Mazkur modulda bozor iqtisodiyoti sharoitida innovatsiyalarni yuzaga keltiradigan oʻzgarishlar, maktabgacha taʼlimda innovatsion menejment mazmuni, taʼlimdagi innovatsion jarayonlar tavsifi, innovatsion taʼlim menejmentining tuzilmasi va vazifalari, zamonaviy rahbar imidji hamda rahbarning oʻz-oʻzini kasbiy va shaxsiy takomillashtirib borish yoritilgan.
| Tuzuvchi: | MTMRMQTMOI “Maktabgacha taʼlim menejmenti” kafedrasi mudiri p.f.f.d., PhD F.Valiyeva
|
| Taqrizchilar: | MTMRMQTMOI “Maktabgacha taʼlim metodikasi” kafedra mudiri, p.f.f.d., PhD C.S.Raximova |
| |
|
| Malaka oshirish toifasi: | Boshqarma boshliq oʻrinbosari, Tuman(shahar) MTB mudiri, MTT faoliyatini muvofiqlashtirish va tahli boʻlimi boshligʻi, Pedagog kadrlar malakasini oshirish va pedagogika kollejlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimi rahbari, Taʼlim sifatini taʼminlash va innovatsion texnologiyalarni joriy etish boʻlimi boshligʻi, DXSH asosidagi nodavlat MTT faoliyatini tashkil etish va monitoringi boʻlimi boshligʻi, Tuman(shahar) taʼlim-tarbiya sifatini taʼminlash va metodik xizmatni tashkil etish shuʼbasi mudiri, Tuman (shahar) DXSH asosidagi MTT faoliyatlarini tashkil etish boʻyicha mutaxassisi, Tuman (shahar) Davlat-nodavlat MTT faoliyatini hamda oʻqishning muqobil shakllarini tashkil etish boʻyicha shuʼbasi mudiri, Tuman (shahar) kadralar bilan ishlash shuʼbasi mudiri, MTT direktori |
MUNDARIJA
KIRISH........................................................................................... 4
TEXNOLOGIK XARITASI..........................................................5
MAʼRUZA MATN VA OʻQUV MATERIALLAR..................... 7
OʻZ-OʻZINI TEKSHIRISH UCHUN TEST SAVOLLAR........ 36
ADABIYOT VA MANBALAR ROʻYXATI............................... 38
TARQATMA MATERIALLAR................................................. 39
KIRISH
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentyabrda “Maktabgacha taʼlim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi PQ-3955-son qaroriga muvofiq shuningdek, maktabgacha taʼlim tizimini yanada takomillashtirish, toʻlaqonli, jamiyatga moslashgan bola shaxsini shakllantirish mamlakatimizda oʻsib borayotgan avlodni sogʻlom va har tomonlama yetuk voyaga yetkazish, taʼlim-tarbiya jarayoniga samarali taʼlim va tarbiya shakllari hamda usullarini joriy etishga qaratilgan maktabgacha taʼlimning samarali tizimini tashkil etish boʻyicha keng qamrovli ishlar amalga oshirildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PQ-4312-sonli, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi ”Maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 391-sonli qarorlarini ijrosini taʼminlash va shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 528-son “Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining faoliyatini takomillashtirish”. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi “Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 391-sonli qarori, 2019-yil 16-dekabrdagi “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida” gi OʻRQ-595-son qonuni doirasida berilayotgan mavzular rahbar kadrlarni malaka oshirish oʻquv rejasi asosida shakllantirilgan boʻlib, unda tinglovchilarning innovatsion menejmentni oʻrganishning asosiy vazifalari, bozor iqtisodiyoti sharoitida innovatsiyalarni yuzaga keltiradigan oʻzgarishlar, maktabgacha taʼlimda innovatsion menejment mazmuni, taʼlimdagi innovatsion jarayonlar tavsifi, innovatsion taʼlim menejmentining tuzilmasi va vazifalari, zamonaviy rahbar imidji hamda rahbarning oʻz-oʻzini kasbiy va shaxsiy takomillashtirib borishi boʻyicha bilim va koʻnikmalarini oshiradi.
Modulning maqsadi. Tinglovchilarda boshqaruv faoliyatini zamon talabiga moslashtirish uchun ularda innovatsion menejment haqida bilim, koʻnikma va malakalarini shakllantirish.
Kutilayotgan natijalar: Tinglovchilar modulni oʻzlashtirish jarayonida quyidagi bilim, koʻnikma va malakalarga ega boʻladilar:
innovatsion menejmentning nazariy asoslari toʻgʻrisida maʼlumot;
maktabgacha taʼlim tashkilot-larida innovatsion menejment toʻgʻrisida maʼlumot;
innovatsion menejmentning mohiyati va ahamiyati bilish;
boshqaruv vazifalarini hal etishda kreativlik;
innovatsion menejmentning amalda qoʻllash koʻnikmalarini egallash;
maktabgacha taʼlimda innovatsion faoliyatni tashkil etish, innovatsiyalarni muvofiqlashtirish va ularga xizmat koʻrsatish;
innovatsion menejmentning mohiyati va ahamiyati, innovatsion menejment usullari, yondashuvlari boʻyicha koʻnikma va malakaga ega boʻladi.
II. “Maktabgacha taʼlimda innovasmon menejment” moduli
TEXNOLOGIK XARITA
| Vaqt | Mavzu | Jarayon metod | Resurs, tarqatma material-lar | Tinglovchining faoliyati |
| 80 daqiqa | 1-mavzu. Maktabgacha taʼlim tizimida innovatsion menejmentning funksiyalari va usullari (2 soat nazariy) | |||
| 10 daqiqa | Tashkiliy qism. | BBB metodi | Tarqatma materiallar | Tarqatma materiallarni toʻldirib boradilar |
| 35 minut
| Maktabgacha taʼlim tashkiloti direktorining boshqaruv vazifalari | Maʼruza, bahs munozara, “Kalit soʻzlar” | Slaydlar, savollar toʻplami, tarqatma materiallar | Tinglaydilar, savol-javoblar, fikrlar bildiradilar, maʼlumotlarni yozib oladilar |
| 45 minut
| Innovatsion menejmentning nazariy asoslari va ularning MTTni boshqarishdagi oʻrni | Maʼruza “Nima uchun” texnologiyasi, pedagog minbari
| Slayd, kichik guruhlarga topshiriqlar, tarqatma | Vazifani jamoaviy bajaradilar, taqdimot xulosasi, savol-javoblar
|
| 80 daqiqa | 2-mavzu. Maktabgacha taʼlim tashkiloti direktorlarining rahbarlik uslublari (2 soat amaliy) | |||
| 10 daqiqa | Tashkiliy qism. Kichik guruhlarga boʻlish | Kichik guruxlarda ishlash | Har bir guruh uchun topshiriq materiallari | Kichik guruhlarga boʻlinib topshiriq oladilar |
| 30 daqiqa | Rahbarlik uslublari va uning mazmun-mohiyati. | Bahs-munozara, Debat | Slaydlar, savollar toʻplami, tarqatma materiallar | Taqdimot tayyorlab himoya qiladilar |
| 40 daqiqa | Boshqaruv faoliyatining uslublarini shakllantirish.
| Kichik guruxlarda ishlash | Har bir guruh uchun topshiriq materiallari | Kichik guruhlarga boʻlinib topshiriq oladilar |
| 80 daqiqa | 3-mavzu. Maktabgacha taʼlim tizimida strategik va taym menejmenti (2 soat amaliy) | |||
| 30 daqiqa | Strategik menejment va maktabgacha taʼlimda strategik rejalashtirish | Bahs-munozara, Debat | Slaydlar, savollar toʻplami, tarqatma materiallar | Taqdimot tayyorlab himoya qiladilar |
| 40 daqiqa | Boshqaruvda taym, self menejment va ularning qoʻllanishi | “Intervyu” metodi, Juftlikda ishlash | Slaydlar, tarqatma materiallar | Taqdimot tayyorlab himoya qiladilar |
| 10 daqiqa | Yakuniy qism | Qaytar aloqa |
|
|
MAʼRUZA MATNI VA OʻQUV MATERIALLARI
1-Mavzu: Maktabgacha taʼlim tizimida innovatsion menejment va uning funksiyalari hamda usullari
Reja:
Maktabgacha taʼlim tashkiloti direktorining boshqaruv vazifalari
Innovatsion menejmentning nazariy asoslari va ularning maktabgacha taʼlim tashkilotini boshqarishdagi oʻrni.
Zamonaviy taʼlim tizimi maktabgacha taʼlim tashkiloti direktoriga tobora koʻproq talablarni qoʻymoqda, lekin boshqaruvdek muhim sohada direktorning mahorati eng kuchli talab hisoblanadi. Taʼlim darajasini oshirish asosan taʼlim tashkiloti direktorining taʼlim sifatini rivojlantirishdan manfaatdorligi, vaziyatning oʻziga xos xususiyatlarini his etishi va kerakli vaqtda boshqaruv faoliyatiga oʻzgartirish kiritishi bilan bogʻliq.
Taʼlim tashkilotining yuqori samaradorlik koʻrsatkichlariga yoʻnaltirilganligi boshqaruvning tegishli darajasiga qoʻyiluvchi bir qator talablarni ifodalaydi. Maktabgacha taʼlim tizimini boshqarishda yangi yondashuvlarga asoslanib, zamonaviy direktor layoqatli mutaxassis fazilatlariga ega boʻlishi bilan birga, yuqori professional muloqot madaniyati va axloqiy-etik meʼyorlarga ega boʻlishi kerak.
Bugungi kunda maktabgacha taʼlim tizimida turli xil maktabgacha taʼlim tashkilotlari mavjud, takomillashtirilgan pedagogik texnologiyalar va usullar yuzaga kelib, amalda qoʻllanilmoqda, innovatsion faoliyat ommalashmoqda. Asosan maktabgacha taʼlimning yoʻnalish va talablari oʻzgartirilmoqda. Aynan shuning uchun taʼlim muammolarini zamonaviy darajada hal eta oluvchi yangi avlod direktori zarur.
Yangi turdagi direktor jamoa bilan ishlashda tabaqalashtirilgan yondashuvni amalga oshirishi, ularning qobiliyatlari, shuningdek ehtiyojlari va kasbiy talablarini hisobga olishi kerak. Direktor uchun xodimlarning tashabbusini maʼqullash, ularning ijodiy salohiyatini rivojlantirishga hissa qoʻshish, shuningdek, har bir xodimini harakatga unday olishi muhimdir. Bugungi kunda zamonaviy pedagogik taʼsir koʻrsatish uslublariga ega, bundan tashqari boshqaruv mahoratini biluvchi mutaxassis zarur.
Maktabgacha taʼlim tashkilotining zamonaviy direktori ish jarayonida bajaruvchi juda koʻp vazifalar roʻyxati mavjud. Boshqaruv vazifalari roʻyxati quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
1. Pedagog kadrlar tarkibining sifatini boshqarish. Bu vazifa pedagog kadrlar soni va ularning tarkibini belgilash sifatida tushuniladi, shu bilan birga mazkur vazifa malaka oshirish tizimi, jamoaviy ishni tashkil qilish va mehnatga haq toʻlash tizimini oʻz ichiga oladi.
2. Maktabgacha yoshdagi bolalarning taʼlim va tarbiya sifatini boshqarish.
3. Taʼlim texnologiyasi sifatini boshqarish. Zamonaviy taʼlim tizimida turli xil taʼlim texnologiyalarini loyihalashtirish muhim oʻrin tutadi.
4. Moddiy-texnik boshqaruv sifatini boshqarish, jihozlardan foydalanish va oʻquv xonalarini taqsimlashni oʻz ichiga oladi.
5. Taʼlim infratuzilmasi sifatini boshqarish.
6. Axborot-uslubiy taʼminotni boshqarish qidiruv jarayonlarini tartibga solish va muhim maʼlumotlarni tahlil qilish, bilim olish uchun eng samarali uslubiy sxemalardan foydalanishni oʻz ichiga oladi.
7. Taʼlim dasturi sifatini boshqarish, oʻquv rejasi, tadbirlarni tashkil etish va malaka talablarini qamrab oladi.
8. Huquqshunoslik vazifasi direktor oʻz ishida qonunlarni bilishi va qoʻllay olishi, butun jamoaning huquq va burchlarga rioya etishini tashkil qilishni anglatadi.
9. Psixolog-vositachining vazifasi shundan iboratki, direktor nafaqat jamoada, balki ota-onalar va bolalar oʻrtasida ham oʻzaro tushunish va ishonch muhitini yaratishi kerak. Jamoadagi nizolarni bartaraf etish qobiliyati maktabgacha taʼlim tashkiloti direktorining juda muhim vazifasidir.
10. Tashkiliy vazifa maʼlum bir tuzilmani, ichki tartibni yaratishni oʻz ichiga oladi. Tashkiliy qobiliyatlar quyidagi fazilatlardan iborat: kasbiy kompetensiya, jamoatchilik, jamoada ishlash tuygʻusi, talabchanlik, faollik va maqsadga muvofiqlik.
11. Nazorat va faoliyatni muvofiqlashtirish, zaruratga koʻra, nazorat paytida kamchiliklar aniqlangan taqdirda, ishda oʻzgarishlar kiritilishini oʻz ichiga oladi. Mazkur vazifa direktor talabchan, faol va tezkor boʻlishi kerakligini nazarda tutadi. Bu tashkiliy koʻnikmalarni namoyish etish direktorga jamoa faoliyatidagi kamchiliklarni oʻz vaqtida aniqlash va ularning oldini olish yondashuvlarini tahlil qilishga yordam beradi.
