Меню
Разработки
Разработки  /  Родной язык и литература  /  Презентации  /  3 класс  /  Eng yaxshi dars taqdimoti uchun taqdirlandi

Eng yaxshi dars taqdimoti uchun taqdirlandi

Prezentatsiya
16.04.2020

Содержимое разработки

Sana:__________2019-yil Fan nomi: O’qish Sinf: 3- “____”

Mavzu: Hunarni sev. Tolib Yo‘ldosh

Ta’limiy:Kasb-hunar haqida tushuncha berish va ularning turlari bilan tanishtirish. Fan-texnika taraqqiyotiga hissa qo‘shayotgan kasblar bilan tanishtirish. Oila a’zolarining kasb-hunarlari haqida. Kasb tanlashga yo‘naltirish. O‘zi sevgan kasbdan faxrlanish. Tanlangan kasbning inson hayotidagi o‘rnipaydo qilish.F.k.1 rivoyat, hikoya, ertak, latifalar, maqol, topishmoq, tez aytish va she’riy matnlarni, ixcham audio va video materiallarini tinglab tushuna oladi;

Tarbiyaviy: Ta’lim-tarbiya jarayonida beriladigan bilimlar yaxlit va ijtimoiy shart-sharoitlar, milliy va tarixiy ma’naviy omillar, umuminsoniy qadriyatlar mohiyatini tushuntirish.

Yuksak insoniy fazilatlar mohiyatini anglatish, ularga ongli munosabatda bo’lish, yaxshini yomondan ajrata olish bilimini shakllantirish. T.k.3. shaxs sifatida doimiy ravishda o‘z-o‘zini rivojlantirish;

Rivojlantiruvchi; Dars jarayonida egallangan bilimlarni aniqlash, umumlashtirish, mustahkamlash.

Sinfning boshqa a’zolarining fikrlarini tinglay olish ko’nikmalarini hosil qilish.F.k.2. o‘qilgan asar mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob bera oladi;

Darsning turi : an’anaviy,

Dars metodi: kichik gurunlarda ishlash, mustaqil ish metodi.

Darsning jihozi, Tolib Yo`ldosh portreti, to‘plamlari, sahnani jihozlash uchun kerakli narsalar.

Darsning borishi

I.Tashkiliy qism :Salomlashish , davomatni aniqlash, o`quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirib nazorat qilish.

II. O`tgan mavzuni so`rab baholash: “Ilmli ming yashar “ Maqolini mazmun mohiyatini ochib bering.

III.Yangi mavzuning bayoni:

Tolib Yo`ldosh to‘plamlari ko‘rgazmasi tashkil etiladi. O`quvchilar kitoblarni qollariga olib, varaqlab ko‘radilar, tomosha qiladilar. O`quvchilarga to'plamlami ko‘rishlaridan oldin quyidagi topshiriqlar beriladi:

  • Tolib Yo`ldoshning qanday to‘plamlari bor?

  • Shoir to‘plamlarining nomini bilib oling.

  • O`zingizda qiziqish uyg‘otgan to'plamni varaqlab o‘rganing.

T olib Yo`ldosh hayoti va ijodi haqida suhbat o‘tkaziladi:

BolalarvakattalarningardoqlishoiriTolibYoʻldosh 1918 yil ToshkentningChilonzormavzei, Gulbozormahallasidaoddiymehnatkashoiladadunyogakelgan. U turmush tashvishlari bilan boʻlib, qirq yoshidan soʻng ilm egallashga kirishadi. Tayyorlov va kechki kurslarda oʻqidi. Tolib Yoʻldoshning birinchi sheʼriy toʻplami “Boʻri bilan chol” 1943 yilda chop etilgan. “Shundan beri, ‒ deb yozadi shoir tarjimai holida, ‒ qirqqa yaqin toʻplam nashr ettirdim, yarmi bolalarga, yarmi kattalar uchun”. T. Yoʻldoshning “Baxtiyorlar qoʻshigʻi”, “Porloq erta”, “Polizda”, “Doʻmboqlar”, “Koptok nega qochadi”, “Oʻsmirlar oʻylari”, “Oq terakmi, koʻk terak”, “Quyosh bilan suhbat” kabi yigirmaga yaqin sheʼriy toʻplamlarida begʻubor yoshlar qalbi, orzu maqsadlari, intilishlari, quvonch va tashvishlari oʻzining yorqin ifodasini topgan.

