Меню
Разработки

Bolaga kitob bering

Ushbu kitobda bolalar uchun kitobning foydali tomonlari keltirilgan
04.04.2020

Содержимое разработки

Bolaga kitob bering” tadbir ssenariysi


Sahnaga ota va o`g`il chiqib keladi.

Bola osmonga termulib :

  • Dadajon, menga ham qushlarnikiday qanot olib bering. Men ham osmonlarga parvoz qilishni xohlayman.

Dada :

  • Xo`p o`g`lim, ertaga albatta olib kelaman.

Ertasi kun bola otasining yo`lini poylab turibdi. Otasi ishdan qaytadi.

Bola:

-Dadajon, menga qanot olib keldingizmi? Xuddi qushlarnikidaymi? U bilan eng yuqoriga ham chiqa olamanmi?

Dada:

  • O`g`lim, men senga kitob olib keldim. U kelajakda sen uchun eng yaqin hamroh, yuksak marralarni ko`zlashdagi qanoting bo`ladi. Mana sen aytgan qanot.

(”Assalom” qo`shig`i sadolari ostida boshlovchilar sahnaga chiqib keladi.)

1-boshlovchi: ”Kitob- beminnat ustoz . Har daqiqa u bizni donishmandlarning bilim xazinasi bilan oshno eta oladi” degan edi g`azal mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy. Assalomu alaykum aziz mehmonlar, muhtaram ustozlar, bilimga chanqoq tengdoshlar!

2- boshlovchi: Qulluq qil demasman, yurt tuprog`in o`p,

Unga qullar emas, fidolar kerak.

Uning sen-u mendek shoirlari ko`p,

Buyuk elga endi daholar kerak.

Assalomu alaykum xayrli ishlar uchun kamarbasta azizlar! Barchangizga ta`lim muassasamizga xush kelibsiz deymiz!

1- boshlovchi: Bugungi ”Bolaga qanot bering” adabiy kechamiz siz aziz mehmonlar uchun armug`on bo`lsin.

2- boshlovchi: Olamshumul sado bo`lib yangrading,

To`marisning metin qalqonlaridan.

Men esa nomingni topmoq istadim

Navoiy , Boburning devonlaridan.

( Mumtoz adabiyot namunalaridan o`qiladi)

1-boshlovchi: “O`zbekday xalq yana qayda bor. Hatto yig`isini ham qo`shiq qilib aytadi” degan edi o`zbekning erka shoiri Muhammad Yusuf. Go`zal shohbaytlarimiz asrlar osha bizgacha qo`shiqlar qanotida yetib kelgan bo`lsa ne ajab. ( Sh. Xolibekov ijrosida “ Lola ” qo`shig`i)

2- boshlovchi: Oybek ta`biri bilan aytganda “Kitob va mutolaa sizni qudratli ijod bulog`iga boshlaydi. Sizni ko`pdan ko`p yangi bosqichlarga ko`taradi”. Hazrat Navoiy bolaligidayoq yirik majoziy asar bo`lgan “Mantiq ut-tayr” asarini yod olganliklari barchaga ma’lum. Ham shaxs sifatida , ham shoir sifatida millatimiz iftixori bo`lgan bu zotga qancha hurmat ko`rsatsak kam.

Marjonaxon “ O`zbek Navoiyni o`qimay qo`ysa” (Erkin Vohidov she’ri)

( Navoiy va Guli suhbati)

“Bo`ldim sango” qo`shig`i ( O. Xolibekov ijrosida)

1- boshlovchi: Abdulla Qodiriy “Yozganlaring o`zingni yig`latmasa, kuldirmasa, o`zgani ham yig`latmas, kuldirmas” deb yozgan edi. Qodiriyni o`qib yig`lamagan kitobxon kitob o`qidim demasin.

( Zaynab nolasi)

1-boshlovchi: Inson- buyuk xilqat. Uning tarbiyasi oila deb atalmish muqaddas dargohdan boshlanadi. Bugun farzand tarbiyasiga mas’ul ota- ona nima bilan mashg`ul? Oilaviy kutubxonalarimiz bugun qay darajada?

Bir yonda biz topib ulgurmay

Ming- minglab savolga javoblar.

Hatto biz varaqlab ham ko`rmay

Javonda yonmoqda kitoblar.

Abbosbek: To`g`ri, besh qo`l baravar emas, lekin bizning oilaviy kutubxonamizda 200ga yaqin badiiy kitoblar bor. Har kuni kechqurun kitob o`qish -bizning oilaviy an’anamiz. Qolaversa, bizning maktab kutubxonamiz ham tumandagi eng ko`p kitob bazasiga ega kutubxona sanaladi. Biz, o`quvchilar, u yerga kirsak, qaytib chiqib ketgimiz kelmay qoladi.

