Меню
Разработки
Разработки  /  Прочее  /  Разное  /  Прочее  /  Malakaviy loyiha ishi

Malakaviy loyiha ishi

tinglovchilarda malakaviy loyiha ishining mazmun-mohiyati, bajarish tartibi va ularga qoʻyilgan talablarga oid bilim, koʻnikma va malakalarni shakllantirish
14.06.2022

Содержимое разработки

Ushbu oʻquv uslubiy majmuada tinglovchilar malakaviy loyiha ishining maqsadi, mazmuni, vazifalari va yechimini topish yoʻllarini tahlil qilish, malaka ishining tarkibiy kismlarini mantiqiy ketma-ketlikda ifodalash, malakaviy loyiha ishini bajarish boʻyicha amaliy koʻnikma hosil qilish, malakaviy loyiha ishini baholash mezonlarini ishlab chiqa olish boʻyicha bilim, koʻnikma va malakalarni shakllantirish uslublari ochib berilgan.




Tuzuvchi:


“Maktabgacha taʼlim menejmenti” kafedrasi dotsenti, p.f.f.d. (PhD) G.N.Sharipova




Taqrizchilar:

MTTDMQTMOI “Maktabgacha taʼlim menejmenti” kafedrasi mudiri, p.f.f.d.(PhD) F.R.Valiyeva





























MUNDARIJA

  1. KIRISH 4

  2. TEXNOLOGIK XARITASI 6

  3. MAʼRUZA MATN VA QUV MATERIALLAR 7

  4. Z-ZINI TEKSHIRISH UCHUN TEST SAVOLLAR 18

  5. ADABIYOT VA MANBALAR RYXATI 19

  6. TARQATMA MATERIALLAR 20









































  1. KIRISH


Mazkur oʻquv uslubiy majmua Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni, Qarori, Vazirlar Mahkamasining Qaror va Farmoyishlari, Maktabgacha taʼlim vazirligi buyruqlari ketma-ketligi asosida, mazmun-mohiyati talablaridan kelib chiqqan holda malaka oshirish kursining ishchi oʻquv rejasiga muvofiq ishlab chiqildi.

Respublikada maktabgacha taʼlim tizimining metodik taʼminotini takomillashtirish, innovatsion yondashuvlar asosida maktabgacha taʼlim yoshidagi bolalarni har tomonlama rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-sentyabrdagi “Maktabgacha taʼlim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-3261-son qaroriga muvofiq maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʻini kengaytirish va ushbu tashkilotlarda bolalarning har tomonlama intellektual, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash, bolalarning maktabgacha taʼlim bilan qamrab olinishini jiddiy oshirish va foydalanish imkoniyatlarini taʼminlash, pedagog va mutaxassislarning malaka darajasini yuksaltirish kabi muhim vazifalar belgilab berildi.

Ushbu oʻquv moduli doirasida tinglovchilar malakaviy loyiha ishlarining maqsadi, mazmuni, vazifalari va yechimini topish yoʻllari bilan tanishtirish; malakaviy loyiha ishining maqsadi, mazmuni, vazifalari va yechimini topish yoʻllarini tahlil qilish; malaka ishining tarkibiy kismlarini mantiqiy ketma-ketlikda ifodalash; malakaviy loyiha ishini bajarish boʻyicha amaliy koʻnikma hosil qilish; malakaviy loyiha ishini baholash mezonlarini ishlab chiqa olishi boʻyicha bilim, koʻnikma va malakalarni shakllantirish metodikalari bayon etilgan.

Modul nomi: Malakaviy loyiha ishi

Modul maqsadi: tinglovchilarda malakaviy loyiha ishining mazmun-mohiyati, bajarish tartibi va ularga qoʻyilgan talablarga oid bilim, koʻnikma va malakalarni shakllantirish

Kutilayotgan natija: tinglovchilar ushbu modul yakunida quyidagi bilim, koʻnikma va malakalarga ega boʻlishlari kerak:

Malakaviy loyiha ishlarini tayyorlash tartibi va unga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga ega boʻladilar;

malakaviy loyiha ishi uchun zarur axborotlar bilan ishlash tartibini bilib oladilar;

malakaviy loyiha ishi uchun taqdimot materiallarini tayyorlash usullarini;

malakaviy loyiha ishini himoya qilish uchun baholash mezonlarini bilib oladilar.

Malakaviy loyiha ishlarini tayyorlashga qoʻyiladigan talablar asosida malakaviy loyiha ishi mavzusini tanlay oladilar;

MTTlarida lavozim vazifalaridan kelib chiqqan taʼlim jarayoniga taʼsir etuvchi mavjud muammolarni aniqlay oladilar;

malakaviy loyiha ishi mavzusi asosida taqdimot materiallarini sifatli tayyorlay oladilar;

malakaviy loyiha ishini himoya qila oladilar va olingan natijalarni kelgusi faoliyatlarida qoʻllay olish boʻyicha koʻnikma va malakaga ega boʻladilar.





II. MALAKAVIY LOYIHA ISHI MODULI

TEXNOLOGIK XARITASI

Vaqt

Mavzu

Jarayon

metod

Resurs, tarqatma material-lar

Tinglovchining faoliyati

80 minut

1-Mavzu: Malakaviy loyiha ishining tarkibi, mazmuni va unga qoʻyiladigan talablar (nazariy-2 soat)

35 minut


Malakaviy loyiha ishlarini tayyorlashdan maqsad va uning vazifalari.

