O ’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
NAMANGAN VILOYATI
XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI
Uchqo`rg`on tuman xalq ta’limi bo’limiga qarashli 39-umumiy o`rta ta`lim
maktabi matematika fani o`qituvchisi
RAHIMOVA MUAZZAMning
Matematika fanidan 6-sinflarda “Aylana uzunligi va doira yuzi” mavzusida yozgan 1 soatlik
МАКСАД
Mavzu:Aylana uzunligi va doira yuzi.
I.Darsning maqsadi:
a)Ta’limiy maqsad: o`quvchilarga aylana va doira haqida umumiy ma’lumot berish;
b)Tarbiyaviy maqsad: o`quvchilarni boy tariximizga, ajdodlarimizga hurmat, vatanga muhabbat, chin insonparvarlik ruhida tarbiyalash;
d)Rivojlantiruvchi maqsad: o`quvchilarni esda saqlash qobiliyatlarini rivojlantirish, erkin va mustaqil fikrlashga o`rgatish.
Darsning jihozi: texnik vositalar, tarqatmalar, koptok, mavzuga doir shakllar, sirkul, chizg`ich.
Darsning usuli: koptokli mashq, aqliy hujum, guruhlar ustida ishlash.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism: O`quvchilar bilan salomlashish. Navbatchilardan davomatni aniqlash. Navbatchilar bugungi darsga tayyorlab kelgan yangiliklarini so`rash.
II.Ma’naviyat daqiqasi:
O`qituvchi: “Matematika fanlar ichra shoh,
Uning sirlaridan bo`lingiz ogoh”.
Dastlab sinfdagi o`quvchilarni ikki guruhga bo`lamiz.Birinchi guruhni AYLANA, ikkinchi guruhni DOIRA deb nomlaymiz. “Aylana” guruhiga al-Xorazmiy haqida, “Doira” guruhiga. Mirzo Ulug`bek haqida fikr berishlari so`raladi.
1-o`quvchi: Tarixdan ma’lumki biz Xorazmiy-u Buxoriylar avlodimiz.
2-o`quvchi:G`iyosiddin Jamshid al-Koshiy,Mirzo Ulug`beklar avlodi ekanligimizdan faxrlanamiz.
3-o`quvchi:Al-Xorazmiy,al Beruniy ,
Al-Farob avlodidan
Asli naslim balki o`zlug`,
Balki tarxon o`zbegim.
4-o`quvchi:
Tuzdiyu Mirzo Ulug`bek
Ko`ragoniy jadvalin.
Sirli osmon toqiga ilk
Qo`ydi narvon o`zbegim.
5-o`quvchi: Bobomiz Al-Xorazmiyning matematika faniga qo`shgan hissalarini g`arb olimlari tan olgani bizga yanada g`urur va iftixor baxsh etadi.
6-o`quvchi: Mirzo Ulug`bek o`zining “Ziji Ko`ragoniy”
asarini yaratgan
III.Asosiy qism:
Dars davomida o`quvchilar ishtiroklari matematik shakllar
asosida baholab boriladi.
O`tgan mavzuni takrorlash: koptokli mashq usulidan
foydalanamiz.
O`tgan mavzu: Uchburchak va uning turlari,perimetri.
O`quvchilar koptok mashqini bajarishda ziyraklik
serharakatlik,topqirlik qanchalik ahamiyatga ega ekanligini tushunadilar.Mashq haqida ma`lumot oldilar.
O`qituvchi o`tgan mavzudan savol berdi.
Savol:Uhburchak deb nimaga aytiladi? Koptokni 1-o`quvchiga otadi.
1-o`quvchi: Tekislikda bir to`g`ri chiziqda yotmagan uchta
nuqta olamiz va ularni kesmalar yordamida birlashtiramiz,hosil bo`lgan shakl uchburchak deyiladi.
2-qatordagi oquvchiga otadi va savol beradi.Agar savolga
javob bera olmasa yonidagi o`quvchiga uzatadi.
Savol:Uchburchakning qanday turlari bor?
2-o`quvchi: To`g`ri burchakli, teng yonli, teng tomonli, o`tkir burchakli, o`tmas burchakli uchburchaklar.
Savol: Qanday uchburchak teng yonli uchburchak deyiladi?
