Меню
Разработки
Разработки  /  Дошкольное образование  /  Разное  /  Прочее  /  “Rahbarning shaxsiy axborot maydonini loyihalash”

“Rahbarning shaxsiy axborot maydonini loyihalash”

Maktabgacha taʻlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti kurs tinglovchilarini Rahbarning shaxsiy axborot maydonini loyihalash haqidagi kompetensiyalarini rivojlantirish.
12.06.2022

Содержимое разработки



Mazkur oʻquv-uslubiy majmuada zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ulardan taʻlim jarayonida foydalanish imkoniyatlari,cMicrosoft Office paketining zamonaviy versiyalari tasnifi. Microsoft Office paketi dasturlarida (MS Word, MS Excel, MS Power Point va Oʻquv-metodik materiallarini yaratish usullari), internet tarmogʻining asosiy xizmatlari va unda muloqot turlari, internet resurslaridan taʻlimda foydalanish imkoniyatlari yoritib berilgan.







Tuzuvchilar:

Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti “Maktabgacha taʼlim menejmenti” kafedrasi katta oʻqituvchisi Sh.V.Beknayeva







Taqrizchi:






MTTDMQTMOI “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi mudiri t.f.n., dotsent A.Parmanov


Malaka oshirish toifasi:

Maktabgacha taʼlim tashkiloti direktori


MUNDARIJA

  1. KIRISH...........................................................................................4

  2. TEXNOLOGIK XARITASI..........................................................6

  3. MAʼRUZA MATN VA QUV MATERIALLAR.....................7

  4. Z-ZINI TEKSHIRISH UCHUN TEST SAVOLLAR........ 39

  5. ADABIYOT VA MANBALAR RYXATI............................... 41

  6. TARQATMA MATERIALLAR................................................. 43



KIRISH

Soʻnggi yillarda mamlakatda taʻlim-tarbiya tizimining sifati va samaradorligini oshirish, bogʻcha tarbiyalanuvchilari, oʻquvchi va talaba yoshlarda zamonaviy bilim va koʻnikmalarni shakllantirish, taʻlim tizimlari hamda ilm-fan sohasi oʻrtasida yaqin hamkorlik va integratsiyani, taʻlimning uzviyligi va uzluksizligini taʻminlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, milliy taʻlim-tarbiya tizimining amaldagi holati uni zamon talablari asosida modernizatsiya qilish, yoshlarni yuksak bilim-maʻrifat egalari, jismoniy va maʻnaviy sogʻlom insonlar etib tarbiyalash, taʻlim muassasalarining rahbar va pedagog xodimlari nufuzini oshirish, ularning samarali faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish boʻyicha izchil chora-tadbirlarni amalga oshirish talab etmoqda

Mazkur ishchi oʻquv dastur 2019-yil 16-dekabrdagi “Maktabgacha taʻlim va tarbiya toʻgʻrisida” gi OʻRQ-595-son qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi “Oʻzbekistonning yangi taraqqiyot davrida taʻlim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PF-6108 sonli farmoni, 2017-yil 30 sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida Maktabgacha taʻlim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5198-son farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30 sentabrdagi PQ-3305-sonli Qaroridan kelib chiqadigan vazifalar asosida ishlab chiqilgan boʻlib, maktabgacha taʻlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarining kasbiy faoliyatda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish kompetentligini shakllantirishga qaratilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil “Maktabgacha taʻlim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-3261-sonli qarori, 2018-yil 28-fevraldagi PQ-3571-son “Maktabgacha taʻlim tashkilotlarining faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 528-son “Maktabgacha taʻlim tashkilotlarining faoliyatini takomillashtirish”, 2019-yil 13-maydagi Maktabgacha taʻlim tashkilotlarining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 391-sonli qarori, 2020-yil 22-dekabrdagi 802-son qarorlaridagi zamonaviy talablar asosida maktabgacha taʻlimda rahbarlarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishni nazarda tutadi va berilayotgan mavzular rahbar kadrlarni malaka oshirish oʻquv rejasi asosida shakllantirilgan boʻlib, unda tinglovchilarning “Rahbarning shaxsiy axborot maydonini loyihalash” asosiy vazifalarini oʻrganish.

Modul “Rahbarning shaxsiy axborot maydonini loyihalash, tashkil etish metod va vositalari” va “Internet tarmogʻini tashkil etish asoslari, internet tarmogʻining asosiy xizmatlari va rahbar portfoliosini yaratish” mavzularidan tashkil topgan.

Modulning maqsadi. Maktabgacha taʻlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti kurs tinglovchilarini Rahbarning shaxsiy axborot maydonini loyihalash haqidagi kompetensiyalarini rivojlantirish.

Kutilayotgan natijalar: Tinglovchilar “Rahbarning shaxsiy axborot maydonini loyihalash” oʻquv modulini oʻzlashtirish jarayonida quyidagi bilim, koʻnikma va malakalarga ega boʻladilar:

-Microsoft Office paketining zamonaviy versiyalari tasnifi, internet tarmogʻining asosiy xizmatlari va unda muloqot turlari, axborotni himoyalashning zamonaviy vosita va usullari, elektron taʻlim texnologiyalari; jamoaviy ishlashda loyihalashga yoʻnaltirilgan texnologiyalar kabi bilimlarga;

-zamonaviy axborot- kommunikatsiya texnologiyalari va ulardan taʻlim jarayonida foydalanish, metodik materiallarni tayyorlash (Microsoft Word misolida), elektron jadvallar yordamida oʻquv-metodik materiallar tayyorlash (Microsoft Excel misolida), taqdimotlar tayyorlash usullari (Microsoft PowerPoint misolida), Google xizmatlari (servislari) dan foydalangan holda axborot taʻlim maydonini loyihalash, rahbar portfoliosini yaratish malakalariga ega boʻladi.




II. “Rahbarning shaxsiy axborot maydonini loyihalash” moduli

TEXNOLOGIK XARITA

Vaqt

Mavzu

Jarayon

metod

Resurs, tarqatma material-lar

Tinglovchi-ning faoliyati

80 daqiqa

1-Mavzu: “Rahbarning shaxsiy axborot maydonini loyihalash, tashkil etish metod va vositalari” (amaliy-2 soat)

35 daqiqa


Zamonaviy axborot- kommunikatsiya texnologiyalari va ulardan taʻlim jarayonida foydalanish imkoniyatlari

Maʻruza,

baxs munozara


Elektron doska, taqdimot.

Tinglaydi, savol-javob, fikrlar bildiradilar

45

daqiqa

Microsoft Office paketining zamonaviy versiyalari tasnifi. Microsoft Office paketi dasturlarida (MS Word, MS Excel, MS Power Point va b.) oʻquv-metodik materiallarini yaratish usullari.

Tinglovchilar davomadi tekshiriladi. Mashgʻulot mavzusi boʻyicha Microsoft Office paketi dasturlarida (MS Word, MS Excel, MS Power Point dasturlaridan foydalanish . Aqliy hujum metodi.

Elektron doska, taqdimot, Slaydlar, tarqatma materiallar, topshiriqlar

Amaliy mashgʻulot

tinglovchilar berilgan topshiriqni bajaradilar, savol-javob, fikrlar bildiradilar

80 daqiqa

2-Mavzu: Internet tarmogʻini tashkil etish asoslari, internet tarmogʻining asosiy xizmatlari va rahbar portfoliosini yaratish. (amaliy-2 soat)

35 daqiqa

Internet tarmogʻining asosiy xizmatlari va unda muloqot turlari. Internet resurslaridan taʻlimda foydalanish.

“Savol javob” metodi,


Elektron doska, taqdimot

Mavzu toʻgʻrisida oʻz fikrlarini bildiradilar

45

daqiqa


Portfolio haqida tushuncha. Rahbarning elektron portfoliosi.

Mashgʻulot mavzusi boʻyicha Elektron saytda ishlash. Aqliy hujum metodi.

Elektron doska, taqdimot Slaydlar, tarqatma materiallar, topshiriqlar

Maʻlumotlar oladilar va Amaliy mashgʻulotga berilgan

topshiriqni bajaradilar












  1. MAʼRUZA MATNI VA OʻQUV MATERIALLARI

  1. Mavzu: Rahbarning shaxsiy axborot maydonini loyihalash, tashkil etish metod va vositalari. (amaliy 2 soat)

Reja:

  1. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ulardan taʻlim jarayonida foydalanish imkoniyatlari

  2. Microsoft Office paketining zamonaviy versiyalari tasnifi. Microsoft Office paketi dasturlarida (MS Word, MS Excel, MS Power Point va oʻquv-metodik materiallarini yaratish usullari)

Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ulardan taʻlim jarayonida foydalanish imkoniyatlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6 oktabrdagi “Axborot texnologiyalari sohasida taʻlim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan integratsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4851-son Qarori axborotlashtirishning milliy tizimini shakllantirish, barcha sohalarda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish va undan foydalanish, jahon axborot resurslaridan bahramand boʻlishni kengaytirishga zamin yaratadi.

XXI asr axborotlashtirish asrida taʻlim sohasini axborotlashtirish, har bir taʻlim muassasasida:oʻqitish va oʻqish jarayonining taʻlim muassasasi boshqarilishining taʻlim muassasasi boʻlinmalarining taʻlim muassasasi faoliyati muhitining axborotlashtirilishini talab qiladi.

Pedagogik faoliyatida kompyuter texnologiyalaridan foydalanishi oʻrganilayotgan hodisa va jarayonlarni modellashtirish orqali fan sohasini chuqur oʻzlashtirilishiga, oʻquv faoliyatini tashkil etishning xilma-xilligi hisobiga oʻquvchining mustaqil faoliyati sohasining kengayishiga zamin boʻladi. Oʻrganilayotgan jarayon va hodisalarni kompyuter texnologiyalari vositasida taqdim etish, taʻlim oluvchiga qiziqishni va faollikni oshirish vositasi sifatida muhim ahamiyat kasb etishini koʻrsatdi. Jamiyatning har bir aʻzosida axborot madaniyatini shakllanishiga sunʻiy intellekt tizimi imkoniyatlaridan foydalanish orqali taʻlim oluvchida oʻquv materiallarini oʻzlashtirish strategiyasini egallashiga; interfaol muloqot imkoniyatlarining joriy etilishi asosida oʻqish jarayonini individuallashtirish va differensiyalashtirishga hamda dunyoviy bilimlarni egallashiga imkoniyat beradi.

Zamonaviy axborot texnologiyalari muhitida didaktika, zamonaviy axborot texnologiyalaridan faol foydalanish orqali bilimlarni mustaqil oʻzlashtirishga yoʻnaltirilgan oʻquv faoliyatining keng jabhali turlarini taklif etadi. Bu muhitdagi didaktika fikrlashni, shaxsning salohiyati va imkoniyatlarini, estetik tarbiyani, unda axborot madaniyatini tarbiyalashni, bilimlarni mustaqil oʻzlashtirishni, oʻquv-axborot faoliyati boʻyicha malaka va koʻnikmalarini rivojlantiradi.

Zamonaviy axborot texnologiyalari - shaxsiy kompyuterlar va telekommunikasiya vositalaridan foydalangan holda foydalanuvchi ishining doʻstona interfeysli axborot texnologiyasidir.

Zamonaviy axborot texnologiyalarining uch asosiy tamoyili mavjud boʻlib ular:

-kompyuterli interaktiv(muloqotli) ish rejimi;

-boshqa dasturi mahsulotlar bilan integrasiyalashlik(tutashish), oʻzaro aloqa:

-ham maʻlumotlar, ham vazifaning qoʻyilishi jihatidan oʻzgarishlar jarayonlarining moslashuvchanligi.

Axborot texnologiyalari kompyuterda saqlanuvchi maʻlumotlar ustida turli murakkablik darajasidagi operasiyalar, amallar, bosqichlarni bajarishning aniq reglamentli qoidalaridan tashkil topadi. Axborot texnologiyasining asosiy maqsadi- axborotni saqlash va uzatishni tashkil etish. Axborot tizimi axborotni qayta ishlashning axborot-kompyuter tizimini oʻzida ifodalaydi.

Axborot texnologiyasi – xodimlarning axborotga kompyuterda qayta ishlov berish boʻyicha aniq belgilangan maqsadga yoʻnaltirilgan harakatlari majmuidir.

