Меню
Разработки
Разработки  /  Дошкольное образование  /  Разное  /  Прочее  /  “maktabgacha taʼlimda sifat menejmenti”» ” oʻquv modulidan oʻquv — uslubiy majmua

“maktabgacha taʼlimda sifat menejmenti”» ” oʻquv modulidan oʻquv — uslubiy majmua

Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 16-dekabrdagi “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida” OʻRQ 595-son Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” PQ- 4312-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi “Maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 391-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi “Maktabgacha taʼlim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash toʻgʻrisida” 802-son qarori, Maktabgacha taʼlim vazirining 2020-yil 26-oktyabrdagi “Maktabgacha taʼlim xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 173-sonli buyrugʻi, Maktabgacha taʼlim vazirining 2021-yil 12-iyuldagi “Maktabgacha taʼlim tizimida uzluksiz metodik xizmat koʻrsatish ishlarini yanada rivojlantirish toʻgʻrisida” 128-sonli buyrugʻini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan.
Показать полностью
15.06.2023

Содержимое разработки


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MAKTABGACHA TAʼLIM VAZIRLIGI



MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTLARI DIREKTOR VA MUTAXASSISLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI


"TASDIQLAYMAN"

Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, oʻquv va metodik ishlar boʻyicha prorektori


____________ N.Sh.Abdullayeva

"_____" _____________ 2023-y.



MAKTABGACHA TAʼLIM MENEJMENTI” KAFEDRASI

MAKTABGACHA TAʼLIMDA SIFAT MENEJMENTI”»

OʻQUV MODULIDAN

OʻQUV — USLUBIY MAJMUA





Taʼlim turi:

Malaka oshirish




Malaka oshirish muddati:


1 oy (144 soat)










Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti Ilmiy kengashining 2022-yil 30-dekabrdagi 10-sonli qarori bilan maʼqullangan.




Tuzuvchi:


MTMRMQTMOI “Maktabgacha taʼlim menejmenti” kafedrasi katta oʻqituvchisi G.N.Nigmatova


Taqrizchilar:


MTTDMQTMOI “Maktabgacha taʼlim menejmenti” kafedrasi pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) F.Valiyeva



Oʻzbekiston respublikasi moliya vazirligi huzurida moliya organlari hamda byudjet tashkilotlarining moliya-hisob boʻlinmalari xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash oʻquv markazi “Davlat moliyasi” kafedrasi katta oʻqituvchisi Ilxomov B.





Malaka oshirish toifasi: Maktabgacha taʼlim tashkiloti direktori










MUNDARIJA

  1. KIRISH 4

  2. TEXNOLOGIK HARITASI 6

  3. MAʼRUZA MATN VA OʻQUV MATERIALLAR 7

  4. OʻZ-OʻZINI TEKSHIRISH UCHUN TEST SAVOLLAR 23

  5. ADABIYOT VA MANBALAR ROʻYXATI 24

  6. TARQATMA MATERIALLAR 25

VII. ATAMALAR IZOHLI LUGʼATI 28

I. KIRISH

Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 16-dekabrdagi “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida” OʻRQ 595-son Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”
PQ- 4312-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi “Maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 391-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi “Maktabgacha taʼlim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash toʻgʻrisida” 802-son qarori, Maktabgacha taʼlim vazirining 2020-yil 26-oktyabrdagi “Maktabgacha taʼlim xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 173-sonli buyrugʻi, Maktabgacha taʼlim vazirining 2021-yil 12-iyuldagi “Maktabgacha taʼlim tizimida uzluksiz metodik xizmat koʻrsatish ishlarini yanada rivojlantirish toʻgʻrisida” 128-sonli buyrugʻini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan.

Oʻquv dasturda maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim sifati tushunchasi, maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim sifatini taʼminlashda ilmiy-metodik boshqarishning nazariy va texnologik asoslari, taʼlim sifatini oshirish usullari va vositalari, taʼlim sifati menejmenti tushunchasi va uning maktabgacha taʼlim tizimida oʻziga xos jihatlari, maktabgacha taʼlim tashkilotining oʻquv-metodik,
moddiy–texnika va kadrlar taʼminoti sifati, maktabgacha taʼlimda sifatni baholashning tashkiliy huquqiy asosi va tartibi, maktabgacha taʼlim tashkilotining sifat siyosati, maktabgacha taʼlim sifat menejmentining rivojlanish strategiyasi, maktabgacha taʼlim tashkilotda axborot-kommunikatsion texnologiyalarni tatbiq etish, tarbiyachi-pedagoglar faoliyatiga axborot-kommunikatsion texnologiyalarni tatbiq etish, taʼlim tashkilotida monitoringni tashkil etish tizimi, mustaqil malaka oshirish va oʻz ustida ishlash yoʻnalishlari, innovatsion taʼlimni tatbiq etish, pedagogik diagnostika va undan samarali foydalanishga doir maʼlumotlar keltirilgan boʻlib, ular maktabgacha taʼlim tashkilotda bolalarni umumiy oʻrta maktab taʼlimiga muvaffaqiyatli tayyorlashni boshqarish mexanizmi sifati

Modul nomi: “Maktabgacha taʼlimda sifat menejmenti

Mavzuning maqsadi: Tinglovchilarda maktabgacha taʼlim sifat menejmenti haqida bilim, koʻnikma va malakalarini shakllantirish.

Kutilayotgan natijalar: Tinglovchilar modulni oʻzlashtirish jarayonida quyidagi bilim, koʻnikma va malakalarga ega boʻladilar:

Taʼlim sifatini boshqarish predmeti va vazifalari va metodlari ;

Taʼlim sifatini boshqarish nazariy masalalari;

Boshqaruv usullari va uning xodimlar faoliyatiga taʼsiri;

Maktabgacha taʼlim sifat boshqarishi uslublariga tayanish kompetensiyalarini egallashi lozim;

Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida axborot-kommunikatsion texnologiyalardan toʻliq foydalanishni bilishlari lozim.

II. “MAKTABGACHA TAʼLIMDA SIFAT MENEJMENT” MAVZUSINING TEXNOLOGIK HARITASI



Vaqt

Mavzu

Jarayon

metod

Resurs, tarqatma material-lar

Tinglovchining faoliyati

80 daqiqa

1-Mavzu: Maktabgacha taʼlimda sifat menejmenti

(nazariy-2 soat)

35 daqiqa


MTTlarda taʼlim sifatini oshirish usullari va vositalari


Maʼruza,

bahs munozara,

“Kalit soʻzlar”

Slaydlar,

savollar toʻplami, tarqatma materiallar

Tinglaydilar, savol-javoblar, fikrlar bildiradilar, maʼlumotlarni yozib oladilar

45

daqiqa


Menejment vazifalari va mohiyati.


Maʼruza,

bahs munozara,

“Kalit soʻzlar


Slaydlar,

savollar toʻplami, tarqatma materiallar

Vazifani jamoaviy bajaradilar, taqdimot xulosasi, savol-javoblar


80 daqiqa

2-Mavzu: Maktabgacha taʼlimda boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlar (amaliy-2 soat)

35 daqiqa


Maktabgacha taʼlimda boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlar


Amaliy mashgʻulot,

bahs munozara,

“Kalit soʻzlar”

Slaydlar,

savollar toʻplami, tarqatma materiallar

Tinglaydilar, savol-javoblar, fikrlar bildiradilar, maʼlumotlarni yozib oladilar


45

daqiqa

MTTda menejerga qoʻyiladigan talablar va uning pedagogik imkoniyatlari


Amaliy mashgʻulot “Kichik guruhlarda ishlash” metodi


Slayd, kichik guruhlarga topshiriqlar, tarqatma

Vazifani jamoaviy bajaradilar, taqdimot xulosasi, savol-javoblar




III. MAʼRUZA MATNI VA OʻQUV MATERIALLARI


1-Mavzu: Maktabgacha taʼlimda sifat menejmenti

(nazariy-80 minut soat)


Reja:

1. MTTlarda taʼlim sifatini oshirish usullari va vositalari

2. Menejment vazifalari va mohiyati.


1. Menejment — MTMlarda taʼlim sifatini oshirish usullari va vositalari

Har qanday fanning vazifasi oʻrganilayotgan voqyelikni oddiy sogʻlom fikr va hayotiy tajriba taʼminlashi mumkin boʻlganidan koʻra chuqurroq tushuntirishdan iborat. Uning asosiy vazifasi — oʻrganilayotgan jarayonlar qonuniyatlarini aniqlashdan iborat, toki odamlar ulardan foydalangan holda, biron-bir ishni ilgarigidan yaxshiroq bajara olsinlar yoki ilgari qoʻllaridan kelmagan ishlarini bemalol bajara olsinlar.