Maʼruza,

baxs munozara

Elektron doska, taqdimot. Oʻquv uslubiy majmua


Tinglaydi, savol-javob, fikrlar bildiradilar

45

minut


Malakaviy loyiha ishining tarkibiy tuzilishi va mazmuniga qoʻyiladigan talablar. Malakaviy loyiha ishini ishini himoyaga taqdim etish tartibi.

“BBB” metodi asosida tinglovchilarning bilish darajasi aniqlanadi va umumiy xulosalar qiladi. Yakun yasaladi savollarga javob beriladi.

Slaydlar MTTga oid meʼyoriy-huquqiy hujjatlar

Tinglaydi, savol-javob, fikrlar bildiradilar

80 minut

2-Mavzu: Malakaviy loyiha ishi natijalarini rasmiylashtirish va himoya qilish tartibi (amaliy-2 soat)

40 minut


Malakaviy loyiha ishi mavzusini tanlash tartibi. Malakaviy loyiha ishi mavzusi boʻyicha amaliy maʼlumotlar yigʻish va tahlil etish

Tinglovchilar davomadi tekshiriladi. Mashgʻulot mavzusi boʻyicha amaliy maʼlumotlar yigʻish va tahlil etish.

Aqliy hujum metodi.

Mavzuga oid amaliy hujjatlar bilan ishlash va takliflar ishlab chiqish

Amaliy mashgʻulot

tinglovchilar berilgan topshiriqni bajaradilar, savol-javob, fikrlar bildiradilar

40 minut


Malakaviy loyiha ishi natijalarini umumlashtirish va rasmiylashtirish

Natijalarni umumlashtirish va rasmiylashtirish ishlarini tashkil etish boʻyicha bahs va msunozaralar olib borish.

Aqliy hujum metodi

Amaliy hujjatlar bilan ishlash va takliflar ishlab chiqish

Tinglovchilar berilgan topshiriqni bajaradilar, savol-javob, fikrlar bildiradilar








III. MAʼRUZA MATN VA OʻQUV MATERIALLARI




1-Mavzu: Malakaviy loyiha ishining tarkibi, mazmuni va unga qoʻyiladigan talablar





Reja:


  1. Malakaviy loyiha ishlarini tayyorlashdan maqsad va uning vazifalari

  2. Malakaviy loyiha ishining mavzusi va uni tanlash


    1. Malakaviy loyiha ishlarini tayyorlashdan maqsad va uning vazifalari


Institutda malakaviy loyiha ishini tayyorlash, rasmiylashtirish va himoyasini tashkil etish, mazkur tartib asosida belgilanadi.

1.1. Malakaviy loyiha ishini tayyorlash, rasmiylashtirish va himoya qilish tinglovchilarni oʻqitishning yakuniy bosqichidir.

1.2. Malakaviy loyiha ishini tayyorlash, rasmiylashtirish va himoya qilish tinglovchilarni ijodiy va mustaqil ishlashiga, olingan nazariy va amaliy bilimlarini mustahkamlash va kengaytirishga, muayyan ilmiy, texnikaviy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy muammolarni hal etishga undovchi asosiy omildir.

1.3. Malakaviy loyiha ishini rasmiy himoyasi boʻyicha Yakuniy Davlat Attestatsiyasi Komissiyasi tashkil etiladi va malaka oshirish toifalarining malaka talablari, oʻquv rejalariga muvofiq, aniq meʼzonlarga asoslangan talablarga muvofiq oʻtkaziladi.

1.4. Malakaviy loyiha ishi malaka oshirish kurslarida kamida
1 oylik taʼlim (qayta tayyorlovdan tashqari) jarayoni va dasturidan toʻliq oʻtgan tinglovchilar tomonidan bajariladi hamda taʼlim yakunida davlat namunasidagi rasmiy sertifikat beriladi.

Malakaviy loyiha ishining maqsadi: tegishli malaka oshirish toifalari tinglovchilarini olingan nazariy va amaliy bilimlari asosida ijodiy ishlashga, sohaga oid muammo va vazifalarni hal etishda masʼuliyatini his etishga, zamonaviy talablar asosida mustaqil ishlashga undashga qaratilgan.

Malakaviy loyiha ishining vazifalari:

- nazariy va amaliy bilimlarni mustahkamlash va kengaytirish, olingan bilimni muayyan ilmiy-texnik, iqtisodiy-ijtimoiy vazifalarni hal etishda qoʻllash;

- ijodiy ishlash, hal etilayotgan masala (muammo)ning qoʻyilishidan boshlab, uni hal etish yuzasidan qaror qabul qilishda boʻlgan masʼuliyatni his etishga oʻrgatish;

- zamonaviy taʼlim-tarbiya, iqtisodiyot va boshqaruvning rivojlanishi sharoitida tinglovchilarda mustaqil ishlash koʻnikmasini shakllantirishdan iborat;

- fan-taʼlim-ishlab chiqarish integratsiyasini mavzu doirasida ochib berishga, kasbiy faoliyatning rivojlanishi yuzasidan amaliy koʻnikmalarini shakllantirish hisoblanadi.

Malakaviy loyiha ishi – malaka oshirish kursida taʼlim olayotgan tinglovchi tomonidan oʼqitish uslubiyati, taʼlim-tarbiya sifatini oshirish va taʼlim tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish yoʼnalishlari boʼyicha muayyan bir mavzu doirasida mustaqil yozilgan, tugallangan va rasmiylashtirilgan ilmiy-uslubiy ishlarning natijasi hisoblanadi.

