Ushbu oʻquv-uslubiy majmuada Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ekologik taʻlim-tarbiya va hayot faoliyati xavfsizligini tashkil etish, maktabgacha yoshdagi bolalarda ekologik ong va madaniyatni oshirish, bolalar salomatligini muhofaza qilish va xafsizligini taʻminlash boʻyicha maʼlumotlar berilgan.
Tuzuvchi:
| MTTDMQTMO instituti “Maktabgacha taʼlim menejmenti” kafedrasi v.v.b.dos., p.f.f.d(PhD) Sharipova G.N.
|
Taqrizchilar:
| “Maktabgacha taʼlim menejmenti” kafedrasi mudiri F.R.Valiyeva
|
Malaka oshirish toifasi: | Maktabgacha taʼlim tashkiloti psixologi Maktabgacha taʼlim tashkiloti logopedi-oʻqituvchisi Maktabgacha taʼlim tashkiloti oʻqituvchi-defektologi Maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisi Maktabgacha taʼlim tashkiloti til oʻqituvchisi Maktabgacha taʼlim tashkiloti xoreografi Oilaviy NMTT tarbiyachisi |
MUNDARIJA
I. | KIRISH........................................................................................ | 4 |
II. | TEXNOLOGIK XARITASI........................................................ | 6 |
III. | MAʼRUZA MATN VA OʻQUV MATERIALLAR................ …..… | 7 |
IV. | OʻZ-OʻZINI TEKSHIRISH UCHUN TEST SAVOLLAR............ | 30 |
V. | ADABIYOT VA MANBALAR ROʻYXATI................................ | 32 |
VI. | TARQATMA MATERIALLAR.................................................. | 34 |
I.KIRISH
Mamlakatimizda taʼlim tizimining modernizatsiya qilinishi, uni tarkibiy jihatdan qayta qurish, taʼlim, fan, texnika va texnologiyaning, iqtisodiyot va madaniyatning jahon miqyosidagi zamonaviy yutuqlarini hisobga olgan holda taʼlim dasturlarini oʻzgartirib, yangilab borishni koʻzda tutadi. Uzluksiz taʼlimning poydevori hisoblangan maktabgacha taʼlimni rivojlantirish, jamiyat va shaxs ehtiyojlarini toʻlaqonli qondirish hamda taʼlim jarayoni ishtirokchilariga zaruriy va yetarli sharoitlarni yaratish maqsadida 2016-yil 29-dekabrdagi "2017-2021-yillarda maktabgacha taʼlim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-2707-sonli qarori, 2017-yil maktabgacha taʼlim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-3261-sonli qaroridagi zamonaviy talablar asosida maktabgacha taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan rivojlanish va oʻzgarishlarga asos boʻlish bilan birgalikda mazkur sohaning rahbar va pedagogik xodimlariga oʻziga xos talablarni belgilab berdi.
“2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekiston taraqqiyoti stategiyasi”da ham atrof-tabiiy muhit, aholi salomatligi va genofondiga ziyon yetkazadigan ekologik muammolar, favqulodda vaziyatlarni oldini olish va bartaraf etish tizimini takomillashtirish masalalariga alohida eʼtibor qaratilgan. Mazkur masala boʻyicha keyingi yillar ichida Oʻzbekistonda 25 tadan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi va ularning amaliy tadbiqiga doir malaka oshirish tizimi uchun talablar kiritildi.
Hozirgi kunda dunyo hamjamiyati oldida turgan muhim masalalardan biri turli miqyosda inson xavfsizligi, xususan uning bir elementi boʻlmish HFXni taʼminlashdir. Mazkur oʻquv uslubiy majmua Oʻzbekiston Respublikasining Prezidentining 2019-yil 8-mayda “Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PQ-4312-sonli, 2019-yil 16-dekabrdagi “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-apreldagi “Maktabgacha hamda umumtaʼlim muassasalari faoliyatini tekshirish ishlarini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 352-son, 2019-yil 27-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasida ekologik taʼlimni rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 434-sonli qarorlari hamda Maktabgacha taʼlim vazirligining 2018-yil 30-apreldagi 20/1-sonli, 2018-yil 30-avgustdagi 701-son qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida Favqulodda vaziyatlar vazirligi qoshida tuzilgan idoralararo Kengashi tomonidan milliy taʼlim tizimi, jumladan maktabgacha taʼlim tizimi uchun ekologik taʼlim-tarbiya va hayot faoliyati xavfsizligi boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish va uni malaka oshirish kurslarining umutaʼlim fanlariga joriy etish vazifasini muntazam oshirib borishni nazarda tutadi.
Modul nomi: “Maktabgacha taʼlim tashkilotida ekologik taʼlim-tarbiya va hayot faoliyati havfsizligini tashkil etish”.
Modul maqsadi: tinglovchilarning mehnat faoliyatlarini zamon talablariga moslashtirish uchun ularda MTTda ekologik taʼlim-tarbiya va hayot faoliyati xavfsizligini tashkil etishga doir bilim, koʻnikma hamda malakalarni shakllantirish.
Kutilayotgan natija: tinglovchilar ushbu modul yakunida quyidagi bilim, koʻnikma va malakalarga ega boʻlishlari kerak:
MTTda ekologik taʼlim-tarbiya berishning mazmuni, bolalarda ekologik madaniyatni shakllantirishga qaratilgan ekologik tarʼlim-tarbiya berishning zamonaviy talablarini bilib oladi.
Hayot faoliyati xavfsizligining dolzarb muammolari, MTTda xavfsizlik meʼyorlari, taʼlim-tarbiya jarayonlarini tashkil etish va bolalarda HFX koʻnikmalarini shakllantirish yoʻnalishlari boʻyicha koʻnikmalarga ega boʻladilar.
MTTda ekologik taʼlim-tarbiyani tashkil etish, bolalar hayot faoliyati xavfsizligini taʼminlash, hayot faoliyati xavfsizligi boʻyicha olgan tegishli bilim va koʻnikmalarni MTTda qoʻllash malakasini egallaydi.
II. MAKTABGACHA TAʻLIM TASHKILOTIDA EKOLOGIK TAʻLIM-TARBIYA VA HAYOT FAOLIYATI HAVFSIZLIGINI TASHKIL ETISH MODULI TEXNOLOGIK XARITASI
Vaqt | Mavzu | Jarayon, metod | Resurs, tarqatma materiallar | Tinglovchining faoliyati |
80 daqiqa | 1-mavzu: MTTda ekologik taʼlim-tarbiyani tashkil etish (2 soat nazariy) | |||
35 daqiqa | Ekologik taʼlim va tarbiya tushunchasi, mazmuni va mohiyati |
Maʼruza, Bahs munozara
| Elektron doska, slaydlar, savollar toʻplami, tarqatma materiallar | Tinglaydi, savol-javob, maʼlumotlar-ni yozib oladi, fikr mulohaza |
45 daqiqa | MTTda ekologik taʼlim-tarbiya berish jarayonini tashkil etish | Tarqatma mate-riallar bilan ishlash. Kichik guruhlar taqdimoti | Slayd, kichik guruhlarga topshiriqlar | Munozarada faol ishtirok etadi |
80 daqiqa | 2-mavzu. MTTda hayot faoliyati xavfsizligini tashkil etish (2 soat amaliy) | |||
35 daqiqa | MTTda hayot faoliyati xavf-sizligiga qoʻyiladigan talablar | Taqdimot mate-riallari orqali mavzu ochib berila-di. «Aqliy hujum» | Slaydlar, Savollar toʻplami, tarqatma materiallar | Tinglaydi, yozib oladi, mavzu toʻgʻrisida oʻz fikrini bildiradi |
45 daqiqa | MTT pedagog-larining hayot faoliyati xavf-sizligi boʻyicha bolalar bilan olib boriladigan faoliyat yoʻnalish-lari | Tarqatma materialar bilan ishlash. “Kichik guruhlarda ishlash” | Slayd, kichik guruhlarga topshi-riqlar, tarqatma | Tinglovchi oʻzi-ning tajriba-sidan misollar keltiradi va bahs munozarada faol ishtirok etadi |
III. MAʼRUZA MATN VA OʻQUV MATERIALLARI
1-mavzu: MTTda ekologik taʼlim-tarbiyani tashkil etish
Reja:
Ekologik taʼlim va tarbiya tushunchasi, mazmuni va mohiyati
MTTda ekologik taʼlim-tarbiya berish jarayonini tashkil etish
1.1.Ekologik taʼlim va tarbiya tushunchasi, mazmuni va mohiyati
Bugungi kunda dunyodagi ekologik muammolarni hal etishda aholi, ayniqsa, yoshlar, bolalarning ekologik madaniyatini yuksaltirish, har bir insonda atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda boʻlish, mamlakatning noyob tabiati, tabiiy boyliklarini kelgusi avlodlar uchun asrab-avaylash hissini shakllantirish, ekologik holatni yaxshilash va atrof-muhitga salbiy taʼsirning oldini olish eng dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.
Oʻzbekiston mustaqilligining dastlabki yillaridanoq mamlakatimizda ekologik masalalar, tabiatda roʻy berayotgan noxush hodisalar oqibatini bartaraf etish, roʻy berishi mumkin boʻlgan vaziyatlarning oldini olish kabi dolzarb vazifalarga katta eʼtibor karatib kelinmokda. Insonning tabiatga notoʻgʻri munosabati natijasida yuzaga keladigan salbiy holatlarning oldini olishda ekologik taʼlim-tarbiyaning oʻrni nihoyatda katta.
Jahonning barcha mamlakatlari kabi Oʻzbekistonda ham shaxs va jamiyatning moddiy va maʼnaviy madaniyati ekologik mazmunga ega boʻlmokda. Endilikda respublikamizda chikindisiz, kam chiqitli va ekologik toza texnologiyalarni joriy etish, atrof-muhitni muhofaza qilishning iqtisodiy mexanizmlarini rivojlantirish va takomillashtirish, ekologik xuquqbuzarliklar uchun maʼmuriy-xuquqiy choralar koʻrish, ekologik maʼrifat orqali aholining ekologik tafakkurini rivojlantirish, xalqaro ekologik munosabatlarni yoʻlga qoʻyish, tabiat, atrof-muhitga koʻrsatilayotgan salbiy antropogen taʼsirlarni kamaytirish, insonning atrof-muhitga sifat jihatidan yangicha munosabatini shakllantirishga olib kelmoqda.
Mamlakatimiz uzluksiz taʼlim tizimining barcha boʻgʻinlarida, jumladan, maktabgacha taʼlim tizimida ekologik taʼlim-tarbiyaga katta eʼtibor karatilayotganligi Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan xam eʼtirof etilganligini qayd etishimiz oʻrinli: “Oʻzbekistonda maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarni tabiat va atrof-muhit bilan tanishtirish mashgʻulotlari tashkil qilinadi. Jami maktabgacha taʼlim tashkilotlarining 40 foizida ekologik taʼlim uchun maxsus xonalar bor va tashkilotlarning 16 foizida bolalar tabiatni parvarish qilishni oʻrganadigan «Atrof-muhit soʻqmoqlari” tashkil qilingan». Shu oʻrinda “Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan Davlat talablari”, “Ilk qadam” davlat dasturi ham maktabgacha yoshdagi bolalarning ekologik taʼlim-tarbiyasiga alohida eʼtibor qaratilganligini taʼkidlab oʻtish lozim.
Ekologik madaniyat – Maktabgacha taʼlim pedagogikasining yangi yoʻnalishlaridan boʻlib, bolalarni tabiat bilan tanishtirishning anʼanaviy shakllaridan farq qiladi.
