O ʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA
TAʼLIM VAZIRLIGI
MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTLARI DIREKTOR VA MUTAXASSISLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING
MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI
"TASDIQLAYMAN"
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, oʻquv va metodik ishlar boʻyicha prorektori
____________ N.F.Abdunazarova
"_____" _____________ 2021 y.
“MAKTABGACHA TAʼLIM MENEJMENTI” KAFEDRASI
“BOLALARNI BOSHLANGʻICH TAʼLIMGA TAYYORLASHNI TASHKIL ETISH”
Oʻquv modulidan
OʻQUV-USLUBIY MAJMUASI
Taʼlim turi: Malaka oshirish Malaka oshirish yoʻnalishi: Mutaxassis Malaka oshirish toifasi: MT1-14, MT15, MT7, MT16, MT20, MT21 |
|
Toshkent-2021
Ushbu oʻquv-uslubiy majmuada Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boshlangʻich taʼlimga tayyorlov guruhlarini tashkil etish, tashkil etish shakllari, nodavlat MTTlarida, mobil guruhlarda tayyorlov guruhlarini tashkil etish yoʻnalishlari, hamkorlik faoliyati, MTT negizida tashkil etiladigan guruhlarda taʼlim-tarbiyani tashkil etish toʻgʻrisida maʼlumotlar berilgan.
Tuzuvchi:
MTTDMQTMOI “Maktabgacha taʼlim menejmenti” kafedrasi katta oʻqituvchisi G.N.Sharipova
Taqrizchilar:
MTTDMQTMOI “Maktabgacha taʼlim metodikasi” kafedrasi mudiri, p.f.f.d.(PhD) S.S.Raximova
A.Avloniy nomidagi Ilmiy tadqiqot instituti “Maktabdan tashqari taʼlim” kafedrasi mudiri, p.f.f.d.(PhD) D.T.Pulatova
MUNDARIJA
-
KIRISH........................................................................................4
-
TEXNOLOGIK XARITASI...................................................6
-
MAʼRUZA MATN VA OʻQUV MATERIALLAR............... .. 7
-
OʻZ-OʻZINI TEKSHIRISH UCHUN TEST SAVOLLAR..... 31
-
ADABIYOT VA MANBALAR ROʻYXATI.............................. 33
-
TARQATMA MATERIALLAR.............................................. 34
I.KIRISH
Mazkur ishchi oʻquv dastur Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi "Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisidagi" PF-4947-sonli farmoni, 2017-yil 26-sentyabrdagi "Pedagog kadrlarni tayyorlash, xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-3289-sonli, 2016-yil 29-dekabrdagi "2017-2021-yillarda maktabgacha taʼlim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-2707-sonli, 2017-yil 9-sentyabrdagi “Maktabgacha taʼlim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-3261-sonli qarorlari, Vazirlar Mahkamasining “Boshlangʻich taʼlimga majburiy bir yillik tayyorlashga bosqichma-bosqich oʻtish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 999-sonli, 2019-yil 13-maydagi “Maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 391-sonli, 2020-yil 9-martdagi “Bolalarni boshlangʻich taʼlimga majburiy bir yillik tayyorlash tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 132-sonli qarorlari, Maktabgacha taʼlim Vazirligining “Ilm yoʻli” variativ dasturi asosida MTTlarida bolalarni majburiy boshlangʻich taʼlimga tayyorlashni tashkil etishda asos vazifasini bajaradi.
Dastur mazmuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil
7-fevraldagi PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi, Maktabgacha taʼlimning mehyoriy huquqiy asoslari va istiqbollari, maktabgacha taʼlimga oid davlat siyosati va davlat talablarini oʻquv jarayoniga tatbiq etishni nazarda tutadi.
Dastur doirasida berilayotgan mavzular rahbar va mutaxassislarning malaka oshirish ishchi oʻquv rejasi asosida shakllantirilgan boʻlib, unda tinglovchilarning MTTda boshlangʻich taʼlimga tayyorlash guruhlarini tashkil etish, maktabgacha taʼlim tizimini yanada takomillashtirish, faoliyatini rejalashtirishni oʻrganishning asosiy vazifalari, bolalarni boshlangʻich taʼlimga sifatli tayyorlash, nodavlat MTT va mobil guruhlarda tayyorlov guruhlarini tashkil etish, hamkor tashkilotlar va ota-onalar bilan ijtimoiy hamkorlik faoliyati haqida nazariy va amaliy tushunchalarini shakllantirishdir. Oʻquv moduli tinglovchini maktabgacha taʼlim tashkilotida bolalarni boshlangʻich taʼlimga bosqichma-bosqich oʻtish chora-tadbirlarini innovatsion usullarini ishlab chiqish, faoliyatini samarali rejalashtirish va tashkil etishda yordam beradi.
Modulning maqsadi: Tinglovchilarda bolalarni boshlangʻich taʼlimga bosqichma-bosqich oʻtish, qamrab olish chora-tadbirlari, yoʻnalishlari hamda MTT faoliyatini zamon talablariga moslashtirish uchun rahbarlarning asosiy funksiyalaridan biri boʻlgan bolalarni boshlangʻich taʼlimga tayyorlash va taʼlim-tarbiyani rivojlantirishning uzoq muddatli yoʻnalishlari haqida bilim, koʻnikma va malakalarini shakllantirish.
Kutilayotgan natijalar: Tinglovchilar “Bolalarni boshlangʻich taʼlimga tayyorlashni tashkil etish” modulini oʻzlashtirish jarayonida quyidagi bilim, koʻnikma va malakalarga ega boʻlishi lozim:
- Vazirlar Mahkamasining “Boshlangʻich taʼlimga majburiy bir yillik tayyorlashga bosqichma-bosqich oʻtish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 999-sonli, “Bolalarni boshlangʻich taʼlimga majburiy bir yillik tayyorlash tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 132-sonli qarorlari asosida MTTlarida boshlangʻich taʼlimga bolalarni jalb etishni rejalashtirish tasnifi;
- Boshlangʻich taʼlimga bosqichma-bosqich oʻtish faoliyatini rejalashtirish, tashkillashtirishni ilmiy asosda tashkil etish va boshqarish, tashkilot bajarishi lozim boʻlgan vazifalarni ishlab chiqish, harakatlarning uzoq muddatli yoʻnalishini va aniq vazifalarni shakllantirish;
- Oilaviy nodavlat MTT, mobil va modulli guruhlarda tayyorlov guruhlarini tashkil etish;
- MTT ichki va tashqi holatini tashxis qilish;
- Boshlangʻich taʼlimga tayyorlash guruhlarini tashkil etish rejasini ishlab chiqish, malakali hamda samarali tadbiq etish va amalga oshirish. Faoliyat jarayonida hamkor tashkilotlarning oʻrni va vazifalari, hamkorlik oʻrnatish tartiblari;
- MTTda boshlangʻich taʼlim guruhlarining moliyaviy xoʻjalik faoliyati yuritilishi;
- Bolalarni boshlangʻich taʼlimga majburiy bir yillik tayyorlash guruhlarini moddiy-texnika baza va taʼlim-didaktik materiallar bilan jihozlash normativlari. Pedagoglarga xaq toʻlash tartibi.
Boshlangʻich taʼlimga bosqichma-bosqich oʻtish choralarini rivojlantirishning davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning bevosita va bilvosita usullari, Oʻzbekiston Respublikasida yangi innovatsion mexanizm, fan-texnika yutuqlariga asoslangan faoliyatning eng samarali metodlaridan foydalanish, yangi shaxsiy va kasbiy sifatlarni rivojlantirish, boshqaruv yoʻnalishida bilim, koʻnikma va malakaga ega boʻlishlari kerak.
