II bo’lim (3). 9-sinf O’zb. tarixi
1. Rossiya imperiyasi Xiva xonligiga qarshi olib boriladigan yurishlarga qancha vaqt tayyorgarlik ko’rgan edi?
A) 3 yil B) 5 yil C) 7 yil D) 10 yil
2. Xiva xonligini bosib olish Rossiya imperiyasi uchun ….
A) Amudaryoni qo’lga kiritish huquqini berar edi
B) Kaspiy dengiziga chiqish imkonini berar edi
C) Orolbo’yi hududlarini egallash imkonini berar edi
D) Afg’onistonga chiqish imkonini berar edi
3. Quyidagilardan Xivaga hujum boshlagan harbiy okruglarni to’g’ri berilgan javobni toping?
1. g’arbda 2. sharqda 3. shimolda 4. janubda
a) Mang’ishloq b) Orenburg c) Turkiston
d) Krasnovodsk
A) 1-a, 2-c, 3-d, 4-b C) 1-a, 2-c, 3-b, 4-d
B) 1-b, 2-a, 3-c, 4-d D) 1-c, 2-a, 3-b, 4-d
4. Xiva xonligiga qarshi hujumda qancha qo’shin ishtirok etgan edi?
A) 6 ming askar, 600 arava, 800 tuya
B) 3 ming askar, 300 kazak, 12 to’p
C) 7 ming askar, 2500 ot, 10 ming tuya
D) 12 ming askar, 4600 ot, 20 ming tuya
5. Xiva xonligiga qarshi to’rt harbiy okrugdan hujum qachon boshlandi?
A) 1873-yil yanvar C) 1873-yil mart
B) 1873-yil fevral D) 1873-yil aprel
6. Qaysi okruglardan yo’lga chiqqan qo’shinlar Xivaga yetib kelolmadilar?
A) Krasnovodsk va Mang’ishloq
B) Turkiston va Orenburg
C) Mang’ishloq va Turkiston
D) Orenburg va Krasnovodsk
7. Xivaga yurish vaqtida faqatgina qancha yetib bordi, xolos?
A) 3,5 ming B) 5 ming C) 7,5 ming D) 9 ming
8. 1873-yil may oyida Rossiya imperiyasi va Xiva xonligi o’rtasida qayerlarda to’qnashuvlar bo’lib o’tdi?
1. Hazorasp 2. Chimboy 3. Qo’ng’irot 4. Xo’jayli
5. Mang’it 6. Xiva 7. Xonqa
A) 1, 2, 4, 5, 6 C) 1, 2, 3, 5, 7
B) 1, 3, 4, 6, 7 D) 1, 3, 4, 5, 6
9. Rus qo’shinlarining Xiva xonligiga qarshi qilingan birinchi hujumiga kim boshchilik qildi?
A) Abramov C) Kaufman
B) Veryovkin D) Lazerev
10. …… Xiva xonligi poytaxtining egallanishiga olib keldi?
A) Kaufman boshchiligidagi asosiy qo’shinlarning yetib kelishi
B) shaharning 3 kun tinmay to’plardan o’qqa tutilishi
C) ruslar tomonidan shahardagi barcha me’moriy obidalarni buzib tashlashlari haqidagi ultimatum qo’yilgach
D) Hazorasp darvozasining dushmanlarga ochib berilishi
11. Qaysi sanada ruslar tomonidan Xiva shahri egallangan?
A) 1873-yil 26-may C) 1873-yil 15-mart
B) 1873-yil 29-may D) 1873-yil 12-avgust
12. Quyidagi qaysi voqeadan so’ng Kaufman Xiva xoni bilan muzokara olib borish yo’lini tanladi?
A) Xivani egallash uchun birinchi hujum muvaffaqiyatsiz tugagach
B) Toshkentdan yordamchi qo’shin yetib kelgach
C) Xivadan taslim bo’lish haqidagi xabar yuborilgach
D) Hazorasp darvozasi ruslarga ochib berilgach
13. K.P. Kaufman Xivani bosib olgandan so’ng xon xazinasini . . . . . . . . musodara qilib, xazina bilan
birga qadimiy qo’lyozmalar, xonning taxti va toji, tanga zarb qiladigan tamg’a va zarb tasviri, qo’ng’irot sulolasi xonlarining hokimiyati ramzlari va boshqa qo’lga kiritilgan moddiy boyliklarni Sankt-Peterburgga jo’natdi?
A) kontributsiya evaziga C) garov sifatida
B) sadoqat belgisi sifatida D) foydalanib turish maqsadida
14. K.P. Kaufman bilan Xiva xoni Muhammad Rahimxon II o’rtasidagi shartnoma qaysi yili imzolandi?
A) 1873-yil 28-iyun C) 1875-yil 12-sentabr
B) 1873-yil 12-avgust D) 1875-yil 15-avgust
15. K.P. Kaufman bilan Xiva xoni Muhammad Rahimxon II o’rtasidagi shartnomaning qaysi moddasida: «Sayid Rahim Bahodirxon o’zini Butun Rossiya imperatorining sodiq xodimi deb tan oladi. ... », deb yozib qo’yilgan edi?