Sherzod: Aziz mehmonlar, yaqinda o`z yakuniga yetgan ona tili va adabiyot fani oyligida bir xayrli loyiha amalga oshirildi. Unda “Eng kitobxon o`quvchilar ligasi” futbol musobaqasi o`tkazildi. Musobaqa bahonasida biz o`g`il bolalar ham o`zimizda kitobxonlikni shakllantirdik. Eng faxrlanarlisi shundaki, bu chempionatda bizning 8-“a” sinfning kitobxon o`g`il bolalari maktabning mutlaq g`olibi bo`lib, kubokni qo`lga kiritdi. O`tgan yillardan buyon bizning sinf ketma- ket uch marta kubok sohibi bo`ldi, lekin bu safargi g`alaba biz uchun juda qadrli. Chunki unda biz ham kitob bilan oshno bo`ldik, ham g`alaba qozondik.

(O`qituvchi bilan suhbat)

1-boshlovchi: Aziz kitobxon yigitlar, ushbu raqs sizlar uchun.

( Raqs)

2- boshlovchi: “ Eng go`zal she’r Vatan haqidagi she’r ” deydi xalqimiz.

Fan oyligi doirasida biz “ Men nechun sevaman O`zbekistonni?!” mushoirasida ishtirok etdik. Vatan haqida eng beqiyos tashbehlar, chizgilarni qidirib, kitob olamiga yana bir bor oshno bo`ldik. Boshqacha aytganda, biz kitob o`qib vatanni sevishni o`rgandik. Shu mushoiradan bir guldasta sizga ham ilindik.

1-boshlovchi: Darvoqe, bu tanlovda Irodaxon Tolibjonova g`olib bo`ldi.

(She’rlar)

2-boshlovchi: Shukrona Odilova – maktabimizning eng bilimdon o`quvchilaridan. U she’r o`qishga, uni kuyga uyg`unlashtirishga juda qiziqadi. Bu o`quvchimiz iuylda Sochida bo`lib o`tgan _______________ tanlovida faxrli 1- o`rinni egalladi. Shukrona nafaqat maktabimiz, balki butun respublikamiz faxriga aylanib ulgurgan. Marhamat , tinglaymiz, Xaziniy g`azali bilan ” Aylagach” qo`shig`i.

1-boshlovchi: O`zbekiston Qahramoni O. Sharafiddinovning so`nggi vasiyatlari shunday bo`lgan edi:”Farzandlarim, kitoblarimni ehtiyot qiling. Ular mening boyligim”. Biz, yoshlar, bugun siz kattalardan ko`p narsa so`ramaymiz. Qimmatbaho kiyim emas, yangi rusumdagi telefon yoki mashina emas, bizga kitob bering.

2- boshlovchi: Har kuni ishdan qaytishingizni intizorlik bilan kutayotgan farzandingiz uchun nur, ziyo hadya qiling: bizga kitob bering.

3- o`quvchi: Agar biz kitob o`qisak, qo`limizdan hech qachon yomonlik kelmaydi.

4- o`quvchi: Kitob o`qilgan yurtda osoyishtalik, tinchlik bo`ladi.

5- o`quvchi: Dunyoga teran nigoh bilan qarang: o`zini ISHIDchilar, Hizbutchilar deb atayotgan buzg`unchilar umrida bitta kitob o`qiganmikan?

6- o`quvchi: O`sha xunrezliklar sababchilari muhabbat haqida she’r qoralab, yaqin do`stiga ko`rsatganmikan?

7- o`quvchi: O`sha vatanfurushlarga yoshligida ota- onasi bitta bo`lsa ham kitob sovg`a qilganmikan?

8- o`quvchi: ”Dunyoning ishlari” qissasini o`qib, ta`sirlanib, chin dildan bir marta bo`lsa ham onasini bag`riga bosganmikan?

9- o`quvchi: Abdulla Oripov ” Kitob o`qiyotgan odamning yuzida farishtasi bo`ladi” deb yozgan edilar. Farzandim farishta yuzli bo`lsin , go`zal xulq va amali bilan yurtimiz koriga kamarbasta bo`lsin desangiz, bizga kitob bering. (qo`shiq sadolari ostida )

10- o`quvchi: Yuzga bering farishta,

Uyg`oq dil- xitob bering.

Sardor bo`lsin har ishda,

Bolaga kitob bering.

11-o`quvchi: Temuriylar avlodi

Ulug`bekning zurriyoti,

Navoiy asli zoti,

Bolaga kitob bering.

12- o`quvchi: Har ishning boshi- kitob,

Ko`ngillarga nur, oftob,

Yosh avloddan shu xitob-

Bizlarga kitob bering,

Bolaga kitob bering.

1- boshlovchi: Shu bilan bugungi “ Bolaga kitob bering” adabiy kechamiz o`z nihoyasiga yetdi. Azizlar, barchamizning yuzimiz, ko`nglimiz va uyimizni farishtamiz hech qachon tark etmasin.

Yana bir bor xush kelibsizlar deb qolamiz.


-80%
Курсы повышения квалификации

Адаптивная физическая культура в условиях реализации ФГОС для лиц с ОВЗ

Продолжительность 72 часа
Документ: Удостоверение о повышении квалификации
4000 руб.
800 руб.
Подробнее
Скачать разработку
Сохранить у себя:
Bolaga kitob bering (35 KB)

Комментарии 0

Чтобы добавить комментарий зарегистрируйтесь или на сайт

Вы смотрели