Ekologik tarbiyaning asosiy maqsadi bolalar shaxsiy faoliyati sohalari ekologik rivojlangan ong, emotsional-hissiy tuygʻularni rivojlantirishga qaratilgan.
Ekologik tarbiya – bu insonning umumiy madaniyatining ajralmas qismi boʻlib faoliyat turlarining koʻp yoʻnalishlarini oʻz ichiga oladi, natijada insonning ekologik ongi (qiziqishlari, ehtiyojlari, his-tuygʻulari, qaygʻurishi, estetik baholashi, didi va h.k.) shakllanadi.
Maktabgacha yosh ekologik madaniyatni shakllantirishda eng maʼqul davr hisoblanadi. Bu yoshda bolaning dunyoqarashi va ongi, odob-axloq meʼyorlari rivojlanayotgan boʻladi. Bu yoshda inson, bola goʻzallikka, jonli va jonsiz tabiat bilan hamohang boʻlishga, jamoaviy va doʻstona munosabatlarga tayyorlik, ruhiy yuksalish va oʻzini anglashga, olamni chegaralarsiz qabul qilishga, yuksak axloqiy sifatlarga intiladi. Bola oʻzgalarning qaygʻusini his qiladi, oʻzning va boshqalarning adolatsizligini ogʻir qabul qiladilar, kattalarning yaxshi ishlariga va sifatlariga taqlid qiladilar. Bolaning begʻubor qalbi moddiy va ruhiy olamni oʻzida birlashtiradi. Mana shu birlashuvsiz bolada ekologik dunyoqarash va ongni shakllantirish imkonsiz.
Vatanimiz tabiati, atrof-muhitiga nisbatan hurmat, ehtiyotkorona munosabat va unga masʼuliyat bilan qarash hissini maktabgacha yoshdagi har bir bola shaxsida tarbiyalashimiz lozim. Maktabgacha yoshdagi bola oʻz atrofidagi tabiiy-ijtimoiy muhit taʼsirida va mahallada oʻrnatilgan axloqiy-ekologik tartibotlar asosida yashaydi. Zero, yurtimizning goʻzal tabiati, uning kelgusi holati aynan ularning atrof-muhitga boʻlgan munosabati orqali belgilanadi.
Zaminimizdagi tabiiy manbalarni asrab-avaylashning eng muhim vositalaridan biri oʻsib kelayotgan yosh avlodni tabiatni asrashga oid ekologik bilimlardan xabardor qilish, ularga ekologik tarbiya berish hisoblanadi. Tabiatga ehtiyotkorona munosabatda boʻlish, uning boyliklaridan unumli foydalanish, tevarak-atrofdagi muhitni yaxshilash, uning buzilishi, ifloslanishiga yoʻl qoʻymaslik, tabiatga nisbatan axloqiy qiymatdagi xatti-harakatlarni amalga oshirish malaka va koʻnikmalari esa bolalikdan rivojlan-tirilsagina maqsadga erishish mumkin. Ayni maqsadlar insonning butun hayoti davomida mafkura, siyosat, sanʼat, adabiyot, ilmiy bilimlar, ishlab chiqarish amaliyoti, taʼlim-tarbiya, tashviqot orqali amalga oshirilishi mumkin. Bu ishlarning dastlabki shakllari maktabgacha taʼlim yoshidan boshlanishi zarur. Bolaning maktabgacha taʼlim yoshi davrida tevarak-atrofdagi borlikka nisbatan ongli ravishda tabiatga ijobiy munosabati tarkib topa boshlaydi va u ona tabiatga boʻlgan gʻamxoʻrligini orttira boradi.
Oʻzbekiston tabiatida bola uchun kerakli boʻlgan bilim va taassurotlarga ega boʻlishga yordam beruvchi manbalar yetarlidir. Tevarak-atrofda mavjud boʻlgan jonsiz va ayniqsa, tirik tabiat obyektlariga boʻlgan qiziqish bolalarda erta paydo boʻladi. Bolada koʻz bilan koʻrgan narsalarga nisbatan qiziqishi orta boradi. Bundan tashqari, tabiatdagi mavsumiy oʻzgarishlar, ranglar jilosi, turli-tuman hid, ovozlar ham ular diqqatini oʻziga jalb kiladi. Bolalar hamma narsani oʻz koʻzlari bilan yakindan koʻrishga, ushlab koʻrishga harakat kiladilar.
Bolalardagi atrof-muhitga boʻlgan qiziqishni qoʻllab-quvvatlash bilan bir vaqtda, ularni tabiatni asrab-avaylash ruhida tarbiyalash kerakligini esdan chiqarmaslik kerak.
Shunga eʼtibor berish kerakki, katta odamlarning oʻzlari tabiatni sevishlari va bu tuygʻuni bolalarda uygʻota olishlari zarur. Biz insonlarning hech qachon tabiat bilan aloqamiz uzilmaydi. Shunday ekan, bolalarga kichkina dala, gulning chiroyi, quyosh botishidagi ranglar jilosi, nastarin gulining gullashini koʻrish va qushlar chugʻurlashining ohanglarini eshitish uchun sabr-toqatli boʻlish kerakligi va goʻzallikni his qilishni oʻrgatish lozim.
Ekologik tarbiya maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarni maʼnaviy-maʼrifiy tarbiyalash, tabiat goʻzalliklarini koʻra bilishlarida katta yordam beradi.
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga tarbiya berishda unga toza kiyim kiydirish, yurish-turishining ozoda boʻlishini uqtirib turish ilk ekologik tarbiyaning asosi boʻladi. Bola yashaydigan uy va uning atrofi toza, shinam va chiroyli bulsa, farzand ham shunday yashashga intiladi.
Ekologik taʼlim, yaʼni sogʻlom turmush tarzini tashkil qilishda tarbiyani ikki xil yoʻl bilan amalga oshirish muhim: birinchidan, ekologik taʼlim-tarbiya oilada ota-onalar ishtirokida; ikkinchidan, maktabgacha taʼlim tashkiloti, maktab, oliy va oʻrta maxsus bilim yurtlarida olib borilishi lozim.
Ekologik taʼlim-tarbiya maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalar orasida bebaho insonparvarlik munosabatini rivojlantiradi: tabiatning barcha obyektlariga nisbatan qiziqishini uygʻotadi, atrof-muhitning shart-sharoitini oʻrganish, unga gʻamxoʻrlik qilish malakalarini rivojlantiradi.
Tabiat bolani maʼnaviy boyitishning bitmas-tuganmas manbaidir. Bolalar doimo u yoki bu shaklda tabiat bilan aloqada boʻladilar. Ularni yam-yashil oʻtloqlar, anvoyi gullar, kapalaklar, qoʻngʻizlar, qushlar, hayvonlar, suzib yurgan bulutlar, pagʻa-pagʻa yogʻayotgan qor uchqunlari, jilgʻa va koʻlmaklar oʻziga jalb qiladi. Oʻsimlik hamda jonzotlarning xilma-xil olami bolalarda tabiatga nisbatan jonli qiziqish va havas uygʻotadi, ularni faoliyatga undaydi. Tabiat bilan muloqotda boʻlish bolalarda atrof-olam haqida realistik bilim, jonli mavjudotga insoniy munosabatda boʻlishni shakllantirishga yordam beradi.
Tabiatda ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlishni tarbiyalash maktabgacha taʼlim tashkilotlarining eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiat bilan tanishtirish jarayonida tabiatga nisbatan ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlishni tarkib toptirishga katta eʼtibor beriladi.
Bolalar tabiat haqida juda boʻlmaganda ilk bilimlarni egallab, oʻsimliklarni oʻstirish, hayvonlarni parvarish qilishning oddiy usullarini oʻrganib, tabiatni kuzatish, uning goʻzalliklarini koʻra olishni bilib olgan taqdirdagina ularda tabiatga nisbatan ehtiyotkorlik va gʻamxoʻrona munosabatda boʻlishni tarbiyalash imkoniyati tugʻiladi. Bolalarda tabiat, jonajon oʻlka, ona Vatanga muhabbat xuddi mana shu asnoda shakllanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning ekologik tarbiyasi muhim ahamiyatga ega boʻlib, xuddi mana shu yoshda bolada maʼnaviy madaniyatning bir qismi hisoblangan shaxsiy ekologik madaniyatning poydevorlari shakllanadi.
Bolalarning ekologik tarbiyasi - maqsad sari yoʻnaltirilgan pedagogik jarayondir. Shaxsni ekologik tarbiyalash, tabiatni muhofaza qilish munosabatlariga ijobiy yondashish, tabiat bilan bogʻliq boʻlgan faoliyatni amalga oshirishda ekologik muhofaza nuqtayi nazaridan yoʻnaltirilgan intizom, ekologik ongning yuzaga kelishi bilan tavsiflanadi.
Shaxsning ekologik madaniyati ekologik tarbiyaning natijasi boʻlib hisoblanadi. Maktabgacha yoshda bolaning shaxsiy ekologik madaniyatining tarkibiy qismi - tabiatni bilish boʻyicha bilim va uning ekologiya nuqtai nazaridan yoʻnaltirilganligini kundalik turmush, turli-tuman faoliyatlarda (uy sharoiti, mehnat jarayoni va turli xil oʻyinlarda) foydalanish tashkil qiladi. Tabiatga nisbatan aqliy, estetik munosabatlar bola tomonidan oʻzlashtirilayotgan bilimlarning mazmuni bilan yaqindan bogʻliqdir. Ekologik mazmun bilan bogʻliq boʻlgan bilim tabiatda bolalar faoliyati va ularning oʻzini tuta bila olishi, intizomini boshqarib turadi va maqsad sari yoʻnaltiradi. Tabiatga boʻlgan munosabatni shakllantirishda bolalar idrokiga yetarli darajada yetib boruvchi tabiat qonunlari boʻyicha bilim alohida oʻrin egallaydi. Tabiatga nisbatan boʻlgan munosabatni rivojlantirish (mashgʻulot, ekskursiya, sayr qilish kabi hayotiy vaziyatlar) bolaning maʼnaviy-ijobiy, ruhiy kechinmalariga asoslangan pedagogik jarayonni tashkil qilish bilan yakindan bogʻliq.
Tarbiyachi bolada tirik jonzotga nisbatan achinish, uni asrab-avaylash, jonli tabiat bilan uchrashganda undan bahra olish, quvonish, taajjublanish, oʻzining qilgan ishidan magʻrurlanish, qoniqish hissini uygʻota bilishi kerak.
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarni tabiat, yilning turli fasllarida unda roʻy berib turadigan oʻzgarishlar bilan tanishtirib boriladi. Hosil kilingan bilimlar asosida tabiat hodisalarini aniq tushuna bilish, qiziquvchan boʻlish, kuzata bilish, mantiqan fikr yurita olish, jamiki tirik narsaga zavq-shavq bilan qarash kabi fazilatlar shakllanib boradi. Tabiatga mehr qoʻyish, uni ehtiyot kilib eʼzozlash, tirik jonivorlar toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qilish tabiatga qiziqish uygʻotibgina qolmay, balki bolalarda vatanparvarlik, mehnatsevarlik, tabiat boyliklarini ardoqlab, koʻpaytirib borayotgan kattalarning mehnatiga hurmat bilan qarash kabi eng yaxshi xususiyatlarni shakllantirib borishga ham yoʻl ochadi.
Maktabgacha taʼlim tashkilotining xona oʻsimliklari va baʼzi hayvonlar parvarishlab boqiladigan tabiat burchagi bolalarni tabiat bilan tanishtirish, unga mehr-muhabbat uygʻotishga yordam beradi.
