Меню
Разработки
Разработки  /  Музыка  /  Мероприятия  /  8 класс  /  Besh tashabbus besh imkoniyat yurt taraqqiyotiga munosib hissa qo’shishga chorlamoqda.

Besh tashabbus besh imkoniyat yurt taraqqiyotiga munosib hissa qo’shishga chorlamoqda.

Besh tashabbus besh imkoniyat yurt taraqqiyotiga munosib hissa qo’shishga chorlamoqda. Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta tashabbus bo‘yicha O‘zbekiston davlat konservatoriyasi jamoasi va talabalari tomonidan qator ishlar amalga oshirilmoqda. Ma'lumki, Birinchi tashabbus yoshlarning aynan musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san'atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste'dodini yuzaga chiqarishga,farzandlarimizni san'atga oshno qilib, yuksak did sohibi etib tarbiyalashga xizmat qiladi.Shuning barobarida tasviriy san'at, shubhasiz, insonni, borliqni anglashga, uning bor jozibadorligini his etishga o'rgatuvchi, ezgulikka chorlovchi, inson ruhiyatiga beqiyos ijobiy ta'sir etuvchi qudratli kuchdir. O'zbekiston Badiiy akademiyasi tizimida mazkur yo'nalishda belgilangan vazifalar“Rassom ustaxonasida mehmonda” loyihasi hamda «O'zbekiston manzaralari» aksiyasi doirasida muvaffaqiyatli amalga oshirib kelinmoqda. “Rassom ustaxonasida mehmonda” loyihasidan ko'zlangan maqsad – asosan nomutaxassis yoshlar auditoriyasini san'at turlariga jalb qilish, hususan, tasviriy va amaliy san'atga bo'lgan qiziqishini uyg'otish, ularda estetik didni shakllantirish, kasbga yo'naltirish, iste'dodini yuzaga chiqarish va qo'llab-quvvatlashdan iboratdir. Loyihada maktabgacha ta'lim, xalq ta'limi va oliy ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchi va o'quvchi-talabalari uchun ijodkorlarning shaxsiy ustaxonalarida ijodiy uchrashuv hamda mahorat darslari tashkil etilishi ko'zda tutilgan. Shu o'rinda tak'idlash kerakki, mazkur loyiha doirasida o'tkazilayotgan ijodiy uchrashuvlarning aynan rassomlar ustaxonalarida tashkil etilishi bejiz emas. Yoshlarga haqiqiy ijodiy muhitni ko'rsatish orqaligina tasviriy san'at olamini anglashlari uchun yanada kengroq imkoniyat yaratishga, ushbu kasbga bo'lgan chin ma'nodagi muhabbatni uyg'otishga erishish mumkin. Ushbu loyiha doirasida respublikamiz hududlaridagi maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilari, umumta'lim maktablar o'quvchilari va turli sohadagi oliy ta'lim muassasalari talabalari uchun O'zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasiga a'zo taniqli ustoz ijodkorlar, akademik rassomlar ishtirokida mahorat darslari, ijodiy uchrashuv va muloqotlar tashkil etildi. Ulkan ijodiy tajribaga ega murabbiy mo'yqalam ustalari tomonidan olib borilgan mashg'ulotlarda yoshlar tasviriy san'atga oid fikrlarni tingladilar, o'z tasavvurlarini boyitdilar. Qolaversa, o'zlari tanlagan mavzularni ranglarda aks ettirishda mahorat maktabini o'tadilar. Loyiha amaliyotga ko'chgach, xayrixohlar tobora ortib borayotgani kuzatilmoqda.
02.03.2020

Содержимое разработки

Besh tashabbus besh imkoniyat yurt taraqqiyotiga munosib

hissa qo’shishga chorlamoqda.