Boshqaruv fani boshqaruv vazifalarini hal etish jarayonlarini oʻrganishi hamda qanday sharoitlarda boshqarishda ushbu vazifalar hal etilishi, ularni hal etish natijasi qanday boʻlishi lozimligi, u yoki bu vazifalarni muvaffaqqiyatli hal etishga qanday omillar taʼsir koʻrsatishi mumkinligi hakqidagi bilimlarni olishi darkor.

Boshqaruv boshqariladigan obyektdagi jarayonlarning aniq maqsadga qaratilganligini va uyushganligini taʼminlashi lozim. Boshqaruv oʻzining bu vazifasini bilishi kerak boʻlgan narsaning qiyofasini (maqsadlar va ularga erishish rejalarini) shakllantirish; ijrochilar oʻrtasida vazifalar va vakolatlarni taqsimlash (rasmiy tuzilmani yaratish va saqlab turish); ijrochilarning samarali mehnatdan manfaatdorligini taʼminlovchi sharoit yaratish (ragʻbatlantirish); jamoada umumiy kadriyatlar va qulay munosabatlarni shakl­lantirish (norasmiy tuzilma yaratish va saqlab turish); ishning borishini nazorat qilish kabi va boshqa maxsus boshqaruv vazifalarini hal qilish orqali amalga oshiradi.

Taʼlim mazmuni, taʼlim tashkilotlari tartibini va taʼlim sifatini boshqarishni alohida faoliyat sifatida belgilash mumkin. Bunda uning subyekti boshqaruv vazifalarini hal qilish orqali pedagoglar, ota-onalar, xizmat krsatuvchi xodimlarning birgalikdagi faoliyatining uyushqoqligini hamda taʼlim maqsadlari va rivojlanish maqsadlariga erishishga ynaltirilganligini taʼminlaydi.

Taʼlim tashkiloti qanchalik yaxshi ishlamasin, u oʻzgarmasligi mumkin emas. Taʼlim tashkilotida, oʻquv-tarbiya jarayoni bilan bir qatorda, uning rivojlanish jarayoni eng muhim boshqaruv obyekti hisoblanadi. Yangiliklarni oʻzlashtirish ham rejalashtirish, tashkil etish, nazorat qilish va undashni taqozo etadi. Boshqaruv fani innovatsion jarayonlar qanday sharoitda samarali boʻlishini va bu sharoit qanday vujudga keltirilishini tadqiq qilishi kerak.

Taʼlim tashkilotlari darajasida menejmentning asosiy kategoriyalarini koʻrib chiqishda ular faoliyatining oʻziga xos xususiyatlari va faoliyat yuritishining umumiy vazifalarini hisobga olish zarur.

Boshqaruv obyekti — myenejmentda boshqaruv obyekti sifatida, odatda, faoliyati muvofiqlashtiriladigan va muayyan maqsadlarga erishishga yoʻnaltiriladigan bir guruh odamlar tushuniladi.

Boshqaruv subyekti — taʼlimdagi menejmentga nisbatan olganda, boshqaruv subyekti boshqaruvning turli darajalarida konkret vazifalarni bajaruvchi muayyan boʻgʻinlari majmuidan iborat. Bunda har bir yuqori boʻgʻin quyi boʻgʻinga nisbatan boshqaruv subyekt sifatida yuzaga chikadi.

Menejmentga tatbiqan metodologik yondashuv bilish va faoliyat usullarining boshqaruv maqsadlariga erishishga qaratilgan muayyan uslublaridan foydalanishni koʻzda tutadi.

Jarayonli yondashuv boshqaruv bunda boshqaruv funksiyalarining uzluksiz oʻzaro aloqalariga asoslangan.

Vaziyatli yondashuv turli boshqaruv usullarining tanlanishi vaziyat bilan belgilanadi. Taʼlim tashkilotlarida ham, atrof-muhitda ham koʻplab omillar mavjudligi sababli ularni boshqarishning yagona usuli yuq.

Tizimli yondashuv - tizimli yondashuv va tahlilni qoʻllash sohasini kengaytirish mohiyati maqsadlarni aniq belgilashdan, qoʻyilgan maqsadlarga erishish uchun dasturlar ishlab chiqish, ularni bajarish va ushbu ishga rahbarlik qiluvchi dasturlarni amalga oshirish va tashkilotlarni shakllantirish uchun zarur resurslar ajratishdan iborat boʻlgan dasturiy-maqsadli boshqaruv tizimi bilan bogʻliq.

Taʼlimni boshqarish metodlari — bu boshqaruv subyektining muayyan maqsadlarga erishish uchun boshqarilayotgan obyektga taʼsir koʻrsatish metodlaridir.

Iqtisodiy metodlar moddiy motivatsiyani, yaʼni muayyan koʻrsatkichlar yoki topshiriqlarni bajarishga va, ular bajarilgach, ish natijalari uchun iqtisodiy taqdirlashga yoʻnaltirishni taqoozo etadi.

Tashkiliy-boshqaruv metodlari qonunga, xuquq-tartibotga, lavozimi boʻyicha oʻzidan yuqoriroq boʻlgan xodimga boʻysunishga, yaʼni hokimiyat motivatsiyasiga asoslanadi.

Matematik modellashtirish, ekspert baholash metodi, aqliy hujum metodi, oʻyinlar nazariyasi va boshqalar boshqaruv qarorlarini maqbullashtirishning keng tarqalgan metodlari hisoblanadi.

Maktabgacha taʼlim tashkilotlarini bosh vazifalarining asosiy qoidalarini belgilashda quyidagilarni eʼtiborga olish zarur:

  • Yodda oson saqlanishi;

  • Oson ommalashishi;

  • Sifatni oshishiga qoʻshilgan hissa darajasi;

  • Tashkilotning uzoq muddatli maqsadlari (istiqbolli reja) boʻlishi lozim.

Maktabgacha taʼlim tashkiloti qadriyatlarni oʻzi aniqlab olishi zarur, ammo ular quyida tavsiya qilinadiganlardan aksariyatini oʻz ichiga olishi mumkin:

  • Tarbiyalanuvchilarni birinchi oʻringa qoʻyamiz;

  • Kasbiy halollikni yuqori darajada tutgan holda ishlaymiz;

  • Yagona jamoa boʻlib ishlaymiz;

  • Doimiy yaxshilanishga (taraqqiyotga) intilamiz;

  • Barchaga teng imkoniyatlar yaratish ustida ishlaymiz;

  • Taʼlimni eng yuqori sifatini taʼminlaymiz.

Nuqtai nazar, vazifa va qadriyatlar aniqlangach, ularni erishish mumkin boʻlgan maqsadlar bilan bogʻlash kerak. Ularni yutuqlari natijasini muntazam ravishda baholab turish lozim. Qoʻyiladigan maqsadlar (vazifalar) haqiqiy va bajara olinadigan boʻlishi kerak.

Sifatli mahsulotga cheklovisiz xarajatlar hisobiga bajarilgan mukammal mahsulotlar taalluqli boʻlib, kamyoblik va qimmatlilik ushbu tushunchaning ikkita farq qiluvchi qirralari hisoblanadi. Ushbu nuqtayi nazardan sifat maqom va ustunlikni aks ettirish uchun qoʻllaniladi.

Taʼlim jarayonida «sifat» tushunchasini qoʻllash mazmunan boshqacha maʼno kasb etadi. «Yuqori sifat» mutlaq tushunchasi taʼlimda sifatni boshqarish tizimi bilan hech qanaqa umumiylikka ega emas. Sifatni boshqarish borasidagi munozaralarda tez-tez uning yuqori maqomdaligining mutlaq ahamiyati toʻgʻrisida savollar paydo boʻlib turadi.

