Mazkur oʻquv-uslubiy majmuada Maktabgacha taʻlim tashkilotlarini xoreografiyani moliyalashtirish mablagʻlarining shaklanishi, sarflanishi, soliq munosabatlari va gʻazna ijrosi jarayonlarini, budjet va budjetdan tashqari manbalar hisobidan shtat-smeta xarajatlarini shakllantirish tartiblariga oid ma’lumotlar yoritilgan.
Tuzuvchi: | MTMRMQTMOI “Maktabgacha taʻlim menejmenti” kafedrasi katta oʻqituvchisi G.N.Nigmatova
|
Taqrizchilar: | MTMRMQTMOI “Maktabgacha taʻlim menejmenti” kafedrasi mudiri PhD F.R.Valiyeva
|
Malaka oshirish toifasi: | Maktabgaca taʼlim tashkiloti xoreografi |
MUNDARIJA
| KIRISH | 4 |
| TEXNOLOGIK XARITA | 6 |
| MA’RUZA MATN VA O’QUV MATERIALLAR | 7 |
| O’Z-O’ZINI TEKSHIRISH UCHUN TEST SAVOLLAR | 31 |
| ADABIYOT VA MANBALAR RO’YHATI | 34 |
| TARQATMA MA'TERIALLAR | 35 |
I. KIRISH
Mazkur dastur “Byudjet va byudjetdan tashqari mablagʻlar” xarajatlar smetasini moliyalashtirish manbalarini kengaytirgan holda shaklli rivojlantirish, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi “Maktabgacha taʼlim tashkilot- larining faoliyatini takomilashtirsh toʻgʻrisida”gi 528-sonli, 2019-yil 13-maydagi “Maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi 391-son qarori koʻzda tutilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentyabrdagi PQ-3955-sonli “Maktabgacha taʼlim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2019-yil 28-yanvardagi Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʻlim vazirligining 14-sonli buyrugʻi “Davlat maktabgacha taʻlim tashkilotlarida taʻlim-tarbiya xizmatlari koʻrsatish faoliyatini tashkil etish” . Qayd etilgan qarorlar ijrosi yuzasidan maktabgacha taʻlim tashkilotlari harajatlar smetasini moliyalashtirish manbalarini kengaytirgan holda shakllantirish, ulardan maqsadli tejamkorlik va samarali foydalanish, Budjetdan tashqari mablagʻlar ishlab topish, Tadbirkorlik muhitini rivojlantirish, mustaqil ravishda xoʻjalik yuritish hamda murabbiy va tarbiyachi va xodimlarni ijtimoyi himoya qilishni yoʻlga quyish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa oʻz navbatida Maktabgacha taʻlim tashkilotlarini xoreografiyani moliyalashtirish mablagʻlarining shaklanishi, sarflanishi, soliq munosabatlari va gʻazna ijrosi jarayonlarini, budjet va budjetdan tashqari manbalar hisobidan shtat-smeta xarajatlarini shakllantirish tartiblari,
Qayd etilgan qarorlar ijrosi yuzasidan maktabgacha taʼlim tashkilotlari harajatlar smetasini moliyalashtirish manbalarini kengaytirgan holda shakllantirish, ulardan maqsadli tejamkorlik va samarali foydalanish, Byudjetdan tashqari mablagʻlar ishlab topish, Tadbirkorlik muhitini rivojlantirish, mustaqil ravishda xoʻjalik yuritish hamda murabbiy va tarbiyachi va xodimlarni ijtimoyi himoya qilishni yoʻlga quyish muhim ahamiyat kasb etadi..
Modulning maqsadi: Tinglovchilarda Maktabgacha taʼlim tashkilotlarini moliyaviy mustaqillikka erishishga yunaltirilgan byudjetdan tashqari pullik xizmatlar koʻrsatish, moliyalashtirish manbalarini shaklantirishda soliq gʻaznachilik bilan munosabatlar, Davlat xaridlarini tashkil etish, mehnatga xaq toʻlash tizimi toʻgʻrisidagi bilimlarini, tejamkorlik, iqtisodiy samaradorlikka erishishda moliyaviy resurslarni tahlil qila olish koʻnikmalarni va ularni amaliyotda qoʻllash malakalarini shakllantirish.
Kutilayotgan natijalar: Tinglovchilar ushbu modul yakunida quyidagi bilim, koʻnikma va malakalarga ega boʻlishi lozim:
- Maktabgacha taʼlim vazirligining tegishli buyrugʻi asosida Maktabgacha taʼlim tashkilotida tashkil etiladigan taʼlim tarbiya xizmatlarida yuritiladigan ish hujjatlarining tartibi,va uning tashkil etilishi haqida bilimlarga ega boʻladi:
- Maktabgacha taʼlim tashkilotida tashkil etiladigan taʼlim tarbiya xizmatlarida yuritiladigan ish hujjatlarining tartibi,va uning tashkil etilishi belgilangan hujjat asosida oʻrganish va kerakli tavsiyalar berishni oʻrganadi.
- Maktabgacha taʼlim tashkilotida tashkil etiladigan taʼlim tarbiya xizmatlarida yuritiladigan ish hujjatlari xamda uni tashkil etilishi ,yuritilishini taklif va tavsiyalar beradi.