Hunarni sev. Tolib Yo‘ldosh


IV. Yangi mavzuni mustahkamlash. 1. She'rnito'xtamlargarioyaqilib, ifodalio'qing.

2. Shoir yoshlarni nimaga chaqiryapti? 3. She'rda hunarga qanday ta'rif berilgan?

4. Siz kim bo'lmoqchisiz

V. Baholash. Darsdagi faol ishtirokiga qarab, o’quvchilar rag’batlantiriladi va dars yakunida

ballar umumlashtirilib yakuniy ballar e’lon qilinadi.

VI. Uyga vazifa. She'rni yod oling.


































Ko’rildi: O’IBDO’: __

Sana:__________2019-yil Fan nomi: O’qish Sinf: 3- “____”

Mavzu: B A H S Sunnatilla Anorboyev

Ta’limiy:Kasb-hunar haqida tushuncha berish va ularning turlari bilan tanishtirish. Fan-texnika taraqqiyotiga hissa qo‘shayotgan kasblar bilan tanishtirish. Oila a’zolarining kasb-hunarlari haqida. Kasb tanlashga yo‘naltirish. O‘zi sevgan kasbdan faxrlanish. Tanlangan kasbning inson hayotidagi o‘rni paydo qilish.F.k.1 matnlarni qisqartirib, qayta aytib bera oladi;o‘rganilgan mavzular doirasida bayon va bolalar yozuvchilari, ularning asarlari nomini yoza oladi;

Tarbiyaviy: O`zbekiston farzandi ekanligidan faxrlanish tuyg‘usini uyg‘otish. Insoniylik ruhidatarbiyalash.T.k.4. badiiy asarlarda aks etgan ma’naviy va madaniy hodisalar mohiyatini to‘g‘ri tushunish va talqin qila olish, ulardagi estetik jihatlarni ilg‘ash hamda tushuntirib bera olish;

Rivojlantiruvchi: tanqidiy fikrlash qobiliyatini oshirish.Nima yaxshi-yu, nima yomonliginifarqlashga o`rgatish.F.k.2. o‘qilgan asar mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob bera oladi;

Darsning turi: Yangi bilim beruvchi dars.

Darsning metodi:Ifodali o’qish, aqliy hujum, suhbat, izlanish metodi.

Darsning jihozi:Rebuslar to‘plami, savolli kartochkalar, tarqatma materiallar

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism. Salomlashish, davomatni aniqlash, o’quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish.

II. O’tgan darsda berilgan uyga vazifani tekshirish va o’quvchilarni baholash.

O'qituvchi darsni tashkillashtirib oladi. O'tgan darsda uyga berilgan topshiriqning bajarilishi tekshiriladi. O'qituvchi topshiriqlarni to'g'ri bajargan o'quvchilarni rag'batlantiradi va o'tilgan mavzuga oid savollar beradi.

III. Yangi mavzuning bayoni: Kirish suhbati

H ikoya muallifi Sunnatilla Anorboyevhayoti va ijodi haqida qisqacha ma`lumot berish.Taniqli adib, mohir jurnalist Sunnatilla Anorboyev 1922 yilda Janubiy Qozogʻiston viloyatining Turkiston tumanidagi Qarnoq qishlogʻida tavallud topgan. Avval toʻliqsiz oʻrta maktabda, soʻngra Namangandagi pedagogika texnikumida tahsil oldi. Nihoyat, Toshkent davlat pedagogika institutida oʻqishni davom ettirdi. 1942–1945 yillarda Ikkinchi jahon urushida ishtirok etdi.

Urushdan qaytgach, oʻqituvchilik qildi. 1949 yillardan boshlab respublika gazeta-jurnallarida faol qatnasha boshladi. Sunnatilla Anorboyev lavha, maqola, ocherk yozishdan hikoya, qissa va roman yozish darajasiga koʻtarildi.

