventarizatsiya qilinayotgan qiymatliklar, narxlar va boshlangʻich hisobni yaxshi biladigan tajribali xodimlar kiritilishi kerak. Birgina moddiy javobgar shaxslarda xuddi shu xodimni ketma-ket ikki marta ishchi inventarizatsiya komissiyasining raisi qilib tayinlash taqiqlanadi. Doimiy ishlaydigan va ishchi inventarizatsiya komissiyalarining shaxsiy tarkibini xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbari tasdiqlaydi, buyruq, qaror, farmoyish. Inventarizatsiyani oʻtkazishda komissiyaning hattoki bitta aʼzosi yoʻq boʻlsa, bu hol inventarizatsiya natijalarini haqiqiy emas deb topish uchun asos boʻlib xizmat qiladi.
|
| NAZORAT SAVOLLARI |
1.Tez eskiruvchan va hisobdan chiqaruvchi tovarlarga nimalar kiradi?
2.Asosiy vositalar hisobdan qanday chiqariladi?
3.Oziq-ovqat inventarizatsiyasi qanday tashkil etiladi?
|
| 5-Mavzu: MAKTABGACHA TAʼLIM TIZIMIDA MOLIYAVIY HISOBOTLARINI TUZISH VA TAQDIM QILISH TARTIBI |
REJA
5.1 Markazlashtirilgan tartibda ish xaqining xisoblanishi va toʻlanishini,tovar ish va xizmatlarning xarid qilinishini, byudjet va byudjetdan tashqari mablagʻlar hisobining yuritilishini taʼminlash.
5.2.Markazlashtirilgan moliyaviy hisobotlarni tuzish tartibi va ularni taqdim etish muddatlari.
|
| 5.1 Markazlashtirilgan tartibda ish xaqining xisoblanishi va toʻlanishini,tovar ish va xizmatlarning xarid qilinishini, byudjet va byudjetdan tashqari mablagʻlar hisobining yuritilishini taʼminlash. |
41 11 100 “Asosiy ish haqi” elementi – bu Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq mehnat shartnomasi yoki bitimlari boʻyicha jismoniy shaxslarga hisoblanadigan va toʻlanadigan toʻlovlar hisoblanib, predmeti ish bajarish va xizmat koʻrsatish boʻlib hisoblanadi, shu jumladan:
41 00 000 “Ishchilar mehnatiga haq toʻlash” toifasiga:
I-guruh “Ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar”
41 00 000 “Ishchilar mehnatiga haq toʻlash” toifasiga:
| Toifa | Modda va kichik modda | Element | Nomi |
| 41 | 10 | 000 | Ish haqi |
| 41 | 11 | 000 | Pul shaklidagi ish haqi |
| 41 | 11 | 100 | Asosiy ish haqi |
| 41 | 11 | 200 | Ish haqiga ustama va qoʻshimcha toʻlovlar |
| 41 | 11 | 210 | Umum taʼlim, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini ragʻbatlantirishning Direktor jamgʻarmasi mablagʻlari |
| 41 | 11 | 220 | Tibbiyot tashkilotlari xodimlariga ustama va qoʻshimchalar |
I-guruh “Ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar”
| 47 | 1 | 20 | Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqa |
| 47 | 11 | 30 | Bola tugʻilgani uchun nafaqa |
| 47 | 1 | 40 | Dafn marosimi uchun nafaqa |
| 47 | 11 | 150 | Homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqa |
| 47 | 11 | 400 | Pensiyalar |
| 47 | 11 | 440 | Ishlovchi pensionerlarga 100 foiz miqdorida pensiya toʻlovi |
| 47 | 21 | 300 | Kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam |
| 48 | 21 | 400 | Stipendiyalar |
TOʻLOVLAR:
lavozim maoshlari, yagona tarif setkasi boʻyicha tarif stavkalari, soatbay haq toʻlash, harbiy va maxsus unvonlar boʻyicha;
mukofotlar, moddiy yordamlar, yillik ish yakunlari boʻyicha taqdirlash, uchun mukofotlar va boshqa mukofot va ragʻbatlantirish toʻlovlari;
yillik mehnat taʼtillari, foydalanilmagan taʼtil uchun kompensatsiya toʻlovlari;
xodimlarning kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish, yoki boshqa kasblarga oʻrganish davri uchun, tibbiy tekshiruv kunlari, qon topshirish va donor-xodimlarga taqdim qilinadigan dam olish davri, davlat yoki jamoat majburiyatlarini bajarishda ishtirok etish kunlari uchun toʻlovlar;
boshqa shunga oʻxshash xarajatlar.