II. “MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTLARIDA PULLIK XIZMATLAR KOʻRSATISH FAOLIYATINI TASHKIL ETISH”
TEXNOLOGIK XARITA
Vaqt | Mavzu | Jarayon, metod | Resurs, tarqatma materiallar | Tinglovchining faoliyati |
80 daqiqa | Mavzu “Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida pullik xizmatlar koʻrsatish faoliyatini tashkil etish tartibi va turlari.” (nazariy 2 soat) | |||
35 daqiqa | Qoʻshimcha taʼlim xizmatlarini tashkil etishning xuquqiy asoslari | Maʼruza | Mavzu yuzasidan savollar, tarqatma materiallar | Tinglaydi, bahs-munozarada ishtirok etadi, fikrlar bildiradilar |
45 daqiqa | Pullik xizmatlar koʻrsatish tartibi va turlari | Maʼruza | Mavzu yuzasidag savollar, tarqatma materiallar | Tinglaydi, bahs-munozarada ishtirok etadi, fikrlar bildiradilar |
80 daqiqa | 2-Mavzu: “Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida pullik xizmatlar koʻrsatish faoliyatini tashkil etishdagi xujjatlar toʻplami Buxgalteriyaga taqdim etiladigan hisobotlar”. (amaliy 2 soat) | |||
40 daqiqa | Toʻgaraklarni faoliyatini tashkil etishdagi xujjatlar toʻplami. | Baxs munozara | Amaliy topshiriqlar, materiallar | Amaliy topshiriqlar bilan tanishadilar |
40 daqiqa | Buxgalteriyaga taqdim etiladigan xisobotlar va byudjet intizomiga rioya etilishi uchun javobgarlik | Baxs munozara | Amaliy topshiriqlar, materiallar | Topshiriq yuzasidan Baxs munozara |
III. MA’RUZA MATN VA O’QUV MATERIALLARI
| 1.MAVZU: MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTLARIDA PULLIK XIZMATLAR KOʻRSATISH FAOLIYATINI TASHKIL ETISH TARTIBI VA TURLARI” |
REJA
1.1. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida pullik xizmatlar koʻrsatish faoliyatini tashkil etish
1.2. Bolalarni qoʻshimcha xizmat koʻrsatuvchi guruhlarga
qabul qilish
| 1.1. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida pullik xizmatlar koʻrsatish faoliyatini tashkil etish |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentyabrdagi PQ-3955-sonli “Maktabgacha taʼlim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining 2018-yil 13-dekabrdagi 3-mh-sonli “Davlat maktabgacha taʼlim ashkilotlarida qoʻshimcha qoʻshimcha taʼlim-tarbiya xizmatlari koʻrsatish faoliyatini tashkil etish” boʻyicha buyrugʻi qabul qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining 2018-yil 13-dekabrdagi 3-mh-sonli «Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida qoʻshimcha qoʻshimcha taʼlim-tarbiya xizmatlari koʻrsatish faoliyatini tashkil etish» buyrugʻi va Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida qoʻshimcha taʼlim-tarbiya xizmatlari koʻrsatish faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlangan hamda 2019-yil 18-yanvarda 3123-son bilan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan.
Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan Respublikadagi barcha
3-7 yoshli bolalarni maktabgacha taʼlim muassasalariga qamrab olish, mavjud muassasalarni zamon talablariga mos holda qayta taʼmirlash, jixozlash hamda ehtiyoji yuqori boʻlgan xududlarga yangi maktabgacha taʼlim muassasalarini tashkil etish, taʼlim sifatini tubdan takomillashtirish qolaversa nodavlat va oilaviy maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish hamda maktabgacha taʼlim tashkilotlarida qoʻshimcha xizmat koʻrsatish turlari va moliyalashtirish tartibini ishlab chiqishni asosiy maqsad qilib belgilab olindi.
Yuqorida keltirilgan vazifalarni amalga oshirish, tizimga oid ishlab chiqilgan qaror, farmon va farmoyishlar, meʼyoriy-huquqiy xujjatlarni ijrosini sifatli taʼminlash, maktabgacha taʼlim tashkilot rahbarlari tomonidan boshqaruvda tizimli ish tashkil etishni taqazo qiladi.
Hozirgi kunda maktabgacha taʼlim muassasa mudir lavozim vazifalari huquq va majburiyatlari koʻlami kengligini inobatga olsak mazkur lavozimga talabgor nomzodlar yohud ushbu lavozimda faoliyat olib borayotgan hodimlar uchun tizimli ishlab chiqilgan istiqbolli reja yoki dasturlarni tayyorlashda, rahbar va hodimlar hamda hamkor tashkilotlar oʻrtasida uzviy, murosaviy ish tashkil etishda yagona qoʻllanmani joriy etish, maktabgacha taʼlim ashkilotlarida qoʻshimcha xizmat koʻrsatish turlari va moliyalashtirish tartibini ishlab chiqish dolzarb masala hisoblanadi. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida qoʻshimcha taʼlim xizmatlarida xizmatlar uchun ishchi xodimlar mehnatiga haq toʻlash tartibi mavzusi boʻyicha tavsiyanomaning normativ – xuquqiy asoslari
Mazkur talablar davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun tadbiq etiladi.
Qoʻshimcha taʼlim xizmatlar zarur moddiy-texnik baza hamda tegishli pedagog xodimga ega boʻlgan yoki tegishli mutaxassis jalb qilingan holda maktabgacha taʼlim muassasasida tashkil etilishi mumkin. Bunda qoʻshimcha xizmatlarni koʻrsatish bolaning maktabgacha taʼlim muassasasining oʻquv dasturi boʻyicha olib boriladigan taʼlim-tarbiya jarayoniga xalaqit bermasligi kerak.
