Меню
Разработки
Разработки  /  Всеобщая история  /  Тесты  /  9 класс  /  9 класс История Узбекистана. Часть II (2)

9 класс История Узбекистана. Часть II (2)

Завоевание Средней Азии Российской империей
27.01.2021

Содержимое разработки

II bo’lim (2). 9-sinf O’zb. tarixi


1. Podsho hukumati O’rta Osiyodan M.Chernyayevni chaqirib olgach, kimni uning o’rniga Turkiston viloyatining gubernatori qilib tayinladi?

A) F. Romanovskiy C) fon Kaufmann

B) N. Krijanovskiy D) I. Abramov

2. Qaysi shahar Toshkent, Qo’qon, Balx va Buxoro shaharlarini bog’lovchi shahar hisoblangan?

A) O’ratepa C) Xo’jand

B) Jizzax D) Chimkent

3. Rossiya imperiyasining O’rta Osiyodagi harbiy harakatlari rejasiga ko’ra, Qo’qon xonligining taqdiri …. dayoq hal qi­linib, ……. da Qo’qonga qarshi hamma narsa tayyor holatga keltirilgan edi?

A) 1859-yil, Toshkent C) 1865-yil, Toshkent

B) 1866-yil, Xo’jand D) 1868-yil, Samarqand

4. Quyidagi qaysi shaxs Buxoro amirining vakili bilan sulh shartnomasi bo’yicha uchrashib, 10 kun mobaynida 100 ming rubl tovon to’lashni talab qilgan edi?

A) F. Romanovskiy C) fon Kaufmann

B) N. Krijanovskiy D) I. Abramov

5. Quyidagi qaysi shaxs 1866-yilda Buxoro amirligi Rossiyaga qarshi urushga tayyorlanayotganligini bahona qilib, unga qarshi harbiy yurish boshlashga imperatordan ruxsat so’ragan edi?

A) F. Romanovskiy C) fon Kaufmann

B) N. Krijanovskiy D) I. Abramov

6. Quyidagi shaharlarni ruslar tomonidan egallanishi xronologik ketma-ketlikda berilgan javobni toping?

1. Turkiston 2. Toshkent 3. Xo’jand 4. Chimkent 5. O’ratepa 6. Oqmachit 7. Avliyoota 8. Jizzax

A) 6, 1, 7, 2, 4, 3, 5, 8 C) 6, 4, 2, 7, 1, 8, 3, 5

B) 6, 7, 1, 4, 2, 5, 3, 8 D) 6, 7, 1, 4, 2, 3, 5, 8

7. Qaysi shaharga qilingan hujum natijasida 2 ming nafardan ko’proq aholi halok bo’ldi?

A) O’ratepa C) Xo’jand

B) Jizzax D) Chimkent

8. Qaysi shahar ruslarga 20 kun davomida qarshilik ko’rsatgan?

A) O’ratepa C) Xo’jand

B) Jizzax D) Oqmachit

9. Qaysi shahar uchun bo’lgan jangda har ikkala tomondan 6 mingdan ko’proq kishi halok bo’ldi?

A) O’ratepa C) Jizzax

B) Xo’jand D) Oqmachit

10. Turkiston general-gubernatori K.P. Kaufman Buxoro amiri Muzaffar o’z qo’shinlarini qaysi shaharga to’plagan deb taxmin qilgan edi?

A) Buxoro C) Xo’jand

B) Samarqand D) Karmana

11. Turkiston viloyati gubernatori F. Romanovskiy Buxoro amirligiga qarshi Sirdaryoning o’rta oqimi hududlariga hujum qilgan dastlabki jang qayerda bo’lgan edi?

A) Cho’ponota tepaligida C) Zirabuloq tepaligida

B) Erjar yaqinida D) Panjikent yaqinida

12. Turkiston general-gubernatori K.P. Kaufman Samarqand egallash uchun hujum boshlaganda dastlabki jang qayerda bo’lgan edi?

A) Cho’ponota tepaligida C) Zirabuloq tepaligida

B) Erjar yaqinida D) Panjikent yaqinida

13. Turkiston general-gubernatori K.P. Kaufman Samarqand egallash uchun hujum boshlaganda ikkinchi jang qayerda bo’lgan edi?

A) Cho’ponota tepaligida C) Zirabuloq tepaligida

B) Erjar yaqinida D) Panjikent yaqinida

14. Qaysi jangdan so’ng Turkiston general-gubernatori K.P. Kaufman Samarqandga jangsiz kirib bordi?

A) Cho’ponota tepaligida C) Zirabuloq tepaligida

B) Erjar yaqinida D) Panjikent yaqinida

15. Turkiston general-gubernatori K.P. Kaufman Samarqand egallash uchun hujum qancha qo’shin bilan hujum boshlagan?

A) 2 mingdan ziyod C) 4 mingdan ziyod

B) 3 mingdan ziyod D) 6 mingdan ziyod

16. Turkiston general-gubernatori K.P. Kaufman Zirabuloq tepaligidagi jangdan so’ng Buxoro amiri Amir Muzaffarga qanday shartlar bilan sulh tuzishni taflif qilib maktub yuborgan edi?

