Меню
Разработки
Разработки  /  Математика  /  Видеоуроки  /  7 класс  /  "Kvadratlar ayirmasi formulasi" mavzusida videodars

"Kvadratlar ayirmasi formulasi" mavzusida videodars

"Kvadratlar ayirmasi formulasi" mavzusida videodars
09.04.2020

Содержимое разработки

8


Kogon shahar 3-umumiy o’rta ta’lim maktabi matematika fani o’qituvchisi Mamedova Umeda Nurilloyevnaning “ Manfiy va musbat sonlarni qo’shish va ayirish” mavzusiga yozgan bir soatlik dars ishlanmasi 6-sinf Manfiy va musbat sonlarni qo’shish va ayirish


Maqsadi:

  • Talimiyligi: o’tilgan mavzuni umumlashtirish va takrorlash; o’quvchilarning har xil ishorali sonlarni qo’shishi va ayirish amallarni bajarish ko’nikmarini shakllantirish;o’quvchilarning manfiy va musbat sonlar ustida amallarni bajarishini tekshirish;

  • Rivojlanuvchi: o’quvchilar xotira, nutqini bilim olish qiziqishlarini rivojlantirish; matematik til uning komponentlari, tarixiy rivojlanish haqida tassavvurini shakllantirish;

  • Tarbiyaviyligi: tartibli, intizomli bo’lishni tarbiyalash, boshqalarni diqqat bilan tinglay bilshni o’rganish, sinfdoshlarining savollarga bergan javoblariga nisbatan hurmat bilan qarash, bir-birini hurmat qilishni tarbiyalash.

Dars haqida:

Har xil ishorali sonlarni qo’shish” mavzusini umumlashtiruvchi dars .

Og’zaki hisoblashlardan maqsad – o’quvchilarning dars davomida fikrini to’plab ishlay olishga o’rgatish.

Dars davomida oldin olingan bilim, ko’nikma va malakalarni mukammallashtirish.

Dars tizimi:

  1. Dars maqsadining qo’yilishi

  2. Og’zaki hisob

  3. Sayyoralar bo’ylab sayohat

  4. Dam olish daqiqasi

  5. Mustaqil ish

  6. Yakun, uyga vazifa

  7. Refleks.

Dars jihozi: yo’nalish varag’i ( Ilova 1) , prezentatsiya ( Ilova 2), tarqatma, bort jurnali.

Darsning borishi

  1. Tashkiliy qism.

Salom, bolalar.

Bugungi darsimiz oddiy emas. Bu dars sizga nafaqat yangi va qiziq malumotlar beradi, balki otilgan, har xil ishorali sonlarni qoshish va ayirish mavzusini takrorlashga yordam beradi.

 Bizning darsimiz kosmik sayohat shaklida bo’ladi. Bu sayohatimizni ana bu kosmik kemada ( slayd 2) Siz bort jurnalingizda hisobotingizni tuzasiz va qilingan ishlaringizni, kuzatgan , bajargan ishlaringizni qayd qilib borasiz.

Dars shiori: “ Yo’lni biladigan yolovchi topib boradi , matematikani esa fikrlaydigan.”


Siz har xil sayyoralarda sayohatda bo’lasiz. “Tarix” sayyorasiga to’xtab o’tasizundan so’ng “Tenglama” sayyorasiga kirib o’tasiz va boshqa sayyoralarga ham sayohatda bo’lasiz

Sayohatdan oldin men sizlarni rus matematik olimi Aleksandr Mordkovichning so’zlariga e’tibor berishlaringizni so’rar edim.(Slayd 3)

Kim yoshligidanoq matematika bilan shug’ullangan bo’lsa, o’sha diqqatini rivojlantiradi, aqlini charxlaydi, irodasini mustahkamlaydi, maqsadga erishish uchun o’zida tirishqoqlikni va intizomni tarbiyalaydi

Ana shu bizning darsimizga kerak bo’ladi: qo’yilgan maqsadga erishish uchun bizga diqqat, qat’iylik, tirishqoqlik.

2. Darsga qo’yilgan maqsad va vazifalar.

3. Olingan bilim va malakalarni amalada qo’llay bilish.

Har biringizga yo’lovchi varaqasi beriladi ( Ilova 1) ilovada qaysi sayyorada bo’lishingiz va berilgan topshiriqlarni bajarish uchun qaysi sayyoralarga sayohat qilishingiz ko’rsatilgan.

Oqituvchi: Lekin, yo’nalishli varaqdan foydalanish uchun siz og’zaki sinovdan o’tishingiz kerak.

Ogzaki sinov:

1.Sonlarni taqqosla:

а) -58 va 145; b) 63,2 va -62,3; v) -8,58 va -8,5; g)   va -0,5

Sonlarni taqqoslashda siz qanday qonuniyatlardan foydalandingiz?