Ekologik taʼlim-tarbiya - insonning tabiatdan ongli ravishda foydalanish, psixologik axloq-odob yuzasidan xalqimizning tabiatga nisbatan eʼtibor bilan qaraydigan urf-odatlari, anʼanalari asosida yoshlarni tarbiyalash, ular ongida tabiat, uning boyliklariga mehr-muhabbat uygʻotish, ularni tejamkorlikka va tabiiy boyliklarni asrab-avaylashga oʻrgatishdan iborat.
Yashil olam inson salomatligini saqlashda nihoyatda katta ahamiyatga ega ekanligi, shuning uchun ham har birimiz oʻz taʼlim dargohimiz, hovlimiz, koʻcha va xiyobonlarni koʻklamzorlashtirish ishida faol qatnashishimiz, koʻchat oʻtqazib, ularni parvarish qilish orqali atrof-muhitning musaffo boʻlishiga hissa qoʻshishimiz kerakligini tushuntirishimiz lozim.
Hozirgi davr oʻsib kelayotgan yosh avlod ongida tabiatga nisbatan ongli munosabatda boʻlish hissini shakllantirish va rivojlantirishni taqozo etmoqda. Tabiatning kelgusida gullab-yashnashi yoki ekologik muammolarning globallashib borishi yosh avlodning tabiatga nisbatan munosabatiga bevosita va bilvosita bogʻliqligini yosh avlod ongiga singdirish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.
Bugun oʻtmishda tabiatga yetkazilgan zararning chuqur asoratlarini tugatish, ekologik xavfsizlik va atrof-muhit muhofazasiga alohida eʼtibor qaratilayotgan bir paytda ekologik madaniyat degan tushunchani yosh avlod ongida shakllantirish va rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Tabiat boyliklaridan unumli foydalanish, ularni muhofaza kilish masalalarini ongli ravishda hal etish uchun oila, maktabgacha taʼlim tashkilotlaridan boshlab bolalarda tabiat neʼmatlariga mehr-muhabbat ruhini shakllantirish, ekologiyaga oid bilimlarni ular ongiga singdirish yosh avlodni kelajakda atrof-muhitni muhofaza qila oladigan va tabiatdan unga zarar keltirmagan holda foydalana oladigan boʻlib voyaga yetkazishda muhim omil bulib xizmat qiladi.
Maktabgacha taʼlim tashkiloti ekologiya yoʻnalishida ish olib borib, bolalarga kundalik hayotlarida jonli va jonsiz tabiat boʻyicha taʼlim berib borishi lozim. Xar bir guruhda rivojlantiruvchi muhitda ekologik bilimlarni tashkil etish kerak. Bizni oʻrab turgan tevarak-atrofga toʻgʻri munosabatda boʻlish, jonli tabiatni parvarish qilish va uni muhofaza qilishga qaratilgan tarbiyaviy ishlarni muntazam olib borish lozim.
Ekologik tarbiya va goʻzallik bilan tarbiyalashda tabiat bilan magʻrurlanish hissini tarbiyalash zarur. Tabiatdagi gullar, oʻtlar, hasharotlarning hammasi bolalarni oʻziga jalb etadi. Bolalarimizni tabiat soqchilari kilib tarbiyalashimiz zarur. Tarbiyachi bolalarga ilk yoshdan tabiat bilan taajjublanish, magʻrurlanish hissini singdirib borishi lozim. Ilk yosh sensor tarbiya berish uchun tevarak-atrof hakida tasavvurlarni yigʻish uchun eng qulay davrdir.Ilk yoshdagi bolalar bilan ishlashda bizning vazifamiz: tevarak-atrof, tabiat xaqidagi birlamchi tasavvurlarni singdirish, oʻsimlik, hayvonlar xam jonli ekanligi, ularning nafas olishi, suv ichishi, ovqatlanishi, insonlar kabi ogʻriqni his etishi hakida tushunchalar beriladi.
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tabiat olamini oʻrganish uchun guruhlarda ekotizimni oʻrganish boʻyicha markazlar faoliyatini faollashtirish, yaʼni har bir guruh tabiat burchagida jonzotlar, dorivor va madaniy oʻsimliklar, idishlarda suv, qum, toshlar boʻlishi kerak. Bolalar ularning xususiyatlarini oʻyin faoliyati yordamida oʻrganib boradilar, oʻzlarining ijodiy sifatlarini namoyon qiladilar, xayoliy va sensor qobiliyatlarini hamda mayda motorikani rivojlantiradilar.
Ekotizimni oʻrganish markazlarida kichkintoylar turli tajribalar oʻtkazadilar: idishlarga suv qoʻyadilar, uni tindiradilar, qanday narsalar suvda choʻkishi va choʻkmasligini bilib oladilar, qumdan nimalar yasash mumkinligini koʻradilar va tushunadilar. Tajriba va kuzatishlar qaytarilib va murakkablashtirib boriladi.
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ekologik tarbiyada insonlar bilan tabiat oʻrtasida uzviylik, insonga bulgan taʼsir borasida maʼlumotlar berib, mashgʻulot oʻtish jarayonida bolalar tabiat haqida bilishi kerak boʻlgan tushunchalar singdirilishi lozim.
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ekologik tarbiya boʻyicha bolalar quyidagi tushunchalarga ega boʻlishlari zarur:
maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalar tabiatda oʻzlarini qanday tuta bilishi, qoidalarga amal qilib tabiat haqidagi bilimlapni pivojlantipish koʻnikmacini shakllantipish;
-ekologik tyshynchalapni typli faoliyatlapda qoʻllay olish;
bolalapning tabiat bilan kilgan muloqotlapini toʻplab bopish.
Maktabgacha taʼlim tashkilotlapi pedagoglapi bu macalalapni hal qilishga myayyan pejalap opqali epishadilap:
tapbiyachilap bolalapga ekologik taʼlim-tapbiya bepishga tayëp boʻlishlapi shapt;
kattalap va bolalap ekologik tapbiya byyicha aniq yoʻnalishlapga ega boʻlishlapi kepak;
bolalapning tabiat bilan muloqotini muntazam tashkil etish zapyp;
maktabgacha taʼlim tashkilotlapida ekologik pivojlantipyvchi muhitni toʻliq tashkil qilish lozim;
ota-onalapni ekologik taʼlim-tapbiyada faol ishtipok etishga jalb etish kerak.
Maktabgacha taʼlim tashkilotlapida ekologik tapbiya boʻyicha quyidagi mashgʻylotlap oʻtilishi koʻzda tutiladi: kyzatyvlap, ekologiyaga oid mashgʻylotlap oʻtish, tabiatda tajpibalap oʻtkazish.
Tabiatdagi mehnat bolalapda tipik mavjudotlapga pahm-shafqatli boʻlish hissini tapbiyalaydi. Bu oʻz navbatida ylapning pyhan cogʻlom boʻlishlapini taʼminlaydi. Bolalap tabiatda qilgan mehnatlapi natijalapidan xypcand boʻladilap, tabiatga nicbatan doʻstona mynocabatlapini namoyon etadilap. Maktabgacha taʼlim tashkilotlapida tapbiyalanayotgan bolalap typli jonzotlap, oʻcimliklapni papvapishlaganlapidan coʻng, ylapning kayfiyatlapi koʻtapilib, maʼnaviy ozuqa oladilap. Tabiat haqida bolalapga kitob oʻqib bepish opqali tabiat haqidagi bilim, koʻnikma va malakalap oshipib bopiladi.
Ekologik taʼlim-tapbiya maktabgacha yoshdagi bolalapning ekologik madaniyatli boʻlib voyaga etishida muhim ahamiyat kacb etadi. Jumladan:
bolalapning oʻzi yashab typgan shahap, qishloq, mahalla, xonadoniga boʻlgan mehp-muxabbat tyygʻyci, vatanpapvaplik pyhini shakllantipadi;
bolalap ona tabiatni cevish, apdoqlash, undan gʻypyplanish pyhida tapbiyalanadi;
bolalapda cyvni ifloc va icpof qilmaclik tyshynchalapi pivojlanadi;
bolalapda kuzatuvchanlik, atpof-myhit goʻzalligini anglash bilan bogʻliq boʻlgan qiziqishlap pivojlanadi;
bolalap oʻcimliklap, hayvonlap tabiatning bip boʻlagi, incon u bilan bogʻliqligi, tabiatni acpab-avaylash zapypligini tushunib etadilap.
Ekologik tarbiya berishning mazmuni quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Atrof-muhit va uning shaxs maʼnaviy dunyosiga taʼsiri;
Tabiat va uning ahamiyatini aniqlash;
Tabiatga muhabbatni rivojlantirishda maktabgacha taʼlim tashkiloti va oila hamkorligi;
Oʻz tumani, shahri, qishlogʻi va uyi, MTT hovlisini koʻkalamzorlashtirishda, hatta mashgʻulot xonalaridagi oʻsimliklarni ham parvarishlashga qiziqishlarini oshirish;
Atrof-muhit muhofazasi, bunda bolalarning vazifalari;
Tabiatni muhofaza qilishda ota-onalar namunasi;
Oilada, bogʻchada tabiatni, oʻsimliklar va hayvonot dunyosini eʼzozlashga oʻrgatish, jonivor va qushlarni parvarish qilish;
Tabiatga ongli munosabat jarayonida tarbiyalanuvchilarning dunyoqarashini kengaytirish.
Nazorat savollari
MTTda ekologik taʼlimning mazmunini bayon eting.
MTTda ekologik tarbiyaning mazmunini bayon eting.
Tarbiyalanuvchilarda ekologik ong va madaniyatni shakllantirish maqsadi nimaga qaratiladi?
Bugungi kunda maktabgacha yoshdagi bolalarda ekologik taʼlim-tarbiya berish mazmuni qaysi davlat dasturlarida oʻz aksini topgan?
1.2. MTTda ekologik taʼlim-tarbiya berish jarayonini tashkil etish
Inson hayoti davomida ona tabiatdan olgan ilk quvonchli taasurotlarini hayotining qolgan davrida tez-tez eslab turishi hech kimga sir emas. Shuni unutmaslik kerakki, tabiat – bu moddiy va nomoddiy olamni oʻzida birlashtirgan borliqdir. Tirik organizmlarning mavjudligi, oʻzaro taʼsiri va birgalikda yonma-yon hayot tarziga ekologiya deyiladi. Bugungi kunda insonlarda ekologik madaniyatning yetishmasligi ona zamin, yer sayyorasi kelajagini xatarga solayotganligi insoniyat oldida turgan eng dolzarb muammolardan hisoblanadi. Ekologik madaniyat oilada, maktabgacha taʼlim tashkilotida va maktabda shakllantiriladi. Shuning uchun ham zamonaviy olimlar ekologiya muammolarini kompleks tarzda, uning barcha jihatlarini shuningdek pedagogik tomonlarini hisobga olgan holda oʻrganadilar. Pedagogikaning asosiy vazifasi bolalarda ekologik madaniyatni shakllantirishdir, uning asosini tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan amaliy koʻnikmalar, tajribaga asoslangan ishonchli bilimlar tashkil etadi. Ekologiya nafaqat hayvonlar va oʻsimliklar, balki suv, havo, daryolar, osmon, oʻrmonlar, oʻtloqlar va boshqalardir. Ekologik madaniyat asoslarini shakllantirish qanchalik tez boshlansa, uning samaradorligi shunchalik yuqori boʻladi.