Ushbu mutlaqlashtirilgan tushunchalarni qoʻllash taʼlim tashkilotining imijini yaxshilashga hamda ijtimoiy aloqalari uchun foydali boʻlishi mumkin.

Sifatni nisbiy tushuncha sifatida ham qoʻllash mumkin. Ushbu holatda sifat mahsulot yoki xizmatning belgisi(oʻziga xos xususiyati, atributi) hisoblanmaydi. Sifat toʻgʻrisida mahsulot yoki xizmatning mavjud standartlar yoki unga qoʻyilgan talablarga javob berganida gapirish mumkin.

Sifat oʻz-oʻzidan yakuniy natija boʻla olmaydi. U faqatgina uning yordamida yakuniy mahsulotning standartga mosligini aniqlash vositasidir. Sifatni nisbiy tushunishda sifatli mahsulot yoki xizmat qimmat yoki mushkul, chiroyli yoki mujmal boʻlishi shart emas. Shuningdek, u oʻziga xos, oddiy, siyqasi chiqqan va odatiy boʻlmasligi mumkin.

Sifat nisbiy tushuncha sifatida ikkita qirraga ega:

-birinchi-bu standart yoki unga qoʻyilgan talabga mos kelishi;

-ikkinchi-isteʼmolchilar talabiga mos kelishi.

«Sifat menejmenti (quality management) – bu sifatga yoʻnaltirilgan rahbarlik va boshqarishning muvofiqlashtirilgan faoliyatidir.

Sifat menejmenti — bu tashkilotga sifat jihatdan rahbarlik qilish va uni boshqarish boʻyicha oʻzaro muvofiqlashgan tizim.

U sifat menejmenti tamoyillari va dastaklaridan foydalanishga asoslangan, menejmentning barcha funksiyalarini nazarda tutgan holda tashkilotga taʼsir etuvchi uzluksiz jarayon hisoblanadi.

Quality management systems. Bu soʻz inglizcha soʻz birikmasi boʻlib “Sifat menejmenti tizimi” (SMT) maʼnosini anglatadi. Yana ham aniqrogʻi “Sifatli boshqaruv tizimi” (SBT) deb tarjima qilinsa bu soʻzning mazmun mohiyatini ISO 9000 konsepsiyasiga hamohang tarzda oʻgirilganini bildiradi. Yaʼni “Sifatli boshqaruv tizimi” — ISO xalqaro standartining konsepsiyasiga mos tushadi.

Sifat menejmenti:

  • barcha manfaatdor tomonlarning ehtiyojlarini qondirishga yoʻnaltirilganlikni;

  • qaror qabul qilishning vositalari va usullarini;

  • faoliyatning samaraliligini kafolatlovchi usullarini;

  • mehnat jarayoni ishtirokchilari saʼy harakatlarini qoʻyilgan maqsadlar sari mobilizatsiya qilishni taʼminlaydi.

Zamonaviy sifat menejmenti - bu rahbarlik va qoʻllab-quvvatlashning samarali tarkibi boʻlib, qoʻyilgan vazifalarning bajarilishini taʼminlaydi. MTMlarda sifat menejmenti gʻoyalari va usullaridan foydalanish barcha boʻgʻinlarda: MTM xodimlari darajasi, bilimi, malakasi va koʻnikmalari shakllanadi va tarbiyalanuvchilarni ota-onalari uchun “qadriyatlarni” taʼlim muassasaning oʻquv xonalarida amalga oshirilishi zarur.

savol

javob

1

Sifat menejmenti

barcha manfaatdor tomonlarning ehtiyojlarini qondirishga yoʻnaltirilganlikni

2

Boshqaruv fani

boshqaruv vazifalarini hal etish jarayonlarini oʻrganishidir

3

Zamonaviy sifat menejmenti

- bu rahbarlik va qoʻllab-quvvatlashning samarali tarkibi boʻlib, qoʻyilgan vazifalarning bajarilishini taʼminlaydi


Nazorat savollari:

1.Sifat menejmenti xizmatlariga nimalar kiradi?

2.Sifat menejmenti vazifasi va predmeti nimalardan iborat?

3.Maktabgacha taʼlim sifat menejmentini qanday metodlarini bilasiz?


1.2. Menejment vazifalari va mohiyati.

Rejalashtirish — Bu faoliyat koʻrinishlaridan biri ish boʻlib, uni bajarish natijasida kelgusida qanday natijalarga erishilishi (maqsadlar qoʻyilishi) koʻzda tutilayotganligi, buning uchun qanday harakatlar qanday izchillikda va qaysi muddatlarda bajarilishi kerakligi, yaʼni nima, qayerda va qaysi yoʻl yoki usul bilan amalga oshirilishi lozimligi belgilanadi.

Kelgusi faoliyatni rejalashtirish ularga erishish uchun zarur boʻlgan ishning maqsadi, tarkibi, tuzilmasi va bajarish muddatlarini belgilash demakdir.

Ammo faqat rejaning oʻzi yetarli emas. Maktabgacha taʼlim tashkiloti pedagog-xodimlar birgalikda samarali ishlashi uchun kim va qanday ishlarni bajarishi (funksional majburiyatlari,huquqlari, javobgarligi), bunda kim bilan va qay yoʻsinda oʻzaro munosabatda boʻlishi lozimligini belgilash (taqsimlash) kerak.

Taʼlim sifatini rejalashtirish maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyatining uzoq muddatli yoʻnalishini ishlab chiqish bilan chambarchas bogʻliq. Qudratli strategik nuqtayi nazar – har qanday muassasa muvaffaqiyatining eng asosiy omillaridan biridir.

Strategiya [strategos] grekcha soʻz boʻlib, oʻzbek tilida “general sanʼati” degan maʼnoni anglatadi Oʻzbek tilining izohli lugʻatida ham mazkur atama urush olib borish sanʼati, ijtimoiy-siyosiy kurashga rahbarlik qilish sanʼati va ilm maʼnolarida talqin etilgan. Strategiya soʻzi bugungi kunda biron-bir faoliyatga rahbarlik qilish. Korxona yoki muassasalar faoliyatini boshqarishda istiqbolni oldindan aniqlash, faoliyatni oldindan rejalashtirish, bajariladigan vazifalarning yoʻnalishini aniqlashdir.

Shuningdek, maqsadga erishishda natijalarni oldindan aniqlash va nazorat qilish yoʻnalishlarida keng qoʻllanilmoqda. Mazkur soʻzdan strategik reja, strategik rejalashtirish, boshqaruv strategiyasi, strategik boshqaruv kabi tushunchalar kelib chiqqan boʻlib, bu tushunchalarning har biri oʻzining mazmun-mohiyatiga kura taʼlim muassasalarini boshqarishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Boshqaruv strategiyasi — Koʻzlangan maqsadlarga erishishda taʼlim tashkiloti faoliyatini takomillashtirish. Pedagogik xodimlar faoliyatini muvofiqlashtirish, strategik reja asosida faoliyatni tashkil etish va boshqarish yoʻnalishida asosan boshqaruvning ikki xil turini nazarda tutadi: strategik boshqaruv. Amaliy faoliyatda u yoki bu boshqaruv yoʻnalishining ustunligi tashkiliy tizimning yangilik darajasi koʻrsatkichlari bilan belgilanadi.


Rahbarning bosh vazifasi qarorning bajarilishini tashkil etish, mazkur jarayonni muvofiqlashtirish va uning ustidan nazoratni taʼminlashdir. Yaʼni nazorat boshqaruvning yakunlovchi bosqichi hisoblanadi. U ikki tomonlama aloqa shaklini kasb etadi va qarorni bajarish, qoʻyilgan maqsadlarga erishish haqida axborot olish uchun imkoniyat yaratadi.

Shunday ekan boshqaruvni, yaʼni boshqaruv faoliyatini tashkil etish zaruratini belgilovchi bosh mezon – inson oldiga yoki tashkilot oldiga qoʻyilgan maqsad boʻlib, unga erishish uchun vazifalar belgilash, tashkil etiladigan faoliyatni oldindan rejalashtirish, amalga oshirish yoʻl-yoʻriqlarini tanlash, vazifalarning mazmun va mohiyatiga koʻra, bajaruvchilarni tanlash hamda bajariladigan vazifalarni taqsimlash, belgilangan maqsadga erishish uchun tashkil etiladigan jarayon ishtirokchilari faoliyatini muvofiqlashtirishdan iboratdir.