Dam olish kunlari va maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ish kuni yakunlangandan keyin bolani parvarishlash, unga qarab turish, uni oʻqitish;
maktabgacha taʼlim muassasasining oʻquv dasturdan tashqari
sport-sogʻlomlashtirish (karate, taekvondo, suzish, shaxmat, shashka, gimnastika, massaj va boshqalar) toʻgaraklari, badiy-estetik (xor, raqs, tasviriy sanʼat va hokazolar) toʻgaraklar, fanlar boʻyicha toʻgaraklar (chet tillari, matematika, aqliy arifmetika, mantiq, informatika va boshqalar).
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari tomonidan koʻrsatilishi rejalashtirilayotgan qoʻshimcha xizmatlar turlari hamda ular uchun belgilanadigan toʻlovlar miqdori maktabgacha taʼlim muassasasining kuzatuv kengashi yigʻilishida muhokama qilinishi shart.
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari tomonidan koʻrsatiladigan qoʻshimcha xizmatlarning narxlar preyskuranti tegishli maktabgacha taʼlim tuman (shahar) boʻlinmasi bilan kelishilgan holda maktabgacha taʼlim tashkilotining rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Qoʻshimcha xizmatlar tegishli maktabgacha taʼlim tuman (shahar) boʻlinmasi bilan kelishilgan holda maktabgacha taʼlim muassasasi rahbarining buyrugʻiga muvofiq quyidagi xujjatlar asosida tashkil etiladi:
Koʻrsatiladigan qoʻshimcha xizmatning ish rejasi;
Koʻrsatiladigan qoʻshimcha xizmatning ish rejasi maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Koʻrsatiladigan qoʻshimcha xizmatlarning preyskuranti narxlari;
Koʻrsatiladigan qoʻshimcha xizmatlarning tasdiqlangan preyskurant narxlari maktabgacha taʼlim tashkilotining barcha shaxslar kirishi va koʻrishi mumkin boʻlgan joyda (joylarda) hamda eʼlonlar taxtasiga osib qoʻyiladi.
Koʻrsatiladigan qoʻshimcha xizmatlar boʻyicha mashgʻulotlar jadvali;
Koʻrsatiladigan qoʻshimcha xizmatlarning tasdiqlangan mashgʻulotlar jadvali maktabgacha taʼlim tashkilotining barcha shaxslar kirishi va koʻrishi mumkin boʻlgan joyda (joylarda) hamda eʼlonlar taxtasiga osib qoʻyilishi shart.
| NAZORAT SAVOLLARI |
MTTlarda qoʻshimcha mablagʻ topish, tadbirkorlik bilan shugʻillanish uchun xuqukiy hujjat mavjudmi?
Taʼlim xizmatlarini tashkil etish qaysi muddatdan kuchga kirgan?
Taʼlim xizmati mablagʻlaridan qanday foydalanish imkoniyatlarini sanab bering?
Taʼlim xizmatlarini qanday sharoitda tashkil etish mumkin?
MTT da pullik xizmatlarni tashkil etishda nimalarga eʼtibor berish lozim?
| 1.2. Bolalarni qoʻshimcha xizmat koʻrsatuvchi guruhlarga |
Maktabgacha taʼlim tashkilotida tashkil etilgan qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatuvchi guruhlarga 3 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalar qabul qilinishi mumkin.
Farzandi qoʻshimcha xizmat koʻrsatuvchi guruhlarda tarbiyalanishini istagan ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tegishli maktabgacha taʼlim tashkilotiga yoma ravishda ariza bilan murojaat qilishlari lozim.
Maktabgacha taʼlim tashkilotining rahbari hamda bolaning ota-onasidan biri yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxs bilan shartnoma tuzilishi shart.
Qoʻshimcha xizmat koʻrsatuvchi guruhlarga bolani qabul qilish uchun tegishli maktabgacha taʼlim muassasasi rahbarining buyrugʻi qabul qilinadi.
Buyruqda bolaning Familiyasi Ismi va Otasining ismi, tugʻilgan yili, qabul qilinayotgan qoʻshimcha xizmat turi va guruhi koʻrsatilishi lozim.
Qoʻshimcha xizmat koʻrsatuvchi guruhlarda bolalarning soni 25 nafardan ortiq boʻlishi mumkin emas.
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari xodimlarini ularning asosiy ish vaqtidan tashqari vaqtlarda kelishuv (shartnoma) asosida qoʻshimcha xizmat koʻrsatuvchi guruhlarga jalb qilish mumkin.
Sud xukmi bilan yoki tibbiy xulosaga muvofiq pedagogik faoliyat bilan shugʻullanishi taqiqlangan shaxslarning qoʻshimcha xizmat koʻrsatuvchi guruhlarda faoliyat yuritishi taqiqlanadi.
Qoʻshimcha pullik taʼlim-tarbiya xizmatlarini tannarx kalkulyatsiyasi xar bir pullik qoʻshimcha talim-tarbiya xizmat turi buyicha maktabgacha taʼlim boʻlimi markazlashtirilgan mliya-buxgalteriya xizmati mutaxassislari tomonidan ishlab chiqiladi,belgilangan toʻlovlar miqdori taʼlim muassasasining kuzatuv kengashi yigʻilishida muxokama qilinadi va qaror asosida rasmiylashtiriladi.Qoʻshimcha pulik taʼlim-tarbiya xizmatlarining tasdiqlangan preykurant narxlari barcha shaxslar koʻrishi va koʻrishi mumkin boʻlgan joyga osib quyiladi.Rivojlantirish jamgʻarmasi shaxsiy gʻazna hisob varagʻida jamlanadi va xarajatlar amalga oshiriladi.Pullik xizmatlar mablagʻlari xizmatlar koʻrsatish buyicha umumiy xarajatlar qoplangandan keyin 80 foizi- maktabgacha taʼlim muassasasi xodimlarining moddiy ragʻbatlantirish xamda maktabgacha taʼlim muassasasi moddiy –texnika bazasini yaxshilashga ajratiladi.