Shuningdek, nazorat – maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyatida tashqi va ichki koʻrsatkichlarni oʻzgartirish jarayoni toʻgʻrisida maʼlumot olish va keyinchalik rejalashtirilgan harakatlarni amalga oshirish uchun salbiy oqibatlarni bartaraf etish jarayoni. Boshqaruv vazifa sifatida boshqa vazifalarsiz mavjud boʻla olmaydi va boshqa vazifalar bilan birgalikda mavjuddir. Qayd etilgan vazifalar maktabgacha taʼlim tashkiloti direktorining zimmasida qanday masʼuliyat mavjudligini koʻrsatadi.
Boshqaruv madaniyati samarali boshqaruv faoliyati shartiga aylanadi, shuningdek boshqaruvchiga xos xususiyat sifatida namoyon boʻladi. Maktabgacha taʼlim tashkiloti direktori boshqaruv madaniyatining mohiyati taʼlim jarayonini boshqarish tamoyillari, tashkiliy shakllari va texnologik usullarini bilishdan iborat. Boshqaruv madaniyati boshqaruv faoliyati jarayonida namoyon boʻladi, ong, xulq-atvor uslubi va aloqa, shuningdek, bevosita boshqaruvchining kasbiy faoliyati bilan bogʻliq.
Boshqaruvchi oʻz kasbiy vakolatlari, shuningdek, shaxsiy fazilatlaridan qay birini jamoa qabul qilgani va qay biri jamoada javob topa olmasligini tushunishi va kuzatishi kerak. Maktabgacha taʼlim tashkiloti direktoriga xos fazilatlarni rasmiy ravishda psixologik, intellektual, ijtimoiy va professional sifatida belgilash mumkin. Qayd etilgan sifatlarning toʻliq roʻyxati oddiyroq tarkibiy qismlardan iborat. Direktorlarga xos fazilatlarni uch guruh: professional, shaxsiy va ishbilarmonlikka ajratish mumkin. Shuningdek, direktor uchun pedagog kadrga bolani tushunishga oʻrgatish muhimdir.
Haqiqiy pedagog kadrning shakllanishi pedagog kadrning bolani tushuna olish qobiliyatidan boshlanadi. Agar pedagog kadr bolaning maʼnaviy dunyosini tushunishga harakat qilmasa, u holda kelajakda u endi taʼlim va sotsializatsiya jarayoniga taʼsir koʻrsta olmaydi. Boshqaruv faoliyati jarayonida boshqaruvchida, albatta, turli xil muammolar uchraydi va u mazkur muammolarni samarali hal qilish darajasi orqali uning vakolat darajasini aniqlash mumkin. Boshqaruv vakolati rivojlanishi nafaqat oʻz-oʻzini rivojlantirish va boshqaruvchi faoliyatida tajriba orttirish, balki boshqaruvchining malakasini oshirish, shuningdek, maktabgacha taʼlim tashkiloti direktorining kasbiy qayta tayyorgarligiga bogʻliq.
Butun taʼlim tizimini modernizatsiya qilish jarayonini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun pedagog kadrlar jamoalarini boshqarishning zamonaviy usullari, ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarni yaxshi biluvchi, innovatsiyalar bozorida samarali ishlashga qodir mutaxassislar kerak. Innovatsiya har bir tashkilot uchun murakkab va ogʻriqli jarayondir. Ammo innovatsiyalarsiz tashkilotlar, tashkilotlar va firmalar oʻrtasidagi raqobat xarakteriga ega zamonaviy jamiyatda ishlash va rivojlanish mumkin emas.
Zamonaviy innovatsion jarayonlar juda murakkab va muqarrardir. Ular boshqaruvning istalgan sohasida rejalashtirishni takomillashtirish, boshqaruv organlarining tuzilishi va funksiyalari, kadrlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish muhimdir.
Nazorat savollari
Maktabgacha taʼlimning zamonaviy direktori qanday boʻlishi kerak?
Maktabgacha taʼlim tashkilotining zamonaviy direktorining boshqaruv vazifalari nimalardan iborat?
Maktabgacha taʼlim tashkilotida nazorat qanday jarayon?
“Innovatsiya” tushunchasi nimani ifoda etadi?
Maktabgacha taʼlim tizimi innovatsiyasi deganda nimani tushunasiz?
MTTda innovatsion faoliyat deganda nimani tushunasiz?
2. Innovatsion menejmentning nazariy asoslari va ularning maktabgacha taʼlim tashkilotlarini boshqarishdagi oʻrni
Innovatsion menejment innovatsion jarayonlar, innovatsion faoliyat, mazkur faoliyat bilan shugʻullanuvchi tashkiliy tuzilmalar va ularning xodimlarini boshqarish tamoyil, usul va shakllari toʻplamidir. Boshqaruvning boshqa sohalarida boʻlgani kabi, u ham maqsadlarni belgilash va strategiyani tanlash; rejalashtirish, shartlarni belgilash va tashkil etish, ijro etish, direktorlik bilan tavsiflanadi.
Maktabgacha taʼlim tashkilotida bolalarning individual rivojlanishini har tomonlama qoʻllab-quvvatlashni tashkil etish oʻquv jarayoni, uni rejalashtirish hamda bolalar bogʻchasi faoliyatini dasturiy va uslubiy taʼminotga, mehnatni muhofaza qilish xizmati ishini tashkil etishga turli yondashuvlarni talab etadi. Oʻzbekistonda maktabgacha taʼlim sifatiga oʻzgaruvchan talablari maktabgacha taʼlim tashkilotini zamonaviy taʼlim kompleks dasturlari, texnologiyalari, usullaridan foydalanishga undashi kerak.
Hozirgi zamonda “innovatsiya” tushunchasi biron bir turdagi faoliyatni tapkibiy jihatdan yangilanishini, tubdan oʻzgartirilishini ifoda etadi.
Mavjud narsaning yangi holatga oʻtishi yoki yangicha sifat kasb etishi bilan bogʻliq jarayon innovatsiya sifatida eʼtirof etiladi. Bu jarayonni baʼzida yangilikning amaliyotga joriy etilishi deb ham atashadi. Innovatsiyalar dastavval insonlar ongida mavjud reallik bilan uning ideal holati oʻrtasidagi tafovut sifatida shakllanadi. Aksariyat xollarda innovatsion gʻoyalar tez oʻsib borayotgan ehtiyojlar bilan nisbatan sust rivojlanayotgan ishlab chiqarish tiziminipg potensial imkoniyatlari oʻrtasidagi ichki ziddiyatlarni bartaraf etishga intilish asosida shakllanib boradi.
Innovatsion sohaga taalluqli muammolarni ilmiy jixatdan tahlil qilishga uringan turli xil olimlarning ilmiy ishlarini oʻrganish shuni koʻrsatmoqdaki, maʼlum bir innovatsiyaning muvaffaqiyati va xarakteri oqibat natijada konkret tarmoqning, regionning, mamlakatning, qolaversa korxona va tashkilotlarning innovatsion potensiali qandayligiga bogʻliq boʻladi.
Ilmiy-texnika raqobatining globallashuvi sharoitida, innovatsion menejmentning ahamiyati kuchayib boradi. Uni tashkilotni rivojlantirishni taʼminlovchi faoliyat sifatida baholash kerak.
Innovatsiyalar va innovatsion boshqaruvga nisbatan oshirilgan eʼtibor hozirgi jamiyatning hayotining oʻzi tomonidan talab qilinadi, axir innovatsion jarayonlarni yangi mahsulotlar va yangi texnikada roʻyobga chiqishi uning sotsial – iqtisodiy rivojlanishining asosi boʻladi.
Innovatsiya – bu yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot (tovar, ish, xizmatlar) koʻrinishdagi innovatsion faoliyatning yakuniy natijasidir.
Innovatsion jarayon — innovatsion oʻzgarishlarni tayyorlash va amalga oshirishdan iborat boʻladi va yagona bir butunni tashkil qiluvchi oʻzaro bogʻlangan pallalardan tashkil topgan. Bu jarayonning natijasida amalga oshirilgan oʻzgarishlar natijasida innovatsiya paydo boʻladi.
Maktabgacha taʼlim tizimi innovatsiyasi deb — maktabgacha taʼlim tashkilotida taʼlim tarbiya va boshqarishning yangi usullarining yaratilishi, maktabgacha taʼlim tizimi faoliyatiga tadbiq etilishi, tizimni yuritishda marketing yoki tashkiliy usullarning joriy qilinishi, yangi ish oʻrinlarini tashkil etishni yoki tashqi aloqalarni oʻrnatilishini oʻzida mujassamlashtirgan faoliyatning yakuniy natijasi tushuniladi.
Maktabgacha taʼlim tizimi boshqaruvida oxirgi uch yilda bir qancha innovatsiyalarni kuzatishimiz mumkin.
Masalan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentyabrdagi “Maktabgacha taʼlim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi PF-5198-son Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida ” PQ-3305-son, 2017-yil 9-sentyabrdagi “Maktabgacha taʼlim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi PQ-3261-son, 2018-yil 5-apreldagi “Maktabgacha taʼlim tizimini yanada ragʻbatlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-3651-sonli va 2018-yil 30-sentyabrdagi “Maktabgacha taʼlim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-3955-sonli qarorlarini keltirishimiz mumkin. Bundan tashqari bunday qarorlarni bir qanchasini misol sifatida keltirishimiz mumkin.
Innovatsion faoliyat — deganda, iqtisodiy faoliyat sohasidagi jarayonlarni radikal tarzda oʻzgartirishga yordam berishi mumkin boʻlgan biron bir yangilikni yaratish tushuniladi.
Maktabgacha taʼlim tizimida innovatsion faoliyat — bu tashkilot moddiy-texnika bazasini va taʼlim-tarbiyani yangilashga va rivojlantirishga imkon beruvchi yangi gʻoyalar va ishlanmalarni yaratish, oʻzlashtirish va tatbiq etishga qaratilgan jarayonlar majmuasi tushuniladi.
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida innovatsion faoliyatni tashkil etuvchi jarayonlar quyidagilar:
- gʻoya va ishlanmalar yaratilishi;
- qoʻshimcha pul mablagʻlarni yaratilishi;
- innovatsion mahsulot (yangi taʼlim tarbiya va xizmat turlari namunalari, dasturiy taʼminot va boshqalar)ni yaratilishidir.
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining innovatsion faoliyati natijasida yuzaga kelgan gʻoya va maʼlumotlarni tayyor turdagi taʼlim-tarbiya va xizmatlar holatiga keltirish mobaynida gʻoyani rivojlantirish, uni moliyalashtirish, sinov guruhlarini tashkil etgan holda ularda yaratilayotgan taʼlim-tarbiya va xizmatlarni tadbiq etish hamda yakuniy bosqichda tayyor yangi taʼlim-tarbiya va xizmatlarga ega boʻlish jarayonini tashkil etish, uni qoʻllab-quvvatlanishida, moliyalashtirishni tashkil etish uchun albatta boshqaruvning roli nihoyatda kattadir.
Yuqoridagilarni hisobga olgan holda biz innovatsiyalarni yaratishda innovatsion menejmentning zarurligini koʻrishimiz mumkin.
Innovatsion menejment bu — innovatsion jarayonlar, innovatsion faoliyat, bu faoliyat bilan band boʻlgan tashkiliy tuzilmalar va ularning xodimlarini boshqarish tamoyillari, usullari va shakllarning majmuasidir.
Innovatsion menejmentning maqsadi quyidagilardan iborat:
innovatsion faoliyatni boshqarish;
strategik boshqaruvga yoʻnaltirish;
innovatsiyalarni rejalashtirish;
innovatsion jarayonlarni boshqarish;
moddiy va moliyaviy resurslar bilan taʼminlash;
malakali kadrlar bilan taʼminlash;
maqsadni guruhli tarzda shakllantirishdan iborat.
Menejmentning har qanday boshqa sohalari kabi innovatsion menejment ham quyidagi YaʼNI:
rejalashtirish;
shartlarni belgilash va tashkil qilish;
ijro etish;
rahbarlik kabi bosqichlarda amalga oshiriladi.
Davraning har bir bosqichida belgilangan vazifalar hal qilinadi. Yaʼni Rejalashtirish bosqichida – maqsadni amalga oshirish rejasi tuziladi. Shartlar va tashkil qilish bosqichiga moliyaviy resurslarni belgilash, xodimlar oldiga vazifalarni qoʻyish hamda ishni tashkil qilish kiradi. Ijro etish bosqichida tekshirishlar va ishlab chiqishlar bajariladi. Rahbarlik bosqichida nazorat va tahlil ishlari olib boriladi. Bu yerda innovatsion loyihalar, innovatsion boshqaruv qarorlari va yangiliklarni qoʻllashning samaradorligi baholanadi.
Innovatsion menejmentning mohiyati, maqsadlari, harakteri, mazmuni va xususiyatlari uning boshqaruvning anʼanaviy turlaridan katta farq qilinishini belgilab beradi va holatlar innovatsion jarayonga aylanadi.
