27 -MAKTAB MATEMATIKA FANI O`QITUVCHISI AZIMOV AKMAL 6A-SINFDA OCHIQ DARS ISHLANMASI
MAVZU: NISBAT TUSHUNCHASI
I.Darsning maqsadi: a) Ta’limiy maqsad: .O’quvchilarga nisbat tushunchasi haqida ma’lumot berish, mavzuga doir misollar yechib ko’rsatish. b) Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga ta’lim berish bilan bir qatorda tarbiyasiga qarash , vatanini sevishni o’rgatish . c) Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni savol javob taqarqatma matireallar bilan bilimini rivojlantirish. TK-2 Axborot bilan ishlash, FK-1 matematika mazminiga oid umumiy kompetensiya
II. Dars turi: Noananaviy III. Dars metodi: Musobaqa usuli IV. Darsning jihozi : Tarqatmali materiallar, Krossvord, Elektron doska, kompyuter. V.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism – salomlashish, davomatni aniqlash, zarur ko’rgazmali qurol va jihozlarni darsga hozirlash; 2. O’tilganlarni takrorlash va yangi mavzuni boshlashga hozirlik – yangi mavzu bilan bog’liq o’tilgan dars mavzularini takrorlash; o’quvchilarning yangi mavzuni o’tishdan oldin bu mavzuga oid bilim darajalarini aniqiash, baholash va yangi materialni o’zlashtirishga tayyorlash; yangi dars maqsadini tushuntirish;
VI. Yangi mavzuni bayoni Yangi mavzuni mustahkamlash:
Bir son ikkinchisidan necha marta kattaligini aniqlash uchun birinchi sonni ikkinchisiga bo ’ lish kerakligini bilamiz.
Masalan, 36:9=4 tenglik 36 soni 9 dan 4 marta kattaligini bildiradi.
Umuman, k va n noldan farqli bo’lsa, k:n bo’linma nisbat, k va n sonlar esa nisbatning hadlari deyiladi.
k:n=q Bu
Bu yozuvda: k – nisbatning oldingi hadi, n – nisbatning keyingi hadi,
NISBAT USHBU XOSSALARGA EGA
1.Nisbatning ikkala hadini noldan farqli ayni bir p songa ko’paytirilsa (yoki bo’linsa), nisbat o’zgarmaydi:
k : n=(k p):(n p) yoki
- Oldingi had keyingi had bilan nisbatning ko ’ paytmasiga teng:
K=n*q
- Keyingi had oldingi hadning nisbatga bo’linmasiga teng:
n=k:q
589. Nisbat ko’rinishida yozing va hisoblang:
3 ning 9ga = 3: 9 =1/ 3 ;
11 ning 22 ga = 11:22 = 0,5;
591. Nisbatni kasr ko’rinishida yozing va mumkin bo’lsa, qisqaytiring:
1) 8:32 2) 4:20 3) 10:13
4) 10:15 5) 10:13 6) 23:69 .
“ Xalq maqollarida raqamlar estafetasi “ musobaqasi :
1.Yetti o`lchab bir kes
2. Sanamay sakkiz dema
3. Birni ko`rib fikr qil
4. Икки кемани тутган ғарқ бўлар.
5 .Қўрққан ит уч кун ҳурар.
6 .Тўрт хотин бир бўлса касби ўлан айтиш.
7 .Беш қўл баробар эмас.
Taqdimot muallifi:
27 – umumiy o’rta ta’lim mak - tabi o’qituvchisi
Azimov Akmaljon