Меню
Разработки
Разработки  /  Математика  /  Презентации  /  1 класс  /  O'quvchilarda og'zaki sanoqni shakillantirish usullari

O'quvchilarda og'zaki sanoqni shakillantirish usullari

1 sinf o'quvchilarini og'zaki xisobga o'rgatish usullari ta'limiy o'yinlari
06.04.2020

Содержимое разработки

 O’quvchilarda og’zaki sanoqni shakllantirish usullari  Ma’ruzachi:Kattaqo’rg’on shahar 17-IDUM boshlang’ich sinf o’qituvchisi  Abdullayeva Hilola

O’quvchilarda og’zaki sanoqni shakllantirish usullari Ma’ruzachi:Kattaqo’rg’on shahar 17-IDUM boshlang’ich sinf o’qituvchisi Abdullayeva Hilola

O’quvchilarda og’zaki sanoq malakalarini shakllantirish matematik tasavvur va tafakkurni shakllantirishga yordam beradi. Dastlab, 1-sinfda 8 soat mavzu “Narsalarning xossalari” o’rganiladi. Mavzularni o’rganish jarayonida dastlabki og’zaki hisob olib boriladi.

O’quvchilarda og’zaki sanoq malakalarini shakllantirish matematik tasavvur va tafakkurni shakllantirishga yordam beradi. Dastlab, 1-sinfda 8 soat mavzu “Narsalarning xossalari” o’rganiladi.

Mavzularni o’rganish jarayonida dastlabki og’zaki hisob olib boriladi.

      Narsalarning rangi, shakli.  Narsalarning o’lchamlari.  Ustida-ostida, chapda-o’ngda, yuqoridan-pastga, pastdan-yuqoriga.. , mavzularni o’tish jarayonida o’quvchilarni raqam va sonlar bilan tanishtirishda asos hisoblanadi. Masalan:  katta kub birinchi turibdi, kichik kub ikkinchi turibdi. Terak daraxti baland, sada daraxti pastroq. Katta kublar 4ta, kichik kublar 3ta. Daraxtlar 2ta.

Narsalarning rangi, shakli. Narsalarning o’lchamlari. Ustida-ostida, chapda-o’ngda, yuqoridan-pastga, pastdan-yuqoriga.. , mavzularni o’tish jarayonida o’quvchilarni raqam va sonlar bilan tanishtirishda asos hisoblanadi. Masalan: katta kub birinchi turibdi, kichik kub ikkinchi turibdi. Terak daraxti baland, sada daraxti pastroq. Katta kublar 4ta, kichik kublar 3ta. Daraxtlar 2ta.

Ustida-ostida, chapda- o’ngda, yuqoridan-pastga, pastgan-yuqoriga…. Bu mavzu 1dan 9gacha bo’lgan sonlarni bosma va yozma shakli bilan tanishtirishda asos hisoblanadi.

Ustida-ostida, chapda- o’ngda, yuqoridan-pastga, pastgan-yuqoriga….

Bu mavzu 1dan 9gacha bo’lgan sonlarni bosma va yozma shakli bilan tanishtirishda asos hisoblanadi.

Ko’p, kam, shuncha, …ta ortiq  Qiz bolalar 3 ta, o’g’il bolalar 1 ta.  Qizlar o’g’il bolalardan 2 ta ortiq.

Ko’p, kam, shuncha, …ta ortiq

Qiz bolalar 3 ta, o’g’il bolalar 1 ta.

Qizlar o’g’il bolalardan 2 ta ortiq.

 Narsalarning sanog’i va ketma-ketligi  O’quvchilar narsalar nomini aytadilar va sanaydilar. Masalan, 1 ta koptok, 2 ta echki, 3 ta choynak. Ketma-ketligi aniqlanadi. Avval nima turibdi? Anor nechanchi o’rinda?

Narsalarning sanog’i va ketma-ketligi

O’quvchilar narsalar nomini aytadilar va sanaydilar. Masalan, 1 ta koptok, 2 ta echki,

3 ta choynak. Ketma-ketligi aniqlanadi. Avval nima turibdi? Anor nechanchi o’rinda?

Sonning o’zidan oldingi son bilan birdan tashkil topishi. Masalan: 2+1=3  3 soni o’zidan oldin keladigan 2 soniga 1 ni qo’shish bilan tashkil topadi.

