1-sinf
Matematika fanidan
“Simmetrik figur alar.
Nuqtalar, kesmalar, ko‘pburchaklarning
simmetrikligi”
mavzusida
OCHIQ DARS ISHLANMASI
Darsning maqsadlari:
Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga Simmetrik figur alar. Nuqtalar, kesmalar, ko‘pburchaklarning simmetrikligi o’rgatish;
Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni ona vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash
Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni erkin fikrlarini rivojlantirish
Tayanch va fanga oid kompetenshiyalar:
Tayanch kompetensiya: o‘qituvchi bilan birgalikda o‘quv masalasini (maqsadini) topa olish, ifodalay olish va qismlarga ajrata olish;
Fanga oid kompetensiya: kundalik hayotda uchraydigan koordinatalar sistemalarini real obyektlar (masalan teatrdagi tomoshabin, samolyotdagi yo‘lovchi, shaxmat figurasi) joylashuvini aniqlashda qo‘llay oladi;
Darsning turi: Aralash, savol-javob, o'yin
a) 1-sinf «Matematika» darsligi;
b) magnit taxtacha;
d) mavzuga mos plakat, rasm;
e) misollar yozilgan kartochkalar.
Darsning metodi: “Kim topqir” o’yini, ‘Baliq ovi”, “Durbin” o’yini
Darsning borishi: Tashkiliy qism:
O'quvchilar diqqatini darsga jalb etish.
Ma’naviyat daqiqasi Fevral oyidagi muhim sanalar
O’quvchi: Har tong ertalab tirib,
Boramiz maktab tomon.
Bizlar ilmga chanqoq,
Ustozimiz mehribon.
Hamma: Qo’limiz ko’ksimizda,
Assalomu alaykum.
O’qituvchi:
Qalam tutgan, nozikkina
Qo’lingizdan o’rgilay.
Mehr bilan boqib turgan,
Ko’zingizdan o’rgilay.
Sizni juda sog’inaman,
Tongni intiq kutaman.
Meni moyday erituvchi,
So’zingizdan o’rgilay.
Vaalaykum assalom bolajonlarim.
- Tayyormisiz o’g’il qizim,
Boshlayman ustoz so’zim.
Odob boshi assalom,
Ishning boshi intizom.
Bolalar:Tayyormiz.
O’qituvchi: Darsimiz?
Matematika
Qani bolajonlarim
Mehri qaynoq, buloqlarim
Bugun hamma sog’lommi?
Darsga hamma tayyormi?
O’quvchilar:
Ustoz bizlar sog’lommiz
Darsimizga tayyormiz.
O’qituvchi: Bizning shiorimiz.
O’quvchilar:
Matematika kerak,
Har bir o’g’il va qizga
Aqlni va fikrni
Soladi yaxshi izga.
O’qituvchi: Aziz O’quvchilar! Siz o’tmishi buyuk xalqning farzandlarisiz. Ota-bobolaringiz bilan farhrlaningiz, ularni dunyo ma’rifatiga qo’shgan javohirlaribilan g’ururlansangiz arziydi. Matematika fanining rivojlanishiga hissalarini qo’shgan allomalarda n kimlarn bilasiz?
O’quvchilar: Al-Xorazmiy, Al-Beruniy, Mirzo Ulug’bek, Al-Farg’oniy
Aziz o’quvchilar bugungi darsimizda Matematika olamiga kemada sayohat qilamiz va yo’lda uchragan to’siqlarni yengib o’tamiz
II. O’tilgan mavzu so’rovi
Uy vazifadagi masala tekshirilib misol “Kim topqir” o’yini orqali so’rab mustahkamlanadi
III. Yangi mavzu bayoni.
Baliq ovi metodi orqali 2,3 masalalar yechiladi. Birinchi bo’lib bajargan o’quvchilar eng ko’p baliq tutgan bo’ladi
2 Birinchi savatda 48 ta, ikkinchisida undan 8 ta kam apelsin bor. Ikkala savatda hammasi bo‘lib nechta apelsin bor?
«Koinotga uchamiz» o'yini
Didaktik topshiriq: o'quvchilarning fazoviy tasavvurlarini hosil qilish. Ingliz tilidagi bilimlarini mustahkamlash
O'yin topshirig'i: 10 soni ichida to'g'ri va teskari sanash malakasini shakllantirish. Raqamlar ingliz tilida sanaladi
O'yin bayoni: O'quvchilar o'yin qoidasi bilan tanishtiriladi. O'quvchilar qo'lini asta-sekin harakatlantirib 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8 ,9 ,10 deb bosh qismgacha olib chiqadi. So'ng «Biz koinotga uchdik, endi bizga pastdan qo'ng'iroq bo'lyapti, demak yerga qo'nishimiz kerak», — deb bosh qismdan qo'lni ko'krak tomonga, ya'ni pastga harakatlantirib 10, 9, 8, 7, 6, 5, 4, 3, 2, 1 deb sanashadi. Bu o'yin jarayonida o'quvchilar 10 soni ichida to'g'ri va teskari tartibda sanashni mukammal o'zlashtirib oladilar. Albatta, bu o'yinda hamma o'quvchi baravariga qatnashadi, ya'ni jo'r bo'lib qo'l harakati bilan 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10 deb sanaydilar. Yerga qaytamiz deyilganda teskarisiga sanaydilar..
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash:
“Durbin o’yini” Masalalarni yeching va durbinga ega bo’lib sayohat davomida dengizni durbinda tomosha qilish imkoniga ega bo’ling.
Masalani birinchi bo’lib yechgan o’quvchilarga durbin beriladi
O’quvchilar ishini nazorat qilish qiynalgan o’quvchilarga yordam berish.
V. Dars yakuni:
O’quvchilarni o’zlashtirishlariga va darsdagi faoliyatiga qarab 5,4,3 baholar qo’yish. Darsda faol qatnashmagan o’quvchiga keying darsda faol bo’lishini so’rash.Uyga vazifalar berish
VI.Uyga vazifa: 5-misol.