Axborot  tizimi - kompyuter axborot texnologiyalaridan foydalanadigan axborot mahsulotlari ishlab chiqarish va qarorlar qabul qilishni qoʻllab-quvvatlash uchun odam-kompyuter tizimidir.


Microsoft Office paketining zamonaviy versiyalari tasnifi. Microsoft Office paketi dasturlarida MS Word, MS Excel, MS Power Point va Oʻquv-metodik materiallarini yaratish usullari)

Kompyuter va uning amaliy dasturlari taʻlimning sifat va samaradorligini oshirishda pedagoglarga va taʻlim oluvchilarga katta yordam beradi. Pedagogik faoliyatda Microsoft Office dasturlari juda koʻp foydalaniladi. Office dasturlari kompyuter uchun eng zarur dasturlardan boʻlib, hozirgi kunda kompyuter foydalanuvchilarining aksari Microsoft kompaniyasining Microsoft Office dasturlaridan foydalanishadi.

Bu Microsoft Office paketi amaliy dastur muharrirlari bir biridan interfeys oynasi, gorizantal menyu satri, uskunalar paneli va foydalanuvchilarga beradigan qoʻshimcha imkoniyatlari bilan farqlanadi.

Microsoft Office paketi amaliy dastur muharrirlari:

Microsoft Office paketi amaliy dasturlarining menyu satrlari:

Microsoft Word 2003 dasturi menyu boʻlimi:


Microsoft Word 2007 dasturi menyu boʻlimi:


Microsoft Word 2010 dasturi menyu boʻlimi:

 

Microsoft Word 2013 dasturi menyu boʻlimi: 

 


Microsoft Word 2016 dasturi menyu boʻlimi:  



Bu Office dasturlari asosan Oʻzining ishlash imkoniyatlari bilan farqlanadi.

Microsoft Word dasturida ishlash

Word dasturi matn muharrirlaridan biri boʻlib, uning yordamida mukammal hujjatlar va ilovalar yaratishimiz mumkin. Word hujjat yaratish va uni etarlicha samarali qilish imkonini beradi.

Ishni yangi hujjat yaratish yoki mavjud hujjatni ochishdan boshlaymiz. Yangi hujjat yaratishda biz tayyor andozalardan birini tanlashimiz yoki boʻsh (toza) hujjat hosil qilishimiz mumkin.

W
ord dasturini ishga tushirganimizda u bizga turli andozalar roʻyxatini taklif etadi. Ish jarayonida bu roʻyxatni koʻrish uchun, fayl menyusidan Sozdat buyrugʻini tanlash kerak boʻladi.


Boʻsh yangi hujjat hosil qilish uchun “Novыy dokument” ilovasini tanlaymiz yoki ESC tugmasini bosamiz.

Shunindek yaratilayotgan hujjatning mavzusidan kelib chiqib mavjud andozalardan birini tanlash mumkin. Agar andozalar orasidan keraklisi topilmasa, unda uni on-layn izlash va yuklab olish mumkin.



Izlangan andoza topilgandan soʻng uning ustiga sichqoncha tugmasini ikki marta bosib andozani faollashtiramiz. 


Andoza bilan tanishuv oynasidan eskiz ustiga sichqonchani ikki marta bosish yoki “ Sozdat” buyrugʻini tanlash orqali ushbu andoza asosidagi hujjat yaratiladi.

Agar tanlangan andozadan tez-tez foydalanish zarurati boʻlsa, unda eskizning pastki oʻng burchagidagi tugma belgisini bosib qoʻyish lozim. Shunda Word dasturi ishga tushganda har doim koʻrinib turadi.


Mavjud hujjatni ochish uchun “Fayl” menyusidan “Otkrыt” buyrugʻini tanlaymiz. Bunda bizga bir necha havolalar taklif etiladi:

  Oxirgi yaratilgan yoki tahrirlangan fayllar roʻyxati


One Drive virtual disk sohasidagi fayllar roʻyxati (undan foydalanish uchun https://profile.live.com adresidan roʻyxatdan oʻtish kerak).



 Lokal kompyuterdagi fayllar


 Bundan tashqari turli boshqa virtual manzillarni ham qoʻshish mumkin.


Microsoft Excel dasturi

Microsoft Excel 2016 dasturi. MS Excel 2016 menyusi, uskunalar paneli, formatlash elementlari va ularning vazifalari haqida. Yacheykalarga maʻlumotlarni kiritish usullari, ular ustida har xil arifmetik va mantiqiy amallar bajarish, maʻlumotlarni saralash va tahrirlash. Jadvalli maʻlumotlar bilan ishlash, diagrammalar tashkil qilish va ularni oʻzgartirish. senariylar tashkil etish, murakkab hisobotlar bilan ishlash texnologiyasi.


MS Excel 2016 dasturi. Elektron jadvallar bilan ishlovchi MS Excel 2016 dasturi hisoblash amallariga asoslangan xolda jadval koʻrinishidagi maʻlumotlarni qayta ishlash uchun, hamda xisoblashlar natijasi boʻlgan sonli qiymatlar asosida turli koʻrinishdagi diagrammalar yaratishga moʻljallangan. Kompyuterlar sonli maʻlumotlarni jadval shaklida ifodalanishi va uning ustida har xil hisoblash amallarini bajarishga imkon yaratib beradi.

Jadval maʻlumotlarni saqlash va qayta ishlab chiqish uchun moʻljallangan kompyuter dasturlari elektron jadvallar deb ataladi.

MS Excel 2016 dasturida har xil jadval shaklidagi maʻlumotlar bazasi bilan ishlashga moʻljallangan boʻlib, ekran yacheykalardan iborat va xar bir yacheyka shaxmat taxtasiga oʻxshagan oʻz adresiga ega. Bu maʻlumotlar bazasi bilan ishlaganda xar bir yacheykada joylashgan maʻlumotdan foydalanish va undan foydalanib, boshqa bir yangi maʻlumot xosil qilishga imkon beradi. Bu dastur asosan bank sistemasiga oʻxshagan maʻlumotlar bazasi bilan ishlovchilar uchun moʻljallangan va juda koʻp imkoniyatlariga ega.



Dasturni yuklash uchun Windowsning asosiy menyusidan Pusk→Vse programmы→ Microsoft Office 2016 → Microsoft Office MS Excel 2016 bandlari tanlanadi. MS Excel 2016 da har qanday hujjat ishchi kitob deb ataladi va.xlsx kengaytmali shablonlar bilan tasvirlanadi. Har bir ishchi kitobda boshlangʻich holatda 3 tadan sahifa beriladi. Bu sahifalar sonini koʻpaytirish va kamaytirish ham mumkin. Birinchi ishchi kitobga Kniga1 degan nom beriladi.

MS Excel 2016 dasturining interfeysi sarlavhalar satri, menyular qatori, buyruqlar lentasi, formula qatori, ishchi varoq va holatlar satridan iborat.

MS Excel 2016 dasturi menyular satri.

Glavnaya” menyu satri elementlari


Vstavka menyu satri elementlari


Razmetka stranisы ” menyu satri elementlari

Formulы menyular satri elementlari


Dannыe menyular satri elementlari


Retsenzerovaniye menyular satri elementlari


Vidmenyular satri elementlari


Matematik formulalar bilan ishlash. Elektron jadvallarda oddiygina jadval tuzish emas, balki yacheykalarga kiritilgan boshlangʻich qiymatlardan maʻlum formula asosida yangi qiymatlarni xosil qilish muximdir. Jadvalga ixtiyoriy formulani kiritish va hisoblashni bajarish mumkin.


Barcha formulalar (=) belgisi bilan boshlanadi. Formulalar dasturlash tillaridagi kabi bir qatorda yoziladi. Aks holda u oddiy matn singari tushuniladi. Formulalarni yozishda yacheykalar adresidan foydalanish mumkin. Yacheykalar adresi absolyut koʻrinishda olingan xolatda formulani koʻchirish paytida u oʻzgarmaydi.

Formula toʻgʻridan-toʻgʻri yacheykaga yoki formula kiritish joyiga yoziladi.

Microsoft PowerPoint dasturi.

Microsoft Power Point dasturi prezentatsion (taqdimot) grafikli dasturlar qatoriga kiradi. Bunday dasturlar oʻzida matnlar, rasmlar, sxemalar, grafiklar, animatsiya effektlari, ovoz videokliplar va hokozalardan iborat boʻlgan slaydlar hosil qilish imkonini beradi. Slaydlar ketma-ketligidan hosil boʻlgan prezentatsiyani (taqdimotni) kompyuter ekranida, videomonitorlar va katta ekranlarda namoyish qilish mumkin.

Bu dastur bilan ishlashdan avval prezentasiya, slayd, animasiya tushunchalariga izoh beraylik.

Taqdimot - bu slaydlar va maxsus effektlar toʻplami boʻlib, tayyor material, doklad yoki konspekt shaklida bitta faylda saqlanadi va uni ekranda namoyish qilinadi.

Slayd - bu prezentatsiyaning alohida kadri boʻlib, ichiga matn va sarlavhalarni, grafik va diagrammalarni olishi mumkin.

Animatsiya - bu slaydlarni namoyish qilish va koʻrsatishda ularni samaradorligini oshiruvchi tovush, rang, matn va harakatlanuvchi effektlar yigʻindisidan iborat.

Taqdimot tuzish – slaydlardan iborat prezentatsiya yaratish ularni tahrirlash, ketma-ketligini koʻrish va bezagini berishdir.

Microsoft Power Point asosiy menyusi darchani yuqori qismida joylashgan boʻlib u 10 ta boʻlimdan iborat: Fayl, Glavnaya, Vstavka, Dizayn, Perexodы, Animatsiya, Pokaz slaydov, Retsenzirovaniye, Vid va Nastroyka. Bu boʻlimlar yordamida biz taqdimot, slayd va ularda joylashgan har xil matn, rasm hamda boshqa istalgan obʻektlar ustidan turli xil amallarni bajarishimiz mumkin.

Fayl menyusini tanlaganda menyuning Posledniye bandi aktiv holda koʻrinadi va dastur oynasida 3 ta ustun koʻrinishidagi takliflar hosil boʻlib: birinchi ustunda Faylmenyusi elementlari, ikkinchi ustunda soʻnggi taqdimotlar va uchinchi u stunda esa, soʻnggi (oxirgi) saqlangan kataloglar roʻyxati taklif etiladi.

Soxranit - Ekranda ochiq boʻlgan taqdimotni saqlash

Soxranit kak Ekranda ochiq boʻlgan taqdimotni yangi nom ostida saqlab qoʻyish yoki boshqa bir katalogga nusxasini joylashtirish.

Otkrыt… - Mavjud boʻlgan (oldin yaratilgan) taqdimotni koʻrish yoki oʻzgartirish uchun ochish

Zakrыt - Ekranda ochiq boʻlgan taqdimotni berkitish.

Svedeniya - Ekranda ochiq boʻlgan taqdimot haqidagi maʻlumotlar

Posledniye- Soʻnggi fayllar roʻyxati

Sozdat – yangi taqdimot yaratish

Pechat – taqdimotni chop etish

Soxranit i otpravit taqdimotni saqlab elektron pochta orqali joʻnatish.

Spravka – dastur haqida maʻlumot

Parametrы – dastur sozlamalari

Vыxod – dasturdan chiqish

  1. Glavnaya menyusi quyidagi koʻrinishga ega boʻlib, u “Bufer obmena”, “Slaydы”, “Shrift”, “Abzas”, “Risovaniye” va “Redaktirovniye” kabi boʻlimlardan iborat boʻladi.


2. Vstavka menyusi quyidagi koʻrinishga ega boʻlibʻ, u “Tablisы”, “Izobrajeniya”, “Illyustratsii”, “Ssыilki”, “Tekst”, “Simvolы” va “Multimedia” kabi boʻlimlardan iborat boʻladi.


3 . Dizayn menyusi quyidagi koʻrinishga ega boʻlib, u “Parametrы stranisы”, ”Temы” va ”Fon” kabi boʻlimlardan iborat boʻladi


4 . Perexodы menyusi quyidagi koʻrinishga ega boʻlib, u “Parametrы stranisы”, “Temы” va “Fon” kabi boʻlimlardan iborat boʻladi.

