8-sinf adabiyot Nurmatova G.J. Sana:____
Mavzu: Alisher Navoiy hayoti va ijodi
T a`limiy maqsad; Shoir hayoti va ijodi bilan tanishish
Tarbiyaviy maqsad:Komil inson ruhida tarbiyalash;
Rivojlantiruvchi maqsad: Mustaqil fikrlashni, ifodali o`qishni rivojlantirish
Tayanch kompetensiya elementlari:
Ijtimoiy fuqarolik, axborot bilan ishlash kompententsiyasi, o‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetentsiyasi, Milliy va umummadaniy kompetensiya.
Fanga oid kompetensiya elementlari; 1.Adabiy nutqiy 2. Badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyasi
Dars tipi: yangi bilimlar berish
Dars uslubi: suhbat, ifodali o`qish
Dars jihozi: rasm, kitoblar,texnik vosita
Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism; davomat, uy vazifani aniqlash
2. Uy vazifasi tahlili. Lutfiy hayoti va ijodi yuzasidan suhbat. Nazariy ma`lumotlar yuzasidan topshiriqlarni bajarish
Radif
Radif
Qofiya
Tajnis
Tuyuq
Berilgan ma`lumotlarni 5 o’quvchi o’rnini topib joylashtiradi . Qolgan o’quvchilar slaydda ko’rsatilgan jadvalni daftarlariga to’ldirishadi
7.”Yo’ldosh"
5.She`r ritmini ta`minlaydi
6.Tamsil
10. Maqol,matal, ibora
13.Ergashish
11.Izidan boorish
12. O’zaro ohangdosh so’z
14. Faqat turkiy she`riyatga xos
15.To’rt misradan iborat
16.Ramali musaddasi mahzuf
17.Ma`noni kuchaytirishga xizmat qiladi
18.O`quvchini ishontirishni kuchaytiradi
19.Nazmda oddiygina takror emas.
20.Lutfiy she`riyatida juda ko’p uchraydi
21.Qofiyaga olingan so’zlar tajnisli bo’ladi
22.Jinsdosh, ya`ni shakldosh dwgan ma`noni anglatadi
8. Ul oy, u loy, uloy
9.Uning o’zi qofiya vazifasini o’taydi
25.Shakli bir xil, ammo ma`nosi har xil so’zlar so’zlar qo’llash degani
23.”Hamroh”, “Ketma-ket”
24. Misol keltirish
1.Radif 2.Qofiya 3.Tuyuq 4.Tajnis 5. Irsoli masal
1 | 7 | 17 | 19 | 23 |
2 | 5 | 11 | 12 | 13 |
3 | 14 | 15 | 16 | 21 |
4 | 8 | 9 | 22 | 25 |
5 | 6 | 10 | 18 | 20 |
3. Yangi mavzu bayoni
Yaxshi bilasizki, Alisher Navoiy 1441-yil 9-fevralda temuriylar hukmronligida bo'lgan Xuroson davlatining poytaxti Hirot shalirida saroy amirlaridan bo'lmish G'iyosiddin Kichkina xonadonida tavallud topdi. Kichik yosliidan ta'lim olib, maktabda o'qib yurgan kezlari forsiy tildagi tasavvufiy adabiyotning asoschilaridan biri hisoblan-mish Fariduddin Attorning mashhur «Mantiq uî-îayr» («Qush nuiqi») dostonini sevib, berilib o'qidi. Ota-onasi mazkur asarga yoshlayin bu qadar mashg'ul bo'lib ketganidan qo'rqib, kitobni undan olib, yashirishdi. «Biroq, — deydi oltmish yoshlarida shu dostonga javob tariqasida yozgan «Lison ut-tayr» («Qush tili») asarida shoir, — men «Mantiq ut-tayr» matnini to'liq yodlab olgan edim...»Siyosiy vaziyatlar taqozosi bilan Navoiylar oilasi Mashhad shahriga ko'chib, bir necha yil o'sha yerda yashaganidan ham xabardorsiz.1466—1469-yillari yosh shoir Samarqand shaliridagi madra- salarda ta'lim oldi. Davlat ishlarida xizmatda ham bo'ldi, faol ijod ham qildi. 1469-yilning bahorida do'sti temuriyzoda Husayn Boyqaro Hirot taxtini egallaganidan so'ng shoirni yoniga chaqirdiUlug' qalam sohibi bir necha yil Husayn Boyqaro saroyida oliy martabali lavozimlarda xizmatda bo'ldi. U buyuk amallardan iste'foga chiqib, erkin ijodiy ishlar bilan mashg'ul bo'lgan kezlarida ham ijtimoiy-siyosiy faoliyatdan chetlashgan emas. Unga Husayn Boyqaro «Muqarrabi shohiy», ya'ni shohning eng yaqin kishisi martabasini bergan edi. Bu sharafli martabaning hukmdor oldidagi imtiyozi shu ediki, u podshohga bir masala yuzasidan ketma-ket yetti martagacha murojaat qilish huquqiga ega edi.1483—1485-yillari shoirning eng buyuk asari — besh dostondan iborat «Xamsa» yaratildi.Umrining so'nggi o'n yili mobaynida ham Navoiy juda ko'p badiiy, ilmiy, tarixiy asarlar bunyod etdi. Bu ulug' zot 1501-yilning 3-yanvari kuni Hirotda vafot etdi. O'sha kuni butun mamlakat motam tutdi. Qabri Hirotda. O'zbe- kiston hukumati bobokalon shoirimiz qabrini obod qilish rejasini tuzyapti. Mamlakatimiz poytaxtidagi «O'zbekiston Milliy bog'i»da Alisher Navoiyning ulug'vor haykali qad rostlab turibdi. Xalqimiz vakillari, dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan mehmonlar shoir haykali poyiga gulchambarlar qo'yadi. Haykal ustida bino qilingan baland toq girdiga uning bir g'azalidan olingan:Olam ahli, bilingizkim, ish emas dushmanlig', Yor o'lung bir-biringizgaki, erur yorlig' ish, —degan misralari yozib qo'yilgan. U butun bashariyatga qarata aytilgan shior yanglig' jaranglaydi.
