Andijon viloyati Asaka tuman XTB 11-umumiy o’rta ta’lim maktabi biologiya fani muallimasi Karimova Zumradxon Isroildjonovnaning
6-sinf o’quvchilari bilan o’tkazilgan “Oltin toj” ssenariysi.
Mavzu: O’simliklar dunyosiga sayohat.
Tadbirning maqsadi:
1.O’quvchilarning biologiya fani bo’yicha bilimlarini tekshirish.
2. O’quvchilarning biologiyaga oid bilimlarini oshirish.
3. O’quvchilarning biologiya faniga bo’lgan qiziqishlarini oshirish.
Tanlovning blok sxemasi.
t/r | Tanlov bosqichlari | Vaqti |
1. | Ishtirokchilarni tanishtirish | 5 daqiqa |
2. | Tezkor savollarga tezkor javoblar | 10daqiqa |
3. | Mozaika o’yini | 3 daqiqa |
4. | Biologik tushunchalarni izohlash | 5 daqiqa |
5. | Kim chaqqon | 7 daqiqa |
6. | “O’simlikni tiklayman” o’yini | 5 daqiqa |
7. | Musiqali tanaffus | 3 daqiqa |
Tadbirga 6 nafar o’quvchini tanlab olinadi.Ularga tanlov topshiriqlari beriladi va savollar bilan tanishtiriladi.Tadbirni suxondonlar ishtirokchilarni tanishtirish bilan boshlanadi.
1.Qosimova Gulsanam -6 “A” sinf o’quvchisi.matematika,ona-tili,biologiya faniga qiziqadi.Bo’sh vaqtida qo’shiq aytishni yoqtiradi.
2
2. Kimsanboyev Muxammadzohid -6”A” sinfda o’qiydi.matematika,informatika fanlariga qiziqadi,asosi hobbiysi gandbo’l o’ynash.
3. Baxodirova Saidaxon – 6 “A” sinfda o’qiydi.Tarix,biologiya,fizika fanlariga qiziqadi.Bo’sh vaqtlarini kitob mutoola qilish bilan o’tkazadi.
4. Xakimjonov Axmadillo -6”A” sinfda o’qiydi.Biologiya.informati-ka fanlariga qiziqadi.Bo’sh vaqtida sport bilan shug’ullanadi.
5. Qobulova Zulfiyaxon -6”A” sinfda o’qiydi.Adabiyot faniga juda qiziqadi.Asosan she’r yozishga qiziqadi.
6. Maxmudjonov Jaloldin -6”A” sinfda o’qiydi.Biologiya,tarix,rus tili faniga qiziqadi.Bo’sh vaqtlarida futbol o’ynashni yaxshi ko’radi.
I-SHART. Tezkor savollarga tezkor javoblar.
Har bir ishtirokchiga 3 tadan savol beriladi.
Biologiya fani nimani o’rganadi?
Biologiya darslik kitobining avtori kim?
Ekologiya so’zining ma’nosi qanday?
Tabiat necha xil bo’ladi?
Barg necha xil?
Vegetativ so’zining ma’nosi nima?
Murakkab barg deb nimaga aytiladi?
Generativ so’zining ma’nosi nima?
Oddiy barg deb nimaga aytiladi?
Hujayra qayerda bo’ladi?
1665 yilda ingliz fizigi R.Guk nimani kashf etgan?
Hujayra organoidlarini ayting?
Tuzilishi va bajaradigan ishi o’xshash bo’lgan hujayralar yig’indisi nima deyiladi?
Gul qismlarini ayting? 3
Hosil qiluvchi,asosiy,qoplovchi,mexanik,o’tkazuvchi,ajratuvchi to’qimalar qaerda bo’ladi?
Dorivor o’simliklardan aytib bering?
Osh piyozda ko’zni achishtiruvchi qanday modda bor?
Turpning foydali tomonlarini ayting?
1-shartdan keyin 1-o’quvchi chiqib ketadi,ishtirokchilar soni bittaga kamayadi.
II-SHART. Mozaika o’yini.
Mozaika o’yininig texnologiyasiga ko’ra harflar yordamida o’quvchilar biologic atamalarni hosil qiladilar.Hamda izolaydilar.Ishtirokchilarni qancha atama topa olishiga qarab baholanadi.
Atamalar.
Barg
Novda
Gul
Kurtak
Meva
Ildiz
To’qima
Changchi
Urug’don
Buta
Daraxt
Hujayra
Poya
4
Aaa
Shunday shakllardan foydalanish mumkin,bularning ichiga harflar yoziladi.
2 –shartdan keyin ishtirokchilar soni yana bittaga kamayadi.
III – SHART. Biologik tushunchalarni izohlash.( 1 daqiqa ichida)
Ishtirokchilarga stolustiga teskari qilib qo’yilgan biologic tushunchalar yozilgan kartochkalarni oladilar. 1 daqiqa ichida qaysi ishtirokchi ko’proq tushunchalarga ta’rif bersa,o’sha ishtirokchi g’olib bo’ladi.
Biologik tushunchalar.
Biologiya – Hayot haqidagi fan
To’qima – Tuzilishi va vazifasi o’xshash bo’lgan hujayralar yig’indisi.
Gul – O’simlikning ko’payish o’rgani.
Flora –O’simliklar dunyosi
Fauna – hayvonot dunyosi
Gk Gt Ch –U – nimani izohlaydi
Sitologiya – Hujayrani o’rganuvchi fan
Qizil kitob – Yo’qolib borayotgan o’simlik,hayvonlar kiritilgan kitob
Gerberiy – O’simlikning quritilgan ko’rgazmasi
Urug’ – ko’payish qismi
Biologiya darsligi – O’simliklarni o’rgatuvchi manbaa
Tuproq – O’simlikni o’sadigan omil 5
3-shartdan eng kam ball to’olagan ishtirokchi tark etadi.
IV –SHART. “Kim chaqqon”
Mevalar,o’simliklar,aks ettirilgan rasmlarni teskari qilib stol ustiga qo’yiladi.Ishtirokchi tanlab oladi,yana mevalardan namunalar qo’yiladi.ko’zi bog’langan holda ularni nomini aytishadi va berilgan oq qog’ozga ko’zi berkitilgan holda chizadilar.
IV-shartdan keyin 2 ishtirokchi qoladi.
V – SHART. “O’simlikni tiklayman “ o’yini
Yuqorida quyosh rasmi tasvirlanadi.Ushbu quyoshga kim birinchi bo’lib o’z o’simligini quyoshga olib chiqishi kerak bo’ladi.Fotosintez jarayoni bo’lishi kerak.Gul qismlarini tartib bilan joylashtirishlari kerak bo’ladi.
6
Ushbu tanlovda g’olib bo’lgan ishtirokchiga “Faxriy yorliq” va shu bilan irgalikda fan oyligida o’tkazilgan tadbirda maktabning “Oltin toj”I (ramziy) kiydiriladi.Hamda maktabning tabiatni asrash “Shox”i deb e’lon qilinadi.
7