5 . Animatsiya menyusida “Prosmotr”, “Animatsiya”, “Rasshirennaya animatsiya”, “Vremya pokaza slaydov” kabi boʻlimlar mavjud


6 . Pokaz slaydov menyusi esa “Nachat pokaz slaydov”, “Nastroyka” va “Monitorы” kabi boʻlimlardan tashkil topgan.


7 .Retsenzirovaniye, menyusida Pravopisaniye”, “Yazыk”, “Primechaniya” va “Sravnit” boʻlimlari joylashgan


8. Vid menyusi oʻz ichiga “Rejim prosmotra prezintatsii”, “Rejimi Obrazsov”, “Pokazat”, “Masshtab”, “Svet ili ottenki serogo”, “Okno” va “Makrosы” kabi boʻlimlarni oʻz ichiga oladi


9. Nadstroyki menyusida foydalanuvchi tomonidan oʻrnatilgan qoʻshimcha komponentalar joylashadi


Y uqoridagilardan tashqari yana bir qoʻshimcha menyu mavjud boʻlib u “Format” deb ataladi va u slaytdagi biror obʻektni tanlaganda faollashadi va shu obʻektning formatlarini sozlash uchun ishlatiladigan bir qancha boʻlimlardan tashkil topgan va boʻlimlar qanday obʻekt tanlanganligiga qarab turli koʻrinishda boʻladi. Masalan, rasm tanlanganda “Format” menyusi quyidagi koʻrinishda boʻladi:


Yoki figura tanlanganda:

J adval tanlanganda esa bu menyu ikki qismdan iborat boʻladi:



Kostruktor” va “Maket”

M icrosoft Power Point dasturi animatsiyalar bilan ishlash. Animatsiyani matn, rasm, figura (shakl), jadval, SmartArt grafig elementlar va PowerPointning boshqa obʻektlariga sahnaga kirish, sahnadan chiqish, oʻlchamining yoki rangining oʻzgarishi va koʻchishi kabi vizual effektlarni qoʻshishi uchun qoʻllaniladi.

Animatsiya taqdimotning muhim joylari eʻtiborni jalb qilish imkonini beradi, axborot oqimini boshqaradi va auditoriya qiziqishini oshiradi. Animatsiyalar alohida slayddagi matn yoki obʻektlarga, slaydlar namunasidagi matn va obʻektlarga yoki foydalanuvchi tomonidan kiritilgan maketlarga qoʻllanilishi mumkin.

PowerPoint 2010 dasturida toʻrt turdagi animatsiya effektlari mavjud:


Kirish effekti. Obʻektlar ekranga asta – sekin paydo boʻladi, slaydga yon tomondan ―uchadi yoki ekranga toʻsatdan paydo boʻladi


Chiqish effekti. Bu turdagi effektlarni qoʻllaganda obʻektlar slayddan uchib chiqishi, yoʻq boʻlishi yoki burama chiziq boʻylab harakatlanib, slayddan gʻoyib boʻlishi mumkin.


Ajralib chiqish effekti. Bu effektda obʻekt oʻlchami kattalashishi yoki kichklashishi, rangi oʻzgarishi yoki obʻekt oʻz markazi doirasida aylanishi mumkin.


Koʻchish yoʻli. Bu effektdan obʻektni tepaga, pastga, chapga yoki oʻngga koʻchirishda, yoki doira va yulduz koʻrinishidagi traektoriya boʻyicha harakatlantirishda foydalanish mumkin.

Istalgan effektni alohida yoki boshqa effektlar bilan birgalikda ishlatish mumkin. Masalan, kirishdagi “Uchish” effekti va ajralishdagi “oʻlcham oʻzgarishi” ni qoʻshib, matn satrini ekranga chap tomondan kirib kelishi bilan birgalikda Oʻlchamining kattalishishiga ham erishishimiz mumkin.

Obʻektga animatsiya qoʻshish.

Obʻektga animatsiya effektini qoʻshish uchun quyida koʻrsatilgan amallarni bajarish talab etiladi:

1. Animatsiya qoʻyilishi kerak boʻlgan obʻektni tanlanadi.

2. Animatsiya menyusidan Animatsiya boʻlimidan tanlab,

Dopolnitelno qismidan kerakli effektni tanlaymiz.


A
gar kirish, chiqish, ajralish yoki koʻchish effektlari koʻrinmasa Dopolnitelnыe effektы vxoda Dopolnitelnыe effektы vыdeleniya

Dopolnitelnыe effektы vxoda Drugiye puti peremeщeniya boʻlimlaridan birini tanlaymiz.

Obʻekt yoki tekstga animatsiya tanlangandan soʻng slaydda animatsiyalangan element yonida chop etidmaydigan teg paydo boʻladi. Teg faqat oddiy rejimda Animatsiya menyusi tanlanganda koʻrinadi.

Bir obʻektga bir necha animatsiya effektlarini qoʻllash. Bitta obʻektga bir necha effektni qoʻllash uchun quyidagi amallarni bajarish kerak:

1. Animatsiya effekti qoʻyilishi kerak boʻlgan obʻekt yoki tekstni tanlaymiz.

2. Animatsii menyusidagi Rasshirennaya animatsiya boʻlimidan Dobavit animatsiyu buyurugʻini tanlaymiz.


Slaydda ishlatilgan animatsiya effektlari roʻyxatini koʻrish.

Slayddagi barcha animatsiya effektlarini oblasti animatsii buyurugʻi orqagi koʻrish mumkin. Unda animatsiyalar haqidagi muhim maʻlumotlar joylashadi, masalan, effekt turi, bir necha animatsiya effektlarining bir-biriga nisbatan harakatlanish tartibi, effekt qoʻllanilgan obʻektning nomi va effekt davomiyligi.

Oblast animatsii buyrugʻini tanlash uchun Animatsii menyusining Rasshirennaya animatsiya boʻlimiga kiramiz.



Bu boʻlimda:

1. Panelda effektning namoish etilish tartib nomeri koʻrsatiladi. Bu nomer slayddagi chop etilmaydigan nomer bilan mos boʻladi.

2. Vaqt intervalida effekt davomiyligi koʻrsatiladi.

3. Effekt turining belgisi koʻrsatiladi. Ushbu misolda Chiqish effektni koʻrsatilgan.

4. Roʻyxatdan elementni tanlab, ustiga sichqoncha chap tugmasini ikki marta (yoki Yenterni) bosish orqali animatsiyani tahrirlash oynasini ochishimiz mumkin.

Effektlar Oblast animatsii boʻlimida slaydga qoʻshilgan ketma-ketligida joylashadi.

Animatsiya effekti boshlanish vaqtini koʻrsatishning bir necha xil belgilari mavjud:

Po щelchku (sichqoncha belgisi). Animatsiya effekti slaydda sichqoncha bosilganda boshlanadi






S predыduщim (belgi yoʻq). Effekt oldingi effekt bilan birga harakatlanadi. Bu parametr bir necha effektlarni birlashtiradi.






Posle predыduщego (soat belgisi). Bunda effekt oldingi effekt tugashi bilan boshlanadi





Animatsiya effektini tekshirish

Bir yoki bir necha effektlarni slaydga qoʻshgandan soʻng ularning toʻgʻri ishlashini tekshirish mumkin. Buning uchun Animatsii menyusidagi Prosmotr boʻlimidan Prosmotr buyrugʻini tanlaymiz.









Taqdimotlar yaratishda koʻpgina hollarda obʻektlardan nusxa koʻchirishga toʻgʻri keladi. Slaydlardagi obʻektlarni nusxalash uchun “Ctrl” tugmasini bosgan holda sichqoncha koʻrsatkichi bilan obʻektni yangi joyga koʻchirish kerak boʻladi.


Nazorat savollari

  1. Microsoft Power Point qanday dasturlar qatoriga kiradi.

  2. Yacheykalarga maʻlumotlarni kiritish usullari, ular ustida har xil arifmetik va mantiqiy amallar bajarish, maʻlumotlarni saralash va tahrirlash. Jadvalli maʻlumotlar bilan ishlash, diagrammalar tashkil qilish va ularni oʻzgartirish. Stsenariylar tashkil etish, murakkab hisobotlar bilan ishlash texnologiyasi.

  3. Yuqorida keltirilgan taʻrif qaysi dasturga tegishli?

  4. Microsoft Word dasturida ishlash qanday imkoniyatlarni beradi.

  5. Microsoft Power Point dasturi animatsiyalar boʻlimi imkoniyatlarini sanab bering?




2-Mavzu. Internet tarmogʻini tashkil etish asoslari, internet tarmogʻining asosiy xizmatlari va internet taʻlim resurslari. (amaliy 2 soat)

Reja:

1. Internet tarmogʻining asosiy xizmatlari va unda muloqot turlari. Internet resurslaridan taʻlimda foydalanish.

2. Portfolio haqida tushuncha. Rahbarning elektron portfoliosi.

1. Internet tarmogʻining asosiy xizmatlari va unda muloqot turlari. Internet resurslaridan taʻlimda foydalanish.

Axborot texnologiyalari vositasida metodik portfolioni shakllantirish. Metodik portfolioning koʻrinishi: nashr, prezentatsiya, audio-, foto, videomateriallar. Ziyonet.uz, mdo.uz mdomoi.uz va boshqa taʻlim portallari resurslari bilan ishlash. Web-interfeys metodik axborotlarni tarmoqda joylashtirishning universal vositasi sifatida. “Rahbar (mutaxassis) portfoliosi”ni yaratishning texnologik asoslari.

Google Drive maʻlumotlarni saqlash diski. Google Drive imkoniyatlari. Google Drive diski roʻyxatidan oʻtish. Maʻlumotlarni joylashtirish va yuklash. Kerakli faylni izlash. Google Drive maʻlumotlarni saqlash diski orqali elektron hujjatlar bilan ishlash.

Elektron axborot-taʻlim muhiti, uni shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlari, didaktik imkoniyatlari. Elektron axborot-taʻlim muhitida pedagogik jarayon. Bilim oluvchilarning elektron axborot-taʻlim muhitida oʻquv faoliyatini tashkil etish. Rahbar va mutaxassisning kasbiy faoliyatini elektron axborot-taʻlim muhitida tashkil etish.

Oʻqitishning taʻlimiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi funksiyalarini amalga oshirishda elektron resurslarning vazifalari. Pedagogik taʻsir natijalarini aniqlashtirishning elektron vositalari.

Internet texnologiyalari. Internet texnologiyalari – bu Internet tarmogʻi orqali barcha faoliyatlarni amalga oshirish imkoniyatini beruvchi turli xil texnologiyalar va xizmatlar.

Hozirgi kunda internet texnologiyalari barcha sohalarda oʻz oʻrniga ega. Birinchi navbatda albatta axborot texnologiyalari sohasida.

Internet texnologiyalar jamiyatning axborot resurslarini faollashuviga imkon beruvchi rivojlanishning asosiy omili hisoblanadi.

Internet minglab lokal va mintaqaviy kompyuter tarmoqlarni birlashtiruvchi axborot tizimi hisoblanib, yagona standart asosida faoliyat koʻrsatuvchi jahon global kompyuter tarmogʻidir.

WWW – World Wide Web – butun dunyo oʻrgamchak toʻri hisoblanib, Internet resurslarini tashkil etish va undan foydalanishni taʻminlab beradi.

Veb sayt–biror bir sohaga, faoliyatga, voqea va xodisaga bagʻishlangan maʻlumotlarni oʻzida jamlagan Internet sahifalar majmui.

Internet manzil (URL) – Internet tarmogʻida joylashtirilgan axborot resurslarining murojaat manzillari.

Brauzer – bu Internet resurslari va maʻlumotlaridan foydalanishni taʻminlovchi dastur boʻlib, uning quyidagi turlari mavjud: Internet Explorer, Google Chrome, Opera, Mozilla Firefox va x.k.

Internet texnologiyalarining fizik komponentalari:

1) Internet tarmogʻi

• TCP/IP protokollari. IP-manzillar.

• Internetning daraxtsimon domen tizimi.

• Marshrutlash.

2) Internetning dasturiy taʻminoti

• Tarmoq operatsion tizimlari.

• Internet bilan bogʻlovchi maxsus dasturiy taʻminot

• Amaliy protokollar.