Tinglovchilar malakaviy loyiha ishlarini bajarishi quyidagi bilim, koʻnikma va malakalarga ega boʻlishlari mumkin:

  • maktabgacha taʼlim tashkilotlarida mavjud boʻlgan muammolarni sanab koʻrsata oladilar;

  • mavjud muammolarni ularga mos boʻlgan dolzarb malakaviy loyiha ishi mavzulariga aylantira biladilar;

  • malakaviy loyiha ishi sifatida rejalashtira oladilar;

  • malakaviy loyiha ishining maqsadi, mazmuni, vazifalari va yechimini topish yoʻllarini shakllantira oladilar;

  • shakllantirilgan maqsad va vazifalarga binoan malakaviy loyiha ishini mustaqil holda bajarib, talablarga koʻra rasmiylashtira oladilar;

  • mustaqil holda taqdimot materiallari tayyorlab, loyiha ishini himoya qila oladilar;

  • bajargan malakaviy loyiha ishi natijalaridan oʻzlarining amaliy faoliyatlarida foydalana oladilar va ularni amaliyotga joriy etish boʻyicha amaliy tavsiyalar bera oladilar.

Nazorat savollari

1. Malakaviy loyiha ishlarini tayyorlashdan maqsad nima?

  1. Malakaviy loyiha ishlarini tayyorlash qanday vazifalari mavjud?



1.2.Malakaviy loyiha ishining mavzusi va uni tanlash

Malakaviy loyiha ish mavzusi tegishli malaka oshirish toifalar muammolarini hamda iqtisodiyot, ijtimoiy soha, fan va taʼlimning istiqboldagi rivojlanishini dolzarb yoki amaliy vazifalarini yechishga qaratilgan boʻlishi kerak.

Malakaviy loyiha ish mavzulari kafedralar tomonidan ishlab chiqiladi va shakllantiriladi. Malakaviy loyiha ishi mavzularining har
3 oyda 30 foiz hajmida yangilab borilishi talab etiladi.

Malakaviy loyiha ishining mavzulari dolzarb va malaka oshirish toifalarga mos kelishi zarur. Malakaviy loyiha ishi mavzularining roʻyxati tinglovchilarga malaka oshirish kursining ikkinchi oʻn kunligida eʼlon qilinadi.

Tinglovchilarga malakaviy loyiha ishining mavzularini tanlash huquqi beriladi. Tinglovchilarga malakaviy loyiha ishi mavzularini tanlashda malaka oshirish kursida oʻqitilgan oʻquv modullariga mos mavzularni tanlashi tavsiya etiladi.

Malakaviy loyiha ishi mavzularini belgilashda quyidagilarga muhim ahamiyat qaratish talab etiladi:

  1. Malakaviy loyiha ishi mavzusida “muammolari”, “masalalari” “jihatlari”, “tartiblari” “yoʻnalishlari” kabi yordamchi soʻzlarni ishlatmaslik;

  2. Bitta guruhdan yoki malaka oshirish toifalar doirasida ikkita kichik guruh ishtirokchilari bir hil mavzuni tanlashiga imkon bermaslik;

  3. Agar tinglovchilar mazmunan yaqin boʻlgan malakaviy loyiha ishni tanlagan taqdirda uning mavzusiga (tarkibiy tuzilishiga) ilmiy rahbar (kafedra mudiri) ishtirokida oʻzgartirishlar kiritish va ularga imkon qadar bitta professor-oʻqituvchining ilmiy rahbar boʻlishini taʼminlash;

  4. Malakaviy loyiha ishi mavzularini xorijiy tilda yozish istagini bildirgan tinglovchilar uchun mavzularning tarjima qilingan variantlarini shakllantirish va imkon qadar ularga xorijiy tilni biladigan professor-oʻqituvchini biriktirish va boshqalar.

Malakaviy loyiha ishi mavzusini tinglovchilarga biriktirish va ularga ilmiy rahbarlarni tayinlash institut rektorining buyrugʻi rasmiylashtiriladi.

Loyihaviy faoliyat quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

  • maqsadning qoʻyilishi;

  • unga erishish uchun vosita tanlash;

  • axborotni izlash va qayta ishlash, uni tahlil qilish va umumlashtirish;

  • olingan natijalarni baholash va xulosalar.

Loyihaviy faoliyat rivojlantiruvchi taʼlim uslublaridan biri boʻlib, mustaqil tadqiqotchilik koʻnikmasini hosil qilishga yoʻnaltirilib (muammoning qoʻyish, axborotlarni toʻplash va uni qayta ishlash, tajriba-sinovlar oʻtkazish, olingan natijalarni tahlil qilish), ijodiy qobiliyat va mantiqiy fikrlashning rivojlanishiga olib keladi, taʼlim jarayonida olingan bilimlarni birlashtiradi, hayotiy muhim muammolarni mohiyatini tushunishga yordam beradi.


Nazorat savollari

1. Malakaviy loyiha ishining tarkibiy tuzilishiga qanday talablar qoʻyilgan?

2. Malakaviy loyiha ishining mazmuniga qoʻyiladigan talablar nimalardan iborat?


2-mavzu: Malakaviy loyiha ishi natijalarini rasmiylashtirish va himoya qilish tartibi






Reja:

2.1.Malakaviy loyiha ishining tarkibiy tuzilishi va mazmuniga qoʻyiladigan talablar

2.2.Malakaviy loyiha ishini ishini himoyaga taqdim etish tartibi



2.1. Malakaviy loyiha ishining tarkibiy tuzilishi va mazmuniga qoʻyiladigan talablar



Malakaviy loyiha ishi tinglovchilar tomonidan mustaqil bajarilishi lozim.

