Меню
Разработки
Разработки  /  Всемирная история  /  Тесты  /  9 класс  /  9 класс История Узбекистана. Часть II (1)

9 класс История Узбекистана. Часть II (1)

Завоевание Средней Азии Российской империей
27.01.2021

Содержимое разработки

II bo’lim (1). 9-sinf O’zb. tarixi


1. Quyidagi qaysi ekspeditsiya muvaffaqiyatsizlikka uchragach, Rossiya podsho hukumati harbiy istehkomlar qurishga kirishgan?

A) F. Berg C) Perovskiy

B) Bekovich Cherkasskiy D) F. Benevini

2. Rossiya imperiyasi tashqi siyosatida o’z chegaralarini sharqqa tomon kengaytirish uchun dastlab …

A) harbiy istehkomlar qurishga asosiy e’tibor qaratgan

B) harbiy ekspeditsiyalar uyushtirishga harakat qilgan

C) Buxoro amirligi, Xiva va Qo’qon xonliklari bilan har tomonlama aloqalar o’rnatishga harakat qildi
D) O’rta Osiyo davlatlariga iqtisodiy tazyiq o’tkazishga uringan

3. …. ga kelib O’rta Osiyoni bosib olish Rossiya imperiyasining birinchi navbatdagi vazifasiga aylandi?

A) XVII boshlari C) XIX asr boshlari

B) XVIII asr oxiri D) XIX asr o’rtalari

4. Buyuk Britaniyaning Ost- Indiya kompaniyasi qaysi asrdan boshlab strategik ahamiyatga ega bo’lgan xonliklarning tabiiy boyliklari, xomashyo mahsulotlariga qiziqishi ortib bordi?

A) XVI asrdan C) XVIII asrdan

B) XVII asrdan D) XIX asrdan

5. Quyidagilardan O’rta Osiyoga yuborilgan ingliz elchiliklari va ularning yillari to’g’ri berilgan javobni toping?

1. 1825-yil 2. 1832-yil 3. 1843-yil 4. 1844-yil

a) A. Byorns b) I. Volf c) M.Murkroft d) J. Ebbot

A) 1-c, 2-a, 3-d, 4-b C) 1-d, 2-c, 3-a, 4-b

B) 1-c, 2-a, 3-b, 4-d D) 1-c, 2-b, 3-a, 4-d

6. Quyidagi elchiliklar va ularga xos xususiyatlar to’g’ri berilgan javobni toping?

1. M. Murkroft 2. J.Ebbot 3. Ch. Stoddart va A. Konnolli

a) Buxoro amiri tomonidan qatl etildi

b) Buxoroga kelib, qaytib ketayotganda ikki hamrohi bilan halok bo’ladi

c) bu elchi Xiva va Buxoroga kapitan edi

A) 1-a, 2-c, 3-c C) 1-c, 2-a, 3-c

B) 1-b, 2-c, 3-a D) 1-c, 2-b, 3-a

7. Quyidagilardan O’rta Osiyoga yuborilgan ingliz elchiliklarini xronologik tartibda berilgan javobni toping?

1. A. Byorns 2. I. Volf 3. M. Murkroft 4. J. Ebbot

5. Ch. Stoddart va A. Konnolli

A) 1, 2, 5, 3, 4 C) 3, 1, 5, 4, 2

B) 3, 1, 4, 5, 2 D) 3, 1, 2, 4, 5

8. Qaysi elchilik missiyasi O’rta Osiyo davlatlariga harbiy sohada yordam berish va ularga Rossiya imperiyasiga qarshi harbiy ittifoq tuzish taklifi bilan Buxoroga yuborilgan edi?

A) M. Murkroft

B) J. Ebbot va I. Volf

C) A. Byorns

D) Ch. Stoddart va A. Konnolli

9. Quyidagilardan bir yilda sodir bo’lgan voqealarni toping?

1. sharqiy turkistonliklarning Jahongirxo`ja boshchiligida Sin imperiyasiga qarshi milliy-ozodlik kurashi boshlandi; Rossiyada dekabristlar qo`zg`oloni bo`lib o`tdi; M. Murkroft ekspeditsiyasi uyushtirildi

2. Pekinda Xitoy-Qo`qon shartnomasi imzolandi; Misr hukmdori Muhammad Ali qo’zg’olon ko’tarib Turkiya sultoni qo’shinini tor-mor etdi; Buxoroga A. Byorns ekspeditsiyasi uyushtirildi