10 foizi-Maktabgacha taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasiga;
5 foizi – tegishli tuman maktabgacha taʼlim Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmasiga.
5 foizi - Qaraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi,viloyatlar maktabgacha taʼlim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha taʼlim bosh boshqarmasining Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi. Xafzsizlik, ekologiya, sanitariya, gigiyena va mehnatni muhofoza qilish talablariga rioya qilish,amaldagi qonun xujjatlariga muvofiq buxgalteriya hisobini yuritish,tegishli maktabgacha taʼlim tuman (shaxar)boʻlimiga oʻz faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotni,belgilangan tartib va muddatlarda taqdim etiladi.Qoʻshimcha pullik taʼlim-tarbiya xizmatlari narxlarining toʻgʻri shaklantirilishi va qoʻllanishi ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining Ichki audit,moliyaviy va huquqiy nazorat xizmati hamda amaldagi qonun xujjatlari talablari asosida oʻrnatilgan tartibda tegishli Davlat nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
| NAZORAT SAVOLLARI |
MTT da pullik xizmatlarni tashkil etishga taʼsir koʻrsatuvchi omillar?
Byudjet va byudjetdan tashqari mablagʻlarning sarflanishini tartibga soluvchi meʼyoriy xujjatlarga kanday hujjatlar kiradi ?
Ijara shartnomasi asosida tushgan mablagʻlarning taqsimlanish foizlarini ayting ?
Homiylik yordamida tushgan mablagʻlardan foydalanish tartibi qanday?
Zamonaviy raxbarlarning qoʻshimcha mablagʻ topishdagi vazifalarini
sanab bering?
| 2-Mavzu “MTT DA PULLIK XIZMATLAR KOʻRSATISH FAOLIYATINI TASHKIL ETISHDAGI XUJJATLAR TOʻPLAMI BUXGALTERIYAGA TAQDIM ETILADIGAN HISOBOTLAR” |
ISH XUJJATLARI BILAN TANISHTIRISH
ISH XUJJATLARI BILAN TANISHISH.
Qoʻshimcha xizmatlarning tasdiqlangan preyskurant narxlari maktabgacha taʼlim tashkilotining barcha shaxslar kirishi va koʻrishi mumkin boʻlgan joyda (joylarda) hamda eʼlonlar taxtasiga osib qoʻyiladi.
Koʻrsatiladigan qoʻshimcha xizmatning ish rejasi;
Koʻrsatiladigan qoʻshimcha xizmatning ish rejasi maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Bolalarni qoʻshimcha xizmat koʻrsatuvchi guruhlarga qabul qilish.
Sud xukmi bilan yoki tibbiy xulosaga muvofiq pedagogik faoliyat bilan shugʻullanishi taqiqlangan shaxslarning qoʻshimcha xizmat koʻrsatuvchi guruhlarda faoliyat yuritishi taqiqlanadi.Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida qoʻshimcha taʼlim-tarbiya xizmatlari koʻrsatish hamda faoliyatini tashkil etish boʻyicha Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
Oʻz navbatida, qoʻshimcha pullik taʼlim-tarbiya xizmatlar hisobiga daromadlar olish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish paytida davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari quyidagilarga amal qilishlari lozim:
Amaldagi qonun xujjatlaridan yoki ular tomonidan tuzilgan shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish;
ILOVALAR
Mirzo Ulugʻbek tumani 512-MTTning qoʻshimcha pullik taʼlim-tarbiya
xizmat koʻrsatish boʻyicha
SHARTNOMA №
Toshkent sh. “_______”_____________20___y.
Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumani Maktabgacha taʼlim boʻlimi tasarrufidagi 512 -sonli maktabgacha taʼlim tashkilotsi (bundan buyon matnda tashkilot deb yuritiladi) nomidan ustav asosida faoliyat yurituvchi rahbari Toshtemirova Feruza Alimovna bir tarafdan _____________________________________________________________________ (bolaning otasi, onasi yoki ularning urnini bosuvchi shaxslarning ismi, sharifi )
Bolaning__________________________________________________________ (bolaning ismi, sharifi va tugʻilgan yili)
Bundan keyingi oʻrinlarda "Ota-ona" deb yuritiluvchi ikkinchi tarafdan, birgalikda taraflar deb yuritiladi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentyabrdagi PQ-3955-son “Maktabgacha taʼlim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgrisida”gi qaroriga muvofiq Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida qoʻshimcha pullik taʼlim-tarbiya xizmatlari (bundan buyon matnda qoʻshimcha xizmat deb yuritiladi) koʻrsatish tartibini qonunlashtirish maqsadida mazkur shartnomani quyidagilar haqida tuzdilar:
SHARTNOMA PREDMETI
Mazkur shartnoma MTT va ota-onalarning bolaga kushimcha pullik taʼlim-tarbiya berish, uning sogʻligini muhofazalash va mustahkamlash, hissiy mutanosibligini taʼminlash, jismoniy va intellektual (aqliy va shaxsiy) rivojlanishi, bolaning rivojlanish jarayonidagi ishtirokchilari sifatidagi xuquq va burchlarini belgilaydi.
TARAFLARNING XUQUQLARI VA MAJBURIYATLARI
2.1. MTT quyidagi majburiyatlarni oladi:
1. Tarbiyalanuvchini kushimcha taʼlim-tarbiya xizmat kursatuvchi guruxlarga 512- maktabgacha taʼlim tashkilotsi rahbarining buyrugʻi asosida qabul qilinadi.