3) Internetda kompyuterlar (serverlar i mijozlar)

• Elektronnoy pochta serverlari

• Web – serverlar.

• FTP-serverlar.

• Telekonferensiya serverlari.

• Koʻptarmoqli xabarlar serveri.

4) Raqamli tarmoq liniyasi

• Provayderni tanlash. Internetga ulanish.

5) Internetga ulash.

• Tarmoq kartasini lokal tarmoq bilan bogʻlash.

• Ethernet kabel tizimi.

6) Global tarmoqqa masofaviy ulanish.

• “kompyuter – tarmoq” ulanish.

• “tarmoq-tarmoq” ulanish.

Fizik komponentalar moddiy qadriyatlarni baxolash imkoniyatini beradi va shu orqali yangi texnologiyalar amalga oshiriladi. Mavjud fizik kompanentalar iqtisodiyotda alohida tashkilotlar, mintaqalar, mamlakatlar rivojlanishiga muxum turtki berdi.

Bundan tashqari internet texnologiyalarning mantiqiy komponentalari mavjud:

1) Internet - xizmatlari

• World Wide Web – Butun jaxon oʻrgimchak toʻri.

• Elektron pochta. Telekonferensiya tizimi.

• Maʻlumotlarni uzatish (FTP).

• Interfaol chat (chat).

• Koʻptarmoqli xabarlarni uzatish (ISQ).

• Audio va Videokonferensiya.

• Ovozli xabar (IP-telefoniya).

2) Internetda ishlash

• Brauzerlar.

• Qidiruv tizimlari.

• Web-saxifalarni brauzerda koʻrish.

3) Internetning axborot resursi.

• Web-saxifalari va Web-uzllar, portallar.

• Manzillashtirish, URL va maʻlumotlarni uzatish protokollari.

• Web-saxifalarni yaratish. Web-ilovalar.

• Internet eʻlonlari. Taqdimlash.

Internet texnologiyalarning mantiqiy komponentalari Internetda axborot oqimini taqsimlash imkonini beruvchi yangi global loyxalarni amalga oshirish shartlarini yaratadi.

Internet xizmatlarini taqdim etish. Internet provayder (angl. internet service provider, qisqartma ISP — internet xizmatlarini taqdim etuvchi) – Internetni va internet tarmogʻi xizmatlarini taqdim etuvchi tashkilotdir.

Internet provayderlarining asosiy xizmatlari quydagilar:

  • keng polosali Internet,

  • uzib-ulanadigan Internet,

  • simsiz Internet tarmogʻiga ulanish,

  • saytlarning ishlashini taʻminlash va saqlash uchun doimiy xotiradan joy ajratish (xosting),

  • elektron pochta qutisini yoki virtual pochta serverini qoʻllab quvvatlash,

  • klient qurilmalarini provayder maydoniga joylashtirish (kolokatsiya),

  • ajratilgan va virtual serverlarni ijaraga olish (VPS, VDS),

  • maʻlumotlarni rezervlash.

Taqdim etilgan xizmatlardan kelib chiqqan xolda ularni quydagi turlarga ajratish mumkin:

  • ulovchi provayderlar,

  • xosting-provayderlari,

  • magistral (angl. backbone) provayderlar,

  • kanal provayderlari,

  • soʻngi milya provayderi

Ulovchi provayderlarni shaxsiy aloqa kanallariga ega birlamchi (magistral) va birlamchi provayderlar kanallarini ijaraga oluvchi ikkilamchi (shaxar, uy) provayderlarga ajratish mumkin.

Birlamchi provayderlar odatda boshqa provayderlarga xizmat koʻrsatib, katta hajmdagi trafikni sotadilar.

Internet provayder – bu aloqa operatori boʻlibʻ, quydagi xizmatlardan biriga litsenziyaga ega boʻladi:

  • aloqa kanalini taqdim etuvchi aloqa xizmatlariga.

  • maʻlumotlarni uzatish tarmogʻida aloqa xizmatlariga. Ovozli maʻlumotlar bundan mustasno.

  • maʻlumotlarni uzatish tarmogʻida ovozli maʻlumotlarni uzatish boʻyicha aloqa xizmatlariga.

  • telematik aloqa xizmatlari.

Hozirgi kunda Oʻzbekiston Respublikasida bir qancha Internet provayderlari xizmat koʻrsatmoqda, bular:

  • UzNet,

  • Sarkor Telecom,

  • Sharq Telecom,

  • TPS,

  • ARS Inform,

  • Cron Telecom va boshqalar.

1-rasm. Internet provayderlari.

Internetda manzillash. Internet tarmogʻida marshrutizatorlar maʻlumot paketlarini qaysi manzilga joʻnatishni aniqlash uchun xar bir paket sarlovxasiga uzatuvchi va qabul qiluvchi manzili koʻrsatiladi.

Internetda manzillashda xar bir tarmoqqa ulanuvchi interfeysga unikal IP-raqam biriktiriladi.

Kompyuterlar va marshrutizatorlar oʻzlarining IP-raqamini va oʻzining “tarmoqdagi qoʻshnilari” manzillarini “biladilar”, bundan tashqari marshrutizatorlar oʻzlarining jadvali asosida IP – manzillar bilan paketlarning qaerga yoʻnaltirilayotganligini aniqlashi mumkin.

TCP/IP tarmogʻidagi xar bir kompyuter 3 satxli manzilga ega:

Uzelning lokal manzili, ushbu uzel tarkibiga kiruvchi, aloxida tarmoq qurish yordamida aniqlangan texnologiya. Lokal tarmoqqa kiruvchi, uzel uchun tarmoq adapteri yoki marshrutizator porti manzili bu – MAS manzil. Masalan: 11-A0-17-3D-BC-01. Bu manzillar markazlashgan boshqaruvga ega bOʻlgani sababli qurilma ishlab chiqaruvchilar tomonidan belgilanadi va ular unikal manzil hisoblanadi. Barcha lokal tarmoqdagi texnologiyalar uchun MAS – manzillar 6 baytli: katta 3 bayti ishlab chiqaruvchi firma idintifikatori, kichkina 3 bayti esa ishlab chiqaruvchilarning unikal obrazi qilib belgilanadi. X.25 va frame relay kabi global tarmoqqa kiruvchi uzel uchun lokal manzil global tarmoq administratori tomonidan belgilanadi.

IP-manzil, 4 baytdan iborat, masalan: 109.26.17.100. Bu manzil tarmoq bosqichida ishlatiladi. Bu manzil kompyuterlar va marshrutizatorlarni loyxalashda administrator tomonidan belgilanadi. IP-manzil 2 qismdan iborat: tarmoq va uzel raqamidan. Tarmoq raqami administrator tomonidan ixtiyoriy belgilanadi. IP protokolida uzel raqami esa uzel lokal manziliga bogʻliq boʻlmagan xolda belgilanadi. Uzel bir necha IP tarmoq tarkibiga kirishi mumkin.

Simvolli identifikator – ism, masalan: SERV1.IBM.COM. bu manzil administrator tomonidan belgilanib bir necha qismdan tasʻhkil topadi, masalan: masʻhina nomi, tasʻhkilot nomi, domen nomi. Bunday manzilni DNS- nomi xam deyishadi, u amaliy bosqichda FTP yoki telnet protakollari bilan qoʻllaniladi.

Sahifa, fayl yoki boshqa resursning Internetda joylashishini aniqlovchi noyob manzil – URL deb ataladi.

2-rasm. Internet manzillari

Internet manzillarida domen (DNS) nomlari ishlatilib, ular mamlakat nomlarini, tashkilot va korxonalar faoliyatini anglatadi.

NAT-servis. Global tarmoqdan lokal tarmogʻi manzillari bilan qurilmalarga maʻlumot olish imkonini beruvchi mexanizm. Buning uchun chegara marshrutizatoriga dastur oʻrnatiladi.

Elektron pochta (angl. email, e-mailelectronic mail) — Internet tarmogʻidagi elektron xatlarni jonatish va qabul qilish xizmati va texnologiyasi.

Elektron pochta xuddi odatdagi pochtadek boʻlib, faqat bunda xatni qogʻozga emas, balki kompyuter klaviaturasidan harf va soʻzlarni terib, elektron signallarning maʻlum tartibdagi koʻrinishiga keltiradi.

Elektron pochta maxsus dastur boʻlib, uning yordamida dunyoning ixtiyoriy joyidagi elektron manzilga xat, hujjat, yaʻni ixtiyoriy faylni tezda (bir necha soniyalarda) joʻnatish va qabul qilib olish mumkin.

Bundan tashqari maʻlum talablar mavjud, yaʻni bunda xat joʻnatayotgan foydalanuvchi va qabul qilayotgan foydalanuvchi ham Internet tarmogʻiga ulangan kompyuterga murojaat qilish imkoniyatiga ega boʻlishi kerak

Xabar, umuman olganda, foydalanuvchi pochta orqali yuborishi kerak boʻlgan maʻlumot hisoblanib va oldindan boshqa dasturda tayyorlanadi, keyin elektron pochta orqali joʻnatiladi

Pochta qutisi – bu foydalanuvchi uchun elektron pochta xizmatini taqdim etuvchi kompyuterda qayd qilingan nomdir

Ushbu nom kompyuter xotirasida papka koʻrinishida shakllantiriladi va u oʻzida kiruvchi va chiquvchi xabarlarni vaqtinchalik saqlaydi.

Elektron pochta manzili(___ @ _______.__ )





















3 - rasm.Elektron pochta

Hozirgi vaqtda xar bir boshlovchi foydalanuvchi oʻziga bepul elektron pochta ochishi va undan foydalanishi mumkun. Buning uchun u internet portallarining biridan roʻyxatdan oʻtishi lozim. Butun dunyo boʻyicha elektron pochtada maʻlumot almashinish protakoli SMTP (angl. Simple mail transfer protocol — pochtaning oddiy maʻlumot uzatish protakoli) hisoblanadi. Pochtada toʻgʻri yoʻnaltirishda DNS asosiy oʻrin tutadi.

Elektron pochta serveri (SMTP, POP) - xabarlarni joʻnatish va qabul qilishni taʻminlaydi.

Elektron pochta klienti - xabarlarni yaratadi, oʻqiydi va javob qaytaradi.

Elektron pochta xizmati quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:

Xabarlarni tezkor almashish (bir necha daqiqa)

Xabarlarga qoʻshimcha maʻlumotlarni ilova qilish

Filtrlar - asosan pochta qutisiga kelayotgan xatlarning mavzusi, kimdan kelgan manzili asosida saralash va tartiblash funksiyasini bajaradi.

Qora roʻyxat - esa xat yuboruvchi manzilni maxsus jurnalga kiritib bu manzildan boshqa xat olmaslik maqsadida ishlatiladi.

Server qurilmalari va ilovalari. Server qurilmalariga server, server kompyuterlari, server administratori, serverning dasturiy taʻminoti, server shkaflari, Web-server, fayl server, oʻyin serverlari, superkompyuterlar kiradi.

Server – tarmoq abonenti boʻlib, u oʻz resurslarini boshqa abonentlarga foydalanishga berib, lekin oʻzi boshqa abonentlar resurslaridan foydalanmaydi, yaʻni faqat tarmoqqa ishlaydi. Tarmoqda server bir nechta boʻlishi mumkin, server uchun eng quvvatli kompyuter boʻlishi shart emas. Ajratilgan server-bu server faqat tarmoq masalalari uchun xizmat qiladi. Ajratilmagan server tarmoqqa xizmat koʻrsatishdan tashqari boshqa masalalarni xam xal qilishi mumkin.

Server administratori - Web serverni betoʻxtov ishlashini taʻminlovchi, xatolarni toʻgʻrilovchi, server va maʻlumotlarni himoya qiluvchi mutaxassis.

Serverning dasturiy taʻminoti - axborot texnologiyalarida xisoblash tizimining dasturiy vositalari xisoblanib mijoz soʻrovlariga xizmat koʻrsatish vazifasini bajaradi va unga maʻlum xizmat yoki resursdan foydalanish imkonyatini beradi.

