Меню
Разработки
Разработки  /  Биология  /  Уроки  /  8 класс  /  Ochiq dars ishlanma: Vitaminlar

Ochiq dars ishlanma: Vitaminlar

Vitaminlar haqida ochiq dars mashg'uloti
04.04.2020

Содержимое разработки

Kattaqo’rg’on shahar 2 – umumta’lim maktab

Xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va ta shkil etish bo’limi tasarrufidagi

2 – umumta’lim maktabi biologiya fani o’qituvchisi

Inatov Azizning

Odam va uning salomatligi fanidan bir soatlik ochiq






Mavzu: V i t a m i n l a r



1.

Darsning maqsadi

1.Ta'limiy maqsad:Inson hayot faoliyatini ta'minlovchi biologik faol moddalar bilantanishish.

2.Tarbiyaviy maqsad:Shaxsiy salomatliklari haqida o'zlari qyg'urishlari, zarurligini o'zlari his etish,axloqiy va estetik tarbiya berish 3.Rivojlantiruvchi maqsad:.Darslik bilan ishlash ko'nikmalarini ,o'z fikrlarini asoslablab berish ,ijodiy fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirish

2.





O'quv jarayonini tashkil etish texnologiyasi.


.

1.Darsning shakli: Noananaviy,ko'rgazmali,hamkorlikda ishlash.

2.Darsning metodlari:

1.` Blits so'rov

2.Biologik savol

3.Test savollari

4.ortiqchan so'zni toping

5.Xotira mashqi

3.Darsning jihozlanishi:

4. Darsning usuli: 5.Baxolash reyting tizimi.

3.

Darsning mazmuni:


Suvda va yog'da eruvchi vitaminlar, singa, beri-beri,avitaminoz, raxit, asedoz kabi kasalliklarning kelib chiqishi.


4.

Kutiladigan natijalar.

O'qituvchi faoliyati.

O'quvchi faoliyati.


Mavzuga oid yangi ma'lumotlarni o'quvchilarga yetkazishda yangi texnologiyalardan foydalanish.

Vitaminlarning odam organizmidagi roli haqida muhim ma'lumotlarga ega bo'ladilar.







Darsning texnologik bosqichlari.

N

Darsning bosqichlari.

Vaqt

(minut)

O'qituvchi faoliyati

O'quvchi faoliyati

1.

Tashkiliy qism

3

1) Sinfni darsga tayyorlaydi

2) Salomlashadi

3) Davomatni aniqlaydi

4)Ko'rgazmali qurollarni darsga tayyorlaydi


1) Salomlashadi

2) Darsga tayyorlanadi







2

O'tilgan mavzuni so'rash va xulosalash

15

O'qituvchi o'tilgan mavzuni 3 ta metod yordamida so'rab oladi.

1.Aqliy hujum metodi

2).otiqcha so'zni toping,

3.Tushunchalar tahlili metodi

o'quvchilarning bergan javoblarini xulosalaydi, yakunlaydi va yangi mavzuning nomini aytadi.

O'quvchilar nazorat topshiriqlariga faol qatnashishga harakat qiladilar.Nazorat topshiriqlarini bajaradilar ,natijalari bilan tanishadilar.


3

Yangi mavzuning bayoni

15

Ko'rgazmali og'zaki va suhbat usulida tushuntiriladi

Reja


O'qituvchi ma'ruzasini tinglaydi va kerakli ma'lumotlarni daftarga yozishadi.








4

Yangi mavzuni mustahkamlash

10

O'qituvchi o'quvchilarga yangi mavzu yuzasidan ozlashtirilgan bilimlarini 2 ta nazorat baxo bilan baxolaydi.

1) jadval bilan ishlash

2)xotira mashq

3.test topshiriqlari

O'quvchilar berilgan nazoratlarni yozadilar va bajaradilar.








5

Darsni yakunlash

2

1) Xulosa qilinadi

2) Uyga vazifa beriladi

3) O'quvchilarni darsda erishgan natijalari izohli e'lon qilinadi.

4)baholash.

1) Yangi mavzu o'qituvchi yordamida xulosalaydi

2) Olgan baxolari bilan tanishadilar

3) Natijalarni kundalik daftarga qo'ydiradilar

3.Bosqich : Otilgan mavzuni so'rash va xulosalash.

1-guruh

Blits savollar .

1.Moddalar almashinuvi deb ninaga aytiladi?

2.Oqsillar nimalardan tuzilgan ?

3. Makroelementlarga misol keltiring?

2-guruh

1.Qaysi jarayon ayniqsa yoshlarning o’sishi va rivojlanishini ta’minlaydi?

2.Sifatli oqsillarga ega mahsulotlarni ayting?

3.Mikroelmentlarga misol keltiring?

3-guruh

1.Moddalarning parchanishi va yemirilishi jarayoniga nima deyiladi?

2.Sifatsiz oqsillar qysi o’simlik mahsulotlari tarkibida uchraydi?

3.Shirinliklar tarkibida qaysi organik moddalar ko’p bo’ladi?