41 11 200 “Ish haqiga ustama va qoʻshimcha toʻlovlar” elementi quyidagilar uchun barcha ustamalarni oʻz ichiga oladi:
malakaviy razryad (martaba darajasi, diplomatik martaba);
davlat va boshqa xizmatlarning oʻziga xos shartlari;
uzoq xizmat muddati uchun;
qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan tabiiy-iqlim sharoitlari noqulay boʻlgan joylardagi ishlar bilan bogʻliq qoʻshimcha toʻlovlar (ish staji uchun ustamalar, baland togʻli, choʻl va suvsiz hududlarda ishlaganlik uchun belgilangan koeffitsiyentlar boʻyicha toʻlovlar);
maxfiylik darajasiga ega boʻlgan maʼlumotlar bilan ishlaganlik;
shifr ishi xavfsizligi;
maxsus rejimdagi ishlar;
davlat siri bilan ishlash huquqi;
oʻziga xos sharoit;
dotsent va professor lavozimlari;
ilmiy unvon;
ilmiy daraja;
tungi vaqtda, bayram va dam olish kunlarida ishlaganlik uchun va boshqa ustamalari.
IV guruh xarajatlari boʻyicha
42 00 000 “Tovar va xizmatlar boʻyicha xarajatlar” toifasi byudjet tashkilotlari tomonidan tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish uchun sotib olingan tovarlar va xizmatlardan tarkib topadi va quyidagi moddalarni oʻz ichiga oladi:
42 10 000 “Xizmat safarlari xarajatlari”;
42 20 000 “Kommunal xizmatlari”;
42 30 000 “Saqlab turish va joriy taʼmirlash”;
42 40 000 “Ijara boʻyicha xarajatlar”;
42 50 000 “Moddiy aylanma vositalar zaxiralariga xarajatlar”;
42 90 000 “Tovar va xizmatlar sotib olish uchun boshqa xarajatlar”.
Ushbu xarajatlar oʻz navbatida yana kichik moddalarga boʻlinadi
IV guruh xarajatlari boʻyicha
43 00 000 “Asosiy vositalar boʻyicha xarajatlar” toifasi quyidagi moddalarni oʻz ichiga oladi:
43 10 000 “Asosiy vositalarni loyihalashtirish”;
43 20 000 “Asosiy vositalarni qurish va rekonstruksiya qilish”;
43 30 000 “Asosiy vositalarni kapital taʼmirlash”;
43 40 000 “Asosiy vositalarni oʻrta taʼmirlash”;
43 50 000 “Asosiy vositalarni sotib olish”;
43 90 000 “Asosiy vositalar boʻyicha boshqa xarajatlar”.