Server kompyuter deb shaxsiy kompyuterlar toʻplamidan ajratilgan va inson qatnashmaydigan maʻlum bir xizmatni bajaradigan kompyuterga aytiladi. Server va ishchi stansiyalar bir xil apparat taʻminotiga eʻga boʻlishlari mumkin lekin inson ishchi kuchining aralashuvi bilan farq qiladi.

Server shkaflari – server qurilmalari uchun shkaflar majmusi.

Web-server – tarmoqqa ulangan kompyuter yoki undagi dastur hisoblanib, umumiy resurslarni mijozga taqdim etish yoki ularni boshqarish vazifalarini bajaradi. Web-serverlar maʻlumotlar bazalari va multimediyali maʻlumotlarni bir biriga moslashtiradi; Web-serverda Web-sahifa va Web-saytlar saqlanadi.

Fayl server bu – server xotira qurilmalaridagi fayllarga murojatni taʻminlashni bajaradi. Maʻlumotlarni almashinish uchun quyidagi protokollardan foydalaniladi: SFTP va HTTP.

Oʻyin serverlari – markaziy oʻyin xolati uchun bir qancha foydalanuvchilarga bir vaqtning oʻzida qatnashish imkonini beradi. Bir qancha Oʻyinlar maxsus yuqori tuzilishga ega serverlarni taʻlab qilishadi.

Sekundiga bir necha yuz milliondan to bir necha oʻn milliardgacha arifmetik amallarni bajara oladigan tezkor koʻp protsessorli kompyuterlar – super kompyuterlar deb ataladi.

Ethernet – bugungi kunda eng keng tarqalgan lokal tarmoq standarti hisoblanadi. Hozirgi vaqtda Ethernet protokollari asosida ishlaydigan tarmoqlar soni 5 milliondan ortiq va Ethernet tarmoq adapteri oʻrnatilgan kompyuterlar soni 50 millindan ortiq. Ethernet texnologiyasining eng keng tarqalgan standarti l0 Base-T, l00Base-T boʻlib bu tarmoqda maʻlumotlarni uzatish muxiti sifatida ikkita ekranlanmagan oʻralma juftlik (Unshielded Twisted Pair, UTP) kabeli ishlatiladi. 3-inchi kategoriyali koʻp juftli (2 ta, 4 ta juftli) UTP kabeli telefon appratlarini ulash uchun ham ishlatiladi.

FDDI texnologiyasini (Fiber Distributed Data Interface –maʻlumotlarni optik tolali kanallar orqali uzatuvchi taqsimlangan interfeys) maʻlumotlarni uzatish muxiti sifatida optik tolali kabel qoʻllanilgan birinchi lokal kompyuter tarmogʻi texnologiyasidir. Kadrlarni uzatish tezligi 100 Mbit/sek. Tarmoq 100 km gacha uzunlikka ega boʻlgan ikkita optik tolali halqalardan iborat boʻlishi mumkin (hammasi boʻlibʻ 200 km uzunlikdagi optik tolali kabel). Halqalarga ulanishi mumkin boʻlgan stansiyalarning maksimal soni – 500 taga teng. Stansiyalar orasidagi maksimal masofa 2 km dan oshmasligi kerak. Bu texnologiyada 5 kategoriyali ekranlanmagan oʻralma juftlik kabeli (UTP) ham ishlatiladi, uning maksimal uzunligi 100 m gacha boʻlishi mumkin.

Katta xajmdagi maʻlumotlarni uzatish uchun masalan videomaʻlumotlarni, telemetriya tizimlarida Wi-Fi va WiMax tizimlari ishlatiladi.

WLAN (simsiz aloqa tarmogʻi) – ishlash radiusi 100 m gacha. Bu tarmoq asosida binoligi guruppavoy resurslarga simsiz murajat qilish imkonini beradi masalan universitet kampusida va boshqa tashkilotlarda. Odatda bu tarmoq korxonalarda simli tarmoqlarning davomi sifatida ishlatiladi. Kichkina korxonalarda WLAN toʻliq simli lokal tarmoqning oʻrniga ishlatiladi. WLAN ning asosiy standarti – 802.11.

WWAN (keng simsiz aloqa tarmogʻi) – simsiz aloqa vositasi, Internet va korxona tarmoqlaridan mobil foydalanuvchilarga foydalnish imkonini taʻminlaydi. Etakchi standartga ega emas, lekin GPRS texnologiyasi Evropa va AQSH da keng qoʻllaniladi.

Tarmoq texnologiyalarining rivojlanish bosqichlariga nazar tashlasak bugungi kunda simsiz aloqa tarmogʻi Wi-Fi bir muncha afzalliklarga ega jumladan mobillilik, oʻrnatish va ishlatilishining oddiyligi va boshqalar. Wi-Fi 802.11 simsiz aloqa tarmogʻi oylasi standarti asosida 1997-yil ishlab chiqarilgan. Wi-Fi texnologiyasi simsiz lokal kompyuter tarmogʻini tasʻkil qilish va internetdan yuqori darajadi foydalanish uchun ishlatiladi.

Keng polosali axborot oʻtkazish tizimlari. Bugungi kunda tarmoqqa bogʻlanishning asosan uchta talabi muxum ahamiyat kasb etadi bular: yuqori tezlikda foydalanish, ishonchlilik va mobillilik. Bu uchta asosiy imkoniyatni oʻzida mujassam qilgan simsiz aloqa texnologiyasi bu WiMAX (Worldwide Interoperability for Microwave Access) tizimi xisoblanadi. Bu tizim IEEE 802.16 standarti asosida ishlaydi. WiMAX soʻzining ingliz tilidagi kengaytmasi “Worldwide Interoperability for Microwave Access” boʻlibʻ - jaxon keng polosali radioaloqa protokoli degan maʻnoni bildiradi. WiMAX texnologiyasining asosiy maqsadi keng spektrli qurilmalarga(ishchi stansiyalar, roʻzgʻor texniklarida "aqilli uy", portativ qurilmalarda va mobil telefonlari) universal tartibda simsiz bogʻlanish imkonini va ularning lokal tarmoqqa mantiqiy bogʻlanishini taʻminlab beradi.


Nazorat savollari

    1. Internet texnologiyalari nima?

    2. Veb sayt– nima?

    3. Internet manzil (URL) nima?

    4. Elektron pochta nima vazifa bajaradi?



  1. Portfolio tushunchasi. Rahbarning elektron portfoliosi.

Portfolio (ingl. portfolio – portfel, zarur ishlar va xujjatlar uchun papka) – bu xujjatlar, ish namunalari, fotosuratlar, taqdim etilayotgan imkoniyatlarni tasavvur eta olish imkoniyatini beruvchi materiallar, mutaxassis xizmatlari toʻplami. Bu Internet orqali ish qidirishning eng qulay usuli. Portfolio buyurtmachiga oʻz mijozi bilan koʻrishmasdan, muloqot qilmasdan turib u haqida, uning kasbi va tajribasi haqida aniq va toʻliq maʻlumot olish imkoniyatini beradi.

Hozirgi kunda taʻlim sifatiga boʻlgan talab kundan kun oshib bormoqda. Ikkinchi tomondan esa portfolio taʻlim muassasalari rahbariyati uchun pedagoglarning ish faoliyati unumdorligini monitoringini olib borish va yana ham muhim tomoni pedagoglarni oʻz-oʻzini kuzatish va oʻz ustida ishlashi uchun muhim hisoblanadi.

Taʻlim muassasasi rahbari va pedagogining portfoliosi nima? Turli zamonaviy lugʻatlardagi maʻlumotlarga koʻra shuni aytish mumkinki, portfolio – bu rahbar va pedagogning aniq faktlar asosida yozilgan pedagogik sifati va yutuqlari hisoblanadi. Bu oʻz ichiga xujjatlar toʻplamini, kasbiy mahoratini, taʻlim muammolarini hal etish yoʻllarini va h. qamrab oladi

Rahbar va pedagogning portfoliosi - bu jalb etish usullari, materiallarni toʻplash, rahbar va pedagogning professionallik darajasini namoyish etish, oʻz kasbiy faoliyatidagi masalalarni echa olish mahorati. Rahbar va pedagogning portfoliosi rahbar va pedagogning tayyorgarlik darajasi, boshqaruvda hamda oʻquv va darsdan tashqari faoliyatidagi faollik darajasini koʻrsatadi.

Shu bilan birga rahbar va pedagogning portfoliosida pedagogik-psixologik diagnostika natijalari. Bundan tashqari portfolio rahbar va pedagogning individual yutuqlari, turli loyihalarda qatnashganliklari, talabalarining fan olimpiadalari, tanlovlar, musobaqalarda gʻolib boʻlganliklari qayd etib boriladi.

“The Teaching Portfolio” kitobi muallifi Piter Zeldin fikriga koʻra pedagogning portfoliosi, kasb mahoratini shakllantirishdagi navbatdagi bosqichdir–oʻz vaqtida portfolio dizayner, fotosuratchi va arxitektorlarning muvaffaqiyatlarini oʻzida aks ettiradi.

Portfolio – rahbar va pedagogning professional faoliyatida egallagan turli masalalarni hal eta olish malakalarini koʻrsatuvchi shuningdek pedagogning profesionallik darajasini baholashga qaratilgan materiallar toʻplamidir.

Portfolio – turli faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha biror vaqt oraligʻida erishilgan kasbiy yutuqlar aks ettirilgan va baho beriladigan individual papkadir.

Portfolio - shu portfolio egasining oʻquv, ijodiy, ijtimoiy, muloqot kabi turli faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha erishgan yutuqlari bilan tanishish imkoniyatini beradi.

Portfolioni yaratishdan maqsad

Har bir rahbar va pedagogning hayotida qiziqarli, arzigulik “kasbiy yutuqlari” boʻladi. Bunday yutuqlar uning saytida yoki portfoliosida joylashishi maqsadga muvofiq.

Portfolioning asosiy jihati – rahbar va pedagogning kasbiy kompetentligini baholash uchun amaliy faoliyatdagi natijalarini (bajargan loyihalari, olimpiada va tanlovlarda qatnashganligi, olib borgan izlanishlari kabilarni) namoyish etish. Portfolio rahbar va pedagogga oʻz ishlari natijalarini tahlil etish, umumlashtirish, tizimlashtirish, oʻz imkoniyatlarini obʻektiv baholash va qiyinchiliklarni bartaraf etishni rejalashtirish va yuqori natijalarga erishish imkoniyatini beradi.

Rahbar va pedagog portfoliosining ikkinchi muhim jihati–bu rahbar va pedagog ishining natijasi va professionalligini baholashning alternativ formasi ekanligi.

Funksiyasi

Toʻplangan

Model asosida

  • pedagog yutuqlari (faxriy yorliqlar, diplomlar, guvohnomalar, sertifikatlar va h.);

  • ishchi materiallar toʻplami (ochiq dars ishlanmalari, tayanch materiallar, testlar, amaliy va laboratoriya ishlari va h.)

  • pedagogning rivojlanish dinamikasini akslantiradi;

  • mustaqil izlanish natijalarini koʻrsatadi;

  • Oʻqitish stilini namoyish etadi;

  • refleksiyani yuzaga keltirishga yordam beradi;

  • faoliyatni rejalashtirishga yordam beradi

Portfolio faoliyatning turli xil koʻrinishlarida (Oʻquv, tarbiyaviy, ijodiy, metodik, tadqiqot) rahbar va pedagogning erishgan yutuqlarini yuzaga chiqarish imkonini beradi.

Amaliy ahamiyati

Pedagog uchun

Bosʻhqaruvchi uchun

  • kasbiy mahoratini (sifatini) oshirish;

  • faoliyat natijalari haqida aniq tasavvurga ega boʻlish;

  • attestatsiya uchun poydevor;

  • tanlov va grant dasturlarida ishtirok etish uchun zamin;

  • ishlanmalarni tizimlashtirish orqali soʻrov natijalarini taqdim etish.

  • attestatsiyadan oʻtkazish;

  • taʻlim muassasasining metodik sohasini kengaytirish;

  • taqdirlash va mukofot berish uchun nomzodlarni tanlab olish;

  • pedagogning faoliyati monitoringini olib borish;

  • pedagogning yutuqlarini baxolashning obʻektivligi;

  • baxolashning son va sifat integratsiyasi.

Portfolio nima?