1. 10 kun mobaynida 100 ming rubl tovon to’lash

2. Samarqand bekligini Rossiyaga berish

3. «harbiy xarajatlarni» to’lash

4. 1865-yildan buyon Turkiston o’lkasida qo’lga kiritilgan barcha narsalarni Rossiya mulki deb e’tirof etish

5. amir xazinasini general-gubernator ixtiyoriga o’tkazish

A) 1, 2, 4 C) 3, 4, 5

B) 2, 3, 4 D) 1, 3, 5

17. Rossiya imperiyasining harbiy yurishlariga qarshi Samarqandda kurash olib borgan Shahrisabz hokimini toping?

A) Hakimxo’ja C) Solihbek Dodxoh

B) Jo’rabek D) Bobobek

18. Rossiya imperiyasining harbiy yurishlariga qarshi Samarqandda kurash olib borgan Kitob hokimini toping?

A) Jo’rabek C) Solihbek Dodxoh

B) Hakimxo’ja D) Bobobek

19. K.P. Kaufman kimni qo’shin bilan Urgutga yuborib, shaharning taslim bo’lishini taklif qilgan edi?

A) general Abramov C) general Skobelev

B) general Romanovskiy D) general Krijanovskiy

20. K.P. Kaufman Samarqandni bosib olishga kirishgan sanani toping?

A) 1868-yil aprel C) 1868-yil iyun

B) 1868-yil may D) 1868-yil iyul

21. Qachon Kitob va Shahrisabz hokimlari samarqandlik qo’zg’olonchilar bilan birga Rossiya imperiyasi qo’shinlari garnizoni joylashgan shahar qal’asiga hujum qilishdi?

A) 1868-yil 2-iyun C) 1868-yil 6-iyun

B) 1868-yil 4-iyun D) 1868-yil 8-iyun

22. Qaysi sanalarda Samarqandning rus qo’shinlari garnizoni joylashgan shahar qal’asini egallash uchun shiddatli janglar bo’lib o’tdi?

A) 2-iyundan 6-iyungacha

B) 4-iyundan 7-iyungacha

C) 6-iyundan 8-iyungacha

D) 8-iyundan 10-iyungacha

23. Quyidagi qaysi jangdan so’ng Amir Muzaffar o’z mag’lubiyatini tan olib, fon Kaufmanning Turkiston general-gubernatorligining yangi chegaralari haqidagi taklifini qabul qilishga majbur bo’ldi?

A) Cho’ponota tepaligida C) Panjikent yaqinida

B) Erjar yaqinida D) Zirabuloq tepaligida

24. Rossiyaning Buxoro amirligiga qarshi 1868-yilgi harbiy yurishlari natijasida tuzilgan Zarafshon okrugi qaysi bo’limlardan iborat edi?

A) Urgut va Kattaqo’rg’on

B) Samarqand va Urgut

C) Samarqand va Kattaqo’rg’on

D) Jizzax va O’ratepa

25. Rossiya imperiyasi tomonidan Turkiston viloyati o’rnida tuzilgan Sirdaryo viloyatiga qaysi yillar oralig’ida egallangan hududlar kiritilgan edi?

A) 1860-1865-yillar C) 1864-1866-yillar

B) 1853-1865-yillar D) 1866-1868-yillar

26. Rossiya imperiyasi tomonidan Turkiston viloyati o’rnida tuzilgan Sirdaryo viloyatiga qaysi hududlar kiritilgan edi?

A) Turkiston viloyati va Qo’qon xonligining shimoliy viloyatlari

B) Turkiston viloyati va Qo’qon xonligining janubiy viloyatlari

C) Turkiston viloyati va Semipalatinsk viloyatining bir qismi

D) Turkiston viloyati va Yettisuv viloyatining bir qismi

27. K.P Kaufman qachon va qayerda Amir Muzaffar bilan Buxoro amirligini Rossiya imperiyasining protektoratiga aylantirgan shartnomani imzoladi?

A) 1868-yil 28-iyulda Buxoroda

B) 1868-yil 28-iyunda Samarqandda

C) 1868-yil 8-iyulda Toshkentda

D) 1868-yil 12-avgustda Xo’jandda

28. K.P Kaufman va Amir Muzaffar o’rtasidagi shartnomaga ko’ra, Rossiya qo’shinlarining harbiy xarajatlari uchun qancha tovon to’lashi kerak edi?

A) 100 ming rubl C) 300 ming rubl

B) 200 ming rubl D) 500 ming rubl

29. K.P Kaufman va Amir Muzaffar o’rtasidagi shartnomaga ko’ra, abadiy do’stlik belgisi sifatida ...

A) Toshkentdan Samarqandgacha bo’lgan hududlar Rossiyaga berildi

B) Amir ixtiyorida qolgan hududlarni boshqarishda Turkiston general-gubernatorining ko’rsatmalariga rioya etish majburiyatini oldi

C) Amir o’zini Rossiya imperiyasining vassali deb e’lon qildi

D) Buxoroning Rossiya qo’shinlarining harbiy xarajatlari uchun tovon to’lashi e’tirof etildi

30. K.P. Kaufman va Amir Muzaffar o’rtasidagi shartnomaga ko’ra, Ros­siya imperiyasi ixtiyoriga o’tmagan shaharlarni toping?

