“Tasdiqlayman”
maktab direktori:
______Ergashev Sh.S
CHIRCHIQ SHAHAR
10- UMUMIY O’RTA TA’LIM
MAKTABI BOSHLANG’ICH SINF O’QITUVCHISI ARTIKOVA NARGIZNING MATEMATIKA FANIDAN OCHIQ DARS ISHLANMASI.
M AVZU: MUSTAHKAMLASH (Muloxazalar )
S ana: 31.03.2020
Dars mavzusi: Mulohazalar
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy maqsad: o’q uvchilarni uch xonali sonni ikki xonali songa qoldiqli bo’lishni va shu mavzu asosida misol va masalalar yechishni o’rgatish.
TK1: fikrni mantiqiy izchillikda ifodalay olish;
FK1: arifmetik amallarning algoritmlaridan foydalanilgan holda bo’lish amalini bajara olish;
b) tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarning bir-biriga o’zaro hurmat ruhida tarbiyalash.
TK4: atrofdagilar bilan o’zaro muloqot chog’ida odob- axloq qoidalariga rioya qilish va guruhda ishlash;
d) rivojlantiruvchi: o’quvchilarda mantiqiy va mustaqil fikrlash malakalarini rivojlantirish.
FK2: o’rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni o’quv vaziyatlarda qo’llay olish va yangi bilimlar hosil qila olish.
Dars turi: yangi bilim beruvchi
Dars metodi:suhbat, guruhlarda ishlash,”Aql charxi” mashqi, savol- javob.
Dars jihozi: darslik,rasmlar, tarqatmalar, rag’bat kartochkalari,AKT.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism.
O’quvchilar bilan salomlashish.
O’qituvchi:
Ma’rifat gulshanin gulu lolasi,
Jannatmakon yurtning o’tli bolasi.
Shukronalar aytib boshlayman darsni,
Salom, bog’larimning totli mevasi.
O’quvchilar:-Assalomu alaykum !
O’qituvchi:
Navbatchiga savolim,
Kimlar kelmadi qizim?
Sababli yo sababsiz,
Balki buni bilarsiz?
A yting oy kun sanani,
Jalb etaylik hammani.
Nishonladik oyda
Qaysi muhim sanani?
Navbatchi:
Jamdur barcha o’quvchi,
Bugungi darsga tayyor.
Bu oyda o’tgan,
Muhim sanalar bisyor.
Mart oyida nishonladik
Onajonlar bayramin.
nomlarini sharaflab
She’rlarni ko’p yod oldik.
Yana nishonladik biz
Navro’zi olam bayramin
O’qituvchi:
Balli tashakkur sizga,
Egallang o’z joyingiz
Siz matematika darsining
Bilasiz chiroyini.
Qani, o’g’il – qizlarim,
Nimalarni o’rgandik?
Yana avvalgi darsda
Qanday mavzu o’tgandik?
O’quvchilar birgalikda:
---Sanashni, hisoblashni,
Fikrlashni, o’ylashni,
Masalalar yechishni,
Noma’lumni topishni,
Og’irlik ,uzunlikni,
Vaqt, masofa, tezlikni,
Ko’paytirish, bo’lishni,
Perimetr, yuzani,
Topishni , taqqoslashni,
Burchak, tomon, shaklni.
O’rgatar matematika,
Bel bog’lab doim tikka.
II. O’tilgan mavzuni mustahkamlash
Uyga berilgan vazifani tekshirish.
Ifodalarni taqqoslang:
47*10+47*3 va 47*10*3
720:10:6 va 720:60
III. Dars borishi: O’quvchilar guruhlarga bo’lib olinadi
I guruh “Aylana”
II guruh “Kvadrat”
III guruh “Uchburchak”
Guruhlarni baholashda sichqon yili kirib kelganligi sababli sichqon va pishloqlardan foylananib rag’batlantirib boriladi.
Darslik bilan ishlash. Darslikdagi
721-misol o’quvchilar bilan og’zaki bajariladi.
722-misol doskada bajariladi
39520:52= 30668:34=
164807:29= 9483:29=
723-masala o’quvchilar bilan og’zaki bajariladi.
1 soat -14 km/soat
2 soat – 15 km/soat
Yana 1 soat – 12 km/ soat
Jami qancha yo’l yurgan-?
Qancha vaqt yurgan-?
724- masala daftarda bajariladi
Oylar | Ish kuni | Maxsulot soni | Bir kunda | Bir kunda qancha ortiq |
Fevral | 24 | 5184 juft | ? |
|
Mart | 27 | 6426 juft | ? | ? |
Yechish: 1) 5184:24= 216 (bir kunda)
2) 6426:27=238 (bir kunda)
3) 238-216=22 (juft ortiq)
Javob: Mart oyida fevralga qaraganda bir kunda 22 juft ko’p ishlab chiqilgan.
725- masala og’zaki bajariladi.
Muloxazalar bilan tanishamiz.
Tulkichaning mulohazasi to’g’rimi yoki noto’g’rimi?
C vbnm,
I V. Mavzuni mustahkamlash uchun guruhlarga “Matematik lepbuk” tarqatiladi.
Bu lepbuk ichida bo’limda o’tilgan barcha mavzularga oid ratqatma savollar joylashtirilaadi
Savollar quyidagicha:
“ Narvon mashqi” bunda o’quvchilar zanjir usulida misollarni ketma-ketlikda bajarib natijani chiqarishlari kerak bo’ladi.
“So’z top” mashqi berilgan harflardan matematikaga oid atamalar topiladi
“Rim raqamida ifodalang”. (arab raqamlarida berilgan sonlarni rim raqamida ifodalanadi)
2018 - MMXVIII
1544 - MDXLIV
1933 - MCMXXXIII
2019 - MMXIX
599 - DXCIX
2020 - MMXX
K ordinata o’qida joylashtiring va kordinatasini top mashqi. (Kapalaklar orqasida kordinatasi yozilgan har bir kapalakni o’z o’rniga joylashtiriladi)
Shu o’rinda o’quvchilarning grafiklardan foydalanish malakalarini oshirish maqsadida “Havo harorati” ni o’lchash mashqini bajariladi. Bunda bolalarning mustaqil fikrlashga o’rgatiladi.
Ulushini top. (kasrda ko’rsatilgan shakllarning ulushlarini to’g’ri toping )
Mantiqiy masalalar
V . Yakuniy qism.
1. O’quvchilarning darsdagi ishtirokiga ko’ra baholanadi. Buning uchun har bir sichqoncha qancha pishloq to’plagani aniqlanadi, qaysi sichqonda pishloqlar soni ko’p bo’lsa shu guruh bugungi dars qahramoni bo’ladi.
2. Dars haqida o’quvchilarning fikrlari tinglanadi va umumlashtiriladi.
VI. Uyga vazifa: 465-466-masala va masala beriladi. Masala o’qituvchi tomonida tushuntirib beriladi. Misollarni ustun shaklida bajarish beriladi. O’quvchilarga yaxshi kayfiyat tilab darsga yakun yasaladi.