Har bir taʻlim muassasasida rahbarning shaxsi asosiy oʻrinni egallaydi. U oʻz faoliyatini tashkil qilishda oʻquv, ilmiy hamda madaniy-maʻrifiy tadbirlarni toʻgʻri rejalashtirishi, kasbiy pedagogik mahoratini uzluksiz oshirib borishda Oʻzgarib boruvchi zamonaviy talablar tezkor ravishda moslashib borishi lozim.

Zamonaviy taʻlim muassasalari taʻlimning milliy modeliga oʻtishida ijodiy fikrlovchi, taʻlimning zamonaviy metod va texnologiyalarini, pedagogik-psixologik diagnostika usullarini, aniq amaliy faoliyat asosida pedagogik jarayonni mustaqil loyihalash usullarini qoʻllay oladigan yangi toifadagi pedagoglarni talab etadi.

Maʻlumki, mutaxassis kadrlarning mehnat bozoridagi raqobatbardoshligi koʻp hollarda uning ilgʻor texnologiyalarni oʻzlashtirish qobiliyati, oʻzgaruvchan mehnat sharoitiga moslasha olishiga bogʻliq. Ushbu holatlarni eʻtiborga olishda pedagog portfolio texnologiyasidan foydalanish muhimdir.


Rahbar portfoliosining shakli

Zamonaviy rahbarning faoliyat sohasi juda keng boʻlishi mumkin, barcha taʻlim muassasasi natijalarini va barcha taʻlim muassasasidan tashqari faoliyat natijalarini bir joyda, bitta xujjatda jamlash mumkin emas. Bunday hollarda rahbarning barcha ishlari toʻplamini birlashtirish va uning faoliyatini toʻliq kartina koʻrinishida aks ettirish uchun elektron portfoliosini yaratish zarur.

Elektron portfolio koʻrgazmaliligi, qulayligi, materiallarning aniq tuzilishiga egaligi bilan bir qatorda yana bir qancha oʻziga xos xususiyatlari va afzalliklariga ega:

zamonaviyligi;

tezkorligi (kerakli oʻzgarishni tezda kiritish imkonyati);

funksionalligi (katta sondagi ekspertlarga, hamkasb-mutaxassislarga, qiziquvchilarga oʻz tajribasini namoyish etish ikmoniyati), hamda oʻz muvaffaqiyatlarini qayd etib borish, bir vaqtning oʻzida doimiy ravishda toʻldirib borish mumkin boʻlgan raqamli taʻlim resurslarining tizimlashtirilgan mediatekasini yaratish;

effektivligi (rahbarni oʻz-oʻzini baholashini oshirish, boshqaruvchi hamda xodimlarga ijobiy taʻsir koʻrsatish);

Koʻpgina mualliflar rahbar va pedagogning elektron portfoliosi sifatida kompyuterda shakllantirilgan qandaydir xujjatlar toʻplamini keltiradi. Bunday usuldan foydalanish mumkin, biroq bu eskirgan usul.

Portfolioning taqdimot shakli maʻlumotlarni koʻrgazmali tarzda namoyish etishni amalga oshirsa, sayt-portfolio shakli esa koʻproq maʻlumot olish va izlash imkoniyatini beradi.

Oxirgi yillarda internet juda keng miqyosda yoyildi va hozirgi kunda uning auditoriyasi juda katta, portfolioning sayt-portfolio shaklida internetda joylashtirilmaganligi portfolio yaratilmagan deb hisoblaydi. Yuzlab odamlar portfolioni koʻra olmaydi, uning xizmatlarini baholay, izohlay olmaydi, oldingi har-xil gʻoyalar bajarilmaydi. Kompyuterda papkada yotgan portfolio jamiyatga hech qanday qiymatga ega emas. Shuning uchun portfolioni tarmoqda sayt-portfolio sifatida joylashtirilishi maqsadga muvofiq!

Rahbarning sayt-portfoliosi – bu veb-bazali resurs, ishtirokchining kasbiy yutuqlari va individualligini aks ettiruvchi saytdir.

Rahbarning sayt-portfoliosi taʻlim muassasasi saytining qismi boʻlishi yoki alohida mustaqil resurs boʻlishi ham mumkin. Bu va boshqa hollarda ham elektron portfolio rahbar tajribasini yoyish uchun xizmat qiladi.

Bir qancha mualliflar oʻz maqolalarida elektron portfolioni bir nechta variantlarini keltirishgan:

Yutuqlar portfoliosi – ushbu portfolioda ahamiyat faoliyatdagi yutuqlarni tasdiqlovchi xujjatlarga qaratiladi.

Taqdimot portfoliosi – rahbarning eng yaxshi ishlari toʻplami. Ushbu portfolio yangi ishga kirayotganda, suhbatdan oʻtish uchun yoki turli tanlovlarda qatnashish uchun kerak boʻladi.

Hisobot koʻrinishidagi portfolio – biror-bir loyiha ishini tugatayotgan vaqtda bajarilgan ishlar va erishilgan yutuqlar haqida maʻlumot beruvchi portfolio.

Majmuaviy portfolio – yuqorida koʻrsatilgan portfolio koʻrinishlarini qamrab oladi va rahbar va pedagog portfoliosini namoyish etishda kerak boʻladi.

Malaka oshirish kurslari tinglovchilarning oʻquv jarayoni va ularning kasbiy faoliyati monitoringini olib borishga xizmat qiluvchi elektron monitoring tizimi yaratildi va amaliyotga joriy etildi. Mazkur elektron tizim malaka oshirish kurslaridagi oʻquv jarayonini sifati va samaradorligini oshirish, malaka oshirish kurslari boʻyicha joriy maʻlumotlarni tezkor olish va tahlil qilish, kurslardagi oʻquv jarayonining istiqboldagi holatini bashorat qilish, shuningdek, maktabgacha taʻlim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining kasbiy oʻsish dinamikasini baholash imkoniyatlari mavjudligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi.


Rahbar va pedagogning kasbiy koʻrsatkichlarini qayd etib borish uchun ishlab chiqilgan elektron portfolio tizimi elektron monitoring tizimining tarkibiy qismi sifatida shakllantirildi. Tinglovchilarning kurslardagi oʻquv koʻrsatkichlari va kasbiy faoliyati natijalarini yagona integrallashgan elektron tizim asosida qayd etilib borilishi rahbar va pedagoglarning kasbiy kompetentlik darajasini oʻzgarish dinamikasini uzluksiz kuzatib borish imkoniyatini taqdim etadi.

Elektron portfolio tizimida rahbar va pedagoglarning mustaqil malaka oshirish shakllaridan kasbiy faoliyatda foydalanish darajasini qayd etilishi ularning uzluksiz malaka oshirishlari uchun muhim motivatsiya vazifasini bajaradi. Portfolio tizimi yordamida rahbar va pedagog oʻz kasbiy darajasini belgilaydi va baholay oladi, unda toʻplangan maʻlumotlar rahbar va pedagogning kasbiy faoliyat guvohnomasi sifatida baholanishi mumkin.

Nazorat savollari

    1. Web-interfeys metodik axborotlarni tarmoqda joylashtirishning universal vositasi sifatida. “Rahbar (mutaxassis) portfoliosi”ni yaratishning texnologik asoslari toʻgʻrisida maʻlumot bering.

    2. Taqdimot portfoliosiga taʻrif bering 

    3. Rahbar portfoliosining shakllariga taʻrif bering.

4. Elektron portfolio tizimida shaxsiy kabinetga kirish uchun nimalar zarur boʻladi?

IV. OʻZ-OʻZINI TEKSHIRISH UCHUN TEST SAVOLLAR


Test topshirigʻi

Javob 1

Javob 2

Javob 3

Javob 4


toʻgʻri javob

Axborot tizimlari yoki axborot resurslariga kim egalik qilishi mumkin?

*Yuridik yoki jismoniy shaxslar

Tarmoq administratori

Kompaniya direktori

Tashkilot rahbari


1

  1. 2

Axborot resurslarida saqlanayotgan va ishlov berilayotgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va qogʻoz koʻrinishidagi xujjat bilan bir xil yuridik kuchga ega boʻlgan axborot nima deb ataladi?

*Elektron xujjat

Axborot resursi

Elektron raqamli imzo

Axborot


1

  1. 3

Axborot resurslari bu

*Axborot tizimi tarkibidagi elektron shakldagi axborot, maʻlumotlar banki va maʻlumotlar bazasi

Hujjatlashtirilgan axborot

Audiovizual va bosʻhqa xabarlar

Ishlov berilgan axborot


1

  1. 4

Maxfiy axborot bu

*Foydalanilishi qonun hujjatlariga muvofiq cheklab qoʻyilgan hujjatlasʻhtirilgan axborot

Axborot resursi

Cheklanmagan doiradagi ommaviy axborot

Cheklangan doiradagi axborot


1

  1. 5

Axboroni muhofaza etish qanday maqsadlarda amalga oshiriladi?

*Shaxs, jamiyat va davlatning axborot sohasidagi xavfsizligiga tahdidlarning, hamda axborotning mahfiyligini oldini olish maqsadida

Axborotni erkin, kafolatli olish va kerakli shart-sharoitlarni yaratish maqsadida

Axborotni toplash, saqlash, ishlov berish maqsadida

Axborotdan foydalanishni man etish maqsadida


1

  1. 6

“Axborot” tushunchasiga berilgan taʻrifni koʻrsating

*Manbalari va taqdim etilish shaklidan qatiy nazar shahslar, predmetlar, faktlar, voqealar, hodisalar va jarayonlar toʻgʻrisidagi maʻlumotlar

Identifikatsiyalash mumkin boʻlgan, rekvizitlari koʻrsatilgan va axborot tashuvchi qurilmalarga joylashtirilgan istalgan maʻlumotlar

Istalgan manbalardan keladigan maʻlumotlardan foydalanish, ishlov berish va yaratish bilan bogʻliq boʻlgan subʻektlarning faoliyat sohasi

Axborot tizimlaridagi (kutubxonalardagi, arxivlardagi, fondlardagi, maʻlumotlar banklaridagi va boshqalardagi) xujjatlar va xujjatlar massivlari


1

  1. 7

“Axborotlashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunining asosiy maqsadi

*Axborotlashtirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish

Axborot erkinligi prinsipi va kafolatlariga rioya etilishini taʻminlash

Elektron tijorat sohasidagi munosabatlarni tartibga solish

Telekommunikatsiyalarni yaratish, ishlatish va rivojlantirishsohasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish


1

  1. 8

“Elektron xujjat aylanishi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunining asosiy maqsadi

*Elektron xujjat aylanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish

Telekommunikatsiyalarni yaratish, ishlatish va rivojlantirish sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish

Elektron tijorat sohasidagi munosabatlarni tartibga solish

Axborotlashtirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish


1

  1. 9

“Elektron tijorat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunining asosiy maqsadi

*Elektron tijorat sohasidagi munosabatlarni tartibga solish

Telekommunikatsiyalarni yaratish, ishlatish va rivojlantirish sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish

Axborotlashtirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish

Axborot erkinligi prinsipi va kafolatlariga rioya etilishini taʻminlash


1

  1. 10

Axborotlarni ekranda tasvirlash xususiyatiga ega boʻlgan qurilmani koʻrsating

*Monitor

Klaviatura

Printer

Sichqoncha


1

  1. 11

Axborotlarni kiritish qurilmasi qaysi hisoblanadi?

*Klaviatura

Monitor

Sichqoncha

Skaner


1

  1. 12

Quyidagi qurilmalardan qaysi axborotlarni chiqarish qurilmasi hisoblanadi?

*Printer

Monitor

Sichqoncha

Skaner


1

  1. 13

Foydalanuvchi tomonidan axborotlarni kompyuterga kirituvchi asosiy qurilmalar hisoblanadi?

*Klaviatura va sichqon

Klaviatura va tizimli blok

Monitor va qattiq disk

Klaviatura va printer


1

  1. 14

Kompyuterda maʻlumotlarni saqlovchi va toʻplovchi asosiy qurilma qanday nomlanadi?