Bolani tabiat dunyosi bilan tanishtirish, uni tushunishga oʻrgatish, tabiatga ehtiyotkorona yondoshishni shakllantirish uchun kattalarning oʻzlari ham maʼlum bir bilimlarni oʻzlashtirishlari zarur. Kattalar bolalarda ekologik madaniyatni tarbiyalashdan oldin, oʻzlari maktabgacha yoshdagi bolalarda qanday ekologik tasavvurlarni shakllantirish zarurligini bilishlari lozim.
Ekologik tasavvurlarning eng muhimlariga quyidagilar kiradi:
Hayotning oʻziga xosligi, murakkabligi, uning nozikligi va himoyaga muhtojligi;
Barcha tabiat obyektlarining foydaliligi, oʻzaro va bir-biriga bogʻliqligi;
Hayotning uzluksizligi toʻgʻrisida.
Ekologik tasavvurlar tabiatni bevosita kuzatish asosida shakllantiriladi, shuning uchun har bir sayrdan, sayohat va ekskursiyalardan samarali foydalanish, xonaki gullarni, madaniy oʻsimliklarn parvarish qilishni bilish kerak. Atrofda kuzatish obyektlari juda koʻp, ularni oʻrganish uchun imkoniyat juda keng. Bolalarni birinchi navbatda hayotning murakkabligi va oʻziga xosligi, nozikligi bilan tanishtirish lozim. Har bir tirik organizm takrorlanmas xususiyatga ega. Mashgʻulotlar jarayonida pedagog turli vaziyatlardan foydalanishi mumkin, masalan oʻsimliklar haqida: ular bir xil tuproqda oʻsadi, bir xil suv bilan sugʻoriladi, ammo ular bir xil emas, ularning novdalari, barglari turlicha, ularni bir-biridan ajratish oson. Bunday tirik oʻsimliklar qayerdan paydo boʻladi? Ularni fabrikada, zavodda tayyorlash mumkinmi? Yoʻq! Ularni qogʻozdan oʻyinchoq sifatida yasash mumkin, lekin tirik organizmni yaratib boʻlmaydi. Inson kosmik kemalar qurishni oʻrgandi, lekin kichik tirik organizmni yaratishga qodir emas. Uni yoʻq qilish osonmi? Ha, biz bir kun uni sugʻorishni unutsak u qurib qoladi. Agar u qurib qolsa uni qaytadan oʻstirib boʻladimi? Ha uning boshqa omon qolgan novdasi boʻlsa. Agar undan boshqa oʻsimlik qolmagan boʻlsa, bu tur butunlay yoʻqoladi va uni qayta tiklab boʻlmaydi. Kapalakni tutmoqchi boʻlsangiz yoki biror daraxt shoxini sindirmoqchi boʻlsangiz doimo shuni yodda tuting. Bolalar tabiatga nisbatan salbiy munosabatda boʻlmasliklari uchun oʻsimliklar va hayvonlar tirik organizmligini tushuntirish lozim. Ularga tirik organizmlarning belgilarini tushuntirish lozim: nafas oladi, oziqlanadi, rivojlanadi, koʻpayadi, harakatlanadi. Shuningdek, harakatlanish oʻsimliklarga ham xos, ular ular yuqoriga intiladilar, oʻraladilar, boshlarini aylantiradilar (momaqaymoq), ular oziqlanishga ehtiyoj sezadilar, ularning rivojlanish sharoitlari turlicha, oʻziga xos boʻladi. Shuningdek ular turli xil muhitga moslashuvchan boʻladilar. Bolalarni yorqin jonli va jonsiz tabiat namunalari bilan tanishtirish tabiatda hamma narsaning oʻzaro bogʻliqligi haqida tasavvurlarini shakllantirishga yordam beradi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda ekologik madaniyatni shakllantirish tabiatda hayvonlar va oʻsimliklarning insonlarga foydali yoki zararli tomonlarini aniqlash bilan emas, balki ularning tabiatning bir boʻlagi sifatida qabul qilish zaruriyati bilan xarakterlanadi. Foydali yoki zararli degan tushunchalardan voz kechish, ularning birgalikda mavjudligi tabiatdagi biologik muvozanatni ushlab turishini anglash lozim. Shuning uchun bolalarda tirik mavjudotlarning oʻziga xos individual xususiyatlarini koʻrishga oʻrgatish kerak. Koʻpincha bolalar koʻrinishi yoqimsiz boʻlib koʻrinadigan oʻsimliklar va hayvonlarga zararli deb qaraydilar. Masalan, yomgʻir chuvalchangi, zaharli zamburugʻlar, kapalaklarning baʼzi turlari. Bunday holatda bolalar kattalarning yordamida jonzotlar va oʻsimliklarning xususiyatlari, ularning zaruriyatini anglashlari lozim. “Ozor berma” prinsipiga amal qilish qoidalarini bolalarga singdirib borish zarur. Qoidalar sayr, kuzatishlar, suhbatlar davomida tushuntirib beriladi. Soʻngra biz bolalarni tabiatdagi barcha obyektlar oʻrtasida bogʻliqlikni koʻra olishga oʻrgatishimiz zarur. Ekologik zanjirlarni tuzishga oʻrgatish, yaʼni bargdagi zararlangan joylarni koʻrish, boshqalaridan esa nima uchun bir qismi qolganini anglashlari lozim. Nima deb oʻylaysiz, barglarga nima boʻldi? Yozda ularni hashorat qurti yedi. Zararmi yoki yoʻq? Bolalar odatda “xa” deb javob berishadi. Yoʻq, siz adashdingiz: yozda koʻp qushlar joʻjalarini hashoratlar bilan oziqlantirishadi, joʻjalar ulgʻayishi uchun juda koʻp oziqlanishlari kerak. Demak ular kerakmi? Ularni zararli deyishimiz toʻgʻrimi? Bu qanchalik qiziq jarayon ekanligi ayon boʻldi: daraxt-barg-hashorat-qush, bolalarni shunday qilib tabiat qonuniyatlari bilan tanishtirib boramiz.
Keyingi vazifa – hayotning uzluksizligi toʻgʻrisidagi tasavvurlarni shakllantirish. Buning uchun jonli tabiatdagi mavsumiy oʻzgarishlarni misol qilish mumkin. Ayniqsa qish oylarida oʻsimliklar va jonivorlar koʻplab nobud boʻladi. Bahorda esa yana koʻplab paydo boʻladi. Ular qaytadan paydo boʻladilarmi? (tajriba sifatida oʻsimliklarning tirikligini tekshiramiz, novdalarini kesib koʻmib qoʻyamiz) albatta bollarni tabiatga ehtiyotkorana, gʻamxoʻrlik bilan yondoshishga oʻrgatib borish kerak. Bu esa oʻz navbatida pedagoglardan alohida bilim va koʻnikmalarga ega boʻlishlikni talab etadi, bu yerda birgina bilishning oʻzi kamlik qiladi. Shuning uchun oʻsimliklar va jonivorlarga gʻamxoʻrlik qilish koʻnikmalariga alohida eʼtibor qaratish lozim.
Katta yoshdagi bolalarni oʻsimliklarni yorugʻlikka va namlikka ehtiyojiga qarab parvarishlashga oʻrgatiladi. Bolalar tabiat burchaklarida turgan oʻsimliklarning qaysi yorugʻlikni, qaysi soyani yoqtirishini ajrata olish koʻnikmasiga ega boʻldilar. Keyin, oʻsimlikning tashqi belgilariga qarab (qalinligi, barglarining holati) bolalar, ularni sugʻorish normalarini aniqlaydilar (koʻp sugʻorilganda barglari sargʻaydi, kam sugʻorilganda barglari shalpayib qoldi).
Oʻsimliklar va hayvonot dunyosiga qiziqish bola qalbining nozik jihatlaridan hisoblanadi. Kuzatish darajasi, axloq tuygʻularidan barcha tirik jonzotlarga nisbatan masʼuliyat hissi rivojlanib boradi. Maktabgacha yoshdagi bolada turli vaziyatlarda oʻsimlik yoki hayvonlarning yordamga muhtojligini koʻrib unga yordam berishga ichki istagi paydo boʻlishi shubha tugʻdiradi. Chunki bolalarda barcha istaklarini amalga oshirishda mustaqil faoliyat yetarli darajada rivojlanmagan. Bolani doim kimdir qoʻlidan tutadi, uning istaklarini yoʻnaltiradi, choʻchitadi, tushuncha beradi. Agarda bolalar tabiat uchun nimadir foydali ish qilishni istasalar bu ekologik tarbiyaning yarmi demakdir. Bolalarda maktabgacha yoshdayoq mustaqil faoliyatni shakllantirish zarur, shundagina unda oʻsimliklar va hayvonlarga gʻamxoʻrlik qilish odatga aylanadi.
Tabiat insoniyatning umumiy boyligi, unga nisbatan amalga oshirilgan har bir yaxshi yomon ish uchun ham hamma birgalikda javobgar boʻladi. Tabiatda xavfsizlik qoidalari koʻnikmasi uzoq vaqt va koʻp mehnat evaziga shakllantiriladi. “Uzma”, “bosma”, “payhon qilma” degan inkor tushunchalar bilan bolalarda ekologik tarbiyani shakllantirib boʻlmaydi, tarbiya jarayoni bolalar faolligini kerakli yoʻnalishga yoʻnaltirish, har bir qoidaning mazmunini ochib tushuntirish orqali amalga oshiriladi. Bolalarga mutaxassislar baʼzi noyob turlarni qanday qutqarayotganliklari haqida soʻzlab berish lozim. Shu maqsadda botanika bogʻlari, qoʻriqxonalar tashkil etiladi.
Oxirgi vazifa bolalarda hayotning uzluksizligi toʻgʻrisida tasavvurlarni shakllantirishdan iborat. Buning uchun tabiatda fasllar almashishi bilan yuz beradigan oʻzgarishlardan foydalanish mumkin. Qishda parklar, bogʻlar, oʻrmonlarda hayot tugagandek koʻrinadi. Ayniqsa qishda hayvonlar va oʻsimliklar juda tez nobud boʻladilar. Bahorda esa ular juda koʻp miqdorda yana paydo boʻladilar. Ular qanday paydo boʻldilar? Har safar qaytadan chiqadilarmi? Bolalarga shunday savollar bersa boʻladi. Oʻsimlikni rivojlanishini kuzatish maqsadida guruhdagi bankaga biror oʻsimlikni novdasini qoʻyamiz. Bolalarga tabiat muhofazasi boʻyicha aniq topshiriqni bergach, qoʻyilgan vazifani bajarish maqsadida ularni birgalikda ishlashga jalb qilish ekologik madaniyatni tarbiyalashga hamda tabiat muhofazasida shaxsiy masʼuliyatini oshishiga olib keladi.
Natijada:
Bolalar hayotning murakkab va noyobligi, nafisligi xususida tasavvurga ega boʻlishi kerak.
Tirik organizmlar belgilarini bilishlari (harakatlanish, oziqlanish, koʻpayish).
Tabiatda zararli yoki foydalilar emas, balki zarurlar mavjudligini anglashlari.
Tabiatdagi barcha turlarning oʻzaro bogʻliqligi haqidagi tushunchalarni umumlashtirishlari.
Boshqa tirik jonzotlarni holatini tushunish va his etishga oʻrganish. Tabiatga insonparvarlik bilan yondoshuv munosabatini shakllantirish.
Har bir turning takrorlanmas ekanligi sababli ularni muhofaza qilish qoidalariga qatʼiy rioya qilish malakalari shakllantiriladi.
Nazorat savollari
Maktabgacha yoshdagi bolalarda ekologik madaniyatni tarbiyalash tizimida olib boriladigan ishlarga nimalar kiradi?
Maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiat bilan tanishtirish yoʻllariga nimalar kiradi?
Ekologik tarbiya berishning mazmuni qaysi jarayonlarni oʻz ichiga oladi?
Bolalarda tabiatga munosabat odobini tarbiyalashda nimalarga eʼtibor qaratish lozim?
MTTlarida ekologik taʼlim va tarbiyani amalga oshirish usullarini sanab bering
2-mavzu: MTTda hayot faoliyati xavfsizligini tashkil etish
Reja:
MTTda hayot faoliyati xavfsizligiga qoʻyiladigan talablar
MTT pedagoglarining hayot faoliyati xavfsizligi boʻyicha bolalar bilan olib boriladigan faoliyat yoʻnalishlari
2.1.MTTda hayot faoliyati xavfsizligiga qoʻyiladigan talablar
Hayot faoliyati xavfsizligi – turli makon va miqyosda insonlarning barqaror rivojlangan yashash (mehnat qilish) tarzini taʼminlashni tadqiq qiluvchi fan sohasi, unga oid bilim,koʻnikma va malakalarni beruvchi taʼlim yoʻnalishi hamda ushbu jarayonlarni optimallashtiruvchi amaliyot tarmogʻi.
Hayot faoliyati xavfsizligining maqsadi – turli makon va miqyosda insonlarning barqaror rivojlangan hayot tarziga (mehnat qilishiga) erishishi uchun tegishli tadqiqotlarni olib borish, taʼlim-tarbiyani yoʻlga qoʻyish va ularni amalda qoʻllash choralarini tadbiq etish.
1.1.Pedagog mashgʻulotlar jarayonida va boshqa pedagogik faoliyatlarda quyidagilarni bilishi va bajarishi zarur:
bolalar MTTda boʻlgan davrda ularning hayoti va salomatligi muhofazasiga masʼul (mashgʻulotlar jarayonida, oʻyinlar, mehnat mashgʻulotlari vaqtida, koʻngilochar tadbirlar va MTT hududidagi boshqa pedagogik faoliyat davomida);
MTT binosi va guruh xonalarini saqlashning sanitar meʼyorlari va qoidalarini bilishi;
yongʻin xavfsizligi qoidalari ( yongʻin sodir boʻlganda bolalarni evakuatsiya qilish rejasini bilishi, oʻt oʻchirish vositalarini qulay joylashgan joyi, oʻt oʻchirish vositasidan foydalana olish, yongʻin va boshqa favqulodda vaziyatlar sodir boʻlganda ishlatiladigan bolalar va kattalarga birinchi yordam himoya vositalarining guruh xonasida mavjudligi);
yoʻl harakati xavfsizligi (bolalar bilan koʻchada, oʻyin maydonchalarida yoʻl harakati xavfsizligi qoidalarini oʻrgatishi va bilishi);
jarohatlanganlarga shifokor kelgunga qadar birinchi tibbiy yordam koʻrsatishi yoʻriqnomasini bilishi;
1.2. Tarbiyachilar almashish vaqtida (qisqa yoki uzoq muddat) MTTning boshqa pedagoglari bolalar hayoti va salomatligini muhofaza qilish, zaruriyat boʻlganda qutqazish va evakuatsiya qilishni zimmasiga olishlari shart.
1.3. Taʼlim-tarbiya faoliyatini tashkil etish jarayonida bolalarni quyidagi xavfli va zararli omillardan ehtiyot qilish kerak:
notoʻgʻri tanlangan bolalar mebellari, bunday mebellar bola gavda tuzilishining buzilishi, umurtqa pogʻonasining qiyshayishiga, miopiyaning rivojlanishiga olib keladi;
“kitob burchaklari”, oʻyin burchaklari, ijodiy faoliyat burchaklarida yorugʻlikning yetarli darajada emasligi, notoʻgʻri joylashtirilishi bolalarda koʻrish qobiliyatining pasayishiga olib keladi;
guruh xonasida uzoq davom etgan baland ovozdagi musiqa, baland ovozdagi muloqot va h.k. bolalarning eshitish qobiliyatining buzilishiga olib keladi;
buzilgan elektr asboblar guruh xonalarida, MTT binosida qisqa muddatli tutashuvlarni keltirib chiqarishi, yongʻin sodir boʻlishiga, bolalarni elektor tokidan zarar koʻrishiga olib keladi;
oʻyuvchi, kesuvchi kichik kichik jihozlarning notoʻgʻri saqlanishi, mebel va boshqa jihozlarni buzilgan, singan, nuqsonli holatda ishlatilishi bolalarning turli xildagi jarohatlar olishiga olib keladi;
bolalarning sport mashgʻulotlarida, musiqa zallarida yoki zinadan tushish, chiqish vaqtida xavfsiz harakatlanish qoidalariga amal qilmasliklari natijasida ham turli jarohatlar olishlari mumkin.
1.4. MTT binosini jihozlashga qoʻyiladigan talablar:
ikki qavatli MTT binolarida balkon va zinalar bir biriga vertikal, ustma-ust joylashgan baland panjaralar bilan jihozlanishi kerak;
barcha oynalar ichkariga ochilishi va maxus ilmoqlari boʻlishi lozim;
eshiklar prujinalar yordamida qulflanmasligi lozim;
qisman oynadan iborat boʻlgan ichki eshiklarni ikki tomondan bola boʻyi barobar yogʻoch panjaralar bilan himoyalash lozim;
MTT tashqi eshiklari doimo qulflangan boʻlishi va qulfga bolalarning boʻyi yetmasligi lozim;
Guruh xonalarida, yuvinish xonalaridagi va MTTning boshqa xonalarida markaziy isitish radiatorlari tozalash uchun olinadigan yoki ochiladigan moslamalar bilan oʻralgan boʻlishi zarur;
guruh va yotoqxonalarda xona haroratini nazorat qiluvchi termometrlar osib qoʻyilishi lozim;
guruh xonasida birinchi yordam uchun zarur dori-darmon va bogʻlov toʻplamlari boʻlgan tibbiy toʻplam boʻlishi lozim;
mehnat anjomlari bola koʻkragidan baland boʻlmagan shkaf va javonlarda saqlanishi kerak;
MTT binosida, ayvonlarda bola boʻyi balandligida mix-ilgichlar osib qoʻyish taʼqiqlanadi. Ilgichlar yogʻoch materialidan boʻlishi maqsadga muvofiq;
Ishchi xodimlar va bolalar hayotiga xavf soladgan, mehnatni muhofaza qilish meʼyorlari buzilganligi aniqlangan joylarda oʻyin burchaklari tashkil qilish, taʼlim jarayoni va maishiy tadbirlarni oʻtkazish taʼqiqlanadi.
1.5. MTT hududi, binosida oʻstiriladigan oʻsimliklarga qoʻyiladigan talablar
guruh xonalarida tikanli va zaharli oʻsimliklarni parvarishlash mutlaqo taʼqiqlanadi;
tabiat burchaklaridagi xonaki oʻsimliklar maxsus moslamalarga oʻrnatilgan idishlarda saqlanishi zarur;
bolalar oʻsimliklarni parvarishlay oladigan tarzda joylashtiririlish kerak;
oʻsimliklarni sugʻorayotganda bola sugʻorish moslamasini koʻkragidan pastda tutishi kerak, shunda suv qoʻllaridan oqib kiyimiga tushmaydi;
MTT oynalari tokchalariga quyosh nurini toʻsadigan katta bargli oʻsimliklarni joylashtirib boʻlmaydi, gullarning uzunligi tokchadan 15 sm dan uzun boʻlmasligi kerak;
gullar oʻrnatilgan jihozlar mustahkam boʻlishi, poldan 65-70 smdan baland boʻlmasligi kerak.
1.6. Bolalarning jamoa ishlariga jalb etishni tashkillashtirishga qoʻyiladigan talablar:
tabiat burchaklarida, oshxonada navbatchilikni tashkil etish jarayonida bolalar faqat kattalar kuzatuvi ostida faoliyat olib borishlari lozim;
topshiriqlarni bajarish paytida bolalarning issiq ovqat, suv va boshqa issiq mahsulotlarni olib kelishi qatʼiyan man qilinadi;
katta va tayyorlov guruhlaridagi bolalar oʻz-oʻziga xizmat (mashgʻulotlarga tayyorgarlik, xona gullarini parvarishi va h.k.) bir kunda 20 minutdan oshmasligi kerak;
bolalarni turli infeksiyalar yuqishiga sabab boʻluvchi ishlarga gigiyena xonalarini tozalash, kir kiyimlarni yigʻish, maishiy chiqindilarni yigʻish) qatʼiy man qilinadi;
1.7. Qaychi bilan ishlash qoidalari:
bolalarga qaychi bilan ishlashga faqatgina tarbiyachi kuzatuvi ostida ruxsat beriladi;
tarbiyalanuvchilarning mustaqil faoliyatda ishlatadigan qaychilarining uchlari toʻmtoq, aylana boʻlishi kerak;
qaychi, (mashgʻulotdan tashqari vaqtda) bolaga xavf tugʻdiruvchi boshqa oʻyuvchi va kesuvchi oʻtkir tigʻli anjomlar, shuningdek dori darmonlar, dizinfeksiya vositalari bolalardan uzoq joyda saqlanishi lozim;
bolalarga foydalanishga soz va xavfsiz jihozlar beriladi.
1.8. MTTda taʼlim-tarbiya jarayonida bolalarda kundalik faoliyat xavfsizligi, koʻchada va MTTda harakatlanish xavfsizligi qoidalarini shakllantirib borish zarur.
1.9. SanPiN meʼyorlari boʻyicha MTT tarbiyalanuvchilariga uyga vazifa berilmasligini yoddan chiqarmaslik lozim.
1.10. Har bir sodir boʻlgan baxtsiz hodisa yoki bolaning salomatligi yomonlashganligini tarbiyachi albatta MTT rahbariga, hamshiraga yetkazishi, birinchi tibbiy yordam koʻrsatishi lozim.
1.11.Tarbiyachi bolaning uy manzili, ota-onasining ish joyi, ota-onasining va yaqin qarindoshlarining telefon raqamlari bilishi kerak. MTTda eʼlonlar taxtasida MTT maʼmuriyati, hamshira, tez yordam, yongʻin xavfsizligi va h.k.larning telefon raqamlari ilib qoʻyilishi kerak.
1.12. MTT hududiga, ayniqsa binolarga notanish odamlarni shaxsini tasdiqlovchi hujjatsiz kiritish taʼqiqlanadi.
1.13. Kattalarning mehnat jarayoni bilan tanishtirish maqsadida tashkil etiladigan ekskursiyalarga bolalarning jismoniy va yoshi imkoniyatlaridan kelib chiqib oldindan tayyorgarlik koʻrish kerak. Bolalarga kamida 2 ta katta kishi xamrohlik qilishi zarur. Shuningdek, ekskursiyaga YPX xodimlari xam hamrohlik qilishlari lozim.
1.14. MTT rahbariyatining iznisiz va maqsadli instruktajdan oʻtmasdan MTTdan tashqariga ekskursiya va sayrga chiqish taʼqiqlanadi.