2. “ ________________” qoʻshimcha pullik taʼlim-tarbiya xizmatlari guruxga kabul kilinadi.
3. Bolaning hayotini muhofaza kilish va jismoniy hamda psixik sogʻligini mustaxkamlash, ijodiy qobiliyatlari va qiziqishlarini rivojlantirish, bolannng rivojlanish xususiyatlarini inobatga olgan holda, uning shaxsiga alohida yondoshishini yulga qoʻyish, bolaning hissiy muvaffaqiyatlarga erishishi haqida gʻamhurlik qilish, bola xuquqlari Konvensiyasiga rioya kilish;
4. Tarbiyalanuvchiga kushimcha taʼlim-tarbiya xizmati tashkilot raxbari tomonidan tasdiklangan reja asosida olib borish ;
5. Tashkilotdagi kushimcha taʼlim-tarbiya uchun ajratilgan xonaning muhitni (xona, jihoz, oʻquv-koʻrgazmali qullanmalar, turli sport anjomlari) tashkil etish;
6. Ota-onaga kushimcha taʼlim-tarbiya xizmatini kursatish masalalarida malakali yordam koʻrsatish;
2.2 Ota-onalar quyidagi majburiyatlarni oladi:
1 Mazkur shartnoma talablariga katʼiy rioya kilish. ;
2. Toʻgarak raxbari bilan kelishmovchiliklar yuzaga kelganida, bolalarning ishtirokini aralashtirmay turib, zudlik bilan oʻz vaqtida tashkilot rahbariyati bilan hal kilish;
3.Farzandiga pullik kushimcha taʼlim-tarbiya xizmati uchun preyskurantda kursatilgan toʻlov mikdorini xar oyda 10 sanasidan kechiktirmasdan toʻlash.
4.MTT ishchilarining obroʻ- eʼtiborini hurmat kilish.
2.3. MTT qoʻyidagi huquqlarga ega:
1. MTT xodimlarining qonuniy huquq va qiziqishlarini himoya qilish;
2.Tarbiyalanuvchining tashkilotdagi kushimcha taʼlim-tarbiya xizmatida bulgan davri uchun tulaniladigan badal tulovi tulanilmagan takdirda ota-ona bilan tuzilgan shartnoma tashkilot tomonidan bir taraflama bekor kilish mumkin.
2.4. Ota-onalar quyidagi hukuklarga ega:
1. MTTda bolalar bilan ishlarni yaxshilash buyicha takliflar kiritish;
2.Shartnomada belgilangan shartlar buyicha bolaga sifatli kushimcha taʼlim-tarbiya xizmatini kursatish va hurmat bilan munosabatda boʻlishni talab kilish;
III. TOʻLOV HISOB-KITOB TARTIBI
1.Toʻlanadigan haqning hisob-kitobi ushbu shartnomaning ajralmas qismi boʻlib, “Bazaviy hisob varaq” asosida belgilanadi.
2.Bolaga qoʻshimcha pullik taʼlim-tarbiya berish uchun bir oylik toʻlovi _________soʻm
TARAFLARNING JAVOBGARLIGI
1.Taraflar ushbu shartnoma shartlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan holatlarda ular Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun xujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar. 2.Mazkur shartnoma ikki nusxada tuziladi va bir hil yuridik kuchga ega boʻlib tashkilot hamda ota-onalarda bir nusxadan saqlanadi.
V. Shartlar bajarilmagan holatlarini hal etish
1. Tomonlarning ushbu shartnoma majburiyatlarini bajarmasligi yoki kerakli darajada bajarilmasligi holatlarida ular Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksi, "Isteʼmolchilar xuquqini himoya qilish hakida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va boshka normativ-xuquqiy hujjatlarga binoan javobgarlikka tortiladilar
2 .Ushbu shartnoma buyicha yuzaga kelgan bahs va kelishmovchiliklar qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda hal qilinadi.
Shartnoma imzolagan tomonlarning manzillri
Tashkilot Yuridik manzili: Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumani , Feruza-2 mavzesi Telefon: +99871264-79-07 Bank rekvizitlari: Moliya Vazirligi Gʻaznachiligi R/s 23402000300100001010 MFO 00014 STIR: 301246135 XTUT:92400 _________________________________ (IMZO, MUXR) (FIO) Shaxsan shartnomaning 1-nusxasini oldim “______”__________ 2020 y
|
| Ota-ona Yashash manzili: ____________________________ ____________________________ Pasport maʼlumotlari : ____________________________ ____________________________ ____________________________ ____________________________ ____________________________ ____________________________ (imzo) (FIO)
|
___ - sonli pullik xizmat mehnat shartnomasi
Toshkent shahri “___”__________2019y
1. M.Ulugʻbek tumani maktabgacha taʼlim boʻlimi tasarrufidagi 446 -maktabgacha taʼlim tashkiloti nomidan tashkilot rahbari________________________ , bundan keyin “Ish beruvchi” deb nomlanadi va pedagog ______________________________________________
(toʻliq familiyasi, ismi,otasining ismi)
keyingi oʻrinlarda “Xodim”deb nomlanadi, mazkur shartnomani quyidagilar haqida tuzdilar:
2.Xodim______________________________________________________________________
(toʻliq familiyasi, ismi,otasining ismi) _____________________________________________________________________________
(korxona tarkibiy boʻlinmasining nomi,sex,boʻlim uchastka ,labaratoriya va boshqalar ) ______________________________________________________kasbi boʻyicha __________________________________________________________________
(YATMB (tasniflagich)boʻyicha kasb, lavozimining toʻliq nomi, razryad, malaka toifasi)
______________________________________qoʻshimcha pullik xizmat uchun qabul qilindi.
(korxonaning tuzilmaviy boʻlinmasi)
3. Ushbu shartnoma _______________________________________
(asosiy ish, oʻrindoshlik hamda qonunchilikka muvofik va boshkalar) boʻyicha shartnoma hisoblanadi
4. Shartnoma muddati _____________________________________
(nomuayyan muddatga, muayyan muddatga, besh yil muddatga,muayyan ishni bajarish vaktiga va shu ish nomi)
5.Shartnoma boʻyicha ish: __________________________da boshlanadi.