Malakaviy loyiha ishining tarkibiy qismlari quyidagilardan tashkil topadi:

- titul varaq;

- mundarija;

- kirish;

- reja savollari - kamida 3 ta savol;

- xulosa;

- foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati;

- ilovalar (agar mavjud boʻlsa).

Malakaviy loyiha ishining titul varagʻi bajarilgan ishning birinchi varogʻi hisoblanadi va unda quyidagilar aks etishi kerak: Malakaviy loyiha ishi bajarilgan institutning yuqori organi, institut va kafedra nomi, Malakaviy loyiha ishi mavzusi, muallifi, malaka oshirish toifasining shifri va nomi, ilmiy rahbari, kafedra mudiri (familiyasi, ismi va sharifi, ilmiy darajasi koʻrsatilgan holda) tasdiqlovchi imzosi; bajarilgan shahri va yili aks etishi kerak. Titul varagʻi ham umumiy ish hajmiga kiradi.

Malakaviy loyiha ishning mundarijasi mavzuning nazariy, uslubiy, huquqiy, metodologik, amaliy jihatdan takomillashtirish masalalarini oʻzida mujassam etgan shaklda tuzilishi zarur. Mundarijada mavzudan kelib chiqqan holda reja savollarining toʻgʻri nomlanishi va ularning mazmunni tarkib jihatdan ochib berishi kerak.

Kirish, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati, ilovalar (KIRISH, XULOSA VA TAKLIFLAR, FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI, ILOVALAR shaklida) bosh harflar bilan yoziladi. Reja savollarining birinchi harfidan boshqasi oddiy shriftda yoziladi. Reja savollar oxiriga nuqta qoʻyilmaydi. Agar reja savollar ikki boʻgʻindan iborat qilib tuzilgandagina, oraliqda nuqta qoʻyiladi. Reja savollar oraligʻi 2 intervalda boʻlishi zarur.

Malakaviy loyiha ishning kirish qismida quyidagilar bayon etiladi:

- mavzuning dolzarbligi;

- Malakaviy loyiha ishining maqsad va vazifalari;

- Malakaviy loyiha ishining obyekti va predmeti;

- Malakaviy loyiha ishining nazariy-amaliy ahamiyati;

- Malakaviy loyiha ishi tarkibining qisqacha tavsifi.

Mavzuning dolzarbligida oʻrganilayotgan mavzuga zamonaviy yondashuvning (iqtisodiyotni erkinlashtirish, raqobatdosh iqtisodiyot, globallashuv jarayonlaridagi) muhim jihatlariga, tadqiq etishning zaruriy masalalariga, erishilgan natijalariga va istiqboldagi rivojlanish strategiyalariga mos qirralari ochib berilishi kerak.

Mavzuning dolzarbligini ochib berishda erishilgan yutuqlar bilan birgalikda, qoʻyilgan vazifalarni hal etilishiga, maktabgacha taʼlim tizimidagi rivojlanish va taraqqiyotning zamonaviy masalalariga ham muhim eʼtibor qaratish zarur, hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari, maʼruzalaridan iqtibos keltirilishi shart.

Malakaviy loyiha ishi obyekti sifatida maktabgacha taʼlim boshqarmasi, boʻlimi va tashkiloti olinishi kerak. Malakaviy loyiha ishi obyekti boʻyicha maʼlumotlar bazasi asosli ravishda, shuningdek ilovada koʻchirma shaklida aks ettirilishiga alohida ahamiyat beriladi.

Malakaviy loyiha ishini yozishda tadqiqot predmeti, maqsad va vazifalari ham aniq koʻrsatilishi zarur.

Malakaviy loyiha ishining amaliy ahamiyatida mavzu doirasida chiqarilgan xulosalar, taklif va tavsiyalardan hamda erishilgan natijalardan oʻrganish obyektida va amaliyotning boshqa (fan, taʼlim va h.k.) sohalarida foydalanish imkoniyatlari yuzasidan asosiy jihatlari bayon etiladi.

Malakaviy loyiha ishi tarkibining qisqacha tasnifida har bitta reja savollarida koʻrilgan masalalarning qisqacha tasnifi uzviylik va bogʻliqlikda bayon etiladi, ishning umumiy hajmi, jadval va rasmlar soni aks ettiriladi.

Malakaviy loyiha ishning asosiy qismi 3 ta (nazariy, tahliliy va amaliy qismdan iborat) reja savollaridan tashkil topadi. Ularda mavzuning mohiyati nazariy-amaliy jihatdan yoritilishi, istiqboldagi takomillashuv yoʻnalishlari bayon etilishi talab qilinadi. Xususan, malakaviy loyiha ishning 1-savolida mavzuning nazariy asoslari, xorijiy tajriba hamda huquqiy jihatlari bayon etiladi. Malakaviy loyiha ishining 2-,3-savollari malaka oshirish toifalarining xususiyatlaridan kelib chiqib, amaliyot tahlili, muammolari, mavzu yuzasidan belgilangan vazifalarni samarali hal etish, takomillashtirish yoʻllariga bagʻishlanadi.

Malakaviy loyiha ishining reja savollari oʻzaro mutanosib boʻlishi va ularda mavzuga doir manbalarda keltirilgan maʼlumotlar tahlili, tinglovchi tomonidan olib borilgan oʻrganish natijalari bayon etilishi kerak.

Malakaviy loyiha ishining yakuniy, xulosa va takliflar qismida mavzu yuzasidan chiqarilgan asosiy fikr-mulohazalar asosli ravishda, takliflar alohida bandlar shaklida berilishi talab etiladi.