II. BOLALARNI BOSHLANGʻICH TAʼLIMGA TAYYORLASHNI TASHKIL ETISH MODULI
TEXNOLOGIK XARITASI
Vaqt | Mavzu | Jarayon, metod | Resurs, tarqatma materiallar | Tinglovchining faoliyati |
80 min. | Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida majburiy boshlangʻich taʼlimni tashkil etish asoslari (2 soat nazariy) | |||
35 min. | Majburiy boshlangʻich taʼlimga oʻtish chora-tadbirlarini asosiy maqsadi. MTTda boshlangʻich taʼlimga bosqichma-bosqich oʻtish faoliyatini rejalashtirish | Maʼruza, Bahs-munozara | Slaydlar, Savollar toʻplami, tarqatma materiallar | Tinglaydi, savol-javob, fikrlar bildiradilar, maʼlumotlarni yozib oladi, fikr mulohaza |
45 min. | MTTda boshlangʻich taʼlimga tayyorlash guruhlari faoliyatining uzoq muddatli yoʻnalishlarini shakllantirish. Nodavlat MTT, mobil va modulli guruhlarda tayyorlov guruhlarini tashkil etish | “SWOT” tahlil texnologiyasi, Pedagog minbari | Slayd, kichik guruhlarga topshiriqlar, tarqatma | Vazifani jamoaviy bajaradilar, taqdimot xulosasi, Savol-javob |
80 min. | Hamkorlik faoliyati, taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish (2 soat amaliy) | |||
35 min. | Hamkorlik ish rejalarini ishlab chiqish. | “BBB” metodi, Bahs munozara | Slaydlar, Savollar toʻplami, tarqatma materiallar | Savol-javob, fikrlar bildiradilar, maʼlumotlarni yozib oladi, fikr mulohaza |
45 min. | MTT negizida tashkil etiladigan guruhlar faoliyatini tashkil etish tartibi. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish tartibi. | Kichik guruhda ishlash “Nima uchun” texnolo-giyasi, guruhlar taqdimoti | Slayd, kichik guruhlarga topshiriqlar, tarqatma | Vazifani jamoaviy bajaradilar, taqdimot xulosasi, Savol-javob |
III. MAʼRUZA MATN VA OʻQUV MATERIALLARI
1-Mavzu. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida majburiy boshlangʻich taʼlimni tashkil etish asoslari
![](https://fsd.videouroki.net/html/2024/12/20/v_6764f0024810e/phpXHnj4f_-..---3_html_ec5bae4f7cf164c2.jpg)
Reja:
1.1. Majburiy boshlangʻich taʼlimga oʻtish chora-tadbirlarini asosiy maqsadi. MTTda boshlangʻich taʼlimga bosqichma-bosqich oʻtish faoliyatini rejalashtirish
1.2. MTTda boshlangʻich taʼlimga tayyorlash guruhlari faoliyatining uzoq muddatli yoʻnalishlarini shakllantirish. Nodavlat MTT, mobil va modulli guruhlarda tayyorlov guruhlarini tashkil etish
1.1.Majburiy boshlangʻich taʼlimga oʻtish chora-tadbirlarining asosiy maqsadi
![](https://fsd.videouroki.net/html/2024/12/20/v_6764f0024810e/phpXHnj4f_-..---3_html_8ad630684104e75a.jpg)
Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki yillaridanoq jamiyatning barcha sohalarini qamrab olgan siyosiy va iqtisodiy tub islohotlar amalga oshirila boshlandi. Taʼlim sohasida, jumladan uning birinchi pogʻonasi hisoblanmish maktabgacha taʼlim sohasida ham katta oʻzgarishlar amalga oshirildi. Maktabgacha taʼlim sohasida davlat, nodavlat, davlat-xususiy sheriklik, oilaviy MTTlarni rivojlantirish uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar MTTlar sonini yanada oshirish va ular koʻrsatadigan xizmatlar turlarini kengaytirish, bolalarni maktabgacha taʼlimga qamrab olishni kengaytirish uchun mustahkam poydevor boʻldi. Davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblangan maktabgacha taʼlim tizimini rivojlantirish birinchi navbatda, maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab taʼlimiga tayyorlash sifati darajasini oshirishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlarni amalga oshirishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan.
Maktabgacha taʼlim tizimini yanada takomillashtirish, bolalarning sifatli maktabgacha taʼlimdan teng foydalanishini taʼminlash, maktabgacha taʼlim tizimini rivojlantirish masalalari hozirgi kunning dolzarb masalasiga aylandi.
Istiqlol yillarida mamlakatimizda taʼlim muassasalari faoliyatini mehyorlashtiruvchi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tarbiya toʻgʻrisida”gi Qonun, “Maktabgacha yoshdagi bolalarni taʼlim-tarbiyasiga qoʻyilgan davlat talablari”, “Ilk qadam” Davlat dasturi kabi muhim davlat hujjatlari qabul qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Bolalarni boshlangʻich taʼlimga majburiy bir yillik tayyorlashga bosqichma-bosqich oʻtish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 8-dekabrdagi 999-sonli qarorlariga asosan 2018-2019 oʻquv yilida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Toʻrtkoʻl tumanida, Fargʻona viloyatining Furqat tumani va Quvasoy shahrida hamda Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek, Mirobod, Bektemir, Uchtepa, Yashnobod, Chilonzor, Yunusobod va Shayxontohur tumanlarida bolalarni boshlangʻich taʼlimga majburiy bepul bir yillik tayyorlash tizimi tajriba-sinov 494 ta guruhida 11 103 nafar bola ishtirokida muvafaqqiyatli amalga oshirildi. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-mart kuni qabul qilingan “Bolalarni boshlangʻich taʼlimga majburiy bir yillik tayyorlash tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 132-sonli qarorida kelgusida maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tashkil qilinadigan boshlangʻich taʼlimga tayyorlov guruhlarining kelgusidagi faoliyat yoʻnalishlari aniqlab berildi.
Bolalarni boshlangʻich taʼlimga majburiy bir yillik tayyorlashni joriy etish boʻyicha tajriba loyihasi amalga oshiriladigan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Fargʻona viloyati tumanlari (shaharlari) va Toshkent shahri tumanlari
roʻyxati
T/r | Hudud | Tuman/shahar | Guruhlar soni* |
1. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi | Toʻrtkoʻl tumani | 175 |
2. | Fargʻona viloyati | Fargʻona shahri | 70 |
Quvasoy shahri | 38 | ||
Furqat tumani | 28 | ||
3. | Toshkent shahri | Mirzo Ulugʻbek tumani | 13 |
Mirobod tumani | 21 | ||
Bektemir tumani | 14 | ||
Uchtepa tumani | 26 | ||
Yashnobod tumani | 17 | ||
Chilonzor tumani | 16 | ||
Yunusobod tumani | 17 | ||
Shayxontohur tumani | 59 | ||
Jami: | 494 |
Qarorning asosiy maqsadi:
-
Tayyorlov guruhlari maktabgacha taʼlim tashkilotlariga bormaydigan bolalarga maktabgacha taʼlim va tarbiya olishda yordam berish, buning uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida tashkil etiladi.
-
Tayyorlov guruhlari maktabgacha taʼlim tizimining ajralmas qismi hisoblanadi va quyidagilar ularning asosiy vazifalari hisoblanadi:
-
bolalar har tomonlama aqliy, axloqiy, estetik va jismoniy kamol topishi uchun davlat talablariga muvofiq va ilgʻor xorijiy tajribani hisobga olgan holda shart-sharoitlar yaratish;
-
bolalarning sogʻligʻini muhofaza qilish va mustahkamlash;
-
bolaning aqliy, shaxsiy va jismoniy kamol topishini taʼminlash;
bolalarni milliy madaniyat va umuminsoniy qadriyatlar bilan tanishtirish;
-
oʻquv-tarbiya jarayoniga zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, taʼlim va tarbiyaning samarali shakllari va usullarini joriy etish;
-
bola shaxsining asoslarini shakllantirish, unda bilimga qiziqishni rivojlantirish;
-
bolalarni maktabda oʻqishga tayyorlashga qaratilgan.
Boshlangʻich taʼlim guruhlariga bolalarni qabul qilish maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbarining buyrugʻi asosida amalga oshiriladi.Taʼlim-tarbiya jarayoni bolalarning ovqatlanishini tashkil etish shartisiz bir haftada kamida 15 soat oʻqitishni nazarda tutuvchi maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun davlat oʻquv dasturi asosida tashkil etiladi. Tajriba guruhlarida bolalarning boʻlishi vaqti 3-4 soatni tashkil etadi, bir yoki ikki smenada taʼlim-tarbiya jarayoni tashkil etiladi. Bitta guruhdagi bolalar soni 30 nafardan oshmasligi kerak.
Maktabgacha taʼlim tashkilotiga bormaydigan oʻziga xos ehtiyojlarga ega bolalar tibbiy moneliklar mavjud boʻlmaganda tajriba guruhlarida oʻqishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan tibbiy moneliklar mavjud boʻlganda bolaning yashash joyi boʻyicha davolash-profilaktika muassasasi tomonidan ota-onalarning hozir boʻlishi koʻrsatilgan holda tajriba guruhiga borish uchun ruxsat berish toʻgʻrisida xulosa beriladi.Tajriba guruhlarida taʼlim-tarbiya jarayoni bolalarning oʻziga xos xususiyatlari hisobga olingan holda tashkil etiladi.
Tajriba guruhlari maktabgacha taʼlimga qoʻyiladigan davlat tomonidan belgilangan talablarga muvofiq bolalarni tarbiyalaydi, oʻqitadi va maktabga tayyorlaydi.
Har bir faoliyatni amalga oshirishdan oldin mazkur faoliyat boʻyicha aniq rejalar ishlab chiqiladi. Ishlab chiqilgan reja asosida har bir MTT boshlangʻich taʼlimga tayyorlov guruhlarini tashkil etish boʻyicha faoliyat yoʻnalishlari tashkillashtiradi. Rejalar aniq, mazmunli boʻlsa va ogʻishmay amalga oshirib borilsa, birgalikdagi ishlar boʻyicha istalgan natijalarga, muvaffaqiyatlarga erishish mumkin. Bu esa bolalarni maktab taʼlimiga tayyorlashda, ularning maktabda qiynalmay oʻqib ketishlarida yaxshi samaralar beradi.