A) 1-moddasida C) 7-moddasida
B) 4-moddasida D) 14-moddasida
16. K.P. Kaufman bilan Xiva xoni Muhammad Rahim II o’rtasidagi shartnomaning shartlari to’g’ri berilgan javobni toping?
1. Amudaryoning o’ng sohili, unga qo’shni yerlarning barchasi, bu joylarda yashaydigan o’troq va chorvador aholisi bilan xon tasarrafidan chiqdi
2. Rossiya qo’shinlarining harbiy xarajatlari uchun 500 ming rubl to’lanishi e’tirof etildi
3. Rossiyalik savdogarlar hamda ularning mollari uchun xon va mahalliy hokimlar javobgar bo’ladigan bo’ldi
4. Rossiyalik savdogarlarga savdo agentliklarini ta’sis etishga ruxsat berildi, tovarlardan olinadigan boj uning umumiy qiymati 2,5 foizdan oshmasligi belgilandi
5. Rossiyalik savdogarlar Amudaryoning chap qirg’og’idagi ruslar uchun zarur va qulay bo’lgan yerga o’zlarining pristanlarini qurish huquqini oldilar
6. Tovon pulini 20 yil ichida to’lash lozimligi belgilandi
7. Amudaryo bo’ylab erkin harakatlanishi uchun Rossiya kemalariga keng huquq berildi
8. Toshkentdan Samarqandgacha bo’lgan barcha hudud - Xo’jand, O’ratepa, Panjikent, Jizzax, Samarqand, Kattaqo’rg’on shaharlari Rossiya imperiyasi ixtiyoriga o’tdi
9. Rossiyalik savdogarlar xonlikda erkin yurish, boj to’lovlarisiz savdo-sotiq qilish huquqini qo’lga kiritdilar
A) 1, 2, 4, 6, 8, 9 C) 1, 3, 5, 6, 7, 9
B) 1, 2, 4, 5, 7, 8 D) 1, 3, 4, 6, 7, 9
17. K.P. Kaufman bilan Xiva xoni Muhammad Rahimxon II o’rtasidagi shartnomaga ko’ra, Xiva xonligi qancha miqdorda tovon to’lashi belgilandi?
A) 1 mln 500 ming rubl C) 2 mln 200 ming rubl
B) 12 mln 200 ming rubl D) 5 mln 100 ming rubl
18. K.P. Kaufman bilan Xiva xoni Muhammad Rahimxon II o’rtasidagi shartnomaga ko’ra, xonlik xazinasida yetarli darajada pul bo’lmaganligi uchun belgilangan tovon ….
A) xon va uning qarindoshlariga qarashli yerlarni sotish evaziga to’lanadigan bo’ldi
B) qadimiy qo’lyozmalar, xonning taxti va toji, tanga zarb qiladigan tamg’a va zarb tasviri, qo’ng’irot sulolasi xonlarining hokimiyati ramzlari evaziga yig’iladigan bo’ldi
C) Rossiya tomonidan qarz beriladigan bo’ldi
D) xonlik aholisidan yig’ib olinadigan bo’ldi
19. Quyidagi qaysi omil xonlikni davlat sifatida nomigagina mavjudligini, aslida, mustaqilligini yo’qotgan protektoratga aylanganligini ko’rsatar edi?
A) harbiy xarajatlarni xonlik tomonidan qoplanishi
B) xonlik hududining uch baravar qisqarishi
C) Rossiya siyosiy agentligining tashkil etilganligi
D) xonlik Turkiston general-gubernatori vakili tomonidan boshqarilishi
20. K.P. Kaufman Qo’qon xonligida o’z ta’sirini kuchaytirish maqsadida qaysi yili Qo’qon xoni bilan xonlikda Rossiya savdogarlariga katta imkoniyatlar beruvchi shartnoma imzolagan edi?