3. “Ost-Indiya” kompaniyasi Hindistonning Sind viloyatini bosib oldi; birinchi ingliz-afg’on urushi tugadi; J. Ebbot ekpeditsiyasi uyushtirildi

4. Xiva–Rossiya o`rtasida ,,Majburiyatlar akti" deb ataluvchi shartnoma imzolandi; ingliz fizigi D. Joul va nemis fizigi Yu. Mayer tajribalar yo`li bilan energiyaning saqlanish qonunini asoslab berdilar; Ost-Indiya kompaniyasi vakillari Ch.Stoddart va A.Konnoli amir tomo­nidan qatl qilindi

5. Ingliz-afg’on do’stlik shartnomasi imzolandi; Kassa o’zini Efiopiyada hukmdor deb e’lon qildi; o’zbeklar va tojiklar yashaydigan Amudaryoning janubiy sohilidagi hududlar Afg’oniston viloyatiga aylantirildi

6. Liberiya davlati tashkil topdi; jazoirliklar yo`lboshchisi Abdulqodir qo’shini qurshab olinib tor-mor etildi; Sirdaryoning Orolga quyilish joyida Raim qal’asi bunyod etildi

A) 1, 2, 4, 5, 6 C) 1, 3, 4, 6

B) 1, 2, 3, 5, 6 D) 1, 2, 3, 4, 5, 6

10. Ost-Indiya kompaniyasi vakillari Ch.Stoddart va A.Konnoli amir tomo­nidan qatl etilgach, bunga javoban Angliya hukumati ….

A) Buxoro amiriga o’z armiyasini qurolsizlantirish to’g’risida ultimatum yubordi

B) Buxoroga qarshi Afg’oniston bilan sulh tuzib, ularni qurollantiradi

C) Buxoroga qarshi Xiva xonini gij-gijlay boshladi

D) Buxoro amirligidagi elchilari va savdogarlarini chaqirib oldi

11. Rossiya imperiyasi va O’rta Osiyo o’rtasidagi “Orenburg yo’li” qaysi shaharga olib boruvchi asosiy savdo yo’li hisoblangan?

A) Buxoro C) Toshkent

B) Xiva D) Samarqand

12. Quyidagilardan qay biri podsho hukumatining O’rta Osiyoga harbiy yurishlarini boshlashiga bahona bo’ldi?

A) Rossiyaning to’qimachilik sanoati uchun paxta xomashyosiga taqchillik vujudga kelishi

B) XIX asrning o’rtalariga kelib Angliyaning O’rta Osiyoga nisbatan olib borayotgan siyosati

C) Xiva va Qo’qon xonlarining Raim qal’asini buzishga urinishlari

D) chegara hududlarida yashaydigan Rossiya imperiyasi fuqarolari bo’lgan aholiga talonchilik va bosqinchilik qilib turuvchi guruhlarning hujumlarini bartaraf etish

13. Rossiya imperiyasi O’rta Osiyoni bosib olishining birinchi bosqichida qaysi hududlarni zabt etdi?

A) Qo’qon xonligining shimoliy-g’arbiy viloyatlari va Toshkent shahri

B) Qo’qon xonligining shimoliy-sharqiy viloyatlari va Toshkent shahri

C) Qo’qon xonligi va Buxoro amirligi hududlari

D) Xiva va Qo’qon xonligi hududlari

14. Quyidagi shaharlar va ularning hozirgi nomlari bilan to’g’ri berilgan javobni toping?

1. Verniy 2. Oqmachit 3. Pishpak 4. Avliyoota

a) Almati b) Jambul c) Bishkek d) Qizil O’rda

e) Taroz

A) 1-a, 2-d, 3-c, 4-b,e C) 1-d, 2-a, 3-b, 4- c, e

B) 1-a, b; 2-c, 3-d, 4-e D) 1-a, 2-c, 3-b, 4- d, e

15. Ruslar tomonidan egallangan shaharlarni yillari bilan to’g’ri berilgan javobni toping?

1. 1853-yil 2. 1864-yil 4-iyun 3. 1864-yil 12-iyul

4. 1864-yil kuz

a) Oqmachit b) Chimkent c) Turkiston d) Avliyoota

A) 1-a, 2-d, 3-b, 4-c C) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d

B) 1-a, 2-d, 3-c, 4-b D) 1-a, 2-c, 3-b, 4-d

16. Qaysi yili Rossiya imperatori Aleksandr II (1855-188l) tomonidan Qo’qon xonligini bosib olishni davom ettirilishi to’g’risidagi ko’rsatma berilgan?