Foydalinilgan adabiyotlar roʻyxati va uni toʻgʻri tuzilishi Malakaviy loyiha ishida alohida ahamiyatga ega. Shu sababli, adabiyotlar roʻyxatini tuzishda birinchi navbatda qonunchilik normalari, Prezident Farmonlari va Qarorlari, Vazirlar Mahkamasi va boshqa vazirlik, qoʻmitalarning meʼyoriy hujjatlari, darslik va oʻquv adabiyotlari, ilmiy jurnallardagi maqolalar, internet manbalari alohida aks ettiriladi.

Malakaviy loyiha ishiga qoʻyiladigan va undagi oʻzgarishlar boʻyicha talablarni tinglovchilar eʼtiboriga yetkazish masʼul kafedralar zimmasiga yuklatiladi.

Malakaviy loyiha ishini mazmunida uning muallifiga nisbatan “Men” , “Meniki”, “Menga” soʻzlarini ishlatish oʻrinsiz hisoblanadi. Ushbu soʻzlar “Biz”, “Bizningcha”, “Bizning fikrimizga koʻra” soʻzlari bilan almashtirilishi talab etiladi. Masalan: “Menimcha ushbu tartib amaldagi normalarga mos keladi” oʻrniga - “Bizningcha ushbu tartib amaldagi normalarga mos keladi”, “Men quyidagi xuloslarga keldim” oʻrniga - “Biz quyidagi xulosalarga keldik” mazmunida va shu kabi.

Boʻlimlar va reja savollar ichida alohida eʼtiborga olingan mantlarni boʻyab yoki kursiv bilan koʻrsatish talab etilmaydi.

Malakaviy loyiha ishining har reja savollari va boʻlimi muvofiq asoslar bilan yoritiladi. Malakaviy loyiha ishida ilgari bajarilgan mustaqil ilmiy ishlanmalarning natijalari yoki boshqa mualliflarning ilmiy maqola va hisob-kitob maʼlumotlaridan foydalanilganda, manbasi koʻrsatilgan holda havolalar berilishi shart. Havolalarni raqamlash oʻsib boruvchi tartibda tegishli varaqning pastki qismida, asoslanuvchi manba, yaʼni foydalanilgan adabiyotlar roʻyxatidagi tartibda (muallifi, manba nomi, yili, nashr joyi, beti koʻrsatilgan holda), matni 10 shriftda berilishi shart. Shuningdek har bir jadval va rasmga manbasi - maʼlumot bazasiga ham havola berilishi zarur. Jadval va rasmga havola ushbu varaqning pastki qismida oʻsib boruvchi ketma-ketlikda aks ettiriladi.

Jadval va rasmni tuzish, joylashtirish, koʻrsatkichlarning dinamik oʻzgarishlari yuzasidan mazmunining yoritish tartiblari umumiy talablar asosida belgilanadi.

Jadval mavzu doirasidagi statistik va matnli axborotlar bazasini vertikal va gorizontal, trendli shaklda aks ettirishning shunday tartibiki, unda quyidagi umumiy talablar hisobga olinishi talab etiladi. Xususan, jadval raqami, nomi aniq qoʻyilishi, oʻlchov birligi, koʻrsatkichlarning aniq tanlangan boʻlishi (umumiylikdan xususiylikka yoki yakkalikdan umumiylikka) kerak. Jadvalning raqami matning oʻng tomonda xat boshi tarzda aks ettiriladi. Keyingi qatorning oʻrta qismida nomi va maʼlumotlar qaysi subyektga va davrga tegishli ekanligi aks ettiriladi. Jadvallar raqamli va matnli shaklda tuzilishi mumkin. Agar jadvalning hajmi katta boʻlsa (bir betga sigʻmasa) keyingi betga koʻchirilishi va yangi betda (oʻng tamon oxirida) jadval davomi degan yozuv kiritilishi yoki Malakaviy loyiha ishining ilova qismida ham keltirilishi mumkin. Jadvalning (vertikal) qatorlari bogʻlanishi yuzasidan ketma-ketlikda alohida qator ochilib tartib raqamlar qoʻyib chiqiladi.

Jadval matni va raqamlarini aks ettirishda 12, 14 shrift ishlatish tavsiya etiladi. Ayrim hollarda, javdal hajmi va matnlar murakkabligidan kelib chiqqan holda xarflar va raqamlar xajmini 10 shriftgacha, qatorlar oraligʻi esa 1.0 va minimum normagacha tushirilishi mumkin.

Zaruriy hollarda Malakaviy loyiha ishida hisob-kitoblarni moddeli tizimi boʻyicha formulalar berilishi maqsadga muvofiqdir. Ularni rasmiylashtirish tartibiga ham qatʼiy amal etish talab etiladi. Formulalar kompyuter dasturlari asosida yozilishi shart (qoʻlda yoki boshqa tarzda yozishga yoʻl qoʻyilmaydi). Formulalarni yozishda ularning matnda alohida joylashtirilishiga, birliklarning izohiga, har bir formulaning alohida (oʻsib boruvchi tartibda) qavs olingan holda raqamlanishiga ahamiyat berish zarur.

Baʼzi bir formulalarning alohida qatorni band qilmasligi uchun bir qatorda aks ettirish zarur. Kichik formulalar va bir qatorli formulalarni matn ichida aks ettirish ham mumkin va ularni raqamlash talab etilmaydi.

Formula koʻrinishidagi ishlanmalar MathType, Equation Editor yoki Microsoft Equation dasturlari asosida yozilishi mumkin.

Muallif ishlanmalari “Muallif tomonidan mustaqil tuzib chiqilgan”, “Muallif tavsiyasi”, “Muallif tomonidan tuzilgan” mazmunda havola qilinishi mumkin (havolada maʼlumotlar bazasi qaysi manbadan olinganligi va kimga tegishli ekanligi (yili) aniq koʻrsatilishi kerak).