Sonning o’zidan oldingi son bilan birdan tashkil topishi. Masalan: 2+1=3

3 soni o’zidan oldin keladigan 2 soniga 1 ni qo’shish bilan tashkil topadi.

1 2 3 4 5 6 7 8 9 ham son,ham raqam hisoblanadi. Qolgan sonlar ushbu raqamlardan tashkil topadi. 13, 16,18, 19… Natural sonlar orasidagi bog’lanishlarni aniqlash. Masalan, 8 o’zidan oldingi sondan bitta ortiq, o’zidan keyin keladigan sondan bitta kam. 7 8 9

1 2 3 4 5 6 7 8 9 ham son,ham raqam hisoblanadi. Qolgan sonlar ushbu raqamlardan tashkil topadi. 13, 16,18, 19…

Natural sonlar orasidagi bog’lanishlarni aniqlash.

Masalan, 8 o’zidan oldingi sondan bitta ortiq, o’zidan keyin keladigan sondan bitta kam.

7 8 9

       Sonlarni ikkitalab sanash, teskari tartibda sanash, toq sonlar, juft sonlarga ajratish ham o’quvchilarning og’zaki hisob malakasini rivojlantiradi, hamda diqqati, xotirasi, tezkor fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi.O’quvchilarni bosma raqam va yozma raqam bilan tanishtirish ham o’quvchilarni og’zaki hisob malakasini rivojlantiradi. 10, 9,8,7,6,5,4,3,2,1 1,3,5,7,9 2,4,6,8,10

Sonlarni ikkitalab sanash, teskari tartibda sanash, toq sonlar, juft sonlarga ajratish ham o’quvchilarning og’zaki hisob malakasini rivojlantiradi, hamda diqqati, xotirasi, tezkor fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi.O’quvchilarni bosma raqam va yozma raqam bilan tanishtirish ham o’quvchilarni og’zaki hisob malakasini rivojlantiradi.

10, 9,8,7,6,5,4,3,2,1

1,3,5,7,9

2,4,6,8,10

      Birinchi sinfda og’zaki sanoqni mustahkamlashda ta’limiy o’yinlardan foydalanish mumkin.  “Jimjitlik”o’yini  O’qituvchi 4ta qo’g’irchoqni ko’rsatganda, o’quvchilar ovoz chiqarmasdan 4 raqamini ko’rsatadilar yoki o’qituvchi qo’lidagi sanoq cho’plarini o’ng qo’lidan chap qo’liga oladi. O’quvchilar ovoz chiqarmay sanab, raqamni ko’rsatadilar. O’qituvchi taxtachaga ketma-ket kvadratlarni qo’yadi, o’quvchilar raqamni ko’rsatadilar. Bu o’yin o’quvchilarda oddiy sanoq haqida tushunchalarni mustahkamlaydi, xayolda sanash ko’nikmasi hosil bo’ladi. Butun diqqat e’tiborlari topshiriqni bajarishga qaratiladi. O’qituvchi topshiriqni kim tez, kim sekin bajarayotganini aniqlab oladi.

Birinchi sinfda og’zaki sanoqni mustahkamlashda ta’limiy o’yinlardan foydalanish mumkin. “Jimjitlik”o’yini O’qituvchi 4ta qo’g’irchoqni ko’rsatganda, o’quvchilar ovoz chiqarmasdan 4 raqamini ko’rsatadilar yoki o’qituvchi qo’lidagi sanoq cho’plarini o’ng qo’lidan chap qo’liga oladi. O’quvchilar ovoz chiqarmay sanab, raqamni ko’rsatadilar. O’qituvchi taxtachaga ketma-ket kvadratlarni qo’yadi, o’quvchilar raqamni ko’rsatadilar. Bu o’yin o’quvchilarda oddiy sanoq haqida tushunchalarni mustahkamlaydi, xayolda sanash ko’nikmasi hosil bo’ladi. Butun diqqat e’tiborlari topshiriqni bajarishga qaratiladi. O’qituvchi topshiriqni kim tez, kim sekin bajarayotganini aniqlab oladi.