Ushbu xarajatlar oʻz navbatida yana kichik moddalarga boʻlinadi
Shartnomaviy munosabatlar
Oʻzbekiston respublikasi qonuni 29.08.1998-y. n 670-I xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida
I. Umumiy qoidalar (1-9-moddalar)
II. Xoʻjalik shartnomasini tuzish, bajarish, oʻzgartirish
va bekor qilish tartibi (10-16-moddalar)
III. Xoʻjalik shartnomasi boʻyicha talabnomalar
va daʼvolar bildirish (17-19-moddalar)
IV.Shartnomaviy munosabatlarning huquqiy jihatdan taʼminlanishini tashkil etish. Xoʻjalik shartnomalari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish (20-23-moddalar)
V. Shartnoma majburiyatlarini buzganlik uchun javobgarlik (24-36-moddalar)
Mazkur Qonunga OʻzR 01.08.2007-y. OʻRQ-106-son Qonuniga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilgan Oʻzbekiston respublikasi prezidentining farmoni 12.05.1995-y. N PF-1154 Halq xoʻjaligida hisob-kitoblar oʻz vaqtida oʻtkazilishi uchun korxona va tashkilotlar rahbarlarining maʼsuliyatini oshirish borasidagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Barcha mulkchilik shakllaridagi xoʻjalik yurituvchi subyektlarning isteʼmolchilar va buyurtmachilarga, agar ular yetkazib beriladigan (bajariladigan ishlar, xizmatlar) qiymatining kamida 100 foizini oldindan toʻlamasalar, 3% kafolat summalari va 0,15 % davlat xaridlari uchun oldindan toʻlanishi kerak, agar maxsulot joʻnatishi, ishlarni bajarishi va xizmatlar koʻrsatishi taqiqlansin, qonunchilikda belgilangan xollar bilan jazogo tortilsin..
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2009-yil 4-avgustdagi 69-son buyrugʻi ilovasi bilan davlat byudjetining gʻazna ijrosi qoidalari tasdiqlangan.
|
| NAZORAT SAVOLLARI |
1.Asosiy ish xaqi smetaning qaysi qismida aks etiriladi?
2.Kasaba uyushmasi badallari qanday ushlanadi?
3.Ish haqi ushlamalari nima asosida amalga oshiriladi?
|
| 5.2.Markazlashtirilgan moliyaviy hisobotlarni tuzish tartibi va ularni taqdim etish muddatlari. |
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2017-yil 26-dekabrdagi 182-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan, Adliya vazirligida 2018-yil 15-fevralda 2971-son bilan roʻyxatga olingan “Byudjet tashkilotlarida va byudjet mablagʻlari oluvchilarning davriy moliyaviy hisoborlarini tuzish, tasdiqlash hamda taqdim qilish boʻyicha qoidalarni tasdiqlash haqida”. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2016-yil 14-oktyabrdagi 79-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan, Adliya vazirligida 2016-yil 08-noyabrda 2837-son bilan roʻyxatga olingan “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari boʻyicha tarmoq, shtatlar va kontingentga doir rejaning bajarilishi toʻgʻrisidagi choraklik va yillik hisobot shakllari”.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2010-yil 17-dekabrda
22-dekabrda 2169-son bilan roʻyxatga olingan “Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnoma”
Byudjet tashkilotlarida byudjet va byudjetdan tashqari mablagʻlar ijrosi boʻyicha oylik, choraklik va yillik moliyaviy hisobotlarni tuzish va taqdim qilish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan oʻrnatiladi.
Yillik moliyaviy hisobotlar hisobot yilidan keyingi yilning 1yanvar holatiga tuziladi. Choraklik moliyaviy hisobotlar hisobot yilining 1-aprel, 1-iyul va 1-oktyabr holatiga, oylik moliyaviy hisobotlar hisobot oyidan keyingi oyning birinchi sanasi holatiga tuziladi.Tashkilotlar smeta, shtat va kontingentlar rejalarini bajarilishi toʻgʻrisidagi hisobotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan shakllarga muvofiq tuzib topshiradilar i.Byudjet tashkilotlari tomonidan topshiriladigan yillik moliyaviy hisobotlar tarkibiga quyidagilar kiradi:Balans (1-shakl);
Xarajatlar smetasining ijrosi haqida hisobot (2-shakl);Debitorlik va kreditorlik qarzlar toʻgʻrisida maʼlumot;Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmasi boʻyicha pul mablagʻlari harakati toʻgʻrisida hisobot;Boshqa byudjetdan tashqari mablagʻlar harakati boʻyicha hisobot;Joriy yilning moliyaviy natijalari toʻgʻrisida hisobot;Nomoliyaviy aktivlarning harakati toʻgʻrisida hisobot.; Yillik va choraklik moliyaviy hisobotlarga tushuntirish xati. ilova qilinadi.
|
| NAZORAT SAVOLLARI |
1.Asosiy vositalar buyicha xarajatlar qanday amalga oshiriladi.