Maktabgacha taʼlim tashkiloti boshlangʻich taʼlimga tayyorlash guruhlari faoliyatini rejalashtirishda MTTda taʼlim-tarbiya jarayonining davlat talablariga muvofiq tashkil etilganligi, tarbiyalanuvchilarning taʼlim-tarbiya dasturlarini oʻzlashtirishida tarbiyachi-pedagog kadrlar salohiyati, ijro intizomi, mehyoriy-huquqiy hujjatlar bilan ishlashning ahvoli, maktabgacha taʼlim tashkilotlarini moddiy texnik bazasi holati, milliy madaniy-tarixiy qadriyatlarni aks ettiruvchi va bolalikdan kitob oʻqishga qiziqishni uygʻotuvchi oʻquv-metodik, didaktik materiallar, oʻyin va oʻyinchoqlar va badiiy adabiyotlar bilan taʼminlanganligi, byudjetdan tashqari ishlab topilgan va qonun hujjatlarida taʼqiqlanmagan boshqa manbalardan olingan mablagʻlar va ularning maqsadli sarflanishi, shuningdek, MTT faoliyatiga beriladigan jamoatchilik fikri hisobga olinishi kerak. Shuningdek, boshlangʻich taʼlimga tayyorlashni tashkil etish boʻyicha tuzilgan rejada faoliyat vazifasi, mazmuni, ish shakllari, vaqti, bajarish uchun javobgar shaxslar koʻrsatilishi lozim.
Boshlangʻich taʼlimga tayyorlash guruhlari maktabgacha taʼlim tashkiloti hududining demografik xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etiladi.
Majburiy boshlangʻich taʼlimga tayyorlov guruhlariga maktabgacha taʼlim tashkilotiga bormaydigan, shu yilning sentyabr oyida 5 yosh olti oylik boʻlgan bolalar jalb qilinadi. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari maktabgacha yoshdagi bolalarni operativ ravishda hisobga olish uchun formalari, muddatlari, masʼul kishilar belgilanadi. Vasiylik ostidagi bolalar bilan ishlash, meditsina nazorati, bemor bolalar bilan ishlash, ularni olib kelish rejalashtiriladi. Ota-onalar, jamoa tashkilotlarini jalb etib, bolalar bilan hamkorlikda qilinadigan ishlar belgilanadi, oʻzlashtirishi qiyin bolalarga yordam qilish yoʻllari oʻylab chiqiladi, maktabgacha taʼlim boʻyicha jamoalar bilan aloqada boʻlish formalari koʻrsatiladi. Boshlangʻich taʼlimga tayyorlov guruhlariga bolalarni qabul qilish maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbarining buyrugʻi asosida amalga oshiriladi.
6-7 yoshli bolaning maktab taʼlimiga tayyorligini aniqlashda maktabgacha yoshdagi bolalar taʼlim-tarbiyasi bilan shugʻullanuvchilar asosiy shart hisoblanmish – bolaning maktabga tayyorligi maktabgacha va maktab davridagi hayot tarzi hamda faoliyati uchun koʻprik vazifasini oʻtashini, oila yoki MTTdagi taʼlim-tarbiya sharoitlarida maktab taʼlimiga moslashuvi, ijtimoiylashuvini taʼminlash zarurligini hisobga olishlari lozim. Maktabgacha yoshdagi bolaning maktab taʼlimiga oʻtishi hamisha uning hayoti, axloqi, qiziqishi va munosabatlarida anchayin jiddiy oʻzgarishlarni yuzaga chiqaradi. Shuning uchun bolani MTTda maktab taʼlimiga tayyorlash, ijtimoiylashuviga koʻmaklashish, boshlangʻich taʼlimga tayyorlov guruhlarida “Ilm yoʻli” davlat dasturi asosida taʼlim-tarbiya berish bolalarning jamiyatda oʻz oʻrinlarini topishlariga yordam beradi.
Maktabgacha pedagogika sohasida olib borilgan ilmiy tadqiqotlar koʻrsatishicha boshlangʻich taʼlimga tayyorlash guruhi tarbiyalanuvchilar hayotini tashkil etishning quyidagi tamoyillari ishlab chiqilgan:
1. Har bir yosh guruhida bolalarni jamoatchilik ruhida tarbiyalash va ularning har tomonlama rivojlanishini taʼminlaydigan bir xil shart-sharoitlar yaratish.
2. Bolalarni guruhlariga taqsimlashda har bir guruhga faqat bir xil yoshdagi bolalarni tanlash va shunga qarab taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish.
3. Bolalarning har xil faoliyat bilan shugʻullanishlari va bir-birlari bilan muloqotga kirisha olishlari uchun zarur boʻlgan moddiy muhitni yaratish. Buning uchun guruh xonasi va maydonchani gigiyenik, pedagogik, estetik talablar darajasida kerakli asbob-anjomlar bilan taʼminlash.
4. Bolalarning yoshiga mos kun tartibiga rioya qilish va uning barqarorligini taʼminlash.
5. Bolalar shaxsini shakllantiradigan faoliyat turlarini tashkil etish va bu faoliyatlar uchun kun tartibidan maʼlum vaqt ajratish. Bolalarning har xil faoliyatlarini ilmiy asoslangan tamoyillar asosida almashtirib borish MTTning har xil yosh guruhlarida bolalar hayotini toʻgʻri tashkil etishni taʼminlaydi.
NAZORAT SAVOLLARI
![](https://fsd.videouroki.net/html/2024/12/20/v_6764f0024810e/phpXHnj4f_-..---3_html_206b1c9a1cbdcef3.jpg)
-
Boshlangʻich taʼlimga tayyorlash guruhlari hududlarning qaysi xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etiladi?
-
Tayyorlov guruhlarida tarbiyalanuvchilar hayotini tashkil etishning qanday tamoyillariga mavjud?
-
Majburiy boshlangʻich taʼlimga tayyorlashni tashkil etish chora tadbirlarining maqsadi nimaga qaratilgan?
-
Boshlangʻich taʼlimga tayyorlov guruhlariga bolalarni qabul qilish tartibini qanday amalga oshiriladi?
![](https://fsd.videouroki.net/html/2024/12/20/v_6764f0024810e/phpXHnj4f_-..---3_html_d68e7cf17280557f.gif)
1.2. MTTda boshlangʻich taʼlimga tayyorlash guruhlari faoliyatining uzoq muddatli yoʻnalishlarini shakllantirish. Nodavlat MTT, mobil va modulli guruhlarda tayyorlov guruhlarini tashkil etish
MTTda boshlangʻich taʼlimga tayyorlash guruhlari faoliyatining uzoq muddatli yoʻnalishlarini shakllantirishda MTT oldiga qoʻygan strategiyani joriy etish asosiy maʼmuriy vazifadir, u oʻz ichiga quyidagi asosiy jihatlarni oladi:
-
faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirishga qodir muassasa tuzish;
-
koʻzlangan maqsadga jadal erishishga yoʻnaltirilgan asoslashni xodimlar uchun ishlab chiqish;
-
mukofatlash tizimini qoʻyilgan maqsadlarga erishish natijalar bilan bogʻlash;
-
MTTda tayyorlov guruhlari faoliyati strategiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun imkoniyat tugʻdiruvchi muhit va ishonchli vaziyatni yuzaga keltirish;
-
tayyorlov guruhi faoliyatining har bir aʼzosiga kunma-kun oʻz vazifasini samarali bajarishiga imkon beradigan qoʻllab-quvvatlash ichki tizimini barpo qilish;
-
muntazam takomillashtirish amaliyoti va rejasini (malaka oshirish yoki qayta tayyorlashni) tadbiq etish;
-
faoliyatni rivojlanishini olgʻa siljitishni boshqarish va uni amalga oshirishni muntazam yaxshilash uchun zarur boʻlgan ichki yetakchilik tizimini joriy etish.
Maʻmuriy vazifa tayyorlov guruhlari faoliyatini tashkillashtirishda nima qilinayapti va istiqbolni rejalashtirishda samarali amalga oshirish uchun nimalarni qilish kerakligining mutanosibligiga erishishdan iboratdir.
“Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi PQ-4312-son qarorida sohaning rivojlantirishga oid davlat siyosatini muvaffaqiyatli amalga oshirish, Vazirlar Makamasining 132-sonli qarorida 2020-2025-yillarda bolalarni toʻliq kunlik, qisqa muddatli, bolalarni boshlangʻich taʼlimga majburiy bepul bir yillik tayyorlov guruhlariga jalb etish orqali maktabgacha taʼlim bilan qamrab olishni 100%ga yetkazish nazarda tutilgan.
Yuqorida qayd etilgan vazifalarni samarali amalga oshirish hamda maktabgacha yoshdagi bolalarni intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan har tomonlama rivojlantirish uchun sharoitlarni yaratish, bolalarni boshlangʻich taʼlimga tayyorlov guruhlarini tashkil etish taʼlim-tarbiya jarayonining muqobil shakllarini ishlab chiqishni talab qiladi. Ayniqsa, davlat MTT mavjud boʻlmagan hududlarda maktabgacha taʼlimga boʻlgan ehtiyojni qoplash, mazkur hududlarda bolalarni boshlangʻich taʼlimga tayyorlov guruhlarini tashkil etish maqsadida mazkur hududlarda mavjud NMTTlari hamda mobil va modulli guruhlarni jarayonga jalb etish faoliyatning samarali tashkil etilishiga yordam beradi.
Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotida tashkil etiladigan boshlangʻich taʼlimga tayyorlash guruhlariga, bolalar mazkur maktabgacha taʼlim tashkilotlari ustaviga muvofiq qabul qilinadi. Bolaning qonuniy vakili bilan tuzilgan shartnoma bolani nodavlat MTT va davlat MTTlariga biriktirilgan mobil guruhlarga qabul qilish uchun asos hisoblanadi.