“ Qo’shnilaringni top” o’yini  Bu o’yinning maqsadi son bilan raqamning bir-biriga moslashuvi haqidagi tushunchani mustahkamlaydi. Masalan, 5 sonini o’qituvchi sonlar kassasidan olib taxtaga iladi va savol bilan murojaat qiladi: -buning ikkala qo’shnisini top. Doskaga chiqarilgan bolalar uning qo’shnilarini topadilar. O’qituvchi 2 va 6 raqamini qo’yib ular o’rtasidagi raqamlarni toping degan topshiriqni beradi. So’ngra o’quvchilar raqamlarni sanash usuli bilan topadilar. 4  5  6

Qo’shnilaringni top” o’yini

Bu o’yinning maqsadi son bilan raqamning bir-biriga moslashuvi haqidagi tushunchani mustahkamlaydi. Masalan, 5 sonini o’qituvchi sonlar kassasidan olib taxtaga iladi va savol bilan murojaat qiladi:

-buning ikkala qo’shnisini top. Doskaga chiqarilgan bolalar uning qo’shnilarini topadilar. O’qituvchi 2 va 6 raqamini qo’yib ular o’rtasidagi raqamlarni toping degan topshiriqni beradi. So’ngra o’quvchilar raqamlarni sanash usuli bilan topadilar.

4 5 6

Sanayver yoki hisoblashni  davom ettir! O’qituvchi rasmli ko’rgazmadan masalan, 6ta yong’oqni ko’rsatadi, o’quvchi shu sondan boshlab sanashni davom ettiradi. Bu o’yin orqali har qanday sondan boshlab sanash va uni davom ettira olish ko’nikmasi hosil bo’ladi.

Sanayver yoki hisoblashni davom ettir!

O’qituvchi rasmli ko’rgazmadan masalan,

6ta yong’oqni ko’rsatadi, o’quvchi shu sondan boshlab sanashni davom ettiradi. Bu o’yin orqali har qanday sondan boshlab sanash va uni davom ettira olish ko’nikmasi hosil bo’ladi.

“ Tramvay” o’yini  Bir o’quvchi 9 sonini ushlab turadi. Qolgan o’quvchilarga 1 dan 8 gacha bo’lgan raqamlar tarqatiladi. Ular 9 sonini hosil qilishi uchun birlashib tarmvayga minadilar.  Masalan, 7 bilan 2, 8 bilan 1.

“ Tramvay” o’yini

Bir o’quvchi 9 sonini ushlab turadi. Qolgan o’quvchilarga 1 dan 8 gacha bo’lgan raqamlar tarqatiladi. Ular 9 sonini hosil qilishi uchun birlashib tarmvayga minadilar.

Masalan, 7 bilan 2, 8 bilan 1.

 Har bir fidoyi o’qituvchi pedagogik faoliyati davomida o’z oldiga “Qanday qilib, qaysi usullar bilan?” degan savollar bilan izlanadi. Mashg’ulot samaradorligini oshiradi. O’quvchilarda og’zaki sanoqni shakllantirish :sonlar o’rtasida qo’shish va ayirish amallarini bajarish, matematik tasavvur va tafakkurni rivojlanishida yordam beradi.  O’z kasbining mohir ustasi bo’lgan ustoz- ma’rifat bog’imizda unib-o’sayotgan nihollarni a’lo darajada parvarishlaydi.

Har bir fidoyi o’qituvchi pedagogik faoliyati davomida o’z oldiga “Qanday qilib, qaysi usullar bilan?” degan savollar bilan izlanadi. Mashg’ulot samaradorligini oshiradi. O’quvchilarda og’zaki sanoqni shakllantirish :sonlar o’rtasida qo’shish va ayirish amallarini bajarish, matematik tasavvur va tafakkurni rivojlanishida yordam beradi.

O’z kasbining mohir ustasi bo’lgan ustoz- ma’rifat bog’imizda unib-o’sayotgan nihollarni a’lo darajada parvarishlaydi.

E’tiboringiz uchun,  rahmat!

E’tiboringiz uchun,

rahmat!

-75%
Курсы повышения квалификации

Использование табличного процессора в обучении математики

Продолжительность 36 часов
Документ: Удостоверение о повышении квалификации
3000 руб.
750 руб.
Подробнее
Скачать разработку
Сохранить у себя:
O'quvchilarda og'zaki sanoqni shakillantirish usullari (2.15 MB)

Комментарии 0

Чтобы добавить комментарий зарегистрируйтесь или на сайт