2.Hisoblang:

  1.  -22 + 35  -3,7 + 2,8 1,5 + (-6,3)

  2. 8,2 + (-8,2) 22 - 27 -13 - 8

  3. 19- (-2) -27 - (-3) -35 + (-9)

Manfiy va musbat sonlarni qo’shish ayirishda siz qanday  qoidalardan foydalandingiz?

O’qituvchi: Biz sayohatimiz muvafaqqiyatli bo’lishi uchun bu qoidalarni takrorladik. Bu og’zaki sinovdan siz muvaffaqiyatli o’tdingiz deb o’ylayman va bizning sayohatimiz boshlanadi. Oq yo’l, do’stlar! Endi qo’lingizga yo’nalish ko’rsatilgan varaqlarni oling va sayohatimiz qayerdan boshlanishini ko’ring.

Tog’ri, bizning sayohatimiz “Tarix ” sayyorasidan boshlanadi.

Boshqa sayyoraga o’tish uchun “Tarix” sayyoraga to’xtamasdan boshqa sayyoraga o’tish mumkin emas. Shuning uchun “Tarix” sayyorasiga to’xtab manfiy va musbat sonlarning paydo bo’lish tarixini o’rganamiz.

Manfiy va musbat sonlarning paydo bo’lishi haqida

Manfiy sonlardan kishilar juda qadim zamonlardanoq o'z faoliyatlarida foydalanganlar. Manfiy sonlarni «qarz», musbat sonlarni esa «mol-mulk» ma'nosida ishlatganlar. Xitoylik olim Jan Sanning eramizdan uch asr awal yozilgan asarlaridan birida «Qarz ustiga yana qarz qo'shilsa, natijada qarz hosil bo'ladi» deyiladi. Manfiy va musbat sonlarni bir-biridan ajratish uchun ularni turli rangdagi siyohlarda yozishgan. Manfiy sonlar ustidagi amallar qadimgi yunon olimi Diofant, hind olimi Braxmagupta (598—660) asarlarida uchraydi. Bizning yurtimizda «musbat son» va «manfiy son» atamalari Mirzo Ulug'bekning shogirdi, Mirzo Ulug'bek ilmiy maktabining yirik vakili, buyuk olim Ali Qushchi tomonidan «Kitob-ul-Muhammadiya» asarida keltirilgan. Ali Qushchi yozadi: «Shuni bilish kerakki, har bir son musbat yoki manfiy bo'b'shi mumkin».

Ali Qushchi sonlarni ko'paytirishni ta'riflab, ushbu tengliklarning o'rinli bo'lishini ko'rsatgan:

(+ a) • (-b) = -ab; (-a)•( + b) = -ab; (-a) • (-b) = + ab.

Manfiy sonlarni son o'qida noldan chap tomonda tasvirlash gollan-diyalik matematik A. Jirar (1595—1632) va mashhur fransuz olimi R.Dekart (1596—1650) asarlarida bayon etilgan.

O’qituvchi: Bolalar biz manfiy va musbat sonlarning paydo bo’lish tarixi bilan tanishib chiqdik va sayohatimizni davom ettirib, “Qo’shish va ayirish” sayyorasiga yo’l olamiz. Buning uchun topshiriqlarni bajarishda yo’nalish varag’idan foydalanamiz.

O’qituvchi:Bu sayyorada sizni qanday topshiriqlar kutib turibdi?

O’quvchi: Har xil ishorali sonlarni qo’shish va ayirishlarni bajarish ( yozma)

Oqituvchi: Topshiriqlarni bajarishga kirishamiz.

Oqituvchi: Endi yechimlarini tekshiramiz.

Oqituvchi: “Qo’shish va ayirish” sayyorasidan chiqib “Tenglama” sayyorasiga yo’l olamiz.

Topshiriq:

1) х + 1,2 = - 0,17
2) 14 - х = - 28 
3) х - 9 = - 3,1
4) - 2,1 - х = - 2

Oqituvchi: Har bir topshiriq uchun 2 daqiqa vaqt beriladi. Bajaring.

Oqituvchi: Bolalar endi bajargan topshiriqlaringizni tekshiramiz (javob va yechimlari izohi bilan).

Biz “Tenglama” sayyorasiga sog’ bo’l deb, “Sport” sayyorasiga yo’l olamiz.

Dam olish daqiqasi.

Kamarlarni mahkamlang.

Biz sayohatimizni “Rebus” sayyorasiga uchish bilan davom ettiramiz.

O’qituvchi :Yo’nalish varag’imizga qarab,  siz nimani toppish kerakligini topib olamiz?

 Xatolarni toping va tenglikning to’g’ri yechimini toping.

