Меню
Разработки

"Alifbe bayrami"

Данное мероприятие назначено для учащихся 1-х классов. "Alifbe bayrami"- это "Праздник Азбуки" или "Прощание с Букварём"

10.04.2018

Содержимое разработки



Alifbe bayrami tadbiri

Bayram o`tkaziladigan sahna bayramona bezatiladi.

Boshlovchi o`qituvchi: -Sen o`zingsan buyuk Vatanim

Dunyo ichra suyuk maskanim

Yashnab turgin hamisha ko`rkam

Mehri cheksiz, nurli chamanim.

-Assalomu aleykum aziz mehmonlar, mehribon ota-onalar, mehridaryo ustozlar va jajji kichkintoylar! Mana bugun, maktabimizda 1-sinf o`quvchilarning ustozlari yordamida alifbe sabog`ini olib, bilimlar saltanatiga ilk qadamlarini qo`yib turishibdi. Bugungi ularning “Alifbe bayrami” bilan tabriklab, quvonchlariga sherik bo`lib, sizlar bilan birgalikda musiqa sadolari ostida 1 “V”-sinf o`quvchilarni sahnaga chorlab qolamiz. (Musiqa kuylanadi, bolalar sahnaga chiqadi).

-Bugungi bayram tadbirimizni ochib berish uchun so`zni o`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari Mirzayeva Muyassar Axatovnaga.



O`quvchi: Salom odobning boshi

Intizomning quvoshi

Yaxshilikning yo`ldoshi



Hamma bolalar: Assalomu aleykum!

O`quvchi: Har safar yangrasin

Ulug` madhiyam,

Har satri hikmatga to`liq madhiyam

(O`zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangraydi)



Oquvchi: Bugun kata tantana

Savodxonlik bayrami

Doim bo`lsin an`ana

Bilimdonlik bayrami

Kela qoling bolalar

Davramizga marhabo

Bilimdon mehmonlarga

Deymiz ming bor tasanno









O`quvchi: Bugun bayram sabablari

Ma`noli shirin so`zi

Qani Alfifbe o`zi

Alifbeni chaqirsak

Baravar qarsak chalsak.

Hamma bolalar: Alifbejon kelaqol

Olqishlaymiz quloq sol!

(Davraga Alifbe kitobi kirib keladi)



Alifbe: Salom, aziz bolalar

Ochilgan gul lolalar.

Sizlar mening do`stimiz

Sho`x quvnoq shalolalar



O`quvchilar: Rahmat senga Alifbe

Rahmat senga Alifbe.



O`quvchi: Maktabga kelgan onda

Angladingiz Vatanni

Vatan qadrin bilibsiz

Asrangiz shu Vatanni.



O`quvchi: Mana endi alifbodan

Chiqib qoldi savodim.



O`quvchi: Alifbeni tugatdim,

Endi o`qiy olaman

So`zlarni qo`shb birga,

Jumla to`qiy olaman.

Alifbe kitobi: Juda yaxshi. Qani harflar tilga kirsin.


A”

“A” harfiman azaldan,

Alifboning avvali.

Aytsam: kuch-adolatda!

Aqli a`lo-afzali.



B”

Baquvvat, bardam, botir,

“B” harfi bo`laman.

Bilimdonlarga balli,

Bunga kuchga kiraman.


D”

Dovrug`im dostonlarda,

“D” harfiman-dastyorman.

Donolar durdonasi

Dilga dardkash, do`st-yorman



E”

Etakchi “E” harfiman,

Erkatoiym eshitgin.

Ertaklar tinglab zehning,

Erta charxlab pishitgin.

F”

Fazilatim fahmlab,

Foydamni bilganlar ko`p.

“F” harfiman-fidoyi,

Filday bardoshliman xo`p.




G”

“G” harfi-gul, giyohman,

Go`zal gullar timsoli.

Gullaganda gulbog`lar,

Go`yo go`dak misoli.