Innovatsion jarayonlar:
1. Izlanish, tizimlashtirish gʻoyalarini tanlash;
2. Imkoniyatlar tahlili va innovatsiyalarga tayyorgarlik koʻrish;
3. Maqsad va muddatlarni belgilash;
4. Yangi taʼlim-tarbiya va xizmatlar yaratilish ishlari;
5. Yangi taʼlim-tarbiya va xizmatlar sinov ishlarini olib borish;
6. Oʻzlashtirish va amaliyotga joriy etish;
7. Yangi taʼlim-tarbiya va xizmat turlariga ega boʻlish kabi bosqichlardan iborat.
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida innovatsion menejment quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:
maktabgacha taʼlim tashkiloti innovatsion faoliyat rejasi va dasturlarini ishlab chiqish;
maktabgacha taʼlim tashkilotida yangi turdagi taʼlim va tarbiya turlarini yaratish va amaliyotga joriy etish jarayonini kuzatib borish, muhokama qilish;
tashkilot miqyosida umumiy innovatsion siyosat yurgizilishini taʼminlash;
innovatsion jarayonlarni moliyaviy va moddiy resurslar bilan taʼminlash;
tashkiliy tuzilma oldida turgan nnovatsion muammolarni kompleks tarzida hal etmoq uchun maqsadli guruhlarni tuzish.
Innovatsion menejmentning asosiy vazifalarini amalga oshirishda alohidagi oʻzaro aloqa va mantiqiy izchillik vujudga keladi.
Innovatsion menejmentda Maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbari quyidagi vazifalarni bajaradi.
yangi gʻoya va maʼlumotlarni tahlil etish hamda maqsadni belgilash;
qoʻyilgan maqsadga erishish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqish va natijaga erishishni tashkil etish;
xodimlar innovatsion faoliyatini rejalashtirish va rahbarlik qilish;
maktabgacha taʼlim tashkiloti innovatsion guruh pedagog kadrlarini qoʻllab-quvvatlash;
tashqi va ichki muhitni nazorat etish.
Innovatsion menejmentda maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbarining bajaradigan vazifalarini har birini alohida koʻrib chiqamiz.
Rahbarning Yangi gʻoya va maʼlumotlarni tahlil etish hamda maqsadni belgilashda maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbari quyidagi vazifalarni bajaradi.
maktabgacha taʼlim tashkiloti pedagog kadrlar gʻoyalarini umumlashtirish;
yangi gʻoya va maʼlumotlarni umumlashtirish tahlil etish guruhlarini tuzish;
umumlashtirilgan gʻoyalarni taʼlim-tarbiya va xizmatlar kesimida guruhlarga ajratish;
ishchi guruh ishtirokida gʻoya va maʼlumotlarni tahlil etilishini tashkil etish va nazorat qilish;
tahlil natijalari asosida maqsadni belgilaydi.
Qoʻyilgan maqsadga erishish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqish va natijaga erishishni tashkil etishda maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbari:
maqsadning ustuvorligini aniqlaydi;
ichki moliyaviy resurslarni oʻrganish, tahlil etish hamda moliyaviy imkoniyatni baholaydi;
tashqi moliyaviy resurslarni jalb etish imkoniyatini oʻrganadi;
ishchi guruh ishtirokida gʻoya asosidaga taʼlim va xizmatlar boʻyicha tajriba-sinov guruhlarini tashkil etadi;
tajriba sinov natijalarini tahlil etadi va ijobiy natijani ommalashtirish boʻyicha amaliy ishlar olib boradi.
Xodimlar innovatsion faoliyatini rejalashtirish va rahbarlik qilishda maktabgacha taʼlim rahbari:
tashkilot pedagog kadrlariga erkin ishlash va fikrlash boʻyicha shart-sharoit yaratadi;
pedagog kadrlar sifatini aniqlaydi, ularni kichik guruhlarga ajratadi hamda malakali kadrlarga biriktiradi;
maktabgacha taʼlim tashkiloti jamoasida innovatsion faoliyatni shakllantiradi;
yangi taʼlim-tarbiya va xizmatlarga boʻlgan ehtiyojni oʻrganish yaʼni marketing ishlarini olib boradi;
innovatsion faoliyatda yangi gʻoyalar asosida rejalashtirish ishlarini olib boradi.
maktabgacha taʼlim tashkiloti innovatsion guruh pedagog kadrlarini qoʻllab-quvvatlashda rahbar:
pul mukofoti kurinishida;
moddiy ragʻbatlantirish (bunga toʻlovlar, imaktabgacha taʼlimiyozlar, sovgʻalar va boshqalar kiradi);
pnnovatsion guruh yutuqlarini jamoa oldida eʼtirof etish;
alohida xodim yutuqlarini jamoa oldida eʼtirof etish;
rahbarning shaxsan eʼtirof etishi kabi vazifalarni bajaradi.
Tashqi va ichki muhitni nazorat etishda esa rahbar bajaradi:
nazorat qilish konsepsiyasini tanlab olish (tizim, jarayon va boshqalar);
nazorat oʻrnatishda uning maqsadlarini belgilash;
nazorat oʻrnatish meʼyorlarini belgilash (ahloq-odob, taʼlim-tarbiyaga oid, huquqiy);
nazorat etish uslublarini tanlash (diagnostik, ilk bosqichli va boshqalar);
tashqi va ichki nazorat etish koʻlamini belgilash.
Maktabgacha taʼlim tashkilotini innovatsion boshqarishda rahbarga qoʻyiladigan asosiy talablari quyidagilardan iborat:
isteʼmolchi talablaridan kelib chiqib, muvaffaqiyatga erishishni oldindan bashorat qilish;
tashkilotning kelgusi moliyaviy ehtiyojini qondirishda pul oqimlarini va xarajatlarni rejalashtirish;
jamiyatdagi oʻzgarishlar va yangiliklardan kelib chiqqan holda innovatsion faoliyat guruhlarini tashkil etish (tanlash, jamoa bilan qoʻshma xarakatlar);
innovatsion faoliyatni rivojlantirib borish yuzasidan toʻgʻri qarorlar qabul qilish kabi talablarni bajarish.
Innovatsion menejment quyidagi funksiyalarni bajaradi, yaʼni:
Maktabgacha taʼlim tashkilotida innovatsion menejment maqsadlarini belgilash;
Ijtimoiy funksiya;
Tashkiliy funksiya;
Motivatsiyani boshqarish funksiyasi;
Moliyaviy hisob va nazorat funksiyalari.
Innovatsion menejmentning quyidagi usullari mavjud, yaʼni:
innovatsiyalarni rejalashtirishni tartibga solish;
vaziyatni tahlil qilish (vaziyatni, xodimlarni va hokazo);
rejalashtirish;
moslashtirish;
nizolarni boshqarish;
kreativ menejment.
Innovatsion menejmentning xorijiy tajribalarini koʻradigan boʻlsak Yaponiya innovatsion menejmenti usullari boshqa rivojlangan davlatlar (masalan Yevropa yoki Amerika) usullaridan keskin farq qiladi.
Uning asosiy farqi nimada? Avvalam bor bu boshqaruvning nimaga yoʻnaltirilganligiga bogʻliq. Masalan, Yaponiyada boshqaruv markazida mehnat resurslari yotadi. Yapon boshqaruvchisi tashkilot samaradorligini oshirish uchun mehnat unumdorligini oshirishga harakat qiladi. Yevropa va Amerikada esa asosiy maqsad kam ish va harakat qilib koʻp daromadga erishish yotadi. Menejment boʻyicha Yapon mutaxassisi Xideki Iosixara Yapon boshqaruvini
4 ta xususiyatini koʻrsatib oʻtadi:
doimiy bandlik kafolati va oʻzaro ishonch sharoitining mavjudligi, bunday kafolatlar kadrlar qoʻnimsizligini kamaytiradi va xodimlarni barqaror faoliyat koʻrsatishlari uchun ishonch tugʻdiradi. Bu esa xodimlarni keyinchalik vertikal (lavozim) zinapoya boʻyicha koʻtarila olishi mumkinligiga ishontiradi va tashkilotda jamoat boʻlib ishlashga undaydi.
tashkilotning birdamligi va u uchun qimmatli deb hisoblangan narsalarning mavjudligi. Agarda barcha ishchilar va boshqaruvchilar tashkilot siyosati xaqida axborot beruvchi bitta axborot bazasidan maʼlumot olishadigan boʻlsa, bu barcha xodim va ishchilarga javobgarlik xususiyatini oshiradi va jamoa boʻlib xarakat qilishga undaydi.
sifatga qaratilgan boshqaruv koʻpincha yapon tashkilotlarini boshqaruvchilari sifatni nazorat qilishga katta ahamiyat berishadi. Oʻz faoliyatlari jarayonida ularning asosiy masalasi – sifat haqidagi aniq maʼlumotlarni olishdir.
tozalik va tartibni ushlab turish. Yaponiyada xizmatning yuqori sifati faoliyatda tozalik va tartibga rioya qilish orqali kelib chiqadi.
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki maktabgacha taʼlim tashkilotlari boshqaruvida innovatsion menejment usullaridan keng foydalanish orqali tashkilotda taʼlim-tarbiya sifati va samaradorligini oshishiga, hamda tashkilotning faoliyat davomiyligini taʼminlanishida ham ijobiy taʼsir koʻrsatadi.
Maktabgacha taʼlim tashkilotida innovatsion boshqaruvga quyidagilar misol boʻlishi mumkin:
1. Innovatsion jarayonlarning dasturiy va uslubiy taʼminotini ishlab chiqish: Maktabgacha taʼlim tashkilotlarini rivojlantirish dasturi, biznes-reja, taʼlim dasturi, yillik reja.
2. Innovatsion jamoa va individual pedagogik loyihalarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish.
3. Maxsus taʼlimni farqlashning yangi shakllarini joriy etish: vaqtinchalik nutq terapiyasi guruhi, nutq markazi.
4. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari uchun qoʻshimcha bepul taʼlim va sogʻlomlashtirish xizmatlari tarmogʻini yaratish: toʻgaraklar, studiyalar, boʻlimlar va hokazo.
5. Maktabgacha taʼlim tashkilotlariga bormaydigan bolalar uchun taʼlim xizmatlari turlarini kengaytirish: pulli taʼlim xizmatlari, yosh bolalar uchun qisqa muddatda qolish guruhlari (moslashish, tuzatish va rivojlantirish), katta yoshli maktabgacha yoshdagi bolalar uchun maktabgacha tayyorgarlik guruhi.
6. Oila va ijtimoiy taʼlimning birligi va uzluksizligini taʼminlash, ota-onalarga (qonuniy vakillarga) psixologik-pedagogik yordam koʻrsatish, bolalarning shaxsini har tomonlama rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash uchun oilaviy muhitda tarbiyalangan ota-onalar (qonuniy vakillar) va maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qatnash imkoniyati boʻlmagan nogiron bolalar uchun maslahat markazi yaratish.
7. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya va sogʻlomlashtirish ishlariga innovatsion yondashuvlarni joriy etish (sogʻlomlashtirish oʻyini, dinamik “soat”, harakatli ijod “soati”).
8. Ota-ona va bola munosabatlarini uygʻunlashtirishning ijtimoiy texnologiyalari.
9. Innovatsion faoliyatning ilmiy-uslubiy mahsulotlari – oʻquv qoʻllanma va ishlanmalarni nashr etish, pedagog kadrlarning maʼlumotlarini Internet saytlariga joylashtirish; virtual muammoli seminarlar, ilmiy-amaliy konferensiyalar, Internet-jamoalar, forumlar va pedagog kadrlar kengashlarida ishtirok etish.
10. Ijodiy va muammoli guruhlarning ishi, mahorat darslarini oʻtkazish.
11. Taʼlim jarayonini axborotlashtirish: loyihalash va tadqiqot faoliyati mahsulotlarini namoyish etish, maʼlumotlar bazalarini toʻplash, Internet-resurslar bilan ishlash, diagnostika vositalarini ishlab chiqish uchun mediataʼlim vositalari imkoniyatlaridan foydalangan holda maktabgacha taʼlim tashkiloti ishini tashkil etish.
12. Tashkilotning moliyaviy mustaqillikka oʻtishi, byudjetdan tashqari mablagʻlarni jalb etish, pulli taʼlim xizmatlarini tashkil etish.
Shunday qilib, zamonaviy maktabgacha taʼlim tashkilotini samarali va oqilona boshqarish uchun taʼlim menejeri – mudir, direktor, direktor boshqaruv asoslarini puxta egallashi, direktorning ijobiy konstruktiv yondashuvi va yetakchilik vazifalari asosida zamonaviy samarali strategiya va maktabgacha taʼlim tashkilotlarini boshqarish usullari hamda jamoa bilan ishlash texnologiyalarini tushunishi kerak.
Nazorat savollari
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida innovatsion faoliyatni tashkil etuvchi jarayonlarni sanab bering?
Innovatsion menejment bu -?
Innovatsion menejmentning maqsadi nimalardan iborat?
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida innovatsion menejment qanday vazifalarni bajaradi?
Innovatsion menejmentda maktabgacha taʼlim direktori qanday vazifalarni bajaradi?
Innovatsion menejment qanday funksiyalarni bajaradi?
Innovatsion menejmentning qanday usullari mavjud?
Maktabgacha taʼlim tashkiloti boshqaruvi boʻyicha qanday innovatsiyalarni bilasiz?
