Меню
Разработки
Разработки  /  Информатика  /  Уроки  /  11 класс  /  "Komputer texnologiyalari" mavzusida uslubiy qoʻllanma

"Komputer texnologiyalari" mavzusida uslubiy qoʻllanma

Oʻquvchilarga kompyuter savodxonligi va madaniyatini oshirish boʻyicha amalga oshirilayotgan islohotlar
04.04.2020

Содержимое разработки

Sana____________

Mavzu: Kitobim, jon kitobim. D.Rajab. Sinfdan tashqari o`qish - 20 min

Darsning maqsadi: ta`limiy: Ifodali o`qish malakalarini mustahkamlash. Tabiatda qushlarga mehrli , vatanparvarlik tuyg`ularini shakllantirish. Mustsqil va ravon o`qish malakasini oshirish. tarbiyaviy: Tabiatni asrab avaylash unga ozor bermaslik kabi mehribonlik tuyg`ularini mustahkamlash. O`quvchilarda estetik tarbiya berish. rivojlantiruvchi: Matn orqali o`quvchilarni o`qishga bo`lgan qiziqishini oshirib borish.

O`quv jarayoniga oid kompetensiya: TK4 - maktabda, oilada bo‘layotgan jarayonlarda ishtirok etish; odobli bo‘lish, kattalarni hurmat qilish. TK5 - milliy bayramlar va urf-odatlarni tushuna olish. FK2- o‘qilgan asar mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob bera oladi;

Dars shakli: Yangi bilim beruvchi.

Dars jihozi: Qushlar, gullar rasmlari yoki matnga mos plakat.

Dars metodi: Ifodali o'qish, suhbat.

Darsning borishi.

I.Tashkiliy qism :

Salomlashish,

davomatni aniqlash,

sinf tozaligini tekshirish,

navbatchi ishini baholash.

II.O`tgan mavzu yuzasidan savol javob o`tkazish va o`tilgan mavzuni mustahkamlash:

1. O'tgan darsni so'rab baholash oldingi darslardagidek o'tadi.

III . Yangi mavzuning bayoni.

Kitobim, jon kitobim

Dilshod Rajab

Nur, ziyoga kon o‘zing,

Do‘st-u qadrdon o‘zing,

Ma’no to‘la har so‘zing,

Kitobim, jon kitobim!

Zavq-shavqqa to‘lar dilim,

Olaman sendan bilim,

Bulbulday sayrar tilim,

Kitobim, jon kitobim!

Qo‘limdan hech qo‘ymayman,

O‘qib-o‘qib to‘ymayman,

Kelajakka bo‘ylayman,

Kitobim, jon kitobim!

4. She'r ikki banddan iborat bo'lganligi uchun ikkita o`quvchiga navbat bilan o'qitiladi.

5. Topshiriqli o'qitish. She`rning mazmunini aytish so'raladi.

6. Tez o'qish musobaqasi o'tkaziladi. Musobaqada tez va aniq o'qishga e'tibor qaratiladi.

7. She'rning mazmuni yuzasidan savol-javob o'tkaziladi.

8. Topishmoqlarni o'qib, javobi topiladi. O'quvchilar bilgan topishmoqlar ayttiriladi, javoblari topiladi. Faol o'quvchilar rag`batlantiriladi.

IV. Darsni mustahkamlash: 1.Darslikda berilgan boshqotirmani yechish o'quvchilarga topshiriladi.

V. Darsda faol qatnashgan o`quvchilarni rag`batlantirish.

VI. Uyga vazifa:

3. O'quvchilarga o'qitish. Avval ichda o'qish, keyin jo'r bo`lib o'qish mashq qilinadi.

9. Tez aytish musobaqasi.

10. Dars xulosalanadi, O'quvchilar reytingi e'lon qilinadi. She`rni yodlab kelish topshiriladi.


Sana____________

Mavzu: O’quv va bilim haqida,

Yusuf Xos Hojib

Maqsad: DTS talablari asosida bilim berish ifodali o’qish malakalarini rivojlantirish. Ta’limiy: O’quvchilarga o’quv, bilim tinchlik haqida bilim berish. Tarbiyaviy: O’quvchilarni milliy g’oya ruhida tarbiyalash, bunyodkor g’oya haqidagi bilimlarini boyitish. O`quv jarayoniga oid kompetensiya: TK2 - o‘z yoshiga mos kitoblarni, gazeta va jurnallarni tanlay olish va kutubxonadan foydalana olish; TK3 - o‘zidan kattalarga, o‘rtoqlari va o‘zidan kichiklarga yordam berish. TK4- o‘zidan kattalarga, o‘rtoqlari va o‘zidan kichiklarga yordam berish. FK1- ertak, rivoyat, hikoya, topishmoq, latifa va maqollar hamda she’riy matnlarni tinglab tushuna oladi; FK2- o‘qilgan asar mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob bera oladi;

Rivojlantiruvchi: O g’zaki nutqini o’stirish, fikrini erkin bayon etishga o’rgatish.