H”

“H” harfiman hamisha,

Har qadamda hamrohman.

Hikmat, hadis, hikoya,

Hushyor hamda ogohman.




I”

Ilmga intil, izlan,

Ishlashga topgin imkon.

“I”harfiman, istagim,

Ibratli bo`lgin inson.

J”

“J” harfiman jarangli,

Jozibador va jo`shin.

Jonimga jo joylaganman,

Jonajon Vatan mehrim.



K”

Kamina kamtar “K”man,

Kamsuhan bo`l, ko`p dema

Kelajaging kamoling,

Kurash, intil, pand yema

L”

“L” harfiman labbaylab,

Labimda lazzatli bo`l.

Laylo, Lobar, Lolaman,

Lafzim bor, izzatim bor.



M”

“M” harfiman mag`rurman,

Maqtovim tushgan tilga.

“Mard maydonda sinalar”

Mehnatim manzur elga.

N”

Nomim, nasibam ulug

“N” harfiman nomim bor

Noshukur, nodon bo`lma

Niholsan, o`zingni tut.



O”

“O” man olam meniki

Oltin olma duo ol

Ota, ona, oftob,oy

Odob, olqish olib qol.

P”

“P” harfiman pahlavon

Palov, oshga pazanda

Puxta, pishiq o`zimga

Pishib chiqdim qozonda.



Q”

Qoyil qilaman qarang

“Q” harfi quvvatliman

Qo`shilsachi qo`lga qo`l

Qanchalar qudratliman.

R”

“R” harfidan rahmdil

Rostgo`yman, risqim halol,

Ranjitma ota-onag,

Rozi qilib rahmat ol.



S”

“S” harfiman sifatim

Savlatim xos sakkizga

Sadoqatli sirdoshman

Samimiy do`stman sizga.

T”

Turmushda “T” harfiga

Topilar turfa ta`rif

Tashakkur, to`g`ri topding

Tashvish tortmagin Zarif.



U”

Ulug`larga ustozman

Unvonimni unutmang

“U” harfi uzun, unli

Umuman nafas yutmang.


V”

“V” harfiman vazifam

Va`daga vafodorlik

Vijdoniman Vatanning

Vujudimda bedorlik.



X”

Xavf xatardan xabardor

“X” man xolis xokisor

Xotira xo`p xazina

Xasislarga dunyo tor.


Y”

“Y” harfim yo`qlasangiz

Yoq yerdan yo`ndoraman

Yo`l-yo`riq yo`l ko`rsatish

Yo`lini do`ndiraman.





Z”

“Z” harfiman ziynatim

Zehnliman, ziyrakman

Ziyo sochar zarramda

Zo`rman zarur kerakman.

O`”

“O`” harfiman o`rtoqjon

O`qigan ishda o`zar

O`qib o`rgan erinma

O`qimagan el buzar.




G`”

“G`” harfiman g`amxo`rman

G`olib doim g`ayratli

G`alaba hamroh menga

G`oliblik g`oya totli.

Sh”

Shavkatli “Sh” harfiman

Shayman sharaf shonlarga

Shunqor, sho`x, sharofatli

Shukr bolajonlarga.



Ch”

“Ch” harfiman chidamli

Chaqqon, chaqnoq, chaqinman

Chegaradan chiqmayman

Chug`urchuqqa yaqinman.

ng”

Men birikma harf “ng”

Chang, bongim, rang-barang

Zang urganda bakabang

So`lu o`ngga teng qarang.


Boshlovchi o`quuvchi: 1 “V”-sinf o`quvchi qizlar tomonidan “Xorazmcha” raqs ijro

etiladi



Alifbe kitobi: Bolajonlar siz mendan

Ko`p narsalar bilibsiz

Qoyilman sehningizga,

Duru-gavhar teribsiz

Fursat yetdi siz bilan

Hayrlashib ketaman

Do`stim o`qish kitobin

Endi taklif etaman.



