O’zbekiston Respublikasi
ХalQ ta’limi vazirligi
nAMANGAN VILOYAT
xALQ TA`LIM BOSHQARMASI
NAMANGAN TUMAN XALQ TA`LIMI
BO`LIMIGA QARSHLI
11- UMUMIY O`RTA TA`LIM MAKTABI
TEXNOLOGIYA FANI O`QITUVCHISI
RAHMONOVA ASILANING
“Xalq hunarmandchiligiga oid bitta kasb hunar turini tavsiflash milliy bosh kiyimlardan Do`ppichilik san`ati mavzusida
1 soatlik
Namangan 2020 yil
Mavzu: Xalq hunarmandchiligiga oid tanlanganbitta kasb hunar turini tavsiflash Milliy bosh kiyimlardan Do`ppichilik san`ati.
I Darsning maqsadi:
Talimiy maqsad: O`quvchilarga do`ppilar haqida ma`lumot berish, do`ppi tikish va uni bezash texnologiyasini o`rgatish
Tarbiyaviy maqsad: O`quvchilarda xalq hunarmandchiligiga nisbatan hurmat va xayrihohlik tuyg`ularinio`stirish, bosh kiyimlarni tikishga va kiyishga oid estetik didini o`stirish, tejamkorlikka o`rgatish.
Rivojlantiruvchi maqsad: O`quvchilarning do`ppido`zlik hunari va bosh kiyimlar va ularni tikish ishlari haqidagi ko`nikma va malakalarini kengaytirish.
Kasb-hunarga yo`naltiruvchi maqsad: O`quvchilarni do`ppido`zlik modelyer, bichuvchilik va tikuvchilik kasblariga qiziqtirish.
Dars turi: nazariy va amaliy
Darsda qo`llaniladigan o`qitish metodlari:
1) Ananaviy: suhbat, maruza, savol-javob
2) Noananaviy: bahs-munozara, kichik guruhlarda ishlash, aqliy hujum, klaster, o`rgan-o`rgat.
Dars jihozi: tarqatma materiallar, kompyuter, texnologik xarita, turli xil do`ppilar, slaydlar, qog`oz, qalam, qaychi, ish qutichasi.
Darsning borishi:
TEXNOLOGIK XARITA
№ | Mashg`ulotning borishi | Metod | Vaqt | Didaktik vositalar |
1 | Tashkiliy qism | Darakchi | 5 | Gazetalar |
3 | Ma'naviy daqiqa | Savol-javob, suhbat | 5 | slaydlar, ko`rgazmalar |
4 | O`tilgan mavzuni mustahkamlash | Bahs-munozara, aqliy hujum | 5 | Didaktik vositalar |
5 | Yangi mavzuning bayoni | Guruhlar bilan ishlash,o`rgan-o`rgat | 25 | Do`ppi nusxalari, slayd, |
6 | Yangi mavzuni mustahkamlash | klaster | 5 |
|
I. Tashkiliy qism:
1. Salomlashish;
2. Davomatni aniqlash;
3. Kun yangiliklari.
II. Manaviyat daqiqasi:
1. Manaviyat nima?
2. Prezidentimizning oxirgi asarlari qaysi?
3. 666-sonli qaror mohiyatini ayting.
4. Kashta yangiliklari haqida malumot bering.
III. O`tilgan mavzuni mustahkamlash:
1. Milliy kiyimlarga nimalar kiradi?
2. Kashta tikishda nimalarga etibor beriladi?
3. Kashtachilikda ishlatiladigan chok turlari haqida gapiring.
4. Nozmunchoq qanday maqsadda ishlatiladi?
O`qituvchi o`quvchilarni guruhlarga bo`ladi.
1-guruh: Bichuvchi,
2-guruh: Tikuvchi,
3-guruh: Pardozlovchi
O`quvchilar bilan o`tgan mavzu yuzasidan savol-javob o`tkaziladi. O`qituvchi o`quvchilarga savollar beradi.
1. Do`ppi qanday turlarga bo`linadi?
2. Do`ppi necha qismdan iborat?
3. Nima uchun do`ppini milliy kiyim deymiz?
O`qituvchi yaxshi javob berganlarni rag`batlantirib, uyga berilgan topshiriqlarni sifatini tekshirib, qabul qiladi, kamchiliklarni tuzatishni o`rgatadi.