2-mavzu: Maktabgacha taʼlim tashkiloti direktorlarining rahbarlik uslublari
Reja:
1. Rahbarlik uslublari va uning mazmun-mohiyati.
2. Boshqaruv faoliyatining uslublarini shakllantirish.
Rahbarlik uslublari va uning mazmun-mohiyati rahbar oʻzining boshqaruv faoliyatida afzal bilgan va asoslangan barcha usullar va harakatining taktika va strategiyalaridan tashkil topgan tizim sifatida karaladi. Bunda bir tomondan strategiyalar bilan boshqaruv faoliyati mazmuni boshqa tomondan bu tizimning uchi inson faoliyati muxitida turli axamiyatga ega boʻlgan harakatlar va shu qatori professional faoliyat boshqaruv subyektining rivojlanishida hamda uning professional mutaxassis sifatida shakllanishida muhim axamiyat kasb etadi.
Rahbarlik uslubi — bu rahbarning boʻysunuvchilarga nisbatan taʼsir koʻrsatishi va koʻzlangan maqsadga erishishga undashida boʻysunuvchilar bilan boʻlgan oʻzaro munosabatlardagi odatiy harakatlari boʻlib, quyidagilarga asosan aniqlanadi:
- qarorlar qabul qilish jarayonida boʻysunuvchilarning ishtirok etish darajasi;
- boʻysunuvchilarning maʼlumotlar va axborotlar bilan taʼminlanishi;
- rahbar tomonidan qoʻllanilayotgan ish uslublari, yaʼni u yoki bu masalani hal qilishda uning oʻziga xos yondashishi.
Koʻpchilik mutaxassislar rahbarlik uslublarini tasniflashida mazkur jarayonning bosh mezoni va tashkiliy tamoyili sifatida yakkaboshchilik bilan kollegiallik nisbatining ustuvorligiga eʼtibor berishadi. Shundan kelib chiqib, rahbarning boshqaruv faoliyati asosiy uslublarining mazmun va mohiyatiga toʻxtalib oʻtamiz.
1. Avtoritar (direktiv) uslubda rahbar oʻz irodasini qoʻl ostidagilarga maʼmuriy kuch vositasida oʻtkazishga intiladi, yaʼni majburlash, qoʻrqitish ragʻbatlantirish va boshqa chora-tadbirlardan foydalanadi. Bu xil boshqaruvchilik bevosita buyruq va farmoyishlar berishga asoslanib boshliqqa soʻzsiz boʻysunishni taqozo qiladi. Jamoa aʼzolarnning bevosita muloqotda boʻlishini chegaralab qoʻyadi. Oʻzining nooʻrin harakatlarining tanqid qilinishiga chiday olmaydi. Bunday vaziyatda xodimlarning mehnat jarayoniga munosabatlari, ayrim shaxsning manfaatlari psixologik jixatdan eʼtiborga olinmaydi. U oʻz xodimlariga ishonmaydi barcha mavjud axborotlarni oʻzi orkali oʻtkazishga harakat kiladi.
Bu “ajratib tashla va xukmronlik qil” tamoyiliga asoslangan shafqatsizlarcha uslubdir. Bunday uslub garchi birmuncha samarasiz boʻlsa ham, aslida, jamoada muxoliflik norozilik kayfiyatini shakllantiradi. Bunday uslub taʼsirida inson oʻz mehnatidan qoniqmaydi, uning natijalaridan begonalashib qoladi, mehnat unumdorligi pasayadi, ish sifati yomonlashadi, rasmiyatchilik avj oladi, taʼqib, chaqimchilik, guruxbozlik kabi illatlarning kuchayishiga yakkaxokimlikka intilish sabab boʻladi. Avtokrat rahbar jamoadagi munosabatlarni izdan chiqaradi. Jamoaning mehnat unumdorligi tushib ketishiga olib keladi. Bunda mazkur uslubning turli xil shakli va usullari vujudga keladi:
a) mutloq — diktatorlik shaklida — rahbarning qaror qabul qilishida boʻysunuvchilar ishtirok etmaydi va u muttasil buyruq byerishga, majburlash, qurqitish orqali xodimlarni oʻz istaklariga soʻzsiz boʻysundirishga intiladi;
b) avtokratik usul — yakkaxokimlik tushunchasini bildiradi. Yaʼni xukmronlikni amalga oshiruvchi rahbarning ixtiyorida keng imkoniyat va vakolatlar boʻlishini koʻzda tutib, bu maʼmuriy buyruqbozlikka asoslangan boshqaruvning byurokratik turi; bunda rahbar lavozimlarga koʻra boʻysunish tartibini norasmiy belgilaydi; rahbar va xodimlar aniq bir oʻrnatilgan qoidalar tizimiga boʻysunadilar;
v) patriarxal yoki matriarxal shaklida rahbar "oila boshligʻi” mavqyeidan foydalanish yordamida qarorlar qabul qiladi, koʻl ostidagilarning faoliyati uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga toʻliq olgan xolda qabul qilgan qarorlarini tushuntiradi va buyruq beradi; xodimlar unga nisbatan juda katta ishonch bildirishadi va shunga asosan boʻysunishadi;
g) iltifotli — xarizmatik shakli. Bunda rahbar shaxsning oʻziga xos takrorlanmas donolik. Xayrixoxlik, qaxramonlik, mardlik kabi xususiyatlariga asoslangan yuqori darajadagi mavqyeidan foydalanadi; xodimlar uning xatti-harakatlarini, maqsadlari yoʻnalishini oʻzaro munosabatlar jarayonida kuzatishadi. Shuningdek uning ijobiy sifatlariga, ichki dunyoqarashiga xurmat bilan qarashadi.
2. Liberal (erkin ish yuritish) uslubi rahbarning oʻz qarorlarini tavsiyalar koʻrinishida berishi, xodimlarning ishiga kamroq aralashishi bilan tavsiflanadi. Bunda rahbar vositachi sifatida faoliyat koʻrsatadi. Xodimlariga keng doirada mustaqillik, juda erkinlik byerish bilan bir qatorda ularning harakatlariga kam eʼtibor beradi va nazoratni sustlik bilan amalga oshiradi. Liberal-rahbar turli xil nizolarning kelib chiqishidan choʻchiydi. Shuning uchun muassasa faoliyatini, asosiy ishchilarni oʻz oqimiga tashlab qoʻyadi. Shuningdek oʻz zimmasiga maʼsuliyat olishni yoqtirmaydi. Suisteʼmolliklarga bevosita yoʻl qoʻymasa ham oʻzini bilmaslikka soladi, irodasiz, tashabbussiz boʻlib, tashqaridan koʻrsatiladigan taʼsirlarga moyilligi kuchli boʻlganligi sababli yuqoridan yoki quyidan koʻrsatilgan tazyiqlar uni harakatga kyeltirishi mumkin. Tanqidlarni qabul qiladi. Lyekin undan xulosa chiqarmaydi, kelishuvchanlik asosida faoliyat koʻrsatadi, yaʼni xodimlar bilan oʻzaro munosabatlarni buzmaslik uchun ularning barcha talablarini bajaradi. Qoidaga koʻra jamoada rasmiy yoki norasmiy guruxlarni boshqaruvchan bir-ikkita faol insonlar mavjud boʻladi. Ular va ayrim vaziyatlar (jamoa aʼzolarining oʻzida ijodiy yondashuvi va ijobiy munosabatlari) jamoa faoliyatini muvofiqlashtirib turadi.
Mazkur uslubda faoliyat koʻrsatuvchi rahbarda tashabbusning yoʻqligi va yuqori boshqarish organlarining koʻrsatmalarini soʻzsiz bajarishi hamda yuqori lavozimdagilarning koʻrsatmalariga asosan faoliyatni tashkil etishi uning zaif tomonlarini, qatʼiyatsizligi va loqaydligini, nizolardan, vaziyatning kyeskinlashuvidan choʻchishini koʻrsatadi. Bu oʻz oʻrnida jamoada tartibsizlik vujudga kyelishiga, xodimlarning xatti-harakati ustidan nazoratning yoʻqolishiga norasmiy guruxbozliklarni avj olishiga xamda turli xil nizolar xatto, muassasa hayotida muhim ahamiyat kasb etuvchi masalalar xam rahbarning ishtirokisiz hal etilishiga olib keladi.
Bunday rahbar barcha xodimlari bilan xushmuomala, oʻzini xaddan tashqari extiyot qiladi. Biron-bir boʻysunuvchi xodim bilan xam aloqani buzishni istamaydi. Qabul qilgan qarorlari agar boʻysunuvchilardan birortasining shuxratiga taxdid solsa, imperiya vaziyatda oldin qabul qilgan qarorlarini bekor qiladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib ushbu rahbarlik uslubining quyidagi usul va shakllarini ajratib koʻrsatishi mumkin:
a) kommunikativ moyillik — bunda rahbar oʻzi qaror qabul qilishga qiynaladi va shunga asosan xodimlarni xabardor qilgandan keyin qaror qabul qiladi. Xodimlar turli xil savollarni berishi, oʻz fikrlarini bildirishi mumkin, lekin belgilangan tartib va koʻrsatmalarga amal qilishadi, bu boshqaruvning maslahatli usuli boʻlib, xodimlar oʻrtasida aniq axborotlar almashinuvi xamda oʻtkazilgan suxbatlardan kyeyin rahbar qaror qabul qiladi. shuningdek, qabul qilinadigan qaror toʻgʻrisida va muammoning ijobiy yechimi boʻyicha xodimlar tomonidan berilgan takliflar asosida qabul qilingan qarorlar ular tomonidan bajariladi;
b) xamkorlikda qabul qilingan qarorlar asosida boshqaruv — rahbar muammoning yechimini topish uchun barcha xodimlarni jalb etadi va bunda muammoni yechish tartibini oʻzi belgilaydi. Shuningdek oʻzining barcha xuquqlari va vakolatlarini saqlab qolgan xolda xodimlar tomonidan muammoning yechimi boʻyicha qaror qabul qilinishiga ruxsat beradi.
Demokratik (kollegial) uslubda rahbar oʻz faoliyatini oʻzining jamoasi aʼzolariga tayangan holda, jamoa fikrini inobatga olib amalga oshiradi. Boshqaruv vakolatlari, faoliyat uchun javobgarlik boʻysunuvchilar oʻrtasida taqsimlanadi. Xodimlarning oʻzaro munosabatlarini ragʻbatlantirish bilan birgalikda ularning bildirgan fikriga quloq soladi, ular bilan maslahatlashadi, ijobiy tomonlarini inobatga olib ragʻbatlantirib boradi.
Bu uslub “boshliq”-“tobe” munosabatlari darajasida emas, balki “inson-inson”, “inson-texnika-inson”, “inson-kitob- inson”, “inson-tabiat-inson", “inson-sanʼat-inson” kabi tarbiyaviy munosabatlar shaklida boʻlishini koʻzda tutadi va bunda rahbar bilan xodimlarda bir-biriga nisbatan ishonch, oʻzaro tushunish xamda jamoada doʻstona munosabat, ishchan muxit vujudga kyeladi. Rahbar oʻzini jamoaning bir aʼzosi sifatida tutadi, uning oldida xar bir xodim oʻzini erkin xis qiladi va turli masalalar yuzasidan fikrlarini bemalol ifodalaydi.
Mazkur uslubda faoliyat koʻrsatuvchi rahbar tashabbuskorlikni ragʻbatlantiradi. Barcha bilan samimiy munosabatda boʻladi. Oʻz mavqei ustunligini bildirmaydi, xamkorlik uchun qulay vaziyatni yaratadi, koʻl ostidagilarga qarorlar qabul qilishda ishtirok etish imkonini beradi, ular tomonidan bildirilgan tanqidga toʻgʻri munosabatda boʻladi hamda turli xil vaziyatlarni inobatga olgan xolda yondashuvlarni amalga oshiradi.