1-topshiriq: Nuqtalar o’rnini to’ldiring va tenglikni to’g’ri tenglikka aylantiring.

1) - 14 + … = - 37
2) - 4,8 + … = - 8,6
3) - 2,13 + … = - 17
4) - 3,8 + … = - 4,08

2-topshiriq: Hisoblashlardagi xatolarni toping.

1) 25+ (- 17) = - 8
2) - 30,5 - 12,6 = 43,1
3) 15, 73 -20,5 = 4,77

O’qituvchi: Sizning yechgan topshiriqlaringiz yechimini tekshiramiz.

O’qituvchi:Ofarin bolalar, siz berilgan topshiriqlarni bajara oldingiz va sinovdan muvaffaqiyatli o’tdingiz. Biz esa “Donishmand” sayyorasiga yaqinlashib keldik. ( guruhda ishlash)

1-topshiriq:berilgan sonlar: -1, -2, -3, -4, -5, -6, -7, -8, -9, -10

Bu sonlardan bir marta foydalanib, uchta to’g’ri tenglik hosil qiling.

2-topshiriq: yulduzchalar o’rniga “+” yoki “ – ” ishoralarini shunday qo’yingki, hosil bo’lgan tenglik to’g’ri bo’lsin:

1) - 6,1 * (- 2,3 ) * 3,8 = 0
2) 3,9 * 7,4 * (- 9,3) = - 12,8

O’qituvchi: Endi ko’ramiz eng donishmand kim ekan.

O’qituvchi:Biz “Donishmand” sayyorasidan chiqib, eng ijodiy sayyora “Ijod”ga yo’l olamiz.

O’qituvchi:Bolalar, sizga uyga vazifasi qilib “Musbat va manfiy sonlar mening hayotimda” mavzusida insho yozib kelish kerak edi. 

O’qituvchi: O’z hohishingiz bilan ishlaringizni ko’rsating.( o’quvchilar o’z ishlarini ko’rsatadilar)

O’qituvchi: uyga vazifani qilib kelgan hamma o’quvchilarga rahmat, endi biz “Yakuniy” sayyorasiga yaqinlashib keldik.

Yakuniy sayyora topshiriqlari: (mustaqil ish)

Yig’indini hisoblang:

  1. (-18) + 48 – 34 – (– 18) + 35 –28 =

  2. 30,5 – 12,4 + (-7,5) – 30,5 + 19,9 =

  3. (-45,56) + 66, 53 – (-13,47) + 45,56 =

  4. 87 – 54 + 43 – (-55) + 39 – 87 =

  5. Kamayuvchi 17, ayiruvchi -10, farqini toping

  6. 14 va 6 sonlari ayirmasini toping.

  7. -24 sonini 12 ga kamaytiring

  8. -15 sonini 19 ga oshiring.

Daftarlarni almashtiring. Sizning yechimlaringizni tekshiramiz. Do’stingiz ishini tekshiring: 8 topshiriq uchun «5», 6-7 topshiriq uchun– «4», 4-5 topshiriq uchun– «3» ball.

8 topshiriqni to’g’ri bajargan o’quvchilar qo’llaringizni ko’taring.

  1. Dars yakuni. Refleks.

O’qituvchi: Bizning sayohatimiz yakunlanib bormaoqda. Bugun siz yaxshi ishladingiz. Har biringiz o’z mehnatingizni o’zingiz baholaysiz. Har biringiz partangiz ustida smayliklar turibdi. Sizning darsga bo’lgan munosabatingizni shu samyliklarni tanlash bilan ko’rsating. O’z bort jurnalingizda guruhingiz hisobotini yozing.

  1. Uyga vazifa.

Bizning sayohatimiz nihoyasiga yetdi, lekin biz sayyoralar bilan xayrlashmaymiz, “Bilag’onlar” sayyorasi uchun topshiriqlarni bajarib kelasiz.


Shunday qilib biz bugun har xil ishorali sonlarni qo’shish mavzusini takrorladik,aqlni charxladik. O’qituvchi: 

Men darsimni quyida so’zlar bilan tugatmoqchiman:

Inson qalbini rivojlantiruvchi fanlar juda bisyor, lekin siz bilasiz albatta matematika aqlni charxlaydi.

Bu bor edi, bu bo’ladi, bu abadiy.


-75%
Курсы повышения квалификации

Развитие пространственных представлений школьников в обучении математике в условиях реализации ФГОС

Продолжительность 36 часов
Документ: Удостоверение о повышении квалификации
3000 руб.
750 руб.
Подробнее
Скачать разработку
Сохранить у себя:
"Kvadratlar ayirmasi formulasi" mavzusida videodars (95.5 KB)

Комментарии 0

Чтобы добавить комментарий зарегистрируйтесь или на сайт