2. Yillik,choraklik,oylik hisobotlar qaysi xujjat asosida tuziladi?
3.Hisobotlarni kim tomonidan tuziladi va topshiriladi?
IV. OʻZ-OʻZINI TEKSHIRISH UCHUN TEST SAVOLLARI
|
| TEST |
| № | Savol | javob1 | Javob 2 | Javob 3 | javob 4 | To’g’ri javob |
| 11 | Tashkilotda buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etilishini kim belgilaydi.? | Tashkilot rahbari. | Moliya vazirligi | Soliq idorasi | Yuqori tashkilot | javob 4 |
| 2 | Buxgalteriya xisobi necha qismga boʻlinadi.? | Moliyaviy va boshqaruv hisobi. | Buxgalteriya xisobi necha qismga boʻlinadi.? | Moliyaviy va soliq hisobi. | Moliyaviy hisob va statistik hisob | javob 3 |
| 3 | Daromad –tushunchasi ? | Daromad bu aktivlarning kupayishi. | Daromad bu majburiyatlar oshishi | Daromad bu olinadigan schetlarning kamayishi | Daromad bu xarajatlarning oshishi | javob1 |
| 4 | Buxgalteriya xisobi milliy standartlarni ishlab chiqish va tasdiqlash qaysi organ zimmasiga yuklatilgan ? | Oʻz.Respublikasi Oliy majlis | Oʻz.Respublikasi Moliya Vazirligi | Oʻz.Respublikasi Vazirlar Mahkamasi | Oʻzbekiston Buxgalteriya va auditorlar milliy Assotsiatsiyasi. | javob2 |
| 5 | Tashkilotning moliyaviy xolati nimaga bogʻliq ? | Tashkilot jami faoliyati natijalariga. | Tashkilotning asosiy faoliyati natijasi. | Tashkilot ishlab chiqarish faoliyati natijasi. | Tashkilotning moliyaviy faoliyati natijalari. | javob1 |
| 6 | Moliya yili bu ? | 1-yanvardan 31-dekabr boʻlgan vaqtni oʻz ichiga oluvchi davr | B.1-sentyabrdan 30-iyungacha boʻlgan vaqtni oʻz ichiga oladi. | 1- chorak II- chorak111- chorak1Y-choraklarni oʻz ichiga oladi. | 1-yanvardan 31-avgustga boʻlgan vaqtni oʻz ichiga oluvchi davr | javob 1 |
| 7 | Maktabgacha taʼlim tashkilotlari gʻaznachilik boʻlinmasida sarf-xarajatlarni nima asosida amalga oshiradi? | ruyxatdan oʻtkazilgan shtatlar jadvali va tasdiqlangan smeta asosida. | smeta asosida | shtat jadvali | smeta va shtat | javob1 |
| 8 | Harajatlar smetasi tasdiqlangan harajatlar boʻyicha qanday roʻyxatdan oʻtkaziladi? | Ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar;ish beruvchilarning ajratmalari;boshqa xarajatlar. | Ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar;ish haqiga qoʻshimchalar. | Ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar;boshqa xarajatlar | Boshqa xarajatlar | javob 1 |
| 9 | MTT tashkilotlarning xarajatlar smetasi va shtatlar jadvali kim tomonidan tuziladi? | Gʻaznachilik boʻlimining masʼul xodimi | MTB tashkilotlarining iqtisodchisi yoki hisobchisi | Moliya boʻlimining byudjet inspeksiyasi | Yuqori tashkilotdagi biriktirilgan xodimi | javob 2 |
| 10 | Joriy yil smetasini tasdiqdan oʻtkazish kaysi muddatda amalga oshiriladi ? | Joriy moliya yilining 25-mart | Joriy moliya yilining 10-mart | Joriy moliya yilining 15-mart | Joriy moliya yilining 28-fevral | javob 2 |