1.15. Sayrga chiqish tartibi:
MTT hududida sayrga chiqilganda sayr muddati, oʻrnatilgan tartibdagi qoidalarga amal qilish;
bolalarning kundalik sayr vaqti 4 soatgacha davom etishi mumkin;
sayr bir kunda 2-marta tashkil etiladi: kunning birinchi yarmida tushlikkacha, kunning ikkinchi yarmida kundazgi uyqudan keyin yoki bolalar uyga ketishlaridan oldin;
havo harorati -100, shamol tezligi 7m/s boʻlganda sayr vaqti qisqartiriladi;
havo harorati -150dan past, shamol tezligi 15 m/s boʻlganda bolalar sayrga olib chiqilmaydi;
sayr davomida jismoniy mashqlar va oʻyinlar tashkil etilishi kerak;
harakatlantiruvchi oʻyinlar mavsumga qarab sayr yakunida MTT binosiga qaytish oldidan oʻtkaziladi.
1.16. MTT hududini jihozlashga qoʻyiladigan talablar:
hovlidagi barcha jihozlar (kichik oʻyin shakllari, jismoniy oʻyin jihozlari) soz holatda boʻlishi kerak: burchaklari oʻtkir boʻlmasligi, burash boltlari yuzaga chiqib turmasligi kerak.;
bolalar uchadigan gorkalar bola yoshiga va sanitariya talablariga mos boʻlishi, mustahkam va mahkam tutqichlar bilan himoyalangan boʻlishi kerak;
pavilyonlarda, bola boʻyi barobar oʻyin konstruksiyalarida mix qoqish taʼqiqlanadi;
yer maydonlarida, koʻchatlar atrofida uchli gʻisht bordyurlar oʻrnatish taʼqiqlanadi;
MTT binosini oʻrab turuvchi panjaralarda (daydi itlarning kirib ketishi, bolalar oʻzlari qochib chiqib ketishi oldini olish) teshiklar, oʻyiqlar boʻlmasligi zarur;
MTT darvozasi qulf bilan yopilishi, binoning kirish eshiklari, guruh va boshqa xonalarning eshiklari bolalar qoʻli yetmaydigan balandlikda qulflar bilan jihozlanishi kerak.
1.17. MTTda mehnat qurollaridan foydalanish va oʻyin jihozlariga qoʻyiladigan talablar:
barcha mehnat qurollari soz holatda boʻlishi lozim;
6- 7 yoshgacha boʻlgan bolalarga 2 kgdan ogʻir boʻlmagan yuk koʻtarishga ruxsat beriladi, sugʻorishda foydalaniladigan chelakdagi suv miqdori 2l gacha boʻlishi, ish vaqti 10 daqiqadan koʻp boʻlmasligi lozim;
kattalar mehnat qurollaridan foydalanish (belkuraklar, supurgi va h.k.)taʼqiqlanadi;
hovlidagi oʻyinlar, jismoniy tarbiya mashgʻulotlari uchun moʻljallangan jihozlarning oʻlchami SanPiN normalariga toʻgʻri kelishi kerak;
oʻyinchoqlar gigiyenik, sinmagan, turli oʻyinlar faoliyatiga moslashgan, mavsumga va bola yoshiga mos boʻlishi kerak; (harakatlanuvchi oʻyinchoqlar, stolusti, qurilish va h.k.)
1.18. Sayrga chiqish, gullar parvarishi, mehnat mashgʻulotlarini tashkil etishda barcha mavsumlarga xos xarakterga ega boʻlgan xavfli va zararli omillardan bolalarni ehtiyot qilish:
bolalar gorkada uchayotganda yiqilib jarohatlanishidan;
oʻyin maydonchalarida yerdan chiqib turgan yogʻoch va metall parchalarining bolalarga jarohat yetkazmasligi uchun oʻz vaqtida bartaraf etish;
hayvonlarni tishlashi; (mushuk, it)
shisha siniqlari, qurigan novdalar, yogʻoch oʻyinchoqlar, daraxt poʻstlogʻlaridan jarohatlanish;
hovlidagi chuqurchalardan, sakrashdan jarohatlanish;
karusel va argʻamchida uchishda jarohatlanish;
xoʻjalik omborxonasi, axlat konteynerlari oldida oʻynash davomida jarohatlanishdan;
tarbiyalanuvchining MTT hududidan oʻzboshimchalik bilan chiqib ketishi.
1.19. Sayrga chiqish, hovlida mehnatni tashkil etishda bahor-kuz mavsumlarga xos xarakterga ega boʻlgan xavfli va zararli omillardan bolalarni ehtiyot qilish:
qum maydonchalarida iflos qumdan foydalanishda, kirlangan yumshoq oʻyinchoqlardan foydalanishda (oʻyinchoqlarni yuvishda sanitariya qoidalariga amal qilmaslik, qum maydonlarini notoʻgʻri kovlash) yuqadigan oshqozon-ichak kasaliiklarini yuqtirib olish;
velosiped, samokat, argʻamchi va karuselda uchishda jarohatlanish;
hovlida mehnat mashgʻulotlari, hoʻl va sirpanchiq maydonchada oʻynash jarayonida jarohatlanish
bola kiyimi, poyafzalini hoʻllanishi;
bola organizmini sovub yoki isib ketishi;
zaharli oʻsimliklar, meva va qoʻziqorinlardan zaharlanish.
1.20. Sayrga chiqish, hovlida mehnatni tashkil etishda qish mavsumiga xos xarakterga ega boʻlgan xavfli va zararli omillardan bolalarni ehtiyot qilish:
bola organizmini muzlashi, sovushi va isib ketishi;
sirpanchiq gorkada uchish vaqtida, muzlagan sirpanchiq joyda chana uchish, ochiq zina, muzdan tozalanmagan maydonchalarda jarohatlanishi;
tomda osilib turgan muz boʻlaklari, qor toʻplamlarini kun isishi bilan yerga toʻkilishidan jarohatlanishi;
sovuq kunda muzlagan metall konstruksiyalarga terining ochiq qismlari bilan teginishdan jarohatlanish (yuz, qoʻl, til, lab);
kir qor va muz boʻlaklarini yeb qoʻyishi, oshqozon-ichak kasalliklari, yuqori nafas kasalliklarini yuqtirib olishi.
1.21. Sayrga chiqish, hovlida mehnatni tashkil etishda yoz mavsumiga xos xarakterga ega boʻlgan xavfli va zararli omillardan bolalarni ehtiyot qilish:
tarbiyalanuvchilarning oʻt ustida, qumda oʻynash jarayonida yalangoyoq yurishi natijasida jarohatlanishi (toshlar, oʻtkir jihozlar va h.k.)
hayvonlarning tishlashi, (it, mushuk), hashoratlarning chaqishi (kana, xavfli kasalliklar yuqish ehtimoli);
oftob urishi;
allergiya chaqiruvchi oʻsimliklardan zarar koʻrish.
1.22. Tarbiyalanuvchilar bilan pedagogik faoliyatning turli yoʻnalishlarini tashkil etishda texnika xavfsizligi boʻyicha yoʻriqnomaga rioya qilmagan, bajarmagan yoki qoidalarni buzgan pedagog, intizomiy javobgarlikka tortiladi va rejadan tashqari instruktaj oʻtkaziladi , texnika xavfsizligi boʻyicha bilimlari tekshiriladi.
Favqulodda vaziyatlarda xavfsizlikka qoʻyiladigan talablar
1. Yongʻin sodir boʻlganda:
tarbiyalanuvchilarni tezda binodan evakuatsiya qilish (evakuatsiya rejasiga muvofiq), xonadagi barcha oyna fortochkalarni yopish (yongʻinni boshqa binolarga oʻtib ketishini kamaytirish maqsadida);
yongʻin sodir boʻlganligi toʻgʻrisida mudiraga xabar berish;
zaruriyat va imkon darajasida elektrenergiyani oʻchirish;
yongʻin oʻchogʻini ilk yongʻin oʻchirish moslamalari yordamida oʻchirishga kirishish.
2. Bola shikastlanganda:
jabrlanuvchiga zudlik bilan birinchi tibbiy yordam koʻrsatish, hayoti va salomatligiga tahdid soluvchi omillar taʼsirini bartaraf etish (elektr toki taʼsiridan qutqazish, yonayotgan kiyimini oʻchirish, jarohatlovchi narsalarni olib tashlash va h.k.).
jabrlanuvchini shoshilinch tartibda qutqarish choralarini koʻrish (nafas yoʻllarining holatini tiklash, sunʼiy nafas oldirish, yuragini sirtdan massaj qilish, qon ketishini toʻxtatish);
tibbiyot xodimi kelgunga qadar jabrlangan bolaning asosiy hayotiy funksiyalarini saqlab turish;
MTT rahbariyatiga, hamshiraga va ota-onalarga (qonuniy vakillariga) xabar berish, zaruriyat boʻlsa eng yaqin tibbiyot muassasaiga yuborish.
3 Kutilmagan vaziyatlar yuzaga kelganda:
bolalar xavfsizligini taʼminlash;
sodir boʻlgan vaziyatni MTT maʼmuriyatiga yetkazish, baxtsiz hodisa yuz berganda birinchi tibbiy yordam koʻrsatishga ulgurish;
zaruriyat tugʻilganda qutqarish xizmatlariga xabar berish.
4. Isitish tizimida kelib chiqqan avariyada bolalarni zudlik bilan binodan olib chiqish, va sodir boʻlgan voqeani MTT rahbariyatiga yetkazish.
5. Tarbiyalanuvchi bilan baxtsiz hodisa yuz berganda oʻz vaqtida maʼmuriyatga, ota-onaga xabar bermaslik yoki yordam berishni kechiktirish, bolalarni evakuatsiya qilish, tez yordam chaqirmaslik uchun tarbiyachi jinoiy javobgarlikka tortilishini unutmasligi lozim.
6. Tarbiyalanuvchining sayr vaqtida oʻzboshimchalik bilan ketib qolish holatlarida tarbiyachi zudlik bilan MTT maʼmuriyatini, ota-onani (qonuniy vakillari), eng yaqindagi militsiya punkti xodimlarini xabardor qilishi shart. Tezlik bilan tarbiyalanuvchini qidiruv ishlari boshlanishi, uning tashqi belgilari: tashqi koʻrinishi, yoshi, kiyimlarini tasvirlab berishi lozim.
7. Guruhda vaqtincha tarbiyachi oʻrnini almashib turuvchi barcha xodimlar, bolalar xavfsizligini taʼminlash funksiyasini oʻz zimmalariga oladilar.
Nazorat savollari
HFX tushunchasiga taʼrif bering.
MTTlarida xavfsizlikka qoʻyilgan talablar
MTT xonalarini jihozlashga qoʻyiladigan talablar
Kutilmagan vaziyatlarda bolalar salomatligini muhofaza qilish chora-tadbirlari
MTT pedagoglarining hayot faoliyati xavfsizligi boʻyicha bolalar bilan olib boriladigan faoliyat yoʻnalishlari
Bolalar insoniyatning eng himoyaga muhtoj qatlami hisoblanadi. Atrof olam haqida tasavvurlari shakllanib borarkan, ular juda koʻp salomatliklariga va hayotlariga xavf soladigan vaziyatlarga duch keladilar. Bu esa oʻz navbatida MTTda maktabgacha yoshdagi bolalarni hayot faoliyati xavfsizligi qoidalariga oʻrgatish zaruriyatini anglatadi.
Bola hayotining ilk davrlaridanoq atrof olamni oʻrganishga boʻlgan qiziqishi baʼzida kattalar tomonidan taʼqiqlanganda, bola uchun taʼqiq yanada qiziqishlarni orttiradi va ortidan xatarlarni tugʻdirishi mumkin. Bunday holatlarda kattalarning oʻzlari sezmagan xolda “tegma”, “uzoq tur”, “mumkin emas” kabi soʻzlarni bir kunda bir necha marta takrorlashlarini sezmasliklari ham mumkin. Yoki taʼqiqlangan narsalarni bolaga tushunarsiz, noaniq, uzoq vaqt davomida nasihat qilishlari ham aks taʼsirni keltirib chiqazishi mumkin.