Maktabgacha taʼlimning hammabopligini, shu jumladan respublikaning olis tumanlarida hamda maktabgacha taʼlimning standart shakllarini kengaytirish qiyin boʻlgan joylarda taʼminlash yangi muqobil shakllarni - oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari, mobil va modulli guruhlarni joriy etishni taqozo qildi.
Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining maqsadi va vazifalariga quyidagilar kiradi:
-
maktabgacha yoshdagi bolalarni (keyingi oʻrinlarda bolalar deb ataladi) har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish;
-
taʼlim-tarbiya berish orqali bolalarni maktab taʼlimiga sifatli tayyorlash;
bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish;
-
taʼlim-tarbiya jarayoniga zamonaviy taʼlim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish;
-
bolalarning hayotini muhofaza qilish va sogʻligʻini mustahkamlash;
-
bola shaxsini sogʻlom va yetuk, maktabda oʻqishga tayyorlangan tarzda shakllantirish;
-
bolalarning intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishini taʼminlash;
-
bolalarda xalqimizning yuksak mahnaviyati va insonparvarlik anhanalariga sadoqat tuygʻularini shakllantirish.
Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotida tayyorlov guruhlariga 7 yoshgacha boʻlgan 7 — 12 nafar bolalarga taʼlim-tarbiya berilishiga yoʻl qoʻyiladi. Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga bolalarni qabul qilish jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, ehtiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qatʼiy nazar, tegishli tibbiy xulosa asosida amalga oshiriladi.
Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotidagi bolalar soni 7 nafardan kam boʻlmasligi va 25 nafardan oshmasligi lozim.
Mobil va modulli guruhlarni tashkil etishning maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:
-
bolaning taʼlim olishga boʻlgan huquqini amalga oshirishni taʼminlash;
-
bolalarni sifatli maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish darajasini oshirish;
-
maktabgacha taʼlim bilan qamrab olinmagan bolalarning ilgʻor xorijiy tajribani hisobga olgan holda davlat talablariga muvofiq har tomonlama aqliy, axloqiy, estetik va jismoniy kamol topishi uchun shart-sharoitlar yaratish;
-
bolalarni boshlangʻich taʼlimga sifatli tayyorlash;
-
uzoq hududlar va qishloq joylarda yashovchi maktabgacha yoshdagi bolalarni teng huquqli sifatli maktabgacha taʼlimga ega boʻlishini taʼminlash;
-
davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari, maktabgacha taʼlim sohasida nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
-
davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda maktabgacha taʼlim sohasida ham taʼlim xizmatlarini koʻrsatuvchi boshqa davlat tashkilotlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash;
-
bola shaxsining asoslarini shakllantirish, unda bilimga qiziqishni rivojlantirish.
-
maktabgacha yoshdagi bolalarni oʻqitish jarayonini takomillashtirish;
-
MTT qurilishi imkonsiz boʻlgan uzoq qishloq joylari, togʻli tumanlar va borish qiyin boʻlgan aholi punktlarida kamxarj boʻlgan, bepul sifatli maktabgacha taʼlimdan teng foydalanishini taʼminlash.
Shuningdek, bugungi kunda respublikamizning chekka hududlarida mobil guruhlar tarkibida tayyorlov guruhlarini tashkil etish ham yetarli darajada bolalarni boshlangʻich taʼlimga tayyorlashda imkoniyatlar eshigini ochadi. Mobil, modulli guruhlar - maktabgacha taʼlim xizmatlarini koʻrsatish, bolalarni maktabgacha taʼlimga qamrab olishni kengaytirish, maktabgacha taʼlimga qamrab olinmagan bolalarning har tomonlama yetuk, intelektual, mahnaviy-estetik, jismoniy kamol topishi uchun shart-sharoit yaratish maqsadida amalga oshiriladigan tajriba-sinov loyihasi hisoblanadi. (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-sentyabrdagi 786-son qarori, 2-ilova).
Mobil guruhlar bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olishni kengaytirish, maktabgacha taʼlim tashkilotlariga bormaydigan bolalarga taʼlim xizmatlari koʻrsatish maqsadida tashkil etiladi.
Quyidagilar mobil guruhlarning asosiy vazifalari hisoblanadi:
-
ilgʻor xorijiy tajriba inobatga olingan holda, ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan davlat talablariga muvofiq maktabgacha taʼlim bilan qamrab olinmagan bolalarning har tomonlama yetuk, intellektual, mahnaviy-estetik, jismoniy kamol topishi uchun shart-sharoitlar yaratish;
-
bolalarning sogʻligini muhofaza qilish va mustahkamlash;
-
bolalarni milliy madaniyat va umuminsoniy qadriyatlar bilan tanishtirish;
-
taʼlim-tarbiya jarayoniga zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalar, taʼlim-tarbiyaning samarali shakllari va uslublarini joriy etish;
-
bola shaxsining asoslarini shakllantirish, uning bilim orttirish boʻlgan qiziqishlarini rivojlantirish;
-
MTTlariga bormaydigan bolalarning ijtimoiy moslashuvini taʼminlash va ularni boshlangʻich taʼlimga tayyorlash;
-
Bolalar mobil guruhlarga ushbu mobil guruhlar biriktirilgan davlat MTT rahbarining buyrugʻi asosida qabul qilinadi.
-
Mobil guruhlarda davlat maktabgacha taʼlim xizmatlari bepul koʻrsatiladi.
-
Mobil guruhlarda taʼlim-tarbiya jarayoni ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan davlat talablari asosida tashkil etiladi va ovqatlantirishni majburiy tashkil etmagan holda, bir haftada 7,5 soatdan (bir kunda 3-4 soat) kam boʻlmagan taʼlim berish nazarda tutiladi.
-
Mobil guruhlar taʼlim faoliyatini 2 smenada, bir haftada 6 kun amalga oshiradi.
-
Mobil guruhlarda oʻquv yili 2-sentyabrdan boshlanib 31-mayda yakunlanadi, yozgi sogʻlomlashtirish davri 1-iyundan 31-avgustga qadar hisoblanadi.
-
Guruhlar bir xil yoki aralash yosh prinsipi boʻyicha toʻldiriladi. Bir guruhda bolalar soni 16 nafardan ortiq boʻlmasligi lozim.
SWOT tahlil
Metodning maqsadi: mavjud nazariy bilimlar va amaliy tajribalarni tahlil qilish, taqqoslash orqali muammoni hal etish yllarini topish, bilimlarni mustahkamlash, takrorlash, baholash, mustaqil, tanqidiy fikrlashni, nostandart tafakkurni shakllantirishga xizmat qiladi.
MTTda boshlangʻich taʼlimga tayyorlov guruhlarini tashkil etish tahlili
ICHKI OMILLAR | |
S (kuchli)
Tashkilotning kuchli jihatlari | W (kuchsiz) Tashkilotning kuchsiz, zaif jihatlari
|
TASHQI OMILLAR | |
O (imkoniyatlar)
Tashkilotdan tashqarida mavjud, tayyorlov guruhlarini rivojlan-tirishi mumkin boʻlgan imkoniyatlar
|
T (toʻsiqlar) Faoliyatni muvafaqqiyatli tashkil etishga toʻsqinlik qilishi mumkin boʻlgan, atrof muhitda mavjud toʻsiqlar
|
NAZORAT SAVOLLARI
![](https://fsd.videouroki.net/html/2024/12/20/v_6764f0024810e/phpXHnj4f_-..---3_html_206b1c9a1cbdcef3.jpg)
1.MTT mavjud boʻlmagan hududlarda tayyorlov guruhlarini tashkil etish qanday amalga oshiriladi?
2.Oilaviy va mobil bogʻchalarida tayyorlov guruhlari qanday tashkil etiladi?
3. Mobil bogʻchalar sigʻimi necha nafar bolaga moʻljallangan?
2-Mavzu: Hamkorlik faoliyati, taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish
![](https://fsd.videouroki.net/html/2024/12/20/v_6764f0024810e/phpXHnj4f_-..---3_html_29d91d755e667058.png)
Reja:
2.1.Hamkorlik ish rejalarini ishlab chiqish
2.2. MTT negizida tashkil etiladigan guruh guruhlar faoliyatini tashkil etish tartibi. Maktabgacha taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish tartibi.
2.1. Hamkorlik ish rejalarini ishlab chiqish
![](https://fsd.videouroki.net/html/2024/12/20/v_6764f0024810e/phpXHnj4f_-..---3_html_8ad630684104e75a.jpg)
Bolalarni majburiy boshlangʻich taʼlimga qamrab olishda Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining mahalliy hokimiyat, “Mahalla” FY, Sogʻliqni saqlash hududiy muassasalari, umumtaʼlim maktablari bilan hamkorlikda ish olib borishlari lozim. MTTda taʼlim-tarbiya jarayonining davlat talablariga muvofiq tashkil etilganligi, tarbiyalanuvchilarning taʼlim-tarbiya dasturlarini oʻzlashtirishida tarbiyachi-pedagog kadrlar salohiyati, ijro intizomi, mehyoriy-huquqiy hujjatlar bilan ishlashning ahvoli, maktabgacha taʼlim tashkilotlarini moddiy texnik bazasi holati, milliy madaniy-tarixiy qadriyatlarni aks ettiruvchi va bolalikdan kitob oʻqishga qiziqishni uygʻotuvchi oʻkuv-metodik, didaktik materiallar, oʻyin va oʻyinchoqlar va badiiy adabiyotlar bilan taʼminlanganligi, byudjetdan tashqari ishlab topilgan va qonun hujjatlarida taʼqiqlanmagan boshqa manbalardan olingan mablagʻlar va ularning maqsadli sarflanishi, shuningdek, tashkilot faoliyatiga beriladigan jamoatchilik fikri hamkorlik faoliyati doirasida oʻz aksini topishi kerak.
