Меню
Разработки
Разработки  /  Литература  /  Уроки  /  5 класс  /  Абдулла Орипов ҳаёти ва ижоди

Абдулла Орипов ҳаёти ва ижоди

Абдулла Орипов ҳаёти ва асарлари ҳақида маълумот оласиз
07.04.2020

Содержимое разработки

Мадҳия

Кириш

  1. Бошловчи:

Саломдан бошланур ҳурмат эҳтиром,

Саломдир дунёда энг ширин калом.

Азиз меҳмонлар-у,доно устозлар,

Аввало сизларга салом,ассалом!

  1. Бошловчи:



Тантилик кўрмадим, сенингдек халқим,

Ширин тил кўрмадим,сенингдек халқим.

Тоза дил кўрмадим сенингдек халқим,

Ассалом она юрт,Ўзбекистоним.

1.Бошловчи:

Ассалому алайкум ҳурматли меҳмонлар, қалби меҳрга лиммо- лим азиз устозлар.

2.Бошловчи:

Ассалому алайкум қадрли ёшлар, илмга чанқоқ азиз тенгдошлар.

1.Бошловчи:

Бугунги Абдулла Орифовнинг Танланган асарлар китоби юзасидан ташкил этилган китоб тақдимотига хуш келибсиз.

2.Бошловчи:

Мархамат,тинглаб томоша қилинг.(Видеоролик китоб ҳақида)

Ўқувчи:

КИТОБ – бу инсониятнинг қадим тарих мобайнида яратган энг буюк мужизаси ва ихтиросидир.У инсонни ақлан етук даражада эриштиришга ва маънавий камолотига ёрдам беради, китобдан жой олган илм сарчашмалари орқали ҳар биримиз рухий озуқа оламиз.

Ўқувчи:

КИТОБ – ўтмишни бугун ва келажакка боғлайдиган ўзига хос кўприкдир.Китобни маънавий мерос, туганмас хазина дейишлари ҳам бежиз эмас,ҳақиқий китобни қадрлайдиган инсонларгина унинг бу каби қимматини англаб етишган.

Ўқувчи:

Ҳар бир зиёли одамнинг келажаги ҳам китоб билан боғлиқ.Инсон ўз олдига қўйган орзу – мақсадларига чуқур билими, изланиши орқали эришади.Билимни эса инсонга албатта, китоб беради.

Ўқувчи:

Инсон туғилиб, эсини танир экан, ўз ҳаёти давомида кўплаб қийинчиликларни бошидан ўтказади.

Бу қийинчиликларни енгиши, бу қийинчиликлардан тўғри йўл билан ўтиши учун, ҳар бир инсон яқин маслахатгўй дўстга эҳтиёж сезади.Инсон ҳаётида чинаккам ва беминнат дўст бу китобдир.

КИТОБ ҳақида видеоролик

Ўқувчи:

Ўзбекистон халқ шоири,Ўзбекистон қаҳрамони АБДУЛЛА ОРИФОВ 1941 – йил 21 – март куни Қашқадарё вилояти Косон тумани Некўз қишлоғида таваллуд топган.

Ўқувчи:

Отаси Ориф бобо оддий деҳқон бўлиб,тўрт қиз, ва тўрт ўғилнинг таълим – тарбиясига катта эътибор берган Абдулланинг болалиги Қўнғиртов этакларида ўтган.

O`quvchi:

1958-yilda o`rta maktabni oltin medal bilan tamomlab,Abdulla Oripov Toshkent Milliy Universitetining jurnalistika fakultetiga o`qishga kirib,uni ham 1963-yilda imtiyozli diplom blan bitiradi.



O`quvchi:

“Yosh gvardiya”, G`afur G`ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotlarida muharrir,”Sharq yulduzi” jurnalida adabiy xodim,bo`lim mudiri,”O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi,”Gulxan” jurnalida muharrir,1996-yildan O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi,bundan tashqari O`zbekiston Respublikasida Mualliflik huquqini himoya qilish davlat agentligi rais lavozimlarida faoliyat yuritgan.

O`quvchi:

Shoir va jamiyat arbobi,O`zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovning “Tilla baliqcha”,”Men nechun sevaman O`zbekistonni”singari dastlabki she’rlari talabalik yillarida yozilgan va o`zbek she’riyatiga yangi,iste’dodli,o`ziga xos ovozga ega shoirning kirib kelayotganidan darak bergan.

