Меню
Разработки
Разработки  /  Технология девочки  /  Классные часы  /  9 класс  /  Qo'g'irchoq andozasini tayyorlash

Qo'g'irchoq andozasini tayyorlash

11.04.2020

Содержимое разработки

O’zbekiston Respublikasi

ХalQ ta’limi vazirligi



nAMANGAN VILOYAT

xALQ TA`LIM BOSHQARMASI

NAMANGAN TUMAN XALQ TA`LIMI

BO`LIMIGA QARSHLI

11- UMUMIY O`RTA TA`LIM MAKTABI

TEXNOLOGIYA FANI O`QITUVCHISI

rahmonova asilaNING


Qo‘g‘irchoq andozasini tayyorlash, andozani gazlama, ustiga joylashtirish va bichish ” mavzusida

1 soatlik









Namangan – 2020 yil


MAVZU: Qo‘g‘irchoq andozasini tayyorlash, andozani gazlama

ustiga joylashtirish va bichish.

Darsning maqsadi:

a) ta’limiy maqsad- o’quvchilarga qo’g’irchoq turlari haqida ma’lumot berish

b) tarbiyaviy maqsad: - o’quvchilarni milliy urf-odatlarga muhabbat ruhida tarbiyalash

c) rivojlantiruvchi maqsad:- qo’g’irchoq tikishga oid bilim va ko’nikmalarini kengaytirish

d) kasbga yo’naltiruvchi - xalq hunarmandchiligiga oid milliy

hunarlarimiz haqida ma’lumotlar berib,

shu hunarlarga o’quvchilarni qiziqtirish

Dars tipi: yangi bilimlar berish

Dars turi: nazariy va amaliy

Dars metodi: suhbat, tushuntirish, kichik guruhlarda ishlash, slaydlar

Darsning vazifasi: o’quvchilarni tikuvchilikka oid kasblarga qiziq-

tirish

Fanlararo bog’lanishi: matematika, tasviriy san`at , tarix, adabiyot

Dars jihozi: mavzuga oid rasmlar, ko’rgazmalar, milliy qo’g’irchoqlar,

gazlama, andoza uchun qog’oz yoki klyonka, chizg’ich,

TM va 2M qora qalam, o’chirg’ich, ish qutichasi


Dars taqsimoti


I.Tashkiliy qism

10

II.O’tilgan mavzuni mustahkamlash, baholash

10

III.Yangi mavzu bayoni

15

IV.Amaliy mashg’ulot

35

V.Dam olish daqiqasi: ” Qo’g’irchoq “ ashulasi

5

VI. Yangi mavzuni mustahkamlash, baholash

10

VII. Darsni yakunlash, uyga vazifa berish

5


Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism.

a) o’quvchilar bilan salomlashish

b) navbatchi orqali davomatni aniqlash

c) o’quvchilarni darsga jalb qilish, darsga tayyorgarligini tekshirish

d) o’quvchilarni guruhlarga bo’lish

e) siyosiy daqiqa : 9- aprel ” Sohibqiron A.Temur “ tavallud

topgan kunining ____ yilligi haqida suhbat.

” BIZ KIM - MULKI TURON,

AMIRI TURKISTONMIZ.

BIZ KIM - MILLATLARNING

ENG QADIMI VA ENG ULUG’I

TURKNING BOSH BO’G’INIMIZ.“

AMIR TEMUR

II.O’tilgan mavzuni mustahkamlash va baholash.

1.Yumshoq o’yinchoq deb nimaga aytiladi?

2.Qo’g’irchoqni tikish uchun qanday materiallar kerak bo’ladi?

3.Birinchi navbatda qo’g’irchoqning qaysi bo’lagi tayyorlab olinadi?

4.Qo’g’irchoq tikishda kashta turlaridan ham foydalaniladimi?

5.Xavfsizlik texnikasi qoidalarini bilasizlar-mi?



III.Yangi mavzu bayoni.

Qo‘g‘irchoqni tikish uning andozasini tayyorlashdan boshlanadi. Qo‘g‘ir- choqning andozasi (1-rasm) da keltirilgan. Bu andozani tayyorlash uchun rasmda keltirilgan andoza ustiga ixtiyoriy kattalikdagi o‘zaro teng kvadratlardan chiziladi. Bunda kvadratlar qancha mayda bo’lsa, bezakning nuqtalari shunchalik aniq ko‘chiriladi va konturlarining nusxasi ham oson chiziladi. Millimetrli qog'oz yoki toza qog‘ozga buyum kattaligiga to‘g‘ri keladigan to‘g‘ri to‘rtburchak chizib, uni bezakdagi kvadratlar soni qancha bo‘lsa, shuncha kvadratlarga bo’linadi (1-rasm).

1-rasm.Qo’g’irchoq andozasi.