“Ma`lumotlar xazinasi” usulida o’quvchilar A. Navoiy haqidagi ma`lumotlarni izohlab doskaga ilishadi
1466-1469
“Muqarrabi shohiy”
1483-1485
1991-y.26-sentabr
Tokio, Moskva, Boku
“Badoyi’ ul-bidoya”
“Ilk devon”
“Navodir un-nihoya”
“Devoni Foniy”
“Xazoyin ul-maoniy”
“G’aroyib us-sig’ar”
“Navodir ush-shabob”
“Badoye` ul-vasat”
“Favoyid ul-kibar”
16 , 650,
2 ming 600
3 ming 154
Topshiriq. Tegishli raqamlarni jadvalga joylang.
“Xazoyin ul-maoniy”dagi devonlar haqidagi ma’lumotlarni to`g`ri topa olasizmi?
Navoiy g`azallaridan namunalar. Qo`shiqlar, g’azallar eshittiriladi.
«QILG‘IL» G`AZALI tahlil qilinadi
Qaro ko‘zum, kel-u, mardumliq emdi fan qilg‘il,
Ko‘zum qarosida mardum kibi vatan qilg‘il.
Yuzung guliga ko‘ngul ravzasin yasa gulshan,
Qading niholig‘a jon gulshanin chaman qilg‘il…
* Takovaringg’a bag’ir qonidin hino bog’la
Itingga g’amzada jon rishtasin rasan qilg’il
Firoq tog’ida topilsa, tufroqim,ey charx,
Xamir etib yana ul tog’da ko’hkan qilg’il
Yuzung visolig’a yetsun desang ko’ngullarni,
Sochingdin boshtin-ayoq chin ila shikan qilg’il
Sakkiz baytli bu g‘azal asrlar osha el orasida mashhur bo‘lib kelyapti.
Radifi sof turkiy (o‘zbekcha) so‘z.
Qofiyasiga shoir arabiy («fan», «vatan», «rasan», «kafan»), forsiy («ko‘hkan», «shikan», «anjuman») kalimalarga ohangdosh o‘zbekcha so‘z («tikan») ham topadi.
G‘azalning boshidan oxirigacha har baytda kutilmagan timsol, ifoda va tasvir ishlatiladi.
4.Mustahkamlash
Bilimingizni sinang!
1. Alisher Navoiyning haykali tepasiga uning qaysi misralari yozib qo’yilgan?
2. “Qaro ko’zim...”deb boshlanuvchi g’azalda qofiyani yuzaga keltirgan so’zlar?
3. “Mardumlig’”so’zining ma’nosi?
4. Tarixda hech kim turkiy tilda Navoiychalik “ko’p va xo’p” asarlar yozmagan deb takidlagan kim?
5. “Muqarrabi shohiy” ya’ni shohning eng yaqin kishisi martabasi kimga kim tomonidan berilgan?
Vazni | Taqte`si | Qofiya | Radif |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
5.O`quvchilarni baholash,darsni yakunlash, Uyga vazifa :-98-100-sahifalarni o`qish va g`azal yod olish.
O`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari ____________Usmonova G.
“Tasdiqlayman”_______Maktab direktori Dadakuziyeva N.H.
Toshkent shahar
Yunusobod tumani 288-maktab
Ona tili va adabiyot fanlari o`qituvchisi Gulnoz Nurmatovaning
8-sinf adabiyot fanidan
“Alisher Navoiy hayoti va ijodi”
mavzusidagi ochiq dars
ishlanmasi
Metodbirlashma rahbari________ Abidova H.
2018-2019-o ‘quv yili