Vasiylik ostidagi bolalar bilan ishlash, meditsina nazorati, bemor bolalar bilan ishlash, ularni olib kelish rejasi, ota-onalar, jamoa tashkilotlari, umumtaʼlim maktablari bilan qilinadigan ishlar belgilanadi, oʻziga xos ehtiyojga ega bolalariga yordam qilish yoʻllari oʻylab chiqiladi, maktabgacha taʼlim boʻyicha jamoalar bilan aloqada boʻlish formalari koʻrsatiladi.
Taʼlimda uzluksizlik va uzviylik muammosi har doim eng dolzarb va muhim masalalardan biri boʻlib kelgan. Maktabgacha taʼlimda uzluksizlik bu tajriba va toʻplangan bilimlar asosida bola shaxsini toʻlaqonli shakllantirishga qaratilgan, uning jismoniy va ruhiy jihatdan maktabgacha taʼlimdan maktab taʼlimiga tayyorlash bosqichidir.
Bolalarni maktab taʼlimiga tayyorlashning zamonaviy bosqichida MTT uchun psixologik-pedagogik muammodan ulkan ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan vazifaga aylandi. Mazkur murakkab va masʼuliyatli vazifani bajarishda MTT pedagoglari va ota-onalar muhim rol oʻynaydilar. Bola maktabga chiqishi bilan uning hayoti yangi bosqichga koʻtariladi, oʻyin faoliyati oʻqish faoliyatiga almashadi. Yangi muhitga moslashish jarayoni boladan anchagina ruhiy va jismoniy koʻnikmalarni talab qiladi. Bu jarayonda bolaning taʼlim jarayonida muvafaqqiyatga erishishi asosan, uning maktab taʼlimiga psixologik va ongli tayyorligiga bogʻliq boʻladi. Tajriba shuni koʻrsatmoqdaki, oʻqituvchilar, ota-onalar va tarbiyachilar oʻrtasidagi hamkorlik yaxshi oʻrnatilgan, oʻzaro tajriba almashish tashkil etilgan, MTT faoliyati doimiy tahlil qilinadigan taqdirdagina bolalarni boshlangʻich taʼlimga tayyorlash darajasi ancha yuqori va boshlangʻiich taʼlim oʻqituvchilarining faoliyati samaradorligi yuqori boʻladi.
Hamkorlik quyidagi vazifalarni hal etishga qaratiladi:
-
Maktab, MTT, mahalla va oila oʻrtasida hamkorlik yoʻnalishlarini oʻrnatish.
-
Bolaning maktabga boʻlgan emotsional ijobiy munosabatini rivojlantirish va mustahkamlash.
-
Boʻlajak oʻquvchining boshlangʻich taʼlimga muvafaqqiyatli moslashishi uchun zarur boʻlgan shaxsiy xususiyatlarni shakllantirish.
Bolani boshlangʻich taʼlimga tayyorlash, uni toʻlaqonli rivojlanishi bu uzoq vaqt va eʼtibor talab etiladigan pedagogik jarayon hisoblanadi. MTT va maktab oʻrtasida uzviylikni taʼminlash, belgilangan vazifalarni yechish maqsadida biz uchta asosiy yoʻnalishni aniqladik:
-
Uslubiy ish
-
Ota-onalar bilan ishlash
-
Bolalar bilan ishlash.
Bolalarni boshlangʻich taʼlimga tayyorlashda MTT pedagoglari ota-onalar bilan ishlashga alohida eʼtibor qaratishlari lozim. Ota-onalar bilan ishlash oʻzaro hamkorlik munosabatlarini qoʻllab-quvvatlash va saqlashga qaratiladi.
Ota-onalarni, bolaning pedagogik, psixologik va tibbiy tayyorgarligi boʻyicha umumtaʼlim maktablari talablari bilan tanishtirish maqsadida turli chora-tadbirlar ishlab chiqish mumkin:
-Taʼlim tizimlari oʻrtasidagi uzviylikni taʼminlovchi pedagogik kengashlar, seminarlar, MTT pedagoglari davra suhbatlari, boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilari, MTT pedagoglari va ota-onalar hamkorlikdagi davra suhbatlari;
- MTT tarbiyachilari va oʻqituvchilari boshlangʻich taʼlimga tayyorlov guruhlari tarbiyalanuvchilari va birinchi sinf oʻquvchilari oʻrtasida birgalikdagi amaliy faoliyat turlarini rejalashtirish va tashkil etish (bayramlar, koʻrgazmalar, sport musobaqalari);
- MTT va maktab tibbiyot xodimlari, psixologlari oʻzaro hamkorligi;
- MTTda “bitiruvchilar kuni”ni oʻtkazish;
- ota-onalarning boʻlajak oʻqituvchilar bilan uchrashuvlari;
- bolaning maktabga tayyorgarligi vaqtida uning oilada oʻzini qanday his qilayotganligini aniqlash maqsadida ota-onalar oʻrtasida soʻrovnomalar oʻtkazish;
- “Yaqinda maktabga” nomli ota-onalar majlisi oʻtkazish;
- suhbatlar;
- ochiq eshiklar kuni;
- ota-onalarga individual konsulgʻtatsiyalar;
- bolaning maktabga tayyorgarligi toʻgʻrisida maʼlumotlar berilgan eslatmalar, bukletlar ishlab chiqish;
- tahlil natijalari boʻyicha tibbiy mutaxassis, pedagoglar ishtirokida konferensiya tashkil etish.
Maktab bilan MTT oʻrtasidagi uzviy aloqa murakkab va koʻp tomonlama tuzilishga ega. Unda taʼlim-tarbiyaviy ishlarning mazmuni, metod va usullari, tashkiliy shakllari, shuningdek bolalarni tarbiyalash shart-sharoitlari va pedagogik talab kabi yetakchi -tomonlarini ajratib koʻrsatish mumkin. Bunda quyidagilarga alohida eʼtibor berish kerak:
1. Maktab talabi nuqtayi nazaridan bolalar bilimlarni chuqurroq egallab olishlari lozim.
2. MTT nuqtayi nazaridan bolalarni maktab talabi darajasidagi bilim, malaka, koʻnikmalar bilan qurollantirish zarur.
3. Bolalarning maktabga ruhiy tayyorligi. Bu yerda vazifa bolalar mehnatning har kanday turiga tayyor turishlari, ularda aqliy mehnat– bilishga qiziqishni oʻstirishning kelajakdagi mustaqil faoliyatga tayyorlashdan iborat.
4. MTTda beriladigan taʼlim rivojlantiruvchi tarzda boʻlishi kerak.
5. MTT bilan maktab oʻrtasida izchil aloqa oʻrnatish.
Maktabgacha taʼlim tashkiloti va maktab oʻrtasidagi aloqa ikki yoʻnalishda olib boriladi:
1. Maktabgacha taʼlim tashkiloti bilan maktabning pedagoglar jamoasi oʻrtasidagi aloqa.
2. Maktabgacha taʼlim tashkiloti bolalari va boshlangʻich sinf oʻquvchilarini bir-birlariga yaqinlashtirish.
“Bahs-munozara” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat:
1. Taʼlim beruvchi munozara mavzusini tanlaydi va shunga doir savollar ishlab chiqadi.
2. Taʼlim beruvchi taʼlim oluvchilarga muammo boʻyicha savol beradi va ularni munozaraga taklif etadi.
3. Taʼlim beruvchi berilgan savolga bildirilgan javoblarni, yahni turli gʻoya va fikrlarni yozib boradi. Taʼlim oluvchilardan birini kotib sifatida tayinlaydi. Bu bosqichda taʼlim beruvchi taʼlim oluvchilarga oʻz fikrlarini erkin bildirishlariga sharoit yaratib beradi.
4. Taʼlim beruvchi taʼlim oluvchilar bilan birgalikda bildirilgan fikr va gʻoyalarni guruhlarga ajratadi, umumlashtiradi va tahlil qiladi.
5. Tahlil natijasida qoʻyilgan muammoning eng maqbul yechimi tanlanadi.
1-jadval
№ | MTT va ota-onalar bilan olib boriladigan ishlar mazmuni | Masʼul shaxs | muddati |
|
|
|
|
2-jadval
№ | MTT va “Mahalla” FY bilan olib boriladigan ishlar mazmuni | Masʼul shaxs | muddati |
|
|
|
|
3-jadval
№ | MTT va maktab bilan olib boriladigan ishlar mazmuni | Masʼul shaxs | muddati |
|
|
|
|
4-jadval
№ | MTT va oilaviy poliklinika bilan olib boriladigan ishlar mazmuni | Masʼul shaxs | muddati |
|
|
|
|
NAZORAT SAVOLLARI
![](https://fsd.videouroki.net/html/2024/12/20/v_6764f0024810e/phpXHnj4f_-..---3_html_b7cd79d07f178772.jpg)
-
MTT va maktab oʻrtasidagi hamkorlik nechta yoʻnalishda olib boriladi?