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta tashabbus bo‘yicha O‘zbekiston davlat konservatoriyasi jamoasi va talabalari tomonidan qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Ma'lumki, Birinchi tashabbus yoshlarning aynan musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san'atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste'dodini yuzaga chiqarishga,farzandlarimizni san'atga oshno qilib, yuksak did sohibi etib tarbiyalashga xizmat qiladi.Shuning barobarida tasviriy san'at, shubhasiz, insonni, borliqni anglashga, uning bor jozibadorligini his etishga o'rgatuvchi, ezgulikka chorlovchi, inson ruhiyatiga beqiyos ijobiy ta'sir etuvchi qudratli kuchdir. O'zbekiston Badiiy akademiyasi tizimida mazkur yo'nalishda  belgilangan vazifalar“Rassom ustaxonasida mehmonda” loyihasi hamda «O'zbekiston manzaralari» aksiyasi doirasida muvaffaqiyatli amalga oshirib kelinmoqda.

“Rassom ustaxonasida mehmonda” loyihasidan ko'zlangan maqsad – asosan nomutaxassis yoshlar auditoriyasini san'at turlariga jalb qilish, hususan, tasviriy va amaliy san'atga bo'lgan qiziqishini uyg'otish, ularda estetik didni shakllantirish, kasbga yo'naltirish, iste'dodini yuzaga chiqarish va qo'llab-quvvatlashdan iboratdir. Loyihada maktabgacha ta'lim, xalq ta'limi va oliy ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchi va o'quvchi-talabalari uchun ijodkorlarning shaxsiy ustaxonalarida ijodiy uchrashuv hamda mahorat darslari tashkil etilishi ko'zda tutilgan.

Shu o'rinda tak'idlash kerakki, mazkur loyiha doirasida o'tkazilayotgan ijodiy uchrashuvlarning aynan rassomlar ustaxonalarida tashkil etilishi bejiz emas. Yoshlarga haqiqiy ijodiy muhitni ko'rsatish orqaligina tasviriy san'at olamini anglashlari uchun yanada kengroq imkoniyat yaratishga, ushbu kasbga bo'lgan chin ma'nodagi muhabbatni uyg'otishga erishish mumkin.

Ushbu loyiha doirasida respublikamiz hududlaridagi maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilari, umumta'lim maktablar o'quvchilari va turli sohadagi oliy ta'lim muassasalari talabalari uchun O'zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasiga a'zo taniqli ustoz ijodkorlar, akademik rassomlar ishtirokida mahorat darslari, ijodiy uchrashuv va muloqotlar tashkil etildi. Ulkan ijodiy tajribaga ega murabbiy mo'yqalam ustalari tomonidan olib borilgan mashg'ulotlarda yoshlar tasviriy san'atga oid fikrlarni tingladilar, o'z tasavvurlarini boyitdilar. Qolaversa, o'zlari tanlagan mavzularni ranglarda aks ettirishda mahorat maktabini o'tadilar.

Loyiha amaliyotga ko'chgach, xayrixohlar tobora ortib borayotgani kuzatilmoqda.  

5 ta muhim tashabbus doirasida o'tkazib kelinayotgan yana bir loyiha bu “O'zbekiston manzaralari” aksiyasidir. Aksiyani o'tkazishdan ko'zlangan maqsad – amaliy san'at ustalari va rassomlar ishtirokida yurtimizning manzarali joylarida plenerlar tashkil etilib, tabiat manzaralarini tasvirlash va yaratilgan asarlarni turizmni rivojlantirish bo'yicha nashr etiladigan albom uchun tavsiya etishdan iborat. Mazkur aksiyaning ham ko'rsatkichlariga nazar solinadigan bo'lsa, oktyabr oyida 2 ta viloyatda, noyabr oyida 5 ta viloyatda, dekabr oyida 10 ta viloyatda plenerlar tashkil etilib, betakror Ona Vatanimizning so'lim go'shalari rassomlarimiz asarlarida o'z ifodasini topdi.

Har ikki loyiha 2020 yil oxiriga qadar davom etadi.



-75%
Курсы повышения квалификации

Эстетическое воспитание школьников в соответствии с требованиями ФГОС

Продолжительность 72 часа
Документ: Удостоверение о повышении квалификации
4000 руб.
1000 руб.
Подробнее
Скачать разработку
Сохранить у себя:
Besh tashabbus besh imkoniyat yurt taraqqiyotiga munosib hissa qo’shishga chorlamoqda. (57 KB)

Комментарии 0

Чтобы добавить комментарий зарегистрируйтесь или на сайт