Меню
Разработки
Разработки  /  Литература  /  Уроки  /  5 класс  /  «Kelishik qo‘shimchalari» mavzusida bir soatlik dars ishlanma

«Kelishik qo‘shimchalari» mavzusida bir soatlik dars ishlanma

«Kelishik qo‘shimchalari» mavzusida bir soatlik dars ishlanma
11.04.2020

Содержимое разработки




____-umumta’lim maktabi

3-sinf o’qituvchisi

________________________ning

Matematika fanidan

bir soatlik


OCHIQ DARS ISHLANMASI



Mavzu: To’g’ri va noto’g’ri kasrlar





Fan: Matematika Sinf: _______

Mavzu: To’g’ri va noto’g’ri kasrlar


Mavzuga oid tayanch tushunchalar: kasr, to’g’ri kasr, noto’g’ri kasr.

Mavzuning qisqacha mazmuni: Surati maxrajidan kichik kasr to‘g‘ri kasr deyiladi. Surati maxrajiga teng yoki maxrajidan katta
bo‘lgan kasr noto‘g‘ri kasr deyiladi

O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:

Metod: Interfaol, mashq qilish, mustaqil ishlash, namoyish qilish.

Shakl: Guruhga bo’lish va guruh bilan ishlash

Jihoz: Mavzuga oid rasmli misollar, tarqatma materiallar.

Darsning maqsadlari:

Ta`limiy: O`quvchilarda to’g’ri va noto’g’ri kasrlarga doir misollarni yechish bo`yicha bilim, ko`nikma va malakalarni shakllantirish.

Tarbiyaviy: Qish faslida nishonlanadigan bayramlar bilan tanishtirish orqali ekologik tarbiya berish, tabiatni asrab-avaylashga o`rgarish.

Rivojlantiruvchi: Matematik boshqotirma ustida fikr-mulohaza yuritishga jalb qilish orqali mantiqiy fikrlash ko`nikmalarini shakllantirish.

Kutilayotgan natija: to’g’ri va noto’g’ri kasrlarga doir misollarni yechish bo`yicha ko`nikma va malakalarga ega bo`ladilar, kasrlar ustida misollarni bajarishni uddalay oladilar.

Darsning texnologik xaritasi

Dars

bosqichi

Bajariladigan ish mazmuni

Metod

Vaqt

1-bosqich.

Tashkiliy

qism

O‘quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.


2 min

2-bosqich.

Refleksiya

(ehtiyojlarni aniqlash)

Matematika darslarida 3-sinfda nimalar o‘rganilganligi, xonadan o‘tmasdan qo‘shishga doir og‘zaki misollar yechiladi.

Suhbat, kartochka- lar bilan ishlash

5 min

3-bosqich.

Yangi mavzu

bayoni

Kasr haqida ma’lumot berish, ularning turlari: to’g’ri va noto’g’ri kasrlar haqida ma’lumot berish.

Savol-

javob

10 min

4-bosqich. Yangi mavzuni mustahkamlash

1-4 o‘quvchilar mustaqil yechadilar. 5-6 topshiriqlar o‘qituvchi yordamida bajariladi.

Mustaqil ish, savol- javob

23 min

5-bosqich.

Baholash

Darsdagi faolligiga qarab o‘quvchilar baholanadi.


3 min

6-bosqich. Uyga vazifa berish

Darslikdagi 7- va 8-masala uyga vazifa ekanligi aytiladi, ularni yechish bo‘yicha ko‘rsatmalar beriladi.


2 min

Nazorat: Uy vazifasini tekshirish, og`zaki so`rov, doskada va mustaqil ravishda misollar yechish, masalani birgalikda tahlil qilib yechimini topish.

Baholash: Doskada yoki mustaqil ravishda misol, masala yechishi, og`zaki savol-javob faolligiga qarab o`quvchilar baholanadi.


S inf shiori: Ahilligu, inoqlik

Hamkorligu, faollik

O’isak bo’lmaymiz hor,

Intilganga tole’ yor


Darsning borishi.

I.Tashkiliy qism.

a) salomlashish;

b) siyosiy daqiqa;

v) davomat;

Salomlashish.

Salom shirin so’zimiz

Salom deymiz o’zimiz

Odob bilan aytamiz

Assalomu alaykum!

Salom shirintoylarim

Yulduzlarim oylarim

Latofatga boylarim

Ham sho’x ham quvnoqlarim

Tinglab mening so’zlarim

Olingiz saboqlarim

O’ylab puxta javob bering

Hozir qay dars aytib bering! (Matematika darsi)



Navbatchi axboroti:

Sinfda men navbatchi

Atrofga bir qarangchi

Eshik, oynalar toza,

Parta, stullar soza!

2 Aziz o'quvchilar Vatan degan tushunchani siz qanday izohlaysiz.

Vatan-ostonadan boshlanadi.

Vatan-sajdagoh kabi muqaddas

Vatan tuyg'usining manzillari beshikdan

qabrgachadir.

Vatan eng katta taqdir

Sen Vatanni madh etgan minbar-mehrobdir

Vatan nechog'li ulkan bo'lmasin, u qalbda ham, ko'z qorachig'iga ham joy bo'la oladi.


Vatan haqiqatdan ham yagonadir.