BAHSSunnatilla Anorboyev

I

Oqsoy qishlog'ida Halim, Salim, Karim degan bolalar bor. Ular sinfda ham yonma-yon o'tirishadi. Darsni ham birga tayyorlashadi. Ta'til yaqinlashgan sari uch o'rtoq soy bo'yidagi ko'rpaday qalin chimga cho'zilib, yozda qiladigan ishlari to'g'risida uzoq-uzoq suhbatlashadigan bo'lib qolishdi.

— O'qish tugagan kunning ertasigayoq yaylovga ketaman, — dedi Karim. — Bo'ribosarni ergashtirib, qo'y boqishda otamga ko'maklashaman. Katta bo'lsam-chi, otamdek cho'pon bo'laman. Cho'ponlikdan yaxshi kasb yo'q olamda!

Karimning keyingi gapidan Halim bilan Salimning jahli chiqdi.

— Nega endi? — deyishdi ikkovlari birdaniga.

— Mana, masalan, mening otamday hisobchi bo'lish yomon ekanmi? — dedi achchiqlanib Halim. — Fermer xo'jaligida kirn qanday ish qildi, qancha ish haqi oladi, cho'ponlar davlatga qancha jun, go'sht, yog', sut yetkazishini otam hisoblab beradi. Katta bo'lsam, albatta, otamday hisobchi bo'laman.

— I-i, anavini qaranglar! — ermak qildi Karim.

II

Salim yuvosh bola edi. Lekin ikkala o'rtog'ining gapi g'ashini keltirdi.

— Xo'jalik mulki omborxonada saqlanadimi yo ko'chadami? — deb so'radi Salim.

— Albatta, omborxonada!

— Omborxonani kechasi otam qo'riqlaydi. Xo'jalik don-duni, go'sht-yog'i-yu asbob-uskunalarini otamga ishonib topshirib qo'yibdi! Men katta bo'lsam, albatta, otamdek qorovul bo'laman.

Shunday qilib, uch o'rtoqning bittasi unday deb, ikkinchisi bunday deb gap talashib qolishdi.

Mustaqil ish.

1.Kasbning yomoni bo'lmaydi. 2.Uch o'rtoq. 3.Salimning achchig'i chiqdi.

4.Salim yuvosh bola edi. Reja qismlarini hikoya mazmunining izchilligiga asoslanib tartibga soling va so'zlang.

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.«Kasblarga ta’rifi» o‘yini.

O‘quvchilar uchta guruhga bo‘linadi. Bitta guruh maktabga aloqasi bo‘lgan kasbni (o‘qituvchi, psixolog, oshpaz, farrosh) aytadi. Keyingi guruh shu kasbga ta’rif beradi va yana bitta kasb nomini uchinchi guruh uchun aytadi, o‘yin shu tariqa aylana bo‘yicha davom etadi. Agar guruh vazifani bajara olmasa, boshqa guruh a’zolari bu imkoniyatdan foydalanishlari mumkin. Guruhlar har bir topilgan kasb nomi va unga berilgan ta’rif uchun ball to‘playdilar. So‘ngra o‘qituvchi bolalarning shu maktabda o‘qishlari uchun mehnat qilgan kasblar vakillariga (quruvchilar, bo‘yoqchilar, elektriklar va h.k) ta’rif beradi. O‘quvchilar bu kasb nomlarini topishlari kerak. Agar guruh berilgan savolga javob bera olmasa, boshqa guruh topshiriqni bajarishi va ball to‘plashi mumkin.

V. Baholash. Darsdagi faol ishtirokiga qarab, o’quvchilar rag’batlantiriladi va dars yakunida

ballar umumlashtirilib yakuniy ballar e’lon qilinadi.

VI. Uyga vazifa. Matnni mazmunini aytib bering.


























Ko’rildi: O’IBDO’: __





6


-80%
Курсы повышения квалификации

Занимательное искусствознание: как научить школьников понимать искусство

Продолжительность 72 часа
Документ: Удостоверение о повышении квалификации
4000 руб.
800 руб.
Подробнее
Скачать разработку
Сохранить у себя:
Eng yaxshi dars taqdimoti uchun taqdirlandi (207.36 KB)

Комментарии 0

Чтобы добавить комментарий зарегистрируйтесь или на сайт