| 11 | Tashkilotning moliyaviy xolati nimaga bogʻliq ? | Tashkilot jami faoliyati natijalariga. | Tashkilotning asosiy faoliyati natijasi. | Tashkilot ishlab chiqarish faoliyati natijasi. | Tashkilotning moliyaviy faoliyati natijalari. | javob1 |
| 12 | Moliya yili bu ? | 1-yanvardan 31-dekabr boʻlgan vaqtni oʻz ichiga oluvchi davr | B.1-sentyabrdan 30-iyungacha boʻlgan vaqtni oʻz ichiga oladi. | 1- chorak II- chorak111- chorak1Y-choraklarni oʻz ichiga oladi. | 1-yanvardan 31-avgustga boʻlgan vaqtni oʻz ichiga oluvchi davr | javob 1 |
| 13 | Maktabgacha taʼlim tashkilotlari gʻaznachilik boʻlinmasida sarf-xarajatlarni nima asosida amalga oshiradi? | ruyxatdan oʻtkazilgan shtatlar jadvali va tasdiqlangan smeta asosida. | smeta asosida | shtat jadvali | smeta va shtat | javob1 |
| 14 | Harajatlar smetasi tasdiqlangan harajatlar boʻyicha qanday roʻyxatdan oʻtkaziladi? | Ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar;ish beruvchilarning ajratmalari;boshqa xarajatlar. | Ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar;ish haqiga qoʻshimchalar. | Ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar;boshqa xarajatlar | Boshqa xarajatlar | javob 1 |
| 15 | MTT tashkilotlarning xarajatlar smetasi va shtatlar jadvali kim tomonidan tuziladi? | Gʻaznachilik boʻlimining masʼul xodimi | MTB tashkilotlarining iqtisodchisi yoki hisobchisi | Moliya boʻlimining byudjet inspeksiyasi | Yuqori tashkilotdagi biriktirilgan xodimi | javob 2 |
| 16 | Joriy yil smetasini tasdiqdan oʻtkazish kaysi muddatda amalga oshiriladi ? | Joriy moliya yilining 25-mart | Joriy moliya yilining 10-mart | Joriy moliya yilining 15-mart | Joriy moliya yilining 28-fevral | javob 2 |
| 17 | Maktabgacha taʼlim tashkilotlari ishchi xodimlar oylik maoshi nima asosida toʻlov amalga oshiriladi? | Tabel | . Bildirgi | Buyruq | Tasdiqlangan tabel | javob4 |
| 18 | Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida oylik maoshidan necha % daromad sogʻligi ushlanadi? | Oylik maoshiga nisbatan 25% | Oylik maoshiga nisbatan 15% | Oylik maoshiga nisbatan 12% | Oylik maoshiga nisbatan 17% | javob3 |
| 19 | Xodimlarni mehnat taʼtilidan necha kundan keyin chaqirib olish mumkin (pedagog hodimlardan tashqari) | 18 kundan keyin | 15 kalendar kundan keyin | 5 kundan keyin | Chaqirib olish mumkin emas | javob 4 |
| 20 | MTT xarajatlar smetasida vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik fondi uchun qancha mablagʻ rejalashtiriladi ? | Umumiy ish haqi fondiga nisbatan 1% | Umumiy ish haqi fondiga nisbatan 15% | Umumiy ish haqi fondiga nisbatan 25% | Umumiy ish haqi fondiga nisbatan 12% | javob 1 |
| 21 | MTTda inventarizatsiya oʻtkazishda kommisiya aʼzolari sanoqni nima asosida boshlaydilar ? | Buyruq | Bildirishnoma | Farmoyish | Ruxsatnoma | javob1 |
| 22 | Tovar -moddiy zaxiralar (tez eskiruvchan xisobdan chiquvchi) inventarizatsiyasini oʻtkazish muddatini aniqlang? | 1yil | 2yil | 6oy | 9oy | javob 1 |
