Boshlang`ich sinflar 1-sinf uchun savod o`rgatish fanidan “ V tovushi va V harflarini mustahkamlash” mavzusidagi ochiq dars ishlanmasi
Sana:
Fan:Savod o`rgatish
Mavzu: V tovushi va V v harflarini mustahkamlash. “Aka-singil suhbati” matni
| |||
Mavzuga oid tayanch tushunchalar: Ona-Vatan, ona yurt, tug`ilgan joy,voyaga yetish. Ajratilgan vaqt: 45 daqiqa | |||
Mavzuning qisqacha ta’rifi: Matnda Vatan –bu biz yashab turgan ona yurt ekanligi, u ona kabi bizga mehribonligi haqida tushuncha beriladi. | |||
O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi: Metod:Izohli va ifodali o`qish, mashq qilish, namoyish etish, munozara Shakl:Yakka, guruh bilan ishlash. Jihoz: darslik, rag’bat ,pano , akt Nazorat: O`quvchilarning dars jarayonida faolligi kuzatib, hisobga olib boriladi. | |||
Darsning maqsad va vazifalari: | |||
Maqsadlar: 1. Ta’limiy maqsad:O`quvchilarning V tovushi va V v harflari yuzasidan olgan bilimlarini mustahkamlash, “Aka-singil suhbati” matni bilan tanishtirish. 2.Tarbiyaviy maqsad:O`quvchilarn i Ona-vatanni sevishga o`rgatish orqali vatanparvarlik ruhida tarbiyalash , ta’lim olish uchun yaratilgan sharoitlar dan unumli foydalanishga undash orqali bilim olishga qiziqishlarini oshirish. 3.Rivojlantiruvchi maqsad: O`quvchilarning og`zaki nutqlari, so`z boyliklarini oshirish, bo`g`inlab o`qish ko`nikmalarini rivojlantirish. | |||
Kutilayotgan natija: | |||
Dars yakunida o`quvchilar Vatan haqida to`liq ma’lumotga ega bo`ladilar. V tovushi va V v harflari yuzasidan bilimlari mustahkamlanadi, sidirg`a o`qish ko`nikmalari rivojlanadi. | |||
Dars jarayoni va texnologiyasi | |||
Ishning nomi | Bajariladigan ish mazmuni | Metod | Vaqt |
1-bosqich. Tashkiliy qism | O`quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga hozirligi tekshiriladi. | “Tez javob ” didaktik o`yini | 2 daqiqa |
2-bosqich. Ehtiyoj(refleksiya) larnianiqlash. | Dars davomida rioyaqilish lozim bo`lgan qoidalar belgilanadi. Dars shiori ishlab chiqiladi. | Munozara | 2 daqiqa |
3-bosqich. Darsning borishi | 1. O`tilgan mavzu yuzasida nsavol-javob, tarqatma materiallar bilan ishlash. 2. Mustahkamlash. “Vatan ”mavzusida kirish suhbati. 3Matn ustida ishlash. Rollarga bo`lib o`qitish. 4.Matn asosida so`zlardan gap hosil qilish.
| Savol-javob, “Nomini yoz” mashqi. Namoyish.
Sidirg`a o`qish
Namoyish | 5 daqiqa
3 daqiqa
15daqiqa
5 daqiqa |
4-bosqich. Guruh bilan ishlash. | O`quvchilar guruhga bo`linib o`qituvchining topshirig`I asosida rasm ishlaydilar. Krossvord yechish. | Rasmishlash | 10 daqiqa |
Muhokama.
Kengaytirish. | Dars yakunida o`rganilganlarni muhokama qilish. Matnni ifodali o`qish topshirig`i beriladi. |
| 2 daqiqa |
Rag`batlantirish. | O`quvchilar darsdagi faolligiga qarab rag`batlantiriladi. | Tushuntirish. | 1 daqiqa |
I. Tashkiliy qism.
Navbatchining axborati, o`quvchilarning darsga hozirligi tekshiriladi.
II. Dars shiori ishlab chiqiladi:
“ Ona bitta , Vatan yagona”
III. Darsning borishi.
1. O`tilgan mavzu yuzasidan savol-javob, tarqatma materiallar bilan ishlash.
Darslikning 58-betida berilgan so’zlarni o`qitish, unli va undosh harflarni aniqlash.
Vatan – 2 ta unli, 3 ta undosh, 2 ta bo`g`in.
Vodiy-2 ta unli, 3 ta undosh, 2 ta bo`g`in.
Navoiy-3 ta unli, 3 ta undosh, 3 ta bo`g`in.
Mavjuda-3 ta unli, 4 ta undosh, 3 ta bo`g`in…
Tarqatma materiallar bilan ishlash. O`quvchilar berilgan rasmlardagi so`zlarni yozib chiqadilar.
2.“Vatan ” mavzusida kirish suhbati.
3 Matn ustida ishlash. Rollarga bo`lib o`qitish.
4.Matn asosida so`zlardan gap hosil qilish.
So`zlarni o`z o`rniga qo`yib gaplar hosil qilish va yozish.
5. Guruhlar bilan ishlash.
O`quvchilar guruhga bo`linib o`qituvchining topshirig`I asosida rasm ishlaydilar. Topishmoqlarning javoblari asosida krossvord yechish.
O` | Q | I | T | U | V | CH | I |
|
|
|
|
|
| B | A | Y | R | O | Q |
|
|
| K | I | T | O | B |
|
|
|
|
| S | O | A | T |
|
|
|
|
| K | A | R | N | A | Y |
|
|
IV. Darsyakuni
Dars yakunida o`rganilganlarni muhokama qilish.Vatan, ota-ona oldidagi farzandlik burchi haqida o`quvchilarning fikrlarini aniqlab, darsga yakun yasash.O`quvchilar chizgan rasmlari namoyish etiladi.
V. Rag`batlantirish.
O`quvchilar darsdagi faolligiga qarab rag`batlantiriladi.