Strategik reja — bu muassasada taʼlim tizimini rivojlantirish, taʼlim-tarbiya jarayonida koʻzlangan maqsadlarga erishish — raqobatbardosh kadrlar tayyorlash yoʻnalishida uzoq (besh, un yil va undan koʻproq muddatlarni oʻz ichiga oladi) muddatlarga moʻljallangan vazifalarni oʻz ichiga olgan dastur (istiqbol reja) boʻlib, u taʼlim tashkilotining hamda rahbar-xodimlarning yillik va joriy rejalari uchun asos sifatida xizmat qiladi.

Muassasa strategiyaga ega boʻlmay turib, yangi imkoniyatlardan juda yaxshi foydalanish uchun maqbul vaziyatda ekanligiga ishonch hosil qila olmaydi. Strategik rejalashtirishning yetakchi maqsadlari taʼlim tashkilotini rivojlantirishning muayyan vaqt oraligʻiga moʻljallangan umumiy dasturni ishlab chiqish bilangina emas, balki ushbu taʼlim tashkiloti koʻrsatadigan taʼlim xizmatlarining eng muhim yoʻnalishlarini, shuningdek, bu yoʻnalishlarning isteʼmolchilar ehtiyojlariga nechogʻli mosligini tushunib olish va ularni qayta koʻrib chiqish bilan ham belgilanadi. Strategik rejalashtirishda odatda, muhim muammolarning maʼlum bir majmuini ishlab chiqishga alohida ahamiyat beriladi.

Strategik rejalashtirish — uzoq muddatli ustuvor jihatlarni shakllantirishga imkon beradi va oqilona oʻzgarishlarga koʻmaklashadi.

Strategik rejalashtirish. Taʼlim tashkilotining maqsadlaridan kelib chiqib amalga oshirish zarur boʻlgan vazifalarni belgilash. Mazkur vazifalarni amalga oshirish uchun boshqaruv funksiyalari, metodlari hamda maqsadlarini aniqlash va amalga oshirish yuzasidan strategik rejalar ishlab chiqish jarayoni boʻlib, bunda maqsad va vazifalarning ilmiy asoslanganligi. Belgilangan muddatlarning aniqligi va obyektivligi, ijrochilarning bilimi va kasb mahorati, tashqi muhit taʼsiri, fan-texnika va texnologiyalarning rivojlanishi, muassasa imkoniyatlari, shuningdek, boshqaruv strategiyasi, yaʼni strategiyani amalga oshirishni boshqarish yoʻnalishlari oʻrganilib tahlil qilinadi.

Taʼlimdagi strategik rejalashtirish jarayoni fanda, taʼlim-tarbiyada, ishlab chiqarishda va umuman jamiyatda roʻy beradigan voqea-hodisalarni koʻzgudagidek aks ettiradi.

Unda asosiy vazifalar va maqsadlarni aniqlash, kuchli hamda zaif tomonlarni, imkoniyatlarni, shu bilan birgalikda tahdid soluvchi xavf-xatarlarni tahlil qilish uchun foydalaniladigan omillar taʼlim sohasiga ham joriy qilinadi.

Strategik rejalashtirish uzoq muddatli ustuvor jihatlarni shakllantirishga imkon beradi va oqilona oʻzgarishlarga koʻmaklashadi.

Muassasa strategiyaga ega boʻlmay turib, yangi imkoniyatlardan juda yaxshi foydalanish uchun maqbul vaziyatda ekanligiga ishonch hosil qila olmaydi. Strategik rejalashtirishning yetakchi maqsadlari taʼlim tashkilotini rivojlantirishning muayyan vaqt oraligʻiga moʻljallangan umumiy dasturni ishlab chiqish bilangina emas, balki ushbu taʼlim tashkiloti koʻrsatadigan taʼlim xizmatlarining eng muhim yoʻnalishlarini, shuningdek, bu yoʻnalishlarning isteʼmolchilar ehtiyojlariga nechogʻli mosligini tushunib olish va ularni qayta koʻrib chiqish bilan ham belgilanadi.

Strategik rejalashtirishda odatda, muhim muammolarning maʼlum bir majmuini ishlab chiqishga alohida ahamiyat beriladi.

Taʼlim tashkilotining bosh maqsadi uning yoʻnalishini, boshqa taʼlim muassasalardan farqini belgilab beradi. Bosh maqsadning ushbu taʼlim tashkilotining barcha imkoniyatlaridan maksimal ravishda foydalanishga imkon beradigan zarur harakatlarga oʻtishini taʼminlash juda muhim.

Siz asosiy maqsadni aniqlar ekansiz, uzoq muddatga moʻljallangan, aniq ifodalangan sifat strategiyasiga tayansangiz, bu hol, albatta, aks etishi lozim.

Innovatsion taʼlim strategiyasi taʼlim sifatini boshqarishda alohida boshqaruvchilik yondashuvini taqozo etadi. Quyidagilar bunday boshqaruvning asosiy obyektlari hisoblanadi:

— pedagog mutaxassis, fukaro shaxsini shakllantirish va rivojlantirishda professional tashkilotchi hamda yordamchi sifatida;

  • taʼlimning mazmuniy negizi;

— pedagogik jarayonni tashkil etish texnologiyasi va boshqalar.

Yangilik kiritishning mohiyatini innovatsion faoliyat, yaʼni yangi natijalarga, ularni olish vositalari va usullariga erishish, anʼanaviy faoliyatning eskirgan tarkibiy qismlarini bartaraf etish boʻyicha faoliyat tashkil etadi.


Mavzu yuzasidan savollar:

savol

javob

1

Strategik rejalashtirish

uzoq muddatli ustuvor jihatlarni shakllantirishdir.

2

Boshqaruv strategiyasi

Rahbarning uzoq muddatli ustuvor jihatlarni shakllantirishdir

3

Taʼlimdagi strategik rejalashtirish jarayon

fanda, taʼlim-tarbiyada, ishlab chiqarishda va umuman jamiyatda roʻy beradigan voqea-hodisalarni koʻzgudagidek aks ettiradi.



Nazorat savollari

1. Taʼlim sifati tushunchasi?

2. Rejalashtirish va strategik rejalashtirishning farqi nimada?

3. Sifat menejmentini boshqaruv bilan oʻzaro bogʻliqligi?



2-Mavzu: Maktabgacha taʼlimda boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlar (amaliy-2 soat)

Reja:

1. Maktabgacha taʼlimda boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlar

2. MTTda menejerga qoʻyiladigan talablar va uning pedagogik imkoniyatlari

Maktabgacha taʼlimda boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlar.

Taʼlim tizimi boshqaruvida modellashtirishning asosiy elementi yaʼni taʼlim sifati maqsadlarini aniq ifodalashdan iborat boʻlib, u koʻp jihatdan taʼlim jarayoni faoliyatining muvaffaqiyatlarini belgilab beradi.

Taʼlim tizimining maqsadi — bu koʻrsatilgan vaqt davomida taʼlim tashkiloti tomonidan taʼlim jarayonini muvofiqlashtirilgan harakatlar bilan erishish mumkin boʻlgan istalgan holat yoki natija.

Maktabgacha taʼlim boʻlimi ish faoliyati pedagogika fanining tarkibiy qismi sifatida boshqarish va taʼlim tashkilotlarni boshqarish, undagi oʻquv jarayoniga rahbarlik qilishning shakllari va metodlarini, muassasadagi masʼul shaxslarning faoliyatini tadqiq qiladi. Hamda rahbarlik qilish tizimini bayon qiladi.

Oʻzbekiston mustaqillikni qoʻlga kiritishi, shuningdek iqtisodiyotda boshqaruv tizimi va ijtimoiy rivojlanishda keng miqyosli islohotlar oʻtkazilishi natijasida respublikada, eng avvalo, taʼlim sohasida zarur shart-sharoitlarni yaratishni koʻzda tutadi. Respublikada tarkib topgan maktabgacha taʼlimning yangi tizimi yangicha yondashuvchi taqozo etmoqda. Bu esa boshqa mamlakatlar tajribasini Oʻrganishni respublika ehtiyoji va uni rivojlantirish istiqbollarini hisobga olishni talab qiladi.