Bolalarda HFX boʻyicha tasavvurni shakllantirishda – har bir bolaga hayot davomida uchraydigan xavfli vaziyatlar, shunday vaziyatlarda oʻzlarini toʻgʻri tuta olish xususiyatlarini oʻrgatish lozim. Xavfsizlik bu – nafaqat baʼzi orttirilgan bilimlar manbai, balki hayotda uchraydigan turli vaziyatlardan chiqib keta olish qobiliyatidir.
Shu maqsadda biz mazkur yoʻnalishda ishlash jarayonida quyidagilarni oʻz oldimizga qoʻydik:
Maktabgacha yoshdagi bolalarda HFX asoslari boʻyicha tasavvur, bilim, koʻnikma va malakani shakllantirish.
Bolalarda hayot faoliyati xavfsizligi boʻyicha turli vaziyatlarda oʻzini tutish qoidalari bilan tanishtirish.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda kognitiv qobiliyatlarning rivojlanish darajasini oshirish.
Oldimizga qoʻyilgan maqsadlarni yechishda quyidagi vazifalarni qoʻydik:
HFX boʻyicha bilimlarni oʻzlashtirish
Sogʻlom turmush tarziga amal qilish, xavfli vaziyatlarda xavfsiz harakat qilishni taʼminlash uchun zarur boʻlgan shaxsiy fazilatlarni rivojlantirish.
Oʻz shaxsiy xavfsizligiga masʼuliyat hissini tarbiyalash, salomatligi va hayotiga qadrli munosabatda boʻlish.
Xavf xatarni oldindan sezish va koʻra bilish qobiliyatini shakllantirish, xavfli vaziyatlar tugʻilganda shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish.
Notanish odamlar bilan munosabatlarda oʻzini toʻgʻri tutish qoidalari haqidagi bilimlarini kengaytirish va tizimlashtirish.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni hissiy va ruhiy jihatdan sogʻlom rivojlanishini taʼminlash.
Taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish tamoyillari:
Davomiylik - bola tarbiyasida har qanday yangi qadam avval amalga oshirilgan faoliyatga asoslanadi.
Koʻrinish – bolalar hamma narasani koʻrishlari, eshitishlari, teginishlari va shu orqali bilishga boʻlgan intilishlarini anglashlari lozim.
Faoliyat – bolani faol hayotiy pozitsiyasini ragʻbatlantirish uchun oʻyin, kognitiv, qidiruv faoliyatiga jalb etish.
Integratsiyalar – taʼlim jarayonida amalga oshiriladigan bolalar faoliyatining barcha turlarini integratsiyalash.
Differetsial yondoshuv – bolalarning shaxsiyati yuksalishini takomillashtirishda, ularning ruhiy jismoniy, shaxsiy qobiliyatlari va imkoniyatlarini ochish maqsadida turli pedagogik vaziyatlar hosil qilinadi va samarali pedagogik yordam koʻrsatiladi.
Yoshiga qaratilgan – bir xil mazmunga ega maʼlumotlar turli yosh guruhlarida yosh xususiyatlariga mos keladigan tartibda ishlatiladi.
Hamkorlikdagi faoliyat – taʼlim muassasasi sharoitida va oilada bolaga xech kim ota onachalik namuna boʻla olmaydi.
Oldimizga qoʻyilgan maqsadlarni amalga oshirishda quyidagi ish usullari yordam beradi: suhbatlar, sheʼrlar, hikoyalar oʻqish, topishmoq topish, oʻyinlar, rasm chizish, applikatsiya, illyustratsiyalarni tomosha qilish, muayyan harakatlar va vaziyatlarni tahlil qilish, multfilmlar taqdimoti va koʻrish, audio ertaklar tinglash, maqsadli ekskursiyalar uyushtirish.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda hayot faoliyati xavfsizligi asoslarini shakllantirish boʻyicha tarbiyachilar va ota-onalarga tavsiyalar
Bolalarda HFX asoslari koʻp hollarda kattalar tomonidan koʻrsatilgan ijobiy namunalar asosida shakllanadi. Shuning uchun ota-onalar bilan hamkorlikda ishlash faoliyatiga alohida eʼtibor qaratish lozim. Ota-ona oʻzlari xavfsizlik qoidalariga amal qilmasdan boladan buni talab qilishlari notoʻgʻri ekanligini tushunishlari lozim. Bu borada ota-onalarga baʼzi tavsiyalarni berib oʻtamiz.
Mazkur yoʻnalishda bolalarga eʼtiborni kichik yosh guruhlaridayoq qaratish lozim, katta yosh guruhlariga kelganda bu holat tizimlashgan, aniq maqsadga qaratilgan boʻlishi lozim. MTTlarida profilaktika maqsadi xodimlar, ota-onalar va bolalarning favqulodda vaziyatlarda xavfsizlik choralarini koʻrish boʻyicha bilimlarini oshirishga qaratiladi.
Ota-onalar va bolalar bilan majlislar, konsultatsiyalar, seminarlar, uchrashuvlar, koʻngilochar kechalar va badiiy koʻrgazmalar tashkil etish yaxshi samara beradi.
Masalan: “Bolalar va kattalar - elektr energiyasidan foydalanish”, “Baxtsiz hodisa yuz berganda harakatlanish tartibi” nomli eslatmalar, “Bolalar xavfsizligi asoslari”, “Maktabgacha yoshdagi bolalar hayot faoliyati xavfsizligi asoslari”, “Shifokorlar bolalarning doʻstlari” nomli bukletlar;
“Bolalarni shifobaxsh giyohlar bilan tanishtiramiz”, “Yoʻl transport hodisasida jararohatlanishni oldini olishda oilaning oʻrni”, “Bola va olov” va h.k. konsultatsiyalar.
Bolalarda xavfsiz harakatlanish koʻnikmasini tarbiyalashni ularning qiziqish va bilimlari doirasida oshirib borish zarur. Yiliga ikki marotaba har bir bolada rivojlanish darajasini aniqlaydigan tahlil ishlarini olib borish, uning natijasiga koʻra keyingi individual faoliyat yoʻnalishlarini aniqlashtirib borish lozim.
Turli xildagi metodik usullarni qoʻllang:
Aniq maqsadga qaratilgan turli vaziyatli oʻyinlar tashkil qilish: bola uyda yakka oʻzi; bola uyda doʻstlari, aka-ukalari, opa-singillari bilan; bola kattalar bilan va h.k.
Bolalar xavfsizligiga moʻljallangan kitoblarni oʻqing.
Eng koʻp eʼtibor badʼiy asarlar, aniqrogʻi ertaklarga qaratiladi. Ertaklar-bu kichik insonni hayot tarziga oʻrgatuvchi kitob hisoblanadi. Ertaklarning maʼnosi – bir necha oʻtgan ajdodlar hayotiy tajribasidan kelib chiqadi. Ertaklar orqali biz oʻzimiz oʻrgangan xavfsizlik qoidalarini bolalarimizga oʻrgatamiz. Xalq ertaklarini eshitib, “muhokama” qilarkan, ularni oʻynar ekan oʻsayotgan kichkina insonlar ertaga real hayotda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan muammoli vaziyatlarga oʻzini tayyorlab boradi.
Illyustratsiyalarga eʼtibor bering.
Bolalar koʻp narsalarni obrazli tasavvur qiladilar. Bola koʻrgan narsasi koʻz oʻngida doimo saqlanib qoladi va ruhiyatini himoyalanadi.
Savollar bering.
Agar bola gapirishni bilmasa (yoki yaxshi gapira olmasa) ham u sizni tushunadi. Savol berishdan maqsad darrov javob olish emas, asosiysi bolani oʻylashga majbur qiladi. Pedagogga bu juda muhim.
Bolani ham sizga savol berish ishtiyoqini kuchaytiring (bu bolalarga juda yoqadi, asosiysi mavzudan chetlashmaslik kerak).
Bolalarni savollariga emotsional yondoshing. Kichik bolalar harakat, ovoz, qiliqlar bilan savol berishadi va soʻrashadi. Ular hamma narsaga hissiyotlar bilan yondoshadilar, hissiyot bilan oʻtgan barcha narsalar inson ongida uzoq saqlanib qoladi.
Sayr.
Sayr bola bilan xavfsizlik haqida gaplashadigan eng maʼqul vaqt hisoblanadi. Albatta 5-6 yoshdagi bolalar xavfli vaziyatlarda oʻzini qanday tutishi va qanday himoyalanish haqidagi “nasihat”larni qiyinchilik bilan qabul qiladilar. Agar bu holatni aniq vaziyat tarzida sayr davomida tashkil etilsa, faoliyat ancha samarali amalga oshiriladi.
Oʻyin – kichik bolalar hayotidagi eng muhim jarayon.
Aynan oʻyin orqali ular olamni anglaydilar va unga moslashib boradilar. Shuning uchun mashgʻulotlar davomida bolalarda anglash jarayonlarini rivojlantiradigan doimo syujetli-rolli oʻyinlar, bolalarda didaktik oʻyinlar oʻynash juda muhimdir.
Quyidagi didaktik oʻyinlardan foydalanish mumkin:
“Bu odamlardan qaysi biri sening qarindoshlaring”,
“Kim ortiqcha”,
“Gapni qanday tugatish kerak”,
“Beligilarga qarab top” va h.k.
Agar bolaning qiyin vaziyatlarda toʻgʻri chiqib ketganligini bilsangiz, uni albatta maqtov bilan ragʻbatlantiring. Bu bolani kelgusida oʻziga boʻlgan ishonchini orttiradi. Agar bola notoʻgʻri ish qilib qoʻysa, uni urishmaslik kerak – asta-sekinlik bilan qoʻyilgan xatolarni va kelib chiqishi mumkin boʻlgan oqibatlarni tushuntiring.
Xavfsizlik tarbiyasining maqsadi – bolaning oʻz imkoniyatlariga boʻlgan ishonchini orttirish, xavfsizlik qoidalariga amal qilishsa xavfli vaziyatlarga tushmasliklari, agar shunday holat sodir boʻlsa undan chiqish yoʻllarini bilishlaridir.
Xavfsizlik qoidalari haqidagi koʻnikmalar bosqichma-bosqich shakllanttiriladi. Bola siz aytgan narsalarni oʻzlashtirganligini tekshirib boring. Xavfsizlik harakati qoidalariga amal qilishni bola toʻliq oʻzlashtirgandagina bola xavfsizligi taʼminlanadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda hayot faoliyati xavfsizligi taʼminlash asoslari boʻyicha turli metodik usullarni qoʻllash mumkin:
Suhbatlar,
Tajribalar,
Treninglar,
Kuzatish,
Hayotiy misollar,
Badiiy nashrlar,
Oʻyinlar,
Turli mavzularda rasmlar chizish
Doimo asosiy bir narsani yodda tutish lozim – bolalarga barcha narsada ota-onalar, tarbiyachilar va katta odamlar shaxsiy namuna hisoblanadilar.
Nazorat savollari
Bolalarda HFX boʻyicha tasavvur qaysi koʻnikma va malakalarni shakllantirish orqali am amalga oshiriladi?
Xavfsizlik tarbiyasining maqsadi nimaga qaratiladi?