1. Xo’jand 2. O’ratepa 3. Panjikent 4. Buxoro

5. Samarqand 6. Urgut 7. Kattaqo’rg’on 8. Jizzax

A) 1, 2, 3, 5, 7, 8 C) 1, 2, 4, 5, 6, 7

B) 4, 6 D) 3, 7

31. Amir Muzaffarning katta o’g’li Abdumalik to’ra, Jo’rabek va Bobobek boshchiligidagi qo’shin Samarqandni ozod qilish uchun kurash boshlab dastlab qaysi shaharni o’z qo’llariga oldilar?

A) Shahrisabz C) Karmana

B) Qarshi D) Kattaqo’rg’on

32. Rossiya qo’shinlaridan yengilib, Afg’onistondan ham hech qanday yordam ololmagan Abdumalik to’ra Peshovarga ketadi va u yerda .... yilda vafot etdi?

A) 1904-yil C) 1909-yil

B) 1906-yil D) 1911-yil

33. Quyidagilardan bir yilda sodir bo’lgan voqealarni toping?

1. Xitoyda Taypinlar davlati qulatildi; Rossiya Avliyoota, Turkiston, Chimkent shaharlarini bosib oldi

2. Buyuk Britaniya Eronni rasman Hirotga da`vosidan voz kechishga majbur etdi; Rossiya Oqmachit qal’asini bosib oldi

3. A. Linkoln yollanma qotil qo`li bilan otib o`ldirildi; Ruslar tomonidan Toshkent egallanib, Turkiston viloyati tuzildi

4. AQSH Kongressi tomonidan konstitutsiyaga tuzatish kiritilib, qora tanlilar oq tanlilar kabi fuqarolik va siyosiy huquqlarga ega bo`ldilar; Rossiya tomonidan Xo’jand, O’ratepa, Jizzax shaharlari egallandi

5. Efiopiyada Kassa hokimiyati ag`darildi; Turkiston general-gubernatorligi tuzildi

6. Xiva xonlari arxivi hujjatlari Peterburgga olib ketildi; Buxoro va Rossiya o’rtasida amirlikka o’z vakilini tayinlash huquqini beruvchi yangi shartnomani imzolandi

7. D. I. Mendeleyev elementlarning davriy tizimini yaratdi; Amir Muzaffar Buxoro amirligini Rossiya imperiyasining protektoratiga aylantirgan shartnomani imzoladi

A) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7 C) 2, 3, 4, 5, 7

B) 1, 2, 3, 4, 5, 6 D) 2, 3, 4, 6, 7

34. Buxoro va Rossiya o’rtasida amirlikka o’z vakilini tayinlash huquqini beruvchi yangi shartnomaning qaysi moddasida: «Rossiya hukumatidan ijozat bo’lmagan, kim bo’lishidan qat’i nazar, har xil kimsalarni Buxoro hukumati qabul qilmaydi» deb ko’rsatilgan?

A) 4-moddasida C) 12-moddasida

B) 10-moddasida D) 14-moddasida

35. Quyidagilardan bir yilda sodir bo’lgan voqealarni toping?

A) Qo’qonda Hokimoyim Madrasasi qurildi; Rossiya imperiyasi Tashqi ishlar vazirligi Angliya bilan Afg’oniston va O’rta Osiyodagi chegaralarni belgilash to’g’risida muzokaralar olib bordi

B) Ichanqal’ada Ark qal’asi qarshisida Muhammad Rahimxon madrasasi bunyod etildi; Buxoro amirligi va Eron o’rtasidagi chegara Eron shohi bilan Tehrondagi Rossiya elchisi imzolagan maxfiy shartnomada belgilandi

C) Muhammad Yunus tomonidan “Xudoyqul anvar” asari yozildi; ingliz-rus komissiyasi Rossiya imperiyasining O’rta Osiyodagi Buxoro amirligi yerlari bilan Afg’oniston o’rtasidagi chegara chizig’ini belgilashni nihoyasiga yetkazdi

D) Xudoyorxon saroyi qurilishi tugallandi; Buxoro amirligi Rossiya imperiyasining protektoratiga aylandi

36. Qaysi yilgi shartnomaga ko’ra, Rossiya va Buyuk Britaniyaning Afg’oniston bilan O’rta Osiyodagi chegaralari Amudaryo bo’ylab Panj tumanidan o’tkazilishiga kelishildi?

A) 1867-yil C) 1885-1887

B) 1869-1870 D) 1881-yil

-75%
Курсы повышения квалификации

Методика преподавания истории в условиях реализации ФГОС СОО (ООО)

Продолжительность 72 часа
Документ: Удостоверение о повышении квалификации
4000 руб.
1000 руб.
Подробнее
Скачать разработку
Сохранить у себя:
9 класс История Узбекистана. Часть II (2) (21.27 KB)

Похожие файлы

Комментарии 0

Чтобы добавить комментарий зарегистрируйтесь или на сайт