Shuni alohida taʼkidlash lozimki, haqiqatdan ham iqtisodiyotimiz, madaniyat, ijtimoiy va maʼnaviy hayotimiz mustaqillikni hozirgi sharoitida umumiy taʼlimga ega boʻlgan insonni tarbiyalab yetishtirish darajasi va sifatiga yanada yuksakroq talablar qoʻyilyapti.

Har bir maktabgacha taʼlim tizimining taraqqiyoti shu mamlakatda ishlab chiqarish munosabatlarining rivojiga va jamiyat taraqqiyotiga taʼsir etadigan ijtimoiy, iqtisodiy masalalarga va milliy xususiyatlarga bogʻliq boʻladi.

Mamlakatmiz istiqloliga erishgandan keyin maktabgacha taʼlimni rivojlantirish masalalariga, yetuk mutaxassis kadrlar tayyorlashga katta eʼtibor berilmoqda.

Tub oʻzgarishlar davri hayotimizga yanada chuqur kirib kelmoqda. Mazkur davlat talablari "Taʼlim toʻgʻrisida" va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, shuningdek, va 2017-yil 30-sentyabrdagi PF-5198-sonli “Maktabgacha taʼlim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonlari hamda PQ-2707-son, 2017-yil 9-sentyabrdagi “Maktabgacha taʼlim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-3261-son, shuningdek, 2017-yil 30-sentyabrdagi PQ-3305-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Qarorlariga muvofiq maktabgacha taʼlim tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishga qoʻyiladigan majburiy talablarni belgilaydi., “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”da taʼlim-tarbiya jarayonini ilgʻor pedagogik texnologiyalar bilan taʼminlash asosiy vazifalardan biri sifatida koʻrsatilgan. Bu vazifani amalga oshirishda zamonaviy axborot texnologiyalari muhim ahamiyat kasb etadi.

Davlat boshqaruvidagi taʼlim jarayonini texnologiyalashtirish va kompyuterlashtirish gʻoyasi “yangi pedagogik texnologiya” konsepsiyasida oʻz aksini topgan. Yangi pedagogik texnologiyaning mazmuni quyidagilardan iborat:

  • Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tizimi murakkab tashkiliy tizim ekanligi va shu sababli tizimli tahlil obyekti boʻlishi zarurligini anglash;

  • tizimli yondashuv zarurati bilan bogʻliq boʻlgan muammolarni bartaraf qilish asosida taʼlim jarayonini jiddiy loyihalashtirish;

  • Oʻqitishni ishlab chiqilgan loyiha asosida amalga oshirish.

Butun taʼlim tashkilotlarining hayotini samarali, oqilona tashkil qilish, taʼlim tashkilotlarining har bir rahbari va tarbiyachilari tomonidan oʻz burchlarining sifatli bajarilishi; Oʻquv tarbiya ishlarining muvaffaqiyati kelajakda qilinadigan ishlarning aniq – ravshanligiga, hal qilinayotgan masalalarining aniqligiga, vazifalarning toʻgʻri taqsimlanishiga va ishni mohirlik bilan operativ bir-biriga muvofiqlashtirib olib borilishiga bogʻliq. Bunga faqat koʻp qirrali taʼlim tashkilotlari hayotining har bir uchastkasida qilinadigan ishlarning puxta oʻylab tuzilgan rejasi boʻlsagina erishish mumkin. tarbiyalanuvchilar bilimi, koʻnikma va malakalarining sifati, ularning tarbiyalanganlik darajasi, intizom pirovard natijada rejaga bogʻliq. Qoida boʻyicha yillik rejani shaxsan mudiraning oʻzi tuzishi kerak. Biroq rejani oʻz oʻrinbosarlari va kasaba uyushmalari bilan birgalikda tuzgan mudiralar toʻgʻri qilishadi. Baʼzi taʼlim muassasalarida maxsus komissiya tashkil qilinadi.

Rahbar rejaning har bir boʻlimini tuzib chiqish uchun masʼul shaxslarni belgilaydi, reja loyihasini topshirish muddatini koʻrsatadi, rejalashtirish oldidan oʻqib chiqish kerak boʻlgan adabiyotni tavsiya qiladi. Reja loyihasi butun komissiya ishtirokida muhokama qilinadi. Reja tuzishga shunday yondashilganda ham mudiraning tarbiya ishlari boʻyicha oʻrinbosari zimmasiga bari bir juda katta masʼuliyat tushadi: mudira bilan birgalikda u yillik rejaning eng maqbul va ishlash uchun qulay strukturasini yoki sxemasini tanlashi kerak. Rejaning strukturasi taxminan quyidagicha boʻlishi mumkin (maʼlum boʻlimni tuzishga masʼul odamlar koʻrsatiladi):


Bolalarni tarbiyalash haqidagi qonunni bajarish

Bu boʻlimda taʼlim muassasalari mikrorayoni chegaralari aniqlanadi: taʼlim muassasalari yoshidagi bolalarni operativ ravishda hisobga olish uchun formalari, muddatlari, masʼul kishilar belgilanadi, vasiylik ostidagi bolalar bilan ishlash, meditsina nazorati, bemor bolalar bilan ishlash, bolalarni ovqatlantirish, ularni olib kelish rejalashtiriladi. Ota- onalar qoʻmitasini, jamoa tashkilotlarini jalb etib, tarbiyasi qiyin bolalar bilan qilinadigan ishlar belgilanadi, qoloq bolalariga yordam qilish yoʻllari oʻylab chiqiladi. maktabgacha taʼlimi boʻyicha jamoalar bilan aloqada boʻlish formalari koʻrsatiladi.

Ijrochilar: Mudira (mudir) va uning oʻrinbosarlari.


Pedagogik kadrlarni joy-joyiga qoʻyish va vazifalarni taqsimlash

Bunda tarbiyachilar yuklamasi, toʻgaraklarga rahbarlari, kuni uzaytirilgan guruhlarning tarbiyachilari, metodistlar, ishning maʼlum uchastkalariga javobgar kishilar belgilanadi.

Ijrochilar: Mudira (mudir) va uning oʻrinbosarlari.


Metodik ishlar va tarbiyachilar malakasini oshirish

Bu boʻlimda ideologiya ishi alohida oʻrinni egallaydi. Tarbiyachilarning sirtdan oʻqishi, ularni qayta tayyorlash, malakasini oshirish, metodik ishlar va ilgʻor tajriba taʼlim muassasalari ishlari, tajribali tarbiyachilarning yoshlarga murabbiyligi, oʻzaro bir-biriga yordam berish ham shu yerda rejalashtiriladi. Taʼlim muassasalari pedagogika jamoasining, taʼlim muassasalari kabinetining metodika ishlari, vazifalari, tarbiyachilarning taʼlim muassasalararo birlashmalarida, pedagogik oʻqishlarda, metodik konferensiyalarda, koʻrgazmalarda qatnashuvi aniqlanadi, mustaqil oʻqish temalari, ish tajribasini umumlashtirish belgilanadi. Tarbiyachilarni attestatsiya qilish, ish jarayoni natijalari oʻtkaziladigan vaqtlar va ularning mazmunlari bu boʻlimda maʼlum oʻrin egallaydi.

Mehnat tarbiyachilarining koʻpchiligi pedagogik maʼlumotga ega boʻlmaganligi sababli bu boʻlimda mehnat taʼlimi tarbiyachilariga yordam koʻrsatish boʻyicha tadbirlarni yoritish maqsadga muvofiq boʻladi.

Ijrochilar: Mudira (mudir) va uning oʻrinbosarlari.


Oʻquv — tarbiyaviy jarayonga rahbarlik qilish

Rejalashtirishning bu boʻlimi oʻquv va tarbiya ishlari maqsadlarini belgilashdan boshlanadi, soʻngra ularning bajarilishini taʼminlovchi tadbirlar koʻrsatiladi, oʻquv jarayoni normal boʻlishi uchun shart — sharoitlar yaratish boʻyicha choralar; oʻqitish texnika vositalarni kabinetlarga taqsimlash va kabinetlarni darslik fondi va didaktik materiallar bilan toʻldirish; darslar, toʻgaraklarning tematik rejalarini tuzish; Tarbiyachilarning oʻquv programmalarini va maktabgacha taʼlim vazirligining normativ hujjatlarini oʻrganishi sanab oʻtiladi.