-
MTTning Mahalla FY bilan olib boriladigan hamkorligi maqsadi qaysi vazifalarni oʻz ichiga oladi?
-
Bolalarni maktab taʼlimiga tayyorlashda ota onalar bilan olib boriladigan ishlar mazmunini yoritib bering
2.2. MTT negizida tashkil etiladigan guruh guruhlar faoliyatini tashkil etish tartibi. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish tartibi.
![](https://fsd.videouroki.net/html/2024/12/20/v_6764f0024810e/phpXHnj4f_-..---3_html_13853b145b2f645e.jpg)
Boshlangʻich taʼlim guruhlari Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, viloyatlar maktabgacha taʼlim boshqarmalari tomonidan hududlar ehtiyojlarini birgalikda oʻrganish yakunlari boʻyicha tashkil etiladi.
Boshlangʻich taʼlim guruhlari ustun darajada MTT, umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, “Barkamol avlod” bolalar markazlari, shaharchalar, qishloqlar va ovullar mahallalar fuqarolar yigʻinlari, madaniyat markazlari, bolalar musiqa va sanʼat maktablari negizida tashkil etiladi. Tajriba guruhlarida taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish uchun alohida xonalar ajratiladi va ulardan faqat maqsadli foydalaniladi, zarur boʻlsa ularga alohida eshikdan kirish tashkil etiladi.
Tajriba guruhlarini tashkil etish uchun ajratilgan xonalar sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlarining belgilangan talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Bolalarni boshlangʻich taʼlimga tayyorlovchi tajriba guruhlari Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, Fargʻona viloyati maktabgacha taʼlim boshqarmasi, Toshkent shahri Maktabgacha taʼlim bosh boshqarmasi tomonidan belgilangan tartibda ularning bank hisob raqamlariga oʻtkaziladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlari hisobiga jihozlanadi.
Bolalarni boshlangʻich taʼlimga majburiy bir yillik tayyorlash guruhlarini moddiy-texnika baza va taʼlim-didaktik materiallar bilan jihozlashning
NAMUNAVIY NORMATIVLARI*
T/r | Nomi | Oʻlchov birligi | Soni |
I. Mebelgʻ | |||
1. | 4 oʻrinli bolalar stoli | dona | guruhdagi bolalar soniga qarab |
2. | Bolalar stuli | dona | har bir bolaga |
3. | Tarbiyachi uchun bir tumbochkali stol | dona | 1 |
4. | Tarbiyachi uchun yarim yumshoq stul | dona | 1 |
5. | Oʻquv materiallari uchun javon | dona | 1 |
6. | Oʻyinchoqlar uchun javon | dona | 1 |
7. | Magnit-markerli oq doska | dona | 1 |
II. Oʻyinchoqlar | |||
1. | Qoʻgʻirchoqlar (koʻzlari yopiladigan) | dona | 2 |
2. | Mashinalar (turli-tuman) | toʻplam | 1 |
3. | Uy hayvonlari va ularning bolalari | toʻplam | 4 |
4. | Yovvoyi hayvonlar va ularning bolalari | toʻplam | 4 |
5. | Bolalar idishlari toʻplami | toʻplam | 2 |
6. | “Lego” konstruktori | toʻplam | 4 |
7. | Bolalar lotosi | toʻplam | 2 |
8. | “Dorixona” toʻplami | toʻplam | 2 |
9. | Qurilish vositalari toʻplami | toʻplam | 2 |
10. | Topishmoqlar (pazllar) | toʻplam | 20 |
11. | Terma naqsh | toʻplam | 4 |
III. Didaktik materiallar | |||
1. | Hisob choʻplari | toʻplam | har bir bolaga |
2. | Geometrik shakllar (geometrik mozaika) | toʻplam | har bir bolaga |
3. | Maktabgacha oʻquvchilar uchun alifbo | dona | har bir bolaga |
4. | Raqamlar | toʻplam | har bir bolaga |
5. | Yil fasllari tasviri tushirilgan rasmlar turkumi | toʻplam | 1 |
6. | Uy hayvonlari va ularning bolalari tasviri tushirilgan kartochkalar | toʻplam | 4 |
7. | Yovvoyi hayvonlar va ularning bolalari tasviri tushirilgan kartochkalar | toʻplam | 4 |
8. | Uy parrandalari tasviri tushirilgan kartochkalar | toʻplam | 4 |
9. | Qushlar tasviri tushirilgan kartochkalar | toʻplam | 4 |
10. | Sabzavotlar tasviri tushirilgan kartochkalar | toʻplam | 4 |
11. | Meva va rezavor mevalar tasviri tushirilgan kartochkalar | toʻplam | 4 |
12.. | “Alifbo” yumshoq rivojlantiruvchi kubiklar | toʻplam | 1 |
13. | “Hayot xavfsizligi asosi” kartochkalari | toʻplam | 1 |
14. | “Kasblar” kartochkalari | toʻplam | 1 |
15. | Oʻzbekiston mutafakkirlari va atoqli shaxslari portretlari | toʻplam | 1 |
16. | Husnixat | dona | har bir bolaga |
IV. Sport inventari | |||
1. | Bolalar argʻamchilari | dona | 5 |
2. | Bolalar bouling-kegli | komplekt | 2 |
3. | Turli kattalikdagi toʻplar | dona | 5 |
4. | Turli hajmdagi chambaraklar | dona | 5 |
5. | Kolsebros | dona | 2 |
V. Bolalar adabiyotlari | |||
1. | Jahon xalqlari ertaklari | dona | 5 |
2. | Oʻzbek xalq ertaklari | dona | 5 |
3. | Shehrlar, topishmoqlar | dona | 5 |
VI. Ramzlar | |||
1. | Davlat ramzlari | komplekt | 1 |
2. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti portreti | dona | 1 |
* Bitta guruhga hisoblab chiqilgan.
Tayyorlov guruhlariga bolalar Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining hududiy boʻlimlari tomonidan tuziladigan roʻyxatlar asosida qabul qilinadi.
Tayyorlov guruhlariga bolalarni qabul qilish maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbarining buyrugʻi asosida amalga oshiriladi.
Taʼlim-tarbiya jarayoni bolalarning ovqatlanishini tashkil etish shartisiz bir haftada kamida 15 soat (bir kunda 3-4 soat) oʻqitishni nazarda tutuvchi maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun davlat oʻquv dasturi asosida tashkil etiladi.
Tayyorlov guruhlarida bolalarning boʻlishi vaqti 3-4 soatni tashkil etadi, bir yoki ikki smenada taʼlim-tarbiya jarayoni tashkil etiladi.
Bitta guruhdagi bolalar soni 30 nafardan oshmasligi kerak.
Maktabgacha taʼlim tashkilotiga bormaydigan oʻziga xos ehtiyojlarga ega bolalar tibbiy moneliklar mavjud boʻlmaganda tayyorlov guruhlarida oʻqishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan tibbiy moneliklar mavjud boʻlganda bolaning yashash joyi boʻyicha davolash-profilaktika muassasasi tomonidan ota-onalarning hozir boʻlishi koʻrsatilgan holda tayyorlov guruhiga borish uchun ruxsat berish toʻgʻrisida xulosa beriladi.
Tayyorlov guruhlarida taʼlim-tarbiya jarayoni bolalarning oʻziga xos xususiyatlari hisobga olingan holda tashkil etiladi.
Tayyorlov guruhlari maktabgacha taʼlimga qoʻyiladigan davlat tomonidan belgilangan talablarga muvofiq bolalarni tarbiyalaydi, oʻqitadi va maktabga tayyorlaydi.
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari negizidan tashqarida tashkil etilgan tajriba guruhlari va ularning pedagoglari tegishli maktabgacha taʼlim hududiy boʻlinmalarining buyrugʻi bilan biriktiriladigan eng yaqindagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbarlari tomondan nazorat qilinadilar va ularga boʻysunadilar.
Tarbiyalanuvchi, pedagog xodim, ota-onalar yoki ularning qonuniy vakillari tajriba guruhlarida taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari hisoblanadi.
Tayyorlov guruhlari tarbiyalanuvchilarining huquq va majburiyatlari qonun hujjatlarida belgilanadi.
Tegishli ixtisosli maʼlumotga, kasbiy tayyorgarlikka, yuksak axloqiy fazilatlarga ega boʻlgan shaxslar tajriba guruhlarida pedagogik faoliyat bilan shugʻullanish huquqiga ega boʻladilar.
Ota-onalar yoki ularning qonuniy vakillari tajriba guruhlaridagi taʼlim-tarbiya jarayoni bilan tanishish huquqiga egadir.