O`quvchilar: Hayr Alifbe

Senga ko`p rahmat!

O`qituvchi: Qani bolajonlar, Alifbodan sizlarni bilimlaringiz juda ham mustahkam ekan. Keling endi bilimlarimizni yanada ko`proq bo`lishi uchun O`qish kitobimizni ham davramizga taklif qilamiz. (O`qish kitobi kirib keladi)

O`qish kitobi: Assalomu-aleykum aziz bolajonlar! Men sizlarni bugungi savodxonlik bayrami bilan tabriklayman! Diqqat bolalar!

Shunchaki o`qish qilmas kifoya

Diqqating jamlab

O`qigin uqib

Har yer har joydan

O`qima cho`qib



O`quvchi: O`qish kitobim

Do`stim-sirdoshim



O`quvchi: O`qiyman suyib

Zehnimni qo`yib.

Kitob mehringga

Bo`larmi to`yib.

(O`quvchilar tomonidan Vatan va ona haqida she`rlar aytiladi).

Vatan”

1-o`quvchi: Baxtga to`lgan chog`ingda

Gullar terib bog`ingda

O`smoqdaman bag`ringda

Onajonim Vatanim.



2-o`quvchi: Oltin gavhar durdonam

Tantu mardu mardonam

Olam ichra bir donam

Mehribonom Vatanim.



3- o`quvchi: Murg`akkina jonimsan

Tarovatli onimsan

Risqu-ro`zim nonimsan

Jonajonim Vatanim.

Boshlovchi o`qituvchi: -Aziz o`quvchilar, yurtboshimiz Islom Abdug`aniyevich Karimov, 2016 yilni qanday nom bilan atadilar?

O`quvchilar: “Sog`lom ona va bola yili”.

Onajon”

1-o`quvchi: Oq yuvib tarab

Ortimdan qarab

Kuzatar doim

Maktabga oyim



2- o`quvchi: Sevinchdan yayrab,

Mehr-la siylab

Qarshilar doim,

Maktabdan oyim.



Boshlovchi o`qituvchi: “Onalarni e`zozlaylik”

Onalarni e`zozlaylik,

Ularga gul tutaylik,

A`lo o`qib biz doimo

Duolarin olaylik.



Ularni xursand qilib,

Doim besh baho olib,

Maktabni faxri bo`lib

Olqishlarin olaylik.



Maktabda ham, uyda ham,

O`qishda ham bo`lmang kam.

Onalarning ko`zida

Sira ham ko`rmaylik nam.

Boshlovchi o`qituvchi: - Hozir e`tiboringizga 1 “V”-sinf o`g`il bolalar ijrosida “Andijon polkasi” raqsini tomosha qilasiz. (o`g`il bolalar ijrosida “Andijon polkasi” raqsi)

  • Endi navbat, 1 “V”-sinf qiz bolalar ijrosida “Do`ppi tikdim ipaklari tillodan” qo`shig`iga raqsi. (qizlar raqs ijro etishadi)



  • Hozir esa, “Men o`zbek qiziman” ashulasiga raqsni tomosha qilasiz. (Mujgona)

Boshlovchi o`qituvchi: -Mana aziz ustozlar, hurmatli ota-onalar, bugungi, 1 “V”- sinf o`quvchilarining “Savodxonlik bayramiga” tayyorlab kelgan dasturi o`z nihoyasiga yetdi. Hozir hurmat va ehtirom ila, so`z navbatini ota-onalarimizga bersak. ________________________________________________________________________

______________________________________________________________________________



-80%
Курсы повышения квалификации

Профилактика нарушения зрения у детей и подростков

Продолжительность 72 часа
Документ: Удостоверение о повышении квалификации
4000 руб.
800 руб.
Подробнее
Скачать разработку
Сохранить у себя:
"Alifbe bayrami" (283.08 KB)

Комментарии 0

Чтобы добавить комментарий зарегистрируйтесь или на сайт