IV. Yangi mavzuni bayon qilish
Slayd va ko`rgazmalardan foydalangan holda
Reja:
1. Milliy bosh kiyimlardan do`ppi tikish texnologiyasi;
2. Do`ppini bichish;
3. Bo`laklarga tanlangan naqsh elementlari piston, munchoqlar bilan bezash.
Nazariy malumot. Do`ppi milliy bosh kiyim hisoblanadi do`ppilar turli mintaqalarda kishilarning yoshiga va jinsiga qarab turlicha bo`lgan. Masalan, erkaklar, ayollar, bolalar, jumladan, o`gil bolalar, qiz bolalar, qariyalar va boshqalar o`zlariga mos bosh kiyim kiyishgan.Do`ppilar uchi cho`qqi, konus shaklida, yarim qubba, tagi yassi, dumaloq, to`rtburchak , chorsi shaklida tikilib ipak, zarrin ip, kumush iplar bilan kashta tikib va nozmunchoqlar yordamida bezatilgan.
Do`ppido`zlik sanati haqida qisqacha malumot:
Do`ppi O`zbekistonda keng tarqalgan yengil bosh kiyimi. Do`ppi dastlab Eronda va Turkiy xalqlar o`rtasida tarqalgan. Asrlar davomida do`ppilarning turli xillari vujudga kelgan.Jumladan, bahmal, satin, sidirg`a, shoyi kabi gazlamalarga ip, ipak, va zig`ir bilan do`ppi gullari tikilgan. Do`ppi boshni sovuqdan, quyosh nuridan himoya qiladi.
O`zbekiston sharoitida do`ppi ko`p kiyiladi. O`zbekistonda, Toshkent, Chust, Buxoro, Samarqand, Boysun, Shahrisabz do`ppilari mashxur bo`lib, ular o`ziga xosdir. Respublikamizning barcha tumanlarida do`ppi kiyiladi. Iroqi, Chust do`ppi, Gilam do`ppi, Chakmatur, qizil gulli, piltado`zi, zardo`ppi, to`ldirma deb nomlanadigan do`ppilar bor. Har bir do`ppi ajratish uslubiga ega, ular bir-biridan farqlanadi.
O`zbekistonda ommaviy bosh kiyim asosan uch xil shaklga ega.
Kuloh-konussimon bosh kiyimi. U asosan darvishlar qalpog`i uning matosi to`q uchburchak pardalar shaklida bichilib, yoppasiga tikiladi.Kuloh erkaklar bosh kiyimi hozir juda kam uchraydi. Araqchin -sharsimon do`ppi uni asosan keksalar kiyadi. Toshkentda sharsimon do`ppilar qo`lda, hiyol bosma, chakmatur, iroqi chok usullarida tikiladi.
Tus do`ppi - keng tarqalgan yassi yuzli do`ppi ko`pincha tus do`ppi Chust do`ppi deb yuritiladi. Tus do`ppilarda bitta o`zida sakkizta chok usuli qo`llaniladi: zanjra, to`g`ri chok, pilta, kungura, taroq, stalanma, pildiroq, ova. Chust do`ppining tepasi kizakdan kvadrat shaklida bo`rttirib chiqib, ajrim sharq ko`rinishida bo`ladi. Do`ppilar uchta qism: tepa, kizak va jiyakdan iborat. Ana shu qismlari qanday materialdan, qay tarzda tayyorlanishi, bezatilishi, tikish uslubi va usullariga ko`ra farqlanadi. Shu o`ziga xos usul va uslubda tayyorlanadigan do`ppilar shu yerning nomi bilan mashxur bo`lgan. O`g`il bolalar va erkaklar kiyadigan Toshkent, Chust, Marg`ilon do`ppilari sidirg`a rangli (yashil, qora, to`q binafsha, jigarrang) baxmaldan tayyorlanadi. Toshkent do`ppilarining ikki xili: dumaloq, uchburchaksimon tayyorlanadigan turlari mavjud.
Do`ppi turlari va tayyorlanishi: Do`ppilarning tepasi va kizaklarini bichishda odatda andozalardan foydalaniladi.