Dars turi: Yangi bilim ber ish, o’tgan mavzuni mustahkamlash..

Dars metodi: Savol - javob, ifodali o’qish.

J ihozi: Mavzuga doir ko’rgazma,tarqatmali savollar.

Darsning borishi.

I Tashkiliy qism:

Salomlashish,

davomotni aniqlash,

tozalikni tekshirish.

b)Manaviyat daqiqasini o’tkazish

Kun yangiligi.

d) ingliz tili daqiqasi ; Pease – tinchlik, pease-loving – tinchliksevar.

II O’tgan mavzuni mustahkamlash

O’quvchilarni darsga jalb qilish maqsadida o’quvchilar o’rtasida mushoira o’tkazish .G’olib o’quvchini aniqlab uni baholash.

III Y angi mavzu bayoni

O’quv va bilim haqida

O’quv, idrok, bilim haqida alohida to’xtash joiz. O’quv, idrok qorong’i tundagi mash’alaga o’xshaydi. Bilim esa mash’aldan taralayotgan nurga o’xshaydi.

O’quv qut beradi, bilim – sharaf-shon,

Shu ikkovi tufayli ulug’dir inson.

Bunga ishonmasang, shubha qilsang, ko’zingni katta och. Menga bitta hikmatli gap yaxshi ma’lum: “Bilimdon o’z bilimi tufayli balo, ofatlardan omon qoladi”.

O’quvchilar bilan birgalikda “ O’quv va bilim ” hikoyasini tinglash. O’quvchilarning bilim va o’quv haqidagi fikrlarini tinglash. Davlatimizning bosh g’oyasini o’rganish.

Savol va topshiriqlar.

1. O‘quv, idrok haqida nimalarni bilib oldingiz?

2. Bilim nimaga o‘xshaydi?

3. O‘quv va bilim insonga nima be - radi?

4. Hikmatli gapni matndan o‘qib bering.

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash. O’quvchilar bilimlarini oshirish maqsadida maqol, tez aytish va topishmoqlar o’qish.

1.O’tgan mavzuni so`rab baholash va xulosalash boshqa darslardagi kabi amalga oshiriladi.

2.Yusuf Xos Hojib Markaziy Osiyoning Bolosog`um qishlog`ida tug`ilgan. U ,,Qutadg`u bilig’’ ya`ni ,,Saodatga yo`llovchi bilim’’ asari bilan butun dunyoga tanilgan.

3. Yangi mavzu bayoni va uni mustahkamlash ham boshqa darslardagi kabi amalga oshiriladi.

4. Tez aytishlar bir nechta o`quvchiga ayttiriladi va uyda mashq qilish topshiriladi. Maqol o`qib , ma`nosi sharhlanadi.

5. Darsliklaringiz nomi asosidagi boshqotirmani hal eting.

1) Atrof muhitni o`rgatadigan darslik. (Atrofimizdagi olam )

2) Bizning birinchi darsligimiz.(Alifbe)

3) Hisob kitobni o`rgatadigan darslik. (Matematika) 4) Qiziqarli hikoya va she`rlar yozilgan darslik. (O`qish ) 5) Chiroyli va xatosiz yozishni o`rgatadigan darslik. (Ona-tili ) 6)Kuylashni o`rgatadigan darslik . (Musiqa )

Maqol:

Aqlning qayrog’i – bilim

Tez aytish:

Salima, Saida, Sokina sahifani sinchiklab o’qidilar.

T opishmoqlar:

Ikki ajib qulog’I bor, Rangi har xil,

Biri tinglar, biri so’zlar. Nomi bir xil.

Muhokama:

─Mashg’ulot sizga yoqdimi? ─ Mashg’ulot davomida nimalarni bilib oldingiz?

-Yana nimalarni bilishni xoxlaysiz?