Bunday rahbarlik uslubini takomillashtirish yoʻnalishida quyidagi bir nyecha usul va shakllarni ajratib koʻrsatash mumkin:
a) innovatsiya orqali boshqaruv bu faoliyat yoʻnalishida xilma-xil tashabbuslar va yangiliklarni oʻz ichiga oluvchi, taʼlimning rivojlanishiga xizmat qiluvchi innovatsiyalarni ishlab chiqish talablarini belgilaydi:
b) maqsad yoʻnalishidagi topshiriqlar orqali boshqaruv — bu usuldagi boshqaruv birinchi oʻrinda barcha boʻgʻinlar boʻyicha pogʻonaviylik asosida maqsadga erishish yoʻnalishida vazifalar byelgilaydi, maʼlum bir belgilangan tartib va rejaga hamda tyekshiruvlar taxliliga, erishilgan yutuqlarga asoslangan holda maqsadga erishish metodlarni va yoʻllarini belgilashda erkinlik beradi;
v) xodimlarning aloqadorligi orqali boshqaruv — maqsadni shakllantirish, shuningdek, uni amalga oshirish va taʼminlash jarayonida xodimlarning ishtirokini taʼminlash;
g) kelishilgan maqsad orqali boshqaruv — bu boshqaruv maqsad yoʻnalishidagi toshiriqlar va xodimlarning aloqadorligi orqali boshqaruvlarning oʻzaro birikkan shakli boʻlib, erishish zarur boʻlgan maqsadlarni belgilashda xodimlar ishtirok etishadi va joriy maqsadlarga erishish yoʻnalishlari kelishiladi;
d) tizim orqali boshqaruv — muassasaning koʻpgina vertikal va gorizontal tuzilgan boshqarish shakllariga ega ekanligidan kelib chiqib, boshqaruv amalga oshirilayotgan jarayonlarni umumiy nazorat qilishga eʼtibor qaratadi. Muassasa tashqi tuzilishiga koʻra ochiq, dinamik, alohida kompleks va bir butun tizim hisoblanadi. Bu tushunchalar quyidagi belgilarga asosan farqlanadi:
boshqaruv maqsadlari:
moslashtirilgan boshqaruv axboroti;
nazorat standarti;
tez va aniq teskari aloqa;
nazorat axboroti (yaxlit tizimga kiritilgan alohida aniqlangan axborotlar tazimi bilan chekli chetga chiqishlar toʻgʻrisidagi axborot; taʼlim-tarbiya jarayoni. egiluvchan va tazimlashtirilgan fikr);
s) natija moʻljali orqali boshqaruv — bunda natijaga erishishning aniq yoʻllarini belgilash birinchi oʻringa qoʻyiladi. Bu loyixa aniq reja asosida vazifalar belgilash, nazorat tizimi, ragʻbat va topishriqlarni talab qiladi;
j) topshiriqlarni taqsimlash orqali boshqaruv — mustaqil ishlash imkoniyati, qobiliyati, xuquqlariga ega boʻlgan hamda masʼuliyatni xis qiladigan va javobgarlikni oʻz zimmasiga oladigan xodimlar va shaxslar oʻrtasida topshiriqlar taqsimlanishi;
z) muammoni hal qilish qoidalari orqali boshqaruv — bunda topshiriqlarni taqsimlash bilan birgalikda turli xil masalalarni xal etish usullarini, umumiy maqsadga erishish yoʻnalishlarini oʻz ichiga oladi;
i) motivlashtirish orqali boshqaruv — xodimlarning individual talablariga, extiyojlariga mos keladigan ragʻbatlarni tashkil etish orqali boshqarishni koʻzda tutadi;
k) muvofiqlashtirish orqali boshqaruv — muassasa faoliyatining turli boʻgʻinlari bilan kelishuvlar asosida nizolarning kelib chiqishini kamaytirish;
l) jarayonni oʻzlashtirish orqali boshqaruvda rahbarning harakatlari aniq bevosita taʼsir koʻrsatish va nazorat qilishi orqali ajralib turadi;
m) shaxsiy rivojlanish orqali boshqaruv — bu boshqaruv turida shaxsning rivojlanishiga alohida ahamiyat beriladi, rahbar va xodimlarning oʻz ustida ishlashi, shugʻullanishi faoliyatni yuqori darajada tashkil etishga xizmat qiladi.
Rahbarning uslubi — rahbar oʻz faoliyatida insonlar bilan qoʻllayotgan oʻziga xos faoliyat usullari tizimidir. Rahbarlik uslubi qarorlar tayyorlash, ularni qabul qilish va amalga oshirish jarayonida xatti-harakatlari, muloqoti, soʻzlash erkinligining berilishi, boshqa insonlarni eshitishda vujudga keladi.
Rahbarlik uslublari boshqaruv faoliyatining eng zarur va asosiy tashkil etuvchi unsuri hisoblanadi va rahbar shaxsining individual xususiyatlariga bogʻlik boʻladi. Keltirilgan uslublardan birortasi xam ixtiyoriy sharoitlarda qoʻllanilishiga, universallikka daʼvogar boʻla olmaydi. Shuning uchun rahbarning muxim sifatlaridan biri turli xil uslublardan foydalana olishi. Turli xil vaziyatlardan, sharoitdan kelib chiqib ularni koʻllay olishi hisoblanadi. Rahbarlar u yoki bu uslubni tanlashda aniqlangan qator omillarni xisobga olishi zarur.
Vaziyat (stress, tinch aniqlanmagan). Masalan, vaqt ziq vaziyatlarda avtoritar uslub oʻzini oqlaydi.
Topshirik (aniq tuzilishga koʻra). Murakkab topshiriqlarni bajarishda ekspertlarni jalb etish, davra suxbatlari tashkil etish kerak va bunda dyemokratik (kollyegial) uslub zarur.
Gurux (uning aʼzolarining jinsi, yoshi, barqarorligi). Topshiriqlarning bajarilishiga qiziquvchi, oʻzaro inoq jamoa uchun demokratik yoki (ijodiy jamoada, topshiriqlarni bajarishda ijodiy yondashuvda) liberal uslubni tanlash maqsadga muvofiq boʻladi.
Keyingi vaqtlarda turli xil tizimlarni boshqarishda “inson omiliga” koʻprok eʼtibor karatilmokda.
Oʻz oʻrnida eʼtiborga olish zarur, boshqaruvda rahbarlik uslublari nafaqat tashkilotning rivojlanishiga koʻra aniqlanadi, balki boshqa koʻpgina omillar xam mavjud boʻlib, ulardan quyidagilarni alohida ajratib koʻrsatish mumkin:
Boshqariladigan tashkilotning toʻgʻri va oʻziga xos xususiyatlari masalan, xarbiy, pyedagogik ishlab chiqarish va ilmiy tadqiqot jamoalari turli xil rahbarlik uslublarini talab qiladi. Ilmiy tadqiqot jamoasida samarali boʻlgan uslub, xarbiy jamoada samarasiz boʻlishi va aksincha boʻlishi mumkin.
Topshiriqlar, bevosita tashkilotning tez va navbatsiz bajarishi zarur boʻlgan topshiriqlar rahbarlik uslublarini tez-tez almashtirib turishni talab etadi. Bular odatiy, navbatdagi topshiriqlardan farq qiladi.
Topshiriklarni bajarish sharoitlari, tashkilot oldida turgan topshiriqlarni bajarish uchun mavjud qulay, noqulay va ogʻir sharoitlar oʻziga mos rahbarlik uslublarining ahamiyatini belgilaydn.
Faoliyat vositasi va usullari (individual, juftlik yoki guruhlar) xam rahbarlik uslublarini aniqlaydi.
Boshqaruv faoliyatining uslublarini shakllantirish maʼlum darajada rahbarning yashash va mehnat qilish sharoitlariga asoslanadi (mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatlar, boshqaruv faoliyatni muhiti va x.k.) va boshqaruv subyektining harakatlariga tizim orqali taʼsir koʻrsatgan xolda uning individual uslublarini rivojlantiradi.
Boshqaruv faoliyatning samarali uslublarini shakllantirishda rahbarning shaxsiy xususiyatlari, uning maʼlumoti, kasbiy malakasi, yoshi, sogʻligʻining xolati muhim axamiyat kasb etadi. Bunda muhim axamiyatga ega boʻlgan oʻzaro bogʻliqliklar mavjud:
boshqaruv faoliyatining uslubiy xususiyatlari bilan rahbarning boshqaruv faoliyatining asosiy tashkil etuvchi tushunchalarning komponentlari, uning boshqaruv faoliyatining subyektiv modeli, xodimlarning shaxsiy xususiyatlari, samarali boshqaruv modellari oʻrtasidagi bogʻliqlik;
samarali boshqaruv faoliyatining subyektiv modeli bilan boshqaruvning maqsadi va vazifalarini rahbarlarning tushunishi, ularning boshqaruv faoliyati xolatlarini oʻzgartirishga taʼsir koʻrsatuvchi muxitning oʻzaro bogʻliqligi;
rahbar shaxsining individual-psixologik xususiyatlari bilan boshqaruv faoliyatining subyektiv modeli, boshqaruv vaziyatlarini belgilash, rahbar amalga oshirayotgan boshqaruv uslublari oʻrtasidagi bogʻliqlik.
Umumiy xolatda boshqaruv faoliyatining uslubi koʻp darajali asoslarni qamrab oluvchi murakkab tizim hisoblanadi. Rahbarlik uslublarining zamonaviy tez oʻzgaruvchan sharoitlarda oʻzgarishi jamiyatda ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarning oʻzgarishi bilan shuningdek rahbarning shaxsiy xususiyatlarining yoshiga bogʻlik xolda oʻzgarishi, professional boshqaruv faoliyati koʻnikma va malakalari, rivojlanishining ijtimoiy vaziyati, oilaviy xolati, maʼlumoti va boshqa sabablar bilan belgilanadi.
3-Mavzu: Maktabgacha taʼlim tizimida strategik va taym menejmenti
Reja
Strategik menejment va maktabgacha taʼlimda strategik rejalashtirish
Boshqaruvda taym, self menejment va ularning qullanilishi
Maktabgacha taʼlim tashkilotining mavqeini mustahkamlash, isteʼmolchilarning talablarini qondirish va qoʻyilgan maqsadlarga erishishda strategiya va strategik menejment qoidalaridan keng foydalaniladi.
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining “tashkilot faoliyatning qanday turlari bilan shugʻullanmoqchi va kelajakda qanday boʻlmoqchi?” — degan masalaga qarashlari strategik koʻrish deyiladi. Strategik koʻrish — «biz kimmiz, nima qilayapmiz, nima qilmoqchimiz» degan savollarga javob beradi.
Strategiya deganda - biron yutuq maqsadga erishishda tuzilgan va u asosida harakat qilinadigan ryeja va qoidalar toʻplami tushuniladi.
Maktabgacha taʼlim tashkiloti strategiyasi — maktabgacha taʼlim tashkilotining uzoq muddatli maqsadlar va faoliyatiga taʼalluqli rejasidir.
Strategiyalar quyidagilarni taʼminlash uchun toifalarga boʻlinadi:
A) qisqa muddatli rivojlanish imkoniyatlari;
B) oʻrtacha muddatli rivojlanish imkoniyatlari;
V) uzoq muddatli rivojlanish imkoniyatlari.
Strategik menejment:
1. Tushunarli boʻlishi va maktabgacha taʼlim tashkilotining umumiy rivojlantirish tizimini qamrab olishi;
2. Taʼlim tizimi rejalari va keng ijtimoiy hamda iqtisodiy rivojlantirish rejalari bilan hamohang boʻlishi;
3. Maktabgacha taʼlim tashkiloti ichki nazorati natijalarining muntazam monitoringini taʼminlashi;
4. Taʼlim rivojlanishining faqat miqdor jihatdan oʻsishini emas, balki uning sifat samaradorligini ham taʼminlashi;
5. Harakatga chorlashi yoki muammoning yechimini topishga qaratilgan boʻlishi lozim (masalan, yangi pedagogik texnologiyani tatbiq etish, kadrlar malakasini oshirish, tashkiliy va maʼmuriy ishlarini moslashtirish).
Maktabgacha taʼlim tashkiloti boshqaruvida strategik menejment bosqichlari quyidagilardan iborat:
Maktabgacha taʼlim tashkiloti rivojlanishining yoʻnalishini belgilash, yaʼni maqsadni aniqlab uzoq muddatli istiqbolni belgilash;
umumiy maqsad va gʻoyalarni ishning aniq yoʻnalishlariga aylantirish;
koʻzlangan koʻrsatkichlarga erishish uchun tanlangan rejani mohirona amalga oshirish;
tanlangan strategiyani samarali ijro etish;
bajarilgan ishni baholash, maktabgacha taʼlim xizmatlari bozoridagi vaziyatni tahlil qilish kabi bosqichlardan iborat.
Strategik rejalashtirish tegishli boshqaruv obyektlarining maqsadlari va harakat strategiyasini koʻzda tutuvchi strategik qarorlarni (prognozlar, loyihalar, dasturlar, rejalar shaklidagi) ishlab chiqishdan iborat boʻlgan rejalashtirish jarayonidagi insonlar amaliy faoliyatining oʻziga xos turi boʻlib, ularni hayotga tadbiq etish tashkilotning istiqbolda samarali faoliyat qilishini hamda tashqi muhitning oʻzgaruvchan sharoitlariga tez moslashishini taʼminlaydi.
Maktabgacha taʼlimda strategik rejalashtirish bu ...
maktabgacha taʼlim tashkiloti missiyasining tavsifi;
maktabgacha taʼlim tashkiloti maqsad, vazifalarni belgilash va rejalarni tayyorlash;
maktabgacha taʼlim tashkiloti kelajakda yaxshi natijalarga erishish uchun maqsadli qarorlarni bugun qabul qilishi tushuniladi.
Strategik rejalashtirishda muhimligiga koʻra keyingi oʻrinda tashkilot missiyasidan kelib chiquvchi maqsadni aniqlab olish turadi. Maqsadni aniqlashda menejmentdagi mashhur SMART qoidalar tizimidan foydalanish mumkin, unga koʻra ilgari surilayotgan maqsadlar quyidagi talablarga javob berishi kerak: Yaʼni
Strategik maqsadlar aniqlab olingandan soʻng, bu maqsadlarning ustuvorlik darajasini, bajarish ketma-ketligini belgilab olish muhimdir, chunki bir qator maqsadlar va muammolarni bir vaqtning oʻzida hal qilib yoki amalga oshirib boʻlmaydi.
maktabgacha taʼlim tashkilotini samarali rivojlantirish rejasini tuzayotganida, quyidagi rejani tuzish modeliga eʼtibor qaratishlarini tavsiya etamiz.