Oʻquv — tarbiya ishlarini rejalashtirishda: oʻz — oʻzini idora qiluvchi bolalar organlarini tuzish, bolalar, jismoniy — tarbiya jamoasiga pedagogik yordam koʻrsatish boʻyicha, oʻqishga ongli munosabatni tarbiyalash boʻyicha tadbirlar sistemasi; fanlar boʻyicha toʻgaraklar, devoriy gazeta, ogʻzaki jurnallar va hokazolarni tashkil qilish nazarda tutiladi.

Ijrochilar: Mudira (mudir) va uning oʻrinbosarlari, murabbiylar va toʻgarak rahbarlari.


Oʻquv — tarbiya jarayonini tekshirishni tashkil etish

Tekshirish taʼlim muassasalari taʼlim haqidagi qonunning bajarilishi ustidan, dars berish va tarbiyaning ahvoli, bolalar bilimlarining sifati va tarbiyalanganlik darajasi, programmalarning bajarilishi, mehnat taʼlimining qanday qoʻyilganligi va hokazolar ustidan olib boriladi.

Ijrochilar: Mudira (mudir) va uning oʻrinbosarlari, ichki komissiya aʼzolari va jamoa aktivlari, kasaba uyushmasi aktivi.

Ota — onalar, otalikka olgan tashkilotlar va jamoatchilik bilan ishlash

Ota — onalar majlisi, otalikka olgan korxona qoshida oila va taʼlim muassasalariga yordamlashish komissiyasining birgalikdagi ishi hamda yashash joyi boʻyicha ishlar rejalashtiriladi.

Ijrochilar: Mudira (mudir) va uning Oʻrinbosarlari.

Moddiy — texnika bazasini mustahkamlash va tashkiliy xoʻjalik ishlari

Bu boʻlim ishini rejalashtirish kelgusida taʼlim tashkilotlari kabinetlari, toʻgaraklar uchun binolar, dam olish uylari, sport zali, kutubxonalar, kompyuter xonalari, slayd xonalari tashkil qilish va jihozlash kabilar bilan bogʻliqdir.

Xoʻjalik ishlari rejalashtiriladigan maxsus boʻlimda binolar, deraza, mebel, elektr jihozlari, isitish sistemasi, oʻquv qoʻllanmalari va shu kabilarni joriy va kapital remont qilish rejasi tuzish koʻzda tutiladi. Yongʻinga qarshi tadbirlar ham shu yerda rejalashtiriladi.

Ijrochilar: Mudira (mudir), xoʻjalik ishlari boʻyicha oʻrinbosar, oʻquv kabinetlar.


Guruh rahbarlari bilan ishlash

Taʼlim tashkilotlari oʻquv tarbiyaviy jarayonga rahbarlik qilishda guruh rahbarlarining faoliyati alohida oʻrin egallaydi. Uning sababi shundaki guruh rahbari, bir tomondan guruhga umumiy pedagogik rahbarlikni amalga oshiradi, boshqa tarbiyachilar bilan birgalikda guruh bolalari orasida tarbiyaviy ishni olib boradi, ikkinchi tomondan bolalar aktivligini oshirish, mustaqillikni, ularning individual xususiyatlari va qiziqishlari asosida oʻqishga masʼuliyat bilan qarash, mehnatsevarlikni shakllantirish, shuningdek bolalarning oʻquv va ijtimoiy — foydali, unumli mehnatini oqilona tashkil qilishda yordam koʻrsatish uning vazifasidir.

Birinchi xolda guruh rahbarlarining faoliyatini taʼlim muassasalari mudiralari hamda guruhdan va oʻqishdan tashqari tarbiyaviy ishlar tashkilotchisi uyushtiradilar, yoʻnaltiradilar va nazorat qiladilar.

Guruh rahbarlari faoliyatining ikkinchi tomonini garchi guruh rahbari faoliyatining bu tomoniga rahbarlik qilishda taʼlim muassasalari hamda oʻqishdan va guruhdan tashqari tarbiyaviy ishlar tashkilotchisi ham qatnashsa-da, koʻproq oʻquv tarbiya ishlari boʻyicha mudira oʻrinbosari tashkil etadi, yoʻnaltiradi va nazorat qiladi.

Guruh rahbarlarining samarali oʻquv tarbiyaviy faoliyatini taʼminlash uchun taʼlim muassasalari mudiralari oʻz oʻrinbosarlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlab beradi.

Guruh rahbarlarining faoliyatiga oʻquv tarbiyaviy ishlar oʻrinbosarlarining rahbarlik qilishi yaxshi natija beradi. Ishni guruh rahbarlari va boshqa tarbiyachilarning tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishi yuzasidan yoʻl — yoʻriqlar berishdan boshlash lozim. Odatda oʻquv yili boshlanishdan oldin taʼlim muassasa mudirasi, uning oʻrinbosarlari bilan oʻtkaziladigan birinchi instruktiv seminarda qoida boʻyicha, yalpi oʻquv yili uchun vazifalar belgilanadi, Tarbiyaviy ishdagi, va hokazolardagi asosiy yoʻnalishlar muhokama qilinadi.

Guruh rahbarlarining ish rejasi bilan tanishib, unga baʼzi tuzatishlar kiritib, mudira oʻrinbosari, shuningdek guruh rahbarlarining rejasida ayrim bolalarning oʻzlashtirmaslik sabablari tahlili, boʻsh va qoloq bolalarga yordam berishning aniq formalari bola konsultantlar bilan ishlash va oʻqishda oʻzaro yordamni tashkil qilish kabi masalalar oʻz ifodasini topishini ham kuzatib boradi.


Mavzu yuzasidan savollar:

savol

javob

1

Taʼlim tizimining maqsadi?

bu koʻrsatilgan vaqt davomida taʼlim tashkiloti tomonidan taʼlim jarayonidir

2

Xoʻjalik ishlari rejalashtiriladigan maxsus boʻlim?

binolar, deraza, mebel, elektr jihozlari, isitish sistemasi, oʻquv qoʻllanmalari

3

Rahbar reja tuzadimi?

Masʼul shaxslar tomonidan tuziladi


Nazorat savollari:

1. Boshqaruvidagi taʼlim jarayonini texnologiyalashtirish va kompyuterlashtirish gʻoyasi qanday amalga oshiriladi ?

2. Moddiy — texnika bazasini mustahkamlash qanday tashkillashtiriladi?

3. Guruh rahbarlarining faoliyatini nazorati nima asosida olib boriladi.


2. MTTda menejerga qoʻyiladigan talablar va uning pedagogik imkoniyatlari

Pedagogik faoliyat tashkilotchilariga har doim taʼlim jarayoni, uning natijalarining xususiyatlari va tarkibiy qismlarini oʻrganish xamda tahlil qilishga toʻgʻri keladi. Biroq amaliyot, obyektning ayrim xususiyatlarinigina hisobga olish va oʻlchash mavjudligini koʻrsatadi.

Har qanday obyekt sifatini miqdoriy baholash maʼlum prinsiplarga rioya qilish asosida amalga oshiriladi. Quyidagi tamoyillar taʼlim sifatini baholash uchun eng muhimlari hisoblanadi.

1. Obyekt sifatiga xususiyatlarning iyerarxik majmuasi sifatida qarash.

2. Obyekt sifatini aniq ifodalangan maqsad asosida tadqiq qilish

3. Oʻrganilayotgan obyekt koʻrsatkichlarining andozasini, tayanch qiymatini aniq tanlash.

4. Har bir konkret holatda obyekt xususiyatlarining salmogʻi, ahamiyatini aniqlash.

Taʼlim tashkilotida taʼlim sifatini boshqarish samaradorligi koʻproq boshqaruv xodimlari tadqiqot obyektini qanchalik aniq tanlashi va ularning xususiyatlarini oʻlchash umumiyligini taʼminlashi bilan belgilanadi

Taʼlim sifatini baholash quyidagi maqsadlarni koʻzlab amalga oshirilishi mumkin:

  • kadrlar tayyorlashning sifat darajasini oshirish;

  • taʼlim sifati darajasi dinamikasini tahlil qilish;

  • taʼlim sifatining ilk darajasini aniqlash;

  • taʼlimning berilgan holati koʻrsatkichlarini shakllantirish;

  • taʼlimning oraliq holatini belgilash;

  • taʼlim oluvchilarni bosqichma-bosqich attestatsiyalash;

  • muhandis-pyedagog xodimlarni attestatsiyalash;

  • muhandis-pedagog xodimlar faoliyatini ragʻbatlantirish;

  • mavjud taʼlim sifatini oʻzimizning eng yaxshi yutuqlarimiz va jahon yutuqlari bilan qiyoslash;

  • boshqaruv organlari, buyurtmachilar, attestatsiya komissiyalari, jamoat tashkilotlari uchun statistik hisobotlar tuzish va boshqalar.