4-guruh

1.Organizmda oddiy kimyoviy moddalardan murakkab kimyoviy moddalar hosil bo’lishiga nima deyiladi?

2.Odam me’yorida ovqat iste’mol qilib , suv ichmasa tana massasining necha foizi kamayguncha yashaydi?

3.Muskullar faoliyati uchun zarur energiya manbai qaysi organik moddalar hisoblanadi?




Y angi mavzu bayoni.

Mavzu:Vitaminlar haqidagi ta’limot – vitaminologiya hozirgi vaqtda mustaqil fan tarmog’idir. Vaholanki, bundan 100 yil oldin organizmning normal hayot kechirishi uchun oqsil, uglevod va yog’lar, mineral moddalar va suvning qabul qilinishini yetarli deb hisoblaganlar.. Lekin amaliyot va tajribalarning ko’rsatishicha, organizmning normal rivojlanishi va o’sishi uchun bu moddalarning o’zi yetarli emas ekan. Ovqat tarkibida qandaydir moddalarning yetishmasligi bilan sodir bo’ladigan kasalliklar epidemik xarakterga ega bo’lgan. XIX asrda singa kasalligidan letal holatlar 70-80% ga yetgan. Ayni shu vaqtda “beri-beri” kasalligi Janubi-Sharqiy Osiyo va Yaponiya davlatlarida keng tarqaldi. Yaponiyaning 30% ga yaqin aholisi shu kasallikka chalingan. Yapon shifokori K.Takaki go’sh, sut va yangi sabzavotlarda “beri-beri” kasalligini oldini oladigan modda bor, degan xulosaga kelgan. Keyinchalik golland shifokori K.Eykman Yava orolida ishlab, u yerning aholisi asosan tozalangan guruch bilan ovqatlangani, tovuqlarga ham tozalangan guruch berilganda odamlardagi kabi “beri-beri” kasaliga o’xshagan turining rivojlanishini ko’rsatib bergan. K.Eykman tovuqlarni tozalanmagan guruch bilan boqishganda, ularning sog’ayishini kuzatgan. Bu ma’lumotlar asosida guruch po’stlog’ida davolash xususiyatiga ega bo’lgan noma’lum modda bor degan xulosaga kelgan. Haqiqatan ham, guruch po’stlog’ida odan organizmidagi normal hayotni ta’minlaydigan moddalar borligini isbotlab berdi. Vitaminlar haqidagi ta’limotning rivojlanishi N.Lunin nomi bilan ham bog’liqdir. Olim ovqat tarkibida oqsil, uglevod, yog’, tuz va suvdan tashqari hayot uchun zarur bo’lgan almashtirib bo’lmaydigan qandaydir noma’lum modda bor, degan xulosaga kelgan. K.Funk birinchi bo’lib kristall holda ajratib olingan “beri-beri” kasalligi rivojlanishining oldini olgan organik moddani topgan va o’z tarkibida aminoguruhlarni saqlagani uchun bu noma’lum moddalarni “Vitaminlar” deb atashni taklif etgan (lat. vita – hayot deganidir). Darhaqiqat, vitaminlarning ko’pchiligi o’zining tarkibida aminoguruhlarni saqlamasa ham “vitaminlar” deb nomlanishi biologiya va tibbiyotda mustahkam 
Vitaminlar shartli ravishda vitaminlar va vitaminsimon moddalarga bo’linadi. Vitaminsimon moddalar biologik xossalari bilan vitaminlarga o’xshaydi, lekin odatda ko’p miqdorda talab etiladi. Hamma organizmlar uchun bir birikmaning o’zi vitamin bo’lib hisoblanmaydi. Masalan, askorbin kislotasi odam va dengiz cho’chqasi uchun vitamin hisoblanadi, chunki ularda sintezlanmaydi, kalamush quyon va itlar uchun esa askorbin kislotasi vitamin hisoblanmaydi, chunki u bu hayvonlarning to’qimalarida sintezlanadi.
Odam organizmida ovqat va ichak bakteriyalari vitaminlar manbai hisoblanadi. Ichak b akteriyalari ko’p vitaminlarni o’zlari sintezlaydilar va vitaminlarning organizmga tushishida muhim manba hisoblanadi.
Eruvchanligiga qarab yog’da va suvda eriydigan vitaminlar tafovut etiladi.
I. Suvda eruvchan vitaminlar:B1 vitamini – tiamin, antinevrit.B2 vitamini – riboflavin, o’sish vitamini.B6 vitamini – piridoksin, antidermatin, aderminB12 vitamini – kobalamin, antianemik.PP vitamini – niatsin,nikotinamid, antipellagrik.Bc vitamini – folat kislota, antianemikB3 vitamini – pantotenat kislota, ntidermatit. H vitamini – biotin, antiseborrit, bakteriyalar va achitqi o’sish omili.C vitamini – askorbin kislota, apillyarlarni mustahkamlovchi.II. Yog’da eruvchan vitaminlar:A vitamini – retinol, antikseroftalmik.D vitamini – kaltsiferol, antiraxitik.E vitamini – tokoferollar, antisteril, ko’payish vitamini.K vitamini,naftaxinon,antigemorragik.