________________________________________da tugaydi.
6. Sinov muddati: _____________________________________________
(sinovsiz, sinov davomiyligi)
7.Xodimning majburiyatlari:
a) Mehnat va texnologiya intizomi (ichki mehnat tartib qoidalari, ustavlar va intizom
toʻgʻrisidagi qoidalar)ga rioya qilish;
b) Ish beruvchining qonuniy farmoyishlarini bajarish;
v) Mehnatni muhofaza qilish,xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi talablariga
rioya qilish;
g) Lavozim yoʻriqnomalariga rioya qilish;
d) YATMB,MBda nazarda tutilgan malaka majburiyatlariga rioya qilish;
ye) Qonun hujjatlariga va boshqa normativ hujjatlarga rioya qilish;
j) Xodim tomonidan rioya qilinadigan boshqa majburiyatlar;
__________________________________________________________________
(ish,mahsulot sifati; ish,xizmat kursatish meʼyorlarini bajarish va boshqalar)
8.Ish beruvchining majburiyatlari:
a) Xodimning mehnatini tashkil etish, xodimni Mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik
texnikasi qoidalari, lavozim yoʻriqnomasi, jamoa shartnomasi va boshqa meʼyoriy va
mahalliy hujjatlar bilan tanishtirish;
b) Mehnat va ishlab chiqarish intizomiga rioya kilinishini taʼminlash;
v) Ish xaqini oʻz vaqtida toʻlash;
g) bexatar va samarali mehnat qilish uchun shart – sharoitlarni yaratish,
xodimlarga bexatar ishlash yuzasidan yoʻl-yoʻriq berish ;
d) Ish joyini mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi qoidalariga muvofiq jihozlash;
ye) Qonun hujjatlariga va boshqa meʼyoriy hujjatlarga rioya qilish;
z) Ish beruvchi oʻz zimmasiga qoʻyiladigan boshqa majburiyatlar:
___________________________________________
9.Ish kuni tartibi____________________________________________ soatli ish haftasi
(toʻlik ish kuni, toʻliksiz ish kuni, qisqartirilgan ish kuni, soatbay ish, ish kuni boshlanishi hamda tugashi va boshqalar)
10. Ish xaqi toʻlash.
Xodimlar uchun quyidagilar belgilanadi:
a)____________________________________________________________
(toʻlov turi va uning aniq summasi yoki YATS razryadi yohud tushumdan toʻlanadigan foizlar va boshqalar koʻrsatiladi)
b) amaldagi qonunlar va meʼyoriy xujjatlarga muvofiq ish sharoiti bilan bogʻlik boʻlgan qoʻshimcha toʻlovlar, ustama, kompensatsiyalar quyidagi hajmlarda:________________________________________________________
v) jamoa shartnomasi shartlari bilan nazarda tutilgan, shuningdek, berilgan (mavjud) xukuklar va mablaglar doirasida raxbar tomonidan belgilanadigangan ragʻbatlantiruvchi tusdagi qoʻshimcha toʻlovlar, ustama, mukofot,boshka toʻlovlar: _______________________
11.Xodim uchun davomiyligi quyidagicha boʻlgan,pul toʻlanadigan har yillik taʼtil belgilanadi:
a) asosiy (mehnat)_______________________________________ish kuni
b) qoʻshimcha __________________________________________ish kuni
12. Mehnat shartnomasining mehnat sharoitlari mehnatga haq toʻlash xususiyatlari ijtimoiy himoya qilish, imtiyozlar berish va hokazolar bilan bogʻliq boshqa shartlari
TOMONLARNING MANZILLARI VA IMZOLARI:
Xodim: Ish beruvchi:
___________________________ ______________________________
___________________ (manzil) (manzil) _________________________ ________________________ (sana, imzo) (sana, imzo, muhr)
1.Toʻgarak rahbari mehnat
vazifalari bilan tanishdim: ______________________________________ (xodimning F.I.Sh. va imzosi)
2.Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida
qoʻshimcha pullik taʼlim-tarbiya xizmatlari
Nizomi bilan tanishdim: _________________________________________
(xodimning F.I.Sh. va imzosi)
oʻrindoshlik asosida jalb etilgan xodimlar bilan hisob-kitoblarni oʻz vaqtida va toʻgʻri amalga oshirish;
xavfsizlik, ekologiya, sanitariya, gigiyena va mehnatni muxhofaza qilish talablariga rioya qilish;
amaldagi qonun xujjatlariga muvofiq buxgalteriya hisobini yuritish;
tegishli maktabgacha taʼlim tuman (shahar) boʻlimiga oʻz faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotni, belgilangan tartib va muddatlarda taqdim etish borishlari.
Koʻrsatilgan qoʻshimcha pullik taʼlim-tarbiya xizmatlari boʻyicha tegishli tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimiga har oy yakuni boʻyicha keyingi oyning 10 sanasiga qadar hisobot topshirib borishlari lozim.