O`quvchi:

Ilk to`plami 1965-yilda “Mitti yulduz” nomi ostida chop etilgan.Shundan so`ng shoirning “Ko`zlarim yo`lingda”, ”Onajon”, ”Ruhim”, “O`zbekiston”, “Xotirot”, “Yurtim shamoli”, “Yuzma-yuz”, “Hayrat”, “Najot qal’asi”, “Yillar armoni”, “Haj daftari”, “Munojot”, “Dunyo”, “Shoir yuragi” singari she’riy kitoblari nashr etilgan.

O`quvchi:

Абдулла Орипов Ўзбекистон Республикаси Давлат Мадҳиясининг матни муаллифи экани билан ҳам хотираларда сақланиб қолади. У Наврўз ва Мустақиллик байрамларини ўтказиш бўйича ёзилган аксарият сценарийлар муаллифидир.

РАҚС

6 “ А“ синф ўғиллари

“ЙИГИТЛАРИ”

ВИДЕОРОЛИК

(А.Орипов “Мен нечун севаман Ўзбекистонни”)

Ўқувчи:

Маълумки, 2000- 2001 йилларда Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриётида Абдулла Ориповнинг тўрт жилдлик “Танланган асарлар” и чоп этилган эди. 2005 – йилда “ Адолат “ нашриёти чиқарган “Адолат кўзгуси” аслида шу жилдларнинг давоми 5 – жилд эди. Биз тақдимот қилаётган китоб эса “Қуёш бекати” деб номланган бўлиб, у “ Танланган асарлар “ нинг 6 жилдидир.

Ўқувчи :

Китоб 2010 – йилда “ШАРҚ” нашриётида босмадан чиққан Китобдан шеърлар, мақоллар, сухбатлар, таржималар ўрин олган. Китоб 382 саҳифадан иборат.

Ўқувчи:

Ҳозир китобдан ўрин олган баъзи шеърларни эътиборингизга ҳавола этамиз.Марҳамат, тинглаб, томоша қилинг.

Ўқувчи:

АЖДОДЛАР

Турли тоифалар бордир дунёда,

Изҳор қиладилар турли ниятни.

Гоҳо бир – биридан бўлиб зиёда,

Ўрнатмоқ бўларлар ҳаққониятни.

Haqqoniyat qayda?Qaysi odamda?

Yoxud kelgusiga bog`liqmi bu gap.

Ketgan sira qaytmas ushbu olamda,

Endi kelgusimi qo`llagin, yo rab.



Shu taxlit yashaymiz,goh hud,goh behud,

Goh totib,goh totmay hayot nafasin.

Kimki ajdodini etmagan unut,

Zamon unikidir,oshin oshasin



O`quvchi:

Vatan farzandi

Goho yosh bolaga o`xshydi Vatan,

Sodda, norasida,pok va beg`ubor.

To ozor yetmasin unga daf’atan,

Begona ko`zlardan asramoq darkor.



Vatan ulug` pirga o`xshaydi gohi,

Qo`llagay, aritgay ko`zdan yoshlarni.

Yursa tovoniga botmasin toki,

Yo`ldan olib qo`ying har xil toshlarni.



Kim uning xizmatim etolsa ado,

Ikki dunyoda ham bo`lmagaydir kam.

O`zini ta’masiz qildimi fido,

O`sha zot Vatanga farzand chinakam.



O`quvchi:

Aziz muallim

Ilm-u adab,iymon ezgu murodi,

Muallim avlodning asl ustodi.

Shogirdlar kamolga yetgani zamon,

Sen baxtli insonsan,sen baxtli inson.



Ey,aziz muallim,aziz muallim,

Sen ulug` zotlarga bergansan ta’lim.

Ey,aziz muallim,aziz muallim,

Senga biz adabiy etmaymiz ta’zim.



Sen uchun tengi yo`q koshona maktab,

Mangulik umrdan nishona maktab.

Yurt ishqi mehribon ko`zlaringdadir,

Istiqlol shukuhi so`zlaringdadir.



Donishmand avlodlar yulduz,quyoshim,

Rahnamo hamisha aziz yurtboshim.

Maktabim,maktabim shuhrat-u shonim,

Ilm-u fan diyori O`zbekistonim.



O`quvchi:

Taajjub

Qorni to`ygan kuni qashshoq bir odam,

Nogoh ko`zlab qoldi yulduz va oyni.

Dedi: – Eng badavlat insonman shu dam,

Ko`rsatingiz menga Hotami Toyni



Nodonga o`qi, deb berdilar kitob,

Donoga aylandi u ham o`sha kez.