A) 1850-yilda C) 1859-yilda

B) 1855-yilda D) 1860-yilda

17. Ruslarning 1864-yildagi harbiy yurishlariga kimlar boshchilik qildilar?

A) F. Romanovskiy va Kaufmann

B) Krijanovskiy va F. Romanovskiy

C) N. Veryovkin va M. Chernyayev

D) Kaufmann va M. Chernyayev

18. Qaysi shahar egallanganidan so’ng Yangi Qo’qon chizig’i asosida qo’lga kiritilgan qal’alar birlashtirildi?

A) Turkiston C) Oqmachit

B) Avlioota D) Chimkent

19. Quyidagi istehkom chiziqlari to’g’ri moslashtirilgan javobni toping?

1. Sirdaryo istehkom chizig’i

2. Sibir istehkom chizig’i

3. Yangi Qo’qon chizig’i

a) Raim qal’asidan Perovskiy fortigacha

b) Semipalatinskdan Verniy shahrigacha

c) Avlioota, Turkiston va Chimkent shaharlari

A) 1-b, 2-a, 3-c C) 1-b, 2-c, 3-a

B) 1-a, 2-c, 3-b D) 1-a, 2-b, 3-c

20. Qaysi shahar O’rta Osiyoni bosib olish uchun asosiy yo’lak, harbiy qo’shinlarning kelgusidagi harakatlari uchun tayanch nuqta vazifasini bajara oladigan joy hisoblangan?

A) Turkiston C) Toshkent

B) Avlioota D) Chimkent

21. XIX asr o’rtalarida Toshkent shahri aholisi qanchani tashkil qilgan?

A) 20 ming B) 30 ming C) 50 ming D) 80 ming

22. 1864-yil 1-oktabrida M. Chernyayev Toshkentga birinchi hujumida yengilib, qayerga chekinishga majbur bo’ldi?

A) Turkiston C) Oqmachit

B) Avlioota D) Chimkent

23. M. Chernyayev tomonidan Niyozbek qal’asi egallangach, uning buyrug’i bilan Toshkent shahri aholisini suv bilan ta’minlaydigan . . . . . dagi to’g’on buzib tashlanadi.

A) Kaykovus arig’i C) Darg’om kanali

B) Chirchiq daryosi D) Bo’zsuv kanali

24. Toshkent shahri oqsoqollaridan nechtasi shaharni «ixtiyoriy ravishda topshirish» to’g’risidagi sulhni imzolashga majbur bo’lishdi?

A) 4 nafari C) 9 nafari

B) 6 nafari D) 12 nafari

25. Toshkentni «ixtiyoriy ravishda topshirish» to’g’risidagi xatni yozilishiga qarshi bo’lgan quyidagi qaysi shaxslar Sibirga surgun qilingan?

A) Solihbek dodhoh, Abulqosim eshon, Hakimxo’ja

B) Abdurahmon eshon, Abulqosim eshon, Hakimxo’ja

C) Hakimxo’ja, Muhammad Ali, Abdurahmon eshon

D) Jo’rabek, Solihbek dodhoh, Abulqosim eshon

26. Qanday maqsadda Rossiya imperiyasi bosib olingan joylarni o’z ichiga oluvchi ma’muriy-boshqaruv hudud, ya’ni alohida general-gubernatorlik tashkil etishga kirishdi?

1. O’rta Osiyoning Orenburg general-gubernatorligidan uzoqda joylashganligi

2. kelgusida bosib olinadigan yerlarni birlashtirish

3. imperiya tarkibida yana bitta general-gubernatorlik tashkil qilish uchun aholisi va hududining to’g’ri kelganligi

4. uning geografik xususiyatlari, iqtisodi, tabiiy boyliklari, mineral resurslarini imperiya manfaatlariga har tomonlama moslashtirish

5. general-gebernatorlik orqali Buxoro va Xiva xonliklarini bevosita boshqarish uchun

A) 1, 2, 3, 4 C) 2, 3, 4, 5

B) 1, 3, 4, 5 D) 1, 2, 4, 5

27. 1867-yil tashkil etilgan Turkiston harbiy okrugi tarkibiga qaysi yildan boshlab harbiy istilochilik yurishlarida ishtirok etgan barcha harbiy qismlar kiritildi?