| 23 | Ijaraga berishdan tushgan mablagʻning necha foizi Maktabgacha taʼlim tashkilotiga tushadi | 50% | 40-42 % | 8-10 % | 60% | javob 1 |
| 24 | Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida yakuniy nazoratni kim olib boradi? | Moliya organi | Nazorat-taftish boshqarmasi | Yuqori tashkilot | Moliya organi va yuqori tashkilot | javob 1 |
| 25 | Asosiy vositalarni qayta sanoqdan oʻtkazish muddatini aniqlang? | 5 yil | 3 yil | 1 yil | 2 yil | javob 2 |
V. ADABIYOT VA MANBALAR ROʻYHATI
1. Oʻzbekiston Respublikasining qonuni “Davlat byudjetining gʻazna ijrosi toʻgʻrisida “26-avgust 2004-yil.
2. Oʻzbekiston Respublikasining qonuni “ Byudjet kodeksi toʻgʻrisida “2019-yil 26-dekabr OʻRQ 360-son Qonuni.
3.Oʻzbekiston Respublikasining qonuni “Moliya Vazirligining
2014-yil 14-noyabrdagi 74-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Byudjet tashkilotlari va byudjet mablagʻlari oluvchilarining xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom”.
4.Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil
18-oktyabrdagi “Oʻrindoshlik asosida xamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi toʻgʻrisida”gi 297-son qarori.
5.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi “Uzbekiston Respublikasining 2018-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-3454 sonli qarori.
6. Oʻzbekiston Respublikasining 09.04.2018-yil “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi 472- sonli qonuni.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil
13-maydagi “Maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi 391-son qarori.
8. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-fevraldagi “2020-yil uchun maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalar taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovi miqdorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 114-sonli qarori.
Internet saytlari:
www.tfi.uz
www.lex.uz
http://www.audit-it.ru
http://www.analitic.ru
http://www.buh.ru/documents.aspx
http://www.bookpost.ru
http://www.cfin.ru/finanalizis /
http://www.optim.ru/fin
http://www.soliq.uz
VI. TARQATMA MATERIALLAR
1.1ilova :Maktabgacha taʼlim tashkilotlari moliyaviy munosabatlari”
“Kichik guruhlarda ishlash” metodi
Guruhlarda ishlashni boshlashdan oldin daqqat bilan guruh topshirigʻini oʻqib chiqing, uni bajarish boʻyicha majburiyatlarni taqsimlang.
| Guruxlarda ishlash va taqdimot qilish reglamenti: 1. Guruhlarda topshiriqni bajarish – 20 daqiqa 2. Har bir guruh faoliyati natijasini taqdimoti – 5 daqiqa Hurmatli tinglovchilar. Ushbu belgilangan reglamentdan chetga chiqmasliklaringizni soʻraymiz. |
| t/r
| Topshiriq | Bilaman | Bilishni xoxlayman” | Bilib oldim | Amaldagi natija | Izoh |
| 1
| Byudjet tushunchasi? |
|
|
|
|
|
| 2
| Moliyalash-tirish-? |
|
|
|
|
|
| 3
| Tovar-boyliklar? |
|
|
|
|
|
| 4 | Moddiy javobgar shaxs ? |
|
|
|
|
|
| 5 | Yuridik shaxs ? |
|
|
|
|
|
Izoh:Tinglovchilar guruhlarga boʻlinib har bir guruh savollarga javoblarni ishlab chiqadi.