U ham qolganlarga ayladi xitob—

—Ko`rsatingiz menga Aflotunni tez.



Odamlar bu holni hazil deb bilib,

Shunchaki lof kabi qabul etdilar.

Dedilar:—U zotlar hijolat bo`lib,

Sizga ko`rinmayin qaytib ketdilar.



O`quvchi:

Ezgulik

Bu ko`hna zaminda necha zamonlar

Yashab o`tdi qancha botir insonlar.

Ulardan so`rashdi:—Sizda ne maqsad?

Dedilar:—Ezgulik, ezgulik faqat!



Kimlarni ko`rmadi bu qadim dunyo,

O`tdi necha olim, necha avliyo.

Ulardan so`rashadi:—Sizda ne maqsad?

Javob bitta bo`ldi:— Ezgulik faqat!



Tarix maydonida surishib otlar,

Bir-birin qulatdi necha bir zotlar.

Ulardan so`rashdi:—Sizda ne maqsad?

Ular ham dedilar:— Ezgulik faqat!



Qizlar raqsi “Vatan”



Videorolik



Sahna ko`rinishi

Atrof qabriston.Qabrlar oralab Abdulla Oripov onasining qabrini ziyorat qilib, she’r o`qiydi.



Necha kunki yo`q oromim,

Kelolmayman hushimga.

Onajonim kechalari

Kirib chiqar tushimga.



Qo`llarida oq yelpig`ich

Oy nurida yaltirar.

Onajonim imlab meni

Qoshlariga chaqirar.

Keltirarlar goho beshik

Ko`zlarida hayajon.

Yotar payting bo`ldi-ku der,

Kela qol, der,bolajon.



Qaylargadir yuguraman,

Fig`onimdan chiqar dut.

Yig`lama,deb qo`llarimga

Tutqazarlar so`ng tobut.



Tongda ruhsiz ko`z ochaman,

Qovurilar tanda jon,

Onajonim,bunday qilma,

Bunday qilma, onajon.



Axir o`zing der eding-ku,

Silab o`ksik boshimni.

—Endi senga bersin umr,

Senga bersin yoshimni.



Afsus o`zing erta ketding,

Erta ketding olamdan.

Ukalarim bag`rim ezar,

Ajradik deb onamdan.



Tushlarimda, mayli,boshim

Silab turgin,onajon.

Qolganlarga endi umr

Tilab turgin,onajon.

Dilda neki jur’atim bor,

Dilda neki hayajon,

Bari,bari senga bo`lsin,

Senga bo`lsin,onajon.



Senga bo`lsin bor hayotim,

Nomim,shonim bir yo`la.

Xotirangda ushbu she’rnim

Yozdi o`g`ling Abdulla.



O`quvchi:

2016-yilning kuz fasli barcha O`zbekiston xalqi uchun og`ir judoliklarni olib keldi.Boisi bir kuz fasli Birinchi Prezidentimiz Muhtaram Islom Abdug`aniyevich Karimovni va ularning ortidan Abdulla Oripovni olib ketdi. Bir ko`z ochgudek fursatda o`zbek xalqi ikki buyuk dohiysidan ayrildi.



Videorolik(Abdulla Oripov xotirasiga bag`ishlanadi)



O`quvchi:

Birinchi Prezidentimiz Muhtaram Islom Abdug`aniyevich Karimov hamda O`zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov qalbimizda mangu barhayot.



Kompozitsiya

( Dilso`z “O`zbekiston”)



1-boshlovchi

Shuning bilan Abdulla Oripovning “Tanlangan asarlar” yuzasidan tashkil etilgan kitob taqdimotimizga yakun yasaymiz.

2-boshlovchi

Qimmatli vaqtingizni ayamay,tadbirimizga tashrif buyurganingiz uchun o`z minnatdorchiligimizni bildiramiz.E’tiboringiz uchun tashakkur.



1-boshlovchi

Hozirgi so`z navbati Kattaqo`rg`on shahar Xalq ta’limi bo`limiga qarashli 11-ixtisoslashgan davlat umumta’lim maktabi rahbari:Salimova Ozoda Yusupovnaga marhamat.



-75%
Курсы повышения квалификации

Проектная деятельность учащихся

Продолжительность 72 часа
Документ: Удостоверение о повышении квалификации
4000 руб.
1000 руб.
Подробнее
Скачать разработку
Сохранить у себя:
Абдулла Орипов ҳаёти ва ижоди (21.61 KB)

Комментарии 0

Чтобы добавить комментарий зарегистрируйтесь или на сайт