Malakaviy loyiha ishida keltirilgan chizma, rasmning shakli, shartli belgilar, shrift va masshtablari amaldagi standart talablariga muvofiq kelishi zarur.

Kafedraning tavsiyasiga binoan malakaviy loyiha ishi xorijiy tilda bajarilishi mumkin. Xorijiy tilda bajarilgan ishga davlat tilidagi annotatsiya ilova etilishi va himoya vaqtida tarjima taʼminlanishi shart.

Malakaviy loyiha ishi qoida tariqasida, standart varoqda 1,5 qator oraligʻida yozilishi, har bir bet hoshiyasi: yuqoridan 2 sm, pastdan 2 sm. va oʻngdan 1,5 sm, chapdan 3 sm boʻlishi, xatboshi besh belgiga teng va bir xilda boʻlishi kerak.

Malakaviy loyiha ish matni “Times New Roman” 14,0 oʻlchamli shriftida Misrosoft Word matn redaktoridan foydalanilgan holda bajariladi. Satr boshi 1,25 oraliqda, havolalar 10 shiriftda berilishi zarur.

Malakaviy loyiha ishining asosiy qismi (titul varagʻi, mundarija va ilovalarsiz) 30-45 bet hajmida boʻlishi tavsiya etiladi.

Mavzuning murakkabligidan kelib chiqqan holda Malakaviy loyiha ish hajmi 15 foizgacha oshirilishi mumkin.

Malakaviy loyiha ishni betlarini raqamlash har bir betning pastki, oʻrta qismida (12 shriftda) aks etishi lozim (titul varagʻi va mundarija betlari raqamlanmaydi, Malakaviy loyiha ishining kirish qismi 3-betdan boshlab raqamlanadi).

Malakaviy loyiha ishi rahbari:

  • tinglovchiga malakaviy loyiha ishini tayyorlash yuzasidan yoʻl-yoʻriqlar koʻrsatadi, reja tuzishga koʻmaklashadi, uning bajarilishi boʻyicha kalendar jadvalini rejalashtirishga yordam beradi;

  • foydalanadigan huquqiy-meʼyoriy hujjatlar, adabiyotlar, maʼlumot va internet materiallarini hamda mavzu boʻyicha boshqa manbalarni tavsiya etadi;

  • tinglovchiga mavzu boʻyicha maslahatlar berib boradi;

  • malakaviy loyiha ishining bajarilish jarayoni va belgilangan rasmiylashtirish talablariga mos ravishda, mustaqil bajarilganligi va ijodiy yondashuv asosida amalga oshishini nazorat qilib boradi;

  • malakaviy loyiha ishining oʻz muddatida bajarilmayotganligi haqida kafedra mudiri va monitoring boʻlimiga yozma bildirishnoma beradi;

  • tinglovchiga malakaviy loyiha ishiga tegishli materiallarni toʻplash, tayyorlash, yozish, slaydlar tayyorlash va himoya qilish boʻyicha koʻrsatmalar berib boradi.


Loyihani bajarish boʻyicha ish rejasi

Ishtirokchilar F.I.Sh

Vazifa, faoliyat turi

Ish mazmuni

Ish natijasi

Bajarish muddati







Tinglovchi malakaviy loyiha ishini sifatli va oʻz muddatida tayyorlash uchun unga quyidagi maʼsuliyatlar yuklatiladi:

 malaka oshirish davomida olgan bilim, koʻnikma va malakalarni puxta oʻzlashtirish orqali malakaviy loyiha ishini tayyorlash;

 kerakli maʼlumotlarni izlash, toʻplash, qulay usullar va vositalarni aniqlash;

 axborot-kommunikatsiya vositalari va manbalaridan samarali foydalanish;

 adabiyotlar, huquqiy-meʼyoriy hujjatlar hamda internet materiallarini toʻplash va ularni tahlil qilish;

 ish natijalarini tayyorlash va topshiriqlarni bajarishda ijodiy yondoshish;

 qoʻyilgan masala yuzasidan tegishli hulosalar va takliflarni izohlash, taʼlim sifatini oshirishda undan foydalanish imkoniyatlarini aniqlash;

 ishlab chiqilgan yechim, loyiha yoki gʻoyani asoslash va DAK ishtirokida himoya qilish.

Tinglovchi rahbar bilan maslahatlashgan holda malakaviy loyiha ishiga ijodiy yondoshgan tarzda qoʻshimchalar kiritish va uni izohlash huquqiga ega.

Tinglovchi malakaviy loyiha ishini bajarish mobaynida rahbar tavsiyalariga rioya qilmagan, kalendar grafik asosida tadqiqotlarni bajarmagan boʻlsa rahbarning bildirishnomasiga asosan unga maʼmuriy choralar koʻriladi va malakaviy loyiha ishi himoyasiga qoʻyilmaydi.


Nazorat savollari

  1. Malakaviy loyiha ishini ishini himoyaga taqdim etish tartibi qanday?

  2. Malakaviy loyiha ishi mavzusi qanday tartibda tanlanadi?

  3. Malakaviy loyiha ishi mavzusi boʻyicha amaliy maʼlumotlar yigʻish tartibi qanday?



    1. Malakaviy loyiha ishini ishini himoyaga taqdim etish tartibi


Tinglovchilar kafedra tomonidan tuzilgan komissiya va ilmiy rahbar ishtirokida Malakaviy loyiha ishini dastlabki himoyadan oʻtkazadi. Keyin Malakaviy loyiha ishini himoya uchun Yakuniy Davlat Attestatsiya Komissiyasiga taqdim etadi.