Bir xususiyatni oʻlchashda, baʼzan mavjud holatdan kelib chiqib, turli oʻlchov shkalalaridan foydalaniladi:

  • nomlar shkalasi — oʻrganilayotgan obyektlarning qandaydir alomati oʻxshashligi yoki farqli ekanligini aniqlash imkonini beradi;

  • tartib yoki daraja shkalasi — baholanayotgan obyektni, uning xususiyatlarini oʻzgarmaydigan tartibda miqdoriy tavsiflashni tartibga solishni taqozo etadi;

  • intervallar shkalasi — obyekt oʻlchamlaridagi farqli aniqlash imkonini beradi;


  • munosabat (nisbat)lar shkalasi — barcha statistik hisob-kitobni amalga oshirish imkonini beradi.

Tadqiq qilinayotgan omillarning sifat darajasiga taʼsiri darajasini aniqlash uchun butun bir oʻlchash metodlari tizimi qoʻllanadi.

Oʻlchash metodlari. Bunday metodlar instrumental kuzatish turiga oid boʻlib, tadqiq qilinayotgan obyekt sifati haqida mulohaza yuritishni tajriba va sinov yoʻli bilan asoslash imkonini beradi. Taʼlim tashkilotlarida bunday metodlardan tadqiqot boshlanishida, statistik hisobotlarni tuzishda, tadqiqot obyektining oraliq holatini aniqlash va hokazolarda foydalanish mumkin. Zarur axborot turidan kelib chiqib, miqdoriy baholashning sonli metodlari (shkalalar, testlar, indekslar, modellar va h.k.); songa oid boʻlmagan miqdoriy metodlar (topologik, mantiqiy-matematik, nazariy-koʻp miqdoriy va boshqalar) qoʻllaniladi.

Sotsiologik metodlar. Taʼlim oluvchilarni, pedagoglarni bosqichma-bosqich attestatsiyadan oʻtkazish; mazkur TM faoliyati natijalarini boshqalarining darajasi bilan solishtirish; taʼlim sifatini tahlil qilish va boshqalar uchun sotsiologik tadqiqotning empirik metodlari (anketa soʻrovi, standartlashtirilgan intervyu, hujjatlar tahlili, panel va yoʻnalishli qiyosiy tadqiqotlar, kuzatish va hokazo) keng qoʻllaniladi.

Ekspert metodlari pedagogik obyekt haqida, keyinchalik omillar boʻyicha tahlil qilib hamda tadqiqot obyekti sifati haqidagi xulosalarni shakllantirib, ekspert mulohazasi shaklidagi jamoa fikrini olish uchun zarur tadbirlar majmuidan iborat. Ekspert metodlari formalizatsiya, murakkablik va qoʻllanish doirasi bosqichlari boʻyicha sotsiologik va kibernetik metodlar oʻrtasida oraliq oʻrinni egallaydi. Ular kibernetik tadqiqot metodlariga qoʻyiladigan talablarni (ekspertiza tadbirlarini algoritmlash, EHMdan foydalanish imkoniyati va boshqalar) keyinchalik zamonaviylashtirish bilan bir qator sotsiologik metodlarni oʻz ichiga oladi. Asosiy ekspert metodlari sirasiga individual ekspert baholash, morfologik ekspert metodi, reyting — baholash, oʻzini-oʻzi baholash metodi, pedagogik konsilium metodi va boshqalar kiradi.


Mavzu yuzasidan savollar:

Savol

javob

1

Qaysi faoliyat taʼlim jarayoniga bogʻliq?

Pedagogik faoliyat

2

Menejerning xulq — atvori ?

Taʼlim tashkilotida taʼlim sifatini boshqarish

3

Metodlar tizimi?


Oʻlchash metodlari

Sotsiologik metodlar.

Ekspert metodlari

Nazorat savollari:


1.Qaysi tamoyillar taʼlim sifatini baholash uchun eng muhimlari hisoblanadi?

2.Menejerning xulq — atvori boshqarish funksiyalari nimalar bilan mujassamlashgan.

3.Tadqiq qilinayotgan omillarning sifat darajasiga qaysi metodlar tizimi qoʻllanadi?












IV. OʻZ-OʻZINI TEKSHIRISH UCHUN TEST SAVOLLAR


Test savollari

Javob

Javob

Javob

Javob

t/j

1

Taʼlim tashkiloti faoliyatini strategik rejalashtirish qanday amalga oshiriladi?

Rejalashtirish sabablarini aniqlash, jarayon ishtirokchilarini tanlash

Tashkilot tarixi va qadriyatlarini oʻrganish

Strategik rejalashtirish uchun kerakli axborotlarni aniqlash

Tashkilot iqtisodiy

tarafini rejalashtirish

1

2

Taʼlim tashkilotining attestatsiyasi nima?

Taʼlimning raqobati, taʼlim jarayoni sifati, bilimni baholash, oʻz-oʻzini attestatsiyalash

Taʼlim jarayoni sifati, bilimni baholash

Taʼlimning raqobati, taʼlim jarayoni sifati

Oʻz-oʻzini attestatsiyalash

1

3

Taʼlim tashkiloti oʻz-oʻzini nazorat qilishi nima uchun kerak?

Rivojlantirish rejasi, taʼlim oluvchilar bilimi, moddiy-texnika bazasi, tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish

Moddiy-texnika bazasi, tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish

Rivojlantirish rejasi, taʼlim oluvchilar bilimi, moddiy-texnika bazasi takomillashtirish


Tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish

1

4

Rejalashtirish nima?

Boshqaruv faoliyatining boshlanishi va asosidir

Intiluvchi guruhlar


Boshqaruv turining oʻrni

Faoliyat boshlanishi shakli

1

5

Innovatsiya” tushunchasi nimani anglatadi ?

Lotin tilida (Novus) yangiliklar yaratish

Lotin tilida (Novus) bilim

Lotin tilida (Novus) tadqiqot

Lotin tilida (Novus) yaratish

1

6

Yangilik kiritish nimani anglatadi ?

Bu yangilikning amaliyotda qoʻllash va ommaviylashtir

Biror ishni bajarish va oʻqitish

ish Kirishilgan vaqtda u yangi sifatga ega boʻladi va innovatsiyalar vujudga keladi

Ishlab chiqilgan yangilikni qoʻllash

1

7

Strategik rejalashtirish nima ?

Uzoq muddatli ustuvor jihatlarni shakllantirishga imkon beradi va oqilona oʻzgarishlarga koʻmaklashadi.

Yangilik yaratish

faoliyat boshlanish shakli

Faoliyatda oʻzgarishlarga imkon berishdir

1

8

Strategiya soʻzi, qaysi soʻzdan olingan

Strategos grekcha soʻzdan olingan

Strategosi lotincha soʻzdan olingan

Strategos inglizcha soʻzdan olingan

Strategos itolyanchacha soʻzdan olingan

1

9

Innovatsiya” soʻzi qanday tushuniladi ?

Yangiliklar yaratish

Rivojlanish

Yuksalish

Turgʻunlik

1

10

MTT rahbarlarining ishbilarmonlik sifatlarini qanday baholanadi ?

Ishbilarmonlik sifati (maʼlumoti, bilimi va tajribasi

Yangiliklar yaratish bilishi

Taʼlim tashkilotini yuksalish

Taʼlim tashkilotini turgʻunlikka olib kelish

1

V. ADABIYOT VA MANBALAR ROʻYXATI


  1. Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 16-dekabrdagi “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida” OʻRQ 595-son Qonuni,.