Taʼlim-tarbiya ishlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish MTTdagi pedagogik jarayonning har bir faoliyat turini toʻgʻri tashkil etishga bogʻliqdir. MTTning pedagogik jarayonida taʼlim muhim ahamiyat kasb etadi va kundalik hayot, oʻyin, mehnat, mashgʻulotlar orqali amalga oshiriladi. Mashgʻulotlarda taʼlim va tarbiya vazifalari hal etiladi. Bolalar tevarak-atrofdagi hayot va tabiat bilan tanishish, nutq oʻstirish, savod oʻrgatish, matematika, jismoniy madaniyat, tasviriy faoliyat, musiqa boʻyicha eng oddiy tasavvur va bilimlarni, malaka hamda koʻnikma tizimini egallab oladilar. Bolalar egallab olishlari kerak boʻlgan bilim, malaka va koʻnikmalar “Ilm yoʻli” davlat dasturida belgilab berilgan boʻlib, u bolalarning umumiy rivojlanishi va ularni maktab taʼlimiga tayyorlashda muhim ahamiyatga ega. Mashgʻulotlarda taʼlim berish didaktika tamoyillari asosida bolalarning yosh va oʻziga xos xususiyatlarini eʼtiborga olib, maʼlum izchillikda olib boriladi, mazmuni sekin-asta murakkablashtirib boriladi. Natijada, u rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi xususiyatga ega boʻladi. Dasturda tayyorlov guruhida hafta davomida oʻtkaziladigan mashgʻulotlar soni va har bir mashgʻulot qancha davom etishi belgilab qoʻyilgan. Pedagoglar mana shunga asoslanib, oʻzining haftalik mashgʻulotlar jadvalini tuzadi, bu taʼlimning hamma boʻlimlari boʻyicha belgilangan taʼlim-tarbiya ishlarini toʻgʻri taqsimlash va bir xilda amalga oshirishga imkon yaratadi.
Mashgʻulotlar jadvalini tuzishda quyidagi talablarga rioya qilish kerak: Dasturning hamma boʻlimlari boʻyicha mashgʻulotlarni haftaga teng taqsimlash.
1. Haftaning birinchi va oxirgi kuniga osonroq mashgʻulotlar qoʻyiladi.
2. Haftaning seshanba, chorshanba va payshanba kunlarida bolalardagi aqliy faoliyat tezlashadi, shuning uchun bu kunlarga murakkabroq ishlar rejalashtiriladi.
3. Taʼlim-tarbiya jarayonida birinchi boʻlib bolalardan aqliy zoʻr berishni koʻproq talab etadigan, kam harakatli mashgʻulotlar rejalashtiriladi (tevarak-atrofdagi hayot va tabiat bilan tanishtirish, ona tili, matematika). Tasviriy faoliyat, jismoniy tarbiya, musiqa va shunga oʻxshash mashgʻulotlar keyinroqqa rejalashtiriladi.
4. Mashgʻulotlar quyidagicha tartibda almashtirib boriladi: matematika va jismoniy tarbiya, ona tili va tasviriy faoliyat va h.k.
5. Mashgʻulotlarni bunday taqsimlash bolalarning dastur materialini yengilroq oʻzlashtirib olishiga imkon yaratadi.
B/B/B chizmasi
B/B/B chizmasi – Bilaman/ Bilishni hohlayman/ Bilib oldim. Mavzu, matn, boʻlim boʻyicha izlanuvchilikni olib borish imkonini beradi.
Tizimli fikrlash, tuzilmaga keltirish, tahlil qilish koʻnikmalarini rivojlantiradi.
Tinglovchilar:
-
Jadvalni tuzish qoidasi bilan tanishadilar. Alohida kichik guruhlarda jadvalni rasmiylashtiradilar.
-
“Mavzu boʻyicha nimalarni bilasiz” va “Nimani bilishni xohlaysiz” degan savollarga javob beradilar (oldindagi ish uchun ynaltiruvchi asos yaratiladi). Jadvalning 1 va 2 boʻlimlarini toʻldiradilar.
-
Maʼruzani tinglaydilar, mustaqil oʻqiydilar.
-
Mustaqil kichik guruhlarda jadvalning 3 boʻlimni toʻldiradilar
B/BX/B JADVALI
| |||
Mavzuga oid savollar | Bilaman | Bilishni xohlayman
| Bilib oldim |
1.MTTda taʼlim-tarbiya jarayonini rejalashtirish tartibi |
|
|
|
2.Boshlangʻich taʼlimga tayyorlash guruhlari xonalarini jihozlash tartibi |
|
|
|
3.Boshlangʻich taʼlimga tayyorlash guruhi tarbiyalanuvchilari hayotini tashkil etish tamoyillari |
|
|
|
NAZORAT SAVOLLARI
![](https://fsd.videouroki.net/html/2024/12/20/v_6764f0024810e/phpXHnj4f_-..---3_html_b7cd79d07f178772.jpg)
1.Tayyorlov guruhlarida haftalik oʻquv soati necha soatni tashkil etadi?
2.MTT negizida tashkil etilgan tayyorlov guruhlari faoliyati nazoratini kimlar olib boradi?
3. Boshlangʻich taʼlimga tayyorlov guruhlarida taʼlim-tarbiya jarayoni qaysi dastur asosida tashkil etiladi?
4. Tayyorlov guruhlarida kimlar taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari hisoblanadilar?
Boshlangʻich taʼlimga tayyorlov guruhlari ustun darajada qaysi tashkilotlarda tashkil etilishi mumkin?
5. MTTlaridagi tayyorlov guruhlari moddiy texnik bazasi va taʼlim-didaktik materiallar bilan jihozlash tartibini tushuntirib bering
6. Tayyorlov guruhlarini tashkil etishda hamkorlik faoliyatining oʻrnini izohlab bering
7. MTT va maktab hamkorligini tashkil etishda qaysi jihatlarga ustuvorlik berilishi lozim?
IV. OʻZINI-OʻZINI TEKSHIRISH UCHUN TEST SAVOLLARI
№ | SAVOLLAR | 1-JAVOB | 2-JAVOB | 3-JAVOB | 4-JAVOB | Toʻgʻri javob |
1. | Bolalarni majburiy boshlangʻich taʼlim faoliyatiga bosqichma-bosqich oʻtishini tashkil etish chora-tadbirlarining asosiy maqsadi nimaga qaratilgan? | MTTga bormaydigan bolalarni bir yillik bepul tayyorlov guruhlariga jalb etish | Bolalarni umumtaʼlim maktablaridagi tayyorlov guruhlariga jalb etish | Bolalar tayyorlov guruhlarini yangi pedagogik texnologiyalar bilan taʼminlash | Bolalarni milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash | 1 |
2. | Majburiy boshlangʻich taʼlimga tayyorlov guruhlariga necha yoshli bolalar qabul qilinadi? | joriy yilning sentyabr oyida 5 yoshga toʻlgan bolalar | joriy yilning sentyabr oyida 4 yoshga toʻlgan bolalar | joriy yilning sentyabr oyida 5 yosh olti oylik boʻlgan bolalar | joriy yilning sentyabr oyida 7 yosh boʻlgan bolalar | 3 |
4. | MTTdan tashqarida tashkil etilgan guruhlar qaysi tashkilot tomonidan nazorat qilinadilar? | Tuman xalq taʼlimi boʻlimi buyrugʻi bilan eng yaqindagi umumtaʼlim maktabi tomonidan | " Mahalla" FY tomonidan | Mahalliy hokimiyat tomonidan | MTB belgilagan MTT tomonidan | 4 |
5. | Boshlangʻich taʼlimga tayyorlov guruhidagi bolalar soni necha nafar boʻlishi kerak? | 10-15 gacha | 20-30 gacha | 32-40 tagacha | 15-18 gacha | 2 |
9. | Boshlangʻich taʼlimga tayyorlov guruhlarida taʼlim tarbiya jarayoni haftasiga necha soatni tashkil etadi? | 15 soat | 12 soat | 25 soat | 10 soat | 1 |
10. | Boshlangʻich taʼlimga tayyorlov guruhlari metodik taʼminoti uchun qaysi tashkilot masʼul? | Xalq taʼlimi boʻlimi | Mahalliy hokimiyat | Ota-onalar | Maktabgacha taʼlim boʻlimi | 4 |
11. | Majburiy boshlangʻich taʼlimga tayyorlov guruhlarini qaysi tashkilotlar tashkil etadi? | Umumtaʼlim maktablari | Davlat va nodavlat MTTlari | Barkamol avlod bolalar markazlari | Bolalar musiqa maktablari | 2 |
12. | Boshlangʻich taʼlimga tayyorlov guruhlariga qanday pedagog kadrlar jalb qilinadi? | umumtaʼlim maktablari tegishli ixtisoslik maʼlumotiga ega boʻlgan shaxslar | maktabgacha taʼlim yoʻnalishida tegishli ixtisoslik maʼlumotiga ega shaxslar | har qanday yoʻnalishda pedagogik maʼlumotiga ega boʻlgan shaxslar | barcha turdagi ixtisoslik maʼlumotiga ega boʻlgan shaxslar | 2 |
13. | Boshlangʻich taʼlimga tayyorlov guruhlari uchun tarbiyachi shtat birligi qanday belgilanadi? | bitta guruh uchun 0,5 birlik tarbiyachi | bitta guruh uchun 0,75 birlik tarbiyachi | bitta guruh uchun 1 birlik tarbiyachi | bitta guruh uchun 0,25 birlik tarbiyachi | 1 |
14. | Boshlangʻich taʼlimga tayyorlov guruhlari uchun yordamchi tarbiyachi shtat birligi qanday belgilanadi? | bitta guruh uchun 0,25 birlik tarbiyachi yordamchisi | bitta guruh uchun 0,5 birlik tarbiyachi yordamchisi | bitta guruh uchun 0,75 tarbiyachi yordamchisi | bitta guruh uchun 1 birlik tarbiyachi yordamchisi | 2 |
15. | Majburiy bir yillik tayyorgarlikdan oʻtgan bolalarga qanday hujjat beriladi? | Diplom | Guvohnoma | Sertifikat | Maʼlumotno-ma | 3 |
16. | Boshlangʻich taʼlimga tayyorlash guruhlarida kimlar taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari hisoblanadi? | Mahalla FY vakili, homiylar, pedagog | maktab direktori, ota-ona, hokimiyat vakili | tarbiyalanuvchi, pedagog, ota-ona yoki bolaning qonuniy vakili | kollej direktori, kasaba uyushmasi vakillari | 3 |
17. | Boshlangʻich taʼlimga tayyorlash guruhlari maktabgacha taʼlimga qoʻyiladigan davlat talablariga muvofiq.... | Bolalarni tarbiyalaydi, oʻqitadi va maktabga tayyorlaydi | Bolalarni maktablardagi tayyorlov guruhlariga jalb etadi | Bolalarni boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etadi | Bolalarni kasbiy tayyorlashni tashkil etadi | 1 |
18. | Boshlangʻich taʼlimga tayyorlash guruhlarida taʼlim-tarbiya jarayoni qaysi oʻquv dasturi asosida tashkil etiladi? | Umumtaʼlim maktablari oʻquv dasturi | “Ilm yli” davlat dasturi | MTT tarbiyachilari ishlab chiqqan dastur | "Bolajon" oʻquv dasturi | 2 |
V. ADABIYOT VA MANBALAR ROʻYXATI
-
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi.– T.:Oʻzbekiston, 2012y.