A) 1847-yil C) 1861-yil

B) 1853-yil D) 1865-yil

28. 1867-yil tashkil etilgan Turkiston General-Gubernatorligi tarkibiga dastlab qaysi hududlar kiritilgan?

A) Turkiston va Orenburg general-gubernatorligi bir qismi

B) Turkiston viloyati va Semipalatinsk viloyatining janubiy qismi

C) Turkiston viloyati va Sergiopol viloyatining shimoliy qismi

D) Yettisuv viloyati va Olatavsk okrugi

29. Turkiston General-Gubernatorligi dastlab ma’muriy jihatdan qanday viloyatlarga bo’lingan?

A) Turkiston va Yettisuv C) Sirdaryo va Yettisuv

B) Samarqand va Farg’ona D) Kaspiyorti va Sirdaryo

30. Quyidagilardan Semipalatinsk viloyatining Turkiston General-Gubernatorligi Yettisuv viloyati tarkibiga kiritilgan hududlarini toping?

1. Sergiopol 2. Aktyubinsk 3. Olatavsk 4. Kopal

5. Petropavlovsk 6. Uralsk

A) 2, 3, 5 C) 1, 3, 4

B) 1, 2, 3 D) 3, 5, 6

31. Quyidagi ma’muriy birliklarni tashkil etilgan yili bilan to’g’ri berilgan javobni toping?

1. Farg’ona viloyati 2. Zarafshon okrugi

3. Amudaryo bo’limi 4. Kaspiyorti viloyati

a) 1868-yil b) 1873-yil c) 1876-yil d) 1881-yil

A) 1-c, 2-a, 3-d, 4-b C) 1-a, 2-b, 3-c, 4-b

B) 1-c, 2-a, 3-b, 4-d D) 1-b, 2-a, 3-c, 4-d

32. Qaysi viloyat Turkiston General-Gubernatorligidagi hududiy jihatdan eng kichigi edi?

A) Sirdaryo C) Kaspiyorti

B) Farg’ona D) Samarqand

33. Turkiston General-Gubernatorligining qaysi viloyati hududiy jihatdan Rossiyaning Moskva guberniyasidan katta edi?

A) Sirdaryo C) Kaspiyorti

B) Farg’ona D) Samarqand

34. Turkiston General-Gubernatorligining qaysi viloyati hududiy jihatdan Rossiyaning Saratov guberniyasidan katta edi?

A) Sirdaryo C) Kaspiyorti

B) Farg’ona D) Samarqand

35. Turkiston General-Gubernatorligining qaysi viloyati hududining maydoni 2000 kv. verstni tashkil qilgan?

A) Samarqand C) Kaspiyorti

B) Farg’ona D) Sirdaryo

36. Turkiston o’lkasida Rossiya imperiyasining mustamlakachilik siyosati to’liq amalga oshirilishi va hukmronligining mustahkam bo’lishi uchun ...

A) o’lkaga katta miqdorda qo’shin va harbiy qurollar yuborildi

B) o’lkadagi istilochi amaldorlarga keng vakolatlar berildi

C) o’lka qaytadan ma’muriy birliklarga bo’lindi

D) o’lka butunlay tashqi dunyodan uzib qo’yildi

37. M. Chernyayev tomonidan Toshkentga qilingan hujumda qaysi voqea shahar himoyachilarini sarosimaga solib qo’ydi?

A) Ayovsiz janglarda Aliquli (Alimqul)ning yarador bo’lib, vafot etishi

B) ruslar tomonidan shaharga o’t qo’yib yuborilishi

C) Toshkent suv to’g’onining buzib yuborilishi

D) shaharni to’plardan o’qqa tutilishi













-80%
Курсы повышения квалификации

Историко-краеведческая деятельность как средство достижения метапредметных результатов в современном обучении и воспитании

Продолжительность 72 часа
Документ: Удостоверение о повышении квалификации
4000 руб.
800 руб.
Подробнее
Скачать разработку
Сохранить у себя:
9 класс История Узбекистана. Часть II (1) (22.53 KB)

Похожие файлы

Комментарии 0

Чтобы добавить комментарий зарегистрируйтесь или на сайт