Tashkilotni samarali rivojlantirish rejasini tuzish modeli
Maktabgacha taʼlim tashkilotini samarali rivojlantirish sikli quyidagi qismlardan iborat:
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini rejalashtirishda strategik rejalashtirish bizga nima beradi, bizga kerakmi degan savolga quyidagicha javob berishimiz mumkin.
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida strategik rejalashtirishni amalga oshirishda quyidagi zarur amallarga eʼtibor qaratiladi:
Natijaga erishish yoʻlini oldindan koʻra bilish;
Bugungi va ertangi kun talablariga tezkor moslashish;
Resurslarni taqsimlashda yaxshi natijalarga erishishni koʻzlash.
Strategik rejalashtirish maqsadlarini quyidagi sxemada koʻrishimiz mumkin:
Strategik rejalashtirish afzalliklarini biz quyidagi sxema orqali koʻrishimiz mumkin:
Strategik rejalashtirish orqali maktabgacha taʼlim tizimini rivojlantirishni biz Prezident va hukumat qarorlarida hamda Vazirlik, idoralar tomonidan qabul qilinayotgan YOʻL xaritalarida koʻrishimiz mumkin. Masalan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-mayda “Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PQ-4312-son qarorini keltirishimiz mumkin.
2. Boshqaruvda taym, self menejment va ularning qoʻllanilishi
Vaqtni boshqarish, vaqtni tashkil qilish, taym-menejment (angl. time management) – vaqtni tashkil qilish va vaqt bilan effektiv foydalanish texnologiyasi
Vaqtni boshqarish – maʼlum ishni bajarishda uning samaradarligi oshirish uchun ketgan vaqtni ongli nazorat qilish yoʻli. Vaqtni boshqarish. Vaqt boshqarish muyayan vazifalar, loyihalar va maqsadlarni amalga oshirish uchun foydalaniladigan koʻnikmamalar, uskunalar va texnik majmuini olish uchun yordam berishi mumkin. Bu esa juda keng koʻlamli faoliyatni yaʼni rejalashtirish maqsadlarni ketma-ketligi tuzish, vaqtni ishlatish taxlili, monitoring, tashkil qilish, roʻyxatlarni tuzish kabilani oʻz ichiga oladi. Oldindan boshtarish faqatgina tadbirkorlik yoki ish faoliyatga moʻljallangan, lekin keyinchalik shaxsiy faoliyatga moʻljallangan. Vaqtni boshqarish bir necha bosqichlarni, instrumentlarni texnika va metodlarni oʻz ichiga oladi.
XX asrning 20 yillarida mehnat ilmiy tashkilotini rivojlanish davrida A. K Gastev-markaziy mehnat institutini direktori tashkil qilish samaradorligi shaxsiy samaradorlikdan yaʼni shahsish vaqtdan samarali foydalanishdan boshlanishi haqidagi gʻoyani ilgari suradi. Vaqt uchun kurashish ijtimoiy harakati “Vaqt” ligasini tashkil qiliniyaga olib kelti, uining rahbari P.M Kerjensev. Mahaliy gazetalarda “Vaqt uchun kurash” lavhalari paydo boʻlishni boshlaladi. 1970-nshd ioʻqrdfkshvf D. Granin “Eto strannaya jizn” kitobi chop etilgandan A.A. Lyubisheva-xronometraj biolog usuli bilan mashxurlikka ega boʻldi. Shaxsiy vaqt bilan unumli foydalanish sistemasiga asoslanshgan edi. 2007-yil Moskva moliya sanoat universiteti “Sinergiya” da birinchi marta taymgʻmenejment kafedrasi ochildi.
Muvaffaqiyatli odamlarning bari anchayin samaradorligi bilan ajralib turadi. Ular juda koʻp ishlashadi va koʻp narsaga ulgurishadi. Unutmangki, samardorlik deganda, birinchi navbatda natija koʻzda tutiladi, jarayon emas. Agar samaradorlikni oshirishni istasangiz, bunga qatʼiy qaror qiling. Koʻpchilik aynan qarori qatʼiy boʻlmagani uchun ham vaqtini behuda sarflab qoʻyadi.
Xullas, ahdingiz jiddiy boʻlsa, muvaffaqiyatlilar siri bilan tanishing: vaqtni toʻgʻri taqsimlash samaradorlikning asosiy garovidir. Taym-menejment biznes yoki karerangizni yutuqlar sari yetaklaydigan eng muhim omillardan biri sanaladi.
10/90 qoidasi Hayotida muvaffaqiyatga erishganlar koʻp vaqtini rejalashtirishga sarflaydi. Kunlik rejalashtirish samaradorlikni orttirish va vaqtdan unumli foydalanish uchun zarur. Esingizda boʻlsin: toʻgʻri rejalashtirish salbiy koʻrsatkichlarning oldini oladi. Eng yaxshisi, rejalarni qogʻozga tushiring. Bu sizga yoʻldan adashmaslik uchun oʻziga xos xarita vazifasini oʻtab beradi.
Qoʻlingizdagi roʻyxat bilan birinchi kundanoq samaradorlik 25 foizga oshadi. Ertangi qiladigan ishlaringiz roʻyxatini bugun kechqurun tuzib qoʻying. Ishga kelganingizda, nimadan boshlashni bilasiz. Kun davomida ishni rejaga muvofiq olib boring: yangi ish chiqib qolsa, muhimligiga qarab rejaga kiritib qoʻyaverasiz. Amalga oshgan vazifalarni albatta roʻyxatdan oʻchirib tashlang. Bu sizga qoniqish hissini beradi, sizga kuch va gʻayrat bagʻishlaydi.
Rejani ishlarning mushkulidan osoniga, uzoq muddatlisidan qisqa muddatlisiga qarab tuzing. Har bir vazifaga muayyan vaqt belgilang.
Biror narsaga kirishishdan oldin 10/90 qoidasini yodda tuting: rejalashtirishga sarflangan 10 foiz vaqt vazifani bajarishda 90 foiz vaqtni iqtisod qilishga yordam beradi.
Eng asosiysi – asosiyni belgilash Taym-menejmentning vazifasi oʻz vaqtida eng asosiy ishni aniqlab olishdir. Roʻyxatingizda eng muhim ish eng boshda, undan keyin ahamiyati kamroqlari tartib bilan kiritilgan boʻlishi lozim.
Eng asosiy ishni belgilab olgandan keyin uni bajarish yoki bajarmaslikning oqibati qanday boʻlishini baholang. Oʻz vaqtida bajarilmagan muhim vazifa jiddiy oqibatlarga sabab boʻladi.
Ishlarni muhimligi jihatidan roʻyxatga kiritishda ABVGD usuli yordam beradi: A harfining roʻparasiga eng muhim ishni yozasiz, Bning qarshisiga ahamiyati undan sal kamroq boʻlganini va hokazo. D – muhimligi jihatidan eng oxirida turadigan ish.
Majburiy samaradorlik qonuni Diqqatingiz bir ishga qarating. Ishni birinchi darajadagi muhim vazifalardan boshlab, tartib bilan davom eting. Ishni tashlab qoʻyib, uni qayta-qayta boshlayverish esa samaradorlikni 5 foizga kamaytiradi.
Mosart ayni paytning oʻzida uchta musiqa ustida ishlab, oʻlmas asarlar yaratgan. Lekin u istisno edi. Bax, Gaydn yoki Verdi maʼlum vaqt davomida faqatgina bir asar ustida ishlashgan, birini tamomlamay turib, ikkinchisini boshlashmagan.
Majburiy samaradorlik qonunidan foydalaning: vaqt hamma ishga emas, eng muhim ishlarga yetadi. Shuning uchun diqqatingizni jamlab, birinchi navbatda eng katta foyda keltiradigan ish bilan shugʻullaning.
Barcha ishlarni toʻrt guruhga boʻlish mumkin:
shoshilinch va muhimlar;
muhimlar, lekin shoshilinch boʻlmaganlar;
shoshilinch, lekin muhim boʻlmaganlar;
shoshilinch ham, muhim ham boʻlmaganlar. Bu Eyzenxauer usuli deb ataladi.
Birlamchi vazifalar – shoshilinch va muhimlar. Ularni kechiktirish sizga ortiqcha muammolarni tugʻdiradi, shuning uchun oʻz vaqtida hal qilishga kirishing.
Ikkinchi oʻrinda – muhimlar, lekin shoshilinch boʻlmaganlar. Ularni kechiktirish mumkin, lekin istiqbolda kuchli taʼsirga ega boʻlishi mumkin. Buning oldini olish uchun bunday vazifalarni hadeb kechiktiishning oʻrniga ularga vaqt ajrating.
Muhim, lekin shoshilinch boʻlmagan ishlar muvaffaqiyatingizga unchalik taʼsir koʻrsatmaydi. Shuningdek, bunday ishlar samardorlikni orttirmaydi ham, biroq vaqt zaxirangizning kattagina qismini olib ketadi. Bunday ishlar sonini qisqartirgan maʼqul.
Shoshilinch ham, muhim ham boʻlmagan ishlarning hech qanday ahamiyati yoʻq, ularni bajarmasangiz, hech qanday salbiy oqibatlarni keltirib chiqarmaydi. Shunday ekan, ularni qoʻrqmasdan roʻyxatdan oʻchirib tashlayvering.
Muvozanat tamoyili Ish hajmi ortib ketgan paytda vahimaga berilmaslikning eng oson yoʻli – chuqur nafas oling va “Qoʻlimdan kelganini uddalayman” degancha xotirjamlik bilan roʻyxat tuzishga kirishing. Oldingizda turgan ishlarni tahlil qilar
ekansiz, eng muhimlarini amalga oshirishga vaqtingiz yetishiga ishonch hosil qilasiz. Hayotingizda muvozanat saqlanib qolishiga eʼtibor qarating. Ishga qattiq berilib ketgan bilan organizmingizni alday olmaysiz, oʻz vaqtida toʻxtamasangiz, u payt poylab qasdini oladi. Bu esa rejalaringizga kiritilmagan.
Albatta, samarador boʻlish uchun taym-menejementning oʻzi kamlik qiladi. Salomatlikni asrashga majbursiz. Ishingiz juda koʻp boʻlishi mumkindir, lekin oilangiz va dam olishga har doim vaqt ajrata biling.
Muvozanatning asosiy tamoyili: uyda va ishda oʻtkazadigan vaqtingizni belgilab oling.
Ish vaqtini tanqisligi sabablari Ish vaqtini tanqisligi bu ish vaqtini toʻgʻri rejalashtishtirmasligi, boshqaruvchilarning ish vaqtini toʻgʻri tashkil qilmasligi natijasida yuzaga keladigan vaqt yetishmovchiligi. Bu esa ishni choʻzilishiga, ihbajarilgan ishni sifatsizligiga, ishlab chiqarishdagi yoʻqotishlarga olib kelishi mumkin. Boshqaruvchiga vaqti yetishmasligi haqiad quyidagilardan bilish mumkin.
Bugunga ish rejasini tuzilmaganlgi
Boshqaruvchi yordamchisi oʻz raxbarini kun rejasini bilmasligi
Mutaxasisni bandligi sababli ish xatlariga javobni vaqtida bermasligi
Shaxsiy qoʻngʻiroqlar, ishchini xayolini buzadigan mehmonlar
Menejer oʻz ishchilarini ishlarini oʻzi bajarishi
Har kungi ishlar asosiy ishni bajarishga xalaqit berishi
Ishni shoshilinchlik bilan bajarish tez charchashga olib kelishi.
Ish vaqtini tanqisligini asosiy sabablari:
Rejasizlik
Xodimni oʻz lavozimiga toʻgʻri kelmasligi
Oʻz qobiliyatini, ish tezligini notoʻgʻri baholash
Xodimni shaxsiy missiyasi yoʻqligi
Oʻz talablarini nazorat qilishni bilmaslik
Ish motivatsiyasini kamligi
Mutaxsisning ish vaqtini rejalashtirish Rejalashtirish maqsadlarni tayyorlash va ularni amalga oshirishga qaratilgan. Amaliyot shuni koʻrsatadiki rejalashtirishga 10 daqiqa vaqt ketkazish natijasida 2 soat vaqtni tejashga olib keladiyu
Vaqtni rejalashtirishni asosiy qoidalari:
Kunni rejalashtirganda 40 % boʻsh vaqtga ajratish kerak, yaʼni 60% rejali ishlarga vaqt ajratish kerak, 40% ni 20% i - rejalashtirilmagan ishlarga qolgan 20% toʻsatdan paydo boʻladigan ishlarga.
Biron ishga ketadigan vaqtni aniq belgilash.
Samarali rejani tuzishda uzoq, oʻrta, qisqa muddatli ishlarni aniq koʻrsatish.
Rejani aniq bajarilishini taʼminlash uchun xodim aniq bajarishi mumkin boʻladigan ishlarni koʻrsatishi kerak.
Alp metodi 5 bosqichdan iborat:
Vazifalarni taribga solish
Harakat muddani baholash
Ortiqcha vaqt qoldirish
Ustivor ishlar boʻyicha qarorlani qabul qilish
Ish bajarilishini nazorat qilish
Ustivor ishlar boʻyicha qarorlani qabul qilishda ABS analizini oʻtkazish. U analiz 3 sinfdan iborat:
Eng asosiy ishlar 15 %ni tashkil qiladi. Bunga xodim oʻz vaqtini 65 %ni sarflaydi
Asosiy ishlar 20 % ni tashkil qiladi. Bunga xodim oʻz vaqtini 20% ni sarflaydi
Asosiy boʻlmagan ishlar 65%ni tashkil qiladi. Bunga xodim oʻz vaqtini 15
% ni sarflaydi
Yeyzenxauer prinsipi boʻyicha tezlashtirilkan taxlil. U quyidagilardan iborat:
Zarur ishlar. (eng asosiy) Uni boshqaruvchi bajaradi
Zarur ishlar (unchalik asosiy boʻlmagan ishlar). Bu ishlarni boshqaruvchi boshqalarga buyurishi mumkin.