Malakaviy loyiha ishining dastlabki himoyasi kafedrada tasdiqlangan rejaga muvofiq, reja savollar boʻyicha bosqichma-bosqich oʻtkazilishi lozim. Dastlabki himoya natijalari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.

Dastlabki himoyadan oʻtmagan, shuningdek, uzrsiz sabablarga koʻra himoyaga taqdim etish muddati va tartibi buzilgan malakaviy loyiha ishi himoyaga tavsiya etilmaydi. Kafedra mudiri tinglovchi bajargan malakaviy loyiha ishini himoyaga kiritish mumkin emas, deb hisoblasa, mazkur masala kafedra majlisida ilmiy rahbari ishtirokida muhokama etiladi. Kafedra majlisining bayonnomasi institut monitoring boʻlimiga taqdim etiladi.

Kafedra mudiri malakaviy loyiha ishining tayyorlik darajasini belgilaydi. Shu maqsadda kafedrada har bir tinglovchilar tarkibidan tuzilgan kichik guruh kesimida malakaviy loyiha ishini bajarish monitoringi tashkil etilib, uning bajarilishi ilmiy rahbarining haftalik hisobotlari asosida foizlarda aniqlab boriladi.

Belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan malakaviy loyiha ishi tinglovchilar tarkibidan tuzilgan kichik guruh tomonidan rahbarga taqdim etiladi. Rahbar malakaviy loyiha ishini talab darajasida bajarilganligiga ishonch bildirganidan soʻng, ishni oʻz taqrizi bilan birga kafedra mudiriga taqdim etadi. Taqrizda tinglovchilar tarkibidan tuzilgan kichik guruhning faolligi, qabul qilingan qarorlardagi yangiliklar va malakaviy loyiha ishning boshqa ijobiy tomonlari tavsiflanadi. Kafedra mudiri taqdim etilgan materiallar asosida malakaviy loyiha ishini tinglovchilar tarkibidan tuzilgan kichik guruh tomonidan Yakuniy Davlat Attestatsiya Komissiyasida himoya qilishga kiritish haqida qaror qabul qiladi.

Malakaviy loyiha ishining bajarilishi boʻyicha tinglovchilar tarkibidan tuzilgan kichik guruhning hisobot berish muddatlarini kafedra mudiri nazorat etadi. Tinglovchilar tarkibidan tuzilgan kichik guruh malakaviy loyiha ishining bajarilish holati haqida ilmiy rahbari va kafedra oldida hisobot beradi.

Tinglovchilar tarkibidan tuzilgan kichik guruh - ish mualliflari, tanlangan qarorning toʻgʻriligiga va uning topshiriqqa muvofiqligiga, Malakaviy loyiha ishida koʻchirmachilik holatini yoʻqligiga javob beradi. Plagiatga qarshi nazorat dastlabki himoyada kafedra mudiri tomonidan, taʼlim sifatini nazorat qilish boʻlimi xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.

Malakaviy loyiha ishining elektron varianti yakuniy himoyasi belgilangan sanadan kamida 3 kun oldin kafedra mudiri tomonidan institutning taʼlim sifatini nazorat qilish boʻlimi xodimiga platigiatga qarshi nazorat dasturida tekshirish uchun topshiriladi va natijasi boʻyicha maʼlumotnoma tuziladi.

Plagiat, mazmunan va alfavit boʻyicha oʻzgartirilgan, rus va ingliz tillariga toʻgʻridan-toʻgʻri tarjima qilingan ishlarni mustaqil bajarilganlik darajasiga baho berilmaydi va ish qaytariladi.

Malakaviy loyiha ishlarini bajarish bosqichlarida belgilangan muddatlardan kechikish hollari aniqlanganda ularni bartaraf etish boʻyicha tegishli choralar kafedra mudiri tomonidan belgilanadi.

Tinglovchilar tarkibidan tuzilgan kichik guruh tomonidan bajarilgan malakaviy loyiha ishi himoya sanasidan kamida 3 kun oldin kafedraga bosma muqovalangan hamda elektron shaklda taqdim etilishi shart. Malakaviy loyiha ishlarning himoya sanasi institut rektori buyrugʻi bilan tasdiqlangan jadvalga muvofiq belgilanadi.



Nazorat savollari

  1. Amaliy maʼlumotlar qanday tahlil etiladi?

  2. Malakaviy loyiha ishi natijalari qanday umumlashtiriladi?

  3. Malakaviy loyiha ishi qanday tartibda rasmiylashtiriladi?









IV. OʻZ-OʻZINI TEKSHIRISH UCHUN TEST SAVOLLAR



SAVOLLAR

JAVOB-1

JAVOB-2

JAVOB-3

JAVOB-4

Toʻgʻri javob

1.

Malakaviy loyiha ishining tarkibiy qismlari nimalardan tashkil topadi?


Kirish, reja savollari, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati hamda ilovalardan

Kirish, xulosa va takliflar, foydalanil-gan adabiyotlar roʻyxati hamda ilovalardan

Reja savollari, xulosa va takliflar, foydalanil-gan adabiyotlar roʻyxati hamda ilovalardan

Kirish, xulosa va takliflar-dan



1

2.

Malakaviy loyiha ishlari kimlar tomonidan bajariladi?