1-Qatordagi o`quvchiga otadi. Javob: Ikkita yon tomoni teng bo`lgan uchburchak teng yonli uchburchak deyiladi. Shu tariqa savol javob mashqi davom etadi va o`tilgan mavzu mustahkamlanadi.
IV.Yangi mavzu bayoni:
“Aqliy hujum” usulidan foydalaniladi.
O`qituvchi: Aylana deb nimaga aytiladi?
1-o`quvchi: Tayin nuqtadan teng uzoqlikda yotgan barcha nuqtalar to`plami AY L A N A deyiladi.
S hu tayin nuqta aylana markazi deyiladi va O harfi bilan belgilanadi.
O`qituvchi: Aylana radiusi deb nimaga aytiladi?
2 -o`quvchi:Aylana markazidan uning ixtiyoriy nuqtasigacha bo`lgan masofa aylananing R A D I U S I deyiladi va u r harfi bilan belgilanadi. A
O A=r -radius
O`qituvchi: Vatar deb nimaga aytiladi?
3 -o`quvchi: Aylananing ikkita ixtiyoriy nuqtasini tutashtiruvchi kesma V A T A R deyiladi va BC kabi belgilanadi. B
C
BC-vatar
O`qituvchi: Diametr deb nimaga aytiladi?
4-o`quvchi: Aylananing markazidan o`tuvchi vatar
D I A M ET R deyiladi va u d harfi bilan belgilanadi.
D
E
DE=d - vatar d=2r.
O`qituvchi: Doira deb nimaga aytiladi?
5-o`quvchi:Tekislikning aylana bilan chegaralangan qismi D O I R A deyiladi.
O`qituvchi: Aylana bilan doiraning farqi nimada?
6-o`quvchi: Aylanada uzunlik bor,doirada yuz bor.
D O I R A A Y L A N A
Savollarga to`g`ri javob bergan o`quvchilar rag`batlantirib
b oriladi.
O`qituvchi: Quyosh sistemasidagi sayyoralarning yillik aylanma harakati ning ko`rinishi aylanaga misol bo`ladi.
Yerning sun`iy yoldoshi oyning ko`rinishi doiraga misol bo`ladi.
O`qituvchi yangi mavzu bayoni bilan tanishtirib o`tadi.
Aylana uzunligini topish uchun uning diametrini π soniga ko`paytirish kerak. π soni – aylana radiusiga bog`liq bo`lmagan o`zgarmas son.
C=2πr yoki C=πd
Buyuk alloma Mirzo Ulug`bek rasadxonasida π sonining verguldan keyingi 17 ta xonasi aniq topilgan.
π=3.14159265358979325...
Mashqlar bajarishda ko`pincha , π=3,14 yoki π=22/7 deb olinadi.
1-masala. Agar aylananing radiusi 24 sm bo`lsa,uning uzunligini toping?
Yechish: C=2πr formulaga asosan C=2 . 3, 14 . 24=150,72 sm.
Javob: C=150,72 sm.
Doiraning yuzi S=πr2 formula bilan hisoblanadi.
2-masala. Doiraning radiusi 2 sm ga teng. Doira yuzini
toping.
Yechish: S=πr2 formulaga ko`ra S=3, 14 . 22=3, 14 . 4=12,56 sm2
Javob: S=12,56sm2.
O`quvchilarni darslik bilan ishlash ko`nikmalarini mustahkamlash uchun darslikdan bir nechta masalalar beriladi.
V.Mustahkamlash:
Mavzuni mustahkamlash uchun guruhlarga bittadan masala beriladi.
“Aylana” guruhiga masala: Radiusi 5dm bo`lgan aylananing uzunligini toping.
“Doira” guruhiga masala: Radiusi 5 dm bo`lgan doiraning yuzini toping.
Har bir guruhdan bittadan vakil doskada masalani ishlaydilar. O`qituvchi bajarilayotgan masalalarni nazorat qilib boradi va doskadan oldin ishlab bo`lgan beshta o`quvchi baholanadi.
VI.Uyga vazifa: O`quvchilarga tushuntirib o`tiladi va dasliklardagi bir nechta masalalarni yechish hamda shakllar yasash topshiriladi.