Do`ppi uchun bitta o`lchov olinadi, faqatgina bosh aylanasini uzunligi olinadi xolos. Karton yoki qalinroq qog`ozga doira chiziladi. Agar 54 o`lchamli do`ppi tikiladigan bo`lsa, doiraning diametri 20.5 sm bo`ladi. Do`ppining o`lchami oshgan sari diametri 2 mm kengaytiriladi. 55 o`lchamli do`ppi uchun doiraning diametri 20.7 sm bo`ladi. Doira to`g`ri chiziq bilan 4 ga bo`linadi. Kvadrat hosil bo`lgandan keyin chetlari qirqib tashlanadi.
Tepa qismi
Kizak yoni 4 sm, uzunligi 56 sm lenta shaklida bichiladi Astar avraga nisbatan 0.5 sm enliroq va uzunroq bo`ladi. Do`ppi boshga mos tarzda chuqurroq yoki yassiroq bo`lishi mumkin. Bunda kizak enli yoki ensiz olinadi. Tepa avra astarga xomaki qaviq bilan ko`klab chiqiladi. Pilta uchun choklar tikilgandan so`ng bu choklar so`kib tashlanadi. Tepa markazidan chetga tomon bir meyorda tepchima chok bilan tikiladi. Choklar orasiga piltalar ham ko`p qo`yiladi. Toshkent do`ppilari kir bo`lsa yuviladi. Bir oz qurigach yana yelimlab tahtakachga qo`yiladi, quritilgandan so`ng kiyiladi. Chust va Marg`ilon do`ppilari yuvilmaydi. Kimyoviy yo`l bilan tozalanadi. Uy sharoitida atseton yoki aviabenzin bilan tozalanadi. Do`ppi changdan, namdan saqlanadi. Kiyilmagan paytda taxlab o`rab qo`yiladi.
Jiyak qismi
Amaliy ish. Bayram do`ppisini tayyorlash: Bayram liboslari qatorida do`ppining alohida o`rni bor. Chiroyli va bejirim qilib tayyorlangan bayram do`ppisi kattayu- kichikda zavq uyg`otishi mumkin.
Kerakli buyumlar: oq rangli mato, durlar, pat, toshlar, igna hamda ip, jig`a (broshka), karton qog`oz.
Tayyorlanishi: karton qog`ozdan qalinligi 6 sm, uzunligi 56 sm bo`lgan bo`lak o`lchangan holda kesib olinadi. Keyin kartonga aylana shakli chizilib, chetiga 1 sm chiqarib, kesib chiqiladi. Aylananing o`rtasida to`rtta chiziq tortilib, bitta uchi kesiladi va yelimlanadi. Kesib olingan karton bo`laklari pistoletli yelimda qotirilib, atroflari oq rangli mato bilan o`rab chiqiladi. Do`ppini bezatish uchun hameleon rangli toshlar hamda durlar yopishtiriladi. Do`ppining chetiga uzun pat yopishtirilib, ortiqcha joyi kesib tashlanadi. Keyin patning yo`nalishi bo`ylab jig`a hamda toshlar yopishtirilib chiqiladi.
TEXNOLOGIK XARITA
№ | Ishning borishi | Xomashyo | Asbob va moslamalar | Eskizi |
1 | O`lchov olish | Maket | Sm lenta, qogoz, qalam |
|
2 | Chizmasini chizish | Qog`oz | Qalam, o`chirg`ich, chizg`ich |
|
3 | Andoza tayyorlash | Karton qog`oz | Qaychi |
|
4 | Bichish | Gazlama | Rangli bo`r, qaychi |
|
5 | Tikish | bichilgan gazlama | Nina, angishona, rangli iplar,qaychi |
|
6 | Pardoz, bezak | Kashta, biser, munchoq |
|
|
Yangi mavzuni mustahkamlash.
Klaster usulidan foydalanamiz. Guruhlarga savollar beriladi.
1-guruh. Doppi turlari haqida gapiring?
2-guruh. Qanday xomashyodan foydalaniladi?
3-guruh. Foydalanadigan asbob moslama haqida gapiring?
V. Darsni yakunlash.
VI. Uyga vazifa. Do`ppi tikish texnologiasi haqida o`rganib kelish.
FOYDALANILADIGAN ADABIYOTLAR:
1. I.A.Karimov. Barkamol avlod - Ozbekiston taraqqiyotining poydevori. T. 1997 y.
2. Maktab va hayot jurnali. 2010-yil 1-soni
3. Bulatov S.S Ozbek xalq amaliy bezak sanati.T.: Mehnat. 1991 y. 384 b
4. Dilorom Murodova. O`zbekiston do`ppilari. «O`qituvchi» nashriyoti.