Меню
Разработки
Разработки  /  Родной язык и литература  /  Разное  /  9 класс  /  Bir hikoyat tahlili (O'zbek maktablari uchun)

Bir hikoyat tahlili (O'zbek maktablari uchun)

Ushbu maqolada maktab o’qituvchilari o’rtasidagi adabiyot faniga doir ayrim muammo va yechimlar hamda Podshoxoja ibn Abulvahhobxoja ijodiga mansub hikoyatlardan birining tasavvufiy talqini o’rin olgan.
22.04.2020

Содержимое разработки

Bir hikoyat tahlili



Annotatsiya

Ushbu maqolada maktab o’qituvchilari o’rtasidagi adabiyot faniga doir ayrim muammo va yechimlar hamda Podshoxoja ibn Abulvahhobxoja ijodiga mansub hikoyatlardan birining tasavvufiy talqini o’rin olgan.



Tasavvufiy ruhdagi asarlar bugungi kun maktab o’quvchilari ma’naviy ehtiyojini qondirish uchun nihoyatda zarur. Bunday asarlar o’quvchining badiiy tafakkuri, g’oyaviy saviyasi va ma’naviy didining o’sishida muhim ahamiyatga ega. Biroq tasavvuf bilan bog’liq tushunchalar, tafakkur pardasi bilan o’ralgan ramziylik ortidagi bebaho xazinani anglab olish oson kechmaydi. Buning uchun o’quvchidan kuchli e’tibor talab etiladi. Mazmunni ochib berish esa o’qituvchining zimmmasida. U o’quvchilarning aqliy qobiliyatlaridan kelib chiqqan holda soddadan murakkabga, umumiydan xususiyga qarab mazmunni yoritib berishi kerak. Bordi-yu, o’qituvchi asar tahliliga bor g’ayratini sarflamasa, o’z ustida ishlab, masalaga jiddiy yondashmasa, o’quvchi taqdim etilgan xazinaning faqat sirti bilan kifoyalanadi. Bu kabi holatlar ta’lim tizimining fojiasidir.

Hozirgi ta’lim jarayonida ko’pgina o’qituvchlar tomonidan tushunilishi va o’qitilishi murakkabroq deb baholangan asarlardan biri Podshoxoja ibn Abulvahhobxoja qalamiga mansub hikoyatdir. Mazkur hikoyat 2019-yilda nashr etilgan 9-sinf aabiyot darsligining 93-94- betlarida keltirilgan. Hikoyat syujeti quyidagcha:

Qandaydir yumush bilan daryoda ketayotgan kema falokatga yo’liqadi. Kemadagilardan bir kishi omon qolib, qirg’oqqa chiqadi va yurib-yurib, notanish shaharga borib qoladi. Nogoh shahar ahli faqirga iltifot ko’rsatadi va u podshoh qilib ko’tariladi. Hech narsani anglolmagan podshoh bu holning sinoatini haramdagi hurliqodan bilmoqchi bo’ladi. Hurliqo har yili unga o’xshagan bir faqirni podshoh qilishlari va muddat tugagach, belgilangan orolga eltib qo’yishlarini aytadi. Podsho vaziyatni tahlil qilib, aynan o’sha orolda qasr qurdiradi, jami boyliklarni shu qasrga tashib qo’yadi. Podsholik muddati tamom bo’lgach, shahar ahli bu kishini o’zi bunyod etgan aysh-farog’at ustiga o’ltirg’izadilar. U bir umr posho bo’lib qoldi.

Qissadan hissa: Agar podsho ko’rsatilayotgan iltifotlarning sabab va oqibati haqida o’ylamaganda, bu haqda hurliqodan so’ramay, hashamatdan ko’zlari qamashib, g’aflatda qolganda bir yil o’tib, faqirlikka duchor bo’lar edi. Inson har bir hodisaning mohiyatini chuqur anglab yetmog’i va shunga munosib harakat etmog’i zarur.

Bu – asarning zohiriy, ya’ni ramziy mazmuni. O’quvchi avvalo tashqi ma’noni tushunib olishi keak. Keyingina ramziy ifodalar tahliliga o‘tiladi.

Tasavvufning bosh mavzusi – komil insonni tarbiyalash. Komil inson dunyoning o’tkinchi lazzatlariga aldanmaydi. U ko’proq o’limdan keyingi asl hayoti uchun qayg’uradi. Chinakam ishq talabida tariqatga qadam qo’ygan kishi solik deb ataladi. Hikoyaning bosh qahramoni dastlab nima uchun, nimaning badaliga bunday yuqori martabaga erishganligini tushunmaydi. Bu insoning hayotga nima sababdan kelganligi haqidagi ichki savollariga ishora. Inson tafakkur yuritsa, yer yuzidagi jamiki maxluqotlardan aziz va mukarram etib yaratilganligini anglaydi. Buning sababi nimada? Bu aziz umrni nimaga sarf qilmoq kerak?

Hurliqo tasavvufdagi pir obrazini anglatmoqda. Pir solikni to’g’ri yo’lga boshlab, unga hayot ma’nosi, sarobga aldanmaslik haqida zarur bilim va tavsiyalarni beradi.

Hurliqo podshohni muqarrar haqiqatdan ogoh qildi. Tafakkur yuritgan podsho endi borar manzilini obod etmoqqa kirishdi.

Insonning so’nggi manzili aniq. Shuni anglagan holda harakatlarni isloh qilib, erta uchun xazina-yu boyliklar – xayrli amallarni hozirlamoq kerak. Zero, podshohlik muddati cheklangani kabi umr ham abadiy emas.

Asar g’oyasi ochib berilgandan keyin hikoyat so’ngidagi savol va topshiriqlarga murojaat qilinadi. Bu o’quvchilarning olgan taassurotlarini yanada boyitish va mustahkamlashga xizmat qiladi. Masalan, 2-savolga diqqat qilaylik:

‘‘Bosh qahramoning shahardagi farog’at, ayshga to’la hayotidagi to’rt kun nima uchun alohida qayd bilan ta’kidlanmoqda? ’’

Javob o’quvchining dunyoqarash va xotira imkoniyatlariga bog’liq holda turlicha bo’lishi mumkin. Masalan, ‘‘besh kunlik dunyo’’ jumlasi orqali tahlilga kirishish mumkin. Kimdir umr mazmunini dunyoga keliboq anglab yetsa, kimningdir qalb ko’zi ketar chog’da ochilishi mumkin. Hikoyat qahramoni ham umrning to’rtinchi kunida haqiqatga erishgandir balki.

Umumiy xulosa shuki, maktab darsliklaridagi badiiy asarlar, ayniqsa, tasavvufiy mazmundagi bebaho durdonarni o’quvchilarga yetkazishda, to’g’ri tahlilga erishishda o’qituvchidan ma’lum tayyorgarlik va o’zgacha metodlar talab etiladi. Buning uchun pedagod badiiy asardan tashqari adabiyot tarixi, falsafa, din kabi bilimlardan xabardor bo’lishi kerak.

-80%
Курсы повышения квалификации

Занимательное искусствознание: как научить школьников понимать искусство

Продолжительность 72 часа
Документ: Удостоверение о повышении квалификации
4000 руб.
800 руб.
Подробнее
Скачать разработку
Сохранить у себя:
Bir hikoyat tahlili (O'zbek maktablari uchun) (17.42 KB)

Комментарии 0

Чтобы добавить комментарий зарегистрируйтесь или на сайт