*Qattiq disk yoki vinchester

Tizimli blok

Protssesor

Tezkor xotira


1

  1. 15

Shaxsiy kompyuterlar ishlab chiqaruvchi jahonda mashhur firma nomini koʻrsating

*IBM

Microsoft

Pentium

Apple


2

  1. 16

Axborotlarning eng kichik oʻlchov birligi

*Bit

Kbayt

Bayt

GBayt


1


V. ADABIYOT VA MANBALAR ROʻYXATI

  1. Oʻzbekiston Respublikasining №560-II sonli «Axborotlashtirish toʻgʻrisida» gi Qonuni. 11.12.2003-yil

  2. Oʻzbekiston Respublikasining №611-II sonli “Elektron xujjat almashinuvi haqida”gi Qonuni. 29.04.2004-yil

  3. Oʻzbekiston Respublikasining №562-II sonli "Elektron raqamli imzo toʻgʻrisida" gi Qonuni 11.12.2003-yil

  4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublikada qogʻozni tejash va undan oqilona foydalanishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2010-yil 22-iyuldagi 155-son qarori

  5. Ayupov P. X. Windows operatsion tizimi: Asosiy tushunchalar. Amaliy mashklar. Standart programmalar/ P. X. Ayupov. -T, 2006. -132 b.

  6. Aripov M. Internet va elektron pochta asoslari.- T.; 2000 -218 b.

  7. Begimkulov U.Sh. Pedagogik taʻlimda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishning ilmiy-nazariy asoslari. Monografiya. -T.: Fan, 2007.-182 b.

  8. Simonovich V., Yevseev G.A., Muraxovskiy V.I. WINDOWS: laboratoriya mastera: Prakticheskoye rukovodstvo po effektivnыm priyemam rabotы s kompyuterom - M.: ACT-PRESS: Informkom-Press, 2000. - 656 s

  9. Xramsov B., Brik S.A. va boshqalar. Osnovы web-texnologiy. 2003 g.-286 s.

  10. Yuldashev U., Mamarajabov M.Ye., Mirvalieva K.A. POWER POINT 97: Oʻquv qoʻllanma. – T., 2001. - 32 b.

  11. Personalnыy kompyuter: nastroyka i texnicheskaya podderjka: Maykrosoft. Uchebnoye posobiye. – M.: BINOM. Laborotoriya zvaney, 2006

  12. Standartnыe programmы Windows: Praktikum / O.B.Bogomolova. – M.: BINOM. Laborotoriya zvaney, 2005

  13. Uchebnыe proyektы s ispolzavaniyem Microsoft Office: Uchebnoye posobiye. – M.: BINOM. Laborotoriya zvaney, 2006

  14. Osnovы kompyuternыx setey: Uchebnoye posobiye. – M.: BINOM. Laborotoriya zvaney, 2006

  15. Sboi kompyutera: diagnostika, prfilaktika, lecheniye/ B.P.Saykov. – 3-e izd, ispr. – M.: Laborotoriya Bazovыx Zvaney, 2005

  16. Zakirova F. Infarmatsionnoye obespecheniye obrazovatelnogo protsessa iyego struktura // Pedagogik taʻlim. - Tashkent, 2004. - №5. - S. 34-35.

  17. Lipaev V.V. Obespecheniye kachestva programmnыx sredstv. - M.: Sinteg, 2001.

  18. Fedorov I. Glavnoye usloviya kachestvennogo obrazovaniya-nauka, no nikak ne naukoobraziye. Shkolnoye obozreniye. M.,-№1. –2002. –S.42-43.

  19. Yuldashev U., Zakirova F. Rol i mesto uchebno-metodicheskogo kompleksa novogo pokoleniya v informatsionno-uchebnom obespechenii obrazovatelnogo protsessa // Pedagogik taʻlim. - Tashkent, 2004. - №2. - S. 27-29.

  20. Ishmuxamedov R., Abduqadirov A., Pardaev A. Taʻlimda innovatsion texnologiyalar. -T, Isteʻdod, 2008, 180 bet.

  21. Aripov M., Begalov B. va boshkalar. Axborot texnologiyalari.- Toshkent, 2009.

  22. Gʻulomov S., Alimov R. va boshqalar. Axbotor tizimlari va texnologiyalari. -T.: Sharq nashriyoti, 2000.

  23. Yuldashev U., Boqiev R., Zokirova.F. Informatika va axborot texnologiyalari. Elektron oʻquv qoʻllanma. - T, 2004.

  24. Norenkov I.P., Zimin A.M. Informatsionnыe texnologiii v obrazovanii. Uchebnoye posobiye.M.: Izd. MGTU im. N.Baumana.2002-336s.

  25. George Siemens. Connectivism: A Learning Theory for the Digital Age. December 12, 2004.

Elektron taʻlim resurslari

  1. www.ziyonet.uz

  2. www.infocom.uz

  3. www.uforum.uz

  4. www.lex.uz

  5. www.uza.uz

  6. www.mdo.uz

  7. www.mdomoi.uz

VI. TARQATMA MATERIALLAR

TARQATMA TOPSHIRIQ

Topshiriq mazmuni – Rahbarning shaxsiy axborot maydonini loyihalash boʻyicha bilgan maʼlumotlarni birinchi ustunga yozib chiqing va bilishni istayotgan maʼlumotlarni ikkinchi ustunga yozib chiqing.


Bilaman

Bilishni istayman


Bilib oldim


















B /B /B”


Amaliy mashgʻulot oʻtkazish uchun topshiriqlar:


1- topshiriq. “Rahbarning ish stolini tashkil qilish”

Sahifa oʻlchami uchun A4 formatni tanlang, chap tomondan 3 sm, oʻng tomondan 1,5 sm, yuqoridan 2,5 sm, pastdan 2,5 sm maydon qoldiring. Yangi hujjat ochib, matnni kiriting. Matnni Times New Roman, 14 pt oʻlchamida kiriting. Satrlar orasidagi masofa 1,5 interval boʻlsin. Abzaslar orasidagi masofa – 7 pt. Enter tugmasini faqat yangi abzas boshlash uchun bosing. Hujjatni biror nom bilan xotirada  saqlang.

Yangi hujjat tashkil qiling va  maruza.doc nom bilan xotirada saqlang. Xujjatga maʻruza matnini kiriting. Kursorni kerakli joyga olib kelib rasm joylashtiring. Rasmning ornini va oʻlchamini oʻzgartirib koʻring. Matnga tushuntirma joylashtiring. Oʻzgarishlarni xotirada saqlab, hujjatni yoping.

Yangi hujjat tashkil qiling va “kolontitul” deb nom bilan xotirada saqlang. “Vstavka” menyusining “Kolontituli” buyrugʻi orqali  matnga kolontitul oʻrnating.  “Ssыlki” menyusidan foydalanib matnga snoska oʻrnating. Oʻzgarishlarni xotirada saqlab, hujjatni yoping.

Yangi hujjat tashkil qiling va “Rasm” deb nom bering. Soʻngra “Risovanie ” buyrugʻi “WordArt” qismi orqali “Kompyuterda ishlash yaxshi” soʻzini keltirilgan naʻmunalarda tasvirlang. Varaq chegarasini gorizontal menyuning Razmetka stranisы bandining Granisы i zalivki buyrugʻi yordamida ramka bilan bezang.


  1. Microsoft Wordni ishga tushiring.

  2. Ochilgan yangi faylda birinchi satrda “(Familiyangiz, ism va ota ismingizning bosʻh harflari) rezyumesi” tering, masalan, A.A.Azizovning rezyumesi.

  3. Bu satrni Zagolovok 1 uslubida formatlang.

  4. Faylni Rezyume tuzish nomi bilan “Qoralamalar” papkasiga saqlang.

  5. Oʻzingiz haqingizda asosiy maʻlumotlarni raqamlangan roʻyxat koʻrinishida taqdim qiling:

    1. familiyangiz, ismingiz, ota ismingiz;

    2. maʻlumotingiz (qaysi taʻlim muassasasini tugatgansiz);

    3. mutaxassisligingiz;

    4. ish joyingiz;

    5. egallab turgan lavozimingiz.

  6. Kichik (1 betdan oshmagan) rezyumeni quyidagi taxminiy reja asosida tuzing:

    1. kasbiy qiziqishlar sohalari;

    2. ish karerasi;

    3. shaxsiy natijalar (muvaffaqiyatlar);

    4. malaka oshirish;

    5. qiziqishlar va hamroh (kasbga bevosita bogʻliq boʻlmagan) malakalar;

    6. taxmin qilinadigan faoliyat istiqbollari, kelajakka rejalar.

  7. Matnni formatlang: shrift Times New Roman 14, tekislash – kenglik boʻyicha (eniga), birinchi satr – chekinish 1,27 sm, oraliq (satr ichi) interval – 1,5 xat boshi intervali – oldin 3 pt, keyin – 6 pt.

  8. Faylni yana bir bor saqlang.

Rezyume.doc faylini Moi rezultatы (mening natijalarim) papkasiga nusxa koʻchiring.


2- topshiriq. “Rezyume-prezentatsiya yaratish”
  1. Microsoft PowerPoint ni ishga tushiring.

  2. Obrazes slaydov (slayd namunalari) taqdim qilishga oʻting.

  3. Slaydlar namunasi bilan bogʻliq sarlavha namunasini (Obrazes zagolovkov) qoʻsʻhing.

  4. Oʻzingizga maʻqul boʻlgan bezak shablonini (Shablon oformleniya) tanlang va namunalarga uni qoʻllang.

  5. Sana sohasiga (Oblast datы) sanani va oʻz familiyangiz, ism va ota ismingizning bosh harflarini quyi kolontitulga (Nijniy kolontitul) sohasiga kiriting.

  6. Namuna ustasi taqdimotini yoping.

  7. Birinchi slayd sarlavha sohasiga taqdimot nomini kiriting: “(familiyangiz, ism va ota ismingizning bosʻh harflarini) rezyumesi”, masalan, A.A.Azizov rezyumesi.

  8. Namunaviy (taxminiy) sarlavhali slaydlar yarating: umumiy maʻlumotlar, qiziqishlar, kasbiy qiziqishlar, ish karerasi, mening yutuqlarim, qiziqiʻhlarim, kelajakka rejalarim. Ularga sarlavha (Zagolovok), grafika va matn (tekst) tipidagi belgilash maketlarini qoʻllang.

  9. Qoralamalar (Chernoviki) papkasida Rezyume.doc faylini joylashtiring va slaydlaringiz matn sohasida tegishli fragmentlarni, almashish buferidan foydalangan holda nusxa oling (matnlarni tahrirlash va toʻldirish mumkin). Matnlarni axborot mazmuniga adekvat tarzda formatlang.

  10. Rasmlar kolleksiyasini oching, slaydlar mazmuni bilan mos keladigan grafik illustrasiyalarni tanlang va ularni slaydlaringiz grafika sohasiga joylashtiring. Illustrasiyalar oʻlchamlarini matn sohalari oʻlchamlari va joylashishiga moslashtiring (muvofiqlashtiring).