4.Yangi mavzuni mustahkamlash

3.Nazorat topshirig'i : Jadval bilan ishlash metodi.

Vitaminlar

A

B1

C

D

K

PP

Bu vitamin markaziy nerv sistemasida qo'zg'lish va tormozlanish jarayonlarini normal o'tishida muhim o'rin tutadi.







Organizmda bu vitamin yetishmasa ko'rish o'tkirligi pasayadi.







Organizmda kalsiy va fosfor almsinuvi normal o'tishida ishtirok etadi.







Nikotin kislota debham aytiladi.







Odamning aqliy faoliyati yaxshi bo'lishida muhim o'rin tutadi.







Bu vitamin ho'l mevalar, ko'katlar va sabzavotlarda ko.'p bo'ladi.







Bu vitamin yetishmaganda ichak ,buyrak va jigarda kaslliklar paydo bo'ladi.







Hayvon va odam organizmining o'sishi va rivojlanishida muhim ahamiyatga ega .















4.Nazorat topshirigi.Bingo o'yini

Avitaminoz

Beri- Beri

Singa

Raxit

Gipovitaminoz

Gipervitaminoz

Anemiya

Asedoz

Botulizm



1.Organizmda vitaminlarning ortib ketishi tufayli yuzaga keluvchi kasallik.

2.Bu vitamin yetishmasligi tufayli ayniqsa yosh bolalarda suyaklar egiluvchan va mo'rt bo'lb qoladi.

3.Bu kasallik odamda tez charchash ,umumiy holsizlik, milklarning shishib bo'shashib qolishi va tishlarni qonashi orqali kuzatiladi.

4.Bu kasallikda C va E vitamini normal ishlashi to'xtaydi,jigarda yog'moddasi vqon tomirlarda esa xolesterin ko'payadi.

5.Bu kasalikda nerv sistemasidagi o'zgarish oqibatida nerv tolalari falajlanadi,

terida sezuvchanlik oldiniga kuchayadi, so'ngra yo'qoladi.

6.Organizmda vitamin mutlaqo yo'qolib ketsa kelib chiqadigan kasallik.

7.Qon tarkibidagi eritrotsitlarning va ular tarkibidagi gemoglabinning kamayishi

tufayli yuzaga keluvchi kasallik.

8.Eskirgan taomlarni iste'mol qilish tufayli yuzaga keluvchi kasallik.

9.Organizmda vitamin miqdorining kamayishi tufayli yuzaga keladi.

5.nazorat topshirig'i. Xotira mashqi.



O'quvchilarni baholash: Dars davomida faol qatnshgan oquvchilarni baholash va taqdirlash.

Uyga vazifa: Vitaminlar mavzusini o'qib ,savollarga javob topish, AKT dan foydalanib mavzu bo'yicha yangi ma'lumotlar topish,savol kartochkalari va krasvordlartuzib kelish









Xulosa

O 'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risidagi" Qonuni, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi " talablari asosida ta'lim tizimida ro'y berayotgan o'zgarishlar umumiy o'rta ta'lim maktablardagi boshqa o'quv fanlari qatori biologiya o'quv fanining o'qitilishini tubdan yangilashni talab etmoqda.

Biologiya darslari o'quvchilarning ilmiy dunyoqarashining rivojlanishiga ,ma'naviy,axloqiy madaniyatini shakllantirishga ,ekologik tarbiyasini oshirishga ,ularni kasbga yo'naltirish va amaliy hayotga tayyorlashga yordam beradi.

Ochiq dars ishlanmasida

1.Blits so'rov metodi.

2.Moychechak metodi.

3.Bingo o'yini

4.Jadval bilan ishlash metodlaridan foydalanildi.

5.Xotira mashqi metodi

Foydalanilgan adabiyotlar.

1.I .A.Karimov. "Yuksak ma'naviyat yengilmas kuch" asari.2008-yil.Manaviyat nashriyoti.

2.Uzviylashtirilgan Davlat Ta'lim standarti va o'quv dasturi.

"Toshkent-press" 2010-yil.

3.O.Mavlonov . Biologiya asoslari. Toshkent 2012 ."O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat milly nashriyoti.

4.B.Aminov , T.Tilavov , O.Mavlonov.Odam va uning salomatligi.Toshkent-2010."O'qituvchi" Nashriyot-Matbaa ijodiy uyi.

5.Maktabda biologiya jurnali .2011 yil .12-son

6.Maktabda biologiya jurnali .2009-yil. 11-son.

-80%
Курсы повышения квалификации

Организация и сопровождение олимпиадной деятельности учащихся

Продолжительность 72 часа
Документ: Удостоверение о повышении квалификации
4000 руб.
800 руб.
Подробнее
Скачать разработку
Сохранить у себя:
Ochiq dars ishlanma: Vitaminlar (663.66 KB)

Комментарии 0

Чтобы добавить комментарий зарегистрируйтесь или на сайт

Вы смотрели