Zarur ishlaryu (asosiy ishlar). Bularni boshqaruvchini bajarishi shart emas.
Zarur boʻlmagan ishlar. Bu ishlarni boshqaruvchi boshqalarga buyurishi
mumkin
Shuningdek bugungi kunda maktabgacha taʼlim tashkilotlarini boshqarish samaradorligini oshirishda innovatsion menejmentning Taym va Self menejment qoidalaridan ham keng foydalanilmoqda.
Koʻpchiligimizning yashash surʼatini xotirjam va bir maromdagi deb atash qiyin. Yugur-yugur koʻpligidan vaqt yetishmasligi barchamizga tanish holat. Stress yoki, undan ham yomoni, surunkali charchoq qurboniga aylanmaslik uchun, albatta vaqtni toʻgʻri taqsimlay ola bilish lozim. Vaqtni boshqarishning eng oddiy usuli reja tuzishdir.
Xoʻsh, reja qanday tuziladi?
1. Kundalik reja tuzing:
Hayotda muvaffaqiyatga erishgan kishilar reja tuzishga koʻp vaqt ajratadi. Kundalik reja unumdorlikni oshirish va vaqtni samarali boshqarish garovidir.
2. Rejalarni qogʻozga tushiring:
Qilinadigan ishlar roʻyxati sizga xarita boʻlib xizmat qilsinki, siz belgilangan maqsad sari yoʻldan adashmang.
3. Kechqurun reja tuzib qoʻying:
Har kuni kechqurun ertangi kun vazifalarini belgilab oling. Tongda turiboq, moʻljallangan ishlarga kirishing.
4. Muhim narsalarni ajrata biling:
Taym-menejmentning vazifasi - vaqtida asosiy ishni aniqlashdan iboratdir. Birinchi darajali vazifalarni keyingi darajadagilardan, muhim ishlarni keraksiz ishlardan ajrata biling. Roʻyxatdagi ishlaringiz tartibi ularning darajasiga bogʻliq boʻlsin.
5. “Yoʻq” deyishni oʻrganing:
Siz uchun muhim vazifalar roʻyxatida boʻlmagan ishlarni rad etish va “yoʻq” deyishni oʻrganing.
6. Vaqtingizni “yoʻqotadigan” narsalardan qutuling:
Oʻz ish vaqtingiz va boʻsh paytingizni nimalarga sarflayotganingizga eʼtibor bering. Vaqtingizni “yeb” qoʻyayotgan mashgʻulotlardan (masalan, hamkasblar bilan yangiliklarni muhokama qilish, maqsadsiz televizor koʻrish, reklama varaqlarini oʻqish va uyali telefondan foydalanish) holi boʻlishga harakat qiling. Bunday keraksiz mashgʻulotlar roʻyxatini tuzib, “Bularni boshqa hech qachon qilmayman” degan sarlavha qoʻyish yodingizdan chiqmasin.
Shuni unutmangki, birinchi oʻrinda Siz va Sizning hayotingizdagi muhim odamlar turishi kerak. Bu uchun oʻz samaradorligingiz ustida ter toʻksangiz arziydi.
Taym menejment deganda qoʻyilgan maqsadga erishish uchun ish vaqtini samarali rejalashtirish, boshqarish, vaqtdan unumli foydalanishda rejaning bajarilishini nazorat qilish.
Maktabgacha taʼlim tashkilotida taym menejment — maktabgacha taʼlim tashkilotining oldida turgan maqsadiga erishishda, ustuvorliklarni aniqlash, uning asosida vaqtni toʻgʻri rejalashtirish, ish yuklamalarini samarali taqsimlash va vaqtni yoʻqotilishining oldini olish orqali vaqtni boshqarish hamda tejashdan iborat.
Self menejment deganda oʻz-oʻzini boshqarishdir. Yaʼni faoliyatini nazorat qilish va boshqarishni shakllantirishdir.
Maktabgacha taʼlim tashkilotida self menejment - maktabgacha taʼlim tashkilotining samaradorligini oshirishda ichki resurslarni safarbar etish, tizimli tahlil etish, faoliyat davomida uchraydigan muammolar, xatolarni bartaraf etish va rivojlantirishning individual xaritalarini ishlab chiqish orqali oʻz-oʻzini boshqarish tushuniladi.
Nazorat savollari
Qanday bosqichlardan iborat?
Maktabgacha taʼlimda strategik rejalashtirish – bu?
Innovatsion menejmentning Taym menejment usuli toʻgʻrisida nima bilasiz?
Maktabgacha taʼlim tashkilotida taym menejment – bu?
Innovatsion menejmentning Self menejment usuli toʻgʻrisida nima bilasiz?
Strategiya va maktabgacha taʼlim strategiyasi deganda nimani tushunasiz?
Strategik boshqaruv – bu nima?
Strategik menejment– bu nima?
Maktabgacha taʼlim tashkiloti boshqaruvida strategik menejment
OʻZ-OʻZINI TEKSHIRISH UCHUN TEST SAVOLLAR
| №№ | SAVOLLAR | JAVOB-1 | JAVOB-2 | JAVOB-3 | JAVOB-4 |
| 11 | Maktabgacha taʼlimning yangi avlod direktori jamoa bilan ishlashda nimalarni hisobga olishi kerak? | tabaqalashtirilgan yondashuvni amalga oshirishi, ularning qobiliyatlari, ehtiyojlari va kasbiy talablarini | tabaqalashtirilgan yondashuvni | jamoaning qobiliyatlarini | Jamoaning kasbiy talablarini |
| 22 | Koʻrsatilganlardan qaysi biri Maktabgacha taʼlim direktorining boshqaruv vazifasiga kiradi ? | maktabgacha yoshdagi bolalarning taʼlim va tarbiya sifatini boshqarish. | bozor infratuzilmasi sifatini boshqarish | boshqaruv usullarini ishlab chiqish va boshqarish | jihoz va oʻquv xonalaridan. foydalanish |
| 33 | Maktabgacha taʼlim tashkiloti direktoriga xos fazilatlarni belgilang? | psixologik, intellektual, ijtimoiy va professional | jismoniy, madaniy, va ijtimoiy | ruxiy, zamonaviy va ishbilarmonlik | tezkor qarorlarni qabul qilishi va talabchanlik |
| 44 | Maktabgacha taʼlim tizimida innovatsion menejmentning vazifalarini koʻrsating? | rejalashtirish, tashkil etish, srategik marketing, nazorat, motivatsiya, muvofiqlashtirish, yoʻnaltirish | rejalashtirish, tashkil etish, nazorat | nazorat, motivatsiya, muvofiqlashtirish, rejalashtirish | muvofiqlashtirish, rejalashtirish, tashkil etish, motivatsiya |
| 55 | Maktabgacha taʼlim tizimida nnovatsion jarayonlar orqali nimaga erishiladi? | tizim uchun yangilik yaratish va ularni amaliyotga joriy etish | yangi texnologiya, yangi mahsulot yoki xizmat, tashkiliy texnologik va iqtisodiy–ijtimoiy yechimlar | taʼlim va xizmat turlarini yangilashni oʻrganishni innovatsion jarayon | yangi fikr paydo boʻlgandan to uni moddiylashtirish |
| 66 | Strategiya - deganda? | biron yutuq maqsadga erishishda tuzilgan va u asosida harakat qilinadigan reja va qoidalar toʻplami tushuniladi | Muammoviy reja va qoidalar toʻplami | koʻrsatmaasosida harakat qilinadigan qoidalar toʻplami | ijrosi olti oyda qilinadigan reja va qoidalar toʻplami tushuniladi |
| 77 | Maktabgacha taʼlim tashkiloti strategiyasi — ? | maktabgacha taʼlim tashkilotining uzoq muddatli maqsadlar va faoliyatiga taʼalluqli rejasi | yutuq maqsadga erishishda tuzilgan va u asosida harakat qilinadigan reja va qoidalar toʻplami | maktabgacha taʼlim tashkilotining faoliyatiga taʼalluqli qaror | maktabgacha taʼlim tashkilotining uzoq muddatli maqsadlar va faoliyatiga taʼalluqli farmoyish |
| 88 | Maktabgacha taʼlim tizimida taym – menejment? | maktabgacha taʼlim tizimi rahbar xodimlarining vaqtdan unumli foydalanish boshqarish usuli | muammoni anglash va tahlil qilish | qaror ijrosini taʼminlash | menejment funksiyasi |
| 99 | Maktabgacha taʼlim tizimida Self – menejment? | maktabgacha taʼlim tizimi rahbar xodimlarining oʻzini oʻzi boshqarish usuli | innovatsion boshqaruv faoliyatining mezoni | strategik menejmentni loyihalash | innovatsion menejmentning mazmuni |
V.ADABIYOT VA MANBALAR ROʻYXATI
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.— T.: “Oʻzbekiston”, 2017.
2019-yil 16-dekabrdagi “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida” gi OʻRQ-595-son qonuni.
2017-yil maktabgacha taʼlim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-3261-sonli qarori.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentyabrdagi “Maktabgacha taʼlim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3955-son qarori
Sh.M. Mirziyoyev “Tanqidiy tahlil, qatʼiy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi boʻlishi kerak”. –T.: “Oʻzbekiston”, 2017.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-dekabrdagi “Bolalarni boshlangʻich taʼlimga majburiy bir yillik tayyorlashga bosqichma-bosqich oʻtish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 999-son qarori.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-fevraldagi PQ-3571-son “Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining faoltyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 528-son “Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining faoliyatini takomillashtirish”.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil
13-maydagi “Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 391-sonli qarori.
Fatxuddinov R.A. “Innovatsionnыy menedjment: klassifikatsiya, strukturы i otlichitelnыe chertы innovatsionnыx organizatsiy; Ekonomicheskiye zonы, zakonы organizatsii, nauchnыe podxodы i printsipы i dr.”: Uchebnik dlya vuzov. Izd.5-e, ispr., dop. “Piter”, 2007.
Yoʻldoshev N.Q. Strategik menejment. Darslik. – T.: TDIU, 2012.
Tagaxtiyeva G.K. Innovatsion menejment. Oʻquv qoʻllanma. -T.: “Fan vatexnologiya”, 2013.
Internet resurslar
www.press-service.uz
www.gov.uz
www.infocom.uz
www.press-uz.info
www.ziyonet.uz
www.edu.uz
www.pedagog.uz
www.tdpu.uz
VI. TARQATMA MATERIALLAR
TARQATMA TOPSHIRIQ
Topshiriq mazmuni – Maktabgacha taʼlimda innovatsiyalarni boshqarish boʻyicha bilgan maʼlumotlarni birinchi ustunga yozib chiqing va bilishni istayotgan maʼlumotlarni ikkinchi ustunga yozib chiqing.
| Bilaman | Bilishni istayman
| Bilib oldim |
|
|
|
|
“B /B /B”
TARQATMA TOPSHIRIQ
Topshiriq mazmuni – Maktabgacha taʼlimda innovatsiyalarni boshqarish boʻyicha bilgan maʼlumotlarni birinchi ustunga yozib chiqish va bilishni istayotgan maʼlumotlarni ikkinchi ustunga yozib chiqish.
| Bilaman | Bilishni istayman
| Bilib oldim |
|
|
|
|
TARQATMA TOPSHIRIQ
Maktabgacha taʼlimda innovatsion menejmentning nazariy asoslariga oid tayanch maʼlumotlarni aniqlang.
“Tushunchalar”- tahlili
| Tushunchalar | Sizning fikringizcha ushbu tushuncha nimani anglatadi? | Qoʻshimcha maʼlumot |
| Boshqaruv |
|
|
| Boshqaruv usuli |
|
|
| Boshqaruv uslubi |
|
|
| Boshqaruv madaniyati |
|
|
| Innovatsiya tushunchasi |
|
|
| Innovatsion jarayon |
|
|
| Innovatsion faoliyat |
|
|
| Innovatsion loyiha |
|
|
| Innovatsion menejment |
|
|
TARQATMA TOPSHIRIQ
Maktabgacha taʼlimda innovatsion menejmentning nazariy asoslariga oid tayanch maʼlumotlarni aniqlang.
“Tushunchalar”- tahlili
| Tushunchalar | Sizning fikringizcha ushbu tushuncha nimani anglatadi? | Qoʻshimcha maʼlumot |
| Boshqaruv |
|
|
| Boshqaruv usuli |
|
|
| Boshqaruv uslubi |
|
|
| Boshqaruv madaniyati |
|
|
| Innovatsiya tushunchasi |
|
|
| Innovatsion jarayon |
|
|
| Innovatsion faoliyat |
|
|
| Innovatsion loyiha |
|
|
| Innovatsion menejment |
|
|
TARQATMA TOPSHIRIQ
Maktabgacha taʼlimda innovatsion menejmentning amaliy asoslariga oid tayanch maʼlumotlarni aniqlang.