Bolalarni sayrga olib chiqish qoidalari
Favqulodda vaziyatlarda xavfsizlikka qoʻyiladigan talablar
IV. OʻZINI-OʻZINI TEKSHIRISH UCHUN TEST SAVOLLARI
№ | SAVOLLAR | 1-JAVOB | 2-JAVOB | 3-JAVOB | 4-JAVOB | Toʻgʻri javob |
1. | Ekologik tarbiyaning asosiy maqsadi nimaga qaratilgan? | bolalarga tabiat bilan tanishtirishning anʻanaviy shakllarini singdirish | ekologik rivojlangan ong, emotsional-hissiy tuygʻularni rivojlantirish
| bolalarda tabiatga tolerantlik munosabatlarini shakllantirish | bolani oʻz atrofidagi tabiiy-ijtimoiy muhitga moslashtirish | 2 |
2. | Ekologik taʻlim-tarbiya bolalarda qanday munosabatlarni shakllantiradi?
| Insonparvarlik, tabiatga qiziqish va unga gʻamxoʻrlik munosabatlarini | oʻsimliklarni oʻstirish, hayvonlarni parvarish qilish | tabiatni kuzatish, tabiatda oʻzini tutish qoidalari | tabiatga anʻanaviy-maʻrifiy, ijtimoiy munosabatlarini | 1 |
3. | Bolalarning ekologik tarbiyasi qanday jarayon?
| Ekologik mazmun bilan bogʻliq bilimlarni umumlashtiruvchi | tirik jonzotlarga nisbatan achinish, uni asrab-avaylashga undovchi | maqsad sari yoʻnaltirilgan pedagogik jarayon | yil fasllari bilan tanishtiruvchi jarayon | 3 |
4. | Hayot bu…
| kishilik jamiyati, jumladan insonning yashashi va namoyon boʻlishi | oʻsimlik dunyosining yashash va namoyon boʻlishi | tirik mavjudotlar, jumladan kishilik jamiyatining yashashi va namoyon boʻlishi | hayvonot dunyosining yashash va namoyon boʻlishi | 3 |
5. | Faoliyat bu...
| insonning butun umri davomida yashash uchun harakat qilishi | insonning jamiyat taraqqiyotidagi roli
| insonning aqliy, maʻnaviy va ilmiy jarayonlar majmuasi | insonning xavfsiz yashash uchun harkat qilishi | 1 |
6. | Xavfsizlik bu ... | insonlarning iqtisodiy taʻminlanganlik darajasi | insonlarning ijtimoiy taʻminlanganlik darajasi | insonlarning siyosiy taʻminlanganlik darajasi | organizmlarning xavf-xatardan himoyalanganlik darajasi | 4 |
7. | Evakuatsiya deganda nimani tushunasiz?
| aholini transportga joylashtirish | aholini shahardan qishloqqa joylashtirish | aholini xavfsiz joyga olib chiqib ketish | aholini MTTdan uzoqroqqa joylashtirish
| 4 |
8. | MTTda ekologik tarbiya boʻyicha qanday mashgʻulotlar tashkil etilishi lozim?
| tirik mavjudotlarga rahm-shafqatli boʻlishga qaratilgan | kuzatuvlar, ekologiyaga oid mashgʻulotlar oʻtish, tabiatda tajribalar oʻtkazish | tabiatga nisbatan doʻstona mynosabatla-rini shakllantiradi-gan | bolalarda suvni iflos va ispof qilmaclik tushunchalarini rivojlantirishga qaratilgan | 3 |
9. | MTT hududi va xonalarida qanday oʻsimliklar oʻstirish taʻqiqlanadi? | katta bargli, kichik hajmli oʻsimliklar | nina bargli oʻsimliklar
| tikanli va zaharli oʻsimliklar | quyosh nurini toʻsmaydigan kichik oʻsimliklar | 3 |
10. | “Kitob burchaklari”, oʻyin burchaklari, ijodiy faoliyat burchaklarida yorugʻlikning yetarli darajada taʻminlanmasligi bolalarda qaysi kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin? | bola gavda tuzilishining buzilishi, umurtqa pogʻonasining qiyshayishiga olib keladi | bolalarning eshitish qobiliyatining buzilishiga olib keladi
| bolalarda koʻrish qobiliyatining pasayishiga olib keladi
| anglash, his etish bilan bogʻliq ruhiy holatining buzilishiga sabab boʻladi
| 3 |
Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 16-dekabr “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekiston taraqqiyoti stategiyasi toʻgʻrisida”gi №PF-60 sonli farmoni. –T.2022y.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-sentyabr “Maktabgacha taʼlim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3261-son Qarori.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi (http://uza.uz/oz/ 25.01.2020).
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim va Sogʻliqni saqlash vazirliklarining 2018-yil 30-aprel«Maktabgacha taʼlim muassasalarida bolalarning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida nizom» 20/1, 10-qq/1-son qoʻshma qarori.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentyabr «Maktabgacha taʼlim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida» PQ-3955-son Qarori.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-may “Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PQ-4312-son Qarori.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-may “Oʻzbekiston Respublikasida ekologik taʼlimni rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 434-son Qarori.
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirining 2020-yil 26-oktyabr “Maktabgacha taʼlim xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 17-son buyrugʻi.
Avezov Sh.M. Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi.–T.:“Ilm ziyo”, 2013.
Domuladjanov I.X., Domuladjanova Sh.I., Teshabayev A.M. Hayot faoliyati xavfsizligi. Uslubiy qoʻllanma.–Fargʻona: “Fargʻona”, 2014.
Moiseev N. N. Ekologiya i obrazovaniye.– M.: “YUNISAM”, 1996.
Ergashev A., Ergashev T. Ekologiya, biosfera va tabiatni muhofaza qilish.–T., 2005.
Nigmatov A. Ekologiyaning dolzarb muammolari va hayot faoliyati xavfsizligi. Amaliy mashgʻullotlarni oʻtkazish boʻyicha oʻquv-metodik qoʻllanma.–T.:“Navroʻz”, 2020
Sodikova Sh. Maktabgacha pedagogika. Darslik. Toʻldirilgan qayta nashr. – T., 2017
Fayziyev Sh.X. Ekologicheskaya politika gosudarstva: Konsepsiya
ELEKTRON TAʼLIM RESURSLARI
www. mdo.uz. OʻzR Maktabgacha taʼlim vazirligi sayti.
www.mintrud.uz – OʻzR Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi sayti.
www. lex.uz - OʻzR Adliya vazirligi sayti.
www.un.org – Birlashgan millatlar tashkiloti(BMT)ning barqaror rivojlanish komissiyasi sayti.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi rasmiy sayti - www.edu.uz.
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi rasmiy sayti - www.uzedu.uz.
ZiyoNetaxborot taʼlim portali -www.ziyonet.uz.
Qidiruv tizimi – google.ru
VI. TARQATMA MATERIALLAR
“Bahs-munozara” metodi
Mavzu boʻyicha taʼlim oluvchilar bilan oʻzaro bahs, fikr almashinuv tarzida oʻtkaziladi.
Ushbu metod har qanday mavzu va muammolar mavjud bilimlar va tajribalar asosida muhokama qilinishi nazarda tutilgan holda qoʻllaniladi. Taʼlim beruvchi “Bahs-munozara”ni boshqarib borish vazifasini taʼlim oluvchilarning biriga topshirishi yoki oʻzi olib borishi mumkin. Bunda “Bahs-munozara”ni erkin holatda olib borish va har bir taʼlim oluvchini munozaraga jalb etishga harakat qilish talab qilinadi. Ushbu metod qoʻllanilayotganda taʼlim oluvchilar orasida paydo boʻladigan nizolar darhol bartaraf etilishi lozim.
“Bahs-munozara” metodini oʻtkazishda quyidagi qoidalarga amal qilish kerak:
barcha taʼlim oluvchilar ishtirok etishi uchun imkoniyat yaratish;
“oʻng qoʻl” qoidasiga (qoʻlini koʻtarib, ruxsat olgandan soʻng soʻzlash) rioya qilish;
fikr-gʻoyalarni tinglash madaniyati;
bildirilgan fikr-gʻoyalarning takrorlanmasligi;
bir-birlariga oʻzaro hurmat.
TARQATMA TOPSHIRIQ
1-jadval
№ | Mashgʻulot mavzusi | Oʻtiladigan yosh guruhi | Mashgʻulotda foydalaniladigan metodlar
|
1. | Bolalarni fasllar bilan tanishtirish
|
|
|
2-jadval
№ | Mashgʻulot mavzusi | Oʻtiladigan yosh guruhi
| Mashgʻulotda foydalaniladigan metodlar
|
1. | Bolalarni hayvonot olami bilan tanishtirish
|
|
|
3-jadval
№ | Mashgʻulot mavzusi | Oʻtiladigan yosh guruhi
| Mashgʻulotda foydalaniladigan metodlar |
1. | Bolalarni hashoratlar olami bilan tanishtirish
|
|
|
4-jadval
№ | Mashgʻulot mavzusi | Oʻtiladigan yosh guruhi
| Mashgʻulotda foydalaniladigan metodlar |
1. | Bolalarni oʻsimliklar dunyosi bilan tanishtirish
|
|
|
TARQATMA TOPSHIRIQ
“Aqliy hujum” metodi. “Malaka oshirish” tushunchasi ustida ishlash
Oʻqituvchi doskaga “Hayot faoliyati xavfsizligi…. - “ deb yozadi. Tinglovchilardan shu soʻzning maʻnosini izohlashni soʻraydi.
Tinglovchilar “hayot faoliyati xavfsizligi” soʻzi maʻnosi va farqini aytadilar. Oʻqituvchi doskaga tinglovchilar aytgan barcha soʻz, soʻz birikmalarini yozib boradi. (tinglovchilar ham oʻz daftarlariga yozib borishlari mumkin).
Ish jarayoni yakunida oʻqituvchi tinglovchilar fikrlarini umumlashtirib “hayot faoliyati xavfsizligi” soʻzining maʻnosini umumlashtiradi. “Hayot faoliyati xavfsizligi” tushunchasi ishlatilgan sohalardan misollar aytiladi. (Yongʻin xavfsizligi, texnika xavfsizligi, mehnat muhofazasi, favqulodda vaziyatlarda xavsizlik va h.k.)
TARQATMA TOPSHIRIQ
“Kichik guruhlarda ishlash” metodi
Taʼlim oluvchilarni faollashtirish maqsadida ularni kichik guruhlarga ajratgan holda oʻquv materialini oʻrganish yoki berilgan topshiriqni bajarishga qaratilgan ijodiy ish.
Ushbu metod qoʻllanilganda taʼlim oluvchi kichik guruhlarda ishlab, mashgʻulotda faol ishtirok etish huquqiga, boshlovchi rolida boʻlishga, bir-biridan oʻrganishga va turli nuqtai-nazarlarni qadrlash imkoniga ega boʻladi.
“Kichik guruhlarda ishlash” metodi qoʻllanilganda taʼlim beruvchi boshqa interfaol metodlarga qaraganda vaqtni tejash imkoniyatiga ega boʻladi. Chunki taʼlim beruvchi bir vaqtning oʻzida barcha taʼlim oluvchilarni mavzuga jalb eta oladi va baholay oladi.
Guruhlarda ishlash va taqdimot qilish reglamenti:
1. Guruhlarda topshiriqni bajarish – 40 daqiqa
2. Har bir guruh faoliyati natijasini taqdimoti – 10 daqiqa
Hayot faoliyati xavfsizligi boʻyicha bolalar bilan ishlash yoʻnalishlari
Salomatligimizni asraymiz
|
Tabiatda xavfsiz dam olish qoidalari
|
Shahar koʻchalarida xavfsizlk
|
Oilada bola xafvsizligi
|
|
|
|
|