Oʻz navbatida tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimlari ham tuman (shahar)da koʻrsatilayotgan qoʻshimcha pullik taʼlim-tarbiya xizmatlari haqidagi tegishliligi maʼlumot va hisobotlarni Qoraqalipogʻiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, Toshkent shahar maktabgacha taʼlim bosh boshqarmasi va viloyatlar maktabgacha taʼlim boshqarmalariga har oy yakuni boʻyicha keyingi oyning 15 sanasiga qadar topshirishlari kerak.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, Toshkent shahar maktabgacha taʼlim bosh boshqarmasi va viloyatlar maktabgacha taʼlim boshqarmalari ham hududda koʻrsatilayotgan qoʻshimcha pullik taʼlim-tarbiya xizmatlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vazirligiga har oy yakuni boʻyicha keyingi oyning 20 sanasiga qadar hisobot topshirib borishi zarur
| NAZORAT SAVOLLARI |
“MTT larda ishchi xodimlarning qoʻshimcha oylik maoshi qaysi xisobdan qoplanadi?
Qoʻshimcha mablagʻ topish samaradorligini oshirish imkoniyatlari bormi?
Qoʻshimcha taʼlim xizmatlarini dolbzarbligini qoʻrsatib bering ?
MTTlardagt pedagog va tarbiyachi xodimlarni qoʻshimcha daromad topish imkoniyati mavjudmi ?
Qoʻshimcha taʼlim xizmatlarini dolzarbligi uchun qanday tavsiyalar bera olasiz?
MTT da pullik xizmatlar koʻrsatish faoliyatini tashkil etishda qaysi turdagi xujjatlar toʻplami toʻldiriladi
MTT da pullik xizmatlar koʻrsatish faoliyatini tashkil etishda qaysi turdagi xujjatlar buxgalteriyaga taqdim etiladi
IV. O’Z-O’ZINI TEKSHIRISH UCHUN TEST SAVOLLARI
| TEST |
T/r | Test savollari | Javob 1 | Javob 2 | Javob 3 | Javob 4 |
| MTTdagi qoʻshimcha taʼlim-tarbiya guruxida bolalar soni necha nafardan koʻp boʻlmasligi kerak? | 25 | 20 | 30 | 35 |
| MTTlarda taʼlim -tarbiya xizmatlarining tasdiqlangan preyskurant narxlari kaysi joylarda turadi? | kirish eshikda | xonada | papkada | eʼlonlar taxtasida |
| MTTda qoʻshimcha taʼlim-tarbiya xizmatlari tannarx kalkulyatsiyasi kim tomonidan ishlab chiqiladi? | markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya mutaxassislari | MTT mudirasi | kuzatuv kengashi | yuqori tashkilot tavsiyasi |
| Qoʻshimcha taʼlim-tarbiya xizmatlaridan necha foizi MTT xisob raqamida qoladi.da | 80% | 10% | 5% | 60% |
| MTTda qoʻshimcha taʼlim-tarbiya guruhlariga qabul uchun shartnoma qayerda roʻyxatga olinadi? | Kitobga | Shartnomalarni roʻyxatga olish jurnalida | Buyruq | Tasdiqlangan tabel |
| Qoʻshimcha taʼlim tarbiya xizmatlaridan foydalanishni istagan ota-onalar MTT ga nima asosda murojaat qiladi.? | Ariza | Ogʻzaki murojaat | Kelishuv | Ruyxatga turish |
| MTTda qoʻshimcha taʼlim-tarbiya guruhlarini shakllantirishda kimning yordamida shaklantiriladi? | mahalla yordamida | institut xodimlari yordamida | ota-onalar yordamida | ota-onalar yordamida |
| MTTda qoʻshimcha taʼlim- tarbiya xizmatlari uchun bayonnoma kim tomonidan beriladi? | Vasiylik kengashi | Ota-onalar kengashi | Kuzatuv kengashi | Pedagoglar kengashi |
| MTTda qoʻshimcha taʼlim-tarbiya xizmatlari nima asosida tashkil etiladi? | MTT rahbari buyrugʻiga muvofiq xujjatlar asosida | xulosasiga muvofiq xujjatlar asosida | kalkulyatsiya -preykurant narxlari asosida | kelishilgan shartnoma asosida |
| MTT da qoʻshimcha taʼlim tarbiya xizmatlari koʻrsatishdan olingan daromadlar kayerda jamlanadi? | rivojlantirish jamgʻarmasi buyicha gʻazna xisob varagʻida jamlanadi. | xisobxonada | raxbar xonasida | MTT xisob raqamida |
| MTTlarda taʼlim -tarbiya xizmatlarining tasdiqlangan preyskurant narxlari kaysi joylarda turadi? | kirish eshikda | xonada | papkada | eʼlonlar taxtasida |
| MTTda qoʻshimcha taʼlim-tarbiya xizmatlari tannarx kalkulyatsiyasi kim tomonidan ishlab chiqiladi? | markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya mutaxassislari | MTT mudirasi | kuzatuv kengashi | yuqori tashkilot tavsiyasi |
| V. ADABIYOT VA MANBALAR ROʻYXATI |
1. Oʻzbekiston Respublikasining qonuni “Davlat budjetining gʻazna ijrosi toʻgʻrisida “26-avgust 2004-yil.
2. Oʻzbekiston Respublikasining qonuni “ Budjet kodeksi toʻgʻrisida “2013-yil 26-dekabr OʻRQ 360-son Qonuni.
3. Oʻzbekiston Respublikasining qonuni “Moliya Vazirligining 2014-yil 14-noyabrdagi 74-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarining xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom”.