1.2.ilova
“Kichik guruhlarda ishlash” metodi
Guruhlarda ishlashni boshlashdan oldin diqqat bilan guruh topshirigʻini oʻqib chiqing, uni bajarish boʻyicha majburiyatlarni taqsimlang.
| Guruxlarda ishlash va taqdimot qilish reglamenti: 1. Guruhlarda topshiriqni bajarish – 20 daqiqa 2. Har bir guruh faoliyati natijasini taqdimoti – 5 daqiqa Hurmatli tinglovchilar. Ushbu belgilangan reglamentdan chetga chiqmasliklaringizni soʻraymiz. |
1.Moliyaviy resurslarni qanday shakllantirish mumkin?.
| t/r
| Topshiriq | Masʼul | Muddat | Kutilayotgan natija +,- | Amaldagi natija | Izoh |
| 1 |
|
|
|
|
|
|
| 2 |
|
|
|
|
|
|
| 3 |
|
|
|
|
|
|
Izoh.Tinglovchilar guruhlarga boʻlinib har bir har bir topshiriqni bajarishi kerak.
2. Ota-onalar toʻlovini kanday xarajatlarga sarflanadi ?
| t/r
| Topshiriq | Masʼul | Muddat | Kutilayotgan natija +,- | Amaldagi natija | Izoh |
| 1 |
|
|
|
|
|
|
| 2 |
|
|
|
|
|
|
| 3 |
|
|
|
|
|
|
Izoh.Tinglovchilar guruhlarga boʻlinib har bir topshiriqni bajarishi kerak
3.MTTlarni moliyalashtirish qaysi manbalar orqali moliyalashtiriladi?
| tt/r | Topshiriq | Masʼul | Muddat | Kutilayotgan natija +,- | Amaldagi natija | Izoh |
| 1 |
|
|
|
|
|
|
| 2 |
|
|
|
|
|
|
| 3 |
|
|
|
|
|
|
Izoh.Tinglovchilar guruhlarga boʻlinib har bir har bir topshiriqni bajarishi kerak.
2.1 ilova..
AMALIY TOPSHIRIQLAR
BERILGAN SLAYDLAR ASOSIDA XAR BIR MTT OʻZ SMETASINI ISHLAB CHIQISH.
AMALIY-TOPSHIRIQ.
1.Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini nazoratini kim olib boradi?
2.MTTlardagi shtat smeta xarajatlari xarajatlarni buzilishi uchun qanday jazo belgilanadi?
3.Byudjet mablagʻlari sarflanmagan tejalgan mablagʻlar, qaysi muddatda qaytarilib olinadi?
| t/r | Topshiriq | Masʼul | Muddat | Kutilayotgan natija | Amaldagi natija | Izoh |
| 1 |
|
|
|
|
|
|
| 2 |
|
|
|
|
|
|
| 3 |
|
|
|
|
|
|
Izoh.Tinglovchilar guruhlarga boʻlinib har bir guruh ish rejasini ishlab chiqadi.
3.1.ilova.
MTTlarni moliyalashtirish qaysi manbalar orqali moliyalashtiriladi?
| t/r
| Topshiriq | Masʼul | Muddat | Kutilayotgan natija +,- | Amaldagi natija | Izoh |
| 1 | | | | | | |
| 2 | | | | | | |
| 3 | | | | | | |
Izoh.Tinglovchilar guruhlarga boʻlinib har bir har bir topshiriqni
| Topshiriq: |
Byudjetdan tashqari mablagʻ
Nima asosida shakllanadi ? |
| Topshiriq:
Talim-tarbiya qoʻshimcha Mablagʻlarni tashkil etishda nimalarga Etibor berish kerak? |
Kuzatuv kengashining taʼlim-tarbiya qoʻshimcha mablagʻ topishdagi roli? |
“Kichik guruhlarda ishlash” metodi
Guruhlarda ishlashni boshlashdan oldin daqqat bilan guruh topshirigʻini oʻqib chiqing, uni bajarish boʻyicha majburiyatlarni taqsimlang.