A) 1865-yil C) 1870-yil
B) 1868-yil D) 1872-yil
21. Qo’qon xonligida Mulla Is’hoq Mullo Hasan o’g’li «Po’latxon» rahbarligidagi qo’zg’olon qachon boshlandi?
A) 1873-yil kuz C) 1875-yil kuz
B) 1874-yil yoz D) 1875-yil bahor
22. Qo’qon hukmdori Xudoyorxon «Po’latxon» qo’zg’olonni bostirish uchun kimlar boshchiligida qo’shin yubordi?
A) Abdurahmon Oftobachi va Solihbek dodxoh
B) Hakimxo’ja va Abulqosim eshon
C) Iso avliyo va Abdurahmon Oftobachi
D) Abulqosim eshon va Muso avliyo
23. Qaysi voqeadan so’ng 20-iyulda Xudoyorxon K.P. Kaufmandan yordam so’rashga majbur bo’ldi?
A) «Po’latxon» qo’zg’olonni bostirish uchun yuborilgan qo’shin qo’zg’olonchilar tarafiga o’tib ketgach
B) Xudoyorxonning o’g’li Nasriddinbekning qo’zg’olonchilar tarafiga o’tib ketgach
C) Xudoyorxonning ukasi va ikkinchi o’g’li qo’zg’olonchilar tarafiga o’tib ketgach
D) «Po’latxon» qo’zg’olonchilari poytaxtga hujum boshlagach
24. Qaysi voqeadan so’ng Xudoyorxon general-gubernatordan panoh izlab Toshkentga ketdi?
A) «Po’latxon» qo’zg’olonni bostirish uchun yuborilgan qo’shin qo’zg’olonchilar tarafiga o’tib ketgach
B) Xudoyorxonning o’g’li Nasriddinbekning qo’zg’olonchilar tarafiga o’tib ketgach
C) Xudoyorxonning ukasi va ikkinchi o’g’li qo’zg’olonchilar tarafiga o’tib ketgach
D) «Po’latxon» qo’zg’olonchilari poytaxtga hujum boshlagach
25. Xiva shahrida qayta tiklash ishlari tugallangan yildan bir asr o’tib sodir bo’lgan voqeani toping?
A) «Po’latxon» qo’zg’oloni boshlandi
B) ruslar tomonidan Xiva shahri egallandi
C) Qo’qon xonligi tugatildi
D) Xudoyorxon Afg’onistonda vafot etdi
26. Qachon Xudoyorxondan so’ng taxtga o’tirgan Nasriddinbek va Kaufman o’rtasida shartnoma imzolandi?
A) 1875-yil 12-sentabr C) 1875-yil 22-sentabr
B) 1875-yil 12-avgust D) 1875-yil 28-iyun
27. Nasriddinbek va Kaufman o’rtasidagi shartnomaga ko’ra, Qo’qon xonligi qancha tovon to’lashi belgilandi?
A) 200 ming rubl C) 1 mln rubl
B) 500 ming rubl D) 2 mln rubl
28. Nasriddinbek va Kaufman o’rtasidagi shartnomaga ko’ra, Sirdaryoning o’ng sohilidagi qaysi hududlar Rossiya ixtiyoriga o’tganligi belgilangan?
A) Andijon va Namangan C) Qo’qon va Kosonsoy
B) Namangan va Chust D) Andijon va Qo’qon
29. Nasriddinbek va Kaufman o’rtasidagi shartnomadan so’ng tashkil qilingan Namangan bo’limiga kim boshliq etib tayinlandi?
A) Skobelev C) Lazerev
B) Abramov D) Romanovskiy
30. Po’latxon boshliq qo’zg’olonchilarning asosiy kuchlari qaysi shaharda joylashgan edi?
A) Andijon C) Qo’qon
B) Namangan D) Chust
31. Qaysi shaharda ruslarga qarshilik harakatlari bir oy davom etdi?
A) Andijon C) Qo’qon
B) Namangan D) Chust
32. Qaysi shahar 1876-yil yanvarda uyushtirilgan ikkinchi hujum natijasida qiyinchilik bilan egallandi?
A) Andijon C) Qo’qon
B) Namangan D) Chust
33. General M. Skobelev boshchiligidagi qo’shin qachonga kelibgina harbiy qurol ustunligi bilan g’alabaga erishdi hamda Po’latxon va uning tarafdorlari qatl qilindi?
A) 1876-yil yanvar C) 1876-yil mart
B) 1876-yil fevral D) 1876-yil aprel
34. Qaysi sanada podsho hukumatining Qo’qon xonligining tugatilganligi to’g’risidagi farmoni e’lon qilindi?
A) 1876-yil 19-fevral C) 1876-yil 6-mart
B) 1876-yil 19-aprel D) 1876-yil 12-avgust
35. . . . . da Angliya Afg’oniston hududining bir qismini bosib olgandan so’ng inglizlar uchun O’rta Osiyoga yo’l ochildi?
A) 1878-yil aprel C) 1879-yil iyul
B) 1879-yil mart D) 1880-yil avgust
36. Rossiya imperiyasining Amudaryo va Kapettog’ oralig’idagi Qoraqum sarhadlaridagi turkmanlarga qarshi birinchi yurishiga kim boshchilik qildi va qayerdan ularga hujum boshladi?
A) Krasnovodskdan P. Lessar
B) Orenburgdan Veryovkin
C) Krasnovodskdan I. Lazerev
D) Turkistondan M. Skobelev
37. Buxoroda Subhonqulixon hukmronligi boshlangan yildan ikki asr o’tib .....
1. Kaspiyorti viloyati tashkil etildi
2. turkmanlar batamom bo’ysundirildi
3. Rossiya va Eron o’rtasida chegaralar belgilandi
4. Sharqiy Turkistonning Ili o’lkasidagi qo’zg’olon podsho hukumati qo’shinlari tomonidan bostirilishi bilan Rossiya va Xitoy o’rtasidagi chegaralar belgilandi
5. turkmanlar yeriga ikkinchi hujum boshlandi
A) 1, 3, 4 C) 2, 4, 5
B) 1, 2, 3 D) 2, 3, 5