  2. 2017-yil 30 sentyabrdagi “Maktabgacha taʼlim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5198-sonli Farmoni.

  3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” PQ- 4312-son qarori,

  4. Yoʻldoshev J., Usmonov S. Taʼlim menejmenti. A. Avloniy nomidagi Xalq taʼlimi xodimlari malakasini oshirish Markaziy instituti.
    T.: 2006-y.

  5. Poʻlatov Sh. Taʼlim tashkilotni ilmiy-metodik boshqarish texnologiyasi. Oʻquv qoʻllanma. T.: “Tafakkur”, 2012-y.

  6. Murakaev I., Saifnazarov I. Menejment asoslari. T.: “Oʻzbekiston”, 2001-y.

  7. Qoʻchqorov A., Toshmatov X., Abduvoxidov Gʻ. Menejer imkoniyatlari. T.: “Istiqlol”, 2000-y.

  8. Zakirova M., Oliy taʼlim tashkilot attestatsiyasi-kadrlar tayyorlash sifati nazoratining asosiy vositasi sifatida. Bank-moliya akademiyasi, “Moliya” nashriyoti, 2013-y.

  9. Sh.Qurbonov, E.Seytxalilov “Taʼlim sifatini boshqarish” “Turon-Iqbol”-nashriyoti, 2006y

















VI. TARQATMA MATERIALLAR

«Kichik guruhlarda ishlash» metodi

Guruhlarda ishlashni boshlashdan oldin diqqat bilan guruh topshirigʻini oʻqib chiqing, uni bajarish boʻyicha majburiyatlarni taqsimlang

  • .

Guruhlarda ishlash va taqdimot qilish reglamenti:

1. Guruhlarda topshiriqni bajarish – 40 daqiqa

2. Har bir guruh faoliyati natijasini taqdimoti – 10 daqiqa

 Hurmatli tinglovchilar. Ushbu belgilangan reglamentdan chetga chiqmasliklaringizni soʻraymiz.



Maktabgacha taʼlim tashkiloti mudiraning oylik ish reja

ishlab chiqish










1








2








3








Izoh.Tinglovchilar guruhlarga boʻlinib har bir guruh mudiraning bir oylik ish rejasini ishlab chiqadi


«Kichik guruhlarda ishlash» metodi

  • Guruhlarda ishlashni boshlashdan oldin diqqat bilan guruh topshirigʻini oʻqib chiqing, uni bajarish boʻyicha majburiyatlarni taqsimlang.


Guruhlarda ishlash va taqdimot qilish reglamenti:

1. Guruhlarda topshiriqni bajarish – 40 daqiqa

2. Har bir guruh faoliyati natijasini taqdimoti – 10 daqiqa

 Hurmatli tinglovchilar. Ushbu belgilangan reglamentdan chetga chiqmasliklaringizni soʻraymiz.

Izoh.Tinglovchilar guruhlarga boʻlinib berilgan topshiriqlarni javobini yozib beradi.


Topshiriq:

Rahbarning kasbiy sifatlarini aytib bering


Rahbarning qanday boshqaruv usullari mavjud

Notiqlik mahorati nima











Strategiya suzi nima maʼnoni anglatadi











Strategik reja tuztish nima


Istiqbolli reja taʼlim muassasasida nima uchun kerak










Istiqbolli reja necha yillarga tuziladi



VII. ATAMALAR IZOHLI LUGʼATI

Boshqaruv— bu inglizcha soʻzlar, Oksford lug’at tomonidan ingliz tilida berilgan taʼrifga mos keladi:

- hamkorlik va boshqaruv sanʼati;

manbacyirik kompaniyalarda hamkorlik va maʼmuriy koʻnikmalarni chuqur tushunish.

Boshqaruv – bu bozor iqtisodiyotini rivojlantirish talablariga toʻliq javob beradigan boshqaruv turi. Menejmentning koʻp jihatlari bor: iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, moliyaviy, falsafiy, psixologik, texnik va tashkiliy.

Sifat – toʻsatdan paydo boʻladi. Rejalashtirish shunday boʻlishi kerak. Maktabgacha taʼlim muassasalarining sifati va muntazam ravishda erishilgan strategiyaning eng muhim strategik koʻrsatkichi strategik rejalashtirish jarayoniga mos kelishi kerak. Strategik rejalashtirish — boshqaruv taʼlimi sifat tizimining eng muhim koʻrsatkichlaridan biridir.

Rejalashtirish- harakat (maqsad) natijasida har qanday natijaga erishish.

Strategiya [Ipsos strategiyasi] ingliz tilidagi atamalar lugʻatida sanʼat va fan rahbari gapirgan ijtimoiy-siyosiy kurashdan chiqish degan maʼnoni anglatadi. "Strategiya" soʻzi bugungi kunda har qanday biznes rahbariga mos keladi. Kelajakni boshqarishdagi muassasa yoki korxonaning faoliyati oldindan belgilanadi, faoliyatni oldindan rejalashtirish vazifaning yoʻnalishini aniqlashdan iborat.

Strategik reja - ushbu institutni rivojlantirishda taʼlim tizimi, taʼlim jarayonining yakuniy maqsadiga erishish — uzoq (besh yildan ortiq va bu atama unni oʻz ichiga oladi) yoʻnalishi boʻyicha raqobatbardoshlikni tayyorlash, vazifalarni bajarish uchun moʻljallangan dasturni oʻz ichiga oladi (reja) va oʻquv muassasasi rahbari xodimlarga va yillik ijro rejalari uchun asos boʻlib xizmat qiladi.

Zamonaviy sifat menejmenti - bu maqsadlarga erishishni taʼminlaydigan samarali yetakchilik va qoʻllab-quvvatlash tarkibi. 

Taʼlim tizimining maqsadi — taʼlim jarayoni va taʼlimni maʼlum vaqt davomida muassasa tomonidan muvofiqlashtirish, bunga har qanday sharoitda yoki natijalarda maqsadli harakatlar orqali erishishingiz mumkin.

Hamkorlik— bu tanlov, qaror qabul qilindi va uni amalga oshirish jarayoni nazorat qilinadi.

Hozirgi ambitsiyalar - bir yil, yilning choragi va oyi ambitsiyalar va kamroq tushunish davrida amalga oshiriladi.

Istiqbol a (istiqbol) ambitsiyasi - taxminan besh yil yoki undan koʻproq vaqt davomida amalga oshirilgan ambitsiyalar.

Dastlab"funktsiya " va"funktsiya" ikki lugavius ogiz iborasining maʼnosiga koʻra pragmatik soʻz.

"Funktsiya" - bu lotincha soʻz, bu hech kim yoki biron bir ish, faoliyat sohasi, funktsiya degani emas.

"Vazifa" - buni amalga oshirish mumkin emas, buni oʻqish, ambitsiya, nazarda tutilgan yoki har qanday topshiriq, xizmat, ish, xizmat, lavozim, martaba bilan bogʻliq boʻlishi kerak boʻlgan masalalar boʻyicha amalga oshirish kerak.

"Funktsiya" torrok tushunchasidan koʻra "funktsiya" tushunchasi muhim ahamiyatga ega. Axir, bu xususiyat oʻz biznesingizdagi vazifalarni oʻz ichiga olmaydi.

"Vazifa" toshkari ham oʻz biznesidan.

Muvofiqlashtirish va tartibga solish. Strategik rejalashtirish sifatida hamkorlik saylovlari, taktik muvofiqlashirib hamkorlik savollar qoladi. Muvofiqlashtirib birgalikda pulni tejashni rivojlantirish va ularning har birini takrorlashni istisno qilish uchun hamkorlikda sizga bir vaqtda boʻlishga imkon beradi.


-80%
Курсы повышения квалификации

Формирование у детей навыков безопасного участия в дорожном движении

Продолжительность 72 часа
Документ: Удостоверение о повышении квалификации
4000 руб.
800 руб.
Подробнее
Скачать разработку
Сохранить у себя:
“maktabgacha taʼlimda sifat menejmenti”» ” oʻquv modulidan oʻquv — uslubiy majmua (103.08 KB)

Комментарии 0

Чтобы добавить комментарий зарегистрируйтесь или на сайт