| Guruxlarda ishlash va taqdimot qilish reglamenti: 1. Guruhlarda topshiriqni bajarish – 40 daqiqa 2. Har bir guruh faoliyati natijasini taqdimoti – 10 daqiqa Hurmatli tinglovchilar. Ushbu belgilangan reglamentdan chetga chiqmasliklaringizni soʻraymiz. |
Ish reja ishlab chiqish
| t/r
| Topshiriq | Masʼul | Muddat | Kutilayotgan natija | Amaldagi natija | Izoh |
| 1 | | | | | | |
| 2 | | | | | | |
| 3 | | | | | | |
Izoh.Tinglovchilar guruhlarga boʻlinib har bir guruh ish rejasini ishlab chiqadi.
«Kichik guruhlarda ishlash» metodi
Guruhlarda ishlashni boshlashdan oldin daqqat bilan guruh topshirigʻini oʻqib chiqing, uni bajarish boʻyicha majburiyatlarni taqsimlang.
| Guruhlarda ishlash va taqdimot qilish reglamenti: 1. Guruhlarda topshiriqni bajarish – 40 daqiqa 2. Har bir guruh faoliyati natijasini taqdimoti – 10 daqiqa Xurmatli tinglovchilar. Ushbu belgilangan reglamentdan chetga chiqmasliklaringizni soʻraymiz. |
Izoh.Tinglovchilar guruhlarga boʻlinib berilgan topshiriqlarni javobini yozib beradi.
| Topshiriq: |
Byudjetdan tashqari mablagʻ
Nima asosida shakllanadi ? |
| Topshiriq:
Talim-tarbiya qoʻshimcha Mablagʻlarni tashkil etishda nimalarga Etibor berish kerak? |
Kuzatuv kengashining taʼlim-tarbiya qoʻshimcha mablagʻ topishdagi roli? |
“Kichik guruhlarda ishlash” metodi
Guruhlarda ishlashni boshlashdan oldin daqqat bilan guruh topshirigʻini oʻqib chiqing, uni bajarish boʻyicha majburiyatlarni taqsimlang.
| Guruxlarda ishlash va taqdimot qilish reglamenti: 1. Guruhlarda topshiriqni bajarish – 40 daqiqa 2. Har bir guruh faoliyati natijasini taqdimoti – 10 daqiqa Hurmatli tinglovchilar. Ushbu belgilangan reglamentdan chetga chiqmasliklaringizni soʻraymiz. |
| t/r
| Topshiriq | Masʼul | Muddat | Kutilayotgan natija | Amaldagi natija | Izoh |
| 1 |
|
|
|
|
|
|
| 2 |
|
|
|
|
|
|
| 3 |
|
|
|
|
|
|
Izoh.Tinglovchilar guruhlarga boʻlinib har bir guruh ish rejasini ishlab chiqadi.
«Kichik guruhlarda ishlash» metodi
Guruhlarda ishlashni boshlashdan oldin daqqat bilan guruh topshirigʻini oʻqib chiqing, uni bajarish boʻyicha majburiyatlarni taqsimlang.
| Guruhlarda ishlash va taqdimot qilish reglamenti: 1. Guruhlarda topshiriqni bajarish – 40 daqiqa 2. Har bir guruh faoliyati natijasini taqdimoti – 10 daqiqa Xurmatli tinglovchilar. Ushbu belgilangan reglamentdan chetga chiqmasliklaringizni soʻraymiz. |
Izoh.Tinglovchilar guruhlarga boʻlinib berilgan topshiriqlarni javobini yozib beradi.
29


Moliyaviy munosabatlar” O'UM (788.3 KB)