1 oylik taʼlim jarayoni va dasturidan toʻliq oʻtgan tinglovchilar tomonidan bajariladi

Maxsus kurslar tinglovchilari tomonidan bajariladi

Qayta tayyorlov kurs tinglovchilari tomonidan bajariladi

Kafedra professor-oʻqituvchi-lari tomonidan bajariladi



1











VI. ADABIYOTLAR ROʻYXATI

1.Oʻzbekiston Respublikasining “Maktabgacha taʻlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi 595-sonli Qonuni. 2019-yil17-dekabr

2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil
13-maydagi “Maktabgacha taʻlim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 391-conli qarori.

3. Oʻzbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan Davlat talablari. T., 2018.

4. Qodirova F.R. va boshq. Maktabgacha pedagogika // Oʻquv qoʻllanma - Toshkent: “Maʻnaviyat”, 2013. - 159 bet.

5. Qodirova F.R. va boshq. Oʻzbekiston Respublikasida maktabgacha taʻlim konsepsiyasi-Toshkent: “Fan va texnologiya” nashriyoti, 2011.-38 b.

6. O.Musurmonova va b. Maktabgacha va boshlangʻich taʻlim atamalarining izohli lugʻati. T.: Bekinmachoq-Plyus. 2011, 123-bet.

7. Ishmuxamedov R.J., Yuldashev M. Taʻlim va tarbiyada innovasion pedagogik texnologiyalar.Toshkent: Nihol, 2013.














VI. TARQATMA MATERIALLAR


TARQATMA TOPSHIRIQ


B/B/B chizmasi

B/B/B chizmasi – Bilaman/ Bilishni hohlayman/ Bilib oldim. Mavzu, matn, boʻlim boʻyicha izlanuvchilikni olib borish imkonini beradi.

Tizimli fikrlash, tuzilmaga keltirish, tahlil qilish koʻnikmalarini rivojlantiradi.

Tinglovchilar:

  1. Jadvalni tuzish qoidasi bilan tanishadilar. Alohida kichik guruhlarda jadvalni rasmiylashtiradilar.

  2. “Mavzu boʻyicha nimalarni bilasiz” va “Nimani bilishni xohlaysiz” degan savollarga javob beradilar (oldindagi ish uchun ynaltiruvchi asos yaratiladi). Jadvalning 1 va 2 boʻlimlarini toʻldiradilar.

  3. Maʼruzani tinglaydilar, mustaqil oʻqiydilar.

  4. Mustaqil kichik guruhlarda jadvalning 3 boʻlimni toʻldiradilar



B/BX/B JADVALI


Mavzuga oid savollar

Bilaman

Bilishni xohlayman


Bilib oldim

1.Malakaviy loyiha ishlarini rasmiylashtirish tartibi






2.Malakaviy loyiha ishlari tarkibiy qismiga qoʻyiladigan talablar




3.Malakaviy loyiha ishlarini maqsad va vazifalari





TARQATMA TOPSHIRIQ


Aqliy hujum” metodi. “Malaka oshirish” tushunchasi ustida ishlash


Oʻqituvchi doskaga “Malakaviy loyihaviy ishi bu – “ deb yozadi. Tinglovchilardan shu soʻzning maʼnosini izohlashni soʻraydi.

Tinglovchilar “malakavi y loyihaviy ish” soʻzi maʼnosi va malakaviy loyiha ishini tayyorlash maqsad vazifalari, tayyorlash, bajarilish jarayonlarini yoritib beradilar. Oʻqituvchi doskaga tinglovchilar aytgan barcha soʻz, soʻz birikmalarini yozib boradi. (tinglovchilar ham oʻz daftarlariga yozib borishlari mumkin).


Aqliy hujum metodi

Malakaviy loyiha ishi bajarilish jarayonini tahlil qiling


Malakaviy loyiha ishi bu -


















Ish jarayoni yakunida oʻqituvchi tinglovchilar fikrlarini umumlashtirib “Oʻzbek tilining izohli lugʻati”dan bergan “malakaviy loyiha ishi” soʻzining izohini keltiradi. “Malakaviy loyiha ishi” tushunchasi ishlatilgan sohalardan misollar aytiladi.


Loyihani bajarish boʻyicha ish rejasi


Ishtirokchilar

F.I.Sh.

Vazifa, faoliyat turi

Ish natijasi

Bajarish muddati

1





2






3





4








Loyiha pasporti


Guruh:

Sana:

Shifr:


MAVZU:


LOYIHA RAHBARI:



LOYIHA ISHTIROKCHILARI:





Loyiha ishi mahsuloti tuzilishining qisqacha bayoni:





LOYIHA MAHSULOTINING RASMI:
















Malakaviy loyiha ishlarini baholash mezonlari




Baholash mezonlari

Maksimal ball

Hayat aʻzolari qoʻygan ballarning oʻrtachasi

1.

Malakaviy loyiha ishi mavzusining dolzarbligi, nazariy va amaliy ahamiyati

3


2.

Malakaviy loyiha ishining maqsadi, vazifalari, bajarish bosqichlari va natijalarini toʼgʼri shakllantirilganligi

3


3.

Malakaviy loyiha ishini bajariishga ijodiy yondoshilganligi

3


4.

Malakaviy loyiha ishi hisobotining talab asosida rasmiylashtirilganligi

3


5.

Malakaviy loyiha ishining talablarga binoan rasmiylashtirilganligi

3


Jami ball

15



Izoh: oʻtish balli -8




-80%
Курсы повышения квалификации

Окраска волос

Продолжительность 72 часа
Документ: Удостоверение о повышении квалификации
4000 руб.
800 руб.
Подробнее
Скачать разработку
Сохранить у себя:
Malakaviy loyiha ishi (364.69 KB)

Комментарии 0

Чтобы добавить комментарий зарегистрируйтесь или на сайт