Mana shu go'zal yurtimizning tinchligi, obodligi va farovonligi yo'lida prezidentimiz tomonidan qanday qaror va farmoyishlar qabul qilinganlidan parcha namoyish etamiz.

Sinf o’quvchilari 5 tashabbus bo’yicha o’quvchilar taqdimotini namoyish etadilar

Qo’llariga har bir o’quvchi tashabbus boyicha ko’rgazmalar bilan sahnaga chiqadilar.

O’quvchilar 5 tashabbusni o’zbek va ingliz tilida aytadilar.

1-o’quvchi 1. Increasing the interest of young people in music, arts, literature, theater and other types of art;

2-o’quvchi. Enroll youth with sports, create the necessary conditions for this;

3-o’quvchi. The organization of effective use of computer technologies and the Internet by the population and young people;

4-o’quvchi. Enhancing the spirituality of young people, a wider propaganda of reading;

5-o’quvchi. Ensuring the employment of women.



Siyosiy daqiqa

O`zbekiston va jahon mamlakatlarida bo`layotgan o`zgarishlar va yangiliklar bilan tanishtirish.

Savol: 2020-yil qanday yil deb nomlandi?

Javob: 2020– yil – “Ilm ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yilii” deb nomlandi.

Savol: 2019 – yilda qanday ishlar amalga oshirildi.

Javob: 2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasining rivojlantirishning 5 ta ustuvor yo’nalishlari bo’yicha harakatlar strategiyasi amalga oshirildi.

- 2019– yil – Iqtisodiyotga faol investitsiyalar jalb qilindi.

- Mahalliy sanoatni rivojlantirish orqali “kichik biznes”lar tashkil qilindi.

- Aholini tabiiy gaz, elektr manbaidan unumli foydalanishga qaratildi.

- Sportga katta ahamiyat berilib sport inshootlari qurildi.

Sinf 3-guruhga bo’linadi

1.Donolar 2.Zukkolar 3.Daholar.

II. Uyga vazifani so`rab baholash:

a) og`zaki so`rov

b) daftarni tekshirish

v) tarqatma materiallar orqali

g) misollar yechish

e) amaliy.

III.Yangi mavzu bayoni:

Surati maxrajidan kichik kasr to‘g‘ri kasr deyiladi.


a   kasr to‘g‘ri kasrdir. Masalan:   ;  


Surati maxrajiga teng yoki maxrajidan kata bo‘lgan kasr noto‘g‘ri kasr deyiladi.


a ≥ b bo‘lsa, –   kasr noto‘g‘ri kasrdir. Masalan:   ;  


1-topshiriq:


  1. Maxraji 5 bo‘lgan barcha to‘g‘ri kasrlarni yozing.

  2. Surati 5 bo‘lgan barcha noto‘g‘ri kasrlarni yozing.




2-topshiriq:

a ) Ikkita doiraning har biri teng 6 ga bo‘linib, hosil bo‘lgan bo‘laklarning 8 tasi olingan bo‘lsa, bu noto‘g‘ri kasr —   ko‘rinishida yoziladi.














b)Doiraning bo‘linishlar sonini noto‘g‘ri kasr ko’­rinishida ifodalang:



3-topshiriq:


To‘g‘ri va noto‘g‘ri kasrlarni ajratib, alohida yozing:


               



4-topshiriq:


Uzunligi 8 sm bo‘lgan kesma nechta bo‘lakka bo‘lingan?



















Ushbu kesmaning     kasrlarga mos bo‘lak uzunligini ko‘rsating.

Namuna:

 


















5-topshiriq:

Radiusi 2 sm ga teng ikkita doira chizing. Ularni teng to‘rt qismga ajrating va birinchisining 2 ta, ikkinchisining 3 ta qismini bo‘yang. Har birining ajratilgan bo‘laklar sonini kasr ko‘rinishida ifodalang.

6-topshiriq:

Doiraning bo‘yalgan qismiga mos kasrlarni toping:

Yangi mavzuni mustahkamlash:

Guruhlarga ZINAMA ZINA metodi orqali topshiriq beriladi

1-guruh. Kasr va uning turlari haqida ma’lumot

2-guruh. To’g’ri kasr haqida ma’lumot

3-guruh. Noto’g’ri kasr haqida ma’lumot


O’quvchilarni baholash:








Uyga vazifa: 7-topshiriq:

  1. Maxraji 8 bo‘lgan to‘rtta to‘g‘ri kasr son yozing;
    b) Surati 4 bo‘lgan to‘rtta noto‘g‘ri kasr son yozing.

8-topshiriq:

3­«V» sinfida 36 ta o‘quvchi o‘qiydi. O‘quvchilarning   qismi o‘g‘il bolalar bo‘lsa, sinfda nechta o‘quvchi qizlar bor?


-80%
Курсы повышения квалификации

Исследовательская деятельность учащихся

Продолжительность 72 часа
Документ: Удостоверение о повышении квалификации
4000 руб.
800 руб.
Подробнее
Скачать разработку
Сохранить у себя:
«Kelishik qo‘shimchalari» mavzusida bir soatlik dars ishlanma (1.41 MB)

Комментарии 0

Чтобы добавить комментарий зарегистрируйтесь или на сайт