“Tushunchalar”- tahlili
| Tushunchalar | Sizning fikringizcha ushbu tushuncha nimani anglatadi? | Qoʻshimcha maʼlumot |
| Koʻzatuv kengashi |
|
|
| Autsorsing |
|
|
| Mobil bogʻcha |
|
|
| Qoʻshimcha pullik xizmat |
|
|
| Ilk qadam |
|
|
TARQATMA TOPSHIRIQ
Maktabgacha taʼlimda innovatsion menejmentning amaliy asoslariga oid tayanch maʼlumotlarni aniqlang.
“Tushunchalar”- tahlili
| Tushunchalar | Sizning fikringizcha ushbu tushuncha nimani anglatadi? | Qoʻshimcha maʼlumot |
| Koʻzatuv kengashi |
|
|
| Autsorsing |
|
|
| Mobil bogʻcha |
|
|
| Qoʻshimcha pullik xizmat |
|
|
| Ilk qadam |
|
|
“Maktabgacha taʼlimda innovatsion menejment” oʻquv moduli boʻyicha MT ____ guruh tinglovchilari bilan oʻtkaziladigan koʻchma mashgʻulot
R EJ A S I
Toshkent shahri ... “____” “_________” 202__ y.
| № | Tinglovchilarga vazifalar | Bajarilish holati | Kamchiligi | Takliflar |
| | Maktabgacha taʼlim tashkilotsining faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish; |
|
|
|
| | Maktabgacha taʼlim tashkilotsi mudiri oʻz faoliyati davomida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmon, farmoyishlari va qarorlari, Hukumat qaror va farmoyishlarini, davlat dasturlari asosida qabul qilingan Maktabgacha taʼlimi vazirligi hamda uning hududiy boshqaruv organlari, boʻysinuviga qarab Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimlari ning qarorlari, buyruqlari, tadbirlari va boshqa hujjatlarda maktabgacha taʼlim tashkilotiga berilgan tegishli topshiriqlar ijrosini toʻliq bajarilishini taʼminlash |
|
|
|
| | Tashkilotning Ustaviga muvofiq faoliyatini tashkil etish; |
|
|
|
| | Tashkilot joylashgan hududda maktabgacha taʼlim tizimini yanada takomillashtirish, tashkilotning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, oʻquv-metodik faoliyatini samarali tashkil etish holati. |
|
|
|
| | MTTni yuqori kompetentli, mahoratli va malakali pedagog kadrlar bilan taʼminlanish holati. |
|
|
|
| | Bolalarni har tomonlama intellektual, maʼnaviy-estetik va jismoniy rivojlantiruvchi zamonaviy taʼlim dasturlari va texnologiyalarini taʼlim-tarbiya jarayoniga joriy etish, ularning maktabga tayyorgarlik darajasini tubdan oshirish borasida olib borilgan ishlar. |
|
|
|
| | Maktabgacha taʼlim sohasiga oid normativ-hujjatlarni amaliyotga toʻlaqonli tatbiq etilganligi. |
|
|
|
| | Tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimining Kengashi, ishlab chiqarish yigʻilishlarida, Mahalliy hokimiyat organlari yigʻilishlarida ishtirok etish hamda ularga tashkilot faoliyatiga taalluqli masalalar boʻyicha hujjatlarni tayyorlash va tizimni rivojlantirish yuzasidan takliflar kiritish holati. |
|
|
|
| | Tashkilot faoliyatini rejalashtirish, yillik va istiqbol ish rejalarini ishlab chiqilganligi. |
|
|
|
| | Tashkilotning ish rejalari, oʻquv-mavzu rejalari, yillik taqvim oʻquv dasturlarini tasdiqlanganligi. |
|
|
|
| | Tashkilot pedagog va mutaxassislarining ish rejalarini koʻrib chiqish va tasdiqlash, ularni toʻlaqonli va sifatli ijro etilishi ustidan nazorat olib borilganligi. |
|
|
|
| | Tashkilotni rivojlantirish yuzasidan istiqbol yoʻnalishlarini belgilash boʻyicha buyruqlar qabul qilish, ularni tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimining ish rejasi bilan muvofiqlashtirilganligi. |
|
|
|
| | Vakolati doirasida xodimlarni ishga qabul qilish va mehnat shartnomasini bekor qilish va mehnat munosabatlari yuzasidan tegishli buyruqlarni chiqarilganligi. |
|
|
|
| | Hududda maktabgacha taʼlim tizimini rivojlantirish manfaatlari yoʻlida Mahalla fuqarolar yigʻinlari, huquqni muhofaza qiluvchi va jamoat tashkilotlari hamda hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan oʻrnatilgan tartibda oʻzaro hamkorliklarni yoʻlga qoʻyilganligi. |
|
|
|
| | Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha taʼlimga qamrovini oshirish, ayniqsa 6 yoshli bolalarni toʻliq qamrab olish orqali boshlangʻich taʼlimga sifatli tayyorlash choralarini koʻrilganligi. |
|
|
|
| | Maktabgacha taʼlim tizimida taʼlim-tarbiya jarayoniga ilgʻor pedagogika va axborot texnologiyalarini xususan, tashkilot faoliyatida maktabgacha taʼlimni boshqarish axborot tizimi(EMIS)ning joriy etilganligi. |
|
|
|
| | Maktabgacha taʼlim tashkilotsi, uning tarbiyalanuvchilari, pedagoglari va taʼlim-tarbiya jarayoni toʻgʻrisidagi axborotlarni oʻz vaqtida muntazam ravishda Maktabgacha taʼlimni boshqarishning axborot tizimi (EMIS)ga kiritib borilganligi. |
|
|
|
| | Tashkilotga bolalarni qabul qilish, qabul qilingan bolalar yoshi va kontingentidan kelib chiqib, har yilning avgust oyida buyruq asosida yosh guruhlarni shakllantirish holati. |
|
|
|
| | Tashkilot tomonidan dam olish kunlarida va ish vaqti tugagandan soʻng belgilangan dasturdan tashqari faoliyat ixtisosligi boʻyicha qoʻshimcha pullik xizmatlar koʻrsatish (bola parvarishlash, qarab turish, maktab taʼlimiga tayyorlash va boshqalar) boʻyicha ota-onalardan soʻrovnomalar oʻtkazish va soʻrovnoma natijalariga koʻra pullik xizmat koʻrsatilishini yoʻlga qoʻyish; |
|
|
|
| | taʼlim-tarbiya jarayonida bolalarda umumiy asosiy kompetensiyalar va rivojlanish sohalari kompetensiyalarini shakllantirish uchun tegishli sharoitlar yaratilganligi. |
|
|
|
| | Tashkilotning pedagogik kengashi va umumiy ishlab chiqarish yigʻilishlariga raislik qilish holati. |
|
|
|
| | Tashkilot “Kuzatuv kengashi”ning dastlabki yigʻilishini tashkil etilganligi. |
|
|
|
| | “Kuzatuv kengashi”ga tashkilot faoliyatini takomillashtirish, moliyaviy-xoʻjalik holati, daromadlar va xarajatlar, byudjet va byudjetdan tashqari hamda homiylik mablagʻlaridan foydalanish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida hisobot berib borish holati. |
|
|
|
| | “Kuzatuv kengashi” bilan tashkilotda faoliyat koʻrsatayotgan ilgʻor ish tajribali, faol xodimlarni ragʻbatlantirish yuzasidan tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimiga taklif kiritilganligi. |
|
|
|
| | Tashkilotni rivojlantirish uchun zarur boʻlgan mablagʻ hisobini qilish va yillik xarajatlar smetasini tuzilishida tuman (shahar) boʻlimiga taklif kiritilganligi. |
|
|
|
| | Tashkilot binosini taʼmirlash va jihozlash uchun mablagʻ ajratilishi yuzasidan tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimiga takliflar kiritish holati. |
|
|
|
| | Maktabgacha taʼlim jamgʻarmasi tomonidan taʼlim-tarbiya jarayoniga ilgʻor pedagogika va axborot texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, faoliyatni takomillashtirishga yoʻnaltiriladigan tadbirlarni tashkil etishga ajratiladigan mablagʻlarning samarali va maqsadli sarflanishini taʼminlashnganligi. |
|
|
|
| | Tashkilotda taʼlim-tarbiya jarayoniga “Oʻzbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan Davlat talablari” hamda davlat oʻquv dasturlarini joriy etilishi hamda mazkur hujjatlarda belgilangan vazifalarning toʻlaqonli bajarilishida pedagog va xodimlarning masʼuliyati va javobgarligini oshirilganligi. |
|
|
|
| | Maktabgacha taʼlim tashkilotida taʼlim-tarbiya jarayoniga ilgʻor pedagogika va axborot texnologiyalarni joriy etilishini taʼminlaganligi. |
|
|
|
| | Xorijiy ilgʻor ish tajribalarni oʻrganish va amaliyotga tatbiq etish yuzasidan pedagoglarga maslahatlar va koʻrsatmalar berish holati. |
|
|
|
| | Tashkilotda ochiq mashgʻulotlar, seminarlar, koʻrik-tanlov, musobaqalar oʻtkazishga rahbarlik qilinganligi. |
|
|
|
| | Tashkilotda huquqbuzarlik, uyushgan jinoyatchilik, korrupsiya, giyohvandlik va boshqa zararli odatlardan saqlanish, uning oldini olish choralarini koʻrish boʻyicha ota-onalar va jamoatchilik oʻrtasida keng qamrovli targʻibot-tashviqot ishlari amalga oshirilganlik holati. |
|
|
|
| | Jamoada “Ichki mehnat tartibi qoidalari” va “Jamoat shartnomasi”ga qatʼiy rioya etilishini taʼminlash, sogʻlom raqobatli muhitni yaratiganligi. |
|
|
|
| | Tashkilot xodimlari oʻrtasidagi vazifalar taqsimotini belgilash, zaruriyatga qarab tegishli oʻzgartirishlar kiritish, ish taqsimoti asosida xodimlarining huquq va majburiyatlarini belgilanganligi. |
|
|
|
| | Tashkilot xodimlariga vakolati doirasida topshiriqlar berish va ularning bajarilishini nazorat qilish, xodimlarning kasbiy va metodik salohiyatini oshirish choralarini tashkil etilganlik holati. |
|
|
|
| | Tashkilot faoliyatiga tegishli barcha axborotlarni tahlil qilish, hisobotlar tayyorlash va ijro intizomini doimiy nazorat qilinganligi. |
|
|
|
| | Ish yuritish va hujjatlar aylanish tizimi asosida tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimlari tomonidan berilgan hujjatlar va topshiriqlarning oʻz vaqtida ijro etilishini, hujjatlar aylanishi, tahlil va nazorat qilishning yagona tizimini amalga oshirilishini taʼminlanganligi. |
|
|
|
| | Tashkilot pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, xodimlar attestatsiyasini hamda ular tomonidan mehnat intizomiga rioya qilinishini nazorat qilish holati. |
|
|
|
| | Oʻz vakolati doirasida eng faollarni ragʻbatlantirish, intizomiy jazo choralarini qoʻllash masalalarini koʻrib chiqish, jamoada sogʻlom maʼnaviy muhitni shakllantirilganligi. |
|
|
|
| | Tashkilotdagi ilgʻor tajribali pedagog kadrlar nomzodini Davlat va tarmoq mukofotlari bilan taqdirlashga tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimiga taklif kiritilganlik holati. |
|
|
|
| | Tashkilotning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash yuzasidan oʻquv-didaktik, koʻrgazmali materiallar, sport jihozlari, oʻyin, oʻyinchoqlar va musiqa asboblari bilan jihozlashga boʻlgan ehtiyoj boʻyicha tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimiga takliflar kiritilganligi. |
|
|
|
| | Tashkilotda sogʻlom va xavfsiz ratsional ovqatlantirish ishlarini tashkil etish hamda sanitariya qoidalariga mos ravishda ovqatlantirishni tashkil etish uchun zarur boʻlgan mablagʻ ajratish choralarini koʻrilganligi holati. |
|
|
|
| | Tashkilot brokeraj komissiyasi faoliyatini nazorat qilinganligi. |
|
|
|
| | Tashkilot faoliyatini tashkil etish bilan bogʻliq murojaatlar boʻyicha fuqarolarni qabul qilish, tashkilotga kelib tushgan xat, ariza va shikoyatlar hamda murojaatlarni belgilangan tartibda koʻrib chiqish va ijrosini toʻliq taʼminlanganligi. |
|
|
|
| | Maktabgacha taʼlim tashkilotsida sifatli tibbiy xizmatni tashkil etilganligi. |
|
|
|
| | Hududiy sogʻliqni saqlash tashkilotlari bilan hamkorlikda ishlar olib borilganligi. |
|
|
|
| | Tashkilot xodimlari va tarbiyalanuvchilarining tibbiy koʻrikdan oʻtkazilishini nazorat qilish holati. |
|
|
|
| | Tashkilotda sanitariya qoidalari va gigiyena normalariga, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalariga qatʼiy rioya qilishni taʼminlash boʻyicha olib borilgan ishlar. |
|
|
|
Umumiy Xulosa:___________________________________________________________________
__________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
Takliflar:____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
Oʻqituvchi:: _________________________________
Tinglovchi:: __________________________________


Maktabgacha taʼlimda innovatsion menejment” o'um (5.51 MB)