V. Baholash. Dars yakunida umumiy ballar e’lon qilinadi va faol, bilimdon o’quvchilar rag’batlantiriladi.

VI. Uyga vazifa: O’qib o’rganish



Sana______________

Mavzu: Kompyuter

Darsning maqsadi: ta`limiy: Ifodali o`qish malakalarini mustahkamlash. Tabiatda qushlarga mehrli , vatanparvarlik tuyg`ularini shakllantirish. Mustsqil va ravon o`qish malakasini oshirish. tarbiyaviy: Tabiatni asrab avaylash unga ozor bermaslik kabi mehribonlik tuyg`ularini mustahkamlash. O`quvchilarda estetik tarbiya berish. rivojlantiruvchi: Matn orqali o`quvchilarni o`qishga bo`lgan qiziqishini oshirib borish.

O`quv jarayoniga oid kompetensiya: TK4 - maktabda, oilada bo‘layotgan jarayonlarda ishtirok etish; odobli bo‘lish, kattalarni hurmat qilish. TK5 - milliy bayramlar va urf-odatlarni tushuna olish. FK2- o‘qilgan asar mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob bera oladi;

Dars shakli: Yangi bilim beruvchi.

Dars jihozi: Qushlar, gullar rasmlari yoki matnga mos plakat.

Dars metodi: Ifodali o'qish, suhbat.

Darsning borishi.

I.Tashkiliy qism :

Salomlashish,

davomatni aniqlash,

sinf tozaligini tekshirish,

navbatchi ishini baholash.

b)Manaviyat daqiqasini o’tkazish

Kun yangiligi.

d) ingliz tili daqiqasi ; Pease – tinchlik, pease-loving – tinchliksevar.

II O’tgan mavzuni mustahkamlash

O’quvchilarni darsga jalb qilish maqsadida o’quvchilar o’rtasida mushoira o’tkazish .G’olib o’quvchini aniqlab uni baholash.

III Y angi mavzu bayoni

Kompyuter

Kompyuter - aqlli mashina. U – insonning do’sti. Uning xotirasida minglab axborotlarni saqlash mumkin. Agar do’stlashsangiz, ko’p sirlashdan xabardor bo’lasiz. U matematekadan misol va masalalarni bir zumda yechib beradi. Kitob o’qimoqchi bo’lsangiz, unga ayting. U darhol sizga yordamga oshiqadi. Biror narsani yozmoqchi bo’lsangiz, u tayyor. Charchasangiz, musiqa tinglashingiz yoki kino ko’rishingiz mumkin.

Kompyuter siz bilan o’ynay oladi ham. U shaxmat, shashka o’yinlarini yaxshi biladi.

Matnni o’qib, mazmunini so’zlab berish. O’quvchilarni qiziqtirgan savollarga javob berish. O’quvchilar o’qish texnikasini kuzatish maqsadida navbat bilan o’qitish. O’qish texnikalarini baholash.

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.

Savol va topshiriqlar.

  1. Kompyuter haqida nimalarni bildingiz?

  2. Kompyuter bilan do’stlashish mumkinmi?

Topshiriq:

Hikmatli so’zni o’qing va mazmunini so’zlab bering.

Hikmatli gap:

Ilm olsang dunyoda,

Aqling bo‘lar ziyoda.

V. Baholash. Dars yakunida umumiy ballar e’lon qilinadi va faol, bilimdon o’quvchilar rag’batlantiriladi.

VI. Uyga vazifa: O’qib o’rganish.



Eslatma ! Ushbu o‘ qish fanidan tayyorlangan 1-sinf o`quvchilari uchun

4- chorak konspekti 2019-2020 o`quv yiliga mo`ljallangan yangi darslik asosidagi mavzularni o`z ichiga oladi barchasi to`liq va sifatli qilib ishlangan. Ushbu konspektni to`liq hajmda yuklab olish uchun telegram orqali

https://t.me/@ustozlargayordam ga yoki

+998990589789 raqamiga murojaat qiling!

Fayl bahosi:10.000 so`m


-80%
Курсы повышения квалификации

Профессиональная компетентность педагогов в условиях внедрения ФГОС

Продолжительность 72 часа
Документ: Удостоверение о повышении квалификации
4000 руб.
800 руб.
Подробнее
Скачать разработку
Сохранить у себя:
"Komputer texnologiyalari" mavzusida uslubiy qoʻllanma (323.73 KB)

Комментарии 0

Чтобы добавить комментарий зарегистрируйтесь или на сайт