  11. Slaydlar saralovchisi (Sortirovщik slaydov) tartibiga oʻting.

  12. Slaydlarni almashtirish animatsiya effektlarini tanlang.

  13. Slaydlar namoyishini vaqt boʻyicha (1 slaydga 10 soniya) oʻrnating.

  14. Faylni “Mening natijalarim” papkasida Rezyume.ppt nomi bilan saqlang.

Asboblar panelidagi tugmachalar va ularning vazifalari haqida

Standart asboblar paneli

Tugmachalar

Vazifasi

Klaviatura orqali

Yangi hujjat ochish


Kompyuter xotirasidagi hujjatlarni ochish

Ctrl+O

Hujjatni kompyuter xotirasiga saqlash

Shift+F12, Ctrl+S

Nusxalashni taʻqiqlash


Kovert xoliga keltirisʻh


Hujjatni chop etish

Ctrl+P

Chop etishdan oldin matnni qogʻozda qanday joylashishini koʻrish


Matnning xatolarini tekshirish

F7

Tizim haqidagi maʻlumotlar


Belgilangan maʻlumotlarni qirqib olib buferga joylash

Ctrl+X

Belgilangan maʻlumotlarning nusxasini buferga joylash

Ctrl+C

Buferdagi maʻlumotlarni matn kursori turgan joyga qoʻyish

Ctrl+V

Oxirgi bajarilgan isʻhni bekor qilish

Ctrl+Z

Oxirgi bajarilgan isʻhni qaytarish

Ctrl+Y

Gippermurojaatlar tayyorlash

Ctrl+K

Jadval va chegaralar panelini ekranga chaqirish


Jadval qoʻyish


Excel jadvalini qoʻyish


Kolonkalar koʻrinishiga keltirish


Chizish asboblar panelini ekranga chiqarish


Hujjat sxemasi


Koʻrinmas belgilarni ekranga chiqarish


KOʻrish masshtabi


Word maʻlumotnomasi

F1

Hujjatni oʻqish rejimida koʻrsatish



Formatlash asboblar paneli

Tugmachalar

Vazifasi

Klaviatura

orqali

Formatlash paneli

Shift +F1

Yozuv stili


Shrift turlari


Shrift oʻlchamlari


Toʻqroq shrift


Kursiv shrift


Tagiga chizilgan shrift


Matnni chapga formatlash


Matnni oʻrtaga formatlash


Matnni oʻngga formatlash


Matnning ikki tomonini tekislash


qatorlar orasidagi interval


Raqamli roʻyxat tayyorlash


Belgili roʻyxat tayyorlash


Belgilangan matnni chapga surish


Belgilangan matnni oʻngga surish


Jadval chegaralarini koʻrinmas yoki koʻrinadigan qilish


Jadvalda katakchalardagi sonlarning yi\indisini щisoblash


Matnlarni qatorning yuqori va pastki qismida maydaroq qilib yozish


Formula muщarririni chaqirish


Shrift oʻlchamini oshirish


Shrift oʻlchamini kichraytirish



Microsoft Word tahrirlash dasturida “tugmachalar majmui” yordamida amallar bajarish

  1. “Alt + Space(probel)”-Word ning dastur darchasi(Sarlavxa satri)ga kirisʻh

  2. “Alt” (F10) - Word ning menyu satriga kirish

  3. “Alt” , “Ctrl + Tab” - Word ning asboblar oynasi(paneli)ga kirish

  4. “Alt” + F4 - dasturni yopish

  5. “Alt” + F5 (“Ctrl” + F5) - Word darchasini kayta tiklash yoki aksincha

  6. “Alt” + F6 - Keyingi oynaga oʻtish



Matn bilan ishlash
  1. “PgUp” - Saxifa xat boshiga oʻtish

  2. “PgDn” - Saxifa xat oxiriga oʻtish

  3. “Home” - Sart boshiga otish

  4. “End” - Sart oxiriga oʻtish

  5. “Shift” + “Home” - Satr boshigacha belgilash

  6. “Shift” + “End” - Satr oxirigacha belgilash

  7. “Shift” + “PgUp” - - Saxifa xat boshigacha belgilash

  8. “Shift” + “PgDn” - Saxifa xat oxirigacha belgilash

  9. “Ctrl” + Num 5 (Ctrl + A) - Butun matnni belgilash

  10. “BackSpace”( ) - Kursordan chapdagi belgini uchirish

  11. “Del” - Kursordan ungdagi belgini uchirish

  12. “Strl” + Z (“Alt” +“BackSpace”) - Bajarilgan amalni bekor qilish

  13. “F4” - Bajarilgan amalni qayta bajarish

  14. “Ctrl” + S (Shift + F12) - Xujjatni xotiraga saqlash

  15. “Ctrl” + N - Yangi xujjat ochish

  16. “Ctrl” + O - Xujjatni diskdan oʻqish

  17. “Ctrl” + P - Xujjatni chop etish

  18. “Ctrl” + “Insert” - Belgilangan mant qismidan nusxa olish

  19. “Shift” + “Del” - Belgilangan matn qismini qirqish(uchirish)

  20. “Shift” + “Insert” - Nusxa olingan yoki qirqilgan matn qismini kursor turgan joyga quyish

  21. “Ctrl” + “Shift” + F - Shrift turini tanlash

  22. “Ctrl” + “Shift” + P - Shrift ulchamini tanlash

  23. “Ctrl” + B - Shriftni qalin xolatga oʻtkazish

  24. “Ctrl”+I - Shriftni qiya (kursiv) xolatga oʻtkazish

  25. “Ctrl”+U - Shriftni tagiga chizish xolatiga oʻtkazish

  26. “Ctrl” + “Shift” + A - Shriftni kattalashtirish

  27. “Ctrl”+J-Belgilangan matnni saxifa kengligi boʻyicha formatlash

  28. “Ctrl”+R-Belgilangan matnni saxifa ung chegarasi boʻyicha formatlash

  29. “Ctrl”+L-Belgilangan matnni saxifa chap chegarasi boʻyicha formatlash

  30. “Ctrl”+E - Belgilangan matnni saxifa markazi boʻyicha formatlash

  31. “Ctrl”+F2 - Hujjatni kuzdan kechirish

  32. “Ctrl”+F9 - prototip soxa qoʻshish

  33. “Ctrl” + “ - ” - Suzni majburiy boʻlish

  34. “Ctrl” + F - Koʻrsatilgan belgi yoki soʻzlarni qidirish

  35. “Ctrl” + N – Koʻrsatilgan belgi yoki soʻzlarni boshqasiga almashtirish

  36. “F1” - Maʻlumot olish

  37. “F3” - Avtotekst qoʻshish

  38. “F5” - Kursatilgan joyga oʻtish

  39. “F7” - Imloni tekshirish

  40. “Sʻhift” + F3 - shriftni registr xolatida oʻzgartirish

  41. “Sʻhift” + F7 - Soʻzga antonim yoki sinonim taklif etish(tezaurus)

  42. “Alt” + F8 - Makrosni ishga tushirish


Jadval ustida ishlash
  1. “Tab” - Bir katak oʻngga oʻtish

  2. “Sʻhift” + “Tab” - Bir katak chapga oʻtish

  3. “Ctrl” + “Tab” - tabulyatsiya belgisini oʻrnatish

  4. “Home” - Jadval boshiga oʻtish

  5. “Alt” + “Home” - Satrning birinchi katakchasiga oʻtish

  6. “End” - Jadval oxiriga oʻtish

  7. “Alt” + “End” - Satrning oxirgi katakchasiga oʻtish

  8. “Alt” + “PgUp” - Ustunning yuqori katakchasiga oʻtish

  9. “Alt” + “PgDn” - Ustunning qoʻyi katakchasiga oʻtish


Microsoft Excel tahrirlash dasturida “tugmachalar majmui”

yordamida amallar bajarish

1. Ctrl + N - Yangi jadvallar faylini yaratish

2. Ctrl + O, yoki Ctrl + F12, yoki Alt+Ctrl+F2 - Mavjud boʻlgan (ilgari yaratilgan) jadvallar faylini koʻrish yoki oʻzgartirish uchun ochish

3. Ctrl + W - Ekranda ochiq boʻlgan jadvallar faylini berkitish.

4. Ctrl + S, yoki Shift+F12, yoki Alt+Shift+F2 - Ekranda ochiq boʻlgan jadvallar faylini saqlash

5. Ctrl + P, yoki Ctrl+Sʻhift+F12 - Ekranda ochiq boʻlgan jadvallar faylini bosmaga chiqarish

6. Ctrl + Z, yoki Alt + Backspace - oxirgi bajarilgan harakatni bekor qilish (orqaga qaytish)

7. Ctrl + Y, yoki F4, yoki Alt + Enter - Bekor qilingan harkatni qaytarish (oldinga qaytarish)

8. Ctrl + X, yoki Shift +Delete - Tanlab olingan jadval qismi nusxasini xotiraga koʻchirib (qirqib) olish.

9. Ctrl + C, yoki Ctrl + Insert, yoki Ctrl + Num 0 - Tanlab olingan jadval qismi nusxasini xotiraga olish

10. Ctrl + V, yoki Shift + Insert, yoki Shift+Num 0 - Xotirada joylashgan jadval qismini chiqarib kursor turgan joyiga qoʻyish

11. Ctrl + A, yoki Ctrl + Num5 - Butun jadvalni tanlash

12. Ctrl + F - Butun jadvalda biror bir soʻz yoki jumlani izlash

13. Ctrl + H - Butun jadvalda biror bir soʻz yoki jumlani topib uning oʻrniga boshqa soʻz yoki jumla bilan almashtirish

14. Delete - Tanlab olingan jadval qismi yoki kursordan oʻng tomonda joylashgan belgilarni oʻchirish

15. F7 - Butun jadvalni imlo xatolarini tekshirish

16. Sʻhift + F7 - Tanlangan soʻzning sinonimlarini topish

17. F12 - Ekranda ochiq boʻlgan faylni qayta nomlash

18. Alt + Ctrl + I - Bosmaga tayyorlangan jadvalni sahifaga joylashishini oldindan kOʻrish.

19. Ctrl + E - Matnni (kursor turgan abzasni) markaz boʻyicha tekislash

20. Ctrl + L - Matnni (kursor turgan abzasni) chap chegara boʻyicha tekislash

21. Ctrl + R - Matnni (kursor turgan abzasni) oʻng chegara boʻyicha tekislash

22. Ctrl + J-Matnni (kursor turgan abzasni) ikkala chegara boʻyicha tekislash

23. Ctrl + B, yoki Ctrl + Shift + B - Qalin harflar holatiga oʻtish yoki undan chiqib ketish

24. Ctrl + I, yoki Ctrl + Shift + I - Kursiv (yotik) harflar holatiga oʻtish yoki undan chiqib ketish

25. Ctrl + Shift + D - Ikkita chiziqli harflar holatiga oʻtish yoki undan chiqib ketish

26. Ctrl + U - Chiziqli harflar holatiga oʻtish yoki undan chiqib ketish

27. Ctrl + Shift + F - Harflar shaklini (shriftini) oʻzgartirish

28. Ctrl + Shift + P - Harflar kattaligini Oʻzgartirish

29. Ctrl + D - "Format shrifta" ga tegishli menyu boʻlimini ochish

30. Ctrl + Shift + ~ - Sonli maʻlumotlar turini oʻrnatish

31. Ctrl + Shift + $ - Pulli maʻlumotlar turini oʻrnatish

32. Ctrl + Shift + % - Protsent maʻlumotlar turini oʻrnatish

33. Ctrl + Shift + ^ - Eksponensial turini oʻrnatisʻh

34. Ctrl + Shift + @ - Vaqt maʻlumotlar turini oʻrnatish

35. Ctrl + Shift + ! - Verguldan keyin 2 sonli maʻlumotlar turini oʻrnatish

36. Ctrl + Shift + = - Xona, satr, yoki ustunni qoʻshish

37. Shift + F11, yoki Alt+Shift+F1 - Yangi varaqa qoʻshish

38. Alt + Enter - Bitta xona ichida bir necha satr boʻlishni taʻminlash

39. F2 - Xonani ichini tahrirlash

40. F11 - Diagramma yaratish

41. Ctrl + 0 - Ustunni koʻrinmas qilish

42. Ctrl + 9 - Satrni koʻrinmas qilish

43. Shift + Ctrl + 0 - Ustunni koʻrsatish

44. Shift + Ctrl + 9 -Satrni koʻrsatsih

45. Ctrl + probel tugmasi - Butun ustunni guruhga olish

46. Shift + probel tugmasi - Butun satrni guruhga olish

47. Ctrl + Shift + * - Jadvalni guruhga olish

48. Ctrl + F6, yoki Alt + F6 - Boshqa aktiv dokument oynasiga oʻtish

49. Ctrl + Sʻhift + F6 - Hamma aktiv dokument oynalarini koʻrish

50. Shift + strelka - Guruhga olish (belgilarga tegishli)

51. Ctrl + Sʻhift + strelka - Guruhga olish (soʻzlarga tegishli)

52. Shift + Home yoki End - Satr boshigacha yoki oxirigacha guruhga olish

53. Ctrl + Shift + Home yoki End - Dokument boshigacha yoki oxirigacha guruhga olish

-75%
Курсы повышения квалификации

Профессиональные требования к няне (помощнику воспитателя) в условиях реализации ФГОС дошкольного образования

Продолжительность 72 часа
Документ: Удостоверение о повышении квалификации
4000 руб.
1000 руб.
Подробнее
Скачать разработку
Сохранить у себя:
“Rahbarning shaxsiy axborot maydonini loyihalash” (18.14 MB)

Комментарии 0

Чтобы добавить комментарий зарегистрируйтесь или на сайт