-
Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni. 1997y.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni “Oʻzbekiston
4. Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida” 2017-yil 7-fevral, PF-4947-son.
5.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni “2017-2021-yillarda Oʻzbekiston strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat Dasturi toʻgʻrisida”gi PF-5308-sonli Farmoni, 2018-yil 22-yanvar.
-
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Boshlangʻich taʼlimga majburiy bir yillik tayyorlashga bosqichma-bosqich oʻtish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 999-son qarori. –T. 2018-y.
-
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlai toʻgʻrisida” gi 391-son qarori. –T.2019-y.
-
Karimov I. Yuksak mahnaviyat – yengilmas kuch. -T.: “Mahnaviyat”, 2008y.
-
Mirziyoyev Sh.M. “Erkin va farovon, demokratik Oʻzbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz”. - Toshkent : Oʻzbekiston, 2016-y.
-
Mirziyoyev Sh.M. “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini taʼminlash yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi”. - Toshkent: “Oʻzbekiston”, 2017y.
-
Mirziyoyev Sh.M. “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz”. - Toshkent:: “Oʻzbekiston”, 2017y.
-
Korznikova G.G. .Menejment v obrazovanii. Prakticheskiy kurs. M., “Akademiya”, 2008g.
-
Pozdnyak L.V., Lyaщyenko N.N. “Upravleniye doshkolgʻnim obrazovaniyem”. Moskva “Akademiya”, 2001g.
VI. TARQATMA MATERIALLAR
SWOT tahlil
Metodning maqsadi: mavjud nazariy bilimlar va amaliy tajribalarni tahlil qilish, taqqoslash orqali muammoni hal etish yllarini topish, bilimlarni mustahkamlash, takrorlash, baholash, mustaqil, tanqidiy fikrlashni, nostandart tafakkurni shakllantirishga xizmat qiladi.
MTTda boshlangʻich taʼlimga tayyorlov guruhlarini tashkil etish tahlili
ICHKI OMILLAR | |
S (kuchli)
Tashkilotning kuchli jihatlari | W (kuchsiz)
Tashkilotning kuchsiz, zaif jihatlari
|
TASHQI OMILLAR | |
O (imkoniyatlar)
Tashkilotdan tashqarida mavjud, tayyorlov guruhlarini rivojlan-tirishi mumkin boʻlgan imkoniyatlar
|
T (toʻsiqlar) Faoliyatni muvafaqqiyatli tashkil etishga toʻsqinlik qilishi mumkin boʻlgan, atrof muhitda mavjud toʻsiqlar
|
“SWOT”-TAHLIL TUZILISHI
|
| IJOBIY OMILLAR |
| SALBIY OMILLAR |
|
|
|
| |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
|
| hozirgi kunda |
|
|
|
|
|
| ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
|
| KUCH | ZAIFLIK |
|
|
|
|
|
|
|
|
| ||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
|
| Tahlil qilinadi: |
|
|
|
| ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
MTT tomonidan nazorat kilinadi ICHKI VAZIYAT
|
| - tashkil qilish va boshqarish omillari - taʼlim va tarbiyani olib borish omillari - texnik omillar - moliyaviy omillar (KUCHAYTIRISH) (BARTARAF QILISH) | MTT tomonidan nazorat qilinadi ICHKI VAZIYAT |
|
|
| |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
TASHQI MUHIT MTT nazoratidan tashqarida |
|
(FOYDALANISH) (OLDINI OLISH) | TASHQI MUHIT MTT nazoratidan tashqarida |
|
|
|
|
| |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| IMKONIYAT | XAVF-XATAR |
|
|
|
|
|
|
|
| |||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| kelajakda |
|
| ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Eslatma: Kuch va zaiflik nazorat qilinadigan ichki vaziyatga kiradi, imkoniyatlar va xavf-xatar esa nazoratdan tashqarida boʻlgan tashqi muhitdadir.
| IJOBIY OMILLAR
| SALBIY OMILLAR |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
2-Mavzu: Hamkorlik faoliyati, taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish
“Bahs-munozara” metodi
Mavzu boʻyicha taʼlim oluvchilar bilan oʻzaro bahs, fikr almashinuv tarzida oʻtkaziladi.
Ushbu metod har qanday mavzu va muammolar mavjud bilimlar va tajribalar asosida muhokama qilinishi nazarda tutilgan holda qoʻllaniladi. Taʼlim beruvchi “Bahs-munozara”ni boshqarib borish vazifasini taʼlim oluvchilarning biriga topshirishi yoki oʻzi olib borishi mumkin. Bunda “Bahs-munozara”ni erkin holatda olib borish va har bir taʼlim oluvchini munozaraga jalb etishga harakat qilish talab qilinadi. Ushbu metod qoʻllanilayotganda taʼlim oluvchilar orasida paydo boʻladigan nizolar darhol bartaraf etilishi lozim.
“Bahs-munozara” metodini oʻtkazishda quyidagi qoidalarga amal qilish kerak:
-
barcha taʼlim oluvchilar ishtirok etishi uchun imkoniyat yaratish;
-
“oʻng qoʻl” qoidasiga (qoʻlini koʻtarib, ruxsat olgandan soʻng soʻzlash) rioya qilish;
-
fikr-gʻoyalarni tinglash madaniyati;
-
bildirilgan fikr-gʻoyalarning takrorlanmasligi;
-
bir-birlariga oʻzaro hurmat.
Quyida “Bahs-munozara” metodini oʻtkazish tuzilmasi berilgan. Bahs-munozara” metodining tuzilmasi.
![](https://fsd.videouroki.net/html/2024/12/20/v_6764f0024810e/phpXHnj4f_-..---3_html_e3c83de1d9072144.gif)
“Bahs-munozara” metodi
1-jadval
№ | MTT va ota-onalar bilan olib boriladigan ishlar mazmuni | Masʼul shaxs | muddati |
|
|
|
|
2-jadval
№ | MTT va “Mahalla” FY bilan olib boriladigan ishlar mazmuni | Masʼul shaxs | muddati |
|
|
|
|
3-jadval
№ | MTT va maktab bilan olib boriladigan ishlar mazmuni | Masʼul shaxs | muddati |
|
|
|
|
4-jadval
№ | MTT va oilaviy poliklinika bilan olib boriladigan ishlar mazmuni | Masʼul shaxs | muddati |
|
|
|
|
B/B/B chizmasi
B/B/B chizmasi – Bilaman/ Bilishni hohlayman/ Bilib oldim. Mavzu, matn, boʻlim boʻyicha izlanuvchilikni olib borish imkonini beradi.
Tizimli fikrlash, tuzilmaga keltirish, tahlil qilish koʻnikmalarini rivojlantiradi.
Tinglovchilar:
-
Jadvalni tuzish qoidasi bilan tanishadilar. Alohida kichik guruhlarda jadvalni rasmiylashtiradilar.
-
“Mavzu boʻyicha nimalarni bilasiz” va “Nimani bilishni xohlaysiz” degan savollarga javob beradilar (oldindagi ish uchun ynaltiruvchi asos yaratiladi). Jadvalning 1 va 2 boʻlimlarini toʻldiradilar.
-
Maʼruzani tinglaydilar, mustaqil oʻqiydilar.
-
Mustaqil kichik guruhlarda jadvalning 3 boʻlimni toʻldiradilar
B/BX/B JADVALI
| |||
Mavzuga oid savollar | Bilaman | Bilishni xohlayman
| Bilib oldim |
1.MTTda taʼlim-tarbiya jarayonini rejalashtirish tartibi |
|
|
|
2.Boshlangʻich taʼlimga tayyorlash guruhlari xonalarini jihozlash tartibi |
|
|
|
3.Boshlangʻich taʼlimga tayyorlash guruhi tarbiyalanuvchilari hayotini tashkil etish tamoyillari |
|
|
|
28