1-MAVZU. AKTNI TA’LIMDA QO‘LLANILISHI KONSEPSIYALARI. ZAMONAVIY O‘QUV-TEXNIK VOSITALARI Nasirova Sh.N.
REJA:
- Kursning maqsadi va vazifalari.
- Ta’lim jarayonida Axborot texnologiyalarini qo‘llashning zamonaviy tendensiyalari, ilg‘or texnologiyalari tavsifi va rivojlanish omillari.
- Ta’lim jarayoniga axborot texnologiyalarini qo‘llash borasidagi dolzarb vazifalar va ustuvor yo‘nalishlari.
- Zamonaviy axborot texnologiyalari o‘quv texnik vositalari: kompyuter sinflari, multimedia proektorlar, interaktiv elektron doska, Smart mobil qurilmalar hamda ular bilan ishlash usul va vositalari, turli operatsion tizimli va boshqa ko‘rinishdagi ilovalar tasnif va tavsifi, foydalanish tartibi.
- Respublikamizda jahon makonining axborot infratuzilmalari va milliy axborot – hisoblash tarmoq integrtsiyasiga mos keluvchi milliy tizimini yaratish iqtisodiyot, boshqarish, fan va ta’lim samaradorligining muhim omili bo’lmoqda. Bu muammolar ancha murakkab va ayni paytda respublikamiz uchun dolzarbdir. Hozirda olib borilayotgan iqtisodiy, tuzilmaviy va boshqa o’zgarishlarni amalga oshirish natijalari respublikamizda axborotlashtirish bilan bog’liq muammolarni qanday va qaysi muddatlarda hal etishga ham bog’liqdir. XX asr o’rtalariga kelib tezkor mashina mexanizmlardan foydalanilana boshlandi, murakkab texnika va texnologiyalarni o’ylab topildi.
- Kompyuterli o’qitishning afzalliklari juda ko’p: o’quvchilarda ma’lum malakalarni shakllantirish vaqti qisqaradi; mashq qilinadigan topshiriqlar soni oshadi; o’quvchilarning ishlash sur’ati jadallashadi; kompyuter tomonidan faol boshqarishni talab qilinishi natijasida o’quvchi ta’lim sub’yektiga aylanadi; o’quvchilar kuzatishi, mushohada qilishi qiyin bo’lgan jarayonlarni modellashtirish va bevosita namoyish qilish imkoniyati hosil bo’ladi; kommunikatsiya vositalaridan foydalangan holda darsni uzoqdagi manbalar bilan ta’minlash imkoniyati hosil bo’ladi; kompyuter bilan muloqot didaktik o’yin xarakterini oladi va bu bilan o’quvchilarda o’quv faoliyatiga motivatsiya kuchayadi va hokazo.
- Multimedia - kompyuter tizimida matn, tovush, videotasvir, grafik tasvirlarni va turli (multiplikatsiya) animatsiyalarni mujassamlantirish imkonini beruvchi zamonaviy kompyuter axborotlari texnologiyasidir.
- Multimedia - kompyuterga matn, tovush, videotasvir, grafik tasvirlarni va turli (multiplikatsiya) animatsiyalarni kiritish, chiqarish, qayta ishlash, saqlash, uzatib berish texnologiyalari ko’paytmasidir.
- Multimedia — bu interaktiv tizim bo’lib, matn, tovush, videotasvir, grafik tasvirlarni, videoni qo’zg’almas harakatini turli (multiplikatsiya) animatsiyalarni orqali jonlantirish, ovozini kuchaytiruvchi vositadir. Multimediaga displey ekranidagi ovoz effekti orqali qo’zg’almas tasvir va ovoz orqali grafik tasvir harakatlanuvchi tasvir animatsiyalari kiradi.
- Hozirgi kunda multimedia so’zini uch xil tushunish mumkin:
- «multimedia -g’oya», bu turli toifadagi axborotlarni saqlashning yangicha yondashuvidir. Kompyuter texnikasini rivojlanishi turli toifadagi axborotlarni qayta ishlashga olib keldi: raqamlar bilan boshlandi, kompyuterda matn qayta ishlanishi o’rnatildi, tasvir va tovush ma‘lumotlari qayta ishlanuvchi obyektga aylantirildi, hozirgi kunda kompyuter bemalol video tasvirlarni ovoz bilan ta‘minlashi mumkin;
- turli tabiatdagi axborotlar bilan ishlashni ta‘minlaydigan qurilmalar. Bularga multimedia platasi,multimedia komplekslari va multimedia markazlari kiradi;
- multimedia mahsuloti - yuqorida keltirilgan turli toifalardan tashkil topgan mahsulotdir.
- Tizim (“sistema”) deganda, yagona maqsad yo`lida bir vaqtning o`zida ham yaxlit, ham o’zaro bog`langan tarzda faoliyat ko`rsatuvchi bir necha turdagi elementlar majmuasi tushuniladi.
- Informatsion tizim - belgilangan maqsadga erishish uchun informatsiyani uzatish, qayta ishlash va saqlash uchun qo`llaniladigan usullar, shaxslar va vositalarning o’zaro boglashgan majmuasidir.
- «Texnologiya» so’zi, grekchadan tarjima kilganda san'at, mahorat, ko’nikma kabi ma'nolarni anglatadi. «Jarayon» deganda esa quyidagi maqsadga yetishish borasidagi barcha harakatlar majmuasi tushuniladi. Jarayon inson tanlagan strategiya bilan belgilanishi va usullar yordamida amalga oshirilishi darkor.
- Informatsion texnologiya - ob'yekt, jarayon yoki xodisalar holati haqidagi ma'lumotlarni (informatsion mahsulotni) bir ko’rinishdan ikkinchi, sifat jihatdan mutloq yangi ko’rinishga keltiruvchi ma'lumotlarni to’plash, qayta ishlash va uzatishning vosita va usullari majmuasidan foydalanish jarayonidir.
NAZORAT SAVOLLARI:
- Pedagogik jarayonda axborot-kommunikatsiya foydalanishni misollar bilan keltiring. Interaktiv texnologiyalarga nimalar kiradi?
- Informatsion tizim nima va uning omillari nimalardan iborat?
- Informatsion texnologiya vositalariga nimalar kiradi?
- Yangi informatsion texnologiya deganda nimani tushunasiz va uning qo’llanish sohalarini ayting.
- Informatsion texnologiya vositalarini qaysi sohalarda qo’llanishini ayta olasiz?
TAYANCH IBORALAR:
Kompyuter, informatsion tizim, informatsion texnologiya, yangi informatsion texnologiya, informatsion texnologiya vositalari, pedagogika, jarayon, axborot, kommunikatsiya, interaktiv, texnologiya, foydalanish, veb-servislar