4.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-avgustdagi PQ-3231-sonli qarori “Taʻlim va tibbiyot tashkilotlarini moliyalashtirish mexanizmini hamda davlat moliyaviy nazorat tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”
5.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʻlim vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” PQ-3305-son qarori.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi “Uzbekiston Respublikasining 2018-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-3454 sonli qarori.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-apreldagi “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi 472- sonli qonuni.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi “Maktabgacha taʻlim tizimini yanada ragʻbatlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-3651-sonli qarori.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30 sentabrdagi PQ-3955-sonli “Maktabgacha taʻlim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”
10. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʻlim vazirligining 20 19 yil 28-yanvardagi 14-sonli buyrugʻi “Davlat maktabgacha taʻlim tashkilotlarida taʻlim-tarbiya xizmatlari koʻrsatish faoliyatini tashkil etish” .
11.Vazirlar Maxkamasining 2020-yil 28-fevraldagi “114-sonli qarori “2020-yil uchun maktabgacha taʻlim tashkilotlarida bolalar taʻminoti uchun ota-onalar toʻlovi miqdorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”
12.Vazirlar Maxkamasining 2021-yil 29-apreldagi “256-sonli qarori “2021-yil uchun maktabgacha taʻlim tashkilotlarida bolalar taʻminoti uchun ota-onalar toʻlovi miqdorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
VI. TARQATMA MATERIALLAR
“Kichik guruhlarda ishlash” metodi
Guruhlarda ishlashni boshlashdan oldin daqqat bilan guruh topshirigʻini oʻqib chiqing, uni bajarish boʻyicha majburiyatlarni taqsimlang.
Guruxlarda ishlash va taqdimot qilish reglamenti: 1. Guruhlarda topshiriqni bajarish – 40 daqiqa 2. Har bir guruh faoliyati natijasini taqdimoti – 10 daqiqa Hurmatli tinglovchilar. Ushbu belgilangan reglamentdan chetga chiqmasliklaringizni soʻraymiz. |
Ish reja ishlab chiqish
t/r
| Topshiriq | Masʼul | Muddat | Kutilayotgan natija | Amaldagi natija | Izoh |
1
|
|
|
|
|
|
|
2
|
|
|
|
|
|
|
3
|
|
|
|
|
|
|
Izoh.Tinglovchilar guruhlarga boʻlinib har bir guruh ish rejasini ishlab chiqadi.
«Kichik guruhlarda ishlash» metodi
Guruhlarda ishlashni boshlashdan oldin daqqat bilan guruh topshirigʻini oʻqib chiqing, uni bajarish boʻyicha majburiyatlarni taqsimlang.
Guruhlarda ishlash va taqdimot qilish reglamenti: 1. Guruhlarda topshiriqni bajarish – 40 daqiqa 2. Har bir guruh faoliyati natijasini taqdimoti – 10 daqiqa Xurmatli tinglovchilar. Ushbu belgilangan reglamentdan chetga chiqmasliklaringizni soʻraymiz. |
Izoh.Tinglovchilar guruhlarga boʻlinib berilgan topshiriqlarni javobini yozib beradi.
Topshiriq: |
Byudjetdan tashqari mablagʻ Nima asosida shakllanadi |
Talim-tarbiya qoʻshimcha Mablagʻlarni tashkil etishda nimalarga Etibor berish kerak |
Kuzatuv kengashining taʼlim-tarbiya qoʻshimcha mablagʻ topishdagi roli |
“Kichik guruhlarda ishlash” metodi
Guruhlarda ishlashni boshlashdan oldin daqqat bilan guruh topshirigʻini oʻqib chiqing, uni bajarish boʻyicha majburiyatlarni taqsimlang.
Guruxlarda ishlash va taqdimot qilish reglamenti: 1. Guruhlarda topshiriqni bajarish – 40 daqiqa 2. Har bir guruh faoliyati natijasini taqdimoti – 10 daqiqa Hurmatli tinglovchilar. Ushbu belgilangan reglamentdan chetga chiqmasliklaringizni soʻraymiz. |
t/r
| Topshiriq | Masʼul | Muddat | Kutilayotgan natija | Amaldagi natija | Izoh |
1 |
|
|
|
|
|
|
2 |
|
|
|
|
|
|
3 |
|
|
|
|
|
|
Izoh.Tinglovchilar guruhlarga boʻlinib har bir guruh ish rejasini ishlab chiqadi.
«Kichik guruhlarda ishlash» metodi
Guruhlarda ishlashni boshlashdan oldin daqqat bilan guruh topshirigʻini oʻqib chiqing, uni bajarish boʻyicha majburiyatlarni taqsimlang.
Guruhlarda ishlash va taqdimot qilish reglamenti: 1. Guruhlarda topshiriqni bajarish – 40 daqiqa 2. Har bir guruh faoliyati natijasini taqdimoti – 10 daqiqa Xurmatli tinglovchilar. Ushbu belgilangan reglamentdan chetga chiqmasliklaringizni soʻraymiz. |
Izoh.Tinglovchilar guruhlarga boʻlinib berilgan topshiriqlarni javobini yozib beradi.
Topshiriq: |
Byudjetdan tashqari mablagʻ Nima asosida shakllanadi |
Talim-tarbiya qoʻshimcha Mablagʻlarni tashkil etishda nimalarga Etibor berish kerak |
Kuzatuv kengashining taʼlim-tarbiya qoʻshimcha mablagʻ topishdagi roli |
22