Agar qo‘g‘irchoq andozasi kattalashayotgan bo‘lsa, bu kataklar nusxa-dagi kataklardan katta bo‘lib., andoza kichiklashayotgan bo‘lsa, bu kataklar asl nusxadagidan kichik bo‘lib chiqadi. Shundan keyin kataklar bo‘yicha asl nusxadagi bezak gulining asosiy nuqtalari toza to‘rga ko‘chiriladi. Bu nuqtalar ravon chiziq bilan ehtiyotlab birlashtirib andozani kattalashtirilgan yoki kichiklashtirilgan nusxasi hosil qilinadi. Rasm nuqtalarini oson topish uchun chizilgan to‘rning ikki tomoniga raqamlar qo‘yiladi. Yuqoridagi ishlar bajarilgach qo'girchoqning quyidagi andozalari hosil bo’ladi:

1. Tana qismi - 2 dona bichiladi.

2. Qo‘g‘irchoqning oyog‘i - 2 dona.

3. Qo‘g‘irchoqning qo‘li - 2 dona.

4. Qo‘g‘irchoqning kavushi - 2 dona.


IV.Amaliy mashg’ulot.

Asbob va moslamalar: yumshoq karton, ochiq rangdagi (kavushi uchun qora rangdagi) sidirg‘a gazlama bo‘laklari, igna, gazlama rangidagi g‘altak ip, qaychi, angishvona, chizg‘ich, mayda to‘g‘nag‘ichlar.

Ishning tartibi. Qo‘g‘irchoq detallari ko‘rsatilgan sonlar miqdorida ochiq rangdagi (kavushi uchun qora rangdagi) sidirg‘a gazlamadan bichib olinadi va uning tana qismi tikib tayyorlanadi. Qo‘g‘irchoqning tana qismi tayyor bo‘lgach, shu o‘lchamdagi ko‘ylak andozasi tay­yorlanadi. Uning andozasi va gazlamaga joylashtirilishi 2-rasmda keltirilgan. Ko‘ylak andozasi ham qo‘g‘irchoqning tanasi kabi tay­yorlanadi.


2-rasm. Ko‘ylak andazasi va uni gazlamaga joylashtirilishi


Qo‘g‘irchoqning tana qismi quyidagicha tayyorlanadi:

1.Qo‘g‘irchoq tanasining bosh qismida 4 ta 3 sm. li vitachkalar gazla-

maning teskari tomonidan belgilanadi va tikib olinadi.

2.Qo‘g‘irchoqning yuz qismida o‘ng tomondan qosh, ko‘z va og‘iz

o‘rnilari belgilanadi.

3.Qo‘g‘irchoqning tana qismi detallarini o‘ngini o‘ngiga qaratib, atrofi-

dan 0,5 sm. li chok uchta tomonidan tikib chiqiladi. Bo‘yin qis­mida

ozgina kertim (ochiq joy qoldiriladi) berilib tana qismi o‘ngiga ag‘-

dariladi va ichi sintefon bilan to‘ldiriladi. Chok haqi ko‘rinmas chok

bilan tikib qo‘yiladi.

4.Qo‘g‘irchoqning oyogi va qo‘llarini ham o‘ngini ichkariga qa­ratib

3 ta tomonidan tikib chiqiladi, ichi to‘ldiriladi va tana qismiga ulab

qo‘yiladi.

5.Kavushini ikkiga bukilib tovon qismi tikiladi, ichi to’ldirilib oyoq

uchlariga biriktirib qo‘yiladi.

6.Qo‘g‘irchoqning yuz qismi kashta bilan tikib bezatiladi va sochi

qora jun ipdan tayyorlanib, boshiga tikib yoki yelimlab yopishtiriladi.


V. Dam olish daqiqasi : ”Qo’g’irchoq” ashulasi.


VI. Yangi mavzuni mustahkamlash va baholash.

1.Qo‘g‘irchoqning tana qismi uchun qanday gazlama bo‘laklari kerak

bo‘ladi?

2.Qo‘g‘irchoqning tana qismi qanday detallardan iborat?

3.Har bir detal qanday nomlanadi va nechtadan bichiladi?

4.Qo‘g‘irchoqning tana qismi qanday bosqichlarda tikiladi?

5.Kim o’zi mustaqil qo’g’irchoq tikib ko’rgan?


O’quvchilarni tayyorlagan ishlarini tekshirish, savol-javobdagi ishtirok etganliklariga qarab baholash va ko’p baho olgan guruhlarni rag’batlan-tirish.


VII.Darsni yakunlash. uyga vazifa berish.

Uyda milliy qo’g’irchoq turlaridan chizib, mavzuga oid ma’lumotlar o’rganib kelish. Ish o’rnini yig’ishtirib, tartibga keltirib qo’yish.




-80%
Курсы дополнительного образования

История моды

Продолжительность 72 часа
Документ: Cвидетельство о прохождении курса
4000 руб.
800 руб.
Подробнее
Скачать разработку
Сохранить у себя:
Qo'g'irchoq andozasini tayyorlash (1.56 MB)

Комментарии 0

Чтобы добавить комментарий зарегистрируйтесь или на сайт

Вы смотрели